Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.

bet32/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63

 

Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim namunalari  

 

 



A J R I M 

(da’vo arizasini qabul qilishni rad etish haqida) 

 

2014-yil 27-aprel                                                 Toshkent shahri 



 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  sudyasi  (F.I.O.)  

da’vogar  “Zarafshon”  korxonasining  javobgar  “Nur”ga  nisbatan  qarzni  undirish 

haqidagi da’vo arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

276 


 

Aniqladim : 

 

Da’vogar  “Zarafshon”  korxonasi  javobgar  “Nur”ga  nisbatan  qarzni  undirish 



haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etib, javobgardan 2.345.206 so‘m qarz 

va sud xarajatlarini undirib berishni so‘ragan. 

FPKning 31-moddasi talablariga muvofiq, taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi 

fuqaro bo‘lgan nizolarga doir ishlar sudlarga taalluqlidir. 

FPKning  152-moddasida  sud  agar  ariza  sudda  ko‘rishga  tegishli  bo‘lmasa, 

arizani qabul qilishni rad etishi ko‘rsatilgan. 

Ammo,  da’vogar  “Zarafshon”  korxonasi  tomonidan  taqdim  etilgan  da’vo 

arizasida javobgar ham yuridik shaxsdir. 

Bunday holatda, ushbu da’vo arizasini qabul qilishni rad etish, da’vogarga bu 

masalada  xo‘jalik  sudiga  da’vo  arizasi  bilan  murojaat  etish  huquqini  tushuntirish 

lozim deb hisoblayman. 

Yuqoridagilarga binoan, FPKning 31-, 152- va 237–238-moddalarini qo‘llab,  

 

 

 



Ajrim qilaman: 

 

Da’vogar  “Zarafshon”  korxonasi  javobgar  “Nur”ga  nisbatan  qarzni  undirish 



haqidagi da’vo arizasini qabul qilish rad etilsin. 

Da’vogarga  ushbu  masalada  xo‘jalik  sudiga  murojaat  etish  huquqi 

tushuntirilsin. 

Ajrimdan  norozi  tomonlar    10  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  Fuqarolik 

ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga xususiy shikoyat berishi, prokuror xususiy 

protest keltirishga haqlidir. 

 

Sudya:                                imzo                          F.I.O.  



 

AJRIM 

(da’vo arizasini qabul qilishni rad etish haqida) 

 

2012-yil 24-fevral                                              Toshkent shahri 



 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.)  2012-yil 

fevral oyining 24-kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan bola bilan 

uchrashish haqidagi da’vo arizasini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 



 

Aniqladim: 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

277 


 

Da’vogar  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  bola  bilan  uchrashish  haqidagi 

da’vo ariza bilan sudga murojaat qilgan. 

Da’vogar tomonidan sudga taqdim qilingan hujjatlardan aniqlanishicha, javobgar 

(F.I.O.)  2012-yil10-yanvarga  qadar,  Toshkent  shahar,  Sirg‘ali  tumani,  Sirg‘ali-5 

mavzesi,  35-uy,  11-xonadonda  doimiy  ro‘yxatda  turgan.  Hozirgi  vaqtda  esa  u 

Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  Sharof  ko‘chasi  13-uy  20-xonadonda  doimiy 

ro‘yxatga qo‘yilgan. 

FPKning  141-moddasining  1-qismiga  ko‘ra,  arizalar  javobgar  doimiy  yashab 

turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi. 

FPKning 152-moddasining 5-bandiga ko‘ra, ish shu sudning sudloviga taalluqli 

bo‘lmasa, sud arizani qabul qilishni rad etadi. 

Yuqorida  ko‘rsatilgan  qonun  talablaridan  kelib  chiqib,  da’vogar  (F.I.O.)  ning 

da’vo arizasini qabul qilishni rad etishni va unga mazkur da’vo ariza bilan fuqarolik 

ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumanlararo  sudiga  murojaat  qilishi 

kerakligini tushuntirishni lozim topaman.  

Yuqoridagilarga ko‘ra va FPK ning 141-, 152-, 237- va 238-moddalarini  qo‘llab,  

 

Ajrim qilaman: 



 

Da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  bola  bilan  uchrashish 

haqidagi da’vo arizasini qabul qilish rad etilsin. 

Da’vogar (F.I.O.) ga mazkur da’vo ariza bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent 

shahar Uchtepa tumanlararo sudiga murojaat qilish huquqi tushuntirilsin.  

Da’vo arizasi va unga ilovalar da’vogarga qaytarilsin. 

Ajrimdan norozi tomonlar 10 kun muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik ishlari 

bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  xususiy  shikoyat  berishi,  prokuror  xususiy  protest 

keltirishga haqlidir. 

 

Sudya:  



 

 

imzo   



 

 

F.I.O. 



 

AJRIM 

(da’vo arizasini qabul qilishni rad etish haqida) 

 

2010-yil 6-aprel                                                                              Toshkent shahri 



 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Mirobod  tumanlararo  sudining  sudyasi  (F.I.O.) 

da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgarlar  (F.I.O.)    va  Mirobod  tumani  moliya  bo‘limiga 

nisbatan  mol-mulkni  ro‘yxatdan  chiqarish  haqidagi  da’vo  arizasini  ko‘rib  chiqib, 

quyidagilarni 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

278 


 

Aniqladim : 

Da’vogar (F.I.O.)  ning javobgarlar (F.I.O.) va Mirobod tumani moliya bo‘limiga 

nisbatan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi da’vo ariza bilan sudga murojaat 

etib,  Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Mirobod  tuman  sudining  2010-yil         

1-martdagi  hukmiga  ko‘ra,  davlat  foydasiga  o‘tkazilgan  o‘ziga  tegishli  Toshkent 

shahar Mirobod tumani Mirobod ko‘chasi 12-uy 23-xonadonni ro‘yxatdan chiqarishni 

so‘ragan va ushbu da’vo ariza uning ishonchli vakili (F.I.O.)  tomonidan imzolangan. 

Da’vogar  (F.I.O.)  tomonidan  2010-yil  23-fevralda  berilgan  va  Toshkent  shahar 

notariusi  (F.I.O.)      tomonidan  2354-raqam  bilan  rasmiylashtirilgan  ishonchnomada 

ishonchli vakil (F.I.O.) ga da’vo arizani imzolash va uni sudga taqdim etish vakolati 

berilmagan.  FPKning  152-moddasi  7-bandida  sud  agar  manfaatdor  shaxs  nomidan 

arizani  ish  yuritish  vakolatiga  ega  bo‘lmagan  shaxs  bergan  bo‘lsa,  arizani  qabul 

qilishni  rad  etishi,  sudyaning  ushbu  asos  bo‘yicha  arizani  qabul  qilishni  rad  etishi, 

basharti  yo‘l  qo‘yilgan  xatolar  bartaraf  etilsa,  shu  ish  bo‘yicha  sudga  ikkinchi  marta 

ariza bilan murojaat etishga to‘sqinlik qilmasligi ko‘rsatilgan. 

Ammo, ushbu da’vo ariza manfaatdor shaxs nomidan ish yuritish vakolatiga ega 

bo‘lmagan  shaxs  tomonidan  imzolangan  va  taqdim  etilgan.  Bunday  holatda,  ushbu 

da’vo  arizani  qabul  qilishni  rad  etish,  da’vogarga  basharti  yo‘l  qo‘yilgan  kamchilik 

bartaraf  etilsa,  shu  ish  bo‘yicha  sudga  ikkinchi  marta  ariza  bilan  murojaat  etishga 

to‘sqinlik  qilmasligini  tushuntirish  lozim  deb  hisoblayman.  Yuqoridagilarga  binoan, 

FPKning 152-, 237- va 238-moddalarini qo‘llab,     

 

Ajrim  qilaman: 

Da’vogar (F.I.O.)  ning javobgarlar (F.I.O.)  va Mirobod tumani moliya bo‘limiga 

nisbatan  mol-mulkni  ro‘yxatdan  chiqarish  haqidagi  da’vo  arizasini  qabul  qilish  rad 

etilsin. 

Da’vogarga sudning ajrimida ko‘rsatilgan kamchilik bartaraf etilsa, shu masalada 

sudga ikkinchi marotaba murojaat etish huquqi tushuntirilsin. 

Ajrimdan norozi tomonlar 10 kun muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik ishlari 

bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  xususiy  shikoyat  berishi,  prokuror  xususiy  protest 

keltirishga haqlidir. 

 

Sudya:  



 

 

imzo   



                     F.I.O.   

 

 



 

 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

279 


 

Arizani harakatsiz qoldirish haqidagi ajrimdan namunalar 

 

AJRIM 

(da’vo arizasini harakatsiz qoldirish haqida) 

 

Fuqarolik ishlari  bo‘yicha  Shayxontohur tumanlararo sudining   sudyasi  (F.I.O.)  



2012-yil  15-iyun  kuni  da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  uydan 

ko‘chirish haqidagi da’vo arizasini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 



 

Aniqladim: 

 

Da’vogar (F.I.O.)  javobgar (F.I.O.) ga nisbatan uydan ko‘chirish haqidagi da’vo 



arizasi bilan sudga murojaat qilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-

sonli  “Davlat  boji  stavkalari  haqida”gi  qarorining  bandiga  asosan  uydan  ko‘chirish 

haqidagi da’vo arizalaridan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji 

to‘lanadi.  

Sud  tomonidan  aniqlanishicha,  da’vogar  tomonidan  sudga  da’vo  ariza  taqdim 

qilishda  yuqoridagi  qonun  hujjatlari  bilan  belgilangan  miqdorda  davlat  boji 

to‘lanmagan.  Shu  bilan  birga  da’vo  arizasiga  asos  qilib  ko‘rsatgan  holatlarni 

isbotlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan. 

FPKning  154-moddasiga  muvofiq  sudya,  ariza  FPKning  149-  va  150-

moddalarida  bayon  etilgan  talablariga  rioya  qilinmay  berilganligini  yoki  davlat  boji 

to‘lanmaganligini  aniqlasa,  arizani  harakatsiz  qoldirish  to‘g‘risida  ajrim  chiqarib, 

bundan  da’vogarni  xabardor  qiladi  va  kamchiliklarni  tuzatish  uchun  unga  muhlat 

beradi.  Agar  da’vogar  belgilangan  muddatda  sudyaning  ko‘rsatmalariga  muvofiq 

FPKning 149- va  150-moddalaridagi  talablarni  bajarsa va davlat bojini  to‘lasa,  ariza 

sudga  dastlab  taqdim  etilgan  kuni  berilgan  hisoblanadi.  Aks  holda,  ariza  berilmagan 

hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. 

Ushbu qayd etilgan qonun talablaridan kelib chiqib, da’vogar (F.I.O.) tomonidan 

da’vo  ariza  bilan  sudga  murojaat  qilishda  davlat  boji  to‘lanmaganligini,  da’vo  ariza 

kerakli  hujjatlari  ilova  qilinmaganligini  inobatga  olib,  sud  da’vo  arizasini  harakatsiz 

qoldirib, da’vogar (F.I.O.) ga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji 

to‘lashi  va  yuqorida  ko‘rsatilgan  kamchiliklarni  bartaraf  etish  uchun  yigirma  kunlik 

muddat berishni lozim topadi. 

Yuqoridagilarga asosan va FPK ning 154-, 237–238-moddalarini  qo‘llab,  



 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

280 


 

Ajrim qilaman: 

Da’vogar (F.I.O.)  ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan uydan ko‘chirish haqidagi 

da’vo arizasi harakatsiz qoldirilsin; 

Da’vogar (F.I.O.) ga davlat bojini to‘lashi va ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarini 

bartaraf etish uchun yigirma kunlik muddat berilsin. 

Da’vogar  (F.I.O.)    ajrimning  ijrosini  ta’minlagan  taqdirda  da’vo  ariza  sudga 

dastlab  taqdim  etilgan  kuni  berilgan  hisoblansin,  aks  holda  da’vo  ariza  berilmagan 

hisoblanib, da’vogarga qaytarilsin. 

 

Sudya:   



 

imzo   


 

 

 



F.I.O.   

 

 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

281 


 

AJRIM 

(da’vo arizani harakatsiz qoldirish haqida) 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.)  2011-yil 



26-dekabr  kuni  da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  turar  joydan 

foydalanish  huquqini  yo‘qotgan  deb  topish  haqidagi  da’vo  arizasini  qabul  qilish 

masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladim: 



 

Sudga da’vogar (F.I.O.)  javobgar (F.I.O.) ga nisbatan turar joydan foydalanish 

huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. 

Sud  tomonidan  aniqlanishicha,  da’vogar  (F.I.O.)    sudga  murojaat  qilgan  da’vo 

arizasini  imzolamagan,  uning  o‘rniga  da’vo  arizasini  ishonchnomaga  asosan  vakili 

(F.I.O.)    imzolagan.  Lekin,  sudga  taqdim  qilingan  hujjatlar  orasida  mavjud  bo‘lgan 

da’vogar (F.I.O.)  tomonidan vakil (F.I.O.) ning nomiga berilgan ishonchnomada vakil 

(F.I.O.) ning sudda qatnashish vakolatlari ko‘rsatilmagan. 

FPKning  149-moddasining  1-qismi  7-bandiga  ko‘ra,  ariza  da’vogar  yoki  uning 

vakili  tomonidan  imzolanadi.  Agar  ariza  vakil  tomonidan  berilgan  bo‘lsa,  arizaga 

ishonchnoma yoki uning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim. 

FPKning  154-moddasiga  muvofiq,  sudya  ariza  FPKning  149-  va  150-

moddalarida  bayon  etilgan  talablariga  rioya  qilinmay  berilganligini  yoki  davlat  boji 

to‘lanmaganligini  aniqlasa,  arizani  xarakatsiz  qoldirish  to‘g‘risida  ajrim  chiqarib, 

bundan  da’vogarni  xabardor  qiladi  va    kamchiliklarni  tuzatish  uchun  unga  muhlat 

beradi.  Agar  da’vogar  belgilangan  muddatda  sudyaning  ko‘rsatmalariga  muvofiq 

FPKning 149- va  150-moddalaridagi  talablarni  bajarsa va davlat bojini  to‘lasa,  ariza 

sudga  dastlab  taqdim  etilgan  kuni  berilgan  hisoblanadi.  Aks  holda,  ariza  berilmagan 

hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. 

Yuqorida  qayd  etilgan  qonun  talablaridan  kelib  chiqib,  sud  da’vo  arizani 

harakatsiz qoldirib, da’vogar (F.I.O.) ga da’vo arizasini imzolashga yoki sudga tegishli 

tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma taqdim qilishi uchun bir oylik muddat berishni 

lozim topaman. 

Yuqoridagilarga asosan va FPKning 154-, 237–238-moddalarini  qo‘llab,  



 

Ajrim qilaman: 

Da’vogar (F.I.O.)  ning da’vo arizasi harakatsiz qoldirilsin. 

Da’vogar (F.I.O.)  ga yuqorida ko‘rsatilgan kamchilikni bartaraf etishi uchun bir 

oylik muddat berilsin. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

282 


 

Da’vogar (F.I.O.)  ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda da’vo ariza 

sudga  dastlab  taqdim  etilgan  kuni  berilgan  hisoblansin,  aks  holda  da’vo  ariza 

berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytarilsin. 



 

Sudya:   

 

 

imzo   



 

 

 



F.I.O. 

 

AJRIM 

(da’vo arizasini harakatsiz qoldirish haqida) 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.)  2011-yil 



26-dekabr kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan otalik huquqidan 

mahrum  qilish  haqidagi  da’vo  arizasini  qabul  qilish  masalasini  ko‘rib  chiqib, 

quyidagilarni 

 

Aniqladim: 

 

Sudga da’vogar (F.I.O.)  javobgar (F.I.O.) ga nisbatan otalik huquqidan mahrum 



qilish  haqidagi  da’vo  arizasi  FPKning  149-150-moddalari  talablariga  to‘liq  javob 

bermaydi.  Jumladan,  unda  da’vogarning  ismi  va  otasining  ismi  ko‘rsatilmagan. 

Bundan  tashqari,  taraflarning  yashash  joyini  tasdiqlovchi  hujjatlar  va  da’vo  arizasi 

nusxasi taqdim etilmagan.  

FPKning  149--150-moddalari  talablariga  muvofiq,  da’vo  arizada  da’vogarning 

ismi-sharifi,  da’vogar  o‘zining  talablariga  asos  qilib  ko‘rsatayotgan  holatlar  va  bu 

holatlarni  tasdiqlaydigan  dalillar  ko‘rsatilishi  va  da’vo  ariza  nusxasi  taqdim  etilishi 

lozim.  


FPKning  154-moddasiga  muvofiq,  sudya  ariza  FPKning  149-  va  150-

moddalarida  bayon  etilgan  talablariga  rioya  qilinmay  berilganligini  yoki  davlat  boji 

to‘lanmaganligini  aniqlasa,  arizani  harakatsiz  qoldirish  to‘g‘risida  ajrim  chiqarib, 

bundan  da’vogarni  xabardor  qiladi  va    kamchiliklarni  tuzatish  uchun  unga  muhlat 

beradi.  Agar  da’vogar  belgilangan  muddatda  sudyaning  ko‘rsatmalariga  muvofiq 

FPKning 149- va  150-moddalaridagi  talablarni  bajarsa va davlat bojini  to‘lasa,  ariza 

sudga  dastlab  taqdim  etilgan  kuni  berilgan  hisoblanadi.  Aks  holda,  ariza  berilmagan 

hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. 

Yuqorida qayd etilgan qonun talabidan kelib chiqib, sud da’vo arizani harakatsiz 

qoldirib, da’vogar (F.I.O.)ga o‘zi va javobgarning yashash joyini tasdiqlovchi hujjatlar 

va  da’vo  ariza  nusxasi  taqdim  qilishi  uchun  besh  kunlik  muddat  berishni  lozim 

topaman. 

Yuqoridagilarga asosan va FPKning 154-, 237- va 238-moddalarini  qo‘llab,  

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

283 


 

Ajrim qilaman: 

Da’vogar (F.I.O.)  ning da’vo arizasi harakatsiz qoldirilsin. 

Da’vogar  (F.I.O.)  ga  yuqorida  ko‘rsatilgan  kamchiliklarni  bartaraf  etishi  uchun 

besh kunlik muddat berilsin. 

Da’vogar (F.I.O.)  ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda da’vo ariza 

sudga  dastlab  taqdim  etilgan  kuni  berilgan  hisoblansin,  aks  holda  da’vo  ariza 

berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytarilsin. 

 

Sudya:   



 

 

imzo   



 

 

F.I.O.   



 

Arizani arizachiga qaytarish to‘g‘risidagi ajrimdan namunalar  

 

AJRIM 

(arizani qaytarish haqida) 



 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.)  2011-yil 

29-iyul  kuni  arizachi  (F.I.O.)  ning  hakamlik  sudining  qarorini  bekor  qilish  haqidagi 

arizasini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladim: 

Sudga  arizachi  (F.I.O.)  ariza  bilan  murojaat  qilib,  unda  hakamlik  sudining 

qarorini bekor qilishni so‘ragan. 

Sudning  2011-yil  8-iyuldagi  ajrimi  bilan  (F.I.O.)  ning  arizasi  davlat  boji 

to‘lanmaganligi sababli harakatsiz qoldirilgan. 

FPKning  154-moddasiga  muvofiq,  sudya  ariza  FPKning  149-  va  150-

moddalarida  bayon  etilgan  talablariga  rioya  qilinmay  berilganligini  yoki  davlat  boji 

to‘lanmaganligini  aniqlasa,  arizani  harakatsiz  qoldirish  to‘g‘risida  ajrim  chiqarib, 

bundan  da’vogarni  xabardor  qiladi  va    kamchiliklarni  tuzatish  uchun  unga  muhlat 

beradi.  Agar  da’vogar  belgilangan  muddatda  sudyaning  ko‘rsatmalariga  muvofiq 

FPKning 149- va  150-moddalaridagi  talablarni  bajarsa va davlat bojini  to‘lasa,  ariza 

sudga  dastlab  taqdim  etilgan  kuni  berilgan  hisoblanadi.  Aks  holda,  ariza  berilmagan 

hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. 

Yuqorida qayd etilgan qonun talabidan kelib chiqib, sudning 2011-yil 8-iyuldagi 

ajrimiga  asosan    (F.I.O.)    ning  arizasi  harakatsiz  qoldirilib,  ajrimda  ko‘rsatilgan 

kamchiliklarni bartaraf etish uchun arizachiga 20 kunlik muhlat berilgan. Lekin ushbu 

muhlat davomida arizachi tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmagan, shuning uchun 

FPKning  154-moddasi  talabiga  ko‘ra,  uning  arizasini  berilmagan  deb  hisoblab,  uni 

arizachiga qaytarishni lozim deb topaman. 

Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 154-, 237- va 238-moddalarini qo‘llab,  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

284 


 

Ajrim  qilaman: 

(F.I.O.)  ning hakamlik sudining qarorini bekor qilish haqidagi arizasi berilmagan 

deb hisoblansin va arizachiga qaytarilsin. 

Mazkur ajrim ustidan 10 kun muddat ichida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent 

shahar  sudiga  ushbu  sud  orqali  xususiy  shikoyat  yoki  xususiy  protest  keltirilishi 

mumkin. 


      

Sudya:                          imzo                             F.I.O.   



 

AJRIM 

(da’vo arizasini qaytarish haqida) 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.) 2009-yil 



2-mart kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan o‘zboshimchalik bilan 

qurilgan inshootni javobgar hisobidan majburan buzish haqidagi da’vo arizasini qabul 

qilish masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladim: 

 

Sudga  da’vogar  (F.I.O.)    javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  o‘zboshimchalik  bilan 



qurilgan  inshootni  javobgar  hisobidan  majburan  buzish  haqidagi  da’vo  arizasi  bilan 

sudga murojaat qilgan. 

FPKning  154-moddasiga  muvofiq,  sudya  ariza  FPKning  149-  va  150-

moddalarida  bayon  etilgan  talablariga  rioya  qilinmay  berilganligini  yoki  davlat  boji 

to‘lanmaganligini  aniqlasa,  arizani  harakatsiz  qoldirish  to‘g‘risida  ajrim  chiqarib, 

bundan  da’vogarni  xabardor  qiladi  va  kamchiliklarni  tuzatish  uchun  unga  muhlat 

beradi.  Agar  da’vogar  belgilangan  muddatda  sudyaning  ko‘rsatmalariga  muvofiq 

FPKning 149- va  150-moddalaridagi  talablarni  bajarsa va davlat bojini  to‘lasa,  ariza 

sudga  dastlab  taqdim  etilgan  kuni  berilgan  hisoblanadi.  Aks  holda,  ariza  berilmagan 

hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. 

Yuqorida  qayd  etilgan  qonun  talabidan  kelib  chiqib,  sudning  2009-yil  29-

yanvardagi  ajrimiga  asosan  da’vogarning  da’vo  arizasi  harakatsiz  qoldirilib,  ajrimda 

ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun da’vogar (F.I.O.) ga bir oylik muhlat 

berilgan.  Lekin  ushbu  muhlat  davomida  da’vogar  (F.I.O.)    tomonidan  kamchiliklar 

bartaraf etilmagan, shuning uchun FPKning 154-moddasi talabiga ko‘ra da’vogarning 

da’vo arizasini berilmagan deb hisoblab, uni arizachiga qaytarishni lozim deb topaman. 

Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 154-, 237- va 238-moddalarini  qo‘llab,  

 

 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling