Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi ariza namunasi
- Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ajrim namunasi AJRIM
- Ajrim qiladi
- Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirmay qoldirish to‘g‘risidagi ajrim namunasi
354
Ushbu holat bo‘yicha dastlabki tergov organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 2012-yil 2-apreldagi ajrimi bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3- qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumon qilinuvchi (F.I.O.)ga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2011-yil 5-dekabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 19 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandiga asosan uning ayblilik masalasi hal qilinmasdan turib, harakatdan tugatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarori hamda jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi tergov organi va sud ajrimida qayd etilgan holatlar shu bilan bog‘liq fuqarolik ishi ko‘rib chiqilishida qayta isbotlashni talab qilmaydi. Aniqlanishicha, hal qiluv qarori qabul qilingan kundagi 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan qiymati 2348,02 so‘mni tashkil etadi. Ushbu holatda 15.000 AQSh dollarining bugungi kundagi so‘mga nisbatan qiymati 35220300 so‘mni tashkil etadi. Qayd etilganlardan kelib chiqib, FPKning 226-moddasiga asosan, sud ishdagi mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanib, da’vogar vakilining vaj va iltimoslarini inobatga olib, da’voni qanoatlantirishni va javobgar (F.I.O.)dan fuqaro (F.I.O.)ning foydasiga jinoyat oqibatida yetkazilgan 35220300 so‘m miqdorida moddiy zarar va 7044060 (35220300 X 20%) so‘m miqdorida davlat boji undirishni lozim deb topadi. Yuqoridagilarga ko‘ra va FKning 60-, 985-moddasi hamda FPKning 120-, 224– 227-, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud
Da’vogar Mirzo Ulug‘bek tuman prokurorining fuqaro (F.I.O.)ning manfaatida javobgar (F.I.O.)ga nisbatan jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni undirish haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin. Javobgar (F.I.O.)dan fuqaro (F.I.O.)ning foydasiga 35.220.300 (o‘ttiz besh million ikki yuz yigirma ming uch yuz) so‘m moddiy zarar undirilsin. Javobgar (F.I.O.)dan davlat foydasiga 7.044.060 (yetti million qirq to‘rt ming oltmish) so‘m davlat boji undirilsin. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 355
Sud majlisida ishtirok etmagan javobgar 15 kun muddat ichida sirtdan chiqarilgan qarorni qayta ko‘rish haqida shu tumanlararo sudiga ariza, qarordan norozi tomon 20 kun muddat ichida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shu sud orqali apellyatsiya tartibida shikoyat, prokuror protest keltirishi mumkin.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.)
namunasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudiga
Arizachi: (F.I.O.) tomonidan Manzil: Sirg‘ali tumani 5-mavze 2-uy.
ARIZA (Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2012-yil 8- noyabrdagi sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish to‘g‘risida)
Da’vogar Sirg‘ali tuman hokimiyati javobgar (F.I.O.)ga nisbatan noqonuniy qurilmani buzish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sudning 2012-yil 8-noyabrdagi sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori bilan da’vogarning da’vo talablari qanoatlantirilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan sirtdan chiqarilgan sudning hal qiluv qaroridan noroziman, fuqarolik ishi mening ishtirokimsiz sirtdan ko‘rib chiqilgan, uyimga ham sud chaqiruv qog‘ozi kelmagan. Hattoki, menda ushbu hal qiluv qarori ham yo‘q. Bundan tashqari, menda uy qurilishiga hokimiyatning roziligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud va ular hokimiyatning da’vosini rad etish uchun asos bo‘ladi deb hisoblayman. Bundan tashqari, menga sud chaqiruv qog‘ozi doimiy ro‘yxatda turgan yashash manzilimga kelmagan. FPKning 229-moddasiga ko‘ra, sud majlisida ishtirok etmagan taraf hal qiluv qarorini sirtdan chiqargan sudga shu hal qiluv qarori chiqarilganidan keyin o‘n besh kun ichida uni qayta ko‘rish haqida ariza berishga haqlidir. Yuqorida ko‘rsatilgan qonun talabidan kelib chiqib, FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 356
SO‘RAYMAN: Sirg‘ali tuman hokimiyatining javobgar (F.I.O.)ga nisbatan noqonuniy qurilmani buzish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2012-yil 8-noyabrdagi sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishingizni va sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilib, mazkur ishni qayta ko‘rishingizni so‘rayman. Ilova: 1) uy-joy bo‘yicha hujjatlar nusxalari; 2) pasport nusxasi; 3) ushbu arizaning nusxasi.
2012-yil 15 noyabr
imzo
(F.I.O.)
namunasi AJRIM (sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish to‘g‘risi) 2012-yil 9-iyul kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida sudya (F.I.O.)ning raisligida, (F.I.O.)ning kotibligida, javobgar (F.I.O.)ning sudning sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish va fuqarolik ishini qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizasini ko‘rib chiqib,
Aniqladi: Da’vogar Yakkasaroy tuman prokurori fuqaro (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larning manfaatida javobgarlar (F.I.O.) va (F.I.O.)larga nisbatan zarar undirish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Sudning 2012-yil 8-maydagi sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori bilan da’vogarning da’vo talablari qanoatlantirilgan. Javobgar (F.I.O.) mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, sudga ariza bilan murojaat qilgan va unda yuqorida ko‘rsatilgan fuqarolik ishi uning ishtirokisiz sirtdan ko‘rib chiqilganligini ko‘rsatib, hal qiluv qarorini bekor qilish va fuqarolik ishini uning ishtirokida ko‘rib chiqishni so‘ragan. FPKning 229-moddasiga ko‘ra, sud majlisida ishtirok etmagan taraf hal qiluv qarorini sirtdan chiqargan sudga shu hal qiluv qarori chiqarilganidan keyin o‘n besh kun ichida uni qayta ko‘rish haqida ariza berishga haqli.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 357
Yuqoridagi qonun talabiga asosan va FPKning 130-, 229-, 237–238-moddalarini qo‘llab, sud
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish haqida ariza keltirish muddati tiklansin. Arizachi (F.I.O.)ning sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi arizasi qanoatlantirilsin. Da’vogar Yakkasaroy tuman prokurorining fuqaro (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larning manfaatida javobgarlar (F.I.O.) va (F.I.O.)larga nisbatan zarar undirish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan fuqarolik ishi yuzasidan sudning 2012-yil 8-maydagi sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori bekor qilinsin. Mazkur fuqarolik ishi yuzasidan rasmiylashtirilgan ijro varaqalari bekor qilinsin va sudga ijrosi qaytarilsin.
Raislik etuvchi: imzo
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirmay qoldirish to‘g‘risidagi ajrim namunasi AJRIM (sirtdan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirmasdan qoldirish to‘g‘risida)
2011-yilning 6-sentabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.), (F.I.O.)ning kotibligida, da’vogar Shayxontohur tuman prokurorining javobgar (F.I.O.)ga nisbatan fuqarolar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)larning manfaatini ko‘zlab, yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan 1-3567/10–sonli fuqarolik ishi bo‘yicha javobgar (F.I.O.) ning sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Da’vogar Shayxontohur tuman prokurori fuqarolar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)larning manfaatida javobgar (F.I.O.)ga nisbatan yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 358
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudining 2010- yil 6-oktabrdagi sirtdan chiqarilgan hal qiluv qaroriga asosan da’vo arizasi to‘liq qanoatlantirilgan. Sudga javobgar (F.I.O.) ariza bilan murojaat qilib, sudga o‘z vaqtida kela olmaganligini, sababi chaqiruv qog‘ozi olmaganini ko‘rsatib, protsessual muddatni tiklashni, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni qaytadan uning ishtirokida ko‘rib chiqishni, ijro harakatlarini to‘xtatishni so‘ragan. FPKning 229-moddasi 1-qismiga asosan, javobgar hal qiluv qarorini sirtdan chiqargan sudga shu hal qiluv qarori chiqarilganidan keyin o‘n besh kun ichida uni qayta ko‘rish haqida ariza berishga haqli. Mazkur kodeksning 234-moddasiga binoan, agar sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish vaqtida sud tarafning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni o‘z vaqtida xabardor qilish imkoniyati bo‘lmaganligini hamda taraf sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dalillarni taqdim qilayotganligini aniqlasa, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori bekor qilinib, ishni mazmunan ko‘rish tiklanishi lozim. Sud javobgar (F.I.O.)ning sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqib, javobgarning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligi va bu haqda sudni o‘z vaqtida xabardor qilish imkoniyati bo‘lmaganligini hamda sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dalillarni taqdim qilmaganligi sababli javobgar (F.I.O.)ning arizasini rad qilishni lozim deb topadi. Yuqoridagilarga ko‘ra, FPKning 233-, 237–238-moddalariga asosan, sud
Javobgar (F.I.O.)ning sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi arizasi qanoatlantirilmasdan qoldirilsin. Ajrimning ijroni to‘xtatish haqidagi qismidan norozi tomon 10 kunlik muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shu sud orqali xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishi mumkin.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.)
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 359
VII BOB BO‘YICHA ILOVALAR Sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizadan namuna Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudiga
Undiruvchi: (F.I.O.), 1980-yilda tug‘ilgan. Y./j.: Olmazor tumani Guruchariq ko‘chasi 38-uy. Tel.: 220-62-16.
Qarzdor: (F.I.O.), 1974-yilda tug‘ilgan. Y./j.: Uchtepa tumani Juzjoniy ko‘chasi 45-uy. Tel.: 275-63-05. ARIZA (voyaga yetmagan bolalalar uchun aliment undirish haqida) Men qarzdor (F.I.O.) bilan 2005-yil 8-avgustda shar’iy nikohdan o‘tib turmush qurganman. Birgalikdagi turmushimizdan ikki nafar: 1) (F.I.O.) (2006-yil 9-mayda tug‘ilgan); 2) (F.I.O.) (2008-yil 21-avgustda tug‘ilgan) ismli farzandlarimiz bor. Qarzdor bilan 2010-yildan buyon birga yashamaymiz, u farzandlarining ta’minoti uchun yordam bermaydi, farzandlarim mening qaramog‘imda. Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96-99- moddalariga asosan, suddan
Toshkent shahar Uchtepa tumani Juzjoniy ko‘chasi 45-uyda yashovchi 1976-yilda tug‘ilgan (F.I.O.)dan mening foydamga voyaga yetmagan ikki nafar: (F.I.O.) (2006-yil 9-mayda tug‘ilgan) va (F.I.O.) qizi (2008-yil 21-avgustda tug‘ilgan) ismli farzandlarimizning ta’minoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqida sud buyrug‘i chiqarib berishingizni. Ilova:
1) ariza nusxasi; 2) bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; 3) yashash joyidan ma’lumotnoma; 4) pasport nusxalari; 5) turmush o‘rtog‘imning oylik maoshi haqida ma’lumot.
Sana: imzo (F.I.O.) FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 360
Sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim namunasi AJRIM (sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida)
2014-yil 27-aprel
Toshkent shahri
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) undiruvchi (F.I.O.)ning qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan qarzni undirish haqida sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni Aniqladim:
Undiruvchi (F.I.O.) qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan qarzni undirish haqidagi arizasi bilan sudga murojaat etib, qarzdordan 4.350.000 so‘m qarz undirib berish to‘g‘risida sud buyrug‘i chiqarib berishni so‘ragan. Sud tomonidan aniqlanishicha, undiruvchi (F.I.O.) sudga murojaat qilgan arizasiga arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilmagan. FPKning 238 5 -moddasi 3-bandiga ko‘ra, arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, sudya arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqarishi lozim. Yuqoridagilarga asosan va FPKning 237-238-, 238 5 -moddalarini qo‘llab, Ajrim qilaman: Undiruvchi (F.I.O.)ning qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan qarzni undirish haqida sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilish rad etilsin. Arizani qabul qilishning rad etilishi undiruvchi (F.I.O.)ni ana shu talab bo‘yicha da’vo ishini yuritish tartibida da’vo taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
Sudya: imzo (F.I.O.). FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 361
Sud buyrug‘i chiqarishni rad etish haqidagi ajrim namunasi AJRIM (sud buyrug‘i chiqarishni rad etish to‘g‘risida)
2014-yil 27-aprel
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) undiruvchi (F.I.O.)ning qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan aliment undirish haqida sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni Aniqladim: Undiruvchi (F.I.O.) qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan aliment undirish haqidagi arizasi bilan sudga murojaat etib, qarzdordan 2010-yil 3-mayda tug‘ilgan farzandi (F.I.O.) foydasiga aliment undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i chiqarib berishni so‘ragan. Sud tomonidan aniqlanishicha, mazkur sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizaga ilova qilingan bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomada bolaning otasi belgilanmagan. FPKning 238 2 -moddasi 3-bandiga ko‘ra, agar voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish haqidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmagan talab arz qilingan bo‘lsa, sud buyrug‘i chiqarilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli qarorining 11-bandida ko‘rsatilishicha, sudlarning e’tibori qaratilsinki, FPKning 238 2 -moddasi 3-bandiga asosan, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi talab bo‘yicha sud buyrug‘i arz qilingan talab otalikni belgilash yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmasa chiqariladi. Bunda sudlar birgina otalikni belgilash haqidagi talab arz qilingan holda emas, balki shu bilan birgalikda ikkinchi taraf tomonidan otalik (onalik)ka nisbatan e’tiroz bildirilgan hollarda ham sud buyrug‘i chiqarish mumkin emasligini nazarda tutishlari lozim. Ushbu holatlarning barchasi nizo mavjudligidan dalolat berib, sud buyrug‘i chiqarishni istisno etadi. Yuqoridagilarga asosan va FPKning 237–238-, 238 2 -moddalarini qo‘llab, Ajrim qilaman: Undiruvchi (F.I.O.)ning qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan aliment undirish haqidagi arizasiga sud buyrug‘i chiqarish rad etilsin. Sud buyrug‘i chiqarishni rad etish undiruvchi (F.I.O.)ni shu talab bo‘yicha da’vo tartibida sudga murojaat qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Sudya: imzo (F.I.O.) FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 362
Sud buyrug‘idan namunalar
22-mart 2013-yil SB-1-467/13-sonli ish yurituv Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.), Toshkent shahar Mirobod tumani Bahor ko‘chasi 18/20-1-uy 10-xonadonda yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan undiruvchi (F.I.O.)ning Toshkent shahar Mirobod tumani Bahor ko‘chasi 144-uy 10-xonadonda yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan farzand ta’minoti uchun aliment undirish haqida sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib, FPK 238
2 -moddasining 3-bandiga asosan, 238 8 -moddasini qo‘llab, BUYURAMAN:
Toshkent shahar Mirobod tumani Bahor ko‘chasi 144-uy 10-xonadonda yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan qarzdor (F.I.O.)dan Toshkent shahar Mirobod tumani Bahor ko‘chasi 18/20-1-uy 10-xonadonda yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan undiruvchi (F.I.O.)ning foydasiga, voyaga yetmagan 2004-yil 15-iyulda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2006-yil 18-noyabrda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlarining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi oylik ish haqi va boshqa daromadining 1/3 qismi miqdorida 2013-yil 8-yanvar kunidan boshlab to farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment undirilsin. Qarzdor (F.I.O.)dan davlat foydasiga 39.795 (o‘ttiz to‘qqiz ming yetti yuz to‘qson besh) so‘m davlat boji undirilsin. Qarzdor buyruq nusxasini olgan kundan e’tiboran talab qilingan ariza yuzasidan e’tirozini o‘n kunlik muddatda sudga yuborishga haqli.
Sudya: imzo (F.I.O.)
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling