Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63

TELEFONOGRAMMA 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi kotibi 



(F.I.O.) javobgar (F.I.O.) ni 2014-yil dekabr oyning 5-kuni soat 15

00

da fuqarolik ishlari 



bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudi  2-sud  majlislar  zalida 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

311 


 

da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo 

arizasi yuzasidan bo‘lib o‘tadigan sud muhokamasiga javobgar sifatida kelishi haqida 

215-15-15  raqamli  xizmat  telefoni  orqali,  javobgar  (F.I.O.)  ning  115-00-00  raqamli 

qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, ogohlantirdim. 

Telefonogrammani javobgar (F.I.O.) ning shaxsan o‘zi qabul qildi. 

Telefonogramma 2014-yil noyabr oyining 20-kuni soat 15

00

 da berildi. 



 

                       Kotib   

 

 

 



 

 

(F.I.O.)   



 

Toshkent shahar Gulzor ko‘chasi  

55-uy (F.I.O.) ga 

 

TELEGRAMMA 

javobi bilan 

 

2014-yil dekabr oyining 5-kuni soat 15



00

da fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy 

tumanlararo sudiga keling. 

Kelmagan taqdiringizda ish Sizning ishtirokingizsiz ko‘riladi. 

 

     Sudya  



 

 

 



imzo   

 

 



 

(F.I.O.)  

 

 

IV BOB BO‘YICHA ILOVALAR 



 

Ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risidagi ajrim namunasi (bayonnoma 

asosida) 

 

SUD MAJLISI BAYONNOMASI 

 

2014-yil  sentabr  oyining  16-kuni  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 

Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida, ochiq sud majlisida 

Raislik etuvchi: (F.I.O.)   

(F.I.O.) ning kotibligida da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan uyga 

kiritish  haqidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-4863/14-sonli  fuqarolik  ishi 

ko‘rilmoqda. 

Sud majlisi soat 14:00 da boshlanib, 14:05 da tamom bo‘ldi. 

Raislik etuvchi FPKning 163-moddasi tartibida, sud majlisini ochib, qanday ish 

ko‘rilishini e’lon qildi. 

Sud majlisi kotibi sud majlisiga taraflar kelmaganligini ma’lum qildi.  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

312 


 

Raislik etuvchi sud majlisiga taraflar kelmaganligi sababli sud majlisini 2014-yil 

23-sentabr kuni soat 17-45 ga qoldirdi.  

2014-yil 23-sentabr kuni sud majlisi shu tarkibda davom etdi.  

Sud majlisi soat 17:45 da boshlanib, 17:55 da tamom bo‘ldi. 

Sud  majlisi  kotibi  sud  majlisiga  da’vogar  kelganligini,  javobgar  kelmaganligini 

ma’lum qildi.  

Raislik etuvchi sud majlisiga javobgar kelmaganligi sababli sud majlisini 2014-yil 

6-oktabr kuni soat 12-30 ga qoldirdi.  

2014-yil 6-oktabr kuni sud majlisi (F.I.O.) ning kotibligida advokat (F.I.O.) ning 

ishtirokida davom etdi.  

Sud majlisi soat 12:30 da boshlanib, 12:55 da tamom bo‘ldi. 

Sud  majlisi  kotibi  sud  majlisiga  taraflar  kelganligini,  biroq,  qo‘shimcha 

javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)  ,  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)  lar  kelmaganini, 

ularning  ishni  o‘zlarining  ishtirokisiz  ko‘rish  haqidagi  arizalari  kelib  tushganini 

ma’lum qildi. 

Raislik etuvchi arizalarni muhokamaga qo‘ydi. 

E’tirozlar bo‘lmadi. 

Sud o‘z o‘rnida ajrim qildi: 

Mazkur fuqarolik ishi qo‘shimcha javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), 

(F.I.O.) va (F.I.O.) larning ishtirokisiz FPKning 174-moddasiga asosan ko‘rilsin. 

Raislik etuvchi taraflarning shaxsini aniqladi. 

Da’vogar:  (F.I.O.),  1992-yilning  26-aprelida  Toshkent  shahrida  tug‘ilgan, 

millati  o‘zbek,  ma’lumoti  o‘rta-maxsus,  ish  joyi:  Vaqtincha  ishsiz  .Yashash 

joyi: Chilonzor tumani 1-proyezd Mashrab ko‘chasi 59-uy  pasport raqami:SA 

2560761, 2008-yil 8-avgustda Chilonzor tuman IIB tomonidan berilgan. 

Shaxsi bo‘yicha savollar bo‘lmadi. 

Javobgar vakili: (F.I.O.), 1963-yil 22-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati 

o‘zbek,  ma’lumoti  oliy,  ish  joyi:  “Senator  advokat”  advokatlik  firmasida  advokat, 

yashash joyi: Shayxontohur tumani, Uyg‘ur, Bildirish proyezd, 21-uy, guv.№ 1791 

Shaxsi bo‘yicha savollar bo‘lmadi. 

Sud tarkibi e’lon qilindi. 

Raislik etuvchi sud tarkibiga raddiya berish tartibini tushuntirdi. 

Sud tarkibiga raddiyalar bo‘lmadi. 

Raislik  etuvchi  FPKning  34–40-moddalariga  asosan  tomonlarning  protsessual 

huquq va majburiyatlarini  tushuntirdi. 

Taraflar: protsessual huquq va majburiyatlarim tushunarli. 

Da’vo ariza o‘qib eshittirildi. 

Da’vogar: da’voni quvvatlayman. 

Javobgar vakili: da’voni tan olmaymiz. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

313 


 

Da’vogar  ko‘rsatmasi: 

Da’vo  arizani  quvvatlayman,  men  javobgar  bilan  2011-yilning  5-oktabrida 

qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurganman,  birgalikdagi  turmushimizdan  bir  nafar 

2012-yil  19-oktabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli  farzandimiz  bor.  Men  kelin  bo‘lib, 

Toshkent  shahar  Olmazor  tumani  General  G‘ofurov  ko‘chasi  56-uyga  tushganman, 

men  javobgar  (F.I.O.)  ning  boshqa  ayol  (F.I.O.)  bilan  yetti  yildan  beri  birga  yashab 

kelayotganini  bilib  qoldim,  buni  qaynotam  va  qaynonam  ham  bilar  ekanlar,  ular 

bundan  xabardor  bo‘la  turib  meni  kelin  qilishgan,  javobgar  menga  doim  ket  deb, 

xo‘rlab  kelgan,  2014-yil  may  oyida  javobgar  (F.I.O.)  meni  boshqa  sen  bilan 

yashamayman  deb  uydan  haydab  yubordi,  uydan  ketayotganimda  qaynonam  menga 

to‘yda  hadya  qilingan  tilla  buyumlarni,  ya’ni  tilla  zirak,  uzuk,  taqinchoqlarni  olib 

qo‘ydi,  men  suddan  shu  buyumlarni  undirib  berishni  va  men  kelin  bo‘lib  tushgan 

xonadonga farzandim bilan birga kiritib qo‘yishingizni so‘rayman. 

Raislik etuvchining savoliga da’vogarning javobi: 

2014-yil 7-mayda uydan chiqib ketdim, meni uydan haydab yuborishdi, shu yili 

yanvarda  onkologiyada  davolanib  chiqdim.  Shundan  beri  bir  marta  ham  bolasidan 

xabar olmagan,  menga  doim  e’tiborsiz bo‘lgan,  jerkib  muomala  qilardi.  Nizoli uyda 

qaynotam  (F.I.O.)  ,  qaynonam  (F.I.O.),  erimning  akalari  yashashadi.  Men  hozirgi 

kunda  otamning uylarida  Chilonzorda  yashayman.  Yanvarda  onamning uyida  3 kun 

davolandim, keyin fevralda yana uyga keldim. Mening yashashga boshqa joyim yo‘q, 

ota-onamning uyida ikkita ukam bor, menga va farzandimga ham yashashi uchun joy 

kerak. 

Savollar bo‘lmadi. 



Javobgar vakili (F.I.O.): Men javobgar (F.I.O.) bilan bugun shartnoma tuzganim 

uchun  ish  hujjatlari  bilan  tanishishga  ulgurmadim,  shu  sababli    suddan  ish  hujjatlari 

bilan  tanishib  chiqishim  uchun  ishni  ko‘rishni  boshqa  kunga  qoldirishni  so‘rab  o‘z 

arizamni taqdim qilaman.  

Raislik etuvchi arizani muhokamaga qo‘ydi. 

E’tirozlar bo‘lmadi.  

Raislik etuvchi o‘z joyida ajrim qildi: sud majlisi 2014-yil 20-oktabr kuni soat 12-

30 ga qoldirildi. 

2014-yil 20-oktabr kuni sud majlisi shu tarkibda davom etdi.  

Sud majlisi soat 12:30 da boshlanib, 12:55 da tamom bo‘ldi. 

Sud majlisi kotibi sud majlisiga da’vogar vakili va javobgar vakili kelganligini va 

da’vogar  vakili  tomonidan  turarjoydan  foydalanish  huquqini  belgilash  haqida 

qo‘shimcha da’vo ariza taqdim qilinganini ma’lum qildi.  

Sud majlisi kotibi sud majlisiga taraflar kelganligini ma’lum qildi. 

Raislik etuvchi da’vogar vakilining shaxsini aniqladi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

314 


 

Da’vogar:  (F.I.O.),  1961-yilda  Toshkent  shahrida  tug‘ilgan,  millati  o‘zbek, 

ma’lumoti oliy, ish joyi: Xususiy tadbirkor .Yashash joyi: Chilonzor tumani 1-proyezd 

Mashrab ko‘chasi 59-uy.  

Shaxsi bo‘yicha savollar bo‘lmadi. 

Raislik etuvchi sud tarkibiga raddiya berish tartibini tushuntirdi. 

Sud tarkibiga raddiyalar bo‘lmadi. 

Raislik  etuvchi  O‘zbekiston  Respublikasi  FPKning  3440-moddalariga  asosan 

tomonlarning protsessual huquq va majburiyatlarini  tushuntirdi. 

Da’vogar vakili: protsessual huquq va majburiyatlarim tushunarli. 

Qo‘shimcha da’vo ariza o‘qib eshittirildi. 

Da’vogar vakili: qo‘shimcha da’vo arizani quvvatlayman. 

Javobgar vakili: qo‘shimcha da’vo arizani tan olmayman. 

Da’vogar vakili ko‘rsatmasi: 

Men  qo‘shimcha  da’vo  arizasini  quvvatlayman,  qizim  (F.I.O.)  2011-yil  5-

oktabrdan 2014-yil may oyiga qadar Olmazor tumani General G‘ofurov ko‘chasi 56-

uyda  yashab  kelgan,  lekin  javobgar  va  uning  ota-onasi  har  xil  bahonalar  bilan  shu 

manzilga  da’vogarni  ro‘yxatga  qo‘yishdan  bosh  tortib  kelishgan,  da’vogar  hozirgi 

kunga qadar mening uy manzilimda ro‘yxatda turibdi, shu sababli suddan da’vogar va 

bir nafar voyaga yetmagan 2012-yil 19-oktabrda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandining 

Olmazor tumani, General G‘ofurov ko‘chasi 56-uydan foydalanish huquqini belgilab 

berishni so‘rayman. 

Javobgar vakilining ko‘rsatmasi: 

Men da’vogarning da’vo va qo‘shimcha talablarini tan olmayman. Da’vogar va 

javobgar  2011-  yil  5-oktabrda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurgan,  birgalikdagi 

turmushidan  bir  nafar  2012-yil  19-oktabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli  farzandi  bor. 

Da’vogarni  uydan  hech  kim  haydamagan,  lekin  uning  nizoli  xonadonga  kirib 

yashashiga javobgar qarshi, shu sababli da’vo arizasini rad etishni so‘rayman. 

Savollar bo‘lmadi. 

Raislik  etuvchi  o‘z  joyida  ajrim  qildi:  nizoli  uy  hujjatlari  olinishi  va  uchinchi 

shaxslar jalb qilinishi munosabati bilan sud majlisi 2014-yil 21-oktabr kuni soat 16-30 

ga qoldirdi. 

2014-yil 21-oktabr kuni sud majlisi shu tarkibda davom etdi.  

Sud majlisi soat 16:30 da boshlanib, 17:00 da tamom bo‘ldi. 

Sud majlisi kotibi sud majlisiga taraflar kelganligini ma’lum qildi.  

Qo‘shimcha bo‘lmadi.  

Sud ish hujjatlarini taftish qilishga o‘tdi.  

davlat boji kvitansiyasi. 

da’vo ariza. 

nikoh guvohnomasi nusxasi. 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

315 


 

tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi. 

pasport nusxasi. 

ishonchnoma. 

mahalladan ma’lumotnoma.  

Qo‘shimchalar bo‘lmadi.  

Raislik etuvchi ish ko‘rish mazmunan yakunlanganligini ma’lum qildi.     

Sud taraflar muzokarasiga o‘tdi. 

Da’vogar vakili fikri: Da’vo arizani qanoatlantirishingizni so‘rayman. 

Javobgar vakili fikri:  Da’vo arizani rad qilishingizni so‘rayman. 

Raislik  etuvchi  alohida  xonaga  kirdi,  alohida  xonadan  chiqib,  sirtdan  hal  qiluv 

qarorini o‘qib eshittirdi. Hal qiluv qarori ustidan shikoyat keltirish hamda sud majlisi 

bayonnomasi bilan tanishib chiqish muddati va tartibi tushuntirildi.  

          Sud majlisi yopiq deb e’lon qilindi.  

 

          Raislik etuvchi:  



 

                                           (F.I.O.)  

 

          Kotib:   



 

 

 



 

 (F.I.O.)                               

 

Er-xotinni yarashtirish maqsadida muhlat belgilash va ish ko‘rilishini 

keyinga qoldirish haqidagi ajrim namunasi 

 

AJRIM 

(yarashish uchun muddat berish va ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risida) 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudi 2014-



yil  27-sentabr  kuni  ochiq  sud  majlisida,  raislik  etuvchi  (F.I.O.),  (F.I.O.)  ning 

kotibligida,  da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  nikohdan  ajratish 

haqidagi  da’vo  arizasi  yuzasidan  yuritilgan  1-4021/14-sonli  fuqarolik  ishini  ko‘rib 

chiqib, quyidagilarni  

 

Aniqladi: 

Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo 

arizasi bilan sudga murojaat etgan. 

Aniqlanishicha, taraflar (F.I.O.) va (F.I.O.) 7-iyul 2014-yil kuni oila qurganlar va 

ular  o‘rtasidagi  qonuniy  nikoh  Toshkent  shahar  Mirzo  Ulug‘bek  tuman  FHDYo 

bo‘limi tomonidan 585-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qayd qilingan.  

Taraflarning birgalikdagi turmushlaridan farzandlari yo‘q. 

Da’vogarning  ko‘rsatmasidan  aniqlanishicha,  taraflar  o‘rtasidagi  er-xotinlik 

munosabatlari tugatilgan. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

316 


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  41-moddasiga  asosan  sud  er-

xotinning birgalikdagi yashashi va oilani saqlab qolish imkoniyati qolmagan hollarda, 

sud ularning nikohini bekor qiladi. 

Da’vogar va guvoh bayonotlarini tinglab, ish materiallari bilan tanishib, sud er-

xotinning kelgusida birgalikda yashashi mumkin deb hisoblaydi, shuning uchun oilani 

saqlab qolish maqsadida er-xotinga yarashib olish uchun muddat tayinlashi lozim. 

Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 4041-moddalari hamda 

FPKning 237238-moddalariga asosan, sud  

 

Ajrim  qiladi: 

 

Da’vogar (F.I.O.) va javobgar (F.I.O.)ga yarashishlari uchun 3 (uch) oy muhlat 



tayinlansin.  

Ishni  sud  majlisida  ko‘rish  2014-yil  dekabr  oyining  27-kuni  soat  10-00  ga 

qoldirilsin. 

 

Raislik etuvchi:  



imzo 

                   (F.I.O.)  

 

Prokuror fikri namunasi 

 

2014-yil 21-oktabr 



№ 319                                                                                        Fuqarolik ishlari 

bo‘yicha Toshkent shahar  

Shayxontohur tumanlararo sudiga 

 

PROKUROR FIKRI 



(FPKning 199-moddasiga asosan

 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Shayxontohur  tumanlararo  sudi 

da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  Malaka  oshirish  markaziga  nisbatan  buyruqni 

g‘ayriqonuniy deb topish, ishga tiklash, majburiy progul vaqti uchun ish haqi undirish 

haqidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-4123/14-sonli  fuqarolik  ishini  ko‘rib 

chiqmoqda. 

Mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha FPKning 199-moddasiga asosan quyidagi fikrlarni 

bildiraman: 

O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksining  182-moddasi  2-bandiga  binoan, 

intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab 

qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir 

qilgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi. Shuningdek, 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

317 


 

mazkur  moddaning  5-bandida  intizomiy  jazo  bevosita  nojo‘ya  xatti-harakat 

aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal 

yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi 

deb belgilangan bo‘lib, (F.I.O.)ga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilishida ushbu qonun 

talablari qo‘pol ravishda buzilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  MKning  111-moddasiga  asosan,  mehnat  shartnomasi 

g‘ayriqonuniy  ravishda  bekor  qilingan  yoki  xodim  g‘ayriqonuniy  ravishda  boshqa 

ishga  o‘tkazilgan  hollarda,  u  ish  beruvchining  o‘zi,  sud  yoki  boshqa  vakolatli  organ 

tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim. 

Nizoni  ko‘rish  vaqtida  ish  beruvchiga  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  yoki 

xodimni boshqa ishga o‘tkazishning asosliligini isbotlab berish mas’uliyati yuklatiladi. 

Mazkur holatlardan ko‘rinishicha, Malaka oshirish markazi direktorining 2014-yil 

25-iyundagi  374-K  sonli  buyrug‘i  berilgan  paytda  (F.I.O.)  mehnatga  qobiliyatsizlik 

davrida  bo‘lganligi  sababli  da’vogar  bilan  mehnat  shartnomasi  mehnat  qonunchiligi 

talablariga zid ravishda bekor qilingan.  

Ko‘rsatilgan  qonun  talablari  va  aniqlangan  holatlardan  kelib  chiqqan  holda 

da’vogar  (F.I.O.)ning  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  haqidagi  buyruqni 

g‘ayriqonuniy deb topish va bekor qilish, ishga tiklash to‘g‘risidagi da’vo talablarini 

qanoatlantirishni, Malaka oshirish markazi direktorining 25-iyun 2014-yildagi 374-K-

sonli buyrug‘ini g‘ayriqonuniy deb topishni va bekor qilishni, (F.I.O.)ni ishga tiklashni 

lozim deb hisoblayman. 

Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksining  112-moddasiga 

ko‘ra,  ishga  tiklanganida  ish  beruvchiga  xodimga  yetkazilgan  zararni  qoplash 

majburiyati  yuklatiladi.  Zararni  qoplash:  majburiy  progul  vaqti  uchun  haq  to‘lash 

shartligidan,  mehnat  shartnomasi  bekor  qilinganligi  yoki  xodim  boshqa  ishga 

o‘tkazilganligi  ustidan  shikoyat  qilish  bilan  bog‘liq  qo‘shimcha  xarajatlar,  ma’naviy 

zarar uchun kompensatsiya to‘lashdan iboratdir. 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  ishga  tiklash  to‘g‘risidagi  da’vo  talablari  qanoatlantirilsa, 

uning  majburiy  progul  uchun  ish  haqi  undirish  haqidagi  da’vo  talablarini  ham 

qanoatlantirish lozim deb hisoblayman. 

 

Olmazor tumani prokurori: 



 

                     imzo                                   

 

   (F.I.O.)  



 

 

 



 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

318 


 

Davlat boshqaruvi organlarining xulosasi namunasi 

 

Toshkent shahar Shayhontohur tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini 

metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi 

 

2014-yil 25-avgust   



 

 

                             Toshkent shahar  



10/600-sonli 

 

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Tinchlik ko‘chasi 12-uyda vaqtincha 



yashovchi (F.I.O.) hamda Shayxontohur tumani Navro‘z ko‘chasi 14-uyda vaqtincha 

yashovchi fuqaro (F.I.O.)larning yashash sharoitlarini o‘rganish yuzasidan tuzilgan 

dalolatnoma va xulosa 

 

Toshkent  shahar  Shayhontohur  tumani  Xalq  ta’limi  muassasalari  faoliyati 



metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha 

mutaxassisi (F.I.O.) tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo 

sudining ajrimiga asosan, Shayxontohur tumani Tinchlik ko‘chasi 12-uyda vaqtincha 

yashovchi (F.I.O.) hamda Shayxontohur tumani Navro‘z ko‘chasi 14-uyda vaqtincha 

yashovchi  fuqaro  (F.I.O.)larning  yashash  sharoitlari  o‘rganildi  va  quyidagilar 

aniqlandi: 

(F.I.O.)  kelinoyisining  nomiga  rasmiylashtirilgan  3  sotixli  5  xonali  xonadonda 

kelinoyisi, uning turmush o‘rtog‘i va bir nafar voyaga yetmagan farzandi (F.I.O.) bilan 

birgalikda  istiqomat  qiladi.  Turmush  o‘rtog‘i  bilan  nikohdan  ajrashmoqchi  bo‘lib 

sudga da’vo arizasi berganligini, uning da’vo arizasi rad etilganligini, o‘rtalarida ikki 

nafar farzandi borligini katta farzandi voyaga yetmagan (F.I.O.)ni oxirgi bir yil ichida 

umuman  ko‘rsatishmaganligini,  shu  sababli  suddan  bolalarini  o‘zining  yashash  joyi 

bo‘yicha belgilashini suddan so‘raganligini ma’lum qildi. Hozirda u restoranda idish 

yuvuvchi  bo‘lib  ishlab  kelayotganligini,  uyda  bolalar  uchun  barcha  shart-sharoitlar 

mavjudligini  ta’kidladi.  Xonadon  issiq  suv,  elektr  energiyasi  va  gaz  bilan 

ta’minlangan. 

(F.I.O.)  tanishi  (F.I.O.)  nomiga  rasmiylashtirilgan  bir  xonalik  xonadonda  o‘zi, 

singlisi va bir nafar voyaga yetmagan farzandi (F.I.O.) bilan birga yashab kelmoqda. 

Xonadonda DVD apparati, muzlatgich, televizor mavjud bo‘lib, bolalar uchun boshqa 

shart-sharoitlar  yaratilgan.  Xonadon  issiq  suv,  elektr  energiyasi  va  gaz  bilan 

ta’minlangan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  75-moddasida:  “Ota-onalik  huquqi 

bolalar manfaatlariga zid tarzda amalga oshirilishi mumkin emas. Bolalar manfaatlarini 

ta’minlash ota-ona g‘amxo‘rligining asosini tashkil qilishi lozim. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

319 


 

Ota-onalik  huquqini  amalga  oshirishda  ota-ona  bolalarining  jismoniy  va  ruhiy 

sog‘lig‘iga,  axloqiy  kamolotiga  zarar  yetkazishga  haqli  emas.  Bolalarni  tarbiyalash 

usullari mensimaslik, shafqatsizlik, qo‘pollikdan, insoniy qadr-qimmatni kamsituvchi 

muomaladan, bolalarni haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishdan xoli bo‘lishi kerak. 

O‘z ota-onalik huquqini bolalarining huquq va manfaatlariga zid tarzda amalga 

oshirayotgan ota-ona qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 

Bolalarning  ta’lim-tarbiyasiga  taalluqli  barcha  masalalar  bolalar  manfaatidan 

kelib  chiqqan  va  ularning  fikrini  hisobga  olgan  holda,,,  ota-ona  tomonidan  o‘zaro 

kelishuv asosida hal etiladi. Agar ota-ona o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, 

ular  (ulardan  biri)  bu  kelishmovchiliklarni  hal  qilish  uchun  vasiylik  va  homiylik 

organiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir. 

Ota-ona  alohida  yashaganda  bolalarning  qayerda  yashashi  ota-onaning 

kelishuviga  binoan  belgilanadi.  Ota-ona  o‘rtasida  kelishuv  bo‘lmasa,  nizo  sud 

tomonidan bolalar manfaatlaridan kelib chiqib, ularning fikrini hisobga olgan holda hal 

etiladi.  Bunda  sud,  bolaning  ota-onadan,  aka-uka,  opa-singillaridan  qaysi  biriga 

bog‘lanib  qolganligini,  bolaning  yoshini,  ota-onasining  axloqiy  va  boshqa  shaxsiy 

fazilatlarini,  ota-onaning  har  biri  bilan  bola  o‘rtasidagi  munosabatlarni,  bolani 

tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining mashg‘ulot turi, ish 

tartibi,  moddiy  hamda  oilaviy  ahvoli  va  boshqalar)  yaratish  imkoniyatini  hisobga 

olidi”, – deb belgilangan. 

Yuqoridagi  ma’lumotlarga  asoslangan  holda,  2008-yil  15-yanvarda  tug‘ilgan 

voyaga yetmagan farzandi (F.I.O.) va 2010-yil 15-fevralda tug‘ilgan voyaga yetmagan 

farzandi (F.I.O.)larning yashash joyini belgilash to‘g‘risidagi da’vo arizasini hal etishda 

ota-onalarning  o‘rtasida  o‘zaro  nizo  borligi  sababli  ularning  yashash  joyini  belgilash 

masalasini sudga havola etishlik maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

 

Shayxontohur tumani XTMFMTTE  



bo‘limi mudiri:                                                     imzo                              (F.I.O.)  

 

Bolalarni ijtimoiy himoya  



qilish bo‘yicha mutaxassi:                                               imzo                (F.I.O.)  


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling