Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4,58 Mb. Pdf ko'rish
|
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza qarzdorlar soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga beriladi, аxborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ariza bundan mustasno. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza FPKning 309 9 -moddasida nazarda tutilgan talablar, shuningdek, ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan bo‘lsa, sud FPKning 152–154-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bunday arizani qabul qilishni rad etadi yoki harakatsiz qoldiradi. HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORI BILAN BOG‘LIQ ISHLARNI YURITISH JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 185
XI BОB
ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrimi va uni protsessual rasmiylashtirish tartibi Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda ijro varaqasi so‘ralayotgan ish materiallarini hakamlik sudidan FPKda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin. Sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun FPKning 309 12 -moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi. Sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganida hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emas. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza FPK 309 4 -moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan sudning ish yurituvida bo‘lsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilayotgan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORI BILAN BOG‘LIQ ISHLARNI YURITISH JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 186
XI BОB
№ Sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi: 1 hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emasligini 2 hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarni bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalardan ajratib olish mumkin bo‘lsa, sud hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalar bo‘lgan qismi uchun ijro varaqasi beradi 3 hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-, 15-, 16- va 25- moddalari qoidalariga muvofiq emasligini 4 hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini 5 hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini 6 hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy bo‘lmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi sud yoki xo‘jalik sudi tomonidan to‘xtatib turilganligini
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa, sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi. Sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha FPKda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi. HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORI BILAN BOG‘LIQ ISHLARNI YURITISH JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 187
XI BОB
uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ham bo‘lishi kerak: 1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi; 2) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 3) hakamlik sudining hal qiluv qarori to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun ko‘rsatma.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki FPKda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishiga to‘sqinlik qilmaydi. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar bo‘yicha to‘xtamlar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lishi mumkin emasligi oqibatida sud tomonidan to‘liq yoki qisman rad etilgan bo‘lsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun FPKda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishlari mumkin. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak.
HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORI BILAN BOG‘LIQ ISHLARNI YURITISH JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 188
XI BОB
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishning protsessual tartibi haqida nimalarni bilasiz? Fikringizni asoslantiring ? 2. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza va unga qanday hujjatlar ilova qilinadi. 3. Hakamlik sudlari tomonidan qanday hujjatlar qabul qilinadi ? 4. Hakamlik sudining hal qiluv qarori nechta tarkibiy qismlarga ajratiladi ?
1. “Nafis” MCHJ huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining 2009-yilning 3-noyabr kunidagi 128/2009-sonli hakamlik ishi bo‘yicha da’vogar O.Mirzayevning foydasiga javobgar B.Akbarovdan 2.535.000 so‘m asosiy qarz, Markaziy bankning ma’lumotnomasiga asosan 7,8 foizlik 197.730 so‘m, hakamlik sudi yig‘imi uchun 253.500 so‘m, sud xarajatlari uchun 7000 so‘m, jami 2.993.230 so‘mni undirish belgilangan. Javobgar B.Akbarov bu summani to‘lamaganligi sababli da’vogar O.Mirzayev hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish uchun ijro varaqasi berish haqida sudga murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudi mazkur ish hakamlik sudida ko‘rib chiqilgan degan asos bilan hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish uchun ijro varaqasini berish masalasi ko‘rib chiqilishida javobgar B.Akbarovni sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilmagan va 2009-yilning 19-noyabr kunidagi sudning ajrimi bilan ariza qanoatlantirilib, O.Mirzayevning foydasiga B.Akbarovdan jami 2.993.230 so‘m undirish uchun ijro varaqasi berilgan.
HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORI BILAN BOG‘LIQ ISHLARNI YURITISH JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 189
XI BОB
ijroga qaratish uchun ijro varaqasi berish haqidagi arizani rasmiylashtiring? 2. 2012-yil 17-iyul fuqarolik sudi tomonidan O‘zbekiston hakamlik sudlari assotsiatsiyasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Chilonzor tuman hakamlik sudining hal qiluv qarori asosida ijro varaqasi berilgan. Keyinchalik, 2012-yil 20-avgustda O‘zbekiston hakamlik sudlari assotsiatsiyasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Chilonzor tuman hakamlik sudi tomonidan fuqarolik sudi asoslangan hal qiluv qarorida yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish maqsadida “Yozuvdagi xatolarni tuzatish haqida” ajrim chiqarilgan. Shunga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar fuqarolik sudiga ariza bilan murojaat qilib, hakamlik sudining yozuvdagi xatoni tuzatish haqidagi ajrimiga asoslanib, ijro varaqasiga o‘zgartirish kiritishni so‘ragan. Sudning ajrimi bilan arizachining arizasi qanoatlantirilgan va ijro varaqasi o‘zgartirilgan. Vaziyatga huquqiy baho bering. Ijro varaqasini rasmiylashtiring. BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 190
XII BОB
QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR
protsessual rasmiylashtirish tartibi Fuqarolik sud ishlarida ishtirok etuvchilarning huquqlari faqat birinchi instansiya sudidagina emas, balki ikkinchi instansiyada ham himoya qilinadi. Agar ishning dastlabki sudda ko‘rilishida qonun talablariga rioya qilinmagan, ish holatlarining murakkabligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bunday holatlar apellyatsiya tartibida ko‘rilib, aniqlanishi va tuzatilishi mumkin. Apellyatsiya tartibida ish yuritishdan maqsad inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini har taraflama himoya qilishdan iborat.
qonuniy, asosli va adolatli ekanligini apellyatsiya tartibida tekshirish instituti 2000-yil 14-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga “Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan apellyatsiya shikoyati berish (protest keltirish)” deb nomlangan 37-bob bilan kiritildi. FPKning 320-moddasiga muvofiq, sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror protest keltirishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan shikoyat (protest) ko‘rilmaydi va shikoyat (protest) bergan shaxsga qaytariladi. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash masalasi FPKning 130-moddasi qoidalari asosida hal etiladi.
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 191
XII BОB
Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan Fuqarolik protsessual kodeksining 331-moddasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy Sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi apellyatsiya shikoyati yoki protesti bo‘yicha tushgan ishni u kelib tushgan kundan e’tiboran endilikda bir oydan kechiktirmay ko‘rishi lozimligi to‘g‘risidagi o‘zgartish kiritildi. Avvallari bu muddat yigirma kunni tashkil etgan edi. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘liq tekshirib chiqishi shart. Apellyatsiya shikoyatlari va protestlari apellyatsiya instansiyasi nomiga yoziladi, lekin hal qiluv qarori chiqargan sudga beriladi. Vakil tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga ishonchnoma yoki vakil huquqlarini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ilova qilinishi lozim. Apellyatsiya shikoyati yoki protesti sudga ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdorda nusxalari bilan beriladi. Zarur hollarda, sudya, apellyatsiya shikoyati bergan shaxs yoki apellyatsiya protesti keltirgan prokuror zimmasiga apellyatsiya shikoyati yoki protestiga ilova qilingan yozma hujjatlarning nusxalarini ham ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga mutanosib miqdorda topshirish majburiyatini yuklashi mumkin. FPKning 323-moddasida protsessual hujjat sifatida apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuniga qo‘yilgan talablar aks etgan bo‘lishi kerak.
APЕLLYATSIYA SHIKOYATINING (PROTЕSTINING) MAZMUNI
shikoyat yoki protеst kеltirayotgan shaxsning nomi hal qiluv qarorining noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi
shikoyat bеrayotgan yoki protеst kеltirayotgan shaxsning iltimosi
shikoyat yoki protеstga ilova qilingan yozma matеriallarning ro‘yxati
shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarori va uni chiqargan sud nomi
shikoyat bеrilayotgan yoki protеst kеltirilayotgan sudning nomi
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 192
XII BОB
Apellyatsiya shikoyati shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Apellyatsiya protestini ishda ishtirok etgan- etmaganligidan qat’iy nazar, prokuror yoki uning o‘rinbosari keltiradi va imzolaydi. Apellyatsiya shikoyatida yoki protestida shikoyat bergan shaxs yoki protest keltirgan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va faks raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Shikoyat berilayotgan yoki protest keltirilayotgan sudning nomi deganda ushbu shikoyat yoki protestni ko‘rib chiquvchi sud tushunilmog‘i lozim. Ayrim hollarda apellyatsiya shikoyati yoki protesti hal qiluv qarori chiqargan sudga berilishi munosabati bilan shu sudning nomi yozilgan holatlar uchraydi va bu xato hisoblanadi. Apellyatsiya shikoyatlari va protestlari apellyatsiya instansiyasi nomiga yozilishi lozim. Demak, bunda apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) qaysi sudlar ko‘rishligini bilib olish lozim. FPKning 321-moddasiga muvofiq: 1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy Sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari - tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy Sudining, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini); 2) O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi - okrug va hududiy harbiy sudlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini); 3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini); 4) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Harbiy hay’ati - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Harbiy hay’atining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘radi. BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 193
XII BОB
Shuningdek, apellyatsiya shikoyatlarida (protestlarida) asosiy urg‘u hal qiluv qarorining noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligiga va shikoyat berayotgan yoki protest keltirayotgan shaxsning iltimosi nimadan iboratligiga ahamiyat berish kerak. Shikoyat yoki protestga ilova qilingan yozma materiallarning ro‘yxati albatta taqdim etilishi lozim.
yoki protest keltirish paytida, FPKning 322-moddasi, ya’ni apellyatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) tartibi va 323-moddasi apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuniga qo‘yilgan talablar buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa yoki davlat boji to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun boj to‘lamagan bo‘lsa, apellyatsiya shikoyati yoki protesti harakatsiz qoldiriladi. Apellyatsiya shikoyati yoki protestini harakatsiz qoldirish to‘g‘risida sudya bu shikoyat yoki protestning harakatsiz qoldirilishiga asos bo‘lgan kamchiliklarni va ularni tuzatish uchun berilgan muddatni ko‘rsatib ajrim chiqaradi. Shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxs ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarni belgilangan muddatda tuzatsa, shikoyat yoki protest dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi. Aks holda, shikoyat yoki protest berilmagan hisoblanib, shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi.
Download 4,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling