Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.

bet34/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63

 

294 


 

Shuningdek,  ushbu  kodeksning  180-moddasiga  muvofiq  taraflar  erishgan 

kelishuv  bitimining  shartlari  sud  majlisi  bayonnomasiga  kiritiladi  va  tegishlicha, 

da’vogar, javobgar yoki ikkala taraf tomonidan imzolanadi, agar taraflarning kelishuv 

bitimi ularning sudga yuborgan yozma arizalarida ifodalangan bo‘lsa, mazkur arizalar 

ishga qo‘shib qo‘yilib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi, taraflarning 

kelishuv  bitimini  tasdiqlashdan  oldin  sud  da’vogarga  yoki  taraflarga  tegishli 

protsessual  harakatlar  qilishning  oqibatlarini  tushuntiradi,  taraflarning  kelishuv 

bitimini tasdiqlash to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi va shu ajrim bilan ish yuritishni ham 

tugatadi, ajrimda taraflarning kelishuv bitimidagi shartlar ko‘rsatilishi kerak. 

Sud  tomondan  aniqlangan  holatlarga  ko‘ra,  Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tuman 

Sputnik-4  mavzesi  47-uyning 20-xonadondagi  1/8  qism  ulushi  da’vogar  (F.I.O.)  ga 

mulk  huquqi  asosida  tegishli.  Shunday  ekan,  da’vogar  (F.I.O.)  o‘z  mulkini  erkin 

tasarruf  etish huquqiga  ega.  Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tuman  Sputnik-4  mavzesi  47-

uyning 

20-xonadondagi 



1/8 

qism 


ulushi 

evaziga 


da’vogar-(F.I.O.)ning 

AKSIYADORLIK-TIJORAT  “AGRO  BANK”dagi  №  20606840699056706001 

raqamli  hisob  raqamiga  30 000 000  (o‘ttiz  million)  so‘m  bir  martalik  naqd  to‘lov 

orqali  to‘lab  berilishi  haqidagi  kelishuv  ham  qonun  talablariga  zid  emas,  taraflar 

to‘lov summasini va shartlarini o‘zaro kelishib olishgan.  

FPKning  102-moddasi  ish  yuritish  tugatilgan  taqdirda,  ayni  bir  taraflar 

o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan 

sudga ikkinchi marta murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Yuqoridagilarga  asosan,  FPKning  40-  ,100-modda  1-qismi  4-bandi,  101–102, 

159–160, 237–238-moddalarini qo‘llab,   



 

 

Ajrim qilaman: 

 

Mazkur fuqarolik ishi yuzasidan kelishuv bitimi tasdiqlansin. 

Da’vogar  (F.I.O.)  barcha  da’vo  talablaridan  voz  kechadi,  shuningdek,  nizoli 

Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tuman  Sputnik-4  mavzesi  47-uyning  20-xonadondagi  1/8 

ulushdagi mulk huquqidan hamda ushbu nizoli uyga nisbatan foydalanish huquqidan 

javobgar foydasiga voz kechadi. Evaziga javobgar da’vogarning AKSIYADORLIK-

TIJORAT “AGRO BANK” dagi №20606840699056706001 raqamli hisob raqamiga 

30.000.000 (o‘ttiz million) so‘m to‘lab beradi. 

Javobgar o‘zining barcha da’vo talablaridan voz kechadi, shuningdek, da’vogar 

(F.I.O.)ning nizoli Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-

xonadondagi 1/8 qism ulushi evaziga da’vogar – (F.I.O.) ning AKSIYADORLIK - 

TIJORAT “AGRO BANK” dagi №20606840699056706001 raqamli hisob raqamiga 

30.000.000 (o‘ttiz million) so‘m bir martalik naqd to‘lov orqali to‘lab beradi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

295 


 

Sud xarajatlari, advokat xizmatlari uchun to‘langan xarajatlar va kelishuv bitimi 

imzolangunga  qadar  taraflar  tomonidan  qilingan  boshqa  xarajatlar  taraflarning  o‘z 

zimmasida qoladi. 

Mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish tugatilsin. 

Mazkur  ajrim  ustidan  10  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudi  sudlov  hay’atiga  xususiy  shikoyat  berilishi  yoki 

xususiy protest keltirilishi mumkin. 

 

Sudya:  


 

 

imzo   



 

    F.I.O. 

 

AJRIM 

(odam DNKsi bo‘yicha sud-biologik ekspertizasi tayinlash to‘g‘risida) 

 

2014-yil 10-may                                                           Toshkent shahri 



 

Men,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudi 

sudyasi (F.I.O.)  da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan otalikka e’tiroz 

bildirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan fuqarolik ishini sudda ko‘rishga tayyorlash 

bosqichida fuqarolik ishi hujjatlarini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

A n i q l a d i m: 

Sudga  da’vogar  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  otalikka  e’tiroz  bildirish 

haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. 

Sudya  da’vogarni  FPKning  159-moddasi  tartibida  ishni  sudda  ko‘rishga 

tayyorlash bosqichida chaqirib suhbat qilib, uning da’voga munosabatini o‘rganganida 

da’vogar  (F.I.O.)  o‘z  da’vo  arizasida  javobgar  bilan  2006-yil  7-yanvarda  qonuniy 

nikohdan  o‘tib  oila  qurganligini,  o‘zaro  turmushlaridan  2007-yil  12-mayda  (F.I.O.), 

2008-yil 20-mayda (F.I.O.) va 2012-yil 3-oktabrda (F.I.O.) ismli uch nafar farzandlari 

dunyoga kelganligini, javobgar shu kunga qadar birga yashab kelayotgan bo‘lsa ham 

farzandlarining otasi o‘zi ekanligi to‘g‘risida shubha-gumonlarga borib, otalikka e’tiroz 

bildirib,  odam  DNKsi  bo‘yicha  sud-biologik  ekspertizasi  tayinlashni  va  ushbu 

masalaga aniqlik kiritishni so‘radi. 

  Sud javobgarni FPKning 159-moddasi tartibida ishni sudda ko‘rishga tayyorlash 

bosqichida chaqirib suhbat qilib, uning da’voga munosabatini o‘rganganida javobgar 

(F.I.O.)  da’vogarning  da’vo  talablarini  tan  olmasdan,  da’vogar  bilan  2006-yil  7-

yanvarda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  oila  qurganligini,  o‘zaro  turmushlaridan  uch  nafar 

farzandlari  dunyoga  kelganligini,  da’vogar  hammadan  rashk  qilishini  va  javobgar 

farzandlarining  otasi  o‘zi  ekanligi  to‘g‘risida  shubha  gumonlarga  borganligi  va 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

296 


 

otalikka e’tiroz bildirgani uchun ham odam DNKsi bo‘yicha sud-biologik ekspertizasi 

tayinlashga qarshi emasligini bildirdi. 

  Sud  taraflarning  FPKning  159-moddasi  tartibida  ishni  sudda  ko‘rishga 

tayyorlash  tartibidagi  so‘roq  jarayonida  bergan  tushuntirishlarini  tinglab,  ish 

materiallarini  muhokama  qilib,  ish  bo‘yicha  nizoni  to‘g‘ri  hal  qilish  uchun  odam 

DNKsi  bo‘yicha  sud-biologik  ekspertizasi  o‘tkazish  zarur  deb  hisoblaydi  va  uni 

tayinlashni lozim topdi. 

Yuqoridagilarga  asosan,  sud  FPKning  84-,  159–160,  237–238-moddalarini 

qo‘llab,  

 

A j r i m      q i l a m a n : 

Mazkur fuqarolik ishi yuzasidan odam DNKsi bo‘yicha sud-biologik ekspertizasi 

tayinlansin va ekspertlarga quyidagi masalani hal etish topshirilsin. 

1.

 



Da’vogar  (F.I.O.)  2007-yil  12-mayda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  o‘g‘li,  2008-yil  20-

mayda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  qizi  va  2012-yil  3-oktabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  qizining 

biologik otasimi yoki yo‘qmi ? 

2.

 



Javobgar  (F.I.O.)  2007-yil  12-mayda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  o‘g‘li,  2008-yil  20-

mayda  tug‘ilgan  (F.I.O.)    qizi  va  2012-yil  3-oktabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  qizining 

biologik onasimi yoki yo‘qmi ? 

3.

 



2007-yil  12-mayda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  o‘g‘li,  2008-yil  20-mayda  tug‘ilgan 

(F.I.O.) qizi va 2012-yil 3-oktabrda tug‘ilgan (F.I.O.) qizi da’vogar (F.I.O.) javobgar 

(F.I.O.) larning birgalikdagi hayoti (jinsiy yaqinligi) mahsulimi yoki yo‘qmi ? 

Ekspertiza  o‘tkazish  X.Sulaymonova  nomidagi  Respublika  sud  ekspertiza 

markazi  mutaxassislariga  topshirilsin  va  ekspertlar  noto‘g‘ri  xulosa  berganlik  yoki 

xulosa berishni rad etganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238–

240-moddalarida ko‘rsatilgan jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilsin. 

Ekspertiza xarajatlari da’vogar (F.I.O.) tomonidan amalga oshirilsin. 

Ekspertiza xulosasi olingunga qadar mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish 

to‘xtatilsin. 

Mazkur  ajrimning  ish  yuritishni  to‘xtatib  turish  haqidagi  qismi  ustidan  10  kun 

muddat ichida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. 

 

 

Sudya:                                 imzo                                       F.I.O.  



 

 

 



 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

297 


 

AJRIM 

(sud yer qurilish ekspertizasi tayinlash haqida) 



 

2014-yil 10-may    

 

 

                                      Toshkent shahri 



 

Men,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudi 

sudyasi  (F.I.O.)    da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)  larga  nisbatan 

uydan  ko‘chirish,  uyga  kiritish  hamda  meros  mulkni  bo‘lish  haqidagi  da’vo  arizasi 

yuzasidan  fuqarolik  ishini  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  bosqichida  fuqarolik  ishi 

hujjatlarini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladim: 

Sudga da’vogar (F.I.O.) da’vo ariza bilan murojaat qilib, unda nizoli uyning 7/8 

qismi  unga,  1/8  qismi  javobgarlarga  tegishli  ekanligini  bildirib,    Toshkent  shahar, 

Yakkasaroy tumani, U.Nosir ko‘chasidagi 5-uyning o‘ziga tegishli bo‘lgan qismidan 

javobgarlarni  ko‘chirib  chiqarish  va  uni  kiritib  qo‘yishni  va  o‘ziga  tegishli  bo‘lgan 

qismini bo‘lib berishni so‘ragan. 

Sud, taraflarning FPKning 159-moddasi tartibida ishni sudda ko‘rishga tayyorlash 

tartibidagi  so‘roq  jarayonida  bergan  tushuntirishlarini  tinglab,  ish  hujjatlarini 

muhokama  etib,  ish  bo‘yicha  nizoni  to‘g‘ri  hal  qilish  uchun  sud  yer  qurilish 

ekspertizasi o‘tkazish zarur deb hisoblaydi va uni tayinlashni lozim topdi. 

Yuqoridagilarga  asosan,  FPKning  84-,  159–160,  237–238-moddalarini  qo‘llab, 

sud 


Ajrim   qilaman: 

Mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  sud  tomonidan  yer  qurilish  ekspertizasi 

tayinlansin va ekspertlarga quyidagi masalani hal etish topshirilsin. 

1.

 



Nizoli  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumani  U.Nosir  ko‘chasidagi  5-uyning 

hozirgi kundagi bozor bahosi qanday? 

2.

 

Nizoli  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumani  U.Nosir  ko‘chasidagi  5-uyning 



7/8 qism va 1/8 qismining bozor bahosi qanchani tashkil qiladi? 

3.

 



Nizoli  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumani  U.Nosir  ko‘chasidagi  5-uyda 

joylashgan imoratlarni hamda yer uchastkasini ikkiga bo‘lish (hissalardan qat’iy nazar) 

imkoniyati bormi? 

4.

 



Nizoli Toshkent shahar Yakkasaroy tumani U.Nosir ko‘chasidagi 5-uyni 7/8 

qism va 1/8 qism nisbatida ikkiga bo‘lish imkoniyati yoki ko‘rsatilgan 7/8 qism va 1/8 

qism  nisbatidan  chekingan  holda  ikkiga  bo‘lish  imkoniyati  bormi  hamda  uy-joy 

joylashgan  yer  maydonini  ulushlariga  mutanosib  ravishda  (ushbu  ulushlardan 

chekingan holda) bo‘lib berish imkoniyati bormi? 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

298 


 

5.

 



Agar  nizoli  uyni  ulushlardan  (7/8  qism  va  1/8  qismdan)  chekingan  holda 

ikkiga bo‘lish imkoniyati bo‘lsa, o‘rtadagi farq pul shaklida qanchani tashkil qiladi? 

Ekspertiza o‘tkazish X.Sulaymonova nomidagi RSEM ekspertlariga topshirilsin 

va  ekspert  noto‘g‘ri  xulosa  berganlik  yoki  xulosa  berishni  rad  etganlik  uchun 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  238–240-moddalarida  ko‘rsatilgan 

jinoiy  javobgarlik  to‘g‘risida  ogohlantirilsin.  Ekspertlar  ixtiyoriga  fuqarolik  ishi  va 

mazkur uyning inventar ishi taqdim etilsin. 

Ekspertiza xarajatlari da’vogar tomonidan amalga oshirilsin. 

Ekspertiza xulosasi olingunga qadar mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish 

to‘xtatilsin. 

Mazkur  ajrimning  ish  yuritishni  to‘xtatib  turish  haqidagi  qismi  ustidan  10  kun 

muddat ichida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. 

 

Sudya:                                           imzo                                         F.I.O.  



 

AJRIM 

(sud-xatshunoslik ekspertizasi tayinlash to‘g‘risida) 

 

2014-yil 10-may    



 

                                          Toshkent shahri 

 

Men,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudi 



sudyasi (F.I.O.)  da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.) larning javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.) va 1-

sonli  davlat  notarial  idorasi  hamda  Uchtepa  tumani  3-sonli  davlat  notarial  idorasiga 

nisbatan  oldi-sotdi  shartnomasini  haqiqiy  emas  deb  topish,  mulk  huquqini  belgilash, 

turar joydan ko‘chirish, moddiy va ma’naviy zararni undirish, ishonchnomani haqiqiy 

emas  deb  topish  haqidagi  da’vo  arizasi  yuzasidan  fuqarolik  ishini  sudda  ko‘rishga 

tayyorlash bosqichida fuqarolik ishi hujjatlarini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladim: 

Da’vogarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)  larning  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  1-sonli 

davlat notarial idorasi hamda Uchtepa tumani 3-sonli davlat notarial idorasiga nisbatan 

oldi-sotdi  shartnomasini  haqiqiy  emas  deb  topish,  mulk  huquqini  belgilash,  turar 

joydan ko‘chirish, moddiy va ma’naviy zararni undirish, ishonchnomani haqiqiy emas 

deb topish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. 

Sud, taraflarning FPKning 159-moddasi tartibida ishni sudda ko‘rishga tayyorlash 

tartibidagi  so‘roq  jarayonida  bergan  tushuntirishlarini  tinglab,  javobgar  (F.I.O.) 

xususiylashtirish haqidagi arizadagi imzo  (F.I.O.) ga tegishli emasligini bayon qilib, 

suddan  ushbu  masalaga  oydinlik  kiritish  borasida  sud-xatshunoslik  ekspertizasi 

tayinlashni iltimos qilgan. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

299 


 

Shuningdek, (F.I.O.) ning ishonchli vakili 2013-yil 8-oktabrda 2597-reestr raqami 

bilan Uchtepa tuman 3-sonli davlat notarial idorasida tasdiqlangan (F.I.O.) tomonidan 

(F.I.O.)  ga  berilgan  ishonchnomadagi  (F.I.O.)  ning  imzosi  u  tomonidan 

bajarilmaganligi yuzasidan tushuntirish berdi.  

FPKning  84-moddasiga  ko‘ra  ishni  ko‘rish  vaqtida  kelib  chiqqan,  fan,  san’at, 

texnika  yoki  hunar  sohasida  maxsus  bilim  talab  qiladigan  masalalarni  tushuntirish 

uchun  sud  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  iltimosiga  ko‘ra  yoki  o‘z  tashabbusi 

bilan ekspertiza tayinlashi mumkin. 

Sud, ish materiallari bilan tanishib, yuqoridagi qonun talablaridan kelib chiqqan 

holda (F.I.O.)  nomidan 2013-yil 8-oktabrda berilgan ishonchnomadagi imzo (F.I.O.) 

ga, shuningdek, 2012-yil 31-martdagi xususiylashtirish uchun berilgan arizadagi imzo 

(F.I.O.)  ga  tegishli-tegishli  emasligini  aniqlash  uchun  maxsus  bilimlar  kerakligini 

inobatga  olib,  mazkur  fuqarolik  ishi  yuzasidan  sud-xatshunoslik  ekspertizasi 

tayinlashni lozim deb hisoblaydi. 

Yuqoridagilarga asosan, FPKning 84–85-, 93-, 159–160-, 237–238-moddalarini 

qo‘llab,   

 

Ajrim qilaman: 

Da’vogar (F.I.O.), (F.I.O.) larning javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.) va 1-sonli davlat 

notarial idorasi hamda Uchtepa tumani 3-sonli davlat notarial idorasiga nisbatan oldi-

sotdi  shartnomasini  haqiqiy  emas  deb  topish,  mulk  huquqini  belgilash,  turar  joydan 

ko‘chirish,  moddiy  va  ma’naviy  zararni  undirish,  ishonchnomani  haqiqiy  emas  deb 

topish  haqidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  fuqarolik  ishi  yuzasidan  sud-

xatshunoslik ekspertizasi tayinlansin. 

Ekspertizani o‘tkazish X.Sulaymonova nomidagi RSEM ekspertlariga yuklatilsin. 

Ekspertlar oldiga quyidagi savollar qo‘yilsin: 

1.  Uchtepa  tuman  3-sonli  davlat  notarial  idorasida  2013-yil  8-oktabrda  2597-

reestr  raqami  bilan  tasdiqlangan  (F.I.O.)  nomidan  (F.I.O.)  ga  berilgan 

ishonchnomadagi “(F.I.O.)” degan so‘zlar va imzo (F.I.O.)  tomonidanmi yoki o‘zga 

shaxs tomonidan amalga oshirilganmi ? 

2.  2012-yil  31-martdagi  xususiylashtirish  uchun    berilgan  arizadagi  “(F.I.O.)” 

degan qo‘lyozmadan keyin qo‘yilgan imzo mazkur shaxs (F.I.O.) tomonidanmi yoki 

o‘zga shaxs  tomonidan amalga oshirilganmi ? 

Toshkent  shahar  davlat  arxivida  saqlanayotgan  16-oktabr  2013-yilda  1-sonli 

Toshkent shahar davlat notarial idorasi tomonidan rasmiy ro‘yxat kitobida 6-3857-son 

bilan  qayd  qilingan  (F.I.O.)  ning  nomidan  harakat  qiluvchi  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)  lar 

o‘rtasida tasdiqlangan hadya shartnomasi hamda (F.I.O.) ning (F.I.O.) nomiga berilgan 

ishonchnomaning asl nusxasi hamda Uchtepa tuman 3-sonli davlat notarial idorasiga 

tegishli bo‘lgan reestr kitobi ekspertiza o‘tkazish jarayonida vaqtincha olinsin. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

300 


 

Ekspertlar ixtiyoriga ushbu hujjatlar taqdim etilsin. 

Ekspertlar  O‘zbekiston  Respublikasi  JKning  238-,  240-moddalariga  ko‘ra,  bila 

turib noto‘g‘ri xulosa berish va xulosa berishni rad etish yoki bu ishdan bo‘yin tovlash 

uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi haqida ogohlantirilsinlar. 

Ekspertiza  o‘tkazish  bilan  bog‘liq  xarajatlar  (F.I.O.)    va  (F.I.O.)  larning 

zimmasiga yuklatilsin. 

Ekspertiza xulosasi olingunga qadar mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish 

to‘xtatilsin. 

Mazkur  ajrimning  ish  yuritishni  to‘xtatib  turish  haqidagi  qismi  ustidan  10  kun 

muddat ichida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. 

 

 



                      Sudya:  

                          imzo 

 

 

 



F.I.O.  

 

AJRIM 



(notarial harakatni ta’qiqlash to‘g‘risida) 

 

2014-yil 10-may    



   

 

 



                             Toshkent shahri 

 

Men,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudi 



sudyasi  (F.I.O.)    da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.),  qo‘shimcha  javobgar 

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 1-sonli davlat notarial idorasi notariusi (F.I.O.) ga 

nisbatan  oldi-sotdi  shartnomasini  haqiqiy  emas  deb  topish  haqidagi  da’vo  arizasi 

yuzasidan  yuritilgan  fuqarolik  ishini  sud  muhokamasiga  tayyorlash  jarayonida 

quyidagilarni 

 

Aniqladim: 

Sudga da’vogar (F.I.O.) da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar (F.I.O.) bilan 

2012-yil  18-oktabr  kuni  tuzilib,  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumani  1-sonli  davlat 

notarial idorasi notariusi (F.I.O.) tomonidan rasmiy ro‘yxat kitobiga 3859-raqami bilan 

qayd qilingan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. 

FPKning  248-moddasida  sud  (sudya)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 

arizasiga  binoan  yoki  o‘z  tashabbusi  bilan  da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rishi 

mumkinligi,  da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rmaslik  sud  chiqargan  hal  qiluv 

qarorining  ijrosini  qiyinlashtirsa  yoki  uni bajarib  bo‘lmaydigan  qilib qo‘ysa,  da’voni 

ta’minlashga  yo‘l  qo‘yilishi,  249-moddasining  1-qismida  esa  javobgarga  tegishli 

bo‘lgan va uning o‘zida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulk yoxud pul summasini 

xatlash,  javobgarning  muayyan  harakatlarni  amalga  oshirishni  taqiqlash  da’voni 

ta’minlash bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.   



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

301 


 

Bunday holatda, mazkur nizo hal etilgunga qadar da’voni ta’minlash maqsadida 

javobgar  (F.I.O.)  ga  tegishli  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumani,  Safdosh  ko‘chasi 

17-uyning  12-xonadonga  nisbatan notarial  harakatlarni  amalga  oshirilishini  taqiqlash 

lozim deb hisoblayman. 

Yuqoridagilarga  asosan,  FPKning  159–160-,  237–238-,  248–249-  va  256-

moddalarini qo‘llab, 

 

Ajrim  qilaman: 

 

Javobgar  (F.I.O.)  ga  tegishli  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumani  Safdosh 



ko‘chasi  17-uyning  12-xonadoniga  nisbatan  notarial  harakatlarni  amalga  oshirilishi 

taqiqlansin. 

Ajrim nusxasi ijro etish uchun Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 1-sonli davlat 

notarial idorasiga yuborilsin. 

 

Mazkur  ajrim  ustidan  10  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  fuqarolik  ishlari 



bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudining  sudlov  hay’atiga  xususiy  shikoyat  berilishi  yoki 

xususiy protest keltirilishi mumkin.  

 

 

Sudya:  



                imzo              

 

(F.I.O.)  



 

AJRIM 

(muayyan harakatni ta’qiqlash to‘g‘risida) 

 

2014-yil 20-noyabr   



 

                                               Toshkent shahri 

 

Men,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo 



sudining  sudyasi  (F.I.O.)    arizachi  (F.I.O.)  ning  Yakkasaroy  tumani  “Usmon  Nosir-

Do‘stlik” uy-joy mulkdorlari shirkati raisi (F.I.O.) ning noqonuniy xatti-harakatlariga 

nisbatan  yozgan  arizasi  yuzasidan  yuritilgan  fuqarolik  ishini  sud  muhokamasiga 

tayyorlash jarayonida quyidagilarni 

 

Aniqladim: 

 

Sudga  fuqaro  (F.I.O.)  ariza  bilan  murojaat  qilib,  unda  Yakkasaroy  tumani 



“Usmon  Nosir-Do‘stlik”  uy-joy  mulkdorlari  shirkati  raisi  (F.I.O.)  ning  xatti-

harakatlarini noqonuniy deb topish va unga huquq buzilishi holatlarini bartaraf qilish 

majburiyatini yuklashni so‘ragan. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling