Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63

 

419 


 

mavjud emas, hozirda ushbu xonadondan yashash uchun foydalanmoqchiman. Ushbu 

noturar  joyni  turar  joy  deb  e’tirof  etish  uchun  Uchtepa  tuman  hokimiyatiga  murojat 

qilganimda,  Uchtepa  tuman  hokimiyati,  noqonuniy  ravishda,  murojaatimga  noturar 

joyni turar joy toifasiga o‘tkazish Toshkent shahar hokimiyati ishchi guruhi vakolatiga 

kirishini, shu sababli Toshkent shahar hokimiyatiga murojaat qilishimni  tushuntirishdi. 

Toshkent  shahar  hokimiyatiga  murojaat  qilganimda,  ular  ham  noturar  joy  toifasidan 

turar joy toifasiga o‘tkazish masalasi Departament vakolatiga kirmasligini ma’lum qilib 

rad javobini berdi.  

FPKning  269-moddasiga  ko‘ra,  fuqaro  o‘zining  huquqlari  va  erkinliklarini 

buzadigan  xatti-harakatlar  (qarorlar)  ustidan  bevosita  sudga  yoki  bo‘ysunuv  tartibida 

yuqori organga, mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  9-moddasi  1-qismiga  asosan, 

fuqarolarning  doimiy  yashashiga  mo‘ljallangan,  belgilangan  sanitariya,  yong‘inga 

qarshi  texnik  talablarga  javob  beradigan,  shuningdek,  belgilangan  tartibda  maxsus 

uylar sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  15-moddasiga  asosan,  yashash 

uchun  yaroqli  bo‘lgan  turar  joyni  yashash  uchun  mo‘ljallanmagan  joyga  o‘tkazishga 

yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga 

o‘tkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organ (shaxs) arizasiga ko‘ra, tumanlar va 

shaharlar  hokimlarining  qaroriga  binoan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.  

Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-

yil 20-avgustdagi 357-sonli qarori, Uy-joy kodeksining 9–10-,15-moddalari, Fuqarolik 

protsessual kodeksining 269-moddasiga asosan,  

 

SO‘RAYMAN: 

 

Toshkent  shahar  va  Uchtepa  tuman  hokimiyatining  harakatlarini  g‘ayriqonuniy 



deb topib, hokimiyat zimmasiga Toshkent shahar Uchtepa tuman  24-mavze 55-uyda 

joylashgan jami 69 kv.m. bo‘lgan 2 xonalik 157-xonadonni noturar joy toifasidan turar 

joy deb e’tirof etishingizni.   

Ilova:  


1.  Toshkent  shahar  va  Uchtepa  tuman  hokimiyatining  murojaatni  rad  etganligi 

to‘g‘risidagi xati. 

2. Toshkent shahar Uchtepa tuman 24-mavze 55-uy 157-xonadon hujjatlari. 

3.  2012-yil  10-fevralda  o‘tkazilgan  ochiq  auksionning  005-S-son  bilan 

rasmiylashtirilgan g‘oliblik bayonnomasi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

420 


 

4. Toshkent shahar Uchtepa tumani 24-mavze, 55-uyda joylashgan jami 69 kv.m. 

bo‘lgan  157-xonadonni  Sud  qarorlarini  ijro  etish  sudlar  faoliyatini  moddiy-texnika 

jihatdan  ta’minlash  Departamentining  Toshkent  shahar  Chilonzor  tumani  bo‘limidan 

32.600.000 so‘mga sotib olganligim haqida hujjat. 

5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan TA 1577441- sonli guvohnoma. 

6. Pasport nusxasi. 

7. Shikoyatdan nusxa. 

 

2012-yil 2-dekabr   



 

(imzo) 


 

                                (F.I.O.)  

 

 

 



HAL QILUV QARORI 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN  

 

  2012-yil dekabr oyining 19-kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo 



sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida  sudya  (F.I.O.)ning  raisligida,  (F.I.O.)ning 

kotibligida,  advokat  (F.I.O.)  va  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  prokurori 

yordamchisi (F.I.O.)ning ishtirokida arizachi (F.I.O.)ning Toshkent shahar va Uchtepa 

tumani  hokimiyatining  xatti-harakatlari  yuzasidan  bergan  shikoyati  bo‘yicha 

qo‘zg‘atilgan 1-4969/12-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

 

Arizachi  (F.I.O.)    Toshkent  shahar  va  Uchtepa  tumani  hokimiyatining  xatti-



harakatlari  ustidan  shikoyat  bilan  murojaat  qilib,  unda  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2006-yil  31-avgustdagi  PQ  –  458-sonli  qarori  asosida  2012-yil  10-

fevralda  o‘tkazilgan  ochiq  auksion  savdosida  g‘olib  deb  topilib,  shu  kuni  005-S-son 

bilan  rasmiylashtirilgan  g‘oliblik  bayonnomasiga  asosan,  Toshkent  shahar  Uchtepa 

tumani  24-mavze  55-uyda  joylashgan  jami  69  kv.m.  bo‘lgan  157-xonadonni  Sud 

qarorlarini  ijro  etish  sudlar  faoliyatini  moddiy-texnika  jihatdan  ta’minlash 

Departamentining Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘limidan 32.600.000 so‘mga 

sotib  olganligi,  ushbu  g‘oliblik  bayonnomasiga  asosan  da’vogar  mazkur  joyni  o‘z 

nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, TA 1577441-sonli guvohnoma olganligi, mazkur 

ikki 


xonalik 

joy 


Uchtepa 

tumani 


24-mavzeda  

9  qavatli  binoning  9-qavatida  joylashgan  bo‘lib,  jami  69  kv.m.ni  tashkil  qilishi, 

xonadon  oshxona,  hammom,  xojatxona,  koridor,  ayvon  va  zaldan  iboratligi, 

xonadonda  barcha  turdagi  kommunal  tarmoqlari  o‘tkazilganligi,  xonadonda  yashash 

uchun  hech  qanday  kamchilik  va  to‘siqlar  mavjud  emasligi,  hozirda  u  ushbu 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

421 


 

xonadondan  yashash  uchun  foydalanmoqchiligi,  ushbu  noturar  joyni  turar  joy  deb 

e’tirof  etish uchun  Uchtepa  tuman  hokimiyatiga  murojaat qilganligi,  Uchtepa  tuman 

hokimiyati  noqonuniy  ravishda  da’vogarning  murojaatiga  noturar  joyni  turar  joy 

toifasiga o‘tkazish Toshkent shahar hokimiyati ishchi guruhi vakolatiga kirishini, shu 

sababli  Toshkent  shahar  hokimiyatiga  murojaat  qilishni  tushuntirishganligi,  keyin 

Toshkent  shahar  hokimiyatiga  murojaat  qilganligini,  ular  ham  ushbu  masalani  hal 

qilmaganligi, shundan keyin sudga murojaat qilishga majbur bo‘lganligi bois, suddan 

Toshkent  shahar  va  Uchtepa  tuman  hokimiyatining  harakatlarini  g‘ayriqonuniy  deb 

topib,  hokimiyat  zimmasiga  Toshkent  shahar  Uchtepa  tuman  24-mavze  55-uyda 

joylashgan jami 69 kv.m. bo‘lgan 2 xonalik 157-xonadonni noturar joy toifasidan turar 

joy deb e’tirof etish haqida qaror qabul qilish majburiyatini yuklashni so‘ragan. 

Sud majlisida arizachi (F.I.O.)ning ishonchli vakili (F.I.O.) shikoyatni quvvatlab, 

uni to‘liq qanoatlantirishni so‘radi. 

Sud majlisida Toshkent shahar hamda Uchtepa tuman hokimiyati vakili (F.I.O.) 

arizachining  shikoyatini  tan  olib,  haqiqatdan  ham  nizoli  Toshkent  shahar  Uchtepa 

tumani  24-mavze  55-uy  157-xonadon  9  qavatli  yashash  uyning  9-qavatida 

joylashganligi,  uni  noturar  joydan  turar  joy  toifasiga  o‘tkazish  hokimiyat  vakolatiga 

kirmasligi haqida ko‘rsatma berib, suddan qonuniy qaror qabul qilishni so‘radi. 

Toshkent  shahar  Arxitektura  va  qurilish  bosh  boshqarmasi  vakili  (F.I.O.),  

Toshkent shahar “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmati” DUK vakili (F.I.O.),  

Toshkent  shahar  Uchtepa  tuman  TJBIKX  bo‘limi  vakili  (F.I.O.)lar  sud  majlislariga 

kelmasdan, sudning nomiga ariza bilan murojaat qilib, ishni ularning ishtirokisiz ko‘rib 

chiqishni so‘ragan. 

Bunday  holatda,  sud  ishni  FPKning  174-moddasiga  asosan,  Toshkent  shahar 

Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi vakili (F.I.O.), Toshkent shahar “Yer tuzish 

va  ko‘chmas  mulk  kadastr  xizmati”  DUK  vakili  (F.I.O.),  Toshkent  shahar  Uchtepa 

tuman TJBIKX bo‘limi vakili (F.I.O.)larning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim topadi.  

Sud  taraflarning  bayonotini  tinglab,  Uchtepa  tumani  prokuror  yordamchisi 

(F.I.O.)ning  fikrini  eshitib,  ish  hujjatlari  bilan  tanishib  chiqib,  quyidagilarga  asosan 

arizachining shikoyatini qanoatlantirishni lozim topadi. 

FPKning  269-moddasiga  ko‘ra,  fuqaro  o‘zining  huquqlari  va  erkinliklarini 

buzadigan  xatti-harakatlar  (qarorlar) ustidan  bevosita  sudga  yoki  bo‘ysunuv  tartibida 

yuqori organga, mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli.  

Bo‘ysunuv  tartibidagi  yuqori  organ  va  mansabdor  shaxslar  shikoyatni  bir  oy 

muddat  ichida  ko‘rib  chiqishi  shart.  Agar  fuqaroning  shikoyatiga  rad  javobi  berilsa 

yoki u shikoyat bergan kunidan e’tiboran bir oy ichida javob olmasa, shikoyat bilan 

sudga murojaat qilishga haqli. 

FPKning 271-moddasiga ko‘ra, sud shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 

hal  qiluv  qarori  chiqaradi.  Sud  shikoyatning  asosli  ekanligini  aniqlasa,  shikoyatga 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

422 


 

sabab  bo‘lgan  xatti-harakat  (qaror)  g‘ayriqonuniy  deb  topadi,  fuqaroning  talabini 

qanoatlantirish  vazifasini  yuklaydi,  unga  nisbatan  qo‘llangan  javobgarlik  choralarini 

bekor  qiladi  yoki  uning  buzilgan  huquqlari  va  erkinliklarini  boshqa  yo‘llar  bilan 

tiklaydi.  

Agar  sud  shikoyatga  sabab  bo‘lgan  xatti-harakat  (qaror)  qonuniy,  fuqaroning 

huquqlari va erkinliklari buzilmagan deb topsa, u shikoyatni qanoatlantirishni rad etadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1996-yil  19-iyuldagi 

“Fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan  xatti-harakatlar  va  qarorlar 

ustidan  keltirilgan  shikoyatlarni  sudlarda  ko‘rish  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  18-sonli 

qarorining 15-bandiga ko‘ra, shikoyat vajlari asosli ekanligi aniqlangan taqdirda, sud 

shikoyat qilingan xatti-harakat (qaror)ni qonunga xilof deb topadi va tegishli organlar, 

korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  jamoat  birlashmalari  yoki  mansabdor  shaxsga 

fuqaroning talabini qanoatlantirish majburiyatini yuklaydi, unga nisbatan qo‘llanilgan 

javobgarlik chorasini bekor qiladi yoxud uning buzilgan huquqini o‘zgacha yo‘l bilan 

tiklaydi. 

Sudda  aniqlangan  holatlarga  ko‘ra,  (F.I.O.)  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2006-yil  31-avgustdagi  PQ–458-sonli  qarori  asosida  2012-yil  10-

fevralda o‘tkazilgan ochiq auksion savdoda g‘olib deb topilgan. Shu kuni 005-S-son 

bilan  rasmiylashtirilgan  g‘oliblik  bayonnomasiga  asosan,  Toshkent  shahar  Uchtepa 

tumani  24-mavze  55-uyda  joylashgan  jami  69  kv.m.  bo‘lgan  157-xonadonni  Sud 

qarorlarini  ijro  etish  sudlar  faoliyatini  moddiy-texnika  jihatdan  ta’minlash 

Departamentining Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘limidan 32.600.000 so‘mga 

sotib olgan. 

 (F.I.O.)  ushbu  bayonnomaga  asosan,  2012-yil  6-avgustda  Toshkent  shahar 

Uchtepa tumani 24-mavze, 55-uyda joylashgan jami 69 kv.m. bo‘lgan 157-xonadonni 

davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi 

TA 1577441- sonli guvohnoma olgan. 

Arizachi (F.I.O.) Toshkent shahar Uchtepa tumani 24-mavze 55-uyda joylashgan 

jami 69 kv.m. bo‘lgan 157-xonadondan yashash uchun foydalanmoqchi. 

Shu sababli (F.I.O.) Uchtepa tuman va Toshkent shahar hokimiyatlariga Toshkent 

shahar  Uchtepa  tumani  24-mavze  55-uyda  joylashgan  jami  69  kv.m.  bo‘lgan  157-

xonadonni  noturar  joy  toifasidan  turar  joy  toifasiga  o‘tkazishni  so‘rab  ariza  bilan 

murojaat qilgan. 

Uchtepa tuman hokimiyati arizachiga Toshkent shahar Uchtepa tumani 24-mavze 

55-uyda joylashgan jami 69 kv.m. bo‘lgan 157-xonadonni noturar joy toifasidan turar 

joy toifasiga o‘tkazish Toshkent shahar hokimiyati ishchi guruhi vakolatiga kirishini, 

shu sababli Toshkent shahar hokimiyatiga murojaat qilish huquqini tushuntirgan. 

Toshkent  shahar  hokimiyati  ham  noturar  joy  toifasidan  turar  joy  toifasiga 

o‘tkazish masalasi Departament vakolatiga kirmasligini ma’lum qilgan. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

423 


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  9-moddasi  1-qismiga  asosan, 

fuqarolarning  doimiy  yashashiga  mo‘ljallangan,  belgilangan  sanitariya,  yong‘inga 

qarshi  texnik  talablarga  javob  beradigan,  shuningdek,  belgilangan  tartibda  maxsus 

uylar sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi. 

Mazkur  kodeksning  10-moddasiga  ko‘ra,  ko‘p  kvartirali  uylardagi  kvartiralar 

turar joyga kirishi qayd etilgan. 

Sudning  so‘rovnomasiga  asosan,  Uchtepa  tuman  DSENM  Toshkent  shahar 

Uchtepa tumani 24-mavze 55-uy 157-xonadonning noturar joy maqomidan turar joy 

maqomiga  o‘tkazish  bo‘yicha  sanitariya  holatini  bevosita  joyida  o‘rganib  chiqib, 

ko‘rsatilgan xonadon 9 qavatli yashash uyning 9-qavatida joylashgan bo‘lib, umumiy 

maydoni 69 kv.m.ni tashkil etishi, xonalari tarkibi: 1 ta zal, 1 ta yotoqxona, koridor, 

oshxona,  xammom,  sanuzel  va  tashqi  balkondan  iboratligi,  koridor  chakka  o‘tishi 

natijasida,  qisman  kosmetik  ta’mirga  muxtoj  holatdaligi,  xonalar  tabiiy  va  sun’iy 

yorug‘lik  bilan  ta’minlanganligi,  markazlashgan  issiq-sovuq  suv  tarmog‘iga 

ulanganligi,  oqava  suvlari  shahar  kanalizatsiya  tizimiga  ulanganligini  inobatga  olib, 

ushbu xonadondan yashash uchun foydalanishga e’tiroz bildirmasligini ma’lum qilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  5-moddasiga  ko‘ra,  ushbu 

Kodeks  2-moddasining  birinchi,  to‘rtinchi  va  beshinchi  qismlarida  nazarda  tutilgan 

munosabatlar  qonun  hujjatlari  yoki  taraflarning  kelishuvi  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

tartibga solinmagan hollarda, fuqarolik qonun hujjatlarining o‘xshash munosabatlarni 

tartibga soluvchi normasi qo‘llaniladi (qonun o‘xshashligi). 

Ko‘rsatib o‘tilgan hollarda qonun o‘xshashligidan foydalanish mumkin bo‘lmasa, 

taraflarning  huquq  va  burchlari  fuqarolik  qonun  hujjatlarining  umumiy  negizlari  va 

mazmuni  (huquq  o‘xshashligi)ga  hamda  halollik,  oqillik  va  adolat  talablariga  amal 

qilgan holda belgilanadi. 

Fuqarolik  huquqlarini  cheklaydigan  va  javobgarlik  belgilaydigan  normalarning 

o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  15-moddasiga  asosan,  yashash 

uchun yaroqli bo‘lgan turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishga 

yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga 

o‘tkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organ (shaxs) arizasiga ko‘ra, tumanlar 

va  shaharlar  hokimlarining  qaroriga  binoan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.  

Yuqoridagi  qonun  normalariga  asosan,  sud  noturar  joyni  turar  joy  maqomiga 

o‘tkazish  to‘g‘risida  biron-bir  normativ  huquqiy  hujjat  qabul  qilinmaganligi 

arizachining shikoyati asosliligidan dalolat beradi. 

Bunday holatda, sud nizoli xonadon 9 qavatli uyning 9-qavatida joylashganligini, 

fuqarolarning doimiy yashashiga mo‘ljallanganligini, belgilangan sanitariya, yong‘inga 

qarshi,  texnik  talablarga  javob  berishini  inobatga  olib,  sud  (F.I.O.)ning  shikoyat 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

424 


 

arizasini  qanoatlantirishni  va  Toshkent  shahar  va  Uchtepa  tuman  hokimiyatining 

harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topib, hokimiyat zimmasiga Toshkent shahar Uchtepa 

tuman 24-mavze 55-uyda joylashgan jami 69 kv.m. bo‘lgan 2 xonalik 157-xonadonni 

noturar joy maqomidan turar joy maqomiga o‘tkazishni lozim deb topadi. 

Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-

yil  20-avgustdagi  357-sonli  qarori  49-bandi,  Uy-joy  kodeksining  9–10-moddalari, 

FPKning 269-, 203–206-moddalariga asoslanib, sud 



 

QAROR  QILADI: 

 

Arizachi (F.I.O.)ning Toshkent shahar va Uchtepa tumani hokimiyatining xatti-



harakatlari yuzasidan bergan shikoyati qanoatlantirilsin. 

Toshkent shahar va Uchtepa tuman hokimiyatining harakatlari g‘ayriqonuniy deb 

topilsin. 

Toshkent  shahar  Uchtepa  tuman  hokimiyati  zimmasiga  Toshkent  shahar, 

Uchtepa tuman, 24-mavze, 55-uyda joylashgan, jami 69 kv.m. bo‘lgan 2 xonalik 157-

xonadonni  noturar  joy  maqomidan  turar  joy  maqomiga  o‘tkazish  majburiyati 

yuklatilsin. 

Hal  qiluv  qaroridan  norozi  taraf  20  kun  ichida  shu  sud  orqali  fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  apellyatsiya  tartibida  shikoyat  yoki  protest 

keltirishlari mumkin. 



 

Sudya:                   

imzo   

 

 



(F.I.O.)  

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha 



Uchtepa tumanlararo sudiga 

 

Shikoyatchi: (F.I.O.), Uchtepa tumani, N.Saidov 



 ko‘chasi, 13-uy. 

  

 Mansabdor shaxs: Uchtepa tuman FHDYo      



 bo‘limining  xatti-harakatlari ustidan  

 

SHIKOYAT 

(fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining xatti-harakatlari ustidan) 

 

Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  N.Saidov  ko‘chasi  13-uy  A.Ikramov  tuman 



hokimining  2004-yil 18-fevraldagi 61-sonli  qaroriga  asosan, onam  (F.I.O.)ga  tegishli 

edi.  Onam  (F.I.O.)  1996-yil  21-may  kuni  vafot  etdi.  Onam  vafotidan  so‘ng  merosni 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

425 


 

rasmiylashtirish  uchun 

notarial 

idoraga 


murojaat 

etganimda, 

tug‘ilganlik 

guvohnomasida onamning ismi «Saji» deb qayd etilgan ekan. Shuning uchun merosni 

rasmiylashtira  olmasdan,  xatolikni  tuzatish  maqsadida  Uchtepa  tuman  FHDYo 

bo‘limiga  Andijon  viloyati  Izboskan  tumani  FHDYo  bo‘limi  tomonidan  1952-yil  3-

iyun kuni 168-raqami bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining 

onasi grafasida onamning ismi “Saji” deb qayd etilgan yozuvni “Sojida” deb tegishli 

tuzatish kiritib berish haqida murojaat etganimda, ular O‘zbekiston Respublikasi Oila 

kodeksining  228-moddasi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

1999-yil  12-apreldagi  171-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Fuqarolik  holati 

dalolatnomalarini  qayd  etish  qoidalari”ning  154-bandiga  asosan  fuqarolik  holati 

dalolatnoma  yozuvlariga  o‘zgartirishlar,  tuzatishlar  va  qo‘shimchalar  kiritish  yetarli 

asoslar mavjud bo‘lganda va manfaatdor shaxslar  o‘rtasida nizo bo‘lmaganda, ushbu 

dalolatnoma  yozuvlari  saqlanayotgan  joydagi  FHDYo  organi  tomonidan  amalga 

oshirilishini,  tug‘ilganlik  haqidagi  guvohnomada  marhum  onamning  ismlari 

qisqartirilgan  holda  «Saji»  deb,  qolgan  barcha  hujjatlarda,  jumladan,  pensiya 

guvohnomasi, hisobga olingan turar-joy hujjatining nusxasi va o‘lim guvohnomalarida 

“Sojida”  deb  qayd  etilganligi  hamda  taqdim  etilgan  hujjatlarda  yetarli  asoslar 

bo‘lmaganligi,  ya’ni  onamning  tug‘ilganlik  guvohnomasi  yo‘qligi  sababli  Uchtepa 

tuman  FHDYo  bo‘limi  tug‘ilganlik  haqida  dalolatnoma  yozuvida  “Ona”  ustunida 

onamning  ismiga  tuzatish  kiritish  imkoniyatiga  ega  emasligini  ma’lum  qilib,  sudga 

murojaat qilish huquqimni tushuntirib, rad javobini berishdi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib,

 FPKning 274-moddasiga asosan,  

 

SO‘RAYMAN 

Uchtepa  tuman  FHDYo  bo‘limiga  Andijon  viloyati  Izboskan  tumani  FHDYo 

bo‘limi  tomonidan  1952-  yil  3-iyun  kuni  168-raqami  bilan  qayd  etilgan  tug‘ilganlik 

haqidagi dalolatnoma  yozuvidagi “Saji” deb  qayd  etilgan onamning  ismini  “Sojida” 

deb o‘zgartirib berishingizni.   

Ilova:  


1.  Mening  iltimosimni  rad  etganligi  haqidagi  fuqarolik  holati  dalolatnomalarini 

yozish idorasining yozishmasi. 

2. Tug‘ilganlik guvohnomasi. 

3. Pasport nusxasi. 

4. Shikoyatdan nusxa. 

 

2013-yil 2-iyul 



                         

        imzo                                         

(F.I.O.)  

 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

426 


 

HAL  QILUV  QARORI 

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  NOMIDAN 

 

2013-yil iyul oyining 15-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa 



tumanlararo  sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida,  raislik  etuvchi  sudya  (F.I.O.), 

(F.I.O.)ning kotibligida, Uchtepa tuman prokurorining katta yordamchisi (F.I.O.)ning 

ishtirokida  arizachi  (F.I.O.)ning  dalolatnoma  yozuviga  tegishli  tuzatish  kiritish 

haqidagi  shikoyati  bo‘yicha  yuritilgan 1-2795/13-sonli  fuqarolik  ishini  ko‘rib  chiqib, 

quyidagilarni 

 

Aniqladi: 



 

Fuqaro (F.I.O.) dalolatnoma yozuviga tegishli tuzatish kiritish haqidagi shikoyat 

bilan sudga murojaat qilgan. 

Sud  majlisida  arizachi  (F.I.O.)  shikoyat  arizasiga  o‘zgartirish  va  aniqlik  kiritish 

haqida ariza bilan murojaat qilib, Uchtepa tuman FHDYo bo‘limiga Andijon viloyati 

Izboskan  tumani  FHDYo  bo‘limi  tomonidan  1952-yil  3-iyun  kuni  168-raqami  bilan 

qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining onasi grafasidagi ona ismi 

“Saji”  deb  qayd  etilganligini,  ushbu  yozuvga  “Sojida”  deb  tegishli  tuzatish  kiritib 

berish majburiyatini yuklashni so‘radi.   

Sud  majlisida  arizasi  (F.I.O.)  o‘zining  arizasini  qo‘llab-quvvatlab,  Toshkent 

shahar  Uchtepa  tumani  N.Saidov  ko‘chasi  13-uy  onasi  (F.I.O.)ga  A.Ikramov  tuman 

hokimining  2004-yil 18-fevraldagi 61-sonli  qaroriga  asosan tegishli  ekanligini, onasi 

(F.I.O.)  1996-yil  21-may  kuni  vafot  etganligini,  onasi  vafotidan  so‘ng  merosni 

rasmiylashtirish  uchun  notarial  idoraga  murojaat  qilganligini,  tug‘ilganlik 

guvohnomasida onasining ismi “Saji” deb qayd etilganligini, shuning uchun merosni 

rasmiylashtira  olmaganligini,  xatolikni  tuzatish  maqsadida  Toshkent  shahar  Uchtepa 

tuman FHDYo bo‘limiga murojaat qilganligini, lekin unga rad javob berishganligini, 

shu sababli mazkur shikoyat ariza bilan sudga murojaat qilishga majbur bo‘lganligini, 

(F.I.O.)ning  bir  nafar  farzandi  bo‘lganligini,  ushbu  farzandi  u  ekanligini,  onasi  uni 

asrab  olganligini,  boshqa  farzandlari  yo‘qligini  bayon  qilib,  shikoyat  arizasini 

qanoatlantirishni hamda Uchtepa tuman FHDYo bo‘limiga Andijon viloyati Izboskan 

tumani FHDYo bo‘limi tomonidan 1952-yil 3-iyun kuni 168-raqami bilan qayd etilgan 

tug‘ilganlik  haqidagi  dalolatnoma  yozuvining  onasi  grafasidagi  ona  ismi  “Saji”  deb 

qayd etilganligini “Sojida” deb tegishli tuzatish kiritib berish majburiyatini yuklashni 

so‘radi.   

Dastlabki sud majlisida so‘ralgan uchinchi shaxs Toshkent shahar Uchtepa tuman 

FHDYo  bo‘limi  vakili  (F.I.O.)  arizachi  (F.I.O.)  Uchtepa  tuman  FXDYo  bo‘limiga 

Andijon viloyati Izboskan tumani FHDYo bo‘limida 1952-yil iyun oyida 168-raqami 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling