Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.

bet4/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

 

 

26 


 

I BОB

 

 

 

 

 



 

 

 

 

3-§. Protsessual hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish tartibi 

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, Fuqarolik 

kodeksi,  Mehnat  kodeksi,  Oila  kodeksi,  Uy-joy  kodeksi,  Ma’muriy 

javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, 

fuqarolik  sudlari  tomonidan  chiqariladigan  protsessual  hujjatlarni 

rasmiylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumi  qarorlari 

ham  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudlar  tomonidan  protsessual  hujjatlarni 

rasmiylashtirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Masalan,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1998-yil  17-apreldagi  “Sudning  hal 

qiluv  qarori  haqida”gi  13-sonli  qaroriga  asosan,  zarur  holatlarda  sud 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy  Sudi  Plenumining  tegishli  qarorlarini  ham 

qo‘llashi lozimligi belgilangan. 

O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi yangi tahrirdagi 

“Sudlar  to‘g‘risida”gi  Qonunining  21-moddasida  ko‘rsatilishicha, 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining qarori majlisda ishtirok 

etayotgan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumi  a’zolarining 

ko‘pchilik  ovozi  bilan  ochiq  ovoz  berish  orqali  qabul  qilinadi  va  qabul 

qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. 

Qonun  hujjatlarini  qo‘llash  masalalari  bo‘yicha  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  tushuntirishlari  sudlar,  ushbu 

tushuntirishlar  berilgan  qonun  hujjatlarini  qo‘llayotgan  boshqa  organlar, 

korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar  va  mansabdor  shaxslar  uchun 

majburiydir.  



Sud  qarorlarini  qayta  tеkshirish  bosqichida  yuritiladigan  protsеssual                                           

hujjatlar (apеllyatsiya shikoyati (protesti), kassatsiya shikoyati (protesti), nazorat 

tartibida  protest  keltirish  haqida  ariza,  nazorat  protesti,  apеllyatsiya,  kassatsiya  va 

nazorat instansiyasi sudlarining qarorlari va boshq.)

 

Fuqarolik  ishlarini  sudda  muhokama  qilish  jarayonida  yuritiladigan 



protsеssual  hujjatlar  (ishni  keyinga  qoldirish,  ish  yuritishni  to‘xtatish,  ishni  tugatish 

haqidagi sud ajrimlari, sud hal qiluv qarori, sud majlisi bayonnomasi va boshq.) 

 

 Sud  qarorlarining  ijrosi  bosqichida  yuritiladigan  protsеssual  hujjatlar  



(ijro varaqasi, ijro ishini tugatish, to‘xtatish to‘g‘risidagi sud ajrimlari va boshq.)

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

27 


 

I BОB

 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudlar  tomonidan  protsessual  hujjatlarni 



rasmiylashtirishda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining         

1998-yil 17-apreldagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 13-sonli qarori, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2006-yil  3-fevraldagi 

“Buyruq  tartibida  ish  yuritishni  tartibga  soluvchi  qonun  normalarini 

qo‘llashning  ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi  4-sonli,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2012-yil  25-maydagi  “Fuqarolik 

ishlari  bo‘yicha  birinchi  instansiya  ajrimlari  to‘g‘risida”gi  7-sonli 

qarorlarining  hal  qiluv  qarori,  sud  ajrimlarini  rasmiylashtirishda  muhim 

ahamiyatga ega.  

Shuningdek, 

fuqarolik 

sudlarida 

ish 

yuritishda 



O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Sudi  Rayosatining  2014-yil  31-martdagi  “Fuqarolik 

ishlari  bo‘yicha  tumanlararo,  tuman  (shahar)  sudlarida  ish  yuritish  tartibi 

to‘g‘risidagi  Yo‘riqnomani  tasdiqlash  haqida”gi  RS-22-14-sonli  qarori 

muhim amaliy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. 

 

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 



 

1.

 



Sud  majlisi  kotibining  maqomi  va  vazifalari  haqida  tushuncha 

bering. 


2.

 

Sud  devonxonasida  ishlarni  tashkil  etish  tartibi  haqida  tushuncha 



bering.  Taraflarning  tegishli  fuqarolik  ishi  bilan  tanishish  yoki  ish 

hujjatlaridan nusxalar olish tartibi qanday? 

3.  Sudga  kelgan  hujjatlarning  yaroqsiz  yoki  ilovasizligi  aniqlanganda 

qanday harakatlar amalga oshiriladi? 

4. Sud arxivida ishlarni tashkil etish tartibi haqida tushuncha bering. 

 

NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 

 

1.  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudi  raisiga  arizachi 



S.Normatov  tomonidan  yo‘qolgan  sud  ishini  tiklash  haqida  ariza  kelib 

tushgan. Arizada ko‘rsatilishicha, arizachi S.Normatov bundan 7 oy avval, 

Mirzo  Ulug‘bek  tumanlararo  sudiga  murojaat  qilganligini,  merosxo‘r  deb 

topish  va  meros  mol-mulkini  bo‘lish  haqidagi  da’vo  talabi  shu  sudda 

ko‘rilganligini,  ayni  paytda  Rossiya  davlati  Xanti-Mantiysk  o‘lkasidan 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

28 


 

I BОB

 

o‘gay ukasi kelganligini, ish materiallaridan nusxa olishi kerakligini, ammo 



suddan  uning  fuqarolik  ishi  topilmayotganligini,  shu  sababli  fuqarolik 

ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudi  raisiga  murojaat  qilganligi  bayon 

qilingan. 

 



Arizachi  S.Normatov  talabini  qanday  hal  qilish  mumkin. 

Arizachi S.Normatov talabi qonuniymi? 

 



Yo‘qolgan  sud  ishini  tiklash  haqidagi  arizani  berish  tartibini 

tushuntiring. 

  2. Satimova Xosiyat sobiq turmush o‘rtog‘i Satimov Xushnudga 

nisbatan  2014-yil  22-sentabrda  bir  nafar  farzandi  ta’minoti  uchun 

aliment undirish haqida Bekobod tumanlararo sudiga murojaat qilgan 

va ish hali ko‘rib tugallanmagan. 

  2014-yil  2-noyabrda  Satimova  Xosiyat  sobiq  turmush  o‘rtog‘i 

Satimov  Xushnudga  nisbatan  bir nafar  farzandi  ta’minoti  va  o‘zining 

ta’minoti  uchun  aliment  undirish  haqida,  Bo‘ka  tumanlararo  sudiga 

da’vo  arizasi  bilan  murojaat  qilgan  va  ish  bo‘yicha  2014-yil  24-

noyabrda hal qiluv qarori chiqarilgan. 

 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 



 

Sudya  qanday  ajrimlar  chiqarishi  mumkin?  Masalani  FSMU 



diagrammasi asosida tahlil qiling. 

FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

29 


 

II BОB

 

II BOB. FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH 



BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

1-§. Da’vo arizasining mazmuni, shakli va uni protsessual 

rasmiylashtirish tartibi 

Da’vo arizasi sudga yozma shaklda, shuningdek, axborot tizimi orqali 

elektron  shaklda  beriladi.  Da’vo  arizasining  mazmuni  FPKning                   

149-moddasida ko‘rsatilgan talablar asosida rasmiylashtiriladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Ariza  da’vogar  yoki  uning  vakili  tomonidan  imzolanadi.  Agar  ariza 



vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki uning vakolatini 

tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim. 

Boshqa  shaxslarning  huquqlari  va  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan 

manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida  prokuror,  davlat  boshqaruvi 

organlari,  tashkilotlar  yoki  ayrim  fuqarolar  tomonidan  beriladigan 

arizalarda,  shu  moddada  sanab  o‘tilgan  ma’lumotlardan  tashqari,  ariza 

kimning  manfaatini  ko‘zlab  berilgan  bo‘lsa,  o‘sha  shaxsning  nomi 

(familiyasi, ismi va otasining ismi) va manzili ko‘rsatilishi lozim. 



Davo аrizаsidа quyidаgilаr ko‘rsаtilishi lоzim

 

 

 

АПЕЛЛЯЦИЯ ШИКОЯТИНИНГ (ПРОТЕСТИНИНГ) МАЗМУНИ 

 

аrizа bеrilаyotgаn sudning nоmi 



ариза берилаётган суднинг номи 

 

dа’vоgаrning nоmi (fаmiliyasi, ismi vа оtаsining ismi) vа yashаsh 



jоyi,  аgаr  dа’vоgаr  tаshkilоt  bo‘lsа,  uning  qаyеrdа  jоylаshgаnligi, 

shuningdеk, аgаr аrizа vаkil tоmоnidаn bеrilаyotgаn bo‘lsа, vаkilning 

nоmi (fаmiliyasi, ismi vа оtаsining ismi) vа mаnzili 

dа’vоgаrning tаlаbi

 

jаvоbgаrning nоmi (fаmiliyasi, ismi vа оtаsining ismi), yashаsh 



jоyi yoki аgаr jаvоbgаr tаshkilоt bo’lsа, uning qаyеrdа jоylаshgаnligi

 

аgаr dа’vоni bаhоlаsh lоzim bo‘lsа, uning bаhоsi



 

dа’vоgаr o‘zining tаlаblаrigа аsоs qilib ko‘rsаtаyotgаn hоlаtlаr vа 

bu hоlаtlаrni tаsdiqlаydigаn dаlillаr

 

аrizаgа ilоvа qilingаn hujjаtlаrning ro‘yxаti



 

FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

30 


 

II BОB

 

Arizada  da’vogarning  yoki  uning  vakilining,  shuningdek,  boshqa 



tarafning  telefonlari  va  fakslari  raqamlari,  elektron  manzili  ko‘rsatilishi 

mumkin.  

Arizada  elektron  manzil  ko‘rsatilganligi  arizachining  sud  chaqiruv 

qog‘ozlarini  va  boshqa  xabarnomalarni,  sud  hal  qiluv  qarorlarining  va 

ajrimlarining  nusxalarini  axborot  tizimi  orqali  elektron  shaklda  olishga 

bo‘lgan roziligini bildiradi. 

 

Da’vo arizasi quyidagi talablarga javob berish kerak: 

1)  da’vo  arizasi  sudga  yozma  shaklda,  shu  jumladan,  axborot 

tizimi orqali elektron shaklda taqdim etilishi kerak; 

2)  da’vo  ariza  javobgarlarning  soniga  mutanosib  miqdorda 

nusxalari bilan berilishi lozim, axborot tizimi orqali elektron shaklda 

yuboriladigan ariza bundan mustasno; 

3)  qonunda  belgilangan  tartibda  davlat  boji  to‘lashdan  ozod 

qilinmagan  bo‘lsa,  davlat  boji  to‘langanligi  to‘g‘risida  kvitansiya 

ilova qilinishi lozim. 

 

Sud amaliyotida asosiy da’vo arizasiga qo‘shimcha da’vo arizasi berish 

holatlari  ham  uchraydi.  Faqat  ushbu  qo‘shimcha  da’vo  arizasi  dastlabki 

da’vo  arizasini  to‘ldirishi,  qonunga  zid  bo‘lmasligi,  dastlabki  talab  bilan 

birga  ko‘rish  mumkin  bo‘lgandagina  sud  tomonidan  qabul  qilinadi. 

Qo‘shimcha  da’vo  arizasi  ham  FPKning  149-moddasi  talablari  asosida 

rasmiylashtirilishi, agar davlat boji to‘lashdan ozod etilmagan bo‘lsa, davlat 

boji to‘langan holda taqdim etilishi kerak. 

Da’vogar  bir  arizada  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan  bir  necha  talabni 

birlashtirishga haqli (FPKning 155-moddasi). 

Agar  arizani  qabul  qilayotgan  sudya  talablarni  alohida  ko‘rishni 

maqsadga  muvofiq  deb  topsa,  birlashtirilgan  talablardan  birini  yoki  bir 

nechasini alohida ish yuritish uchun ajratishga haqli. 

Bir  necha  da’vogar  tomonidan  yoki  bir  necha  javobgarga  nisbatan 

talablar taqdim etilsa, arizani qabul qilayotgan sudya, agar talablarni alohida 

ko‘rib  chiqishni  maqsadga  muvofiq  deb  topsa,  ulardan  biri  yoki  bir 

nechasini  alohida  ish  yuritish  uchun  ajratishga  haqli  (FPKning                

157-moddasi). 

Shu  o‘rinda  aytish  joizki,  FPKning  156-moddasiga  ko‘ra,  sudya  shu 

sudda  aynan  bir  taraflar  ishtirok  etayotgan  bir  turdagi  bir  necha  ish 

yuritilayotganligini yoxud bir shaxsning turli javobgarlarga yoki bir necha 


FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

31 


 

II BОB

 

da’vogarning aynan bitta javobgarga nisbatan arizalari bo‘yicha bir necha 



ish  yuritilayotganligini  aniqlasa,  agar  bu  ishlarni  birlashtirish  ishning  o‘z 

vaqtida  va  to‘g‘ri  hal  qilinishiga  yordam  bersa,  ularni  birgalikda  ko‘rish 

uchun  bitta  ishga  birlashtirishga  haqli.  Demak,  ushbu  modda  da’vo 

talablarini  birlashtirishni  tartibga  solmaydi,  aksincha,  fuqarolik  ishlarini 

birlashtirishni tartibga soladi.  

2-§. Qarshi da’vo arizasi va uni protsessual rasmiylashtirish tartibi 

Javobgar  manfaatlarini  himoya  qilish  vositalaridan  biri  qarshi  da’vo 

arizasi  hisoblanadi.  FPKning  246-moddasida  ko‘rsatilishicha,  sud  ish 

yuzasidan  hal  qiluv  qarori  chiqarguniga  qadar  javobgar  dastlabki  da’vo 

bilan birga ko‘rib chiqilishi uchun da’vogarga nisbatan qarshi da’vo taqdim 

etishga  haqli.  Qarshi  da’vo  taqdim  etish  da’vo  taqdim  etish  to‘g‘risidagi 

umumiy qoidalarga binoan amalga oshiriladi. 

 

Esda  saqlang!  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining 

2004-yil  21-maydagi  “Fuqarolik  ishlarini  apellyatsiya  tartibida  ko‘rish 

amaliyoti  haqida”gi  qarorining  22-bandida  ko‘rsatilishicha,  birinchi 

instansiya  sudida  arz  qilinmagan  talablar  apellyatsiya  instansiyasida 

ko‘rilishi  mumkin  emas.  Shuning  uchun  apellyatsiya  instansiyasi  sudi 

majlisida  arz  qilingan  qo‘shimcha  da’voni,  shuningdek,  qarshi  da’voni 

apellyatsiya instansiyasi qabul qilishga haqli emas.



 

 

 

 

 

 

FPKning  247-moddasida  qarshi  da’voni  qabul  qilish 

shartlari belgilangan. Unga kora, quyidagi hollarda sudya qarshi 

da`voni qabul qilishi shart

 

qarshi da’vo dastlabki da’voni qoplashga qaratilgan bo‘lsa



 

qarshi 


da’voning  qanoatlantirilishi  dastlabki  da’vo 

qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa

 

 

qarshi va dastlabki da’vo o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish mavjud 



bo‘lib, ularni birga ko‘rish nizo tezroq va to‘g‘ri hal qilinishiga 

yordam bersa

 


FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

32 


 

II BОB

 

Qarshi da’vo dastlabki  da’voni  qoplashga  qaratilgan  bo‘lishi  deganda 



quyidagi  holatlar  tushuniladi:  Masalan,  da’vogar  uy  ijara  haqini  undirish 

to‘g‘risida  da’vo  qo‘zg‘atgan  bo‘lsa,  javobgar  esa  sudda  qarshi  da’vo 

keltirib, uyni qo‘shimcha remont qilganligini asos qilib, shu sarflagan puli 

ijara haqini to‘liq qoplashini ko‘rsatishi mumkin.  

Qarshi da’voning qanoatlantirilishi dastlabki da’vo qanoatlantirilishini 

butunlay  yoki  qisman  istisno  etishi  mumkin.  Masalan,  aliment  undirish 

to‘g‘risida  talab  ilgari  surilgan  bo‘lsa,  javobgar  da’vogarga  qarshi  bolani 

tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan otasi degan yozuvning 

haqiqiy  emas  deb  topish  to‘g‘risida,  qarshi  da’vo  qo‘zg‘atishi  mumkin. 

Ushbu  holatda  agar  haqiqatan  ham  otasi  degan  yozuv  haqiqiy  emas,  deb 

topilsa, o‘z-o‘zidan aliment undirish to‘g‘risidagi talab to‘liq rad etiladi.   

Qarshi  va  dastlabki  da’vo  o‘rtasida  o‘zaro  bog‘lanish  mavjud  bo‘lib, 

ularni birga ko‘rish nizoning tezroq va to‘g‘ri hal qilinishiga yordam bersa. 

Misol qilib, asosiy da’vo yashash uchun uy-joyga kiritib qo‘yish to‘g‘risida 

bo‘lsa, shu ish bo‘yicha javobgarlar tomonidan uy-joyda yashash huquqini 

yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qarshi da’voni ko‘rsatish mumkin. 

Qarshi  da’vo  arizasi  uchun  umumiy  asoslarda  davlat  boji  to‘lanishi 

kerak. Aks holda, qarshi da’vo arizasi harakatsiz qoldiriladi. Qarshi da’vo 

arizasi FPKning 149-moddasi talablari asosida rasmiylashtiriladi.  

Qarshi da’vo arizasi qaytarma (regress) da’vodan o‘zining xususiyatlari 

bilan  ajralib  turadi:  qarshi  da’vo  arizasi  FPKning  247-moddasida 

ko‘rsatilgan  shartlar  bo‘lganda  qabul  qilinadi,  qaytarma  da’voni  keltirish 

shartlari fuqarolik protsessual qonunchiligida ko‘rsatilmagan; qarshi da’vo 

sudning hal qiluv qarori chiqquniga qadar beriladi, qaytarma (regress) da’vo 

esa sudning hal qiluv qarori chiqqanidan so‘ng beriladi. 

 

3-§. Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish asoslari 

 

 FPKning  152-moddasiga  ko‘ra,  sud  quyidagi  hollarda  arizani  qabul 



qilishni rad etadi, agar: 

1) ariza sudda ko‘rishga tegishli bo‘lmasa; 

2) sudning aynan o‘sha taraflar o‘rtasida, aynan bir predmet to‘g‘risida 

va aynan bir asoslar bo‘yicha chiqqan nizo yuzasidan qabul qilinib, qonuniy 

kuchga kirgan hal qiluv qarori yoxud da’vogarning arz qilgan talablaridan 

voz kechganligini qabul qilish yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash 

to‘g‘risidagi ajrimi mavjud bo‘lsa; 


FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

33 


 

II BОB

 

3) sud aynan o‘sha taraflar o‘rtasida, aynan bir predmet to‘g‘risida va 



aynan bir asoslar bo‘yicha chiqqan nizo yuzasidan ish yuritayotgan bo‘lsa; 

4)  taraflar  o‘rtasida  ushbu  nizoni  hal  qilish  uchun  hakamlik  sudiga 

topshirish haqida hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa; 

5) ish shu sudning sudloviga taalluqli bo‘lmasa; 

6) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa; 

7)  manfaatdor  shaxs  nomidan  arizani  ish  yuritish  vakolatiga  ega 

bo‘lmagan shaxs bergan bo‘lsa. 

Sudyaning ushbu modda 5-, 6- va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar 

bo‘yicha  arizani  qabul  qilishni  rad  etishi,  basharti  yo‘l  qo‘yilgan  xatolar 

bartaraf etilsa, shu ish bo‘yicha sudga ikkinchi marta ariza bilan murojaat 

etishga to‘sqinlik qilmaydi. 

Shu o‘rinda  aytish  joizki, Oliy  Sud Plenumi qarorlarida  arizani  qabul 

qilishni  rad  etishning  yuqorida  ko‘rsatilgan  asoslaridan  tashqari  boshqa 

asoslari ham ko‘rsatilgan.  

Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2011-yil 

20-iyuldagi  “Sudlar  tomonidan  nikohdan  ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha 

qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  qarorida  ko‘rsatilishicha, 

nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo arizasini qabul qilishda shuni inobatga 

olish  lozimki,  Oila  kodeksining  39-moddasiga  muvofiq,  er  xotinining 

roziligisiz  uning  homiladorligi  vaqtida  va  bola  tug‘ilganidan  so‘ng  bir  yil 

mobaynida nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga, garchi u tug‘ilish 

to‘g‘risidagi  yozuvlar  daftarida  bolaning  otasi  sifatida  yozilmagan  bo‘lsa 

ham, haqli emas. Mazkur qoida bola o‘lik tug‘ilgan yoki bir yoshga to‘lmay 

vafot  etgan  hollarga  ham  tatbiq  etiladi.  Xotinning  nikohdan  ajratish 

to‘g‘risida  ish  qo‘zg‘atishga  roziligi  bo‘lmagan  hollarda,  sudya  da’vo 

arizasini  qabul  qilishni  rad  etadi,  agar  u  qabul  qilingan  bo‘lsa,  sud  ish 

yuritishni tugatadi. Demak, mazkur holatda sud da’vo arizani qabul qilishni 

rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. 



 

Esda saqlang! O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 

2011-yil  25-noyabrdagi  “Sudlar  tomonidan  otalikni  belgilashga  oid 

ishlarni  ko‘rishda  qonunchilikning  qo‘llanilishi  to‘g‘risida”gi 

qarorida  ko‘rsatilishicha,  Oila  kodeksining  72-moddasiga  ko‘ra, 

FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

34 


 

II BОB

 

nikohda  bo‘lmagan  voyaga  yetmagan  ota-onadan  bola  tug‘ilgan 



holda,  ular  o‘n  olti  yoshga  to‘lganlaridan  so‘ng  otalikni  belgilash 

to‘g‘risida  mustaqil  ravishda  talab  qo‘yishga  haqlidirlar.  Shu 

munosabat  bilan  sud  ularning  otalikni  belgilash  to‘g‘risidagi 

arizasini qabul qilishni, FPKning 152-moddasi birinchi qismining 6-

bandiga asosan, rad qilishga haqli emas. 

 

 

4-§. Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim va 

uni rasmiylashtirish tartibi 

 

Sudya  FPKning  152-moddasida  ko‘rsatilgan  asoslarga  ko‘ra  arizani 



qabul qilishni rad etar ekan, bu haqda ariza tushgan kundan e’tiboran o‘n 

kun ichida asoslantirilgan ajrim chiqaradi (FPKning 153-moddasi). 

FPKning  108-moddasiga  ko‘ra,  arizani  qabul  qilish  rad  qilinganida 

to‘langan davlat boji qaytarib beriladi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  “Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha  birinchi  instansiya  sudi  ajrimlari  to‘g‘risida”gi  2012-yil                   

25-maydagi  7-sonli  qaroriga  ko‘ra,  arizani  harakatsiz  qoldirish  (FPKning 

154-moddasi),  arizani  qabul  qilishni  rad  etish  (FPKning  153-moddasi), 

arizani  qabul  qilish  va  ish  qo‘zg‘atish  (FPKning  151-moddasi)  alohida 

protsessual  hujjat  ko‘rinishida  chiqarilishi  shart  bo‘lgan  ajrimlar  toifasiga 

kiradi.  Alohida  protsessual  hujjat  ko‘rinishida  chiqariladigan  ajrimlar, 

odatda kirish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘lishi kerak. 

Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ham kirish, 

asoslantiruvchi, 

xulosa 

qismlaridan 



iborat 

bo‘lib, 


FPKning                      

237–238-moddalari  talablaridan  kelib  chiqib  rasmiylashtiriladi.  Ushbu 

ajrim  fuqarolik  ishini  qo‘zg‘atish  bosqichida  chiqarilgani,  sud  majlisi 

bo‘lmaganligi  sababli  ajrimning  kirish  qismida  sud  majlisining  kotibi 

yozilmaydi. 

Masalan, da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimning 

kirish qismida ajrimning chiqarilgan vaqti va joyi, sudning nomi, sudyaning 

familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar,  nizo 

predmeti  ko‘rsatiladi.  Asoslantiruvchi  qismida  sudning  arizani  qabul 

qilishni  rad  etishga  olib  kelgan  asoslar  va  sud  qo‘llagan  qonunlar 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling