Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


FPKning  264-moddasiga  ko‘ra,  davlat  organlari  va  boshqa


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63

FPKning  264-moddasiga  ko‘ra,  davlat  organlari  va  boshqa 

organlar,  shuningdek,  mansabdor  shaxslarning  xatti-harakatlari 

(qarorlari)  ustidan  berilgan  shikoyatlar  bo‘yicha  ishlarning 

turlariga quyidagilar kiradi: 

1)  fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzuvchi  xatti-

harakatlar va qarorlar ustidan berilgan shikoyatlar; 

2)  notariusning,  fuqarolik  holati  aktlarini  qayd  qilish 

organlarining  harakatlarni  bajarishni  rad  etganligi  yoxud  ularni 

noto‘g‘ri bajarganligi ustidan berilgan shikoyatlar; 

3)  prokurorning  huquqiy  aktni  g‘ayriqonuniy  deb  topish 

to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha ishlar.

 

 

Davlat  organlari  va  boshqa  organlar,  shuningdek,  mansabdor 



shaxslarning  xatti-harakatlari  (qarorlari)  ustidan  berilgan  shikoyat  va 

arizalar  bo‘yicha  ish  yuritishda  taraflar,  ya’ni  shikoyatchi  va  mansabdor 

shaxs bo‘ladi.  

 

Mazkur ishlarda davlat boji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 



Mahkamasining  1994-yil  3-noyabrdagi  533-sonli  “Davlat  boji 

stavkalari  haqida”gi  qarorida  ko‘rsatilishicha,  shikoyat  tartibida 

DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

134 


 

IX BОB

 

ko‘riladigan ishlarda sudning hal qiluv qarori chiqarilgandan so‘ng 



aybdor tomondan undiriladi. Demak, ushbu ishlarda fuqaro sudga 

murojaat qilganda dastlab davlat boji to‘lashdan ozod etiladi. Ushbu 

qoidaning  mustahkamlanishi  fuqarolarga  sudga  shikoyat  qilishda 

davlatimiz tomonidan berilgan qulaylik va imtiyozlardan biridir.

 

Mazkur  ish  yuritish  turi  bo‘yicha  sudga  murojaat  qilish  vositasi 



shikoyat yoki ariza bo‘lishi mumkin. Ushbu shikoyat yoki arizalar FPKning 

149-moddasi  talablari  hamda  FPKning  3-kichik  bo‘limida  belgilangan 

qoidalar,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1998-yil         

19-maydagi  “Fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan  xatti-

harakatlar  va  qarorlar  ustidan  keltirilgan  shikoyatlarni  sudlarda  ko‘rish 

amaliyoti  to‘g‘risida”gi  1992-yil  13-noyabrdagi  “Fuqarolik  holati 

dalolatnomalari  yozuvlaridagi  xatoliklarni  belgilashni  tartibga  soluvchi 

qonunchilikni  sudlar  tomonidan  qo‘llanishi  haqida”gi  qarorlarida 

ko‘rsatilgan tushuntirishlar asosida rasmiylashtiriladi.  

2-§.  Fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzuvchi  xatti-

harakatlar  va  qarorlar  ustidan  berilgan  shikoyat,  sudning  hal  qiluv 

qarori va ularni rasmiylashtirish tartibi 

Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va 

qarorlari  ustidan  shikoyat  berish  uchun  asos  FPKning  266-moddasi, 

“Fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan  xatti-harakatlar  va 

qarorlar  ustidan  sudga  shikoyat  qilish  to‘g‘risida”gi  hamda  “Jismoniy  va 

yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlarda belgilangan.  

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1998-yil  19-

maydagi  “Fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan 

xatti-harakatlar  va  qarorlar  ustidan  keltirilgan  shikoyatlarni 

sudlarda  ko‘rish  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  qarorida  ko‘rsatilishicha, 

“Fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan  xatti-

harakatlar  va  qarorlar  ustidan  sudga  shikoyat  qilish  to‘g‘risida”gi 

Qonunning  2-moddasiga  muvofiq,  davlat  organlari,  korxonalar, 

muassasalar,  tashkilotlar,  jamoat  birlashmalari,  fuqarolarning 


DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

135 


 

IX BОB

 

o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  va  mansabdor  shaxslarning 



quyidagi: 

-  fuqaroning  huquqlari  va  erkinliklari  buzilishiga  sababchi 

bo‘lgan; 

-  fuqaroning  o‘z  huquqlari  va  erkinliklarini  ro‘yobga 

chiqarishga monelik tug‘dirgan; 

-  fuqaro  zimmasiga  qonunga  xilof  ravishda  qandaydir 

majburiyat  yuklatilishiga  sababchi  bo‘lgan  kollegial  yoki  yakka 

tartibdagi  xatti-harakatlar  (qarorlar)  ustidan  sudga  shikoyat 

qilinishi mumkin.

 

Shuni  hisobga  olgan  holda,  ham  yakka  tartibdagi  ham  umumiy 

xususiyatga ega bo‘lgan har qanday qarorlar ustidan yuqorida ko‘rsatilgan 

qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin. 

Jumladan,  tegishli  organlarning  pasportdagi  millat  haqidagi  yozuvni 

o‘zgartirishni,  chet  elga  chiqishga  ruhsat  berishni  rad  etganligi,  davlat 

organlarining  va  fuqarolarning  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlarining 

ma’muriy  hudud  tashqarisiga  tovarlar  va  mahsulotlarni  olib  chiqishni 

cheklash  to‘g‘risidagi,  qo‘shimcha  boj  va  yig‘imlar  belgilash  to‘g‘risidagi 

qarorlari,  ma’muriy  jazoga  tortish  vakolatiga  ega  bo‘lmagan  shaxsning 

jarima  solish  va  boshqa  ma’muriy  jazolarga  tortish  haqidagi  qarori  va 

hokazolar ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. 



 

Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning 

huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan  xatti-harakatlar  va  qarorlar 

ustidan 

sudga 

shikoyat 

qilish 

to‘g‘risida”gi 

qonunning  

3-moddasiga  muvofiq, 

sudlar  fuqarolarning  huquqlari  yoki 

erkinliklarini  buzadigan  har  qanday  xatti-harakatlar  (qarorlar) 

ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadilar, bundan: 

tekshirilishi 

qonun  hujjatlarida 

O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyaviy sudining mutlaq vakolatlari doirasiga kiritilgan xatti-

harakatlar (qarorlar); 

qonun  hujjatlarida  ustidan  sudga  shikoyat  qilishning  o‘zgacha 

tartibi belgilangan xatti-harakatlar (qarorlar) mustasnodir. 

DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

136 


 

IX BОB

 

Esda 



saqlang! 

FPKning 

270-moddasi 

va 

O‘zbekiston 

Respublikasi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan 

xatti-harakatlar  va  qarorlar  ustidan  sudga  shikoyat  qilish 

to‘g‘risida”gi  Qonunning  6-moddasiga  ko‘ra,  sudga  shikoyat  bilan 

murojaat qilish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi: 



 fuqaro o‘z huquqlari va erkinliklari buzilganligidan xabar topgan 

kundan boshlab uch oy; 

  fuqaro  yuqori  turuvchi  organ,  mansabdor  shaxsning  shikoyatni 



qanoatlantirishni  rad  etish  haqidagi  yozma  bildirishini  olgan  kundan 

boshlab bir oy; 

 agar fuqaro o‘z shikoyatiga yozma javob olmagan bo‘lsa, shikoyat 



berganidan keyin bir oy muddat o‘tgan kundan boshlab bir oy.

 

Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati 

sud tomonidan tiklanishi mumkin. 

Demak,  yuqorida  qonunda  ko‘rsatilgan  muddatda  fuqaro  o‘zining 

buzilgan  huquq  va  erkinliklarini  tiklash  maqsadida  sudga  yoki  bo‘ysunuv 

tartibida yuqori turuvchi organga murojaat qilishga haqli.  

Fuqaroning o‘z buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash haqida dastlab 

yuqori  turuvchi  organ  yoki  mansabdor  shaxsga  murojaat  qilmaganligi, 

shikoyatni  sud  tomonidan  qabul  qilmaslik  uchun  asos  bo‘lmaydi. 

Shuningdek,  mazkur  ishlar  bo‘yicha  shikoyat  fuqaro  tomonidan  vakolat 

berilgan  vakili  tomonidan  yoki  FPKning  46-moddasiga  muvofiq, 

fuqarolarning huquqlarini va qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini 

qo‘riqlash talab qilinganda prokuror ham tegishli ariza bilan sudga murojaat 

qilishga haqlidir. 

Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va 

qarorlar 

ustidan 

sudga 


beriladigan 

shikoyatlar 

ham 

FPKning                     



149-, 

150-moddalarida 

nazarda 

tutilgan 

qoidalarga 

muvofiq 


rasmiylashtiriladi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

“Davlat boji stavkalari haqida”gi qarorida belgilangan tartibda va miqdorda 

davlat boji undiriladi. 


DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

137 


 

IX BОB

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1998-yil 19-



maydagi  “Fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan 

xatti-harakatlar  va  qarorlar  ustidan  keltirilgan  shikoyatlarni 

sudlarda ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida ham shikoyatda, 

jumladan,  qanday  xatti-harakatlar  shikoyat  qilinayotganligi,  bu 

xatti-xarakatlar (qarorlar) oqibatida fuqaroning qanday muayyan 

huquq va erkinliklari buzilganligi, xuddi shunday shikoyat tobelik 

tartibida  yuqori  turuvchi  organga  yoki  mansabdor  shaxsga 

berilgan-berilmaganligi  va  berilgan  bo‘lsa,  qanday  javob 

olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi shartligi to‘g‘risida tushuntirishlar 

beriladi.

 

Mazkur turdagi ishlar bo‘yicha ham sudning hal qiluv qarori FPKning 

203  206-moddalari  talablari  asosida  rasmiylashtiriladi.  Sud  shikoyatni 

ko‘rib  chiqish  natijalari  bo‘yicha  hal  qiluv  qarori  chiqaradi.  Sud 

shikoyatning  asosli  ekanligini  aniqlasa,  shikoyatga  sabab  bo‘lgan  xatti-

harakatni  (qarorni)  g‘ayriqonuniy  deb  topadi,  fuqaroning  talabini 

qanoatlantirish  vazifasini  yuklaydi,  unga  nisbatan  qo‘llangan  javobgarlik 

choralarini  bekor  qiladi  yoki  uning  buzilgan  huquqlari  va  erkinliklarini 

boshqa  yo‘llar  bilan  tiklaydi.  Agar  sud  shikoyatga  sabab  bo‘lgan  xatti-

Shikoyat (arizaning)ning mazmuni

 

shikoyat berilayotgan sudning nomi

 

 

shikoyat  berayotgan  shaxsning  nomi  (familiyasi,  ismi,  otasining  ismi), 



yashash joyi  

shikoyat berayotgan shaxsning talabi

 

davlat organi yoki mansabdor shaxsning nomi va qayerda joylashganligi



 

shikoyat berayotgan shaxsning o‘z talablarini asos qilib ko‘rsatayotgan 

holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar

 

shikoyatga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati



 

DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

138 


 

IX BОB

 

harakatni  (qarorni)  qonuniy,  fuqaroning  huquqlari  va  erkinliklari 



buzilmagan deb topsa, u shikoyatni qanoatlantirishni rad etadi. Sudning hal 

qiluv  qarori  qonuniy  kuchga  kirganidan  keyin  o‘n  kundan  kechiktirmay 

tegishli  organga  yoki  mansabdor  shaxsga,  shuningdek,  fuqaroga  imzo 

qo‘ydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali 

elektron  shaklda  yuboriladi.  Hal  qiluv  qarorining  ijrosi  haqida  hal  qiluv 

qarori olingan kundan e’tiboran, bir oydan kechiktirmay, sud va fuqaroga 

ma’lum qilinishi lozim. Hal qiluv qarori ijro etilmagan taqdirda sud qonun 

hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni qo‘llaydi (FPKning 271-moddasi). 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1996-yil           

19-iyuldagi  “Fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan 

xatti-harakatlar  va  qarorlar  ustidan  keltirilgan  shikoyatlarni 

sudlarda  ko‘rish  amaliyoti  to‘g‘risidagi”gi  18-sonli  qarorining         

15-bandida  ko‘rsatilishicha,  shikoyatni  qanoatlantirish  haqidagi 

qarorda  shikoyat  qilingan  harakat  (qaror)  natijasida  buzilgan 

huquq  normalari  va  yo‘l  qo‘yilgan  huquqbuzarlikni  bartaraf  etish 

uchun  amalga  oshirilishi  lozim  bo‘lgan  muayyan  harakatlar 

ko‘rsatilishi zarur. Jumladan:  

a) surunkali kasalliklarning og‘ir formasiga uchragan fuqaroga 

qo‘shimcha  uy-joyga  bo‘lgan  huquqini  tasdiqlash  uchun  zarur 

bo‘lgan, bunday kasalligi borligi to‘g‘risida xulosa berish rad etilgan 

taqdirda,  sud  bu  harakatni  qonunga  xilof  deb  topadi  va  meditsina 

muassasasining tegishli mansabdor shaxsi zimmasiga fuqaro uchun 

zarur bo‘lgan hujjatni berish majburiyatini yuklaydi; 

b)  avtotransport  vositasini  ro‘yxatga  olish  asossiz  rad  etilgan 

taqdirda,  sud  davlat  avtomobil  nazoratining  mansabdor  shaxsi 

zimmasiga  avtotransport  vositasini  shikoyat  bilan  murojaat  qilgan 

shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini yuklaydi; 

v)  pasportdagi  millat  haqidagi  yozuvni  o‘zgartirish  asossiz  rad 

etilgan  taqdirda  sud  tegishli  mansabdor  shaxs  zimmasiga  talab 

qilinayotgan o‘zgartishni kiritish majburiyatini yuklaydi; 


DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

139 


 

IX BОB

 

g)  vakolati  bo‘lmagan  shaxs  tomonidan  fuqaroga  asossiz 



ravishda  jarima  solingan  yoki  u  boshqa  jazoga  tortilgan  taqdirda 

sud  bunday  harakatlarni  qonunga  xilof  deb  topadi  va  tegishli 

mansabdor  shaxs  zimmasiga  yo‘l  qo‘yilgan  qonun  buzilishlarini 

bartaraf etish majburiyatini yuklaydi; 

d)  fuqaro  qurgan  yoki  sotib  olgan  uyni  o‘zining  nomiga 

ro‘yxatdan  o‘tkazish  asossiz  rad  etilgan  taqdirda,  sud  tegishli 

organning  mansabdor  shaxsi  zimmasiga,  shikoyat  bilan  murojaat 

qilgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini yuklaydi.

 

 

3-§. Notariusning, fuqarolik holati aktlarini qayd qilish 

organlarining harakatlarni bajarishni rad etganligi yoxud ularni 

noto‘g‘ri bajarganligi ustidan berilgan shikoyatlar, sudning hal qiluv 

qarorlari va ularni rasmiylashtirish tartibi 

O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, 

notariat bu – notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq huquqiy 

va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yo‘li 

bilan  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  huquqlari  hamda  qonuniy 

manfaatlarini  himoya  qilishni  ta’minlashga  da’vat  etilgan  huquqiy 

institutdir.  O‘zbekiston  Respublikasida  notarial  harakatlar  davlat  notarial 

idoralarining notariuslari tomonidan amalga oshiriladi.  

 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Notariat  to‘g‘risida”gi  Qonunning 



23-moddasiga  ko‘ra,  notariuslar  quyidagi  notarial  harakatlarni  amalga 

oshiradi:  

1) bitimlarni tasdiqlaydi;  

2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;  

3)  er-xotinning  umumiy  mol-mulkidagi  ulushiga  mulk  huquqi 

to‘g‘risida guvohnomalar beradi;  

4)  mol-mulkni  o‘zga  shaxsga  o‘tkazishni  taqiqlab  qo‘yadi  va 

taqiqni bekor qiladi;  

5) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi;  


DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

140 


 

IX BОB

 

6) meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi;  



7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning 

to‘g‘riligini shahodatlaydi;  

8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini 

shahodatlaydi;  

9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;  

10)  ko‘chmas  mulk  ochiq  savdoda  sotib  olinganligi  haqida 

guvohnoma beradi;  

11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;  

12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;  

13)  fuqaroning  fotosuratda  aks  ettirilgan  shaxs  ekanligini 

tasdiqlaydi;  

14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;  

15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini boshqa jismoniy va 

yuridik shaxslarga topshiradi;  

16)  pul  summalari  va  qimmatli  qog‘ozlarni  depozitga  qabul  qilib 

oladi;  


17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;  

18)  pul  to‘lash  uchun  cheklarni  taqdim  etadi  va  cheklar  bo‘yicha 

pul to‘lanmaganligini tasdiqlaydi;  

19) ijro xatlarini yozadi;  

20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi;  

21) dengiz protestlarini amalga oshiradi;  

22)  notarial  tasdiqlangan  hujjatlarning  dublikatlarini  hamda 

reestrlardan  ko‘chirmalarni  beradi.  Notariuslar  qonunlarda  nazarda 

tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

Demak, notariuslar tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan notarial harakatlar 

noto‘g‘ri  bajarilganida,  kechiktirilganida  yoki  notarial  harakatni  amalga 

oshirish  rad  etilganida  manfaatdor  shaxs  bu  to‘g‘risida  O‘zbekiston 

Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni va FPKga binoan sudga 

shikoyat qilish huquqiga ega.  



DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

141 


 

IX BОB

 

  Shu  o‘rinda  aytish  joizki,  O‘zbekiston  Respublikasi  “Notariat 



to‘g‘risida”gi  Qonunning  38-moddasiga  ko‘ra,  notarius  quyidagi 

hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar:  



 bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;  



  bu  harakat  boshqa  notarius  tomonidan  amalga  oshirilishi 

kerak bo‘lsa;  



  muomalaga  layoqatsiz  fuqaro  yoxud  zarur  vakolatlari 



bo‘lmagan  vakil  notarial  harakatni  amalga  oshirishni  so‘rab 

murojaat qilgan bo‘lsa;  



  yuridik  shaxs  nomidan  amalga  oshiriladigan  bitim  uning 



ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;  



 bitim qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;  



 notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan 

hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa. 

 

Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarius, notarial 

harakatni  amalga  oshirishni  rad  etish  haqida  murojaat  qilingan  kundan 

boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.  

Notarius, notarial harakatni amalga oshirish to‘g‘risidagi murojaati rad 

etilgan  shaxsning  iltimosiga  binoan,  rad  etish  sababini  yozma  ravishda 

bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi 

lozim.  


Fuqaroning  xohishiga  ko‘ra,  mazkur  turdagi  ishlar  bo‘yicha  shikoyat 

beruvchi  fuqaro  bevosita  sudga  yoki  bo‘ysunuv  tartibida  yuqori  turuvchi 

organga, ya’ni adliya boshqarmalariga murojaat qilishga haqlidir. 

Ushbu turdagi ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Notariat 

to‘g‘risida”gi  Qonuni  39-moddasi  va  FPKning  273-moddasiga  muvofiq 

“amalga  oshirilgan  notarial  harakatni,  notarial  harakatni  kechiktirish  yoki 

notarial harakatni amalga oshirishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni noto‘g‘ri 

deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda notarial idora turgan joydagi 

sudga shikoyat qilishga haqlidir”.  

Mansabdor  shaxslar  tomonidan  vasiyatnomalar  va  ishonch  qog‘ozlari 

noto‘g‘ri  tasdiqlanganligi  yoki  ularni  tasdiqlash  rad  etilganligi  haqidagi 

shikoyatlar  tegishli  kasalxona,  boshqa  statsionar  davolash-profilaktika 



Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling