Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

 

 

18 


 

I BОB

 

Farzandlikka  olish  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  

151-moddasiga  ko‘ra,  farzandlikka  olishga  faqat  voyaga  yetmagan 

bolalarga  nisbatan  va  faqat  ularning  manfaatlarini  ko‘zlab  yo‘l  qo‘yiladi. 

Farzandlikka  olish  bolani  farzandlikka  olishni  istagan  shaxslarning 

(shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka 

olishning  asosliligi  va  farzandlikka  olinayotgan  bola  manfaatlariga  to‘g‘ri 

kelishi  haqidagi  xulosasi  hisobga  olingan  holda,  sud  tomonidan  amalga 

oshiriladi. 

Vakolatli  sud  –  O‘zbekiston  Respublikasining  Xo‘jalik  protsessual 

kodeksida  yoki  O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  protsessual 

kodeksida  belgilangan  sudlovga  tegishlilikka  muvofiq  xo‘jalik  sudi  yoki 

fuqarolik ishlari bo‘yicha sud. 



Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalari – doimiy 

faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining nizomi va reglamenti. 



Hakamlik  bitimi  –  taraflarning  nizoni  hakamlik  sudiga  hal  qilish 

uchun topshirish haqidagi kelishuvi. 



Hakamlik  bitimi  taraflari  –  hakamlik  bitimi  tuzgan  yuridik  va 

jismoniy shaxslar. 



Hakamlik muhokamasi – nizoni hakamlik sudida hal etish jarayoni. 

Hakamlik  muhokamasi  taraflari  –  o‘z  huquq  va  manfaatlarini 

himoya  qilish  uchun  hakamlik  sudiga  da’vo  taqdim  etgan  yuridik  va 

jismoniy shaxslar (da’vogarlar), shuningdek, o‘ziga nisbatan da’vo taqdim 

etilgan shaxslar (javobgarlar). 



Hakamlik  muhokamasi  qoidalari  –  hakamlik  sudida  nizoni  hal 

etishni  tartibga  soluvchi,  hakamlik  sudiga  murojaat  qilish,  hakamlik 

sudyalarini saylash (tayinlash) qoidalarini va hakamlik muhokamasi tartib-

taomilini o‘z ichiga oluvchi normalar. 



Hakamlik  sudi  (doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  yoki 

muvaqqat  hakamlik  sudi)  –  fuqarolik  huquqiy  munosabatlaridan  kelib 

chiquvchi  nizolarni,  shu  jumladan,  tadbirkorlik  subyektlari  o‘rtasida 

vujudga keluvchi xo‘jalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organ. 



Hakamlik sudyasi – hakamlik sudida nizoni hal etish uchun hakamlik 

bitimi taraflari tomonidan saylangan yoki belgilangan tartibda tayinlangan 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

19 


 

I BОB

 

Apellyatsiya shikoyati – taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan 

boshqa  shaxslar  yoki  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar,  shuningdek,  ishda 

ishtirok  etishga  jalb  qilinmagan,  ammo  huquq  va  majburiyatlari  haqidagi 

masala  sud  tomonidan  hal  etilgan  shaxslar  tomonidan  sudning  qarori 

qonuniy,  asosli  va  adolatli  ekanligini  tekshirish  haqidagi  shikoyat  bilan 

sudning  hal  qiluv  qarori  chiqqan  kundan  e’tiboran  yigirma  kun  ichida, 

qonunda belgilangan tartibda, murojaat qilish shakli. 



Apellyatsiya  protesti  –  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudning  hal  qiluv 

qarori  chiqqan  kundan  e’tiboran  yigirma  kun  ichida  prokuror  tomonidan 

keltiriladigan protest. 

Apellyatsiya instansiyasi – apellyatsiya tartibida ish ko‘ruvchi sudlar 

tizimi  bo‘lib,  ularga  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha Oliy Sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar 

sudlari;  O‘zbekiston  Respublikasi  Harbiy  sudi;  O‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Sudining  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudlov  hay’ati;  O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Sudining Harbiy hay’ati kiradi. 



Apellyatsiya  instansiyasi  sudining  ajrimi  –  ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslarning  tushuntirishlari  va  prokurorning  fikri  tinglab  bo‘linganidan 

keyin, apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarish uchun maslahatxonaga 

chiqadi.  Apellyatsiya  instansiyasi  sudining  ajrimi  ish  ko‘rilganidan  keyin 

darhol chiqariladi. 

Sudning  qarori  qonuniy,  asosli  va  adolatli  ekanligini  tekshirish 

haqida  murojaat  qilish  huquqi  –  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar, 

shuningdek,  ishda  ishtirok  etishga  jalb  qilinmagan,  ammo  huquq  va 

majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar sudning 

qarori  qonuniy,  asosli  va  adolatli  ekanligini  tekshirish  haqidagi  shikoyat 

(ariza) bilan qonunda belgilangan tartibda murojaat qilishi. 

Moddiy huquq normalari buzilgan yoki noto‘g‘ri qo‘llanganligi – 

sud  tatbiq  qilinishi  lozim  bo‘lgan  qonunni  qo‘llamaganligi,  sud  tatbiq 

qilinmasligi  lozim  bo‘lgan  qonunni  qo‘llaganligi,  qonun  noto‘g‘ri  talqin 

qilinganligi. 



Apellyatsiya  instansiyasi  sudi  ajrimining  kuchga  kirishi  – 

apellyatsiya  instansiyasi  sudining  ajrimi  ish  ko‘rilganidan  keyin  darhol 

chiqariladi va ajrim chiqarilishi bilanoq qonuniy kuchga kiradi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

20 


 

I BОB

 

Apellyatsiya  shikoyati  (protesti)  yuzasidan  tushuntirish  berish 



(e’tiroz  bildirish)  –  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  shikoyat  yoki  protest 

yuzasidan  sudga  tushuntirish  berishga  (e’tiroz  bildirishga)  haqlidirlar.  Bu 

tushuntirish  (e’tiroz)ni  tasdiqlaydigan  hujjatlar  ilova  qilib  topshiriladi. 

Tushuntirish  (e’tiroz)  nusxalari  bilan  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 

soniga mutanosib miqdorda sudga taqdim etiladi. Sud bu nusxalarni ishda 

ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi).  



Xususiy  shikoyat  (protest)  –  birinchi  instansiya  sudi  ajrimlariga 

nisbatan berilgan shikoyatlar va protestlar. 



Kassatsiya shikoyati –  taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan 

boshqa  shaxslar  yoki  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar,  shuningdek,  ishda 

ishtirok  etishga  jalb  qilinmagan,  ammo  huquq  va  majburiyatlari  haqidagi 

masala  sud  tomonidan  hal  etilgan  shaxslar  tomonidan  qonuniy  kuchga 

kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan sudning hal qiluv qarorlari ustidan 

sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan e’tiboran bir yil ichida, qonunda 

belgilangan tartibda, murojaat qilish shakli. 

Kassatsiya  tartibida  protest  keltirish  –  qonuniy  kuchga  kirgan, 

apellyatsiya  tartibida  ko‘rilmagan  hal  qiluv  qarorlari  ustidan  sudning  hal 

qiluv  qarori  chiqqan  kundan  e’tiboran  bir  yil  ichida  prokuror  tomonidan 

protest keltirilishi. 



Kassatsiya  instansiyasi  –  fuqarolik  ishlarini  qayta  ko‘rish 

institutlaridan biri. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining fuqarolik ishlari 

bo‘yicha sudlov hay’atida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari 

bo‘yicha  Oliy  Sudida,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar sudlarida uch nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rib chiqiladi. 

Nazorat  tartibida  protest  keltirish  to‘g‘risida  ariza  –  nazorat 

tartibida  protest  keltirish  to‘g‘risidagi  tegishli  yuqori  sudning  raisiga  yoki 

protest keltirish huquqiga ega bo‘lgan prokurorga beriladigan ariza. 

Nazorat tartibida protest keltirish – nazorat tartibida protest keltirish 

uchun  asos  mavjud  bo‘lsa,  O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik 

protsessual kodeksining 349-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar 

protest yozib, uni ish bilan birga tegishli sudga yuborishi. 



Nazorat instansiyasi – fuqarolik ishlarini qayta ko‘rish institutlaridan 

biri.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Oliy 

sudining,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

21 


 

I BОB

 

sudlarining rayosatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Fuqarolik 



ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining 

rayosati,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudining  Harbiy  hay’ati, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Rayosati,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Sudining  Plenumi  nazorat  tartibida  keltirilgan  protestlar  bo‘yicha 

ishlarni ko‘radi. 

Yangi  ochilgan  holatlar  bo‘yicha  hal  qiluv  qarori,  ajrim  yoki 

qarorni qayta ko‘rish haqidagi ariza – ishda ishtirok etgan shaxslar yoki 

prokuror tomonidan hal qiluv qarorini, ajrim yoki qarorni chiqargan sudga 

beriladi.  Ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  bunday  arizani  hal  qiluv  qarori, 

ajrim  yoki  qarorni  qayta  ko‘rish  uchun  asos  bo‘ladigan  holatlar  ma’lum 

bo‘lgan kundan e’tiboran uch oy muddat ichida berishlari mumkin. 

Yangi  ochilgan  holatlar  bo‘yicha  qayta  ko‘radigan  sudlar  – 

qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar bo‘yicha shu 

hal  qiluv  qarorini  chiqargan  sud  tomonidan  qayta  ko‘riladi.  Birinchi 

instansiya      sudi  chiqargan  hal  qiluv  qarorini  o‘zgartirgan  yoki  yangi  hal 

qiluv  qarori  chiqargan  apellyatsiya,  kassatsiya  yoki  nazorat  instansiyasi 

sudlarining ajrim va qarorini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish 

hal  qiluv  qarorini  o‘zgartirgan  yoki  yangi  hal  qiluv  qarori  chiqargan  sud 

tomonidan amalga oshiriladi. 



Sudning  ishni  qayta  ko‘rish  to‘g‘risidagi  ajrimi  –  sud  yangi 

ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni qayta ko‘rish 

to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rib,  uni  qanoatlantirish  va  hal  qiluv  qarori,  ajrim 

yoki qarorni bekor qilish yoxud ishni qayta ko‘rishni rad qilish to‘g‘risida 

chiqargan hujjati. 

Ijro  hujjatlari  –  sudlar  o‘zlari  qabul  qiladigan  sud  hujjatlari  asosida 

beradigan ijro varaqalari; hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish 

yuzasidan  sudlar  beradigan  ijro  varaqalari;  chet  el  sudlari  va  arbitrajlari 

qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi sudlari beradigan ijro varaqalari;  

sud buyruqlari; alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan 

kelishuvlar;  notariuslarning  ijro  xatlari;  mehnat  nizolari  komissiyalari  o‘z 

qarorlari  asosida  beradigan  guvohnomalar;  ma’muriy  huquqbuzarliklar 

to‘g‘risidagi  ishlarni  ko‘rib  chiqish  vakolatiga  ega  organlar  (mansabdor 

shaxslar)  chiqargan  qarorlar;    o‘zboshimchalik  bilan  turar  joyni  egallab 

olgan  yoki  avariya  holatida  deb  topilgan  uylarda  yashayotgan  shaxslarni 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

22 


 

I BОB

 

ma’muriy  tartibda  ko‘chirish  to‘g‘risidagi  prokurorlarning  qarorlari;  sud 



ijrochilarining qarorlari; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa 

organlarning  hujjatlari.  Ijro  hujjatining  asl  nusxasi  yo‘qolgan  taqdirda, 

qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  beriladigan  uning  dublikati 

undiruv uchun asos bo‘ladi. 



Ijro  ishi  yuritishdagi  taraflar  –  ijro  ishi  yuritishdagi  undiruvchi  va 

qarzdor taraflar. 



Undiruvchi – ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini ko‘zlab 

berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs undiruvchi hisoblanadi. 



Qarzdor – ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablag‘lari yoki boshqa 

mol-mulkni  undiruvchiga  berish  yoxud  muayyan  harakatlarni  amalga 

oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyati zimmasiga 

yuklatilgan shaxs. 



Ijro  ishini  yuritishda  sherik  ishtirokchilik  –  ijro  ishi  yuritishda  bir 

necha  undiruvchi  yoki  qarzdor  ishtirok  etishi  mumkin.  Ularning  har  biri 

boshqa tarafga nisbatan ijro ishi yuritishda mustaqil ishtirok etadi yoki ijro 

harakatlarida ishtirok etishni sheriklardan biriga topshirishi mumkin. 



Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish – sud ijrochisi ijro hujjatini sud yoki 

boshqa organdan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish 

muddati o‘tmagan va qonunda belgilangan boshqa talablarga rioya qilingan 

bo‘lsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran 

uch  kundan  kechiktirmay,  ijro  ishi  yuritishni  qo‘zg‘atish  to‘g‘risida  qaror 

chiqarishi. 



Ijro  hujjatlarini  ijroga  topshirish  muddatlari  –  ijro  ishini 

qo‘zg‘atish    uchun  asosiy  talablardan  biri  bo‘lib,  unga  ko‘ra:  umumiy 

yurisdiksiya sudlarining sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari – 

uch  yil  mobaynida,  xo‘jalik  sudlarining  sud  hujjatlari  esa  –  olti  oy 

mobaynida; hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish to‘g‘risidagi 

sud  hujjatlari  asosida  beriladigan  ijro  varaqalari  –  olti  oy  mobaynida; 

notariuslarning  ijro  xatlari  –  uch  yil  mobaynida;  mehnat  nizolari 

komissiyalarining guvohnomalari – uch oy mobaynida; ishlarni ma’muriy 

tartibda  ko‘rish  vakolatiga  ega  organlarning  (mansabdor  shaxslarning) 

qarorlari  –  uch  oy  mobaynida,  shuningdek,  qonunda  ayrim  hujjatlarga 

nisbatan,  ijro  shakli  va  xususiyatiga  qarab,  qonunda  belgilangan,  maxsus 

qisqartirilgan, muddatlar belgilangan. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

23 


 

I BОB

 

I BOB. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL 



HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 

 

1-§.  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  protsessual  hujjatlar  tushunchasi 

va ularning ahamiyati 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishda sud bir-biri 

bilan  bog‘liq  bo‘lgan  hamda  protsessual  tizimga  asoslangan  harakatlarni 

amalga  oshiradi.  Bunday  protsessual  harakatlar  tartibi  O‘zbekiston 

Respublikasining  Fuqarolik  protsessual  kodeksida  (bundan  buyon  matnda 

FPK deb yuritiladi), belgilangan asosda, ya’ni ariza, da’vo arizasi, shikoyat, 

e’tiroz, protest, sudning hal qiluv qarorlari, qarorlar va ajrimlari shaklida o‘z 

ifodasini  topadi.  Fuqarolik  ishlarini  sudda  qonunda  belgilangan 

muddatlarda ko‘rib, qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarori chiqarilishi, 

aynan,  protsessual  hujjatlarni  ixcham  va  belgilangan  talablarga  muvofiq 

tuzishni  talab  etadi,  kelgusida  ishni  to‘g‘ri  hal  etishga  yordamlashadi. 

Aksincha, protsessual qonun talablariga rioya qilinmasdan tuzilgan hujjatlar 

ish  ko‘rishni  qiyinlashtiradi,  qonunda  ko‘zda  tutilgan  ba’zi  hollarda  esa 

yuqori  sudlar  tomonidan  sud  qarorlarining  o‘zgartirilishiga  yoki  bekor 

qilinishiga  olib  keladi.  Biroq,  fuqarolik  protsessual  qonunchiligi  sud 

ishlarini  yuritish  jarayonida  barcha  protsessual  hujjatlar  uchun  qat’iy 

belgilangan shaklni nazarda tutmaydi. 

“Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  protsessual  hujjatlar”  moduli  fuqarolik 

ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish borasida vujudga keladigan 

fuqarolik  protsessual  huquqiy  munosabatlar  doirasida  protsessual 

hujjatlarning  turlari,  mazmuni  va  shakliga  qo‘yilgan  talablarni,  ularning 

tuzilishi,  qabul  qilinishi  hamda  taqdim  etilishini,  shuningdek,  ushbu 

hujjatlarda  amaldagi  qonun  hujjatlarining  tegishli  qoidalari  to‘g‘ri  tatbiq 

etilishi  va  boshqa  protsessual  xususiyatlarining  nazariy  va  amaliy 

masalalarini o‘rganadi, tekshiradi va umumiy xulosa chiqaradi, protsessual 

hujjatlarga ilmiy sharh beradi.  



 

2-§. Fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlarning turlari 

Jamiyat  hayotining  taraqqiyoti  va  kishilik  jamiyatidagi  ijtimoiy 

munosabatlarning 

takomillashuvi 

hamda 

mulkchilik 



shakllarining 

o‘zgarishi  natijasida  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sud  amaliyoti  qator  sud 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

24 


 

I BОB

 

hujjatlari  namunalarini  vujudga  keltirdi.  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 



protsessual  hujjatlar  fuqarolik  sud  ishlarini  yuritish  turlari,  fuqarolik 

protsessi  bosqichlari,  protsessual  hujjatlarning  tuzilishi,  mazmuni,  ushbu 

hujjatlarni tuzish yoki qabul qilish vakolatiga ega subyektlar doirasiga ko‘ra 

turlarga bo‘linadi. Masalan, fuqarolik sud ishlarini yuritish turlariga qarab, 

da’vo  tartibida  ko‘riladigan  ishlar  (oila,  uy-joy,  mehnat  munosabatlari, 

yetkazilgan  zararni  undirish,  merosga  oid  ishlar  va  b.);  organlar  va 

mansabdor  shaxslarning  xatti-harakatlari  (qarorlari)ga  oid  huquqiy 

munosabatlardan  kelib  chiqadigan  ishlar,  buyruq  tartibida  ish  yuritish, 

alohida  tartibda  yuritiladigan  ishlar  bo‘yicha  rasmiylashtiriladigan 

protsessual hujjatlarni misol sifatida keltirish mumkin.  



Protsessual  hujjatlarni  tuzish  yoki  qabul  qilish  vakolatiga  ega 

subyektlar doirasiga ko‘ra, ular quyidagi turlarga bo‘linadi: 

1.  Ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  va  odil  sudlovni  amalga 

oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar tomonidan tuziladigan va taqdim 

etiladigan  hujjatlar.  Ishda  ishtirok  etuvchilar  (FPKning  33-moddasiga 

asosan,  taraflar,  uchinchi  shaxslar,  ularning  vakillari,  protsessda  boshqa 

shaxslarning  huquqlari  va  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatlarini 

himoya  qilishda  ishtirok  etadigan  prokuror,  davlat  boshqaruvi  organlari, 

tashkilotlar  va  ayrim  fuqarolar)  va  odil  sudlovni  amalga  oshirishga 

ko‘maklashuvchi  shaxslar  (FPKning  35-moddasiga  asosan,  guvohlar, 

ekspertlar,  mutaxassislar,  tarjimonlar,  yozma  va  ashyoviy  dalillarni 

saqlovchilar,  xolislar  va  ijro  ishlarini  yuritishda  mol-mulkni  saqlovchilar) 

tomonidan  rasmiylashtiriladigan  protsessual  hujjatlarga  FPKning  quyidagi 

moddalarini  misol  tariqasida  keltirish  mumkin:  ariza,  da’vo  arizasi 

(FPKning  149-moddasi),  qarshi  da’vo  arizasi  (FPKning  246-moddasi), 

prokuror  arizasi  (FPKning  5,  46-moddasi),  prokuror  fikri  (FPKning             

199-moddasi),  davlat  boshqaruvi  organlari,  tashkilotlar  va  ayrim 

fuqarolarning  arizasi  (FPKning  48-moddasi),  birinchi  instansiya      sudiga 

sud  buyrug‘ini  berish  to‘g‘risidagi  ariza  (FPK  238

3

-moddasi),  sudya, 



prokuror,  ekspert,  mutaxassis,  sud  majlisi  kotibi  va  (yoki)  tarjimonni  rad 

qilish  haqidagi  ariza  (FPKning  28-moddasi),  da’voning  asosi  yoki 

predmetini  o‘zgartirish,  da’vo  talablarining  miqdorini  ko‘paytirish  yoki 

kamaytirish to‘g‘risidagi ariza (FPKning 40-moddasi), dalillarni ta’minlash 

to‘g‘risidagi  ariza  (FPKning  62-moddasi),  ekspert  xulosasi  (FPKning        


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

25 


 

I BОB

 

88-moddasi), hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi 



ariza  (FPKning  309

5

-moddasining  birinchi  qismi),  hakamlik  sudining  hal 



qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi 

ariza (FPKning 309

10

-moddasi), qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi 



ochilgan  holatlar  bo‘yicha  qayta  ko‘rish  to‘g‘risidagi  ariza  (FPKning       

364-moddasi),  apellyatsiya  shikoyati(protesti)  (FPKning  320-moddasi), 

kassatsiya shikoyati (protesti) (FPKning 348

1

-moddasi), yuridik ahamiyatga 



ega 

bo‘lgan 


faktlarni 

aniqlash 

to‘g‘risidagi  arizalar 

(FPKning                  

284-moddasi),  nazorat  tartibida  protest  keltirish  to‘g‘risidagi  ariza 

(FPKning 350-moddasi) va boshqa hujjatlar. 



2. Sud (sudya) tomonidan qabul qilinadigan protsessual hujjatlar. 

Masalan, sud buyrug‘i, sud majlisi bayonnomasi, qarorlar, sud ajrimlari, hal 

qiluv  qarorlari,  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarori  hamda  FPK  va  boshqa 

normativ-huquqiy  hujjatlarda  belgilangan  protsessual  hujjatlar,  ish 

hujjatlari. 

3. Sud majlisi kotibi tomonidan rasmiylashtiriladigan protsessual 

hujjatlar.  Masalan,  sud  majlisi  bayonnomasini  rasmiylashtirish,  sud 

chaqiruv qog‘ozini yozish va yuborish, fuqarolik ishidagi varaqlarga raqam 

qo‘yib  chiqish  va  ishdagi  barcha  hujjatlarning  necha  varaqdan  iboratligi 

haqida ro‘yxat tuzish va boshqa harakatlar. 



4. Sud ijrochilari tomonidan chiqariladigan protsessual hujjatlar. 

Masalan,  ijro  ishi  yuritishni  qo‘zg‘atish,  ijro  ishini  to‘xtatish,  tamomlash, 

tugatish haqidagi qarorlari, dalolatnoma va boshq.  

 

 



 

 

 

Fuqarolik protsessi bosqichiga ko‘ra protsessual hujjatlar turlari

 

Fuqarolik  ishlarini  qo‘zg‘atish  bosqichida  yuritiladigan  protsеssual 



hujjatlar (ariza, da’vo ariza, shikoyat, arizani qabul qilish, arizani harakatsiz qoldirish, 

аrizani  qaytarish,  аrizani  qabul  qilishni  rad  qilish,  fuqarolik  ishini  qo‘zg‘atish  haqidagi 

ajrimlar va boshq.) 

Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash jarayonida yuritiladigan protsеssual 

hujjatlar (ishni sudda ko‘rishga tayyorlash, kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi  ajrimlar 

va boshq.)

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling