Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


    Yakkasaroy  tuman  1-sonli  davlat  notarial  idorasi  tomonidan  1992-yil  17-aprelda


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63

 

396 


 

Yakkasaroy  tuman  1-sonli  davlat  notarial  idorasi  tomonidan  1992-yil  17-aprelda 

rasmiylashtirilgan  1-1892-raqam  bilan  ro‘yxatga  olingan  vorislik  haqidagi 

guvohnomaga  asosan,  (F.I.O.)ga  o‘tganligini  o‘sha  vaqtda  bilganligi,  1992-yildan 

boshlab  (F.I.O.)  hayotlik  vaqtida  ham  vorislik  haqidagi  guvohnomani 

nizolashmaganligi, ulushi va butun uy (F.I.O.)ga o‘tganligini bilganligi, lekin sudga va 

boshqa  joyga  murojaat  qilmaganligi  haqida  sud  majlisida  bergan  ko‘rsatmasi  bilan 

ham o‘z tasdig‘ini topdi.  

Men hozirgi kunda vorislik haqidagi guvohnomaga asosan, uyga egalik qilaman. 

Shu sababli (F.I.O.)  da’vo muddatini uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan deb 

hisoblayman,  chunki  ushbu  muddatni  uzrsiz  sabablarga  o‘tkazib  yuborganligini 

tasdiqlovchi dalilni sudga taqdim qilmadi.  

O‘zbekiston Respublikasi  Fuqarolik kodeksi 153-moddasining 2-qismi talabiga 

ko‘ra, da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunga 

qadar bergan arizasiga muvofiq qo‘llanadi. 

Mazkur moddaning 3-qismi talabiga ko‘ra, qo‘llanish to‘g‘risida nizodagi taraf 

bayon  qilgan  da’vo  muddatining  o‘tishi  sudning  da’voni  rad  etish  haqida  qaror 

chiqarishi uchun asos bo‘ladi. 

FPKning  57-moddasi  1-qismi  talabiga  ko‘ra,  har  bir  taraf  o‘zining  talablari  va 

e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart.   

Qayd etilgan qonun talabini hamda ish holatlaridan kelib chiqib, suddan da’vo 

muddatini  qo‘llab  da’vogarning  da’vosini  rad  qilishingizni  va  qarshi  da’voni 

qanoatlantirishingizni so‘rayman.   

Yuqoridagilarni inobatga olib va FPKning 150–153-moddalariga asosan, suddan 

  

SO‘RAYMAN: 

(F.I.O.)ning  da’vo  arizasida  ko‘rsatilgan  talablari  bo‘yicha  da’vo  muddatini 

qo‘llab,  da’vo  muddatini  uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  o‘tkazib  yuborganligi  va  uzrli  deb 

topish  uchun  dalil  va  asos  taqdim    qilmaganligi  sababli  uzrsiz  deb  topib,  da’vo 

muddatini qo‘llab, da’vo talablarini rad qilishingizni.  

 

Da’vogar:      



 

              imzo 

 

 

               (F.I.O.)   



 

Ishonchli vakili – advokat:  

 

imzo   


                            (F.I.O.)     

 

 



 

 

 



 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

397 


 

HAL  QILUV  QARORI 

O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASI   NOMIDAN 

 

2014-yil  avgust  oyining  19-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.)  va 

(F.I.O.)larga  nisbatan  uyga  kiritish  haqidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-

3597/14 sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

 

Da’vogar  (F.I.O.)  javobgarlar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)  ga  nisbatan  uyga  kiritish 



haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. 

Sud  majlisida  da’vogar  (F.I.O.)  da’vo  talablarini  quvvatlab,    javobgar  (F.I.O.) 

bilan  2000-yil  26-aprelda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurishganini,  birgalikdagi 

turmushlaridan  ikki  nafar  –  2001-yil  6-yanvarda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  va  2008-yil  3-

fevralda tug‘ilgan  (F.I.O.) ismli farzandlari  borligini,  javobgar bilan  Toshkent  shahar 

Shayxontohur  tumani  Baxmal  ko‘chasi  60-uyda  istiqomat  qilganini,  javobgar  bilan 

boshida  yaxshi  yashaganini,  lekin  keyinchalik  o‘rtalarida  kelishmovchiliklar  yuzaga 

kelganini, u bir necha bor oilani saqlab qolish uchun harakat qilganini, lekin javobgar 

oxirgi 

vaqtlarda 



qattiq 

o‘zgarganini, 

javobgar 

(F.I.O.) 

2008-yil  

20-oktabrda  O‘zbekiston  Respublikasi  JKning  168-moddasining  3-qismi  “a”  va  “v” 

bandlari 

bilan 


sudlanib,  

8  yil  muddatga  ozodlikdan  mahrum  qilinganini,  javobgarlar  uni  haydagani  uchun 

da’vogar  farzandlarini  olib  uydan  chiqib  ketishga  majbur  bo‘lganini,  2014-yil  mart 

oyidan  beri  ota-onasining  uyida,  ya’ni,  Olmazor  tumani  Farobiy  ko‘chasi  356-uyda 

ikki  nafar  farzandi  bilan  yashab  kelayotganini,  nizoli  xonadonda  doimiy  ro‘yxatda 

turishini bayon qilib, suddan da’vogarni ikki nafar voyaga yetmagan (F.I.O.) va (F.I.O.) 

bilan  birgalikda  Toshkent  shahar  Shayxontohur  tumani  Baxmal  ko‘chasi  60-uyga 

kiritib qo‘yishni so‘radi.  

Sud majlisida javobgar (F.I.O.)  da’vogarning da’vo talabini tan olmay, sudga o‘z 

e’tiroznomasini taqdim qilib, unda da’vogar bilan 2000-yilda qonuniy nikohdan o‘tib 

turmush  qurganini,  o‘rtalarida  ikki  nafar  –  2001-yil  6-yanvarda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  va 

2008-yil  3-fevralda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli  farzandlari  borligini,  da’vogar  bilan 

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyda istiqomat qilganini, 

da’vogar bilan bir oila bo‘lib yashayotgan davrda jinoiy jazoga tortilganini, 2014-yil 6-

fevralda ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqanidan keyin o‘z uyi – Toshkent 

shahar  Shayxontohur  tumani  Baxmal  ko‘chasi  60-uyga  kelganini,  shundan  keyin 

da’vogar bilan biroz muddat birga yashashganini, lekin da’vogar javobgar va uning oila 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

398 


 

a’zolari bilan urushib, janjal ko‘tarib uydan chiqib ketganini, oxirgi marta 2014-yil 1-

mart kuni uydan ketganini, hozirgi kunda da’vogar ikki nafar farzandini javobgarlarga 

ko‘rsatmasdan  uning  otalik  huquqini  cheklayotganini,  shuningdek,  uy-joy  talab 

qilayotganini, lekin javobgar (F.I.O.)ning hozirgi kunda yashayotgan uy o‘zining mulki 

emas, balki ota-onasining mulki ekanligini bayon qilib, da’vogarning da’vo talablarini 

rad qilishni so‘radi. 

Sud  majlisida javobgar  (F.I.O.) da’vogarning  da’vo talablarini  tan  olmay,  nizoli 

uyga  da’vogar                    2000-  yilda  kelin  bo‘lib  tushganini,  o‘g‘li  bilan  da’vogarning 

birgalikdagi  turmushlaridan  ikki  nafar  farzandlari  borligini,  da’vogar  bilan  2011-yil 

dekabr  oyigacha  yashaganini,  2014-yil  6-fevral  kuni  jazodan  ozod  bo‘lib,  uyga 

qaytganini, shundan so‘ng da’vogar bilan 3 kun birga yashaganini, ishga ketdim deb 

qaytib  kelmaganini,  fevral  oyining  oxirlarida  yana  qaytib  kelganini,  janjal-to‘polon 

qilganini,  2014-yil  1-mart  kuni  kasalxonaga  yotganini,  uning  kasalxona  xarajatlarini 

o‘zlari to‘laganliklarini, da’vogarning nizoli uyga kirishiga qarshi ekanligini, da’vogar 

uyga yashash uchun kirsa, ularga tuhmat qilishdan qaytmasligini, lekin nabiralarining 

uyga kirishiga qarshi emasligini ta’kidlab, da’vo arizani rad qilishni so‘radi. 

Sud  majlisiga  uchinchi  shaxs  sifatida  jalb  qilingan  (F.I.O.)  da’vo  arizani  tan 

olmay,  da’vogar  uning  kelini  ekanligini,  uydan  ketganiga  3  yil  bo‘lganini,  o‘g‘li 

qamoqdan qaytganidan  keyin da’vogar ham  kelganini,  ular 3 kun  birga  yashaganini, 

keyin uydan chiqib ketganini, uni hech kim haydamaganini, o‘z xohishi bilan chiqib 

ketganini,  yana  qaytib  kelib  biroz  muddat  yashaganini,  2014-yil  1-mart  kuni 

kasalxonaga yotganidan keyin nizoli uyda yashamayotganini, oxirgi marta uyda janjal 

bo‘lganida eridan taloq so‘raganini, uning janjalda uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganini, 

da’vogarning  nizoli  uyga  kirishiga  qarshi  ekanligini,  chunki  u  bilan  yashashning 

umuman  imkoni  yo‘qligini,  nabiralarining  kirishiga  esa  qarshi  emasligini  bildirib, 

da’vo talablarini rad qilishni so‘radi. 

Sud  majlisida  uchinchi  shaxs  (F.I.O.)  bu  oilaning  kelini  ekanligini,  2014-yil  1-

martdan  oldin  uyda  janjal  bo‘lganini,  da’vogar  uydan  o‘z  xohishi  bilan  chiqib 

ketganini, uning uyga kirishiga qarshi ekanligini bildirdi. 

Sud  majlisida  uchinchi  shaxslar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  ham  yuqoridagi 

javobgarlarning  va  uchinchi  shaxslarning  ko‘rgazmalariga  o‘xshash  ko‘rgazmalar 

berib, da’vo arizani rad qilishini so‘radilar. 

Sud  da’vogar  va  javobgarlar,  shuningdek,  uchinchi  shaxslarning    bayonotlarini 

tinglab,  ish  hujjatlarini  o‘rganib  quyidagilarga  ko‘ra  da’vogarning  da’vo  arizasini 

qanoatlantirishni lozim deb topadi. 

Aniqlanishicha,  nizoli  Toshkent  shahar  Shayxontohur  tumani  Baxmal  ko‘chasi 

60-uy  1991-yil6  iyundagi  Oktabr  rayon  ijroqo‘mning  129/10-sonli  qaroriga  asosan 

javobgar (F.I.O.)ga tegishlidir.  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

399 


 

Da’vogar  (F.I.O.)  va  javobgar  (F.I.O.)  2000-yil  26-fevralda  qonuniy  nikohdan 

o‘tib  turmush  qurishgan  va  da’vogar  (F.I.O.)  nizoli  Toshkent  shahar  Shayxontohur 

tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyga kelin bo‘lib tushgan va shu yerda javobgarlar, ya’ni 

turmush o‘rtog‘i hamda uning oila a’zolari bilan birga yashay boshlagan. 

Birgalikdagi turmushlaridan ikki nafar 2001-yil 6-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) va 

2008-yil 3-fevralda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari bor.  

Da’vogar (F.I.O.) 2014-yil 1-martda javobgar bilan kelishmovchiliklar natijasida 

nizoli  uydan  chiqib  ketishga  majbur  bo‘lgan.  Hozirda  da’vogar  nizoli  xonadonga 

qaytishga  harakat  qilgan,  lekin  javobgarlar  uyga  kirishga  qarshilik  qilayotganliklari 

sababli sudga murojaat etishga majbur bo‘lgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga ko‘ra, uy, kvartira 

mulkdorining  oila  a’zolari,  shuningdek,  u  bilan  doimiy  yashayotgan  fuqarolar,  agar 

ularni  ko‘chirib  kelgan  paytda  yozma  ravishda  boshqa  hol  qayd  etilgan  bo‘lmasa, 

uydagi,  kvartiradagi  xonalardan  mulkdor  bilan  teng  foydalanishga  haqlidirlar.  Ular 

mulkdor  bergan  turar  joyga  o‘zlarining  voyaga  yetmagan  farzandlarini  ko‘chirib 

kiritishga  haqlidirlar.  Bu  shaxslar  uy,  kvartiraning  mulkdori  bilan  oilaviy 

munosabatlarni tugatgan taqdirda ham, ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib 

qoladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksning 52- va 54-moddalarida munitsipial, 

idoraviy  uy-joy  fondi  va  aniq  maqsadli  kommunal  uy-joy  fondining  uylaridagi  turar 

joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan 

fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganida turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida 

saqlanib  turishi,  fuqarolarni  belgilangan  muddatdan  ortiq  bo‘lmaganlari  oqibatida 

munitsipial,  idoraviy  uy-joy  fondi  va  aniq  maqsadli  kommunal  uy-joy  fondining 

uylaridagi turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish ijaraga beruvchining 

yoki  ushbu  turar  joyda  yashab  qolgan  boshqa  doimiy  foydalanuvchilarning  da’vo 

arizasiga  binoan  sud  tartibida  amalga  oshirilishi,  agar  ijaraga  oluvchi,  uning  oila 

a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra 

turar joyda olti oydan ortiq bo‘lishmasa, bu muddat shu shaxslarning arizasiga binoan 

ijaraga  beruvchi  tomonidan,  nizoli  hollarda  esa,  sud  tomonidan  uzaytirib  berilishi 

ko‘rsatilgan.  

Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2001-yil  14-

sentabrdagi  “Uy-joy  nizolari  bo‘yicha  sud  amaliyoti  haqida”gi  qarorining  5-bandiga 

ko‘ra, “Mulkdorning oila a’zolari deb, u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va 

ularning  farzandlari  tan  olinadi”.  Da’vogar  (F.I.O.)  nizoli  uyda  mulkdor  bilan 

yashagan, oila a’zosi bo‘lgan va unda shu uydan foydalanish huquqi shakllangan. 

Ushbu  holatda,  sud  da’vogar  (F.I.O.)ning  da’vo  muddatini  o‘tkazmagan  holda 

sudga murojaat qilganini, uning nizoli xonadondan foydalanish huquqi shakllanganini, 

shu  uyda  doimiy  ro‘yxatda  turishini  hamda  nizoli  xonadondan  boshqa  turar  joyi 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

400 


 

yo‘qligini  inobatga  olib,  da’vogarning  da’vo  talablarini  qanoatlantirishni  va  uni  ikki 

nafar: 2001-yil 6-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2008-yil 3-fevralda tug‘ilgan (F.I.O.) 

ismli farzandlari bilan birgalikda nizoli Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal 

ko‘chasi 60-uyga kiritishni lozim deb topadi.  

Shuningdek,  sud  davlat  boji  masalasini  muhokama  qilib,  da’vogar  tomonidan 

sudga  murojaat  qilish  vaqtida  davlat  boji  to‘langanligini  inobatga  oladi  va  shu  bilan 

cheklanishni lozim deb topadi. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  32-

moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 116-, 180-, 219-

, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud 

 

Qaror  qiladi:  

 

Da’vogar  (F.I.O.)ning    javobgarlar  (F.I.O.)    va  (F.I.O.)ga  nisbatan  uyga  kiritish 



haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin. 

Da’vogar  1981-yilda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ikki  nafar  2001-yil  6-yanvarda  tug‘ilgan 

(F.I.O.)  va  2008-yil  3-fevralda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli  farzandlari  bilan  birga  nizoli 

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyga kiritib qo‘yilsin. 

Hal qiluv qarori ustidan 20 kunlik muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik ishlari 

bo‘yicha Toshkent shahar sudiga  shikoyat berilishi yoki  protest keltirilishi mumkin. 

 

Raislik etuvchi:                                                     imzo                         



(F.I.O.)  

 

 



 

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  NOMIDAN 

HAL  QILUV  QARORI 

 

2014-yil  sentabr  oyining  23-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  advokat  (F.I.O.)ning  ishtirokida,  da’vogar 

(F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)ga  nisbatan  uy-joydan 

foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan       

1-3838/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

 



 

 

 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

401 


 

Aniqladi: 

 

Da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan uy-



joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga 

murojaat qilgan.  

Sud  majlisida  da’vogar  (F.I.O.)ning  ishonchli  vakili  (F.I.O.)  da’vo  talablarini 

quvvatlab, Qonun bo‘yicha nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-

uy  da’vogarga  1996-yil  2-maydagi  vorislik  haqidagi  guvohnomaga  asosan  tegishli 

ekanligini,  mazkur  uyda  da’vogar  o‘z  oilasi  bilan  yashab  kelayotganini,  javobgar 

(F.I.O.) da’vogarning akasi ekanligini, javobgar (F.I.O.) va uning farzandlari Olmazor 

tumani Talant ko‘chasi 8-uyda 16 yildan beri yashamasligini, javobgarlar shu kunga 

qadar  nizoli  xonadonda  istiqomat  qilmasa-da,  xonadonning  doimiy  ro‘yxatidan 

chiqmaganini  va  uy  bilan  bog‘liq  kommunal  to‘lovlarni  ham  to‘lamasligini,  hozirgi 

kunda  da’vogar  javobgarlar  uchun  ham  kommunal  to‘lovlarni  to‘lab  kelayotganini, 

javobgar  (F.I.O.)  nizoli  xonadonda  1998-yildan  beri  yashamasligini,  javobgarlar 

(F.I.O.),  (F.I.O.)lar  nizoli  uyda  umuman  yashamaganliklarini  bayon  qilib,  da’vo 

talablarini qanoatlantirishni hamda javobgarlar (F.I.O.) (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larni 

nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-uydan foydalanish huquqini 

yo‘qotgan deb topishni so‘radi.  

Sud  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  da’vogarning  da’vo  talablarini  tan  olmay,  ikki 

yildan beri pasport ololmay yurganini, otasi (F.I.O.) ukasi bilan kommunal to‘lovlarni 

kelishganini, hozirgi kunda nizoli uyda yashamasligini bayon qilib, da’vo arizani rad 

qilishni so‘radi. 

Sud  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  da’vogarning  da’vo  talablarini  tan  olmay,  akasi 

javobgar (F.I.O.)ning ko‘rsatmalarini tasdiqlab, da’vo arizani rad qilishni so‘radi. 

Sud  majlislarining  vaqti  va  joyi  haqida  bir  necha  marotaba  ogohlantirilgan 

javobgarlar (F.I.O.) va (F.I.O.) sudga kelmadilar, kelmaslik sabablari haqida ma’lumot 

bermadilar, bu sabablarning uzrliligiga dalillar taqdim etmadilar. Bunday holatda, sud 

javobgarlarning  kelmaganlik  sabablari  haqida  ma’lumot  yo‘qligi  sababli  sud  uning 

kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb, javobgarlar ishni qasddan cho‘zayotgan deb topadi 

va ishni javobgarlarga nisbatan FPKning 174-moddasi talabiga binoan ko‘rib chiqishni 

lozim deb hisoblaydi. 

Sud  da’vogarning  bayonotini,  javobgarlarning  ko‘rsatmalarini  tinglab,  ish 

hujjatlarini  muhokama  etib  va  to‘plangan  dalillarga  huquqiy  baho  berib,  da’vo 

talablarini asosli deb hisoblab, quyidagilarga ko‘ra uni qanoatlantirish lozim deb topdi. 

Sudda aniqlanishicha, nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-

uy  da’vogar  –  (F.I.O.)ga  Toshkent  shahar  1-sonli  DNI  notariusi  (F.I.O.)  tomonidan 

1996-yil  2-  mayda  rasmiylashtirilib,  qonun  bo‘yicha  rasmiy  reestr  kitobiga  639-son 

bilan qayd etilgan vorislik haqidagi guvohnomaga asosan tegishlidir. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

402 


 

Javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  1998-yildan  buyon  nizoli 

xonadonda umuman yashamaydi. Biroq o‘tgan vaqt mobaynida javobgarlarning nizoli 

xonadonga  qaytib  kirishi  va  doimiy  yashashi  uchun  da’vogar  yoki  boshqa  biror  bir  

shaxslar  tomonidan  to‘sqinlik  ko‘rsatilmagan  bo‘lsa-da,  javobgarlarning  o‘zi  nizoli 

xonadonga  qaytishni  istamagan  va  uzoq  muddat  davomida  u yerda  doimiy  ravishda 

istiqomat qilmagan. 

Javobgarlar nizoli xonadonda doimiy ro‘yxatda turgan bo‘lsa-da, biroq ularning 

amalda  ushbu  manzilda  istiqomat  qilmasligi  Toshkent  shahar  Olmazor  tumani 

“Olimpiya”  mahalla  fuqarolar  yig‘ini  tomonidan  berilgan  dalolatnoma  bilan  o‘z 

tasdig‘ini topdi.  

Garchi,  javobgarlar  nizoli  xonadonda  istiqomat  qilmayotgan  bo‘lsa-da,  shu 

manzilda  doimiy  ro‘yxatda  qayd  qilinganligi  tufayli  da’vogar  hozirgi  kunga  qadar 

ularning  o‘rniga  ham  kommunal  xizmat  va  boshqa  yig‘imlar  uchun  qo‘shimcha 

to‘lovlar  to‘lab  kelmoqda.  Bu  holat  esa  da’vogarning  moddiy  ahvoliga  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatib,  qo‘shimcha  qiyinchiliklar  keltirib  chiqarayotganligi  bois,  u  javobgarlarni 

nizoli  xonadondan  foydalanish  huquqini  yo‘qotgan  deb  topish  haqida  da’vo  arizasi 

bilan sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq, fuqarolar 

belgilangan  muddatdan  ortiq  bo‘lmaganligi  oqibatida  turar  joydan  foydalanish 

huquqini  olti  oy  davomida  saqlab  turadi.  Mazkur  masala  sud  majlisi  jarayonida 

muhokama qilinib, javobgarning uzrli sabablari yo‘qligi tufayli nizoli uyga belgilangan 

olti oylik muddatini uzaytirish uchun asos yo‘q deb hisoblaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  54-moddasiga  ko‘ra,  fuqarolarni 

belgilangan  muddatdan  ortiq  bo‘lmaganlari  oqibatida  munitsipal,  idoraviy  uy-joy  va 

aniq  maqsadli  kommunal  uy-joy  fondining  uylaridagi  turar  joydan  foydalanish 

huquqini  yo‘qotgan  deb  topish  ijaraga  beruvchining  yoki  ushbu  turar  joyda  yashab 

qolgan  boshqa  doimiy  foydalanuvchilarning  da’vo  arizasiga  binoan  sud  tartibida 

amalga oshiriladi. 

Shunungdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Uy joy nizolari 

bo‘yicha  sud  amaliyoti  haqida”  gi  2001-yil  14-sentabrdagi  22-sonli  qarorining  18-

bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq 

ko‘ra, munitsipal,  idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining 

uylaridagi  turar  joyni  ijaraga  oluvchi,  uning  oila  a’zolari  yoki  ijaraga  oluvchi  bilan 

doimiy  yashayotgan  fuqarolar  vaqtincha  bo‘lmaganida,  turar  joy  olti  oy  muddat 

davomida ularning hisobida saqlanadi. 

Shaxsning  belgilangan  muddatdan  ortiq  davr  mobaynida  uyda  bo‘lmasligi 

oqibatida  turar-joydan  foydalanish  huquqini  yo‘qotgan  deb  topilishi  manfaatdor 

shaxslarning da’vosi bo‘yicha sud yo‘li bilan amalga oshiriladi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

403 


 

Bunday holatda, sud javobgarlarning uzrli sabablarsiz qariyb o‘n olti yildan ortiq 

vaqt  mobaynida  nizoli  xonadonda  yashamayotganligini  inobatga  olib,  da’vogarning 

da’vo  talablarini  qanoatlantirishni  hamda  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va 

(F.I.O.)larni  nizoli  Toshkent  shahar  Olmazor  tumani  Talant  ko‘chasi    8-uydan 

foydalanish huquqini yo‘qotgan deb hisoblashni lozim topdi. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  164-

moddasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  11-,  32-,  54-moddalarini 

hamda FPKning 174-, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud 

 

Qaror  qiladi: 

 

Da’vogar (F.I.O.)ning javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan 



uy-joydan  foydalanish  huquqini  yo‘qotgan  deb  topish  haqidagi  da’vo  arizasi 

qanoatlantirilsin. 

Javobgarlar  1962-yilda  tug‘ilgan  (F.I.O.),  1991-yilda  tug‘ilgan  (F.I.O.),  1990-

yilda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  va  1996-yilda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  nizoli  Toshkent  shahar 

Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-uydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topilsin. 

Hal qiluv qaroridan norozi taraflar 20 kun muddat ichida shu sud orqali fuqarolik 

ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  apellyatsiya  tartibida  shikoyat  berishi  yoki 

protest keltirishi mumkin. 

 

Raislik etuvchi: 



 

                                                 imzo              

(F.I.O.)  

 

 



 

 

 



Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling