Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
hal qiluv qarorlari va ajrimlarini, apellyatsiya yoki kassatsiya
Download 4,58 Mb. Pdf ko'rish
|
hal qiluv qarorlari va ajrimlarini, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi ajrimlarini ko‘rib chiqishda ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘liq aniqlanmaganligini yoki sud aniqlangan deb hisoblagan holatlarning isbotlanmaganligini, sudning hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 312–314-moddalarida sanab o‘tilgan boshqa asoslarning mavjudligini aniqlagan taqdirda, sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlariga yuborish vakolatiga ham egadir deb tushuntirish beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatlarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi sudlov hay’atlarining ajrimlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining qarorlari FPKning 14- va 204-moddalarida nazarda tutilgan tartibda chiqariladi. Protest qanoatlantirilishi yoqlangan va unga qarshi berilgan ovozlar teng bo‘lib qolsa, protest rad etilgan hisoblanadi. Sud rayosatining qarori rayosat majlisida raislik qiluvchi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining qarori esa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 231
XIV BОB
bo‘yicha sudlov hay’ati, Harbiy hay’atining ajrimlari va ularni rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi sudlov hay’atining nazorat tartibidagi protest bo‘yicha chiqargan ajrimi sudning to‘liq tarkibi tomonidan imzolanadi.
Sud ishni nazorat tartibida ko‘rganida birinchi instansiya va apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining moddiy va protsessual huquq normalarini ishdagi mavjud materiallar bo‘yicha protestda keltirilgan vajlar doirasida qanchalik to‘g‘ri qo‘llaganliklarini tekshiradi.
QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 232
XIV BОB
Basharti, sud qarorida boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilgan bo‘lsa, sud protest doirasidan chetga chiqishi mumkin. FPKning 361-moddasida sanab o‘tilgan vakolatlar ichida “o‘zgarishsiz qoldirish” yoki “o‘z kuchida qoldirish” terminlari qo‘llanilgan. Shu o‘rinda mazkur terminlarni o‘zaro farqlay olish lozim. Bu tushunchalar o‘z navbatida nazorat instansiyasi sudining turli vakolatlarini nazarda tutadi. “O‘z kuchida qoldirish”da ish bo‘yicha ilgari chiqarilgan bir ish yuzasidan turli xil instansiyalarning chiqargan hal qiluv qarori, ajrim yoki qarordan birini o‘z kuchida qoldirish tushuniladi. Agar shikoyat qilinayotgan, kuchga kirgan sud qarori to‘g‘ri va moddiy hamda protsessual huquq normalariga muvofiq chiqarilgan bo‘lsa, nazorat instansiyasi sudi uni bekor qilmay o‘zgartirishsiz qoldiradi va protestni qanoatlantirishni rad etadi. Nazorat instansiyasi sudi ishni qayta ko‘rib chiqib, ish bo‘yicha oldin chiqarilgan qaror qonuniy va asosli deb topsa, bunday holatda sud oldingi sudning qarorini o‘z kuchida qoldirib, uni bekor qilgan sud qarorini bekor qiladi.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Nazorat tartibida ish yuritishning ahamiyati va nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli mansabdor shaxslar doirasini tahlil qiling. 2. Nazorat instansiyasi sudida protestlarni ko‘rishning protsessual tartibini tahlil eting. 3. Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza qaysi hollarda harakatsiz qoldiriladi. 4. Nazorat instansiyasi sudida ish ko‘rilayotganda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish tartibi qanday?
QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 233
XIV BОB
NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 1. S.Norqulova uy-joy oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy deb topish to‘g‘risida A.Mamatqulovga nisbatan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Sud da’vo arizasini qanoatlantirgan. Kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan. Oliy Sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yubordi. Ishga oid hujjatlarga qaraganda, nizoli uy A.Mamatqulovning nomiga rasmiylashtirilganligi sababli, garchi nizoli uy nikoh davomida olingan bo‘lsa ham, ishga A.Mamatqulovning xotini X.Avazova jalb qilinmagan.
2. E.Salimov uyga egalik huquqini belgilash va vorislik to‘g‘risidagi guvohnomani qisman haqiqiy emas deb topish haqida A.Salimov, B. Salimov, V.Salimov va G. Salimovlarga nisbatan da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sud mazkur nizoli ishni hal qilishda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining mol-mulkni bo‘lishga doir moddalarini qo‘llagan holda E.Salimovning da’vo arizasini rad qilgan. Apellyatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborgan. Viloyat sudi rayosati apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimini bekor qilib, hal qiluv qarorini kuchida qoldirgan. Oliy Sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati 2002-yil 28-iyunda viloyat sudi rayosati qarorini bekor qilib, apellyatsiya instansiyasi ajrimini kuchida qoldirdi. Aniqlanishicha, E.Salimov bilan M.Salimov qonunda belgilangan tartibda nikoh tuzmasdan 16 yil davomida umumiy ro‘zg‘or yuritib, yashash davrida nizoli uyni sotib olishgan va birgalikda qo‘shimcha imoratlar qurishgan.
bo‘yicha Oliy Sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ajrimining xulosa qismi loyihasini tayyorlang. QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNI YANGI OCHILGAN HOLATLAR BO‘YICHA QAYTA KO‘RISH JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 234
XV BОB
QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNI YANGI OCHILGAN HOLATLAR BO‘YICHA QAYTA KO‘RISH JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR
qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza va uni protsessual rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 40-bobining 362–369-moddalarida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish tartibi belgilangan.
moddasi talabiga binoan, quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lgan taqdirdagina qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlar yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilishi mumkin: Birinchidan, arizachiga noma’lum bo‘lgan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar; Ikkinchidan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va noqonuniy, asossiz yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan holatlar, ya’ni guvohning bila turib bergan yolg‘on ko‘rsatuvi, ekspertning bila turib bergan yolg‘on xulosasi, atayin noto‘g‘ri qilingan tarjima, qalbaki hujjatlar yoki ashyoviy dalillar; Uchinchidan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning yoki sudyalarning muayyan ishni ko‘rishda sodir etgan jinoiy qilmishlari; To‘rtinchidan, sud chiqargan hal qiluv qarori, hukm, ajrim yoki qarorning yoxud shu hal qiluv qarori, ajrim va qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan boshqa organlar qarorining bekor qilinishi. QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNI YANGI OCHILGAN HOLATLAR BO‘YICHA QAYTA KO‘RISH JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 235
XV BОB
FPKning 363-moddasida hal qiluv qarori, ajrim va qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish vakolatiga ega bo‘lgan sudlar belgilangan. Unga asosan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar bo‘yicha shu hal qiluv qarorini chiqargan sud tomonidan qayta ko‘riladi. Shuningdek, birinchi instansiya sudi chiqargan hal qiluv qarorini o‘zgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori chiqargan apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudlarining ajrim va qarorini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish hal qiluv qarorini o‘zgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori chiqargan sud tomonidan amalga oshiriladi. FPKning 364-moddasiga asosan, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni qayta ko‘rish haqidagi ariza ishda ishtirok etgan shaxslar yoki prokuror tomonidan hal qiluv qarorini, ajrim yoki qarorni chiqargan sudga beriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bunday arizani hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran uch oy muddat ichida berishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 329- moddasiga asosan, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ariza berganlik uchun arizachi davlat boji to‘lashdan ozod qilingan.
kodeksining 365-moddasida 362-moddada ko‘rsatilgan asoslarning har biri uchun alohida ariza berish muddatini hisoblash tartibi belgilangan. Jumladan, 1) arizachiga noma’lum bo‘lgan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar aniqlangan hollarda - ish uchun jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar ochilgan kundan e’tiboran; 2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va noqonuniy, asossiz yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan holatlar yoxud sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning yoki sudyalarning muayyan ishni ko‘rishda sodir etgan jinoiy qilmishlari aniqlangan hollarda - sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran; QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNI YANGI OCHILGAN HOLATLAR BO‘YICHA QAYTA KO‘RISH JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 236
XV BОB
yoxud shu hal qiluv qarori, ajrim va qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan boshqa organlar qarorining bekor qilinganida – qayta ko‘rilayotgan hal qiluv qaroriga, ajrim yoki qarorga asos bo‘lgan hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorga mazmunan qarama- qarshi bo‘lgan sud hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud boshqa organning ana shunday qarori chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi. Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza uchun alohida talablar belgilanmagan. Biroq, umumiy asoslarga ko‘ra ariza FPKning 149–150-moddalari talablariga muvofiq bo‘lishi zarur. Jumladan, FPKning 149-moddasi talabiga asosan arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) da’vogarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) va yashash joyi, agar da’vogar tashkilot bo‘lsa, uning nomi va qayerda joylashganligi, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) va manzili; 3) javobgarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), yashash joyi yoki agar javobgar tashkilot bo‘lsa, uning nomi va qayerda joylashganligi; 4) da’vogarning talabi; 5) agar da’voni baholash lozim bo‘lsa, uning bahosi; 6) da’vogar o‘zining talablariga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar; 7) arizaga ilova qilingan hujjatlarning ro‘yxati. Ariza da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki uning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim. Arizada da’vogarning yoki uning vakilining, shuningdek, boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Arizada elektron manzil ko‘rsatilganligi arizachining sud chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining va ajrimlarining nusxalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga bo‘lgan roziligini bildiradi.
QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNI YANGI OCHILGAN HOLATLAR BO‘YICHA QAYTA KO‘RISH JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 237
XV BОB
Sud yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni bekor qilish to‘g‘risidagi arizani arizachini va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda ko‘radi. Biroq, bu shaxslarning kelmasligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqach, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: 1)
yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish va hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim;
qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish va hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi ajrim.
qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish va hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim va uni rasmiylashtirish tartibi FPKda yangi ochilgan holatlar bo‘yicha arizani qanoatlantirganlik va hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim uchun alohida talablar belgilanmagan. Biroq umumiy qoidadan kelib chiqqan holda yangi ochilgan holatlar bo‘yicha arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi ajrim FPK238-moddasiga asosan ajrimning mazmuniga qo‘yilgan talablarga muvofiq bo‘lishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudi ajrimlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 25-maydagi 7-sonli qaroriga asosan uch qismdan - kirish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘lishi lozim. Ajrimning kirish qismida ajrim chiqarilgan vaqt va joy, ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisi kotibi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek, nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinayotgan masalaning mohiyati ko‘rsatiladi.
QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNI YANGI OCHILGAN HOLATLAR BO‘YICHA QAYTA KO‘RISH JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 238
XV BОB
Ajrimning asoslantiruvchi qismida sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud qo‘llagan qonunlar bayon etilishi lozim. Ajrimning xulosa qismida sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi, ajrim ustidan shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddatlari ko‘rsatilishi lozim. Ajrimning xulosa qismi uni ijro etish chog‘ida tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun aniq va tushunarli ifoda etilgan bo‘lishi kerak. FPKning 369-moddasiga asosan hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, ish sud tomonidan umumiy asoslarda ko‘rilishi lozim. 3-§. Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim va uni rasmiylashtirish tartibi FPKning 362-moddasida ko‘rsatilgan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etadi. Hal qiluv qarorini, ajrimni va qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risidagi sud ajrimi
FPKning 237–238-moddalari talablaridan kelib chiqqan holda rasmiylashtiriladi va ushbu ajrim ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. Xususiy shikoyatda yoki xususiy protestda xususiy shikoyat bergan yoxud xususiy protest keltirgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Download 4,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling