Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


    Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi e’tiroz namunasi


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63

 

363 


 

Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi e’tiroz namunasi 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar   

Shayxontohur tumanlararo sudiga 

 Qarzdor: (F.I.O.) 1982-yilda tug‘ilgan. Mirobod  

tumani Bahor ko‘chasi 144-uy  

10-xonadonda istiqomat qiladi. 

 

E’TIROZ 

(sud buyrug‘ini bekor qilish haqida) 

 

 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudi tomonidan  



2014-yil  22-martda  Toshkent  shahar  Mirobod  tumani  Elektr  energiya  tarmoqlari 

bo‘limiga  100 000 (yuz ming ) so‘m qarzdorlik to‘lovlarini undirish haqida (F.I.O.)ga 

nisbatan SB-467/10-sonli sud buyrug‘i chiqarilgan.  

Mirobod tumani Bahor ko‘chasi 144-uy 10-xonadonning elektr energiyadan hech 

qanday  qarzdorligi  mavjud  emas.  Chunki  oxirgi  marta  2014-yil  20-martda  elektr 

energiya  uchun  200 000  (ikki  yuz  ming)    ming  so‘m  pul  to‘langan.  Shuning  uchun 

ushbu sud buyrug‘ini bekor qilishingizni so‘rayman.  

 

Ilova: 



    1) sud buyrug‘i nusxasi; 

2) elektr energiya uchun pul to‘langanlik haqidagi kvitansiya. 

 

Sana                                               imzo                                                (F.I.O.)  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

364 


 

VIII BOB BO‘YICHA ILOVALAR 

Da’vo arizasi, sudning ajrimlari, sudning hal qiluv qarorlaridan namunalar 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar  



Mirobod tumanlararo sudiga 

 

Da’vogar: (F.I.O.) Ya/j: Toshkent shahar Hamza tumani  



Tuzel-2 ko‘chasi 20 -uy 38 -xonadon. 

 

Javobgar: (F.I.O.) Ya/j: Toshkent shahar, Hamza tumani, 



 Iltifot ko‘chasi, 73 -uy. 

 

DA’VO   ARIZA 

(nikohni bekor qilish haqida) 

 

Men,  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)    bilan  2012-yil  27-aprelda  turmush  qurib, 

Toshkent shahar Hamza tumani FHDYo bo‘limi tomonidan qonuniy nikohdan o‘tdim. 

Birgalikdagi turmushimizdan 2013-yil 18-aprel kuni tug‘ilgan bir nafar (F.I.O.)  ismli 

farzandimiz bor. O‘rtamizdagi nikoh bekor qilinmagan. 

Javobgar  (F.I.O.)  menga  va  oila  a’zolarimga  nisbatan  noto‘g‘ri  munosabatda 

bo‘lib,  meni  va  ota-onamni  hurmat  qilmagan  va  bundan  keyin  birga  yashash 

imkoniyati yo‘qligi sababli mol mulklarini yig‘ib, 2012-yil dekabr oyida ota-onasining 

uyiga  ketib  qolgan  va  hozirga  qadar  alohida  uyda  men  bilan  umumiy  ro‘zg‘or 

yuritmasdan yashab kelmoqda.  

O‘rtamizdagi er-xotinlik munosabatlari 2012-yildan boshlab tugatilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 41-moddasi talabiga ko‘ra, agar sud 

er  va  xotinning  bundan  buyon  birgalikda  yashashiga  va  oilani  saqlab  qolishga 

imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.       

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2011-yil  20-iyuldagi  “Sudlar 

tomonidan  nikohdan  ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha  qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti 

to‘g‘risida”gi  6-sonli  qarorining  16-bandida  tushuntirilishicha,  sudlarning  e’tibori 

shunga qaratilsinki, nikohdan  ajratish  to‘g‘risidagi  talab faqat  er-xotin  bundan buyon 

birga  hayot  kechirishlarining  va  oila  batamom  buzilganligi  sababli  uni  saqlab 

qolishning iloji yo‘qligi aniqlangan holdagina qanoatlantirilishi lozim.  

Mening javobgar bilan bundan buyon birga yashamasligim va oilani saqlab qolish 

imkoniyati  yo‘qligi  haqidagi  qarorim  qat’iy  bo‘lib,  u  bilan  tuzgan  oilam  tamomila 

barbod bo‘lgan.  

Yuqoridagilarni  inobatga  olib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksi  41-

moddasi va Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan 

ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha  qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  6-sonli 

qaroriga asosan, suddan 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

365 


 

 

SO‘RAYMAN: 

 

Men  bilan  javobgar  (F.I.O.)    o‘rtasidagi  2012-yil  27-aprelda  Toshkent  shahar 



Hamza tumani FHDYo bo‘limi tomonidan №______-son bilan qayd qilingan nikohni 

bizlarga yarashish uchun muddat bermasdan bekor qilishingizni.  

 

Ilova:  


1) da’vo arizasi nusxasi;  

2) nikoh va tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi nusxasi;  

3) manzillar ma’mulotnomalari  

4) davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya. 

 

Da’vogar:      



 

imzo   


 

 

(F.I.O.)   



 

 

AJRIM 

(yarashish uchun muddat berish va ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risida) 

 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Shayxontohur  tumanlararo    sudi 



2014-yil  21-iyul  kuni  ochiq    sud  majlisida  raislik  etuvchi  (F.I.O.),  (F.I.O.)ning 

kotibligida,  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  nikohdan  ajratish 

haqidagi  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-4127/14-sonli  fuqarolik  ishini  ko‘rib  chiqib, 

quyidagilarni  

 

Aniqladi:  

Taraflar  –  (F.I.O.)    va  (F.I.O.)    2009-yil  12-dekabr  da  qonuniy  nikohdan  o‘tib 

turmush qurganlar. 

Birgalikdagi turmushlaridan bir nafar – 2009-yil 3-martda tug‘ilgan (F.I.O.)  ismli 

farzandlari bor.  

Taraflar  2013-yil  apreldan  buyon  birga  yashamaydilar  va  ular  o‘rtasidagi  er-

xotinlik munosabatlari o‘sha paytdan tugatilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  41-moddasiga  asosan  sud  er-

xotinning birgalikdagi yashashi va oilani saqlab qolish imkoniyati qolmagan hollarda, 

ularning nikohini bekor qiladi. 

Sud taraflar va ularning vakillarining bayonotlarini tinglab, ish materiallari bilan 

tanishib, er-xotinni kelgusida birgalikda yashashi mumkin deb hisoblaydi. Shu sababli 

oilani  saqlab  qolish  maqsadida,  er-xotinga  yarashib  olish  uchun  muddat  tayinlanishi 

lozim. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

366 


 

Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40–41-moddalari hamda 

FPKning 237–238-moddalariga asosan, sud  

 

Ajrim   qiladi: 

Da’vogar  (F.I.O.)  va  javobgar  (F.I.O.)ga  yarashib  olishlari  uchun  6  (olti)  oy 

muhlat tayinlansin.  

Ishni  sud  majlisida  ko‘rish  2015-yil  yanvar  oyining  1-kuni  soat  10-00  ga 

qoldirilsin. 

Mazkur ajrim ustidan xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilmaydi. 

 

Raislik etuvchi:                                                        imzo                         (F.I.O.)  



 

 

HAL  QILUV  QARORI 



O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  NOMIDAN 

 

2014-yil  noyabr  oyining  3-kuni  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan 

nikohni 

bekor 


qilish 

haqidagi 

da’vo 

arizasi 


bo‘yicha 

qo‘zg‘atilgan  

1-3861/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi:   

 

Da’vogar (F.I.O.)  javobgar (F.I.O.)ga  nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo 



arizasi bilan sudga murojaat etgan. 

Sud  majlisida  da’vogar  (F.I.O.)    da’vo  talablarini  quvvatlab,  javobgar  (F.I.O.) 

bilan  2008-yil  30-iyunda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurganini,    birgalikdagi  

turmushidan 

 

voyaga 


yetmagan 

ikki 


nafar: 

2010-yil  

7-sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2013-yil 14-iyunda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari 

borligini,  javobgar  bilan  turmushlari  boshida  yaxshi  bo‘lganini,  lekin  keyinchalik 

o‘rtalarida  kelishmovchiliklar,  bir-birini  tushunmaslik,  arzimagan  narsalarga  ham 

urush-janjallar kelib chiqa boshlaganini, o‘rtalarida oilaviy munosabatlar buzilganini, 

2013-yildan beri alohida yashashlarini, er-xotinlik munosabatlari tugatilganini, o‘zaro 

hurmat  va  izzat  yo‘qolganini,  oilani  tiklashning  imkoni  yo‘qligini,  sud  tomonidan 

oilani  saqlab  qolish  maqsadida  berilgan  muddat  ichida  oilani  tiklashga  harakat 

qilmaganligini,  o‘rtalarida  mulkiy  nizo  yo‘qligini,  farzandlarini  moddiy  jihatdan 

ta’minlashini, oilani kelgusida saqlab qolishning umuman iloji yo‘qligini bayon qilib, 

da’vo talablarini qanoatlantirishni so‘radi.  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

367 


 

Sudga javobgar (F.I.O.) ariza bilan murojaat qilib, unda da’vo talablarini tan olib, 

oila  butunlay  barbod  bo‘lganligini,  uni  tiklashning  imkoni  yo‘qligini,  o‘rtalarida 

mulkiy  nizo  yo‘qligini,    farzandlarini  o‘zining  tarbiyasida  qoldirishni,  qizlik 

familiyasiga o‘tishini bayon qilib, da’vo talablarini qanoatlantirishni  hamda fuqarolik 

ishini o‘zining ishtirokisiz ko‘rishni so‘ragan. Shu sababli sud fuqarolik ishini FPKning 

174-moddasiga asosan javobgar (F.I.O.)ning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim topadi. 

Sud da’vogar va javobgarning bayonotini tinglab, ish hujjatlarini muhokama qilib 

va mavjud dalillarga huquqiy baho berib, quyidagi asoslarga ko‘ra da’vogarning da’vo 

talablarini qanoatlantirish haqidagi xulosaga keladi. 

Aniqlanishicha, taraflar (F.I.O.) va (F.I.O.) 2008-yil 30-iyun kuni oila qurganlar 

va  ular  o‘rtasidagi  qonuniy  nikoh  Toshkent  shahar  “Navro‘z”  nikoh  uyi  tomonidan 

754-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qayd qilingan.  

Taraflarning  birgalikdagi  turmushlaridan    ikki  nafar  –  2010-yil  7-sentabrda 

tug‘ilgan (F.I.O.) va 2013- yil 14-iyunda tug‘ilgan (F.I.O.)  ismli farzandlari bor. 

Taraflar  o‘rtasida  yuzaga  kelgan  kelishmovchiliklar  va  janjallar  o‘zaro  hurmat-

ishonch,  bir-birini  tushunish  va  mehr-muhabbat  tuyg‘ularining  yo‘qolishiga  hamda 

oilaning barbod bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Shu sababli taraflar 2013-yildan buyon birga 

yashamaydilar  va  umumiy  ro‘zg‘or  yuritmaydilar.  Shu  paytdan  e’tiboran  ular 

o‘rtasidagi er-xotinlik munosabatlari tugatilgan.  

Bundan  tashqari,  sud  tomonidan  taraflarga  yarashib  olishlari  uchun  berilgan 

muddat  davomida  taraflar  o‘z  oilasini  saqlab  qolishga  harakat  qilmaganlar.  Ushbu 

holatlar  esa  oilaning  batamom  barbod  bo‘lganligidan  va  uni  saqlab  qolish 

imkoniyatlari qolmaganligidan dalolat beradi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2011-yil  20-iyuldagi  “Sudlar 

tomonidan  nikohdan  ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha  qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti 

to‘g‘risida”gi  6-sonli  qarori  16-bandi  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila 

kodeksining 41-moddasida sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va 

oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratishi mumkinligi 

ko‘rsatilgan.  

Bunday  holatlarda  sud  da’vogarning  da’vo  talablarini  qanoatlantirib,  da’vogar 

(F.I.O.)    va  javobgar  (F.I.O.)lar  2008-yil  30-iyun  kuni  Toshkent  shahar  “Navro‘z” 

nikoh  uyi  tomonidan  754-sonli  dalolatnoma  yozuvi  bilan  qayd  qilingan  nikohdan 

ajratishni,  taraflarning ikki nafar  2010-yil 7-sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2013-yil 

14-iyunda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli  farzandlarini  onasi  –  javobgar  (F.I.O.)ning 

tarbiyasida  qoldirishni,  javobgarni  nikohdan  oldingi  qizlik  familiyasiga  qaytarishni, 

da’vogar  (F.I.O.)dan  davlat  foydasiga  238.770  so‘m  davlat  boji  undirishni,  javobgar 

(F.I.O.)ning  qaramog‘ida  ikki  nafar  voyaga  yetmagan  farzandlari  borligini  inobatga 

olib, uni davlat boji to‘lovlaridan ozod qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

368 


 

Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40–41-, 44–

45-moddalarini,  Fuqarolik  protsessual  kodeksining  174-,  203–206-moddalarini 

qo‘llab, sud 

 

Qaror  qiladi:  

Da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  nikohdan  ajratish  haqidagi 

da’vo arizasi qanoatlantirilsin. 

Da’vogar  (F.I.O.)    va  javobgar  (F.I.O.)    lar  o‘rtasida  2008-yil  30-iyun  kuni 

Toshkent shahar “Navro‘z” nikoh uyi tomonidan 754-sonli dalolatnoma yozuvi bilan 

qayd etilgan nikoh bekor qilinsin. 

Taraflarning ikki nafar – 2010-yil 7-sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2013-yil 14-

iyunda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli  farzandlari  onasi  –  javobgar  (F.I.O.)  tarbiyasida 

qoldirilsin. 

Javobgar (F.I.O.) nikohdan oldingi qizlik familiyasiga qaytarilsin.  

Nikohni  bekor qilishni rasmiylashtirishda da’vogar (F.I.O.)dan davlat  foydasiga 

238.770 so‘m davlat boji undirilsin.  

Javobgar (F.I.O.) davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.  

Hal qiluv qaroridan norozi taraflar 20 kun muddat ichida shu sud orqali fuqarolik 

ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  apellyatsiya  tartibida  shikoyat  berishi  yoki 

protest keltirishi mumkin. 

 

Raislik etuvchi: 



 

                      imzo                                  (F.I.O.)    

 

HAL   QILUV   QARORI 

O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASI   NOMIDAN 

 

2014-yil  avgust  oyining  13-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Shayxontohur tumanlararo sudi, o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)  ning  kotibligida,  advokat  (F.I.O.)ning  ishtirokida  da’vogar 

(F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  nikohdan  ajratish  haqidagi  da’vo  arizasi 

bo‘yicha yuritilgan 1-3888/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

 

Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo 



arizasi bilan sudga murojaat qilgan. 

Sud  majlisida  da’vogar  (F.I.O.)  da’vo  talablarini  quvvatlab,  javobgar  (F.I.O.) 

bilan 2004-yil 23-fevralda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganligini, birgalikdagi 

turmushidan  uch  nafar  –  2004-yil  8-oktabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.),  2006-yil  6-iyunda 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

369 


 

tug‘ilgan (F.I.O.) va 2010-yil 25-aprelda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari borligini,  

javobgar bilan birgalikda turmush qurib yaxshi yashaganliklarini, ammo 2012-yildan 

boshlab javobgarning unga nisbatan munosabati keskin o‘zgarganini, uni na turmush 

o‘rtog‘i  sifatida,  na  qizlarining  otasi  sifatida  hurmat  qilmay  qo‘yganini,  bir  necha 

marotaba javobgarga oilani saqlab qolish haqida nasihat qilganini, lekin javobgar uni 

mensimay,  unga  nisbatan  munosabatini  o‘zgartirmaganini,  2011-yilda  ammasining 

qiziga uylanganini, bunga javobgar  rozi bo‘lganini, u bilan 20 kun yashaganini, u qizni 

javobgar  bilan  opa-singilday  yashashini  xohlaganini,  lekin  javobgar  janjal  qilgani 

sababli ajrashib ketishganini, shundan so‘ng yana javobgar bilan yashab kelishganini, 

javobgar unga yetarli mehr berolmagani sababli bir necha marotaba uylanishga haqqi 

borligini, javobgar bilan birga javobgarning otasiga tegishli uyda yashab kelishganini, 

javobgar  buni  minnat  qilib  gapirishini,  javobgar  bilan  o‘rtalarida  sababsiz  janjallar 

bo‘lib, 2014-yil 6-fevral kuni uni uydan haydab chiqarishganini, bundan so‘ng oilani 

saqlab  qolib  bo‘lmasligini,  mulkiy  nizosi  borligini,  javobgar  bilan  turmushlari 

davomida olingan avtomashinadan voz kechsa, u ham uyga da’vo qilmasligini, uyni 

farzandlariga qoldirishini, aks holda mulkiy nizosi bo‘lishini, oilani tiklashning imkoni 

yo‘qligini bayon qilib, suddan da’vo talablarini qanoatlantirishni so‘radi.  

Sud majlisida da’vogarning ishonchli vakili (F.I.O.) da’vo arizasini quvvatlab, uni 

qanoatlantirishni so‘radi. 

Sud  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  da’vo  arizasini  tan  olmasdan,  haqiqatan  ham 

da’vogar  bilan  23-fevral  2004-yilda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurganligini, 

birgalikdagi turmushlaridan uch nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini, da’vogar 

bilan  o‘zaro  kelishmovchiliklar  sababli  2014-yil  fevral  oyidan  buyon  birga 

yashamasligini,  turmushlari  boshida  da’vogar  bilan  yaxshi  yashaganliklarini, 

keyinchalik  o‘rtalarida  urush-janjal  va  kelishmovchiliklar  kelib  chiqa  boshlaganini, 

da’vogar bilan yashash niyati borligini, oilani saqlab qolish tarafdori ekanligini bayon 

qilib, suddan da’vogarning da’vo talabini rad qilishni so‘radi.  

Sud majlisida javobgarning ishonchli vakili (F.I.O.) da’vo arizasini tan olmasdan, 

javobgarning ko‘rgazmalarini quvvatlab, da’vo arizasini rad qilishni so‘radi. 

Sud taraflarning tushuntirishlarini tinglab, fuqarolik ishi hujjatlari bilan tanishib, 

quyidagi  asoslarga  ko‘ra,  da’vogarning  da’vo  talabini  qanoatlantirishni  rad  qilishni 

lozim deb topadi. 

Aniqlanishicha,  taraflar  –  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)  23-fevral  2004-yilda  qonuniy 

nikohdan o‘tib turmush qurganlar va ular o‘rtasidagi nikoh shu kuni Toshkent shahar 

Olmazor tuman FHDYo bo‘limi tomonidan 74-sonli dalolatnoma  yozuvi bilan qayd 

qilingan.  

O‘zaro turmushlaridan uch nafar  2004-yil 8-oktabrda tug‘ilgan (F.I.O.), 2006-

yil  6-iyunda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  va  2010-yil  25-aprelda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli 

farzandlari bor. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

370 


 

Sudda aniqlanishicha, taraflar o‘rtasida oilaviy kelishmovchiliklar 2014-yil fevral 

oyida boshlangan bo‘lib, shu paytdan boshlab taraflar birga yashamaydilar.  

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 41-moddasiga ko‘ra, agar sud er va 

xotinning  bundan  buyon  birgalikda  yashashiga  va  oilani  saqlab  qolishga  imkoniyat 

yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2011-yil  20-iyuldagi  “Sudlar 

tomonidan  nikohdan  ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha  qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti 

to‘g‘risida”gi  06-sonli  qarorining  16-bandi  2-qismida  tushuntirilishicha,  turmushda 

kechadigan  vaqtinchalik  kelishmovchiliklar  va  tasodifiy  sabablarga  ko‘ra  er-xotin 

o‘rtasida  kelib  chiqqan  ixtiloflar,  shuningdek,  er-xotindan  biri  yoki  har  ikkalasining 

jiddiy  vajlar  keltirmagan  holda  nikoh  munosabatlarini  davom  ettirishni  xohlamasligi 

nikohdan  ajratish  uchun  yetarli  asos  bo‘la  olmaydi.  Nikohdan  ajratishga  asoslar 

bo‘lmaganda, sud da’voni rad etadi. 

Yuqorida qayd etilgan holatlarga hamda taraflarning 2014-yil fevral oyigacha bir 

oila  bo‘lib  munosabatlari  yaxshi  bo‘lganiga,  umumiy  ro‘zg‘or  yuritib  yashab 

kelganliklariga,  oilaning  barbod  bo‘lganligini  tasdiqlovchi  jiddiy  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan holatlar mavjud emasligiga, oilani saqlab qolishning imkoniyati bor ekanligiga 

va  uch  nafar  voyaga  yetmagan  farzand  borligiga  huquqiy  baho  bergan  holda,  sud 

da’vogarning  da’vo  arizasida  ko‘rsatilgan  vajlar  nikohdan  ajratishga  asos  bo‘la 

olmaydi deb hisoblaydi.  

Shuningdek,  da’vogar  (F.I.O.)  sudda  bergan  ko‘rsatmasida  oilaning  barbod 

bo‘lganligini  jiddiy  asoslab  bera  olmadi.  Shu  sababli  sud  da’vo  arizasini  rad  qilish 

haqidagi xulosaga keladi. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  41-

moddasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2011-yil  20-iyundagi 

“Sudlar  tomonidan  nikohdan  ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha  qonunchilikni  qo‘llash 

amaliyoti to‘g‘risida”gi 06-sonli qarori hamda FPKning 203–206-moddalariga asosan, 

sud 

 

Qaror   qiladi : 



 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  nikohdan  ajratish  haqidagi 

da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilsin. 

Hal  qiluv  qaroridan  norozi  taraf  20  kunlik  muddat  ichida  mazkur  sud  orqali 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat yoki 

protest keltirish huquqiga ega. 

 

Raislik etuvchi: 



 

 

imzo            



(F.I.O.) 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

371 


 

AJRIM 

(ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida) 

 

2014-yil  2-iyul  kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Mirobod 



tumanlararo  sudi  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  sudya  (F.I.O.),  (F.I.O.)ning 

kotibligida  2011-yil  20-iyundagi  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)  nisbatan 

nikohdan 

ajratish 

haqidagi 

da’vo 


arizasi 

bo‘yicha 

yuritilgan  

1-3825/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi:  

 

Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo 



arizasi bilan sudga murojaat etgan. 

Ish  hujjatlaridan  ko‘rinishicha,  garchi  da’vo  arizasida  javobgar  (F.I.O.)ning 

yashash manzili sifatida Toshkent shahar Shayxontohur tumani Bog‘ ko‘chasi 31-uy 

41-xonadon ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, javobgar (F.I.O.)  bugungi kunda Toshkent viloyati 

Zangiota tumani Nazarbek mahallasi Reprom ko‘chasida yashaydi. 

FPKning  145-moddasining  1-qismiga  ko‘ra,  arizalar  javobgar  doimiy  yashab 

turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi. 

FPKning  146-moddasining  2-qismi  4-bandiga  ko‘ra,  ish  muayyan  sudda 

ko‘rilayotganida bu ish sudlovga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda yuritishga qabul 

qilinganligi ma’lum bo‘lib qolsa, sud ishni ko‘rishni boshqa sudga o‘tkazadi. 

Sud  qonunning  ushbu  talabidan  kelib  chiqib,  fuqarolik  ishini  javobgar  (F.I.O.) 

yashab  turgan  joydagi  sudga,  ya’ni  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  viloyati 

Zangiota tumanlararo sudiga o‘tkazishni lozim deb topadi. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra  va  FPKning  145-moddasining  1-qismi,  146-moddasi  2-

qismi 4-bandi hamda 237-238-moddalariga asosan, sud  

 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling