Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63

 

 

 

 

 

 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

320 


 

Hal qiluv qarori namunasi 

 

 

HAL  QILUV  QARORI 

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  NOMIDAN 

 

2013-yil  23-may  kuni  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Mirobod 

tumanlararo sudi o‘z binosida, raislik etuvchi sudya (F.I.O.), (F.I.O.)ning kotibligida, 

advokat  (F.I.O.)ning  ishtirokida,  da’vogar  Toshkent  shahar  Mirobod  tuman 

prokurorining (F.I.O.), (F.I.O.)larning manfaatini ko‘zlab, javobgar (F.I.O.) ga nisbatan 

yetkazilgan moddiy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi, da’vogar (F.I.O.)ning 

javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  jinoyat  natijasida  yetkazilgan  moddiy  va  ma’naviy 

zararni  undirish  to‘g‘risidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  birlashtirilgan  1-1501/13-sonli 

fuqarolik ishini ochiq sud majlisida ko‘rib, quyidagilarni  

 

Aniqladi: 

Da’vogar Mirobod tuman prokurori fuqarolar (F.I.O.), (F.I.O.)larning manfaatini 

ko‘zlab, javobgar (F.I.O.) ga nisbatan yetkazilgan moddiy zararni undirish to‘g‘risidagi 

da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. 

Shuningdek,  sudga  da’vogar  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  jinoyat 

natijasida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi 

bilan murojaat qilgan.  

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Mirobod  tumanlararo  sudining  2013-yil  3-maydagi 

ajrimi bilan har ikkala fuqarolik ishi bitta ishga birlashtirilgan. 

Sud majlisida Mirobod tuman prokurori yordamchisi (F.I.O.) da’voni quvvatlab, 

javobgar  (F.I.O.)    2012-yilning  yanvar  oylari  boshida  (F.I.O.)ning  ishonchiga  kirib, 

aldab  unga  tegishli  12.825.000  so‘mlik  mulkini  sotib  berishni  va’da  qilib,  moddiy 

boyliklarni  qo‘lga  kiritib,  bergan  va’dasini  bajarmasdan  pullarni  o‘z  ehtiyojlariga 

ishlatib yuborib hamda (F.I.O.)ga tegishli 350.000 so‘mlik mulkini qo‘lga kiritib, sotib 

berishni  va’da  qilib,  va’dasini  bajarmasdan  pullarni  o‘z  ehtiyojlari  uchun  ishlatib 

yuborib,  O‘zbekiston  Respublikasi  JKning  168-moddasi  2-qismi  “a”  bandida 

ko‘rsatilgan  jinoyatni  sodir  qilganligini,  Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  Mirobod  tumani 

sudining  2012-yil  3-yanvardagi  ajrimiga  asosan  (F.I.O.)ga  nisbatan  qo‘zg‘atilgan 

jinoyat  ishi  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Senatining  2012-yil  5-dekabrdagi 

Amnistiya  to‘g‘risidagi  qarorining  6-bandiga  asosan  tugatilganligi  va  taraflarga 

yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish 

huquqi tushuntirilganligini, ajrim qonuniy kuchda ekanligini bildirib, javobgar (F.I.O.) 

dan (F.I.O.)ning foydasiga 12.825.000 so‘m va (F.I.O.)ning foydasiga 350.000 so‘m 

miqdordagi moddiy zararni undirishni so‘radi.  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

321 


 

Sud  majlisida  da’vogar  (F.I.O.)  da’vo  talablarini  quvvatlab,  (F.I.O.)  uni  aldab 

unga  tegishli  bo‘lgan  jami  12.825.000  so‘mlik  mulkini  sotib  berishga  va’da  qilib 

olganligini,  va’dasini  bajarmasdan  pullarini  ham,  mulkini  ham  qaytarib 

bermaganligini,  umumiy  zarardan  2.000.000  so‘mini  qaytarib  olganligini,  qolgan 

10.825.000  so‘mlik  zarar  qoplanmaganligini  ko‘rsatib,  ushbu  summani  undirib 

berishni so‘radi. 

Sudga  mustaqil  talab  bilan  arz  qiluvchi  3-shaxs  (F.I.O.)  yozma  ariza  bilan 

murojaat qilib, unda sog‘lig‘i sababli sud majlisida ishtirok eta olmasligini, fuqarolik 

ishini  o‘zining  ishtirokisiz  ko‘rilishini  so‘ragan.  Ushbu  holatda  sud  FPKning  174-

moddasiga  asosan,  fuqarolik  ishini  3-shaxs  (F.I.O.)ning  ishtirokisiz  ko‘rib  chiqishni 

lozim topadi.  

Oldingi sud majlislarida javobgar (F.I.O.) da’vo arizasini tan olmasdan, da’vogar 

(F.I.O.)  uning  uyiga  bir  tanishi  bilan  fol  ochirish  uchun  kelganini,  shunda  Turkiya 

davlatiga  borib narsa  olib kelaman,  deb  aytganini, shundan  keyin unga narsalaringiz 

bo‘lsa sotib beraman deb aytganini, da’vogar (F.I.O.) uning uyiga taqinchoq va kiyim-

kechaklarlarni keltirib tashlaganini, kasalxonada yotgan paytida ham uyiga narsalarni 

keltirib  tashlaganini,  lekin  olgan  narsalarning  aksariyatini  qaytarganini,  qarzini 

qaytarganini, qancha pulni qaytarganini bilmasligini, qarzlarini qaytarganini ko‘rsatib, 

suddan da’voni rad qilishni so‘ragan. 

Oxirgi  sud  majlisining  joyi  vaqti  to‘g‘risida  tegishli  tartibda  ogohlantirilgan 

bo‘lishiga qaramasdan sudga kelmadi, kelmaslik sabablari haqida ma’lumot bermadi, 

bu  sabablarning uzrliligiga  dalillar taqdim  etmadi.  Bunday  holatda  sud  javobgarning 

kelmaganlik  sabablari  haqida  ma’lumot  yo‘qligi  sababli  sud  uning  kelmaganlik 

sabablarini  uzrsiz  deb  topadi  va  javobgar  ish  yuritilishini  qasddan  cho‘zayotgan  deb 

hisoblaydi. Shu sababli sud ishni javobgarga nisbatan FPKning 174-moddasi talabiga 

binoan ko‘rib chiqishni lozim deb topadi. 

Sud  da’vogarlarning  da’vo  yuzasidan  bayonotlarini  eshitib,  fuqarolik  ishi 

hujjatlari  bilan  tanishib  va  ish  materiallarini  tahlil  qilib,  quyidagi  asoslarga  ko‘ra, 

da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni lozim deb topadi. 

FKning  985-moddasiga  asosan,  g‘ayriqonuniy  harakat  (harakatsizlik)  tufayli 

fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek, yuridik shaxsga 

yetkazilgan zarar, shu jumladan, boy berilgan foyda zarar yetkazgan shaxs tomonidan 

to‘liq hajmda qoplanishi lozim. 

Aniqlanishicha,  Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  Mirobod  tuman  sudining  2012-yil  3-

yanvardagi ajrimiga asosan, (F.I.O.)ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-

moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi 

Oliy  Majlis  Senatining  2012-yil  5-dekabrdagi  Amnistiya  to‘g‘risidagi  qarorining  6-

bandiga  asosan tugatilgan va  taraflarga  yetkazilgan  zararni undirish  haqida  fuqarolik 

ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

322 


 

FPKning 60-moddasi 2-, 3-qismlariga asosan, bir fuqarolik ishi bo‘yicha sudning 

qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan faktlar o‘sha shaxslar ishtirok 

etayotgan boshqa fuqarolik ishlarini ko‘rayotganda yangidan isbot qilinmaydi. 

Jinoyat  ishi  bo‘yicha  qonuniy  kuchga  kirgan  sud  hukmi  sud  tomonidan  hukm 

etilgan  shaxs  harakatlarining  fuqarolik-huquqiy  oqibatlari  to‘g‘risidagi  ishni  ko‘rib 

chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va 

ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilgan yoki etilmaganligi masalalari yuzasidangina 

majburiydir. 

Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2007-yil  2-

oktabrdagi  “Fuqarolik  ishlarini  ko‘rishda  sudlar  tomonidan  dalillarga  oid  qonun 

normalarini  qo‘llashning  ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi  qarorining  4-bandiga  ko‘ra, 

ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarori hamda 

jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi tergov organi va sud ajrimida 

qayd  etilgan  holatlar  shu  bilan  bog‘liq  fuqarolik  ishi  ko‘rib  chiqilishida  qayta 

isbotlashni talab qilmaydi. 

Ish  hujjatlariga  ko‘ra,  (F.I.O.)  2012-yilning  yanvar  oylari  boshida  (F.I.O.)ning 

ishonchiga kirib, aldab unga tegishli 12.825.000 so‘mlik mulkini sotib berishni va’da 

qilib,  moddiy  boyliklarni  qo‘lga  kiritib,  bergan  va’dasini  bajarmasdan  pullarni  o‘z 

ehtiyojlariga ishlatib yuborib hamda (F.I.O.)ga tegishli 350.000 so‘mlik mulkini qo‘lga 

kiritib, sotib berishni va’da qilib, va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun 

ishlatib yuborib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandida 

ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan.  

Sud  majlisi  jarayonida  aniqlanishicha,  javobgar  tergov  va  sud  jarayonida 

(F.I.O.)ga  yetkazilgan  moddiy  zararning  2.000.000  so‘mini  qoplagan  va  bugungi 

kunda 10.825.000 so‘m miqdordagi zarar qoplanmagan.  

Sud  yuqoridagi  qonun  talablari  va  aniqlangan  holatlardan  kelib  chiqib,  moddiy 

zararni  undirish  haqidagi  Mirobod  tuman  prokurorining  da’vo  talablarini  qisman  va 

da’vogar (F.I.O.)ning da’vo talabini qanoatlantirishni va javobgar (F.I.O.)dan da’vogar 

(F.I.O.)ning  foydasiga  10.825.000  so‘m,  (F.I.O)ning  foydasiga  350.000  so‘m 

undirishni lozim topadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  FKning  1021-moddasi  1-qismi  talabiga  muvofiq, 

ma’naviy  zarar  uni  yetkazuvchining  aybi  bo‘lgan  taqdirda,  zarar  yetkazuvchi 

tomonidan qoplanadi. 

Mazkur  moddaning  2-qismi  1-bandiga  asosan,  zarar  fuqaroning  hayoti  va 

sog‘lig‘iga  oshiqcha  xavf  manbai  tomonidan  yetkazilgan  bo‘lsa,  ma’naviy  zarar  uni 

yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, qoplanadi. 

Ushbu Kodeksning 1022-moddasining 2-qismiga ko‘ra, ma’naviy zararni qoplash 

miqdori  jabrlanuvchiga  yetkazilgan  jismoniy  va  ma’naviy  azoblarning  xususiyatiga, 

shuningdek,  ayb  tovon  to‘lashga  asos  bo‘lgan  hollarda  zarar  yetkazuvchining  aybi 

darajasiga  qarab  sud  tomonidan  aniqlanadi.  Zararni  qoplash  miqdorini  aniqlashda 

oqilonalik va adolatlilik talablari e’tiborga olinishi lozim. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

323 


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2000-yil  28-apreldagi 

“Ma’naviy  zararni  qoplash  haqidagi  qonunlarni  qo‘llashning  ayrim  masalalari 

to‘g‘risida”gi  17-sonli  qarori  2-bandining  1-qismida  ko‘rsatilishicha,  ma’naviy  zarar 

deganda  jabrlanuvchiga  qarshi  sodir  etilgan  huquqbuzarlik  harakati  (harakatsizlik) 

oqibatida u boshidan kechirgan (o‘tkazgan) ma’naviy va jismoniy (kamsitish, jismoniy 

og‘riq,

 

zarar ko‘rish, noqulaylik va boshqa) azoblar tushuniladi. 



Sud yuqoridagi qonun talabi va Oliy  Sud Plenumining tushuntirishlaridan kelib 

chiqib,  oqilonalik  va  adolatlilik  tamoyillariga  amal  qilib,  jismoniy  va  ma’naviy 

azoblarning  xususiyati,  ma’naviy  zarar  yetkazilgan  haqiqiy  holatlar  va 

jabrlanuvchining  shaxsiy  xususiyatlarini  aniqlab,  javobgar  (F.I.O.)ning  jinoyat  sodir 

qilgani  sud  hukmi  bilan  o‘z  tasdig‘ini  topganligi  sababli,  ma’naviy  zararni  300.000 

so‘m deb baholab, uni javobgar (F.I.O.)dan da’vogar (F.I.O.)ning foydasiga undirishni 

lozim topadi. 

Sud  da’vo  talablarini  qanoatlantirish  bilan  bir  qatorda,  FPKning  120-moddasi 

talablari  asosida  javobgar  (F.I.O.)dan  davlat  foydasiga  moddiy  zararni  undirish 

haqidagi  talab  yuzasidan  2.165.000  so‘m,  ma’naviy  zararni  undirish  haqidagi  talab 

yuzasidan 39800 so‘m -- jami 2.204.800 so‘m davlat boji undirishni lozim deb topadi. 

Yuqoridagilarni  inobatga  olib, FKning 985-, 1021-1022-moddalari  va  FPKning 

60-, 120-, 174-, 203–206-moddalariga asosan, sud 

 

Qaror  qiladi: 

 

Da’vogar  Toshkent  shahar  Mirobod  tuman  prokurorining  (F.I.O.),  (F.I.O.)ning 



manfaatini ko‘zlab, javobgar (F.I.O.)ga nisbatan yetkazilgan moddiy zararni undirish 

to‘g‘risidagi da’vo arizasi qisman qanoatlantirilsin. 

Da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan jinoyat natijasida yetkazilgan 

moddiy va ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin. 

Javobgar  (F.I.O.)dan  da’vogar  (F.I.O.)  foydasiga  yetkazilgan  moddiy  zararni 

qoplash uchun 10.825.000 (o‘n million sakkiz yuz yigirma besh ming) so‘m, (F.I.O.) 

foydasiga 350.000 (uch yuz ellik ming) so‘m undirilsin.  

Javobgar (F.I.O.)dan davlat foydasiga  2.204.800 (ikki million ikki yuz to‘rt ming 

sakkiz yuz) so‘m davlat boji undirilsin. 

Hal qiluv qaroridan norozi tomon 20 kunlik muddat ichida shu tumanlararo sudi 

orqali Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat 

yoki protest keltirish huquqiga ega. 

 

Raislik etuvchi:  



                                              imzo                              (F.I.O.)  

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

324 


 

Qo‘shimcha hal qiluv qarori namunasi 

 

QO‘SHIMCHA HAL QILUV QARORI 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN 

 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Mirobod  tumanlararo  sudi  2014-yil 



fevral  oyining  17-kunida,  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida,  raislik  etuvchi  sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan 

aliment undirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan 1-1263/14-sonli fuqarolik 

ishi  yuzasidan  sud  o‘z  tashabbusiga  ko‘ra  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarori  chiqarish 

masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

Sudga da’vogar (F.I.O.)  javobgar (F.I.O.)ga nisbatan o‘z ta’minoti uchun va bola 

voyaga  yetgunga  qadar  aliment  undirish  haqidagi  da’vo  arizasi  bilan  murojaat  qilib, 

unda, javobgar (F.I.O.)  bilan 2011-yil 13-avgustda qonuniy nikohdan o‘tib turmush 

qurganligini,  birgalikdagi  turmushidan  bir  nafar  04.01.2012  yilda  tug‘ilgan  (F.I.O.) 

ismli  farzandi  borligini,  o‘zaro  kelishmovchiliklar  sababli  2013-yil  22-sentabrdan 

buyon  javobgar  bilan  birga  yashamasligini,  farzandi  uning  qaramog‘ida  ekanligini, 

javobgar  unga  va  farzandiga  moddiy  yordam  bermayotganligini,  hozirda  onasining 

qaramog‘ida 

ekanligini,  hech 

qayerda 

ishlamasligini, 

moddiy 

tomondan 



qiynalayotganligini  bayon  qilib,  javobgardan  o‘zining  ta’minoti  uchun  (F.I.O.)  ismli 

farzandi  uch  yoshga  to‘lgunga  qadar  har  oyda  300.000  so‘mdan  aliment  va  bola 

voyaga yetgunga qadar aliment undirishni so‘ragan.  

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudining 2014-

yil 12-fevraldagi hal qiluv qarori bilan da’vo arizasi qanoatlantirilgan. 

Javobgar  (F.I.O.)dan  da’vogar  (F.I.O.)ning  foydasiga  ularning  2012-yil  4-

yanvarda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli  farzandi  uch  yoshga  to‘lgunga  qadar  2014-yil  23-

yanvardan  boshlab  har  oyda  qat’iy  summada  100.000  (yuz  ming)  so‘mdan  aliment 

undirilgan. 

Javobgar  (F.I.O.)dan  davlat  foydasiga  60.000  (oltmish  ming)  so‘m  miqdorida 

davlat boji undirilgan. 

Sud fuqarolik ishi materillarini tahlil qilib, quyidagi asoslarga ko‘ra qo‘shimcha 

hal qiluv qarori chiqarishni lozim deb topadi. 

FPKning  214-moddasining  1-qismi  1-bandiga  asosan,  huquq  to‘g‘risidagi 

masalani hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, topshirilishi lozim bo‘lgan mulkni 

yoki javobgar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa, ish bo‘yicha 

hal qiluv qarori chiqargan sud ishda ishtirok etayotgan shaxslarning arizalariga ko‘ra 

yoki o‘z tashabbusi bilan qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

325 


 

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96-moddasiga ko‘ra, ota-ona voyaga 

yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila kodeksining  99-moddasi 1-qismi  talabiga  ko‘ra, 

agar  voyaga  yetmagan  bolalariga  ta’minot  berish  haqida  ota-ona  o‘rtasida  kelishuv 

bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va 

(yoki) boshqa daromadining bir bola uchun to‘rtdan bir qismi, ikki bola uchun uchdan 

bir qismi, uch va undan ortiq bola uchun yarmisi miqdorida aliment undiriladi.  

Garchi,  sud  majlisida  da’vogarning  bola  ta’minoti  uchun  aliment  undirish 

haqidagi  talabi  ham  muhokama  qilingan  bo‘lsa-da,  ushbu  talab  yuzasidan  hal  qiluv 

qarorida ko‘rsatilmagan. 

Qayd etilgan qonun talablarini inobatga olib, sud o‘z tashabbusiga ko‘ra da’vogar 

sudga  murojaat  qilgan  kun  –  2014-yil  23-yanvardan  boshlab  javobgar  (F.I.O.)dan 

da’vogar (F.I.O.)ning foydasiga 4-yanvar 2012- yilda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandi 

voyaga  yetguniga  qadar  javobgarning  har  oylik  maoshi  va  boshqa  barcha 

daromadlarining  ¼  miqdorida  aliment  undirish  haqida  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarori 

chiqarishni lozim deb topadi. 

Yuqoridagilarga ko‘ra hamda FPKning 214-, 203–206 moddalariga asosan, sud  

 

Qaror  qiladi: 

Javobgar  (F.I.O.)dan  da’vogar  (F.I.O.)ning  foydasiga  2014-yil  23-yanvardan 

boshlab 2012-yil 4-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandi voyaga yetguniga qadar 

javobgarning  har  oylik  maoshi  va  boshqa  barcha  daromadlarining  ¼  miqdorida 

aliment undirilsin. 

Qo‘shimcha hal qiluv qaroridan norozi tomon 20 kunlik muddat ichida shu sud 

orqali  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  apellyatsiya  tartibida 

shikoyat, prokuror esa apellyatsiya protesti keltirish huquqiga ega. 

 

Raislik etuvchi:                                  imzo                                        (F.I.O.)  



 

Sud majlisi bayonnomasidan namuna 

 

 

SUD MAJLISI BAYONNOMASI 

 

2014-yil  iyul  oyining  4-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 

Shayxontohur  tumanlararo  sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida  quyidagi  tarkibda: 

raislik  etuvchi  (F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar 

(F.I.O.)ga  nisbatan  nikohdan  ajratish  haqidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-

3846/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqmoqda.  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

326 


 

Sud majlisi soat 14:00 da boshlanib, 14:30 da tamom bo‘ldi. 

Kotib sudga taraflar kelganini bildirdi. 

Taraflarning  shaxsi aniqlanmoqda.  

Da’vogar: (F.I.O.) 1986 y.t., millati: o‘zbek, ma’lumoti:  

o‘rta, i/j: vaqtincha ishsiz, ya/j: Toshkent shahar  

Olmazor tumani Niyazova ko‘chasi 1-45-uy.  

Pasporti AA 2942344 

Da’vogarning shaxsi bo‘yicha savollar bo‘lmadi. 

Javobgar: (F.I.O.)  1982 y.t., millati: o‘zbek, malumoti:  

o‘rta, i/j: Zangiota tumani Olmazor mahallasi  

“Mehnat” agrofirmasida ishchi, ya/j: Toshkent shahar,  

Yunusobod tumani, 13-58-107. Pasporti AA0800009 

Javobgarning shaxsi bo‘yicha savollar bo‘lmadi. 

Sud tarkibi e’lon qilindi. 

Raislik etuvchi sud tarkibiga raddiya berish tartibini tushuntirdi. 

Sud tarkibiga raddiyalar bo‘lmadi. 

 Raislik  etuvchi  FPKning 34–40-moddalariga  asosan,  tomonlarning protsessual 

huquq va majburiyatlarini  tushuntirdi. 

Da’vogar:  protsessual huquq va majburiyatlarim tushunarli. 

Javobgar:  protsessual huquq va majburiyatlarim tushunarli. 

Javobgar (F.I.O.)ning iltimosnomasi: 

 

Hurmatli  sud,  da’vo  arizasida  mening  yashash  manzilim  sifatida  ko‘rsatilgan 



Shayxontohur  tumani  Labzak  mahallasi  Xurshid  ko‘chasi  50-xonadon  buzilishi 

munosabati bilan bugungi kundagi onam nomidagi Yunusobod tumani 13-dahasi 58-

uy  107-xonadonda  yashab  kelyapman.  Shu  sababli  ishni  o‘zim  yashab  turgan 

hududdagi sudga o‘tkazishingizni so‘rayman. 

Da’vogar (F.I.O.): 

 



Da’vo arizasi berishda javobgarning aniq yashash manzilini bilmas edim. Shu 

sababli  doimiy  ro‘yxat  bo‘yicha  manzilini  ko‘rsatganman.  Iltimosnoma  bo‘yicha 

e’tirozim yo‘q. 

Iltimosnomalar va savollar bo‘lmadi. 

Sudya ish hujjatlarini taftish qilishga o‘tadi:  

 



davlat boji chiptasi; 

 



da’vo arizasi; 

 



nikoh guvohnomasining asl nusxasi; 

 



tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi; 

 



pasport nusxasi;   

 



ma’lumotnomalar; 

Qo‘shimchalar bo‘lmadi. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

327 


 

Raislik  etuvchi  alohida  xonaga  maslahatga  kirdi  va  u  yerdan  chiqqach  ajrimni 

o‘qib eshittirdi. Ajrimdan norozi tomonlarga shikoyat qilish, sud majlisi bayonnomasi 

bilan tanishish tartibi va muddatlarini tushuntirdi.  

Sud majlisi yopiq deb e’lon qilindi.  

       


   Raislik etuvchi:    

 

 



 

 

(F.I.O.)  



   

   Kotib: 

 

 

 



 

 

 



(F.I.O.)  

 

 

 

Joyda ko‘zdan kechirish bayonnomasi 

 

2014-yil 5-sentabr                                                                   Toshkent shahri 



   

Boshlandi  _____ 

Tamomlandi ____ 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.) , sud 



majlisi  kotibi  (F.I.O.),  sud  eksperti  (F.I.O.)  da’vogar  (F.I.O.)  va  javobgar  (F.I.O.)lar 

ishtirokida  nizoli  bo‘lgan  Shayxontohur  tumani  Zarbdor  ko‘chasida    joylashgan  22-

uydagi imorat va yer uchastkasi maydonini ko‘zdan kechirdik va FPKning 20-, 21-, 

22-, 160-, 192-moddasiga asosan bayonnoma tuzdik. 

Ko‘zdan kechirish Shayxontohur tumani Zarbdor ko‘chasida  joylashgan 22-uyda 

o‘tkazildi. 

Ko‘zdan  kechirish  jarayonida  quyidagilar  aniqlandi.  Turar  joy  poydevori 

betondan qurilgan, devor qismi pishiq g‘ishtdan ko‘tarilgan, eshik, romlar va pol qismi 

yog‘ochdan  tayyorlangan,  imoratning  ustki  qismi  g‘ovak  betondan  ishlangan,  tom 

qismi shifer bilan yopilgan. Imorat elektr va gaz tarmoqlariga ulangan, isitish tizimiga 

ega.  Qo‘shimcha  qurilgan  oshxona  asosiy  imoratning  qismiga  aylangan,  poydevori 

toshdan,  devollari  pishiq  g‘ishtdan,  eshik  va  deraza  romlari,  shift  qismi  yog‘ochdan 

ko‘tarilgan.  Yer  uchastkasining  atrofi  sim  to‘r  bilan  o‘ralgan,  yer  uchastkasidan  suv 

quvurlari, elektr uzatgichlari, gaz quvurlari o‘tmagan. 

Ko‘zdan kechirish bo‘yicha da’vogar va javobgar tomonidan e’tirozlar bo‘lmadi. 

 

Sudya:                                                                              (F.I.O.)   



Sud majlisi kotibi:                                                            (F.I.O.)  

 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling