Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63

HAL  QILUV  QARORI 

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  NOMIDAN 

 

2014-yil  mart  oyining  11-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Mirobod  tumanlararo  sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida,  raislik  etuvchi,  sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)  ning  kotibligida,  tarjimon  (F.I.O.),  advokatlar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.) 

larning  ishtirokida,  da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgarlar  (F.I.O.)  va  Hamza  tumani  4-

sonli  davlat notarial  idorasiga  nisbatan  vorislik haqidagi guvohnomani haqiqiy  emas 

deb  topish,  merosdan  ulush  ajratish  haqidagi  da’vo  arizasi  hamda  uyga  kiritish 

haqidagi  qo‘shimcha  da’vo  arizalari  bo‘yicha  yuritilgan  1-1138/14-sonli  fuqarolik 

ishini ko‘rib chiqib, sud quyidagilarni 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

404 


 

Aniqladi: 

 

Da’vogar  (F.I.O.)  javobgarlar  (F.I.O.)  va  Hamza  tumani  4-sonli  davlat  notarial 



idorasiga  nisbatan  vorislik  haqidagi  guvohnomani  haqiqiy  emas  deb  topish, 

merosxo‘rlarni  aniqlash,  merosdan  ulush  ajratish  haqidagi  da’vo  arizasi  bilan  sudga 

murojaat qilgan. 

Sud  majlisida  da’vogar  vakili  advokat  (F.I.O.)  da’vogarning  da’vo  talablarini 

quvvatlab, sudga qo‘shimcha da’vo arizasi kiritib, da’vogar (F.I.O.) marhum (F.I.O.) 

bilan  2001-yildan  2009-yilgacha  shar’iy  nikohda  yashab  kelganligini,  ushbu 

nikohlaridan  ikki  nafar:  2004-yil  18-yanvarda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  va  2007-yil  21-

dekabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli  voyaga  yetmagan  farzandlari  borligini,  Toshkent 

shahar Mirzo Ulug‘bek tumani FHDYo bo‘limidan berilgan otalikni belgilash haqidagi 

ma’lumotnoma  mavjudligini,  da’vogar  har  xil  oilaviy  sabablarga  ko‘ra  marhum 

(F.I.O.)  bilan  qonuniy  nikohdan  o‘tishga  imkoniyatlari  bo‘lmaganligini,  birgalikda 

yashagan davrida (F.I.O.) 2003-yilda Hamza tumani Aviasozlar-1 mavzesi 111-uy 45-

xonadonni  sotib  olganligini,  da’vogar  turmush  o‘rtog‘ining  vafotidan  keyin 

marhumning  yaqin  qarindoshlari  bilan  kelisha  olmay,  pul  ishlash  va  oilani  boqish 

uchun  Rossiya  Federatsiyasiga  ketishga  majbur  bo‘lganligini,  da’vogar  Rossiya 

Federatsiyasida bo‘lgan vaqtida marhumning akasi javobgar (F.I.O.) da’vogarga xabar 

bermasdan  meros  mulki  bo‘lgan  Hamza  tumani  Aviasozlar-1  mavzesi  111-uy  45-

xonadonni  o‘ziga  meros  guvohnomasi  asosida  rasmiylashtirib  olganligini,  bundan 

da’vogarning  xabari  bo‘lmaganligini,  da’vogar  bundan  Rossiya  Federatsiyasidan 

qaytib kelganidan keyin xabar topganligini, da’vogar hozirda Farg‘ona viloyatida ota-

onasining uyida yashab kelayotganligini, yashashga boshqa turar joyi yo‘qligini bayon 

qilib, suddan da’vo ariza va qo‘shimcha da’vo arizani qanoatlantirishni, Hamza tumani 

4-sonli davlat notarial idorasida 2011-yil 24-sentabrda rasmiylashtirilgan, reestr raqami 

2-1412  bo‘lgan  vorislik  haqidagi  guvohnomani  haqiqiy  emas  deb  topishni,  marhum 

(F.I.O.)ning meros mulkiga farzandlari (F.I.O.) va (F.I.O.)larni merosxo‘r deb topishni, 

da’vogar va uning farzandlarini nizoli uyga kiritib qo‘yishni so‘radi.  

Sud majlisida javobgar vakili advokat (F.I.O.) da’vogarning da’vo talablarini tan 

olmasdan,  da’vogar  va  marhum  (F.I.O.)  shar’iy  nikohda  bo‘lishganligini,  Oila 

kodeksiga  ko‘ra,  sha’riy  nikoh  hech  qanday  huquqiy  oqibat  keltirib  chiqarmasligini, 

marhum  (F.I.O.)  hech  qachon  da’vogar  bilan  qonuniy  nikohda  turmaganligini, 

umumiy  ro‘zg‘or  yuritmaganligini,  birga  yashamaganligini,  shuningdek,  da’vogar 

nizoli  uyda  doimiy  ro‘yxatda  turmaganligini,  bundan  tashqari  nizoli  uy  marhum 

(F.I.O.)ga  tegishli  bo‘lmaganligini,  u  aslida  fuqaro  (F.I.O.)ga  tegishli  ekanligini, 

(F.I.O.)ning Toshkent shahrida doimiy propiskasi bo‘lmaganligi sababli uyni marhum 

(F.I.O.)ning nomiga sotib olishganligini, uyning pulini (F.I.O.) to‘laganligini, hozirda 

(F.I.O.)    nizoli  uyda  oila  a’zolari  bilan  yashab  kelayotganligini,  barcha  kommunal 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

405 


 

to‘lovlarni (F.I.O.) to‘lab kelayotganligini, javobgar (F.I.O.) merosni qabul qilganligini 

va  uy  hujjatlarini  (F.I.O.)ga  berganligini,  qolaversa,  yana  bitta  merosxo‘r,  ya’ni 

marhumning  onasi  (F.I.O.)  ham  borligini  bayon  qilib,  suddan  da’vogarning  da’vo 

talabini qanoatlantirishni rad qilishni so‘radi.  

Javobgar  Hamza  tumani  4-sonli  davlat  notarial  idorasi  notariusi  (F.I.O.)  sudga 

ariza bilan murojaat qilib, fuqarolik ishini uning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni so‘ragan. 

Shu  sababli  sud  fuqarolik  ishini  FPKning  174-moddasiga  asosan  javobgar  Hamza 

tumani  4-sonli  davlat  notarial  idorasi  vakilining  ishtirokisiz  ko‘rib  chiqishni  lozim 

topdi.  


Sud majlisida mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar (F.I.O.) va 

(F.I.O.)lar, nizoli Hamza tumani Aviasozlar 1-mavze 111-uy 45-xonadonni ular sotib 

olishganligini,  lekin  Toshkent  shahrida  propiskalari  bo‘lmaganligi  sababli  uyni 

qarindoshi marhum (F.I.O.)ning nomiga notarial tartibda rasmiylashtirishganligini, oila 

a’zolari  bilan  2003-yildan  beri  shu  uyda  yashab  kelayotganliklarini,  kommunal 

to‘lovlarni o‘z nomlaridan to‘lab kelishayotganliklarini, uyni sotib olganliklari haqida 

yozma  dalillari  yo‘qligini  bayon  qilib,  suddan  da’vogarning  da’vo  talablarini 

qanoatlantirishni rad qilishni so‘radilar.  

Sudga mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan 

marhum  (F.I.O.)ning  opa-ukalari  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  sud  majlisida  nizoli 

Hamza  tumani  Aviasozlar  1-mavze  111-uy  45-xonadon  aslida  fuqaro  (F.I.O.)ga 

tegishli ekanligini, uning Toshkent shahrida doimiy propiskasi bo‘lmaganligini sababli 

(F.I.O.)  uyni  marhum  (F.I.O.)ning  nomiga  sotib  olganligini,  (F.I.O.)  va  uning  oilasi 

2003-yildan  beri  mazkur  uyda  yashab  kelishayotganliklarini,  shu  sababli  meros  ishi 

ochilganida marhumning farzandlari borligini aytishmaganliklarini bayon qilib, suddan 

da’vogarning da’vo arizasini qanoatlantirishni rad qilishni so‘radilar.  

Uchinchi  shaxslar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  sudga  ariza  bilan  murojaat  qilib,  unda 

fuqarolik  ishi  bo‘yicha  keyingi  sud  majlislarini  ularning  ishtirokisiz  ko‘rib  chiqishni 

so‘raganlar. Shu sababli sud fuqarolik ishini FPKning 174-moddasiga asosan uchinchi 

shaxs (F.I.O.) va (F.I.O.)larning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim topadi.  

Sud  majlisida  guvohlar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  (F.I.O.)  bilan  qo‘shni  bo‘lib 

yashashlarini,  (F.I.O.)  va  uning  oilasi  2003-yildan  beri  shu  uyda  doimiy  yashab 

kelayotganliklarini,  kommunal  to‘lovlarni  to‘lab  kelayotganliklarini,  da’vogarni  yoki 

marhum 


(F.I.O.)ni 

ko‘rmaganliklarini, 

ular 

hech 


qachon 

nizoli 


uyda 

yashamaganliklarini, uyga nisbatan da’vo qilib kelmaganliklarini bildirdilar.  

Sud  taraflarning  ko‘rgazmalarini  va  guvohlar  ko‘rsatmalarini  tinglab,  ish 

hujjatlarini  muhokama  qilib  va  to‘plangan  dalillarga  huquqiy  baho  berib,  quyidagi 

asoslarga  ko‘ra,  da’vogarning  da’vo  talablarini  qanoatlantirish  haqidagi  xulosaga 

keladi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

406 


 

Aniqlanishicha, nizoli Toshkent shahar Hamza tumani Aviasozlar 1-mavzesi 111-

uy 45-xonadon Hamza tumani 1-sonli davlat notarial idorasida 2003-yil 21-noyabrda 

rasmiylashtirilgan, reestr raqami       2470-son bo‘lgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan 

(F.I.O.)ga tegishli bo‘lgan.  

(F.I.O.) va (F.I.O.) 2001-yildan 2009-yilgacha sha’riy nikohda yashab kelishgan.  

Toshkent  shahar  Mirzo  Ulug‘bek  tumani  FHDYo  bo‘limining  2011-yil  6-

yanvardagi  4073-sonli  tug‘ilganlik  haqidagi  ma’lumotnomasiga  ko‘ra,  (F.I.O.) 

marhum (F.I.O.)ning farzandi hisoblanadi.  

(F.I.O.) 2009-yil 26-iyunda vafot etgan.  

(F.I.O.)ning  vafotidan  keyin  meros  mulki  bo‘lgan  Toshkent  shahar  Hamza 

tumani Aviasozlar 1-mavzesi 111-uy 45-xonadonga meros ishi ochilib, Hamza tumani 

4-sonli  davlat  notarial  idorasi  tomonidan  2011-yil  24-sentabrda  berilgan  qonun 

bo‘yicha vorislik haqidagi guvohnomaga asosan marhumning akasi – javobgar (F.I.O.) 

qonun bo‘yicha merosxo‘r deb topilgan.  

O‘zbekiston  Respublikasi  FKning  1134-moddasiga  asosan,  qonun  bo‘yicha 

merosxo‘rlar vorislikka navbat tartibida chaqirtiriladilar. 

O‘zbekiston  Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga  ko‘ra,  meros 

qoldiruvchining  bolalari  (shu  jumladan  farzandlikka  olingan  bolalari),  eri  (xotini)  va 

ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi 

vorislik huquqiga ega bo‘ladilar.  

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1134-moddasi 5-qismiga ko‘ra, 

qonun  bo‘yicha  vorislarning  har  bir  navbati  avvalgi  navbatdagi  merosxo‘rlar 

bo‘lmagan,  merosdan  chetlashtirilgan,  merosni  qabul  qilmagan  yoxud  undan  voz 

kechgan taqdirda, vorislik huquqiga ega bo‘ladi.  

Meros  ishi  materiallaridan  ma’lum  bo‘lishicha,  qonun  bo‘yicha  birinchi 

navbatdagi  merosxo‘r  bo‘lgan  voyaga  yetmagan  (F.I.O.)ning  qonuniy  vakili  –  onasi 

(F.I.O.) merosdan voz kechmagan.  

Fuqarolik  ishida  mavjud  bo‘lgan  da’vogar  (F.I.O.)ning  fuqarolik  pasporti 

nusxasidan  ko‘rinishicha,  da’vogar  (F.I.O.)  2011-yil  25-avgustda  O‘zbekiston 

Respublikasidan  chiqib  ketib,  2013-yil  29-mayda  qaytib  kelgan.  Bundan  ma’lum 

bo‘ladiki,  da’vogar  (F.I.O.)ning  2011-yil  24-sentabrdagi  qonun  bo‘yicha  vorislik 

haqidagi  guvohnoma  rasmiylashtirilayotgani  va  meros  ishi  ochilganidan  xabari 

bo‘lmagan.  

Shuningdek,  uchinchi  shaxslar  javobgar  (F.I.O.)ning  aka-ukalarining  sud 

majlisida  bergan  ko‘rgazmalaridan  meros  ishi  ochilgan  vaqtda  marhum  (F.I.O.)ning 

farzandi borligini notariusga ma’lum qilmaganliklari aniqlandi.  

Toshkent  shahar  Mirzo  Ulug‘bek  tumani  FHDYo  bo‘limining  2011-yil  6-

yanvardagi  ma’lumotnomasiga  asosan,  da’vogar  (F.I.O.)ning  (F.I.O.)  ismli 

farzandining  otasi  (F.I.O.)  deb  ko‘rsatilgan,  ya’ni,  voyaga  yetmagan  (F.I.O.)ning 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

407 


 

otaligi belgilanmagan. Ushbu holatda bugungi kunda u merosxo‘r sifatida e’tirof etila 

olmaydi. Bundan tashqari, javobgar (F.I.O.)ning e’tirozida merosxo‘r deb ko‘rsatilgan 

marhumning  onasi  (F.I.O.)  2007-yil  2-martda,  ya’ni  meros  ochilgunga  qadar  vafot 

etgan.  

O‘zbekiston  Respublikasi  FKning  116-moddasining  talabiga  ko‘ra,  qonun 

hujjatlarining  talablariga  muvofiq  kelmaydigan  mazmundagi  bitim,  shuningdek, 

huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim o‘z-o‘zidan 

haqiqiy  emasdir.  Bunday  bitimga  nisbatan  ushbu  Kodeks  114-moddasining  ikkinchi 

qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  FKning  114-moddasi  2-qismi  talabiga  ko‘ra,  bitim 

haqiqiy  bo‘lmaganida  taraflarning  har  biri  boshqasiga  bitim  bo‘yicha  olgan  hamma 

narsani  qaytarib  berishi,  olingan  narsani  aslicha  (shu  jumladan,  olingan  narsa  mol-

mulkdan  foydalanish,  bajarilgan  ish  yoki  ko‘rsatilgan  xizmat  bilan  ifodalanganda) 

qaytarib  berish  mumkin  bo‘lmaganida  esa,  agar  bitim  haqiqiy  emasligining  boshqa 

oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  164-moddasiga  ko‘ra,  mulk 

huquqi  shaxsning  o‘ziga qarashli  mol-mulkka o‘z xohishi  bilan  va  o‘z  manfaatlarini 

ko‘zlab  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish,  shuningdek,  o‘zining 

mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab 

qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir. 

Qayd  etilgan  ish  holatlari  va  qonun  talabidan  ko‘rinadiki,  notarial  idora 

tomonidan (F.I.O.) nomiga Qonun bo‘yicha vorislik haqidagi guvohnoma berilishida 

marhum  (F.I.O.)ning  birinchi  navbatdagi  merosxo‘ri  –  farzandi  (F.I.O.)ning  meros 

huquqi buzilgan va uning qonuniy manfaatlari e’tiborga olinmagan.  

Yuqoridagilardan kelib chiqib, sud Hamza tumani 4-sonli davlat notarial idorasi 

tomonidan  24.09.2011  yilda  marhum  (F.I.O.)ning  meros  mulkiga  nisbatan  javobgar 

(F.I.O.)ning nomiga berilgan qonun bo‘yicha vorislik huquqi haqidagi guvohnomani 

qonun  hujjatlarining  talablariga  muvofiq  kelmaydigan  mazmundagi  bitim  deb 

hisoblaydi va uni haqiqiy emas deb topishni, birlamchi holatga keltirishni, 2009-yil 26-

iyunda  vafot  etgan  (F.I.O.)ning  meros  mulki bo‘lgan nizoli  Toshkent shahar  Hamza 

tumani Aviasozlar 1-mavzesi 111-uy 45-xonadonga nisbatan uning farzandi (F.I.O.)ni 

merosxo‘r  deb  topishni,  uni  voyaga  yetmaganligini  inobatga  olgan  holda,  nizoli 

Toshkent  shahar  Hamza  tumani  Aviasozlar  1-mavzesi  111-uy  45-xonadonga  onasi 

da’vogar (F.I.O.) bilan birgalikda kiritib qo‘yishni lozim deb topadi.  

Shuningdek,  sud  O‘zbekiston  Respublikasi  FPKning  116-moddasi  talablaridan 

kelib  chiqib,  da’vogar  tomonidan  da’vo  va  qo‘shimcha  da’vo  arizalari  berishda 

to‘lagan  98.000  so‘m  davlat  bojini  javobgar  (F.I.O.)dan  da’vogar  (F.I.O.)  foydasiga 

undirishni lozim topadi.  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

408 


 

Yuqoridagilarga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 114, 

116, 1134, 1135-moddalari, FPKning 116-, 174-, 203-207-moddalarini qo‘llab, sud 

 

Qaror  qiladi: 

 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.)  va  Hamza  tumani  4-sonli  davlat 

notarial  idorasiga  nisbatan  vorislik  haqidagi  guvohnomani  haqiqiy  emas  deb  topish, 

merosxo‘rlarni aniqlash, merosdan ulush ajratish, uyga kiritish haqidagi da’vo talablari 

qisman qanoatlantirilsin.  

Toshkent  shahar  Hamza  tumani  4-sonli davlat  notarial  idorasi  notariusi  (F.I.O.) 

tomonidan  

2011-yil  24-sentabrda  reestr  kitobiga  2-1412-son  bilan  rasmiylashtirilgan  Toshkent 

shahar  Hamza  tumani  Aviasozlar-1  mavzesi  111-uy  45-xonadonga  nisbatan  (F.I.O) 

nomiga berilgan qonun bo‘yicha vorislik guvohnomasi haqiqiy emas deb topilsin.  

26.06.2009 yilda vafot etgan (F.I.O.)ning meros mulki bo‘lgan Toshkent shahar 

Hamza  tumani  Aviasozlar-1  dahasi  111-uy  45-xonadonga  nisbatan  uning  farzandi 

2007-yil 21-dekabrda tug‘ilgan (F.I.O.)  o‘g‘li merosxo‘r deb topilsin.  

Da’vogar (F.I.O.) 2007-yil 21-dekabrda tug‘ilgan (F.I.O.) o‘g‘li bilan birgalikda 

Toshkent  shahar,  Hamza  tumani  Aviasozlar  1-dahasi  111-uy  45-xonadonga  kiritib 

qo‘yilsin.  

Javobgar (F.I.O.)dan da’vogar (F.I.O.)ning foydasiga jami 98.000 so‘m da’vo va 

qo‘shimcha da’vo arizalari berishda to‘langan davlat boji to‘lovlari undirilsin. 

Hal qiluv qarori ustidan 20 kunlik muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik ishlari 

bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin. 

Raislik etuvchi:                                         imzo    

 

 



(F.I.O.)  

 

 

 

HAL  QILUV  QARORI 

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  NOMIDAN 

 

2014-yil  sentabr  oyining  23-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  Olmazor  tuman  prokurorining  yordamchisi 

(F.I.O.)ning  ishtirokida  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va 

(F.I.O.)ga nisbatan uyga kiritish, turar joyga nisbatan foydalanish huquqi va tartibini 

belgilash  haqidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-3927/14-sonli  fuqarolik  ishini 

ko‘rib chiqib, quyidagilarni 



 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

409 


 

Aniqladi: 

 

Sudga da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan uyga 



kiritish, turar joyga nisbatan foydalanish huquqi va tartibini belgilash haqidagi da’vo 

arizasi bilan sudga murojaat qilgan. 

Sudning  2014-yil  23-sentabr  kunidagi  ajrimi  bilan  da’vo  arizasining  doimiy 

ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi qismi ish yurituvidan tugatilgan. 

Sud  majlisida  da’vogar  (F.I.O.)  da’vo  talablarini  quvvatlab,  javobgar  (F.I.O.) 

bilan  1998-yil  28-oktabrda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurib,  Toshkent  shahar 

Olmazor  tumani  Sag‘bon  10-berk  ko‘cha  50-a  uyga  kelin  bo‘lib  tushganini  va  shu 

xonadonda  1999-yildan  to  shu  kunga  qadar  doimiy  ro‘yxatda  turishini,  javobgar 

(F.I.O.) bilan birgalikdagi turmushlaridan ikki nafar – 1999-yil 18-sentabrda tug‘ilgan 

(F.I.O.) va 2003- yil 5-sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari borligini, da’vogar 

kelin bo‘lib tushgan nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Sag‘bon 10-berk ko‘cha 

50-a uy marhuma qaynonasi (F.I.O.) egaligida bo‘lib, bu uy qonun bo‘yicha vorislik 

haqidagi  2007-yil  8-sentabr  kunidagi  guvohnomaga  asosan,  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va 

(F.I.O.)larga  tegishli  ekanini,  javobgar  (F.I.O.)  o‘z  farzandlarini  moddiy  jihatdan 

ta’minlamaganini,  2005-yildan  beri  javobgar  (F.I.O.)  farzandlarining  ta’minotiga 

aliment  to‘lamasligini,  shu  bo‘yicha  bir  necha  marta  javobgarlikka  ham  tortilganini, 

shu sababli da’vogarning bir o‘zi farzandlarini tarbiyalab, moddiy ta’minlab kelganini, 

biroq ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari tug‘ilganidan hozirgi kunga qadar hech 

qayerda  doimiy  ro‘yxatda  turmasligini,  katta  farzandi  –  1999-yil  18-sentabrda 

tug‘ilgan (F.I.O.) hozirgi kunda 15 yoshda bo‘lib, keyingi yil fuqarolik pasporti olishi 

kerakligini, ikkinchi farzandi 2003- yil 5-sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.) hozir 11 yoshda 

ekanligini, u ham 3 yildan keyin Mudofaa bo‘limida ro‘yxatga olinib, tibbiy ko‘rikdan 

o‘tishi kerakligini, javobgar (F.I.O.) ikki nafar farzandini nizoli uy ro‘yxatiga kiritishga 

qattiq  qarshilik  qilayotganini,  (F.I.O.)  bilan  o‘rtalaridagi  nikoh  Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2014-yil 2-apreldagi hal qiluv qaroriga 

binoan bekor qilinganini bayon qilib, suddan da’voni qanoatlantirishni va da’vogarni 

ikki  nafar  voyaga  yetmagan  farzandlari  bilan  birgalikda  Toshkent  shahar  Olmazor 

tumani Sag‘bon 10-berk ko‘cha 50-a uyga kiritib qo‘yishni, uyga nisbatan foydalanish 

huquqi va tartibini belgilashni so‘radi.  

Sud  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  da’vogarning  da’vo  talabini  tan  olmay,  unda 

da’vogar  bilan  1998-yil      28-oktabrda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurganini, 

o‘rtalarida ikki nafar farzandlari borligini, 2014-yil 2- aprelda o‘rtalaridagi nikoh bekor 

qilinganini,  Toshkent  shahar  Olmazor  tumani  Sag‘bon  10-berk  ko‘cha  50-a  uy 

marhuma  onasi  (F.I.O.)ning  egaligida  ekanligini,  2005-yilda  onasi  uyni  ukasi 

(F.I.O.)ning egaligiga o‘tkazib beraman deganini, lekin kasal bo‘lib qolgani uchun bu 

amalga  oshmaganini,  marhuma  onasi  (F.I.O.)  2006-yil  12-oktabrda  vafot  etganini, 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

410 


 

hozirgi kunda  shar’iy  nikoh  asosida  boshqa  ayol  bilan  yashayotganini,  da’vogarning 

nizoli uyga kirib yashashiga umuman sharoit yo‘qligini, chunki da’vogar nizoli uyga 

kirsa  janjal  qilishini,  yana  IIBga  murojaat  qilishini,  dastlabki  sud  majlisida 

farzandlarining  nizoli  xonadonga  doimiy  ro‘yxatga  kirishiga  qarshi  emasligini 

bildirganini,  keyingi  sud  majlislarida  esa  javobgar  (F.I.O.)  da’vogar  va  ikki  nafar 

farzandining nizoli xonadonga kirib yashashiga va doimiy ro‘yxatga kiritilishiga qarshi 

ekanligini, unga da’vogarga nisbatan turar-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb 

topish haqidagi  qarshi da’vo ariza berish huquqi tushuntirilganini, lekin qarshi da’vo 

ariza taqdim qilmaganini bildirib, da’vo arizani rad qilishni so‘radi. 

Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talablarini tan olmay, nizoli 

xonadon  marhuma  onasiga  tegishli  bo‘lganini,  uyning  bir  qismiga  merosxo‘r 

ekanligini, da’vogarning nizoli uyga bugungi kunda kirib yashashiga qarshi ekanligini, 

chunki  da’vogar  va  javobgar  ukasi  (F.I.O.)  kelishmovchiliklar  oqibatida  ajrashib 

ketishganini,  agar  da’vogar  (F.I.O.)  nizoli  xonadonga  kirib  yashasa,  yana  o‘rtada 

janjallar  bo‘lishi  mumkinligini,  ukasining  tinch  yashashini  xohlashini,  hozirgi  kunda 

nizoli uy yashash uchun yaroqsiz holatda ekanligini, bor-yo‘g‘i 2 ta xona mavjudligini, 

unda  ukasi  (F.I.O.)  yashab  kelayotganini,  da’vogarning  nizoli  uyga  kirib  yashashiga 

sharoit umuman yo‘qligini, da’vogar va uning farzandlarining nizoli xonadonga kirib 

yashashiga  va  doimiy  ro‘yxatga  kirishiga  qarshi  ekanligini,  sud  tomonidan  qarshi 

da’vo berish huquqi tushuntirilganini, da’vogarga nisbatan hech qanday qarshi da’vo 

ariza taqdim qilmaganini bildirib, da’vo arizani rad qilishni so‘radi. 

Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talabini dastlab tan olib, bu 

haqida  yozma  ariza  taqdim  qilib,  keyinchalik  sud  majlislarida  da’vo  arizasini  tan 

olmay,  nizoli  xonadon  marhuma  onasiga  tegishli  bo‘lganini,  hozirgi  kunda  uy 

da’vogar  (F.I.O.)    akasi  (F.I.O.)ning  sobiq  turmush  o‘rtog‘i  ekanligini,  da’vogar  va 

uning  farzandlarining  nizoli  xonadonga  kirib  yashashiga  qarshi  ekanligini,  sud 

tomonidan  unga  qarshi  da’vo  arizasi  berish  huquqi  tushuntirilganini,  da’vogarga 

nisbatan hech qanday qarshi da’vo arizasi taqdim qilmaganini ta’kidlab, da’vogarning 

da’vo arizasini rad qilishni so‘radi. 

Sud  taraflarning  ko‘rgazmalarini  va  Olmazor  tuman  prokurorining  yordamchisi 

(F.I.O.)ning  da’vo  arizasini  qanoatlantirish  haqidagi  fikrini  tinglab,  ish  hujjatlarini 

muhokama  etib  va  to‘plangan  dalillarga  huquqiy  baho  berib,  da’vo  talablarini  asosli 

deb hisoblab, quyidagilarga ko‘ra uni qanoatlantirishni lozim deb topadi. 

Aniqlanishicha,  nizoli  Toshkent  shahar  Olmazor  tumani  Sag‘bon  10-berk 

ko‘chasi 50-a uy (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)ga Toshkent shahar Yakkasaroy tuman 1-

sonli  DNIda  2006-yil  19-iyul  kuni  reestr  raqami  11-603-son  bilan  qonun  bo‘yicha 

rasmiylashtirilgan vorislik guvohnomasi va 2007-yil 18-sentabr kunidagi reestr raqami 

20-645-son bilan qonun bo‘yicha rasmiylashtirilgan vorislik guvohnomalariga asosan 

tegishlidir. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling