Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


baxtsiz hodisa haqida akt tuzilgan, lekin arizachi tomonidan u


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63

 baxtsiz hodisa haqida akt tuzilgan, lekin arizachi tomonidan u 

yo‘qotilgan va uni boshqacha tartibda tiklash mumkin bo‘lmasa; 



 uni tuzishda xatolikka yoki uni isbotlovchi kuchidan mahrum 



qiluvchi  noaniqlikka  yo‘l  qo‘yilgan  bo‘lsa  va  buni  tegishli  organ 

tuzata  olmasa,  mehnati  tufayli  kelib  chiqqan,  ya’ni  xodimni 

korxona,  tashkilotlardagi  ishi  bilan  bog‘liq  holda  sog‘lig‘iga  zarar 

yetkazgan baxtsiz hodisagina yuridik ahamiyatga egadir.

 

Yuqorida  ko‘rsatilgan  hollardagina  baxtsiz  hodisa  faktini  belgilash 

to‘g‘risida sudga ariza berish mumkin. Demak, ushbu asoslar mavjud bo‘lsa 

ushbu fakt sudga taalluqli hisoblanadi.  



Imoratga  xususiy  mulk  huquqi  asosida  egalik  qilish  fakti.  Ushbu 

faktni sud tartibida belgilash uchun shartli taalluqlilik qoidalari qo‘llaniladi. 

Unga ko‘ra mazkur faktni belgilash uchun fuqaro dastlab boshqa organga 


 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

159 


 

X BОB

 

murojaat  qilgan  bo‘lishi  lozim.  Agar  tegishli  organlar  ma’muriy  tartibda 



ushbu faktni belgilashni rad qilgan bo‘lsa va arizachining ushbu imoratlarga 

bo‘lgan  huquqini  boshqa  shaxslar  inkor  etmayotgan  bo‘lsalargina  sudga 

taalluqlidir.  Sud  egalik  huquqini  emas,  balki  arizachiga  imoratning  egalik 

huquqi  asosida  tegishli  ekanligini  tasdiqlovchi  hujjatlarning  bo‘lganlik 

faktini, shuningdek, agar arizachida o‘z vaqtida egalik huquqi to‘g‘risidagi 

hujjati bor bo‘lib, lekin u yo‘qolgan va uni tiklash mumkin bo‘lmaganida 

belgilaydi. 

O‘zboshimchalik bilan qurilgan yoxud qurib bitkazilgan va foydalanish 

uchun qabul qilinmagan binolarni, shuningdek, oldin boshqa shaxs nomiga 

ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  yoki  arizachi  tomonidan  tegishli  tartibda 

rasmiylashtirilmasdan  sotib  olingan  binolarga  egalik  huquqini  belgilash 

haqidagi  arizalar  alohida  ish  yuritish  tartibida  sudda  ko‘rilishi  mumkin 

emas. 

Agar taraflardan biri notarial tartibda tasdiqlash talab etiladigan bitimni 



to‘la  yoki  qisman  bajargan  bo‘lsa,  masalan,  tasdiqlanmagan  yozma 

shartnoma  bilan  uy  sotib  olgan  bo‘lsa,  bu  uyga  uning  egalik  huquqini 

belgilash  to‘g‘risidagi  masala  O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik 

kodeksi 


112-moddasining  

2-qismi qoidalari bo‘yicha da’vo tartibida hal etiladi.  



Merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi fakti.  Manfaatdor 

shaxs  meros  huquqi  qabul  qilganligi  va  mulkni  meros  qilib  olganligini 

tasdiqlovchi  dalillarni  taqdim  qila  olmaganligi  sababli,  notarial  idora 

vorislik  haqida  guvohnoma  berishni  rad  qilgan  hollarda,  merosni  qabul 

qilish  va  merosning  ochilish  joyi  faktini  belgilash  alohida  tartibda  ish 

yuritishning  yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  fakti  sifatida  ko‘riladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1117-moddasiga binoan, 

meros  qoldiruvchining  oxirgi  doimiy  yashab  turgan  joyi,  merosning 

ochilish joyi hisoblanadi. Agar meros qoldiruvchining oxirgi yashab turgan 

joyi noma’lum bo‘lsa, meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk 

yoki  uning  asosiy  qismi  turgan  joy,  ko‘chmas  mulk  bo‘lmagan  taqdirda, 

ko‘char  mulkning  asosiy  qismi  turgan  joy  meros  ochilgan  joy  deb 

hisoblanadi.  


 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

160 


 

X BОB

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1998-yil  17-



apreldagi  “Sudning  hal  qiluv  qarori  haqida”gi  qarorida  tushuntirish 

berilishicha,  sudning  har  qanday  hal  qiluv  qarori  kirish,  bayon, 

asoslantiruvchi  va  xulosa  qismidan  iborat  bo‘ladi.  Hal  qiluv  qarorini 

yozishda  sudlar  FPKning  206-moddasi  bilan  belgilangan  birin-ketinlikka 

rioya qilmoqlari zarur. 

Hal  qiluv  qarorining  kirish  qismida  hal  qiluv  qarorining  chiqarilgan 

vaqti va joyi, hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi 

(sud tarkibi), sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa 

shaxslar, shuningdek, nizo predmeti ko‘rsatiladi. 

Hal  qiluv  qarorining  bayon  qismi  da’vo  talablarini,  javobgar 

e’tirozlarining  qisqacha  mazmuni  va  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa 

shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirmog‘i lozim. Da’vogarning da’voni 

o‘zgartirganligi  (da’voning  asosini  yoki  predmetini  o‘zgartirish,  da’vo 

talablarining  miqdorini  oshirish  yoki  kamaytirish,  da’vodan  voz  kechish) 

shu yerda ko‘rsatilmog‘i kerak. 

Hal  qiluv  qarorining  asoslantiruvchi  qismida  sudning  ish  bo‘yicha 

chiqargan  xulosasining  faktik  va  huquqiy  asoslari  bayon  etilishi  lozim. 

Jumladan,  hal  qiluv  qarorining  bu  qismida  ishning  sud  tomonidan 

aniqlangan  holatlari,  ishning  holatlari  to‘g‘risidagi  sud  xulosalariga  asos 

bo‘lgan  dalillar,  sud  u  yoki  bu  dalilni  rad  qilishda  asoslangan  xulosalar, 

shuningdek, nizoli munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq me’yorlari 

(fuqarolik,  oila,  yer,  mehnat,  uy-joy  to‘g‘risidagi  va  boshqa  qonunlar) 

keltirilmog‘i, qonunning nomi, moddasi, bandi, boshqa qonun hujjatlarining 

soni  va  qabul  qilingan  sanasi  hamda  protsessual  huquqiy  me’yorlari 

ko‘rsatilmog‘i lozim. Zarur holatlarda, sud O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Sudi  Plenumining  tegishli  qarorlarini  ham  qo‘llashi  lozim.  Hal  qiluv 

qarorining xulosa qismida tegishli me’yorlarning mazmuni bayon etilganda 

bu talabga rioya qilinmog‘i lozim (masalan, hal qiluv qarorining darhol ijro 

etilishiga  qaratilgan  hollarda,  FPK  220-moddasining  qo‘llanishi).  Agar 

javobgar da’voni tan olsa, asoslantirish qismida faqat da’vo talabining tan 

olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi ko‘rsatilishi mumkin. 


 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

161 


 

X BОB

 

Hal  qiluv  qarorining  xulosa  qismida  taraflarning  familiyasi,  ismi, 



otasining  ismi  va  yuridik  shaxsning  nomi  to‘liq  keltirilishi,  da’vo 

talablarining qanoatlantirilganligi (to‘liq yoki qisman) yoki butunlay yoxud 

qisman  rad  etish  haqidagi  sudning  xulosasi  aniq  aks  ettirilgan  bo‘lishi 

lozim.  Shuningdek,  sud  xarajatlarining  taqsimlanishi,  hal  qiluv  qarori 

ustidan  shikoyat  berish  muddati  va  tartibi  ko‘rsatilishi  shart.  Hal  qiluv 

qarorining  xulosa  qismi  qarorni  ijro  etish  chog‘ida  tushunmovchiliklar  va 

nizolar vujudga kelmasligi uchun tushunarli va aniq tarzda ifoda etilmog‘i 

kerak.  

Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash to‘g‘risidagi ishlar 

bo‘yicha sudning hal qiluv qarorida: sud tomonidan aniqlangan fakt, uning 

qanday  maqsadda  aniqlanganligi,  shuningdek,  mazkur  faktni  aniqlash 

uchun sud qanday dalillarga asoslanganligi ko‘rsatilishi lozim. 

Fuqarolik  holati  aktlarini  qayd  etish  organlarida  qayd  etilishi  yoki 

boshqa 


organlarda 

rasmiylashtirilishi 

lozim 

bo‘lgan 


faktlarning 

aniqlanganligi  to‘g‘risida  sud  chiqargan  hal  qiluv  qarori  bu  organlar 

tomonidan  beriladigan  hujjatlarning  o‘rniga  o‘tmagan  holda  ana  shunday 

qayd qilish yoki rasmiylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi (FPKning 

285-moddasi). 

 

3-§. Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ariza, sud hal qiluv qarori va 

ularni rasmiylashtirish tartibi 

O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  352-sonli 

Qonuniga  asosan,  FPKga  Farzandlikka  olish  nomli  31

1

-bob  kiritildi. 



Dastlab  farzandlikka  olish  tartibi  sudsiz  tartibda  hal  qilingan  bo‘lsa, 

endilikda  farzandlikka  olish  sud  tartibida  hal  etiladi.  Farzandlikka  olish 

to‘g‘risidagi  ariza  bolani  farzandlikka  olishni  istagan  O‘zbekiston 

Respublikasi  fuqarolari  tomonidan  farzandlikka  olinayotgan  bolaning 

yashash  (turgan)  joyidagi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  tumanlararo,  tuman 

(shahar) sudiga beriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishni 

istagan  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  tashqarida  doimiy  yashovchi 

O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari,  chet  el  fuqarolari  yoki  fuqaroligi 

bo‘lmagan  shaxslar  farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  arizani  farzandlikka 



 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

162 


 

X BОB

 

olinayotgan 



bolaning 

yashash 


(turgan) 

joyidagi 

tegishincha 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Oliy  Sudiga, 

fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  viloyat  yoki  Toshkent  shahar  sudiga  beradi 

(FPKning 285

1

-moddasi). 



 

Farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  arizada  quyidagilar  ko‘rsatilgan 

bo‘lishi kerak: 

 farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining)  familiyasi,  ismi, 



otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi; 



 farzandlikka  olinayotgan  bolaning  familiyasi,  ismi,  otasining 



ismi  va  tug‘ilgan  sanasi,  uning  yashash  (turgan)  joyi,  farzandlikka 

olinayotgan bolaning ota-onasi to‘g‘risidagi, aka-uka va opa-singillari 

bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar; 



 farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining)  farzandlikka  olish 



haqidagi  iltimosini  asoslovchi  holatlar  va  mazkur  holatlarni 

tasdiqlovchi dalillar; 



 farzandlikka 



oluvchilar 

(oluvchi) 

bolaning 

tug‘ilganlik 

to‘g‘risidagi  dalolatnoma  yozuviga  tegishli  o‘zgartirishlar  kiritishni 

istagan  taqdirda  --  farzandlikka  olinayotgan  bolaning  familiyasini, 

ismini,  otasining  ismini,  tug‘ilgan  sanasini  (ko‘pi  bilan  bir  yilga), 

farzandlikka  olinayotgan  bolaning  tug‘ilgan  joyini  (agar  bola  ko‘pi 

bilan  o‘n  yosh  bo‘lsa)  o‘zgartirish  haqida,  bolaning  tug‘ilganlik 

to‘g‘risidagi 

dalolatnoma 

yozuviga 

farzandlikka 

oluvchilarni 

(oluvchini) ota-ona (ota yoki ona) sifatida qayd etish haqidagi iltimos. 

Farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  ariza  farzandlikka  oluvchilar 

(oluvchi) tomonidan imzolanadi (FPKning 285

2

-moddasi). 

 

Esda  saqlang!  Farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  arizaga  quyidagilar 

ilova qilingan bo‘lishi kerak: 

 nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan farzandlikka olinganda 



—  farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining)  nikoh  tuzilganligi 

to‘g‘risidagi guvohnomasining ko‘chirma nusxasi; 

  er-xotindan  biri  tomonidan  farzandlikka  olinganda  — 



boshqasining roziligi. Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir 

 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

163 


 

X BОB

 

yildan  ortiq  birga  yashamayotgan  bo‘lsa  va  erning  (xotinning)  yashash 



(turgan)  joyi  noma’lum  bo‘lsa,  shuningdek,  bu  holatlarni  tasdiqlovchi 

hujjatlar  mavjud  bo‘lsa,  farzandlikka  olishda  uning  roziligi  talab 

qilinmaydi; 

  nikohda  turmagan  shaxs  tomonidan  farzandlikka  olinganda  — 



farzandlikka  oluvchi  pasportining  ko‘chirma  nusxasi  va  nikohda 

turmasligi haqidagi ma’lumotnoma; 

  farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining)  sog‘lig‘i  holati  haqida 



tibbiy  xulosa  (psixiatriya,  sil  kasalligiga  qarshi  kurash  va  narkologiya 

muassasalari,  shuningdek,  OITSga  qarshi  kurash  markazlarining 

ma’lumotnomalari); 

  farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining)  ish  joyidan  egallab 



turgan  lavozimi  va  ish  haqi  to‘g‘risida  ma’lumotnoma  yoki  boshqa 

daromad manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; 

 turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish 



huquqini tasdiqlovchi hujjat; 

 fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qo‘yilganligi 



haqidagi hujjat.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  boshqa  davlat  fuqarosi 

bo‘lgan  bolani  farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  arizasiga  ushbu  moddaning 

birinchi  qismida  ko‘rsatilgan  hujjatlar,  shu  bilan  birgalikda,  bola  qonuniy 

vakilining  roziligi  va  bola  qaysi  davlat  fuqarosi  bo‘lsa,  o‘sha  davlat 

vakolatli organining roziligi ilova qilinadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  tashqarida  doimiy  yashovchi 

O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari,  chet  el  fuqarolari  yoki  fuqaroligi 

bo‘lmagan shaxslarning  O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani 

farzandlikka olish to‘g‘risidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida 

ko‘rsatilgan  hujjatlar,  shuningdek,  farzandlikka  oluvchilar  qaysi  davlat 

fuqarosi  bo‘lsa,  o‘sha  davlat  (bola  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan 

tashqarida  doimiy  yashovchi  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari, 

fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  tomonidan  farzandlikka  olinayotganda  — 

ushbu  shaxslar  qaysi  davlatda  doimiy  yashash  joyiga  ega  bo‘lsa,  o‘sha 

davlat)  vakolatli  organining  ularning  yashash  sharoitlari  haqida  va 



 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

164 


 

X BОB

 

farzandlikka oluvchilar bo‘la olish imkoniyatlari haqidagi xulosasi, tegishli 



davlat  vakolatli  organining  farzandlikka  olinayotgan  bolaning  ushbu 

davlatga  kirishi  va  mazkur  davlat  hududida  doimiy  yashashi  uchun 

ruhsatnomasi,  farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining)  O‘zbekiston 

Respublikasining 

xorijdagi 

diplomatik 

vakolatxonasi 

vakillariga 

farzandlikka  olingan  bola  haqida  axborot  berish  va  bola  bilan  muloqot 

qilish  imkoniyatini  berish  to‘g‘risidagi  notarial  tasdiqlangan  majburiyati 

ilova qilinadi. 

Chet  el  fuqarolari  bo‘lgan  yoki  fuqaroligi  bo‘lmagan  farzandlikka 

oluvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda 

legalizatsiya  qilinishi  yoxud  ularga  belgilangan  tartibda  apostil  qo‘yilgan 

bo‘lishi  kerak.  Bunda  taqdim  etiladigan  hujjatlar 

O‘zbekiston 

Respublikasining  davlat  tiliga  tarjima  qilingan  va  notarial  tasdiqlangan 

bo‘lishi kerak. 

O‘zbekiston  Respublikasi  FPKning  285

3

-moddasining  birinchi, 



ikkinchi  va  uchinchi  qismlarida  ko‘rsatilgan  hujjatlar  sudga  ikki  nusxada 

taqdim etiladi. 

Sud  farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  ishni  mazmunan  ko‘rib  chiqib, 

farzandlikka  olish  haqidagi  arizani  qanoatlantirish  to‘g‘risida  yoxud  uni 

qanoatlantirishni  butunlay  yoki  qisman  rad  etish  haqida  hal  qiluv  qarori 

chiqaradi.  

Farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  ariza  qanoatlantirilgan  taqdirda, 

sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning tug‘ilishi yozilgan 

daftarga o‘zgartirishlar kiritish uchun zarur bo‘lgan, farzandlikka olingan va 

farzandlikka  oluvchilar  (oluvchi)  to‘g‘risidagi  barcha  ma’lumotlar 

ko‘rsatiladi.  

Bola  bitta  shaxs  tomonidan  farzandlikka  olinayotganda  uning 

manfaatlarini  ko‘zlab,  agar  farzandlikka  oluvchi  erkak  bo‘lsa,  onasining 

xohishiga  ko‘ra  yoki  agar  farzandlikka  oluvchi  ayol  bo‘lsa,  otasining 

xohishiga ko‘ra, shuningdek, agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi 

yoki  onasi  vafot  etgan  bo‘lsa,  vafot  etgan  ota  yoki  ona  ota-onasining 

(buvaning  yoki  buvining)  iltimosiga  ko‘ra  sudning  farzandlikka  olish 

to‘g‘risidagi  qarorida  farzandlikka  olingan bolaning  otasi  yoki  onasi bilan 

yoxud  vafot  etgan  otasining  yoki  onasining  qarindoshlari  bilan  huquqiy 

munosabatlari saqlab qolinishi ko‘rsatib o‘tiladi.  



 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

165 


 

X BОB

 

Farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  ariza  qanoatlantirilgan  taqdirda, 



farzandlikka  oluvchilar  (oluvchi)  va  farzandlikka  olinayotgan  bolaning 

o‘zaro  huquq  va  majburiyatlari  farzandlikka  olingan  bolaning  tug‘ilishini 

yozish daftariga zarur o‘zgartirishlar kiritilgan kundan e’tiboran belgilanadi.  

Sud  farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  hal  qiluv  qarori  qonuniy  kuchga 

kirgan  kundan  boshlab  uch  kun  ichida  ushbu  hal  qiluv  qaroridan 

ko‘chirmani  farzandlikka  olinayotgan  bolaning  tug‘ilganligi  ro‘yxatga 

olingan  joydagi  fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  qayd  etish  organiga 

yuborishi shart” (FPKning 285

6

-moddasi). 



 

4-§. Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan 

bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza, sud hal 

qiluv qarori va ularni rasmiylashtirish tartibi 

O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  352-sonli 

Qonuniga  asosan,  FPKga  “Sil  kasalligiga  qarshi  kurash  muassasasining 

ixtisoslashtirilgan  bo‘limiga  g‘ayriixtiyoriy  tartibda  yotqizish”  nomli  33

2

-

bob kiritildi. Mazkur turdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha nizo bo‘lmaganligi 



sababli  alohida  tartibda  ko‘rilishi  belgilab  qo‘yildi.  Sil  kasalligining 

yuqumli  shakliga  chalingan  shaxsni  sil  kasalligiga  qarshi  kurash 

muassasasining  ixtisoslashtirilgan  bo‘limiga  g‘ayriixtiyoriy  tartibda 

yotqizish  to‘g‘risidagi  yoki  uning  ushbu  muassasada  yotishi  muddatini 

uzaytirish  haqidagi  ariza  sudga  mazkur  shaxs  dispanser  hisobida  turgan 

yoxud davolanayotgan yoki uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga 

qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi. 

Sil  kasalligining  yuqumli  shakliga  chalingan  shaxsni  sil  kasalligiga 

qarshi  kurash  muassasasining  ixtisoslashtirilgan  bo‘limiga  g‘ayriixtiyoriy 

tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining 

tibbiy  tekshiruvdan  va  (yoki)  davolanishdan  bo‘yin  tovlayotgan  mazkur 

shaxsni  g‘ayriixtiyoriy  tartibda  yotqizish  zarurligi  haqidagi  xulosasi  qabul 

qilingan  kundan  e’tiboran  bir  sutka  ichida  beriladi.  Xulosada  davolash 

o‘tkaziladigan muddat ko‘rsatiladi. 

Sil  kasalligining  yuqumli  shakliga  chalingan  shaxsni  sil  kasalligiga 

qarshi  kurash  muassasasining  ixtisoslashtirilgan  bo‘limida  g‘ayriixtiyoriy 

tartibda  yotishi  muddatini  uzaytirish  to‘g‘risidagi  ariza  ushbu  muassasa 


 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

166 


 

X BОB

 

tibbiy  komissiyasining  shaxs  davolanishda  bo‘lgan  muassasada  yotishi 



muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Xulosada 

davolash o‘tkaziladigan muddat ko‘rsatiladi (FPKning 297

5

-moddasi). 



Sudning  arizani  qanoatlantirish  to‘g‘risidagi  hal  qiluv  qarori  sil 

kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni tegishincha sil kasalligiga 

qarshi  kurash  muassasasining  ixtisoslashtirilgan  bo‘limiga  g‘ayriixtiyoriy 

tartibda  yotqizish  yoki  uning  ushbu  muassasada  yotishi  muddatini 

uzaytirish uchun asos bo‘ladi (FPKning 297

7

-moddasi). 



  

5-§.  Fuqaroni  bedarak  yo‘qolgan  deb  topish  va  fuqaroni  o‘lgan 

deb  e’lon  qilish  to‘g‘risidagi  ariza,  sud  hal  qiluv  qarori  va  ularni 

rasmiylashtirish tartibi 

Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki fuqaroni o‘lgan deb e’lon 

qilish instituti alohida tartibda ko‘riladigan ishlarning bir turi sifatida ham 

fuqarolik huquqi ham fuqarolik protsessual huquqi uchun muhim ahamiyat 

kasb etadi. Chunki, fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki o‘lgan deb 

e’lon qilish shartlari va asoslari fuqarolik qonunchiligida ko‘rsatilgan bo‘lsa, 

fuqarolik  protsessual  qonunchilikda esa  ushbu  turkumdagi  ishlar  bo‘yicha 

sudga  murojaat  qilish  tartibi,  ishni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  va  ko‘rish 

hamda  ushbu  ishlar  bo‘yicha  hal  qiluv  qarori  chiqarish  va  uning  huquqiy 

oqibatlari to‘g‘risidagi qoidalar mustahkamlangan.  

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33-moddasiga ko‘ra, 

agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida 

ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu 

fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin. 

Yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan kunni aniqlash 

mumkin  bo‘lmasa,  bedarak  yo‘qolgan  deb  hisoblash  muddati  yo‘qolgan 

shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi 

kunidan,  bu  oyni  belgilash  mumkin  bo‘lmagan  taqdirda  esa  –  keyingi 

yilning birinchi yanvaridan boshlanadi. 

Fuqaroni  vafot  etgan  deb  e’lon  qilish  uchun  asoslar  Fuqarolik 

kodeksining  36-moddasida  berilgan.  Bu  qoidaga  ko‘ra,  agar  fuqaroning 

qayerda  turganligi  haqida  uning  yashash  joyida  uch  yil  mobaynida 

ma’lumot  bo‘lmasa,  basharti  u  o‘lim  xavf  solib  turgan  yoki  muayyan 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling