Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING
Download 4,58 Mb. Pdf ko'rish
|
QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 222
XIV BОB
qonunchiligida nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizaning mazmuniga nisbatan bir qator talablar ilgari surilgan. Arizaga qo‘yilgan asosiy talab uning mazmunidir. Mazkur arizaning mazmuni FPKning 323- moddasi talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Mazkur arizalarda ariza berilayotgan sudning (prokuraturaning) nomi; ariza berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi); ariza berilayotgan hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror va uni chiqargan sud (sudlar); hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi; ariza berayotgan shaxsning iltimosi; arizaga ilova qilingan yozma materiallarning ro‘yxati bo‘lishi kerak.
noyabrdagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarorining 1- qismi “j” bandiga muvofiq, sudlarning qarorlariga kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan da’vo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy nizolar bo‘yicha esa – talashilayotgan summadan hisoblab chiqarilgan stavkalar miqdorida davlat boji undirilishi belgilab qo‘yilgan. Ya’ni, manfaatdor shaxslar nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganlarida birinchi instansiyaga qilingan dastlabki da’vo bo‘yicha to‘langan davlat bojining 50 foizini to‘lashlari belgilab qo‘yilgan. Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizaga sud chiqargan hal qiluv qarorining nusxasi, agar ish apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ham ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlarining ajrimlari (qarorlari) nusxalari ham ilova qilinadi. Mazkur talablarga rioya qilinmagan yoki davlat boji to‘lanmagan taqdirda, nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza harakatsiz qoldiriladi, arizachiga esa, kamchiliklarni bartaraf etish tartibi va muddati tushuntiriladi. Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizaga qo‘yilgan navbatdagi talab bu – ushbu ariza bilan qonunda belgilangan muddatda murojaat qilishdir. FPKning 350-moddasida nazorat tartibida protest keltirish
QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 223
XIV BОB
to‘g‘risidagi ariza berish muddati belgilab berilgan. Unga ko‘ra, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch yil o‘tgandan keyin berilgan arizalar ko‘rilmasligi belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Fuqarolik ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti haqida”gi 2001-yil 1- iyundagi qarorining 15-bandiga ko‘ra, FPKning 349-moddasida ko‘rsatilgan nazorat tartibida protest keltirish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari ustidan kassatsiya muddati o‘tgan yoki o‘tmaganidan qat’iy nazar uch yil mobaynida nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega ekanliklari yuzasidan tushuntirishlar berilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan fuqarolik ishlari apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida mazkur sudda ko‘rilgan yoki ko‘rilmaganligidan qat’i nazar, FPK 349-moddasining 4-6-qismlarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan keltirilgan protestlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘riladi. FPKning 349-moddasida ko‘rsatilgan nazorat tartibida protest keltirish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari ustidan kassatsiya muddati o‘tgan yoki o‘tmaganligidan qat’iy nazar, uch yil mobaynida nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega. Bunday protestlar fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Sudi, viloyatlar va unga tenglashtirilgan sudlarning Rayosatlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha nazorat sudlov hay’atida ko‘riladi. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar, o‘zlari birinchi bosqichda ko‘rib fuqarolik ishlari bo‘yicha chiqargan hal qiluv qarorlari hamda shu qarorlar yuzasidan qabul qilingan apellyatsiya yoki kassatsiya ajrimlari ustidan nazorat tartibida keltirilgan protestlarni ko‘rishga haqli emas (FPKning 349-moddasi, 2-qismi).
QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 224
XIV BОB
rasmiylashtirish tartibi
Agar FPKning 349-moddasida sanab o‘tilgan vakolatli mansabdor shaxslar nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizada keltirilgan vajlarni asosli deb hisoblasalar, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqargan suddan arz qilingan fuqarolik ishini talab qilib olish huquqiga egalar. Ish nazorat tartibida protest keltirish uchun quyi sudlardan talab qilib olinganda, arz qilingan qarorning ijrosini to‘xtatib turish vakolati faqatgina FPKning 349-moddasida sanab o‘tilgan sud organlarining vakolatli mansabdor Nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar (FPKning 349-moddasi) Sudning vakolatli mansabdor shaxslari Prokuratura organlarining vakolatli mansabdor shaxslari
O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari
O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari
Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi raisi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar sudlari va Toshkеnt shahar sudi, O‘zbеkiston Rеspublikasi harbiy sudi raislari
Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi prokurori, viloyatlar prokurorlari va Toshkеnt shahar prokurori, O‘zbеkiston Rеspublikasi harbiy prokurori
QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 225
XIV BОB
shaxslariga berilgan. Prokuratura organlarining vakolatli mansabdor shaxslari sud qarorlarining ijrosini to‘xtatib turishga haqli emaslar. Agar nazorat tartibida protest keltirishga asos bo‘lmasa, sud organlarining nazorat tartibida protest keltirishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxslari sud qarorlarining ijrosini to‘xtatib turishni bekor qiladilar hamda bu haqda sudga, manfaatdor shaxslarga va tashkilotlarga xabar qiladilar. Agar protest keltirish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan vajlar asosli bo‘lsa, FPKning 353-moddasida sanab o‘tilgan sud va prokuratura organlarining vakolatli mansabdor shaxslari protest yozib, uni ish bilan birga tegishli sudga yuboradilar, ya’ni protestlarni ko‘radigan nazorat instansiyasi sudlariga yuboradilar. Protestning mazmuni FPKning 323- moddasining talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Unga ko‘ra, protest berilayotgan sudning nomi; protest keltirayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi); protest berilayotgan hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror va uni chiqargan sud (sudlar); hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi; protest keltirayotgan shaxsning iltimosi; protestga ilova qilingan yozma materiallarning ro‘yxati bo‘lishi kerak. Yuqoridagi fikr-mulohazalarni umumlashtiradigan bo‘lsak, nazorat instansiyasi sudida ish qo‘zg‘atish, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ishning keyingi holatlaridan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risida bergan arizalari, protest keltirish huquqiga ega bo‘lmagan prokurorlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida ish talab qilib olinganda FPKning 349-moddasida sanab o‘tilgan prokurorlarga iltimosnoma (taqdimnoma) bilan chiqishlari, ushbu mansabdor shaxslar quyi sudlardan protest keltirish uchun asos bor-yo‘qligini bilish maqsadida ishni talab qilib olishlari, ish talab qilib olinganda sud organlarining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan sud qarorlari ijrosining to‘xtatib turilishi, agar FPKning 349-moddasida sanab o‘tilgan sud va prokuratura organlarining vakolatli mansabdor shaxslari protest keltirishga asos bor deb hisoblasalar, ular keltirgan protestlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atiladi. QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 226
XIV BОB
sudining, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining rayosatlari qarorlari va ularni rasmiylashtirish tartibi Nazorat instansiyasi sudining qarori – fuqarolik ishlari nazorat tartibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudi hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining rayosatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Rayosati va Plenumida ko‘rilganda, ular tomonidan ishni mazmunan ko‘rib chiqariladigan hujjat – qaror shaklida chiqariladi. Qaror ham to‘rt qismdan iborat: Kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat. Sud rayosatining qarori rayosat majlisida raislik qiluvchi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining qarori esa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. Ushbu qarorlarning mazmuni FPK 315-moddasining talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Unga ko‘ra, qaror chiqarilgan vaqt va joy, qaror chiqargan sudning nomi va tarkibi, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ish kimning protesti bo‘yicha ko‘rib chiqilganligi, protest bildirilgan hal qiluv qarorining (ajrim yoki qarorning) nomi va uning qisqacha mazmuni, protestda bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha mazmuni, ishni ko‘rishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari va prokurorning fikri, nazorat instansiyasi sudi xulosaga kelishiga asos bo‘lgan dalillar hamda sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari hamda qarorning xulosa qismi o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. Nazorat instansiyasi sudi ajrimi (qarori)ning qonuniy kuchi – FPKning 318-moddasiga muvofiq nazorat instansiyasi sudining ajrim va qarorlari chiqarilishi bilanoq, darhol qonuniy kuchga kiradi.
quyidagilar hisoblanadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudining, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 227
XIV BОB
ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari tomonidan ko‘rilgan ishlar yuzasidan chiqargan apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan keltirilgan protestlari bo‘yicha ishlarni ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudining, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari rayosatlarining qarorlari ustidan, shuningdek, mazkur sudlar tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlar bo‘yicha apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan keltirilgan protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining rayosati mazkur sudning okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar ustidan chiqargan apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan keltirilgan protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Harbiy hay’ati O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatining qarorlari ustidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining mazkur sud tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlar ustidan keltirilgan apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari yuzasidan keltirilgan protestlari bo‘yicha ishlarni ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Rayosati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi sudlov hay’atlarining apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi sudlov hay’atlarining nazorat tartibida chiqargan ajrimlari ustidan keltirilgan protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Plenumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Rayosatining qarorlari ustidan nazorat tartibida keltirilgan protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘radi. Zarur hollarda protestlar bo‘yicha ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy Sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudini chetlab o‘tib, nazorat tartibida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining sudlov hay’atlari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin. Nazorat QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 228
XIV BОB
instansiyalarida ishlarni ko‘rishda berilgan shikoyat va keltirilgan protestda bayon etilgan barcha vajlarga munosabat bildirishlari, nazorat instansiyasiga berilgan shikoyatlarda ko‘rsatilgan vajlarga batafsil asoslantirilgan javob berishlari lozim. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning rayosatlari tumanlararo fuqarolik sudlarida ko‘rilgan fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko‘rishlari uchun, mazkur ishni apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rishda qatnashgan sudyalarni hisobga olmagan holda, qolgan rayosat a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi. Nizo yuzasidan chiqarilgan sud qarorini bekor qilayotgan yoki o‘zgartirayotgan nazorat instansiyasi sudi ishni mazmunan ko‘rgan sudya o‘z vazifalarini bajarishga beparvolik va e’tiborsizlik bilan qaraganligi natijasida g‘ayriqonuniy va asossiz hal qiluv qaror yoki ajrim chiqarishiga yo‘l qo‘ygan, degan xulosaga kelsa, FPKning 19-moddasiga binoan o‘zining xususiy ajrimi bilan bunga tegishli munosabat bildirishi lozim.
hal qiluv qarorini, ajrim yoki qarorni butunlay yoxud qisman bеkor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiyasi sudiga yuborishga
hal qiluv qarorini, ajrim yoki qarorni butunlay yoxud qisman bеkor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani ko‘rmasdan qoldirishga
ish bo‘yicha ilgari chiqarilgan hal qiluv qarori, ajrim yoki qarordan birini o‘z kuchida qoldirishga
hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni o‘zgartirishga yoxud bеkor qilishga va ishni yangidan ko‘rib chiqish uchun yubormasdan, yangi hal qiluv qarori chiqarishga haqli
hal qiluv qarorini, ajrim yoki qarorni o‘zgarishsiz, protеstni esa qanoatlantirmay qoldirishga
QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 229
XIV BОB
Lekin shunga e’tibor qaratish kerakki, ushbu vakolatlarda asosan hal qiluv qarori, ajrim, qarorlar bo‘yicha vakolatlar belgilangan. Vaholanki, birinchi instansiya sudi ajrimlari ustidan ham nazorat tartibida protestlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolatini nazarda tutish lozim. Nazorat instansiyasi sudi apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga berilgan vakolatlar bilan birga birinchi bosqich sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlarini, apellyatsiya yoki kassatsiya bosqich sudi ajrimlarini ko‘rib chiqishda ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘liq aniqlanmaganligini yoki sud aniqlangan deb hisoblagan holatlarning isbotlanmaganligini, sudning hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligini, shuningdek, FPKning 312 – 314-moddalarida sanab o‘tilgan boshqa asoslarning mavjudligini aniqlagan taqdirda, sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiya sudlariga yuborish vakolatiga ham egadir. Endi yuqorida keltirilgan nazorat instansiyasi sudining vakolatlarini kengroq o‘rganib chiqish lozim. Agar sud qarori moddiy va protsessual huquq normalariga rioya qilgan holda chiqarilgan, sud tomonidan aniqlangan xatolar nazorat instansiyasi sudi tomonidan noqonuniy qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lmagan degan xulosaga kelsa, mazkur sud qarori o‘zgarishsiz qoldirilib, nazorat tartibidagi protest qanoatlantirilmasdan qoldiriladi. Bu holatda nazorat instansiyasi sudi protest keltirilgan sud qarorining qonuniyligi haqida umumiy xulosa chiqarish bilan cheklanib qolmay, nazorat protestidagi vajlarning noto‘g‘riligini ko‘rsatishi kerak. Agar ishni qayta ko‘rish jarayonida nazorat instansiyasi FPKning 314-moddalarida nazarda tutilgan moddiy va protsessual huquq normalari buzilishlarini aniqlasa, sud noto‘g‘ri chiqarilgan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud nazorat instansiyasi sudining qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishi kerak. Sud qarorlari nazorat tartibida rasmiy asoslarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin emas. Masalan, sud ishni to‘g‘ri hal qilib, faqat uni tartibga soluvchi noto‘g‘ri moddiy huquq normasini qo‘llasa, bunda sud qarorini bekor qilish rasmiy asoslar bo‘yicha amalga oshirilgan deb hisoblanadi. QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 230
XIV BОB
aynan qaysi instansiyaga yuborishi belgilanmagan. Lekin, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Fuqarolik ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti haqida”gi 2001-yil 1-iyundagi qarorining 17-bandida nazorat instansiyasi sudi apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga berilgan vakolatlar bilan birga, birinchi bosqich sudining Download 4,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling