Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.

bet39/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63

AJRIM 

(davlat bojini qaytarish haqida) 

2014-yil 24-avgust kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy 

tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.), Davlat aksiyadorlik tijorat «Asaka Banki» 

Shayxontohur filiali boshqaruvchisi (F.I.O.)ning davlat bojini qaytarish haqidagi 

arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladim: 

Sudga  Davlat  aktsiyadorlik  tijorat  «Asaka  Banki»  Shayxontohur  filiali 

boshqaruvchisi (F.I.O.) ariza bilan murojaat etib, fuqaro (F.I.O.)dan kreditni undirish 

masalasida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudiga 

da’vo  arizasi  kiritmoqchi  bo‘lib,  sudning  hisob  raqamiga  47000  so‘m  davlat  boji 

to‘laganligini,  ammo  B.Yu.  qarzini  to‘laganligi  sababli  sudga  da’vo  arizasi 

topshirilmaganligini  ko‘rsatib,  47000  so‘m  miqdoridagi  davlat  boji  to‘lovini  

qaytarishni so‘ragan.  

FPKning  108-moddasi  2-bandida  arizani  (shikoyatni)  qabul  qilish  rad  etilgan 

bo‘lsa, to‘langan davlat boji da’vogarga to‘la qaytarilishi kerakligi ko‘rsatilgan. 

Bunday holatda, Davlat aksiyadorlik tijorat «Asaka Banki» Shayxontohur filiali 

boshqaruvchisi  (F.I.O.)    tomonidan  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 

sudining  bank  rekvizitlari  –  MFO  00824  hamda  29804000800000824911-hisob 

raqamiga  to‘langan  47000  so‘m  miqdoridagi  davlat boji  unga qaytarilishi  lozim  deb 

hisoblayman. 

Yuqoridagilarga  binoan  va  FPKning  12-,  108-,  237–238-moddalarini  qo‘llab,  

 

 

Ajrim   qilaman: 



Davlat  aksiyadorlik  tijorat  «Asaka  Banki»  Shayxontohur  filiali  boshqaruvchisi 

(F.I.O.)  tomonidan  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudining  bank 

rekvizitlari – MFO 00824 hamda 29804000800000824911-hisob raqamiga to‘langan 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

337 


 

47000  so‘m  miqdoridagi  davlat  boji  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumani  Moliya 

bo‘limi tomonidan (F.I.O.)ga qaytarilsin. 

Ajrim  ustidan  10  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

Toshkent shahar sudi sudlov hay’atiga xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest 

keltirilishi mumkin. 



 

Sudya:                                                         imzo                                       (F.I.O.)  



 

AJRIM 

(davlat boji to‘lovlarini kechiktirish haqida) 

 

2014-yil 13-noyabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy 



tumanlararo  sudining  sudyasi  (F.I.O.)  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga 

nisbatan mol-mulkni o‘zganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish haqidagi da’vo 

arizasini  qabul  qilish  jarayonida  arizachining  davlat  boji  to‘lovlarini  kechiktirish 

haqidagi arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni  



 

Aniqladim: 

Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan mol-mulkni o‘zganing noqonuniy 

egaligidan talab qilib olish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etgan. 

Shu  bilan  birga,  moddiy  tomondan  qiynalayotganligini,  hozirgi  vaqtda  institut 

talabasi  ekanligini,  shuningdek,  ikkita  ukasi  ham  talabaligini,  oilada  faqat  onasi 

ishlashini,  maoshi  kamligini  inobatga  olib,  da’vo  arizani  qabul  qilishda  davlat  boji 

to‘lovlarini kechiktirishni so‘ragan. 

Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti tomonidan 2007-yil 19-

aprelda  berilgan            327-sonli  ma’lumotnomadan  ko‘rinishicha,  da’vogar  Nizomiy 

nomli  Toshkent  Davlat  pedagogika  universiteti  geografiya  fakulteti  kunduzgi 

bo‘limining 4-kurs talabasidir. 

Arizachining  kunduzgi  bo‘lim  talabasi  ekanligini  inobatga  olib,  uning  arizasini 

qanoatlantirishni  va  FPKning  111-moddasiga  muvofiq,  davlat  boji  to‘lovlarini 

kechiktirishni lozim topdim.  

Yuqoridagilarga  binoan,  FPKning  111-,  237–238-moddalarini,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1994-yil  3-noyabrdagi  “Davlat  boji stavkalari 

haqida”gi 533-sonli qarorining 1-qismi «a» bandini qo‘llab, 

 

 



Ajrim    qilaman: 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  davlat  boji  to‘lovlarini  kechiktirish  haqidagi  arizasi 

qanoatlantirilsin. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

338 


 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  mol-mulkni  o‘zganing 

noqonuniy  egaligidan  talab  qilib  olish  haqidagi  da’vo  arizasini  qabul  qilishda 

undiriladigan davlat boji to‘lovlari kechiktirilsin. 

Mazkur  ajrim  ustidan  10  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudlov hay’atiga xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy 

protest keltirilishi mumkin. 

 

Sudya:  


 

                           imzo  

                                     (F.I.O.)  

 

 

AJRIM 

( sudyani rad qilish haqida ) 

 

2014-yil may oyining 30-kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo 



sudi  sud  raisi  (F.I.O.),    (F.I.O.)ning  kotibligida,  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar 

(F.I.O.), (F.I.O.), qo‘shimcha javobgarlar Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 2-sonli 

Davlat notarial idorasining notariusi (F.I.O.)  va Toshkent shahar notariusi (F.I.O.)larga 

nisbatan ishonchnomani va oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi 

da’vo  arizasi  yuzasidan  yuritilgan  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  javobgar  (F.I.O.)ning 

ishonchli vakili (F.I.O.)ning sudya (F.I.O.)ni rad qilish haqidagi arizasini ko‘rib chiqib, 

quyidagilarni  

 

Aniqladi: 

Sudga da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.) va Toshkent shahar notariusi 

(F.I.O.)larga nisbatan da’vo arizasi bilan murojaat etib, unda 2005-yil 13-yanvardagi 1-

248-raqami  bilan  rasmiy  ro‘yxat  kitobiga  qayd  qilingan  ishonchnomani  va  2005-yil 

14-iyundagi  1-4747-raqami  bilan  rasmiy  ro‘yxat  kitobiga  qayd  qilingan  oldi-sotdi 

shartnomasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. 

Fuqarolik  ishlarini  ko‘rib  chiqish  jarayonida  javobgarlarning  ishonchli  vakili 

(F.I.O.)  sudya  (F.I.O.)ni  rad  etish  haqidagi  ariza  bilan  murojaat  etib,  sudya  ishni  bir 

tomonlama  ko‘rayotganligini,  uning  fuqarolik  ishlarini  birlashtirish  yoxud  ushbu 

fuqarolik ishini qayta tiklash haqidagi iltimosnomalarini inobatga olmayotganligini, bir 

necha  marta  sudga  iltimosnoma  bilan  murojaat  qilgan  bo‘lsa-da,  uning 

iltimosnomalarini qanoatlantirish rad qilinganini, shuning uchun kelgusida sudya ishni 

xolisona va adolatli ko‘rib chiqishiga ishonmasligini bildirgan. 

Yakkasaroy tumanlararo sudning raisi taraflar bayonotlarini tinglab, fuqarolik ishi 

hujjatlarini  ko‘zdan  kechirib,  quyidagilarga  ko‘ra  sudyani  rad  qilish  haqidagi  arizani 

qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topdi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

339 


 

Sud  raddiyada  keltirilgan  vajlarga  baho  berar  ekan,  uning  asossiz  ekanligini, 

raddiyada keltirilgan vajlar sudyani rad etish asoslari ko‘rsatilgan amaldagi FPKning 

25-moddasidagi holatlarga javob bermasligini, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy 

tumanlararo  sudining  sudyasi  (F.I.O.)  ishning  pirovard  natijasidan  shaxsan  bevosita 

yoki bilvosita manfaatdor emasligini va uning xolisligiga shubha tug‘diradigan boshqa 

holatlar yo‘qligini inobatga olib, raddiyani qanoatlantirmaslikni lozim topdi. 

Binobarin, FPKning 25-, 28-29-, 237–238-moddalarini qo‘llab, sud raisi  



 

Ajrim     qiladi: 

Javobgarlarning ishonchli vakili (F.I.O.)ning sudya (F.I.O.)ni rad qilish haqidagi 

arizasi qanoatlantirilmasdan qoldirilsin. 

Fuqarolik ishini ko‘rish sudning shu tarkibida davom ettirilsin. 



 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha  

Yakkasaroy tumanlararo  

sudi raisi: 

 

                                                       imzo         (F.I.O.)  



 

Ish yuritishni to‘xtatib turishga oid sud ajrimlaridan namunalar 

 

AJRIM 

(ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risida) 

 

2013-yil  oktabr  oyining  27-kuni  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Yakkasaroy  tumanlararo  sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida  sudya  (F.I.O.)ning 

raisligida,  (F.I.O.)ning  kotibligida,  da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgarlar  (F.I.O.)  va 

Yakkasaroy  tumani  moliya  bo‘limiga  nisbatan  mol-mulkni  ro‘yxatdan  chiqarish 

haqidagi  da’vo  arizasi  yuzasidan  yuritilgan  1-2751/13-sonli  fuqarolik  ishini  ko‘rib 

chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

 

Da’vogar (F.I.O.)  javobgarlar (F.I.O.) va Yakkasaroy tumani moliya bo‘limiga 



nisbatan  da’vo  arizasi  bilan  sudga  murojaat  qilib,  unda  2013-yil  3-avgust  kuni 

Yakkasaroy tumani sud ijrochilari bo‘linmasi sud ijrochilari tomonidan tuzilgan mol-

mulklarni  xatlash  haqidagi  dalolatnomaga  binoan  xatlangan  va  band  solingan  4  xil 

turdagi mol-mulklarni ro‘yxatdan chiqarishni so‘ragan. 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  2013-yil  15-

avgustdagi  ajrimiga  binoan,  xatlangan  mol-mulklarni  sotish  mazkur  fuqarolik  ishi 

mazmunan ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatilgan. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

340 


 

Ushbu fuqarolik ishining ko‘rib chiqilishidan manfaatdor bo‘lgan (F.I.O.) sudning 

yuqoridagi ajrimi bilan kelishmasdan, undan norozi bo‘lib, kassatsiya tartibida xususiy 

shikoyat keltirgan va ushbu shikoyat sudning ish yurituviga 2013-yil 17-oktabr kuni 

kelib tushgan. 

FPKning  92-moddasining  4-bandida  fuqaroviy,  jinoiy  yoki  ma’muriy  sud 

ishlarini  yuritish  tartibida  ko‘rilayotgan  boshqa  ish  hal  qilinmasdan  oldin  ishni 

ko‘rishning imkoniyati bo‘lmasa, sud ish yuritishni to‘xtatib turishi, 348

6

-moddasi 1-



qismi  4-bandida  esa  sud  kassatsiya  shikoyati  yoki  protesti  kelib  tushgan  kundan 

e’tiboran yigirma kunlik muddat ichida ishni tushgan shikoyat yoki protest bilan birga 

kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shartligi ko‘rsatilgan. 

Bunday  holatda,  sud  kassatsiya  shikoyati  mazmunan  ko‘rib  chiqilguniga  qadar 

mazkur fuqarolik ishi yuzasidan ish yuritishni to‘xtatib turishni lozim deb topdi. 

Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 92-moddasi 4-bandi, 348

6

-moddasi 1-qismi 4-



bandi hamda 237–238-moddalarini qo‘llab, sud 

 

Ajrim    qiladi: 

  Da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.)  va  Yakkasaroy  tumani  moliya 

bo‘limiga nisbatan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan 

yuritilgan  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  ish  yuritish  kassatsiya  shikoyati  mazmunan  ko‘rib 

chiqilguniga qadar to‘xtatilsin. 

  Ajrim  ustidan  10  kunlik  muddat  ichida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent 

shahar sudiga xususiy tartibda shikoyat yoki protest keltirilishi mumkin. 

  

  Sudya:                                                                imzo   



             (F.I.O.)  

 

AJRIM 

(ish yuritishni to‘xtatish to‘g‘risida) 

 

2012-yil  avgust  oyining  24-kuni  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Yakkasaroy 



tumanlararo  sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida  sudya  (F.I.O.)ning  raisligida, 

(F.I.O.)ning  kotibligida,  advokat  (F.I.O.)ning  ishtirokida  da’vogar  (F.I.O.)ning 

javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)lar  oilasiga  nisbatan  uyga  kiritish  haqidagi  da’vo  arizasi 

yuzasidan yuritilgan 1-7685/12-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni  

 

Aniqladi: 

Sudga  da’vogar  (F.I.O.)  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)lar  oilasiga  nisbatan  da’vo 

arizasi bilan murojaat qilib, unda 2008-yil 1-noyabrda tug‘ilgan farzandi (F.I.O.) bilan 

Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tuman  A.Qahhor  5-tor  ko‘chasi  3-uyga  kiritishni 

so‘ragan. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

341 


 

Javobgar  (F.I.O.)  ariza  bilan  sudga  murojaat  qilib,  betobligi  sababli  sudga  kela 

olmasligini, shuning uchun mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritishni sog‘aygunga 

qadar to‘xtatib turishni so‘ragan. 

FPKning  93-94-moddalarida  taraf  da’volash  muassasasida  bo‘lsa,  shuningdek, 

taraflardan  birida  sudga  kelishga  to‘sqinlik  qiladigan  tibbiyot  muassasasining 

ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud bo‘lsa, sud ishda ishtirok etuvchi 

shaxslarning iltimosi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan ish yuritishni to‘xtatib turishi 

mumkinligi, ish  yuritish  taraf davolash  muassasidan  chiqquniga  qadar  yoki tarafning 

sudga  kelishiga  to‘sqinlik  qiladigan  kasallik  tuzalguniga  qadar  to‘xtatib  turilishi 

ko‘rsatilgan. 

Bunday  holatda,  sud  javobgarning  kasalligini  inobatga  olgan  holda, 

iltimosnomani qanoatlantirish va mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritishni javobgar 

(F.I.O.) sog‘aygunga qadar to‘xtatib turish lozim deb hisoblaydi. 

Yuqoridagilarga binoan va FPKning 93–94-, 237–238-moddalarini qo‘llab, sud  

 

Ajrim    qiladi: 

 

Javobgar (F.I.O.)ning iltimosnomasi qanoatlantirilsin. 



Mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  ish  yuritish  javobgar  kasalligi  sababli  u 

sog‘aygunga qadar to‘xtatilsin. 

Mazkur  ajrim  ustidan  10  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudlov hay’atiga xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy 

protest keltirilishi mumkin. 

 

Sudya:                                                     imzo                                



 

(F.I.O.)  

 

 

AJRIM 



(ish yuritishni to‘xtatish to‘g‘risida) 

2013-yil  noyabr  oyining  25-kuni  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Yakkasaroy 

tumanlararo  sudi  o‘z  binosida,  ochiq  sud  majlisida,  sudya  (F.I.O.)ning  raisligida, 

(F.I.O.)ning  kotibligida,  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)larga 

nisbatan  uy-joydan  foydalanish  huquqini  yo‘qotgan  deb  topish  haqidagi  1-3567/13-

sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni  



Aniqladi: 

Da’vogar  (F.I.O.)    sudga  da’vo  arizasi  bilan  murojat  qilib,  unda  javobgarlar 

(F.I.O.),  (F.I.O.)larni  Sirg‘ali  tumani  3-mavzesi  34-uyning  19-xonadoniga  nisbatan 

foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topishni so‘ragan.  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

342 


 

Javobgar  (F.I.O.)  sudga  ariza  bilan  murojaat  qilib,  O‘zbekiston  Respublikasi 

hududidan  tashqarida  xizmat  safarida  bo‘lganligi  sababli  sud  majlislarida  qatnasha 

olmasligini  bildirib,  xizmat  safaridan  qaytguniga  qadar  fuqarolik  ishi  yuzasidan  ish 

yurituvni to‘xtatib turishni so‘radi va bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qildi.  

Sud  majlisida  advokat  (F.I.O.)  javobgarning  arizasini  quvvatlab,  ish  yuritishni 

to‘xtatib turishni so‘radi. 

FPKning 93-moddasi 4-qismi va 94-moddasining 7-bandida taraf uzoq muddatli 

xizmat  safarida  bo‘lsa  yoki  boshqa  uzrli  sabablarga  ko‘ra  yo‘q  bo‘lsa,  sud  ishda 

ishtirok  etuvchi  shaxslarning  iltimosi  bo‘yicha  yoki  o‘z  tashabbusi  bilan  taraf 

qaytguniga qadar ish yuritishni to‘xtatib turishi ko‘rsatilgan. 

Bunday holatda sud javobgar (F.I.O.)ning Angliyaning London shahrida xizmat 

safarida  ekanligini,  shuning  uchun  sud  majlislarida  qatnasha  olmasligini  inobatga 

olgan holda mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritishni javobgar Toshkent shahriga 

qaytguniga qadar to‘xtatib turishni lozim deb hisoblaydi. 

Yuqoridagilarga binoan, FPKning 93–94-, 237–238-moddalarini qo‘llab, sud  



Ajrim    qiladi: 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)larga  nisbatan  uy-joydan 

foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish 

javobgar (F.I.O.) Toshkent shahriga qaytguniga qadar to‘xtatilsin. 

Mazkur  ajrim  ustidan  10  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudlov hay’atiga xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy 

protest keltirilishi mumkin. 

Sudya:                                       imzo                                                                   (F.I.O.)  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

343 


 

AJRIM  

(sud topshirig‘ini yuborish to‘g‘risida) 

 

2013-yil  aprel  oyining  24-kuni  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Zangiota  tumanlararo 



sudining  sudyasi  (F.I.O.)    da’vogar  (F.I.O.)ning  ishonchli  vakili  (F.I.O.)ning 

javobgarlar  Zangiota  tuman  “Zangiota  suv  qurilish”  MChJ  вa  boshqalarga  nisbatan 

umumiy yig‘ilish qarorlari, MChJ nizomlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo 

arizasi  va  qo‘shimcha  da’vo  arizasi  bo‘yicha  1-1268/13-sonli  fuqarolik  ishini  ko‘rib 

chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

Da’vogar (F.I.O.)ning ishonchli vakili (F.I.O.) sudga da’vo arizasi va qo‘shimcha 

da’vo  arizasi  bilan  murojaat  qilib,  umumiy  yig‘ilish  qarorlari  va  MChJ  nizomlarini 

haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. 

Ushbu fuqarolik ishini sud majlisida ko‘rish vaqtida javobgar  (F.I.O.) Toshkent 

viloyati  Bekobod  shahri  U/Ya  64/21  -sonli  muassasada  jazo  muddatini  o‘tayotgani 

aniqlandi. 

FPKning 65-moddasiga ko‘ra, ishni ko‘rayotgan sud dalillarni boshqa tuman yoki 

shaharda  to‘plash  zarur  bo‘lgan  taqdirda,  tegishli  sudga  muayyan  protsessual 

harakatlarni amalga oshirishni topshiradi. 

FPKning  66-moddasiga  ko‘ra,  sud  topshirig‘ini  bajarish  sud  majlisida  ushbu 

FPKda belgilangan qoidalariga binoan amalga oshiriladi. 

Ishda  ishtirok  etayotgan  shaxslarga  majlis  vaqti  va  joyi  to‘g‘risida  ma’lum 

qilinadi, biroq ularning kelmasligi topshiriqni bajarishga to‘sqinlik qilmaydi. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra,  sud  javobgar  (F.I.O.)ga  da’vo  arizasi  va  qo‘shimcha 

da’vosi  arizasidan  nusxa  topshirish,  uni  ish  yuzasidan  so‘roq  qilish  va  boshqa 

protsessual  harakatlarni  amalga  oshirish  uchun  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent 

viloyati  Bekobod  tumanlararo  sudiga  sud  topshirig‘i  yuborishni  va  yuqoridagi 

protsessual  harakatlarni  amalga  oshirishni  Bekobod  tumanlararo  sudiga  topshirishni 

lozim topadi. 

Binobarin, FPKning 65-, 66-, 237–238-moddalarini qo‘llab, sud 

 

Ajrim   qiladi: 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  ishonchli  vakili  (F.I.O.)ning  javobgarlar  Zangiota  tuman 

“Zangiota  suv  qurilish”  MChJ  va  boshqalarga  nisbatan  umumiy  yig‘ilish  qarorlari, 

MChJ nizomlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi fuqarolik ishi bo‘yicha Fuqarolik 

ishlari  bo‘yicha  Toshkent  viloyati  Bekobod  tumanlararo  sudiga  sud  topshirig‘i 

yuborilsin. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

344 


 

Javobgar (F.I.O.)ga da’vo ariza va qo‘shimcha da’vo arizasidan nusxa topshirish, 

uni  ish  yuzasidan  so‘roq  qilish  va  boshqa  protsessual  harakatlarni  amalga  oshirish 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Bekobod tumanlararo sudiga topshirilsin. 

Amalga  oshirilgan  barcha  protsessual  harakatlar  Bekobod  tumanlararo  sudi 

tomonidan  tasdiqlanib,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Zangiota  tumanlararo  sudiga 

yuborilsin. 

Sud topshirig‘ini ijro etish bo‘yicha harakatlar tugaguniga qadar fuqarolik ishi ish 

yuritishdan to‘xtatib turilsin. 

Ajrim ustidan 10 kun muddat ichida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent  viloyati 

sudiga ushbu sud orqali xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. 

 

  Sudya:                                              imzo                                                      (F.I.O.)  



 

AJRIM 

(sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash to‘g‘risida) 

 

2014-yil  iyun  oyining  19-kuni  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Mirobod  tumanlararo 



sudining  ochiq  sud  majlisi  o‘z  binosida  bo‘lib,  raislik  etuvchi  sudya  (F.I.O.), 

(F.I.O.)ning kotibligida, taraflar ishtirokida, da’vogar (F.I.O.)ning javobgar Respublika 

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markaziga nisbatan ishga tiklash va majburiy 

progul vaqti uchun ish haqi undirish haqidagi 1-3565/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib, 

quyidagilar 

 

Aniqlandi: 

 

Respublika  Davlat  sanitariya-epidemiologiya  nazorat  markazi  Bosh  vrachining 

2014-yil  28-maydagi  8-sonli  buyrug‘iga  ko‘ra,  (F.I.O.)  O‘zbekiston  Respublikasi 

Mehnat  kodeksining  100-moddasi  ikkinchi  qismiga  binoan,  bajarayotgan  ishiga 

noloyiqligi va sog‘ligi nochorligi tufayli egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 

Buyruqda  ishdan  bo‘shatishga  Toshkent  shahar  Tibbiy  mehnat  ekspertizasi 

hamda tibbiy ko‘rik nazorat komissiyasi xulosalari asos qilib olinganligi ko‘rsatilgan. 

Aniqlanishicha, Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 6-sonli oilaviy poliklinika 

qoshidagi tibbiy ko‘rik komissiyasi tomonidan (F.I.O.)ning mehnat vazifasini davom 

ettira olmasligi haqida xulosa berilgan. 

Tuman Markaziy poliklinikasi qoshidagi tibbiy ko‘rik komissiyasi tomonidan esa 

(F.I.O.)ning mehnat vazifalarini davom ettira olishi mumkinligi haqida xulosa berilgan. 

Yuqoridagi holatlarni hamda mazkur holatda sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis 

bilimi talab qilinishini inobatga olgan holda, sud mazkur ish bo‘yicha sudga oid sud-

tibbiyot ekspertizasi tayinlash lozim deb hisoblaydi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling