Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

35 


 

II BОB

 

ko‘rsatiladi. Xulosa qismida da’vo arizasini qabul qilishni rad etilgani, ajrim 



ustidan shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddati, agar ish sudga 

taalluqli bo‘lmasa, arizachi qaysi organga murojaat qilishi kerakligini yoki 

ish  qo‘zg‘atishga  to‘sqinlik  qilayotgan  holatlarni  qanday  bartaraf  etishni 

ko‘rsatishi shart.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  “Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha  birinchi  instansiya  sudi  ajrimlari  to‘g‘risida”gi  2012-yil              

25-maydagi 7-sonli qarorida ko‘rsatilishicha, arizani qabul qilishni rad etish 

to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat va protest keltiriladi.   



 

5-§. Arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi ajrim va uni 

rasmiylashtirish tartibi 

 

FPKning  154-moddasida  ko‘rsatilgan  asoslar  bo‘yicha  sud  arizani 

harakatsiz qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.  

 

Sud quyidagi hollarda arizani harakatsiz qoldiradi:  



1) ariza 

FPKning 

149–150-moddalarida 

bayon 

etilgan 

talablarga rioya qilinmay berilgan bo‘lsa, ya’ni ariza mazmuni talab 

darajasida  rasmiylashtirilmagan  bo‘lsa  yoki  ariza  javobgarlar 

soniga nomutanosib taqdim etilgan bo‘lsa;  

2) davlat boji to‘lanmagan bo‘lsa. 

 

 

Yuqoridagi asoslar mavjud bo‘lganida, sud arizani harakatsiz qoldirish 



to‘g‘risida  ajrim  chiqarib,  bundan  da’vogarni  xabardor  qiladi  va 

kamchiliklarni tuzatish uchun unga muhlat beradi. Аjrim  imzo  qo‘ydirib 

topshiriladi  yoki  pochta  orqali  yoxud  axborot  tizimi  orqali  elektron 

shaklda yuboriladi.  

Agar  da’vogar  belgilangan  muddatda  sudyaning  ko‘rsatmalariga 

muvofiq  FPKning  149–150-moddalaridagi  talablarni  bajarsa  va  davlat 

bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. 

Aks holda, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda 

ajrim chiqariladi.  

Аriza  va  ajrim  imzo  qo‘ydirib  topshiriladi  yoki  pochta  orqali 

yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi. 


FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

36 


 

II BОB

 

 



Esda  saqlang!  Mazkur  ajrimning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  “Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha  birinchi  instansiya  sudi  ajrimlari  to‘g‘risida”gi  2012-yil          

25-maydagi  7-sonli  qaroriga  ko‘ra,  arizani  harakatsiz  qoldirish 

to‘g‘risidagi  ajrim  ustidan  xususiy  shikoyat  yoki    xususiy  protest 

berilmaydi.



 

 

Demak, arizani harakatsiz qoldirish haqidagi ajrimning xulosa qismida 



shikoyat  va  protest  keltirish  muddati  va  tartibi  yozilmaydi.  Shuningdek, 

ushbu ajrimning xulosa qismida sud tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni 

bartaraf etish muddati, mazkur muddatda bartaraf etilmasa arizani qaytarish 

haqidagi qoidalar yoziladi.  



 

6-§. Arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrim va uni rasmiylashtirish 

tartibi 

FPKning  154-moddasiga  ko‘ra,  agar  da’vogar  belgilangan  muddatda 

sudyaning  ko‘rsatmalariga  muvofiq,  FPKning  149-  va  150-moddalaridagi 

talablarni bajarsa va davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan 

kuni  berilgan  hisoblanadi.  Aks  holda,  ariza  berilmagan  hisoblanib, 

da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Ushbu qoidadan kelib 

chiqib  aytish  mumkinki,  arizani  harakatsiz  qoldirish  to‘g‘risidagi  ajrimda 

ko‘rsatilgan  kamchiliklar  bartaraf  etilmagan  taqdirdagina  sud  arizani 

qaytarish haqida ajrim chiqaradi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  “Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha  birinchi  instansiya  sudi  ajrimlari  to‘g‘risida”gi  2012-yil               

25-maydagi 7-sonli qarorida ko‘rsatilishicha, harakatsiz qoldirilgan arizani 

arizachiga  qaytarish  to‘g‘risidagi  ajrim  ustidan  shikoyat  va  protest 

keltiriladi.   



 

7-§. Fuqarolik ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrim va uni 

protsessual rasmiylashtirish tartibi 

Fuqarolik  ishini  qo‘zg‘atish  fuqarolik  protsessining  birinchi  va  asosiy 

bosqichlaridan biri sanaladi.  

Sud fuqarolik ishini quyidagi hollarda qo‘zg‘atadi: 



FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

37 


 

II BОB

 

1)  o‘zining  huquqi  yoki  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatini 



himoya qilishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasi bo‘yicha; 

2) prokurorning arizasi bo‘yicha; 

3)  agar  davlat  boshqaruvi  organlari,  tashkilotlar  va  ayrim  fuqarolar 

qonunga  muvofiq  boshqa  shaxslarning  huquqlari  va  qonun  bilan 

qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etishga 

haqli bo‘lsalar, ularning bergan arizalari bo‘yicha (FPKning 5-moddasi). 

Yuqorida  ko‘rsatilgan  shaxslarning  sudga  bergan  da’vo  arizasi  yoki 

shikoyat  arizasi  bo‘yicha  sudda  fuqarolik  ishi  qo‘zg‘atiladi.  Sud  da’vo 

arizasi  O‘zbekiston  Respublikasi  FPKning  149-moddasi  talablariga  javob 

bersa, shuningdek, arizani qabul qilishni rad etish uchun asoslar bo‘lmasa 

arizani qabul qilish va fuqarolik ishini qo‘zg‘atish haqida ajrim chiqaradi.  

 

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

 

1.  Fuqarolik  ishlarini  qo‘zg‘atish  bosqichida  qanday  protsessual 

hujjatlar chiqariladi? Fikringizni asoslantiring. 

2.  Arizani  harakatsiz  qoldirish  va  qabul  qilishni  rad  etish  asoslarini 

misollar yordamida tushuntiring. 

3. Da’vo arizasini rasmiylashtirish tartibini tushuntiring. 

4.  Qarshi  da’vo  arizasi  bilan  e’tirozning  o‘xshash  va  farqli  jihatlarini 

tahlil qiling. 



 

NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 

 

1. R.Latipov  mansabdor  shaxs  V.Berdiyevning  xatti-harakatlarini 

g‘ayriqonuniy deb topish haqida shikoyat bilan sudga murojaat qilgan. 

  Sud  FPKning  152-moddasi  2-bandini  qo‘llab,  ya’ni  muqaddam 

R.Latipovni ishga tiklash, yetkazilgan zararlarni undirish haqidagi fuqarolik 

ishi sudda ko‘rilib, ushbu nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv 

qarori  mavjudligini  ko‘rsatib,  arizani  qabul  qilishni  rad  etish  haqida  ajrim 

chiqargan.  

  Oliy  Sud  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudlov  hay’ati  2002-yil  17-may 

kuni sud ajrimini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun yubordi. 

 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 



FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

38 


 

II BОB

 



 

O‘zbekiston  Respublikasi  FPKning  152-moddasi  2-bandida 

ko‘rsatilgan asos bo‘yicha arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim 

loyihasini tayyorlang. 

2.  14  yoshli  F.Lutfullayev  ismli  shaxs  ish  haqi  undirish  to‘g‘risidagi 

da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sud FPKning 152-moddasining 

6-bandiga  ko‘ra,  ya’ni  ariza  muomalaga  layoqatsiz  shaxs  tomonidan 

berilganligi  asosida,  da’vo  arizasini  qabul  qilishni  rad  etish  haqida  ajrim 

chiqargan. 

 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 



 

Mazkur ish bo‘yicha da’vo arizasini qabul qilishni rad etish haqidagi 



ajrimning xulosa qismida nimalar ko‘rsatilishi kerak? 

ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

39 


 

III BОB

 

III BOB. ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH 



BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

1-§. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risida ajrim va uni 

protsessual rasmiylashtirish tartibi 

Fuqarolik  sud  ishlarini  yuritish  vazifalari  O‘zbekiston  Respublikasi 

Fuqarolik  protsessual  kodeksining  4-moddasida  belgilab  berilgan  bo‘lib, 

unga ko‘ra fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, 

erkinliklari  va  manfaatlarini,  shuningdek,  korxonalar,  muassasalar, 

tashkilotlar,  jamoat  birlashmalari  va  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlarining  huquqlari  hamda  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatlarini 

himoya  qilish  maqsadida  fuqarolik  ishlarini  to‘g‘ri,  o‘z  vaqtida  ko‘rib 

chiqish va hal etishdan iboratdir. 

Fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy maqsadini amalga oshirish 

uchun fuqarolik protsessi har bir bosqichining o‘z mustaqil vazifalari bor. 

Sudya  arizani  qabul  qilib,  fuqarolik  ishi  qo‘zg‘atganidan  so‘ng,  ishni  o‘z 

vaqtida  va  to‘g‘ri  ko‘rib  chiqish  hamda  hal  qilish  maqsadida,  uni  sudda 

ko‘rishga tayyorlaydi. 

 

Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash vazifalari quyidagilardan iborat: 

taraflarning huquqiy  munosabatlarini va  ishni  ko‘rishda  amal qilinishi  lozim  bo‘lgan 

qonunni aniqlash 

taraflarning  talab  va  e’tirozlarini  asoslovchi  faktlarni,  shuningdek,  nizoni  to‘g‘ri  hal 

etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni aniqlash 

ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan dalillar doirasini aniqlash va ularning o‘z vaqtida 

sud majlisiga taqdim etilishini ta’minlash 

ishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan shaxslar tarkibi masalasini hal etish 

 

Fuqarolik  ishini  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  bosqichi  fuqarolik  sud 



ishlarini  yuritishning  oldiga  qo‘yilgan  vazifalarni  amalga  oshirishdagi 

muhim  bosqich  hisoblanadi.  Ushbu  bosqichdagi  protsessual  harakatlarni 

amalga  oshirishning  samaradorligi  -  ish  yuritishni  to‘g‘ri  tashkil  etish, 

fuqarolik ishlarini protsessual muddatlarga rioya qilgan holda ko‘rib chiqish 

imkonini beradi. Sudya fuqarolik ishini sudda ko‘rishga tayyorlash vaqtida 

yozma  va  ashyoviy  dalillardan  qaysi  birini  qabul  qilish,  ishga  uchinchi 

shaxslarni jalb qilish, taraflarni yoki jalb qilingan shaxslarni FPKning 159-


ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

40 


 

III BОB

 

moddasi  tartibida  so‘roq  qilish,  vakillar  ishtiroki  masalalarini  hal  qiladi, 



ishda prokurorning ishtirok etishi to‘g‘risidagi va tegishli davlat boshqaruvi 

organini  sud  protsessida  qatnashishga  jalb  etish  haqidagi  masalani,  ishda 

ishtirok  etishga  jalb  qilinmagan  tashkilot  yoki  fuqaroning  ish  yakunidan 

manfaatdorligini  aniqlasa,  ularga,  shuningdek,  prokurorga  yuritilayotgan 

ishni  va  uni  ko‘rish  vaqtini  ma’lum  qiladi,  guvohlarni  sud  majlisiga 

chaqirish  yoki  ularni  FPKning  72-moddasida  nazarda  tutilgan  tartibda 

so‘roq qilish masalasini hal qiladi, tashkilotlar yoki fuqarolardan yozma va 

ashyoviy  dalillarni  talab  qilib  oladi  yoki  bu  dalillarni  olib,  sudga  taqdim 

etish  uchun  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarga  talabnoma  beradi,  ishda 

ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini hisobga olib, ekspertiza tayinlash va 

mutaxassis  jalb  qilish  masalasini  hal  qiladi,  kechiktirib  bo‘lmaydigan 

hollarda,  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarni  xabardor  qilib,  joyda  ko‘zdan 

kechirish  o‘tkazadi,  boshqa  sudlarga  sud  topshiriqlari  yuboradi  va  ishda 

ishtirok 

etuvchi 

shaxslarga 

ularning 

protsessual 

huquqlari 

va 


majburiyatlarini  tushuntiradi  hamda  ushbu  protsessual  harakatlarni  sudya 

yakka o‘zi hal qilib, ajrim bilan rasmiylashtiradi. 

2012-yil 25-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 

“Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudi ajrimlari to‘g‘risida”gi 

7-sonli  qaroriga  ko‘ra,  fuqarolik  ishini  sudda  ko‘rishga  tayyorlash 

to‘g‘risidagi  ajrim alohida  protsessual  hujjat  ko‘rinishida  chiqarilishi  shart 

bo‘lgan ajrimlar  toifasiga  kirib, ushbu  ajrim  FPKning 237–238-moddalari 

talablaridan kelib chiqib rasmiylashtiriladi.  



 

2-§. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida sudya tomonidan 

amalga oshiriladigan harakatlar bo‘yicha rasmiylashtiriladigan 

protsessual hujjatlar  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1999-yil                 

24-sentabrdagi  “Fuqarolik  ishlarini  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  va  ularni 

ko‘rish  muddatlari  to‘g‘risida”gi  18-sonli  qarorida  ishni  sudda  ko‘rishga 

tayyorlash jarayonida sudya: 

-

 



ishda 

ishtirok 

etuvchi 

shaxslarga 

ularning 

FPKning                    

34-moddasida belgilangan huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; 

-

 



da’vogardan da’volarni ajratish (FPKning 159-moddasi) yoxud 

ularni  birlashtirish  va  birgalikda  ko‘rish  (FPKning  155-,  156-

ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

41 


 

III BОB

 

moddalari)  maqsadida  shu  yoki  boshqa  javobgarga  nisbatan  bir-biri 



bilan bog‘liq boshqa talablari bor-yo‘qligini aniqlashi; 

-

 



javobgardan  da’vogarning  talablariga  qanday  e’tirozlari 

borligini  va  bu  e’tirozlar  qanday  dalillar  bilan  isbotlanishi 

mumkinligini  aniqlashi,  FPKning  246-,  247-moddalari  qoidalari 

bo‘yicha  unga  qarshi  da’vo  talablari  taqdim  etish  huquqini 

tushuntirishi; 

-

 



FPKning 180-moddasi talablariga binoan sud majlisida amalga 

oshgan  holda  hal  qilish  uchun  taraflardan  kelishuv  bitimi  tuzish 

ehtimolini aniqlashi lozimligi belgilangan. 

Shuningdek,  ishga  tiklash  haqidagi  ishlarni  sudda  ko‘rishga 

tayyorlashda  qonunni  ochiq-oydin  buzib,  g‘ayriqonuniy  tarzda  mehnat 

shartnomasini  bekor  qilish  yoki  xodimni  noqonuniy  boshqa  ishga 

o‘tkazishni farmoyishi bilan amalga oshirgan mansabdor shaxsni aniqlash 

va uni javobgar tarafdan uchinchi shaxs sifatida g‘ayriqonuniy ishdan ozod 

etilganda  yoki  asossiz  boshqa  ishga  o‘tkazilganda  to‘langan  ish  haqini 

qoplash  maqsadidagina  emas,  balki  qonunlarning  buzilishini  oldini  olish 

uchun, ishga jalb qilish masalasini hal qilish kerak. 

Agar  da’voni  ta’minlash  bo‘yicha  choralarni  ko‘rmaslik,  hal  qiluv 

qarorining  ijrosini  qiyinlashtiradigan  yoki  uni  bajarib  bo‘lmaydigan  qilib 

qo‘yadigan  bo‘lsa,  sudya  FPKning  248-moddasiga  muvofiq,  ishni  sudda 

ko‘rishga  tayyorlash  davomida  da’voni  ta’minlash  bo‘yicha  choralar 

qo‘llashga haqli. 

O‘zlari uchun zarur bo‘lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin 

bo‘lmay  qoladi  yoki  qiyinlashadi  deyishga  asosi  bo‘lgan  shaxslar  ariza 

berishdan oldin ham, keyin ham sudyadan bu dalillarni ta’minlashni iltimos 

qilishlari mumkin.  

Ishni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  bo‘yicha  barcha  harakatlar  qilinib, 

ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  da’vo  talablari  va  e’tirozlari  aniqlanib, 

barcha  hujjatlar  to‘planib  bo‘lingach,  FPKning  161-moddasiga  binoan, 

sudya ajrimga asosan, sudda ishni ko‘rishga tayinlaydi. 

FPKning  131-moddasida  ko‘rsatilgan  fuqarolik  ishlarini  ko‘rish 

muddatlari  (o‘n  kundan,  yigirma  kundan,  bir  oydan  yoki  ikki  oydan 

kechiktirmay) ishni sudda ko‘rishga tayyorlash tugatilgan kundan boshlab 

hisoblanadi. 



ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

42 


 

III BОB

 

Kelishuv  bitimi  –  taraflarning  fuqarolik  ishi  yuzasidan 



kelishuvga  erishganliklari  haqidagi  yozma  bitimi  kelishuv  bitimi 

shaklida  tuziladi.  Kelishuv  bitimiga  yagona  ta’rif  keltirilmagan, 

ammo taraflarning nizoni kelishuv orqali tugatish yoki ushbu nizoni 

o‘zaro  kelishishga  asoslangan,  da’vo  talabi  (talablari)ga  nisbatan 

aniqlikka  erishishga  qaratilgan,  nizoni  hal  qilish  to‘g‘risidagi 

taraflarning yozma kelishuvi tushuniladi. 

 

 

Kelishuv  bitimi  sud  jarayonida  tuzilganda  sud  kelishuv  bitimini 



tasdiqlashi  yoki  tasdiqlashni  rad  etishi  lozim  bo‘ladi,  kelishuv  bitimi 

mazmunan va shaklan qonun hujjatlari talablari doirasida bo‘lsa, fuqarolik 

ishi  yuzasidan  ish  yuritish  tugatiladi.  Kelishuv  bitimining  sud  tomonidan 

tasdiqlanishi  natijasida  FPKning  100-moddasi  birinchi  qismi  4-bandi 

tartibida  ish  yuritishni  tugatish  uchun  asos  bo‘ladi,  sud  ish  yuritishni 

tugatish  to‘g‘risida  ajrim  chiqaradi.  Kelishuv  bitimi  sud  tomonidan 

tasdiqlanganda  kelishuv  bitimining  shartlari  va  tartibi  sudning  ajrimini 

xulosa qismida batafsil ko‘rsatib o‘tilishi lozim. 

 

Sud topshirig‘i – ishni ko‘rayotgan sud dalillarni boshqa tuman yoki shaharda 

to‘plash  zarur  bo‘lgan  taqdirda,  tegishli  sudga  muayyan  protsessual  harakatlarni 

amalga  oshirishni  topshiradi.  Sud  topshirig‘i  ajrim  bilan  rasmiylashtirilib,  unda 

ko‘rilayotgan  ishning  mohiyati,  aniqlanishi  zarur  bo‘lgan  holatlar,  topshiriqni 

bajaradigan  sud  to‘plashi  lozim  bo‘lgan  dalillar  ko‘rsatiladi.  Bu  ajrim  qaysi  sud 

nomiga  yozilgan  bo‘lsa,  o‘sha  sud  uchun  majburiy  bo‘lib,  o‘n  besh  kunlik  muddat 

ichida bajarilishi lozim.  

 

Sud topshirig‘ini bajarish tartibi FPKda belgilangan qoidalarga binoan 



amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslarga sud majlisi vaqti va 

joyi  to‘g‘risida  ma’lum  qilinadi,  biroq  ularning  kelmasligi  topshiriqni 

bajarishga to‘sqinlik qilmaydi. Sud topshirig‘i tartibida taraflar va uchinchi 

shaxslar  yoxud  ular  qonuniy  vakillarining  tushuntirishlari,  guvohlarning 

ko‘rsatuvlari,  yozma  va  ashyoviy  dalillarni  ko‘zdan  kechirish  hamda 

tekshirish orqali aniqlanadigan faktik ma’lumotlar to‘planishi mumkin. 

Bayonnomalar  va  topshiriqni  bajarish  vaqtida  to‘plangan  materiallar 

ishni ko‘rib chiqayotgan sudga darhol yuboriladi. 



ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

43 


 

III BОB

 

Agar topshiriqni bajarayotgan sudga tushuntirishlar yoxud ko‘rsatuvlar 



bergan  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  yoki  guvohlar  ishni  ko‘rayotgan 

sudga  kelsalar,  ular  umumiy  tartibda  tushuntirishlar  yoki  ko‘rsatuvlar 

beradilar. 

 

Dalillarni  ta’minlash  –  o‘zlari  uchun  zarur  bo‘lgan  dalillarni 

keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi 

deyishga  asosi  bo‘lgan  shaxslar  ariza  berishidan  oldin  ham,  keyin 

ham sudyadan bu dalillarni ta’minlashni iltimos qilishlari mumkin.  

 

Xorijiy davlatlarning organlarida ish yuritish uchun zarur dalillar bilan 



ta’minlash davlat notarial idoralari tomonidan amalga oshiriladi. 

Dalillarni  ta’minlash  tartibi.  Dalillarni  ta’minlash  Fuqarolik 

protsessual kodeksida belgilangan dalillarni to‘plash va tekshirish qoidalari 

bo‘yicha  sud  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Arizachi  va  ishda  ishtirok 

etuvchi boshqa shaxslarga dalillarni ta’minlash vaqti va joyi haqida ma’lum 

qilinadi, biroq ularning kelmasligi dalillarni ta’minlash haqidagi ariza ko‘rib 

chiqilishiga  to‘sqinlik  qilmaydi.  Kechiktirish,  shuningdek,  keyinchalik 

arizachi  bilan  kimning  o‘rtasida  nizo  kelib  chiqishini  aniqlash  mumkin 

bo‘lmagan  hollarda,  dalillarni  ta’minlash  faqat  birgina  arizachining  o‘zini 

xabardor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Dalillarni ta’minlash tartibida 

taraflarning,  uchinchi  shaxslarning  tushuntirishlari  eshitiladi,  guvohlar 

so‘roq  qilinadi,  ekspertiza  tayinlanadi,  yozma  va  ashyoviy  dalillar  talab 

qilib  olinadi  yoki  ko‘zdan  kechiriladi,  joyga  borib  ko‘zdan  kechirish 

o‘tkaziladi.  Dalillarni  ta’minlash  tartibida  to‘plangan  barcha  materiallar 

ishni  ko‘rayotgan  sudga  yuboriladi  yoki  arizachiga  beriladi.  Dalillarni 

ta’minlash masalalari bo‘yicha chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat qilish – 

dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat qilish mumkin 

emas.  Dalillarni  ta’minlashni  rad  etish  to‘g‘risidagi  ajrim  ustidan  xususiy 

shikoyat berish yoki unga nisbatan xususiy protest keltirish mumkin. 



Ekspertiza  tayinlash  –  sud  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 

iltimosiga  ko‘ra  yoki  o‘z  tashabbusi  bilan  ishni  ko‘rish  vaqtida  kelib 

chiqqan,  fan,  texnika,  san’at  yoki  hunar  sohasida  maxsus  bilimlarni  talab 

qiladigan masalalarni tushuntirish uchun ekspertiza tayinlashi mumkin. 



ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

44 


 

III BОB

 

Ekspertiza sudda o‘tkaziladi yoki tekshirishning xususiyati taqozo etsa 



yoxud  tekshiriladigan  buyumni  sudga  keltirishning  imkoni  bo‘lmasa  yoki 

keltirish  qiyin  bo‘lsa,  suddan  tashqarida  o‘tkaziladi.  Ekspertiza  tayinlash 

to‘g‘risidagi  ajrimda  qanday  masalalar  bo‘yicha  ekspertlarning  xulosasi 

talab  qilinayotganligi  va  ekspertiza  o‘tkazish  kimga  topshirilayotganligi 

ko‘rsatilgan  bo‘lishi  lozim.  Ekspertlarni  tayinlashda  sud  ishda  ishtirok 

etuvchi shaxslarning fikrini e’tiborga oladi. 



Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling