Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63

DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

142 


 

IX BОB

 

muassasasi,  sanatoriy,  qariyalar  va  nogironlar  uyi,  ekspeditsiya,  gospital, 



harbiy  davolash  muassasasi,  harbiy  qism,  qo‘shilma,  harbiy  o‘quv  yurti, 

jazoni ijro etish joyi o‘rnashgan hududdagi sudga beriladi. 

Notarial harakat noto‘g‘ri bajarilganligi yoki uni bajarish rad etilganligi 

haqidagi  shikoyatlar  notarial  harakat  noto‘g‘ri  bajarilganligi  yoki  bunday 

harakatni  bajarish  rad  etilganligi  arizachiga  ma’lum  bo‘lgan  kundan 

e’tiboran yigirma kunlik muddatda beriladi. 

Ushbu  turdagi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  shikoyat  ham  fuqarolik 

protsessual qonunchiligini umumiy talablaridan kelib chiqib taqdim etiladi. 

Shikoyatda bajarilgan notarial harakatning yoki bunday harakatni bajarishni 

rad  etishning  noto‘g‘riligi  nimalardan  iborat  ekanligi  ko‘rsatilishi  lozim. 

Shikoyat berish muddati o‘tkazib yuborilganda uni tiklash haqidagi iltimos 

sud  tomonidan  umumiy  asoslarda  hal  qilinadi.  Fuqarolik  holati  aktlarini 

qayd  etish  organining  muayyan  harakatlarni  bajarishni  rad  etish  yoki 

noto‘g‘ri bajarganligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi deganda, har bir 

shaxs o‘zining huquqi va erkinliklarini buzgan davlat organlari, mansabdor 

shaxslar ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organ yoki mansabdor 

shaxsga  yoxud  bevosita  sudga  qonunda  belgilangan  tartibda  va  muddatda 

shaxsan o‘zi yoki vakili orqali buzilgan huquq va manfaatini tiklab olishini 

talab qilish huquqiga aytiladi. 

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  201-moddasi  va 

Fuqarolik  kodeksining  38-moddasida  ko‘rsatilishicha,  fuqarolik  holati 

dalolatnomalarini  yozish  organlari  fuqarolar  hayotidagi  tug‘ilish,  o‘lim, 

nikoh tuzish, nikohdan ajralish va boshqa faktlarni belgilab beradi. Mazkur 

harakatlar  noto‘g‘ri  bajarilganida  yoki  bajarishni  rad  etganida  fuqaro 

bo‘ysunuv  tartibida  yuqori  turuvchi  organ  yoki  sudga  shikoyat  qilish 

huquqiga  ega.  Mazkur  shikoyat  FPKning  Notariusning,  fuqarolik  holati 

aktlarini  qayd  qilish  organining  muayyan  harakatlarni  bajarishni  rad 

etganligi  yoki  noto‘g‘ri  bajarganligi  ustidan  shikoyatlar  nomli  28-bobida 

belgilangan qoidalar asosida hal etiladi.   

 


DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

143 


 

IX BОB

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1992-yil         



13-noyabrdagi  “Fuqarolik  holati  dalolatnomalari  yozuvlaridagi 

xatoliklarni  belgilashni  tartibga  soluvchi  qonunchilikni  sudlar 

tomonidan  qo‘llanishi  haqida”gi  qarorida  belgilanishicha,  sudga 

berilayotgan arizada fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga va 

qanday  o‘zgartirish  yoki  tuzatish  yoxud  qo‘shimchalar  kiritish 

lozimligi,  yozuvlardagi  xatolar  qanday  dalillar  bilan  tasdiqlanishi 

ko‘rsatilishi  lozim.  Arizaga  tegishli  guvohnoma  nusxasi,  fuqarolik 

holati  dalolatnomalarini  yozish  organining  hujjatlardagi  xatolarni 

tuzatish yoki ularga o‘zgartirish yoxud qo‘shimchalar kiritishni rad 

etish  haqidagi  xulosasi  va  shu  masalaga  oid  boshqa  hujjatlar  ilova 

etilishi  kerakligi  belgilangan.  Demak,  mazkur  turdagi  ishlar 

bo‘yicha 

shikoyatga 

FHDYo 

ning 

dalolatnoma 

yozuviga 

o‘zgartirish,  tuzatish  kiritish  yoki  qo‘shimchalar  kiritish  haqidagi 

arizasini rad etish xulosasi ilova qilinishi lozim.

 

Ushbu  turdagi  ishlar  bo‘yicha  davlat  boji  O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  1994-yil  3-noyabrdagi  533-sonli  “Davlat  boji 

stavkalari haqida”gi qaroriga ko‘ra, sudning hal qiluv qarori chiqarilgandan 

so‘ng  aybdor  tomondan  undiriladi.  Shuning  uchun  ham  mazkur  turdagi 

ishlar bo‘yicha shikoyatga davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitantsiya 

ilova qilinmaydi.  

FPKning 275-moddasiga ko‘ra “Notariusning, fuqarolik holati aktlarini 

qayd  qilish  organining  muayyan  harakatlarni  bajarishni  rad  etganligi  yoki 

noto‘g‘ri  bajarganligi  ustidan  shikoyat  qanoatlantirilgan  taqdirda,  sud 

bajarilgan notarial harakatni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqaradi 

yoki  notarius  yoxud  notarial  harakatlarni  amalga  oshiruvchi  boshqa 

mansabdor  shaxs  zimmasiga  zarur  harakatlarni  bajarish  majburiyatini 

yuklaydi.  Fuqarolik  holati  aktlarini  qayd  etish  daftaridagi  noto‘g‘riliklar 

ko‘rsatilgan  sudning  hal  qiluv  qarori  fuqarolik  holati  aktlarini  qayd  etish 

organlarining bunday yozuvlarga tuzatish kiritishi uchun asos bo‘ladi”. 



DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

144 


 

IX BОB

 

4-§. Prokurorning huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topish 



to‘g‘risidagi arizasi, sudning hal qiluv qarori va ularni 

rasmiylashtirishning protsessual tartibi 

O‘zbekiston  Respublikasining  2001-yil  29-avgustdagi  “Prokuratura 

to‘g‘risida”gi  Qonuniga  ko‘ra,  prokuratura  organlari  faoliyatining  asosiy 

yo‘nalishlaridan  biri  sudlarda  fuqarolik  ishlarini  ko‘rishda  ishtirok  etish, 

qonunlarga zid bo‘lgan sud hujjatlariga protest keltirish hisoblanadi.  

Demak,  prokuror  sudlarda  fuqarolar  va  tashkilotlarning  buzilgan 

huquqlari  va  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  himoya  qilish 

hamda  davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslar  tomonidan  chiqarilgan 

hujjatlarning  qonuniyligini  tekshirish  maqsadida  ishtirok  etadi.  FPKning 

276-moddasida  ko‘rsatilishicha,  prokuror  qonun  hujjatlarida  nazarda 

tutilgan asoslarga ko‘ra, huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topish haqida 

ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.  



 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Demak, yuqoridagi asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, prokuror ana shu 



hujjatni  g‘ayriqonuniy  deb  e’tirof  etish  to‘g‘risidagi  ariza  bilan  sudga 

murojaat  etishga  haqli.  Agar  prokuror  hujjatni  g‘ayriqonuniy  deb  topish 

to‘g‘risida bevosita sudga ariza bersa sud arizani qabul qilmaydi. Chunki, 

O‘zbekiston  Respublikasi  “Prokuratura  to‘g‘risida”gi  Qonunining  38-

moddasi  talablaridan  kelib  chiqiladigan  bo‘lsa,  prokurorning  huquqiy 

hujjatni  g‘ayriqonuniy  deb  topish  to‘g‘risidagi  arizasi  bo‘yicha  ishlar 

to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga taalluqli emas. Shuning uchun ushbu ishlarda shartli 

Prokurorning huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topish to‘g‘risida sudga 

ariza  berishi  uchun  O‘zbekiston  Respublikasining  “Prokuratura  to‘g‘risida”gi 

Qonuni 38-moddasiga ko‘ra, quyidagi asoslar mavjud bo‘lishi kerak 

 

Prokurorning qonunga zid 



bo‘lgan hujjatni qabul qilgan 

organga yoki yuqori turuvchi 

organga protest keltirishi

 

Protestni shu hujjatni qabul qilgan 



organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori 

turuvchi organ (mansabdor shaxs) 

tomonidan rad etilishi, shuningdek, protest 

qonunda belgilangan muddat ichida ko‘rib 

chiqilmasligi

 


DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

145 


 

IX BОB

 

taalluqlilik  qoidalari  qo‘llaniladi.  Ya’ni,  dastlab  prokuror  huquqiy  hujjatni 



qabul  qilgan  organga  protest  keltiradi.  Protest  kelib  tushgan  vaqtdan 

boshlab,  shu  hujjatni  qabul  qilgan  organ  (mansabdor  shaxs)  yoki  yuqori 

turuvchi  organ  (mansabdor  shaxs)  tomonidan  o‘n  kunlik  muddatdan 

kechiktirmay ko‘rib chiqilishi shart. Ushbu muddat zarur hollarda prokuror 

tomonidan  qisqartirilishi  mumkin.  Protestni  ko‘rib  chiqish  natijalari 

to‘g‘risida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum 

qilinadi.  

 

Sudga  ariza  protest  rad  etilganligi  to‘g‘risidagi  xabar  olingan 



paytdan  boshlab  yoki  protestni  ko‘rib  chiqish  uchun  qonunda 

belgilangan  muddat  o‘tganidan  keyin  bir  oylik  muddat  ichida 

berilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 

2003-yil  19-dekabrdagi  “Fuqarolik  protsessual  qonun  hujjatlari 

ayrim  normalarining  sudlar  tomonidan  qo‘llanilishi  haqida”gi  19-

sonli  qarorida  belgilanishicha,  boshqa  shaxslarning  huquqlarini  va 

qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  himoya  qilish 

maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki 

ayrim  fuqarolar  tomonidan  beriladigan  arizalar,  shuningdek, 

prokurorning  huquqiy  hujjatni  g‘ayriqonuniy  deb  topish  haqidagi 

arizasi FPKning 149-moddasi talablariga javob berishi lozim.

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Arizada quyidagilar korsatilishi lozim

 

Ariza berilayotgan sudning nomi



 

tuman (shahar) prokuraturasining nomi (prokurorning familiyasi, ismi 

va otasining ismi) 

 

prokurorning talabi va prokuror o‘zining talablariga asos qilib 



ko‘rsatayotgan holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar

 

arizaga ilova qilingan hujjatlarning ro‘xati.



 

huquqiy hujjatni qabul qilgan organ nomi (mansabdor shaxs 

familiyasi, ismi va otasining ismi) va qayerda joylashganligi

 


DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

146 


 

IX BОB

 

Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi, protest keltirilgan hujjatning 



amal  qilishini  ariza  sudda  ko‘rib  chiqilguniga  qadar  to‘xtatib  qo‘yadi. 

Prokuror sudga ariza berganlik uchun davlat boji to‘lamaydi.  

Prokurorning  huquqiy  hujjatni  g‘ayriqonuniy  deb  topish  haqidagi 

arizasi  bo‘yicha  sud  ishni  ko‘rib  chiqib,  prokurorning  arizasi  asosli 

ekanligini aniqlasa, arizani qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori chiqaradi 

va huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topadi. Agar sud protest keltirilgan 

hujjat  uni  chiqargan  organning  vakolatlari  doirasida  qonunga  muvofiq 

qabul  qilingan  deb  topsa,  u  arizani  qanoatlantirishni  rad  etish  haqida  hal 

qiluv  qarori  chiqaradi.  Prokurorning  huquqiy  hujjatni  g‘ayriqonuniy  deb 

topish haqidagi arizasi bo‘yicha sudning hal qiluv qarori protestni rad etish 

to‘g‘risida  qaror  qabul  qilgan  yoxud  protestni  ko‘rib  chiqmagan  organ 

rahbariga  va  prokurorga  imzo  qo‘ydirib  topshiriladi  yoki  ularga  pochta 

orqali  yoxud  axborot  tizimi  orqali  elektron  shaklda  yuboriladi  (FPKning 

278-moddasi). 



 

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOSHIRIQLAR 

 

1.

 



Davlat  organlari  va  boshqa  organlar,  shuningdek,  mansabdor 

shaxslarning  harakatlari  (qarorlari)  ustidan  beriladigan  shikoyatlarga  oid 

ishlarning turlarini tahlil eting.  

2.

 



Fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzuvchi  xatti-harakatlar 

va  qarorlar  ustidan  berilgan  shikoyatlar  qanday  talablar  asosida 

rasmiylashtiriladi.  Shikoyatga  qanday  hujjatlar  ilova  qilinadi?  Fikringizni 

asoslantiring. 

3.

 

Da’vo  arizasi  bilan  shikoyatni  o‘zaro  farqli  va  o‘xshash  jihatlarini 



ayting? 

4.

 



Prokurorning  huquqiy  hujjatni  g‘ayriqonuniy  deb  topish  haqidagi 

protestini tushuntiring. 



 

NAZORAT UCHUN KAZUSLAR: 

 

1.  Tuman  sudi  o‘z  ish  yurituviga  I.Hakimovning  “Garov”  OAJ 

mansabdor  shaxsining  xatti-harakatlari  yuzasidan  o‘z  vaqtida  mehnat 

daftarchasini bermaganligi haqida shikoyatini qabul qilgan. I.Hakimov sud 



DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

147 


 

IX BОB

 

jarayonida, korxona ma’muriyatining zimmasiga unga mehnat daftarchasini 



berish  majburiyatini  yuklash  bilan  birgalikda,  yetkazilgan  moddiy  va 

ma’naviy zararni undan undirishni so‘ragan. 

Bunga  asos  qilib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksiga  ko‘ra, 

xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan 

barcha  hollarda  ololmay  qolgan  ish haqini  va  mehnat daftarchasini  berish 

kechiktirilganda keltirilgan zararni undirishni talab qilishga haqli ekanligini 

ko‘rsatgan.Tuman sudi o‘zining 2013-yil 17-avgust kungi hal qiluv qarori 

bilan shikoyatni mazmunan ko‘rib hal etgan. 

 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 



 

Sud tomonidan qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan? Ushbu holat 



yuzasidan shikoyat loyihasini tayyorlang. 

2.  Fuqaro  A.Jo‘rayev  notariusning  notarial  harakatlarni  bajarishni  rad 

etganligi  ustidan  shikoyat  bilan  tumanlararo  sudga  murojaat  qilgan. 

Tumanlararo sudning 2014-yil 20-sentabrdagi ajrimi bilan mazkur shikoyat 

bo‘yicha  ish  yuritish  FPKning  100-moddasi  ikkinchi  qismiga  ko‘ra 

tugatilgan. 

Aniqlanishicha,  A.Jo‘rayev  qizi  nomiga  vorislik  guvohnomasini 

berishni  so‘rab  Toshkent  shahar  notarial  idorasiga  murojaat  qilgan.  Lekin 

A.Jo‘rayevning  qo‘lida  tuman  sudining  2008-yil  21-iyuldagi  hal  qiluv 

qarori  mavjud  bo‘lib,  unga  ko‘ra,  da’vogar  A.Jo‘rayevning  javobgarlar 

I.Jalilov  va  R.Jalilovalarga  nisbatan  vorislik  guvohnomasini  haqiqiy  emas 

deb topish haqidagi da’vo talablari qanoatlantirilib, uning qizi S.Jo‘rayeva 

otasining  vafotidan  keyin,  uning  barcha  mol-mulkiga  nisbatan  merosxo‘r 

deb topilgan. 

Notarial  idora  A.Jo‘rayevning  qizining  meros  mulkka  nisbatan 

huquqini  tasdiqlovchi  sudning  hal  qiluv  qarori  mavjudligini  ko‘rsatib, 

notarial  idora  yana  qayta  shu  holatni  tasdiqlovchi  hujjat  berishi  shart 

bo‘lmaganligi uchun notarial harakatni amalga oshirishni rad qilgan. 

 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 



Mazkur masala qanday hal etiladi? Notariusning notarial harakatlarni 

bajarishni rad etganligi ustidan shikoyat loyihasini tayyorlang. 

 

 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

148 


 

X BОB

 

X BOB. ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI 



PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

1-§.  Sud  tomonidan  alohida  ish  yuritish  tartibida  ko‘riladigan 

ishlar hamda ular bo‘yicha rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar 

haqida umumiy qoidalar 

O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolik  protsessual  qonunchiligiga  ko‘ra, 

alohida  tartibda  ish  yuritish  fuqarolik  sud  ishlarini  yuritish  turlaridan  biri 

hisoblanadi. Yuridik adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, sudga taalluqli bo‘lgan 

alohida  tartibda ko‘riladigan  ishlarda huquq  to‘g‘risida nizo  bo‘lmasligiga 

qaramay,  biroq  mazkur  ishlarda  ham  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan 

manfaatlar himoya qilinadi. 

  

Alohida  tartibda  ish  yuritish  –  bu  fuqarolik  sud  ishlarini 



yuritishning  bir  turi  sifatida huquq  to‘g‘risida  nizo  bo‘lmagan va 

manfaatdor shaxslarning arizasi bo‘yicha ish yuritish hisoblanadi.

 

Alohida  tartibda  ko‘riladigan  ishlar  bo‘yicha  sudga  murojaat  qilish 

vositasi  arizadan  iboratdir.  Ushbu  ishlarda  huquq  to‘g‘risidagi  nizo 

bo‘lmaganligi  sababli  sudga  da’vo  ariza  bilan  emas,  balki  ariza  orqali 

murojaat qilinadi. Mazkur ishlar yuzasidan ariza arizachi yoki uning vakili, 

prokuror,  davlat  boshqaruv  organlari  yoxud  ish  yakunidan  manfaatdor 

shaxslar tomonidan berilishi mumkin. Agar ariza vakil tomonidan berilgan 

bo‘lsa,  arizaga  ishonchnoma  yoki  uning  vakolatini  tasdiqlovchi  boshqa 

hujjat ilova qilinishi lozim. 

Ushbu  ariza  ham  sudga  yozma  shaklda  beriladi.  Alohida  tartibda 

ko‘riladigan  ishlar  bo‘yicha  arizaning  mazmuni  FPKning  149-moddasida 

ko‘rsatilgan  umumiy  talablardan  tashqari,  FPKning  4-kichik  bo‘limida 

belgilangan  qoidalar  asosida  rasmiylashtiriladi.  Mazkur  ishlar  bo‘yicha 

arizalarda  ishtirokchilar  da’vogar  va  javobgar  emas,  balki  arizachi  yoki 

manfaatdor shaxs deb rasmiylashtiriladi. Shuningdek, ushbu arizalar uchun 

agar  davlat  boji  to‘lashdan  ozod  etilmagan  bo‘lsa,  normativ-huquqiy 

hujjatlarda belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligi haqida 

kvitansiya, ishga oid tegishli hujjatlar ilova qilinadi.   



 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

149 


 

X BОB

 

Alohida  tartibda  ko‘riladigan  ishlarning  turlari  FPKning  279-



moddasida  ko‘rsatilgan.  Unga  ko‘ra,  sud  tomonidan  alohida  ish 

yuritish tartibida ko‘riladigan ishlarga quyidagilar kiradi: 

1) yuridik 

ahamiyatga 

ega 

bo‘lgan 

faktlarni 

aniqlash 

to‘g‘risidagi ishlar;  

2) bolani farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar;  

3) fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va fuqaroni o‘lgan deb 

e’lon qilish to‘g‘risidagi ishlar;  

4) fuqaroni  muomala  layoqati  cheklangan  yoki  muomalaga 

layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishlar;  

5) shaxsni  g‘ayriixtiyoriy  tartibda  psixiatriya  statsionariga 

yotqizish  to‘g‘risidagi  yoki  uning  ushbu  muassasada  yotishining 

muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar;  

6) shaxsni  sil  kasalligiga  qarshi  kurash  muassasasining 

ixtisoslashtirilgan  bo‘limiga  g‘ayriixtiyoriy  tartibda  yotqizish 

to‘g‘risidagi  yoki  uning  ushbu  muassasada  yotishi  muddatini 

uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar;  

7) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ishlar;  

8)  taqdim  etuvchiga  deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan  taqdirda, 

ular  bo‘yicha  huquqlarni  tiklash  to‘g‘risidagi  ishlar  (chaqirib  ish 

yuritish).

 

2-§. Yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  faktlarni  belgilash 

to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha beriladigan ariza, sud hal qiluv qarori va 

ularni rasmiylashtirish tartibi 

Yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  faktlarni  sud  tartibida  belgilashning 

o‘zi  bir  necha  turlarga  bo‘linadi.  Fuqarolik  protsessual  qonunchiligida 

fuqarolar  yoki  tashkilotlarning  shaxsiy,  mulkiy  huquqlari  vujudga  kelishi, 

o‘zgarishi yoki tugashiga sabab bo‘ladigan quyidagi faktlarni sud tartibida 

belgilash ko‘rsatilgan: 

1) shaxslarning qarindoshlik aloqalarini; 

2) shaxs birovning qaramog‘ida ekanligi faktini; 

3)  otalikni  tan  olish  (belgilash)  faktini,  bolaning  u  yoki  bu  onadan 

tug‘ilganligi faktini, shuningdek, tug‘ilgan vaqtini; 

4) bolalikka olish, nikoh, ajralish va o‘limning qayd etilganlik faktini; 


 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

150 


 

X BОB

 

5) er-xotindan birining o‘limi natijasida fuqarolik holati aktlarini qayd 



etish  organlarida  nikohni  ro‘yxatdan  o‘tkazish  mumkin  bo‘lmay  qolsa, 

qonunda 


belgilangan 

hollarda 

ularning 

haqiqatda 

er-xotinlik 

munosabatlarida bo‘lganlik faktini; 

6) shaxsning  huquqni  vujudga  keltiruvchi  hujjatlarda  (jamoat 

birlashmalariga a’zolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar, fuqarolik holati 

aktlarini  qayd  etish  organlari  beradigan  guvohnomalardan  tashqari) 

ko‘rsatilgan  ismi,  otasining  ismi  va  familiyasi,  uning  pasportidagi  yoki 

tug‘ilganlik  to‘g‘risidagi  guvohnomasidagi  ismi,  otasining  ismi  va 

familiyasi  bilan  mos  kelmagan  taqdirda,  mazkur  hujjatlarning  unga 

tegishliligi yoki tegishli emasligi faktini; 

7) baxtsiz hodisa faktini; 

8) imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish faktini; 

9) merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi faktini; 

10)  yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  boshqa  faktlarni,  agar  qonun 

hujjatlarida ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa 

(FPKning 283-moddasi). 

 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling