Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63

Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining 

2004-yil  21-maydagi  “Fuqarolik  ishlarini  apellyatsiya  tartibida 

ko‘rish  amaliyoti  haqida”gi  5-son  qarorining  6-bandiga  asosan, 

apellyatsiya  shikoyatining  (protestining)  kamchiliklarini  tuzatish 

uchun  sudya  tomonidan  belgilangan  muddat  ariza  beruvchining 

shikoyatga  qo‘shib  qo‘yish  uchun  zarur  ma’lumotnomalarni, 

hujjatlarning  nusxalari  va  boshqa  yozma  dalillarni  olishining  real 

imkoniyatini inobatga olgan holda tayinlangan bo‘lishi lozim. Ushbu 

BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

194 


 

XII BОB

 

Plenum qarorida “Qonun apellyatsiya shikoyatiga nisbatan ma’lum 



talablar  qo‘yganligi  sababli  FPKning  322-  va  323-moddalari 

talablariga javob bermaydigan “dastlabki” apellyatsiya shikoyatlari 

(protestlari) qabul qilinmasligiga sudlarning e’tibori qaratilsin” deb 

belgilangan.  Ko‘p  holatlarda  belgilangan  20  kunlik  muddat  ichida 

yuqoridagi  talablarga  javob  bermaydigan  “dastlabki”  apellyatsiya 

shikoyatlari  (protestlari)  berilib,  keyinchalik,  sud  majlisida  boshqa 

bir apellyatsiya shikoyati berilayotgan holatlar ham uchraydi.

 

Apellyatsiya  shikoyati  (protesti)  bunday  shikoyat  (protest)  berish 

huquqiga  ega  bo‘lmagan  shaxs  tomonidan  berilgan  yoki  ariza  beruvchi 

apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddatini o‘tkazib yuborgan va u bu 

muddatni  tiklashni  so‘ramagan  hollarda,  sud  apellyatsiya  shikoyatini 

(protestini)  qabul  qilishni  rad  qiladi  hamda  bu  haqda  ajrim  chiqarib,  rad 

qilishning sabablarini bayon etadi.  

Mazkur ajrim  ishning  ilgarilashiga  to‘sqinlik  qilganligi sababli,  uning 

ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. 

 

Sudya  yoki  sud  raisi  apellyatsiya  shikoyati  yoki  protestini 

olgandan so‘ng: 

1)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarga  shikoyat  yoki  protestning 

nusxalarini yuborishi; 

2)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarga  apellyatsiya  instansiyasida 

ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida ma’lum qilishi; 

3)  hal  qiluv  qarori  ustidan  shikoyat  berish  yoki  protest  keltirish 

uchun  belgilangan  muddat  o‘tgan  vaqtdan  e’tiboran  o‘n  kun  ichida 

ishni tushgan shikoyat yoki protest bilan birga apellyatsiya instansiyasi 

sudiga yuborishi shart. 

 

Hal  qiluv  qarori  ustidan  shikoyat  berish  va  protest  keltirish  uchun 



belgilangan muddat ichida hech kim ishni suddan talab qilib olishi mumkin 

emas.  Ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  sudda  ish  materiallari  va  tushgan 

shikoyatlar yoki protest bilan tanishishga haqlidirlar. 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

195 


 

XII BОB

 

Protsessda apellyatsiya shikoyati bergan taraf tomonida qatnashayotgan 



sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qo‘shilishlari 

mumkin.  Shikoyatga  qo‘shilish  haqida  ariza  bergan  vaqtda  davlat  boji 

olinmaydi. 

Ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  shikoyat  yoki  protest  yuzasidan  sudga 

tushuntirish  berishga  (e’tiroz  bildirishga)  haqlidirlar.  Bu  tushuntirishni 

(e’tirozni) tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilib topshiriladi. 

Tushuntirish  (e’tiroz)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  soniga 

mutanosib miqdorda nusxalari bilan sudga taqdim etiladi. Bu nusxalarni sud 

ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi). 

 

3-§.  Apellyatsiya  instansiyasi  sudining  ish  yuritishni  to‘xtatish, 

tugatish to‘g‘risidagi ajrimlari va ularni rasmiylashtirish tartibi 

Apellyatsiya  instansiyasi  sudida  FPKning  92-  va  93-moddalarida 

nazarda tutilgan asoslarga muvofiq ish yuritishni to‘xtatib turish FPKning 

VII bobida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 

Apellyatsiya instansiyasi sudi ish yurituvi to‘xtatib turilgan ish bo‘yicha 

ish  yuritishni  tiklash  haqida  ajrim  chiqaradi  va  ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslarni sudlov hay’atida ish ko‘riladigan kun to‘g‘risida xabardor qiladi. 

Taraflarning  biri,  uchinchi  shaxs  yoki  ularning  qonuniy  vakili  nizoli 

yoxud  sudning  hal  qiluv  qarori  bilan  aniqlangan  huquqiy  munosabatdan 

chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning o‘limi, yuridik shaxsning qayta tashkil 

qilinishi,  boshqa  shaxs  foydasiga  talabdan  voz  kechish,  qarzning  boshqa 

shaxsga o‘tkazilishi va h.) apellyatsiya instansiyasi sudi protsessual huquqiy 

vorislik FPKning 43-moddasiga asosan protsessning har qanday bosqichida 

amalga  oshirilishi  mumkinligini  e’tiborga  olgan  holda,  bunday  shaxslar 

ularning huquqiy vorislari bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yadi hamda ularga 

ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga imkon beradi. 

Huquqiy  vorisning  protsessga  kirishganligi  haqida  apellyatsiya 

instansiyasi sudi ajrim chiqaradi. 

Apellyatsiya  instansiyasida  shikoyatdan  voz  kechish  bilan  da’vodan 

voz kechish o‘rtasida farq mavjud bo‘lib, shikoyatdan voz kechish oqibatida 

ish  yuritish  tugatiladi,  lekin  birinchi  instansiya  sudi  hal  qiluv  qarori  yoki 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

196 


 

XII BОB

 

ajrimi  bekor  bo‘lmaydi  hamda  apellyatsiya  instansiyasida  ish  yuritish 



tugatiladi. Aksincha, da’vodan voz kechilganda esa birinchi instansiya sudi 

hal qiluv qarori bekor qilinadi va ish yuritish tugatiladi hamda keyinchalik 

bunday da’vo bilan qayta sudga murojaat etib bo‘lmaydi. 

Apellyatsiya  shikoyati  bergan  shaxs,  FPKning  329-moddasiga 

muvofiq,  o‘z  shikoyatini  to‘ldirish,  o‘zgartirish  va  undan  voz  kechishga 

haqli.  


Shikoyat  bergan  shaxs  o‘z  shikoyatidan  voz  kechish  huquqidan 

shikoyat  berilgan  vaqtdan  e’tiboran  apellyatsiya  instansiyasi  sudi 

maslahatxonaga kirgunga qadar bo‘lgan muddatda foydalanishi mumkin. 

Sud apellyatsiya shikoyatidan voz kechishni, agar bunday voz kechish 

qonunga  zid  bo‘lmasa  yoki  birovning  huquqlari  va  qonun  bilan 

qo‘riqlanadigan manfaatlariga xilof bo‘lmasagina, qabul qilishga haqli.  

Agar  hal  qiluv  qarori  ustidan  boshqa  shaxslar  shikoyat  bermagan 

bo‘lsa,  shikoyatdan  voz  kechish  qabul  qilinganida  va  protest  qaytarib 

olinganida, sud ajrim chiqarib, apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi. 

Agar  apellyatsiya  shikoyati  bergan  shaxsga  protsessda  tarafdorlik 

qilayotgan  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  yoki  uchinchi  shaxslar  berilgan 

apellyatsiya shikoyatiga qo‘shilgan bo‘lsalar, apellyatsiya shikoyatidan voz 

kechishning  qabul  qilinishi  apellyatsiya  tartibida  ish  yuritishni  tugatishga 

olib  kelmaydi.  Shikoyatga  qo‘shilish  haqidagi  yozma  ariza  mustaqil 

shikoyat sifatida ko‘riladi. 

Apellyatsiya  protesti  bildirgan  prokuror,  shuningdek,  yuqori  turuvchi 

prokuror  sud  majlisi  boshlanguniga  qadar  protestni  to‘ldirish,  o‘zgartirish 

yoki qaytarib olishga haqli. 

FPKning  330-moddasiga  asosan,  apellyatsiya  shikoyati  berilgan  yoki 

protesti  keltirilgandan  keyin,  da’vogarning  arz  qilgan  talablaridan  voz 

kechishi,  javobgarning  da’vogar  talablarini  tan  olishi  va  taraflarning 

kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda bayon etilib, apellyatsiya instansiyasi 

sudiga topshirilishi lozim.  

Da’vogar da’vodan voz kechgan yoki apellyatsiya instansiyasi sudida 

taraflar  o‘rtasida  kelishuv  bitimi  tuzilgan  hollarda  sud  xarajatlari  masalasi 

FPKning  118-moddasida  belgilangan  tartibda  hal  etiladi.  Apellyatsiya 



BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

197 


 

XII BОB

 

instansiyasi  sudi  da’vogarning  da’vodan  voz  kechishini  qabul  qilishdan 



yoki  taraflar  o‘rtasidagi  kelishuv  bitimini  tasdiqlashdan  oldin,  da’vogarga 

(taraflarga)  FPKning  102-moddasida  nazarda  tutilgan  huquqiy  oqibatlarni 

tushuntirishi  lozim.  Da’vogar  arz  qilgan  talablaridan  voz  kechganda  yoki 

apellyatsiya  instansiyasi  sudi  majlisida  taraflar  o‘rtasidagi  kelishuv  bitimi 

tasdiqlanganda,  hal  qiluv  qarori  bekor  qilinishi,  ish  yuritish  esa  mazkur 

asoslarga  binoan  FPKning  330-moddasi  talablariga  rioya  qilgan  holda 

tugatilishi lozim. Apellyatsiya instansiyasi sudi kelishuv bitimini tasdiqlash 

haqidagi  ajrimda  uning  shartlarini  bayon  etishi  lozim.  Agar  da’vogarning 

arz  qilgan  talablaridan  voz  kechishi  yoki  taraflarning  kelishuv  bitimi 

qonunga  zid  bo‘lsa  yoxud  birovning  huquqlari  va  qonun  bilan 

qo‘riqlanadigan manfaatlariga xilof bo‘lsa, sud voz kechishni rad qilib yoki 

tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlamay, ishni apellyatsiya tartibida ko‘radi. 



 

4-§.  Apellyatsiya  instansiyasining  ajrimi  va  uni  protsessual 

rasmiylashtirish tartibi 

FPKning  312-moddasiga  asosan  sudning  qarorini  apellyatsiya, 

kassatsiya va nazorat tartibida bekor qilishga quyidagilar asos bo‘ladi. 

 

 



 

 

 



 

 

Hal  qiluv  qarorlari,  ajrimlar  va  qarorlar  yangidan  ochilgan  holatlar 



bo‘yicha  FPKning  362-moddasida  ko‘rsatilgan  asoslar  bo‘yicha  qayta 

ko‘riladi. 



Sudning qarorini bekor qilish asoslari 

ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘liq aniqlanmaganligi

 

sud aniqlangan dеb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan 



holatlarning isbotlanmaganligi

 

sudning hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish 



holatlariga muvofiq kеlmasligi 

 

moddiy huquq normalari yoki protsеssual huquq normalarining 



buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo’llanganligi 

 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

198 


 

XII BОB

 

Sudning mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori faqat 



rasmiy asoslarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin emas. 

Sudlar  ishni  apellyatsiya  tartibida  ko‘rayotganda  qonunga  ko‘ra 

birinchi  instansiya  sudi  ish  uchun  ahamiyatga  molik  holatlarning  to‘liq 

tekshirilgan-tekshirilmaganligini,  sud  aniqlangan  deb  hisoblagan  va  ish 

uchun  ahamiyatga  molik  holatlarning  isbotlangan-isbotlanmaganligini,  hal 

qiluv  qaroridagi  xulosalar  ishning  haqiqiy  holatlariga  nechog‘lik 

muvofiqligini,  moddiy  yoki  protsessual  huquq  normalari  buzilgan-

buzilmaganligi  hamda  ular  to‘g‘ri  qo‘llanilgan-qo‘llanilmaganligini 

aniqlashi  lozim.  Sud  chiqargan  hal qiluv  qarorining  qonuniyligi,  asosliligi 

va adolatliligini apellyatsiya instansiyasi FPKning 332-moddasiga muvofiq 

to‘liq hajmda, shu jumladan, shikoyat keltirmagan shaxslarga nisbatan ham 

tekshiradi. 

Sud  chiqargan  hal  qiluv  qarorini  to‘liq  hajmda  tekshirish  deganda, 

birinchi  instansiya  sudi  tomonidan  ishning  haqiqiy  holatlari  to‘g‘ri 

aniqlangan-aniqlanmaganligini,  moddiy  va  protsessual  huquq  normalari 

to‘g‘ri  qo‘llanilgan-qo‘llanilmaganligini  tekshirishni  tushunmoq  lozim. 

Apellyatsiya  instansiyasi  birinchi  instansiya  sudi  chiqargan  hal  qiluv 

qarorining  qonuniy  va  asosli  ekanligini  tekshirar  ekan,  yangi  dalillarni 

o‘rganib  chiqishi  va  yangi  faktlarni  aniqlashi  mumkin.  Apellyatsiya 

instansiyasi  sudi  yangidan  taqdim  qilingan  hujjatlar  va  materiallarni 

(dalillarni)  ko‘rish  uchun  qabul  qilishga  haqli.  Bunda  sud  yangi  taqdim 

qilingan  dalillar  birinchi  instansiya  sudida  o‘rganilmaganligi  sabablarini 

aniqlaydi.  Ularning  birinchi  instansiya  sudiga  taqdim  etilmaganligi  uzrli 

sababga  ko‘ra  ekanligi  (masalan,  birinchi  instansiya  sudi  ushbu  dalillarni 

talab  qilib  olish  va  o‘rganish  haqidagi  iltimosnomani  asossiz  ravishda  rad 

qilgan  bo‘lsa)  aniqlangach,  apellyatsiya  instansiyasi  sudi  yangi  dalillarga 

ishdagi materiallar bilan birgalikda baho beradi. FPKning 57-moddasining 

talablariga ko‘ra dalillarni taqdim etish majburiyati taraflar va ishda ishtirok 

etuvchi  boshqa  shaxslar  zimmasiga  yuklatiladi,  sud  esa  ularning 

iltimosnomasiga asosan dalillarni to‘plashda yordam ko‘rsatadi. 



BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

199 


 

XII BОB

 

Yangidan  taqdim  qilingan  dalillarni  tekshirishni  rad  qilish  sud 



tomonidan  ajrimda  asoslantirilishi  lozim.  Qonun  apellyatsiya  instansiyasi 

sudida  ish  holatlari  tekshirilishi  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 

tushuntirishlarini eshitish bilangina cheklanib qolmay, har qanday dalillar, 

agar  birinchi  instansiya  sudiga  ularni  taraflar  tomonidan  taqdim  qilish 

imkoniyati  bo‘lmagan  deb  topilgudek  bo‘lsa,  mazmuni  bo‘yicha 

tekshirilishiga,  masalan,  zarur  hollarda,  ishdagi  mavjud  dalillarning  o‘qib 

eshittirilishiga, yangidan taqdim etilgan dalillar tekshirilishiga imkon beradi. 

Ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  birinchi  instansiya  sudida  tekshirilgan 

dalillarni  qaytadan  tekshirish  to‘g‘risida  iltimos  qilishga  haqli.  Dalillar 

birinchi  instansiya  sudi  uchun  belgilangan  tartibda  tekshiriladi.  Birinchi 

instansiya  sudida  arz  qilinmagan  talablar  apellyatsiya  instansiyasida 

ko‘rilishi  mumkin  emas.  Shuning  uchun  apellyatsiya  instansiyasi  sudi 

majlisida  arz  qilingan  qo‘shimcha  da’voni,  shuningdek,  qarshi  da’voni 

apellyatsiya instansiyasi qabul qilishga haqli emas. Apellyatsiya instansiyasi 

sudida  da’vogar  da’vo  talablari  asosini  yoki  predmetini  o‘zgartirgan 

taqdirda,  apellyatsiya  instansiyasi  sudi  ko‘rib  chiqilgan  talablar  yuzasidan 

sud  chiqargan  hal  qiluv  qarorining  qonuniyligi  va  asosliligini  tekshiradi 

hamda,  ayni  bir  vaqtda,  da’vogarga  predmeti  va  asosi  o‘zgartirilgan  talab 

bo‘yicha  da’vo  bilan  sudga  umumiy  tartibda  murojaat  qilish  huquqini 

tushuntiradi.  Da’vo  predmetining  o‘zgarishi  da’vogarning  javobgarga 

nisbatan moddiy-huquqiy talabi o‘zgarganligini anglatadi. Da’vo asosining 

o‘zgarishi  esa,  da’vogar  javobgarga  nisbatan  arz  qilingan  talablarini 

asoslantirayotgan  holatlar  o‘zgarganligini  bildiradi.  Ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslarning  tushuntirishlari  va  prokurorning  fikri  tinglab  bo‘linganidan 

keyin apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarish uchun maslahatxonaga 

chiqadi.  Apellyatsiya  instansiyasi  sudining  ajrimi  ish  ko‘rilganidan  keyin 

darhol  chiqariladi.  Alohida  hollarda  asoslantirilgan  ajrim  tayyorlash  ko‘pi 

bilan uch kunga kechiktirilishi mumkin, lekin ajrimning xulosa qismini sud 

ishni  apellyatsiya  tartibida  muhokama  qilish  tamomlangan  majlisning 

o‘zidayoq e’lon qilishi kerak. Sudyalarning maslahatlashuvi, ajrim chiqarish 

va uni e’lon qilish FPKning 14-moddasida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

200 


 

XII BОB

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Apellyatsiya  instansiyasi  sudining  ajrimida  quyidagilar 

ko‘rsatilishi lozim: 

1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy; 

2) ajrim chiqargan sudning nomi va tarkibi; 

3)  taraflar  va  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslarning 

ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

4)  ish  kimning  shikoyati  yoki  protesti  bo‘yicha  ko‘rib 

chiqilganligi; 

5)  shikoyat  berilgan  yoki  protest  bildirilgan  hal  qiluv 

qarorining  (ajrim  yoki  qarorning)  nomi  va  uning  qisqacha 

mazmuni; 

6)  shikoyatda  yoki  protestda  bayon  etilgan  vajlar,  taqdim 

etilgan  materiallarning  qisqacha  mazmuni,  ishni  ko‘rishda 

ishtirok  etgan  shaxslarning  tushuntirishlari  va  prokurorning 

fikri; 

hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protеstni esa 

qanoatlantirmaslikka 

 

Ishni  yangidan  ko‘rish  uchun  yubormasdan  hal  qiluv  qarorini 



o‘zgartirishga  yoxud  butunlay  yoki  qisman  bеkor  qilishga  va  yangi  hal 

qiluv qarorini chiqarishga 

 

FPKning  314-moddasining  ikkinchi  qismida  nazarda  tutilgan  asoslar 



mavjud  bo‘lgan  taqdirda  hal  qiluv  qarorini  butunlay  yoki  qisman  bеkor 

qilishga  va ishni birinchi instansiya  sudiga  yangidan ko‘rib  chiqish uchun 

yuborishga 

 

Hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bеkor qilishga hamda FPKning 



97-  va 100-moddalarida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra ish yuritishni 

tugatishga yoxud arizani ko‘rmasdan qoldirishga haqli 

 

Apellyatsiya instansiyasi sudining 



vakolatlari

 

 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

201 


 

XII BОB

 

7)  apellyatsiya  instansiyasi  sudi  xulosaga  kelishiga  asos 



bo‘lgan  dalillar  hamda  sud  amal  qilgan  moddiy  va  protsessual 

huquq normalari; 

8) qarorning xulosa qismi.

 

Hal  qiluv  qarori,  ajrim,  qaror  bekor  qilingan  va  ish  yangidan  ko‘rib 

chiqish  uchun  sudga  yuborilgan  taqdirda,  sud  ishni  yangidan  ko‘rganda, 

qanday  holatlar  aniqlanishi  zarurligini,  qanday  dalillar  talab  qilib  olinishi 

kerakligini,  shuningdek,  ish  topshirilayotgan  sud  boshqa  qanday 

harakatlarni bajarishi lozimligini ko‘rsatishi shart. 

Ishni  apellyatsiya  instansiyasi  sudida  ko‘rish  raislik  qiluvchi  yoki 

sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi. 

Ma’ruzachi  ishning  holatini,  birinchi  instansiya  sudi  chiqargan  hal 

qiluv  qarorining  mazmunini,  apellyatsiya  shikoyati  yoki  protestida 

keltirilgan  dalillarni  va  ular  yuzasidan  berilgan  tushuntirishlarni 

(e’tirozlarni),  keltirilgan  yangi  dalillarning  mazmunini,  shuningdek,  hal 

qiluv qarorining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish uchun sud 

ko‘rishi zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni bayon qiladi. 

Sud shikoyat yoki protestni rad qilsa, qanday asoslarga ko‘ra shikoyat 

yoki protestdagi vajlarni noto‘g‘ri deb yoki qarorni bekor qilish, o‘zgartirish 

yoki  yangi  hal  qiluv  qarori  chiqarish  uchun  asos  bo‘lmaydi,  deb 

topganligini ham o‘z ajrimida ko‘rsatishi shart. 

Apellyatsiya  instansiyasi  sudi  ishni  to‘liq  hajmda  tekshirar  ekan, 

birinchi  instansiya  sudi  tomonidan  ish  bo‘yicha  chiqarilgan  xususiy 

ajrimning  qonuniyligi  va  asosliligini  tekshirishga  hamda  ushbu  ajrimning 

chiqarilishida  xatolik  bo‘lganligini  aniqlagan  taqdirda,  uni  bekor  qilishga 

haqli. 

Apellyatsiya  instansiyasi  sudi,  agar  birinchi  instansiya  sudi  ish 



holatlarini har tomonlama va to‘liq aniqlab, qonuniy hamda asosli hal qiluv 

qarori  chiqargan,  degan  xulosaga  kelsa,  hal  qiluv  qarorini  o‘zgarishsiz, 

apellyatsiya shikoyati yoki protestini esa qanoatlantirmasdan qoldiradi. 

Bunda  shikoyat  yoki  protest  vajlari  noto‘g‘ri  yoxud  hal  qiluv 

qarorining  bekor  bo‘lishiga  asos  bo‘lmaydi  deb  topilganligi  sabablari 

ajrimda ko‘rsatib o‘tilishi lozim. 



BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

202 


 

XII BОB

 

Apellyatsiya  instansiyasi  sudi,  agar  u  birinchi  instansiya  sudi 



tomonidan  protsessual  huquq  normalari  buzilishiga  yo‘l  qo‘yilganligini 

aniqlasa,  normalarning  bu  taxlit  buzilganligi  chiqarilgan  hal  qiluv 

qarorining  to‘g‘riligiga  ta’sir  qilmasa  va  ta’sir  qilishi  ham  mumkin 

bo‘lmasa,  ularni  o‘z  ajrimi  yoki  chiqargan  xususiy  ajrimida  ko‘rsatib 

o‘tishga  haqli,  protsessual  huquq  normalari  buzilganligi  FPKning  314-

moddasining  ikkinchi  qismida  nazarda  tutilgan  qoidaga  ko‘ra  hal  qiluv 

qarorini so‘zsiz bekor qilishga asos bo‘ladigan hollar bundan mustasnodir. 

Apellyatsiya  instansiyasi  sudi  ishdagi  mavjud  materiallar  (dalillar), 

shuningdek,  qo‘shimcha  taqdim  qilingan  hujjatlar  (dalillar)  asosida  ish 

uchun ahamiyatga molik holatlarni aniqlasa, FPKning 343-moddasining 2-

bandiga  asosan,  ishni  yangidan  ko‘rish  uchun  yubormasdan  hal  qiluv 

qarorini o‘zgartirishga yoxud mazkur qarorni butunlay yoki qisman bekor 

qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga haqli.  

Yangi  hal  qiluv  qarori  deganda,  birinchi  instansiya  sudi  tomonidan 

chiqarilgan hal qiluv qarori mazmuniga zid bo‘lgan, taraflarning huquq va 

majburiyatlari to‘g‘risidagi sudning asosiy xulosasi o‘zgartirilgan hal qiluv 

qarorini tushunmoq lozim.  

Hal  qiluv  qarorini  o‘zgartirish  deyilganda,  hal  qiluv  qarori  bo‘yicha 

undiriladigan  summalar  miqdorini  o‘zgartirish,  birinchi  instansiya  sudi 

tomonidan  davlat  boji  miqdori  noto‘g‘ri  hisoblangan  bo‘lsa,  qo‘shimcha 

davlat  boji  undirish,  hal  qiluv  qarorining  qaror  qismiga  boshqa 

o‘zgartirishlar  kiritish,  shuningdek,  hal  qiluv  qarorining  asoslantiruvchi 

qismidan  tegishli  bo‘lmagan  qonun  normalariga  qilingan  havolalarni 

chiqarib  tashlash  va  hal  qiluv  qarorining  asoslantiruvchi  qismining 

qo‘llanilishi joiz bo‘lgan huquq normalariga qilingan havola bilan to‘ldirish 

tushunilishi lozim. 

Apellyatsiya  instansiyasi  sudi  hal  qiluv  qarorini  o‘zgartirganda, 

butunlay yoki qisman bekor qilganda hamda ish bo‘yicha yangi hal qiluv 

qarori  chiqarganda,  o‘z  ajrimida  nizoli  huquqiy  munosabatlarga  nisbatan 

qo‘llanilishi  joiz  bo‘lgan  moddiy  huquq  normasiga  havola  etgan  holda, 

bunday qaror qabul qilinganligining sabablari va asoslarini bayon etadi. 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling