Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63

 

427 


 

bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining onasi grafasidagi ona 

ismi “Saji” deb qayd etilganligini, arizachi “Sojida” deb tegishli tuzatish kiritib berishni 

so‘rab murojaat qilganligini, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 228-moddasi 

va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli 

qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 

154-bandiga  asosan,  fuqarolik  holati  dalolatnoma  yozuvlariga  o‘zgartirishlar, 

tuzatishlar  va  qo‘shimchalar  kiritish  yetarli  asoslar  mavjud  bo‘lganda  va  manfaatdor 

shaxslar  o‘rtasida  nizo  bo‘lmaganda,  ushbu  dalolatnoma  yozuvlari  saqlanayotgan 

joydagi  FHDYo  organi  tomonidan  amalga  oshirilishini,  bo‘lim  tomonidan  arizaga 

ilova  qilingan  hujjatlar  o‘rganib  chiqilganida,  arizachining  tug‘ilganlik  haqidagi 

guvohnomasida marhum onasining ismi qisqartirilgan holda “Saji” deb, qolgan barcha 

hujjatlarda,  jumladan,  pensiya  guvohnomasi,  hisobga  olingan  turar-joy  hujjatining 

nusxasi va o‘lim guvohnomalarida «Sojida» deb qayd etilganligi hamda taqdim etilgan 

hujjatlarda  yetarli  asoslar  bo‘lmaganligi,  ya’ni  onaning  tug‘ilganlik  guvohnomasi 

yo‘qligi  sababli  Uchtepa  tuman  FHDYo  bo‘limi  tug‘ilganlik  haqida  dalolatnoma 

yozuvida “Ona” ustunida onaning ismiga tuzatish kiritish imkoniyatiga ega emasligini 

ma’lum  qilib,  sudga  murojaat  qilish  huquqini  tushuntirganligini,  shikoyat  arizaga 

nisbatan ularda  e’tiroz  yo‘qligini,  shikoyat  arizani  qonuniy hal qilishni  sudga havola 

qilishni so‘radi.  

Keyingi sud majlislariga Toshkent shahar Uchtepa tuman FXDYo bo‘limi vakili 

(F.I.O.)  kelmadi,  sudga  ariza  bilan  murojaat  qilib,  unda  sud  majlislarini  o‘zining 

ishtirokisiz ko‘rishni so‘ragan. 

Bunday  holatda  sud  FPKning  174-moddasiga  asosan,  ishni  Toshkent  shahar 

Uchtepa tuman FHDYo bo‘limi vakili (F.I.O.)ning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim 

deb topadi. 

Sud  taraflarning  ko‘rsatmalarini,  Toshkent  shahar  Uchtepa  tuman  prokurori 

yordamchisi (F.I.O.)ning fikrini tinglab, ish materiallarini o‘rganib, quyidagi asoslarga 

ko‘ra, shikoyat arizasini qanoatlantirishni lozim topdi. 

FPKning  269-moddasiga  ko‘ra,  fuqaro  o‘zining  huquqlari  va  erkinliklarini 

buzadigan  xatti-harakatlar  (qarorlar) ustidan  bevosita  sudga  yoki  bo‘ysunuv  tartibida 

yuqori organga, mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqlidir. 

Aniqlanishicha, Andijon viloyati Izboskan tumani FXDYo bo‘limining 1952-yil 

3-iyun  oyida  168-sonli  tug‘ilganlik  haqidagi  dalolatnoma  yozuvining  ona  grafasida 

“Sojida”ning ismi ustunida “Saji” deb yozilgan. 

Fuqarolik  ish  hujjatlarida,  (F.I.O.)ning  nafaqa  guvohnomasida  uning  ismi 

“Sojida”  yozilgan.  Bundan  tashqari  marhumning  o‘lim  haqidagi  guvohnomasida 

“Sojida” deb yozilgan. 

(F.I.O.)  1996-yil  21-may  kuni  vafot  etgan,  bu  haqda  832-sonli  dalolatnoma 

yozuvi qayd etilgan. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

428 


 

Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  N.Saidova  ko‘chasidagi  13-uy  marhum 

(F.I.O.)ga tegishlidir.  

Arizachi  (F.I.O.)  merosni  rasmiylashtirish,  ya’ni  meros  olishda  qiyinchiliklarga 

duch kelganligi sababli, Toshkent shahar Uchtepa tumani FHDYo bo‘limiga Andijon 

viloyati  Izboskan  tumani  FHDYo  bo‘limi  tomonidan  1952-yil  3-iyundagi  168-sonli 

tug‘ilganlik  haqidagi  dalolatnoma  yozuvidagi  onasining  ismidagi  xatolikni  to‘g‘rilab 

berishni  so‘rab  murojaat  qilgan.  Biroq  Uchtepa  tumani  fuqarolik  holati 

dalolatnomalarini  yozish  organi  o‘zining  2013-yil  20-apreldagi  479-sonli  xati  bilan 

ushbu xatoliklarni tuzatishni rad etgan. 

Shundan  so‘ng  (F.I.O.)  sudga  Uchtepa  tuman  FHDYo  bo‘limiga  nisbatan 

shikoyat arizasi bilan murojaat qilishga majbur bo‘lgan. 

Ish  hujjatlaridan  ko‘rinishicha,  Toshkent  viloyati  Kalinin  tumanidan  berilgan 

9927-sonli pensiya guvohnomasida ham marhumaning ismi Sojida deb qayd qilingan. 

Bundan tashqari, Toshkent shahar Uchtepa tuman XChK va FRning xatiga ko‘ra, 

1909-yilda tug‘ilgan  (F.I.O.)ga Uchtepa tumanidan pasport berilmagan. 

Sudning 2013-yil 4-iyundagi so‘rovnomasiga binoan, Toshkent viloyati Zangiota 

tuman  IIBning  2013-yil  11-iyundagi  1268-sonli  javob  xatiga  ko‘ra,  1909-yilda 

tug‘ilgan  (F.I.O.)  nomiga  1976-yil  8-aprelda  Toshkent  viloyati  Zangiota  tuman  IIB 

tomonidan  1-YuS№693997  raqamli  sobiq  Ittifoq  pasporti  rasmiylashtirilgan.  Fuqaro 

(F.I.O.) nomiga 1976-yil 8-aprelda Toshkent viloyati Zangiota tuman IIB tomonidan 

berilgan  1-YuS№693997  raqamli  sobiq  Ittifoq  pasportining  1-shakl  arizasi  Zangiota 

tuman  IIB  PB  arxividan  qidirilganda,  noma’lum  sabablarga  ko‘ra  topilmagan. 

Zangiota tuman IIB PB arxividagi 1976-yildagi F-2 shakl kitob tekshirilganda, 1-kitob 

54 varaq 2-qatorda 1-YuS№693997 raqamli sobiq Ittifoq pasporti 1976-yil 8-aprelda 

1909-  yilda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  nomiga  rasmiylashtirilganligi  qayd  qilinganligi 

aniqlangan. 

 O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1992-yil  13-noyabrdagi 

“Fuqarolik  holati  dalolatnomalari  yozuvlardagi  xatoliklarni  belgilashni  tartibga 

soluvchi qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi 5-sonli qarorining 4-

bandiga muvofiq, agar fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni tuzatish 

masalasi  qonunda  belgilangan  tartibda  fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  yozish 

organlari  tomonidan  ko‘rib  chiqilgan  va  yozuvlardagi  xatolarni  tuzatish  yoki  ularga 

o‘zgartish  yoxud  qo‘shimchalar  kiritish  rad  etilgan  taqdirdagina,  manfaatdor 

shaxslarning  fuqarolik  holati  dalolatnomalari  yozuvlaridagi  xatolarni  belgilash 

haqidagi  arizalari  ariza  beruvchi  yashab  turgan  joydagi  sud  ish  yurgizishiga  qabul 

qilinadi.  Bunday  ishlar  sudlar  tomonidan  davlat  organlari  va  boshqa  organlar, 

shuningdek,  mansabdor  shaxslarning  xatti-harakatlari  (qarorlari)  ustidan  berilgan 

shikoyat va arizalar bo‘yicha ish yuritish tartibida ko‘riladi (FPK 274-moddasi). 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

429 


 

Bunday  holatda,  sud  arizachi  (F.I.O.)ning  shikoyat  arizasini  qanoatlantirib, 

Uchtepa tuman FHDYo bo‘limiga Andijon viloyati Izboskan tumani FHDYo bo‘limi 

tomonidan  1952-yil 3-iyun  kuni  168-raqami  bilan  qayd  etilgan  tug‘ilganlik haqidagi 

dalolatnoma  yozuvining  ona  grafasidagi  ona  ismi  “Saji”  deb  qayd  etilganligini 

“Sojida” deb tegishli tuzatish kiritib berish majburiyatini yuklashni lozim topadi. 

Yuqoridagilarga  binoan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining 228-,  233-

moddalarini,  FPKning    174-,  274–275-,  203–206-moddalarini,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1992-yil  13-noyabrdagi  “Fuqarolik  holati 

dalolatnomalari  yozuvlaridagi  xatolarni  belgilashni  tartibga  soluvchi  qonunlarni 

tartibga  soluvchi  qonunchilikni  sudlar  tomonidan  qo‘llanishi  haqida”gi  qarorining 

(qo‘shimcha va o‘zgartishlar bilan) 1-, 4–6-, 11–12-bandlarini qo‘llab, sud 

 

Qaror qiladi: 

 

Fuqaro  (F.I.O.)ning  dalolatnoma  yozuviga  tegishli  tuzatish  kiritish  haqidagi 



shikoyat arizasi qanoatlantirilsin. 

Toshkent  shahar  Uchtepa  tuman  FHDYo  bo‘limiga  Andijon  viloyati  Izboskan 

tumani FHDYo bo‘limi tomonidan 1952-yil 3-iyun kuni 168-raqami bilan qayd etilgan 

tug‘ilganlik  haqidagi  dalolatnoma  yozuvining  ona  grafasidagi  ona  ismi  «Saji»ni 

«Sojida» deb tegishli tuzatish kiritib berish majburiyati yuklatilsin. 

Mazkur hal qiluv qarori ustidan 20 kun muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik 

ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  apellyatsiya  tartibida  shikoyat  berilishi  yoki 

protest keltirilishi mumkin. 

 

 

Sudya:  



 

        (imzo)   

     (F.I.O.)  

 

 



 

HAL  QILUV  QARORI 

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  NOMIDAN 

 

2012-yil  iyun  oyining  21-kuni  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Uchtepa  tumanlararo  sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  Uchtepa  tuman  prokurorining  yordamchisi 

(F.I.O.)ning ishtirokida fuqaro (F.I.O.)ning Toshkent shahar Uchtepa tumani fuqarolik 

holati  dalolatnomalarini  yozish  organi  xatti-harakatlari  ustidan  keltirgan  shikoyati 

bo‘yicha yuritilgan 1-3033/12-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

430 


 

Aniqladi: 

 

Fuqaro  (F.I.O.)  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  fuqarolik  holati 



dalolatnomalarini yozish organi xatti-harakatlari ustidan shikoyat bilan sudga murojaat 

qilgan.  

Sud majlisida arizachi (F.I.O.) o‘zining arizasini qo‘llab-quvvatlab, onasi (F.I.O.) 

1993-yil 29-iyulda vafot etganligi, onasining barcha hujjatlarida, jumladan, tug‘ilganlik 

guvohnomasi, nikoh guvohnomasi, farzandlarning tug‘ilganlik guvohnomalarida ismi 

“Jamila” deb qayd etilganligi, yashab turgan uy-joyni meros ishi bilan rasmiylashtirish 

vaqtida  onasining  o‘limi  haqidagi  guvohnoma  talab  qilinganida,  Uchtepa  tumani 

FHDYo  bo‘limida  1993-yil  29-iyuldagi  1185-son  bilan  qayd  etilgan  o‘lim  haqidagi 

dalolatnoma  yozuvida  onasining  ismi  “Xalima”  deb  qayd  etilganligi  ma’lum 

bo‘lganligi,  Uchtepa  tuman  FHDYo  bo‘limi  xodimlari  tomonidan  barcha  hujjatlar 

tegishli  tartibda  o‘rganib  chiqilib,  unga  yozma  ravishda  rad  javobi  berishganligi  va 

fuqarolik  sudiga  murojaat  qilish  huquqi  tushuntirilganligi,  Uchtepa  tuman  FHDYo 

bo‘limi  tomonidan  unga  rad  javobi  berilganligi  bois,  FHDYo  bo‘limining  xatti-

harakatlarini  noqonuniy  deb  topish, xatolikni  tuzatish to‘g‘risida  shikoyat  ariza  bilan 

fuqarolik  sudiga  murojaat  qilishga  majbur  bo‘lganligini  bayon  qilib,  arizasini 

qanoatlantirishni  hamda  Uchtepa  tumani  FHDYo  bo‘limining  xatti-harakatlarini 

noqonuniy deb topib, onasining o‘lim guvohnomasidagi “Xalima” ismini “Jamila” deb 

tuzatish kiritib berish majburiyatini yuklashni so‘radi.   

Toshkent  shahar  Uchtepa  tuman  FHDYo  organi  tomonidan  sudga  xat  kelib 

tushganligi, ushbu xatda sud majlislarini tuman FHDYo organining ishtirokisiz ko‘rish 

so‘ralganligi  bois,  sud  mazkur  fuqarolik  ishini  FPKning  174-moddasi  talablariga 

asosan, Uchtepa tumani FHDYo bo‘limi vakilining ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim 

deb hisoblaydi.  

Uchinchi  shaxslar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  ariza  bilan  sudga 

murojaat  qilib,  o‘z  arizalarida  arizachining  shikoyat  arizasini  qo‘llab  quvvatlab,  sud 

majlislarini ularning ishtirokisiz ko‘rishni so‘ragan.  

Bunday holatlarda, sud mazkur fuqarolik ishini FPKning 174-moddasiga asosan, 

uchinchi  shaxslar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)larning  ishtirokisiz  ko‘rib 

chiqishni lozim deb hisoblaydi.  

Sud  taraflarning  ko‘rsatmalarini,  Toshkent  shahar  Uchtepa  tuman  prokurori 

yordamchisi (F.I.O.)ning fikrini tinglab, ish materiallarini o‘rganib, quyidagi asoslarga 

ko‘ra, shikoyat arizasini qanoatlantirishni lozim topdi. 

FPKning  269-moddasiga  ko‘ra,  fuqaro  o‘zining  huquqlari  va  erkinliklarini 

buzadigan  xatti-harakatlar  (qarorlar) ustidan  bevosita  sudga  yoki  bo‘ysunuv  tartibida 

yuqori organga, mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

431 


 

Aniqlanishicha, Toshkent shahar Uchtepa tumani FHDYo bo‘limining 1993-yil 

29-iyuldagi  1185-sonli  o‘lim  haqidagi  dalolatnoma  yozuvida  marhum  (F.I.O.)ning 

ismi ustunida “Xalima” deb yozilgan. 

Fuqarolik ish hujjatlaridagi (F.I.O.) va (F.I.O.)ning qonuniy nikohdan o‘tganligi 

haqidagi  dalolatnoma  yozuvida  uning  ismi  “Jamila”  yozilgan.  Bundan  tashqari, 

marhumning fuqaro A.K. bilan birgalikdagi turmushlaridan tug‘ilgan farzandlarining 

ham tug‘ilganlik guvohnomalarining ona grafasida “A.J” deb yozilgan. 

Arizachi  (F.I.O.)  merosni  rasmiylashtirish,  ya’ni  meros  olishda  qiyinchiliklarga 

duchor bo‘lganligi sababli, Toshkent shahar Uchtepa tumani FHDYo bo‘limiga 1993-

yil 29-iyuldagi 1185-sonli o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidagi onasining ismidagi 

xatolikni  to‘g‘rilab  berishni  so‘rab  murojaat  qilgan.  Biroq  Uchtepa  tumani  fuqarolik 

holati  dalolatnomalarini  yozish  organi  o‘zining  2012-yil  9-martdagi  246-sonli  xati 

bilan ushbu xatoliklarni tuzatishni rad etgan. 

 O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1992-yil  13-noyabrdagi 

“Fuqarolik  holati  dalolatnomalari  yozuvlardagi  xatoliklarni  belgilashni  tartibga 

soluvchi  qonunchilikni  sudlar  tomonidan  qo‘llanishi  haqida”gi  5-sonli  qarorining  4-

bandiga muvofiq, agar fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni tuzatish 

masalasi  qonunda  belgilangan  tartibda  fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  yozish 

organlari  tomonidan  ko‘rib  chiqilgan  va  yozuvlardagi  xatolarni  tuzatish  yoki  ularga 

o‘zgartish  yoxud  qo‘shimchalar  kiritish  rad  etilgan  taqdirdagina  manfaatdor 

shaxslarning  fuqarolik  holati  dalolatnomalari  yozuvlaridagi  xatolarni  belgilash 

haqidagi  arizalari  ariza  beruvchi  yashab  turgan  joydagi  sud  ish  yurgizishiga  qabul 

qilinadi.  Bunday  ishlar  sudlar  tomonidan  davlat  organlari  va  boshqa  organlar, 

shuningdek,  mansabdor  shaxslarning  xatti-harakatlari  (qarorlari)  ustidan  berilgan 

shikoyat va arizalar bo‘yicha ish yuritish tartibida ko‘riladi (FPK 274-moddasi). 

Bunday  holatda,  sud  arizachi  (F.I.O.)  ning  shikoyat  arizasini  qanoatlantirib, 

Toshkent  shahar  Uchtepa  FHDYo  bo‘limiga  1993-yil  29-iyul  kunida  1185-sonli 

marhuma  (F.I.O.)  ga  tegishli  bo‘lgan  o‘lim  haqidagi  dalolatnoma  yozuvining 

marhumning  ismi  ustuniga  “Xalima”  o‘rniga  “Jamila”  deb  tuzatish  kiritish 

majburiyatini yuklashni lozim topdi. 

Sud, davlat boji undirish masalasini muhokama qilib, arizachi tomonidan sudga 

shikoyat  ariza  taqdim  qilishda  31.460  so‘m  to‘langanligini  inobatga  olib,  taraflarni 

davlat boji to‘lovlaridan ozod qilishni lozim deb topadi. 

Yuqoridagilarga  binoan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  228-,  233-

moddalarini,  FPKning    174-,  274-275-,  203-206-moddalarini,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1992-yil  13-noyabrdagi  “Fuqarolik  holati 

dalolatnomalari  yozuvlaridagi  xatolarni  belgilashni  tartibga  soluvchi  qonunlarni 

tartibga  soluvchi  qonunchilikni  sudlar  tomonidan  qo‘llanishi  haqida”gi  qarorining 

(qo‘shimcha va o‘zgartishlar bilan) 1-, 4–6-, 11–12-bandlarini qo‘llab, sud 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

432 


 

 

Qaror   qiladi: 



 

Fuqaro  (F.I.O.)  ning  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  fuqarolik  holati 

dalolatnomalarini  yozish  organi  xatti-harakatlari  ustidan  keltirgan  shikoyati  arizasi  

qanoatlantirilsin. 

Toshkent shahar Uchtepa FHDYo bo‘limiga 1993-yil 29-iyul kunida 1185-sonli 

marhuma  (F.I.O.)  ga  tegishli  bo‘lgan  o‘lim  haqidagi  dalolatnoma  yozuvining 

marhumning ismi ustuniga “Jamila” deb tuzatish kiritish majburiyati yuklatilsin. 

Taraflar davlat boji to‘lovlaridan ozod qilinsin. 

Mazkur hal qiluv qarori ustidan 20 kun muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik 

ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  apellyatsiya  tartibida  shikoyat  berilishi  yoki 

protest keltirilishi mumkin. 

 

Sudya:  



 

        (imzo)   

       (F.I.O.)  

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha  



Mirobod tumanlararo sudiga 

 

Shikoyatchi: (F.I.O.) y/ j.: Mirobod tumani  



Gospitalniy massivi 1-uy 13-uy. 

                                                 

Mansabdor shaxs: Mirobod tumani 6-sonli  

davlat  notarial idorasining notariusi  

(F.I.O.)ning xatti-harakatlari ustidan  

 

SHIKOYAT 

(notariusning hatti-harakatlari ustidan) 

 

Men, (F.I.O.) fuqaro (F.I.O.) bilan 1987-yil 12-sentabrda qonuniy nikohdan o‘tib 



turmush  qurganman.  Birgalikdagi  turmushimizdan  to‘rt  nafar  farzandimiz  bor. 

Nikohimiz  sud  tomonidan  2005-yil  13-iyulda  bekor  qilingan.  Toshkent  shahar 

Mirobod  tumani  Gospitalniy  massivi  1-uy  13-14-uylarni  turmush  o‘rtog‘imiz  bilan 

birgalikdagi turmushimiz davomida sotib olganmiz. 2005-yil 7-iyun kunidagi Toshkent 

shahar notariusi (F.I.O.) tomonidan tasdiqlanib, rasmiy reestr kitobiga 3390-son bilan 

kiritilgan  nikoh  shartnomasiga  asosan,  mazkur  xonadonning  mulkdori  bo‘lganman. 

Hozirgi kunda o‘zimga tegishli bo‘lgan xonadonlarni oldi-sotdi qilish uchun Mirobod 

tumani  6-sonli  davlat  notarial  idorasiga  murojaat  qilganimda,  ular  asossiz  ravishda 

nizoli xonadonlar bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlab berishni rad qildi.  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

433 


 

FPKning  269-moddasiga  binoan,  fuqaro  o‘zining  huquqlari  va  erkinliklarini 

buzadigan  xatti-harakatlar  (qarorlar)  ustidan  bevosita  sudga  yoki  bo‘ysunuv  tartibida 

yuqori organga, mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli. 

FPKning 273-moddasiga ko‘ra, manfaatdor shaxs bajarilgan notarial harakatlarni 

yoki  notarial  harakatni  bajarish  rad  etilganligini  noto‘g‘ri  deb  hisoblasa,  bu  haqda  u 

notarial idora joylashgan hududdagi sudga shikoyat berishga haqli. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, FPKning 273-moddasiga asosan,  

 

SO‘RAYMAN:  

 

Mirobod tuman 6-sonli DNI notariusining notarial harakatni amalga oshirishni rad 



etganlik  haqidagi  qarorini  g‘ayriqonuniy  deb  topishni,  Mirobod  tuman  6-sonli  DNI 

notariusi zimmasiga Toshkent shahar Mirobod tumani Gospitalniy massivi 1-uy 13-14-

uylar bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish majburiyatini yuklashingizni. 

Ilova:  


1. Mening iltimosimni rad etganligi haqidagi Mirobod tuman 6-sonli DNI notarial 

idorasining xati. 

2. Reestr kitobidan ko‘chirma. 

3. Uyning kadastr hujjatlari. 

4. Nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma. 

5.Pasport nusxasi. 

6. Shikoyatdan nusxa. 

 

Shikoyatchi:                           imzo                           (F.I.O.)  



 

HAL   QILUV   QARORI 

O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASI   NOMIDAN 

 

2013-yil  mart  oyining  6-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 

Mirobod  tumanlararo  sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  Toshkent  shahar  Mirobod  tuman  prokurorining 

yordamchisi  (F.I.O.)ning  va  3-shaxs  advokati  (F.I.O.)ning  ishtirokida  arizachi 

(F.I.O.)ning  notariusning  xatti-harakatlari  yuzasidan  shikoyati  bo‘yicha  yuritilgan  1-

1095/13-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

 

Arizachi  (F.I.O.)  sudga  notariusning  hatti-harakatlari  yuzasidan  shikoyat  bilan 



murojaat qilgan. 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

434 


 

Sud  majlisida  arizachi  (F.I.O.)  shikoyat  arizasini  qo‘llab-quvvatlab,  fuqaro 

(F.I.O.)  bilan  1987-yil  12-  sentabrda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurganini, 

birgalikdagi turmushidan to‘rt nafar farzandi borligini, o‘zaro nikohlari sud tomonidan 

2005-yil  13-iyulda  bekor  qilinganini,  nizoli  Toshkent  shahar  Mirobod  tumani 

Gospitalniy  massivi  1-uy  13-14-xonadonlarni  turmush  o‘rtog‘i  bilan  birgalikdagi 

turmushi davomida sotib olganliklarini, unga turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida tuzilgan 

2005-yil  7-iyun  kunidagi  Toshkent  shahar  notariusi  (F.I.O.)    tomonidan  tasdiqlanib, 

rasmiy  reestr  kitobiga  3390-son  bilan  kiritilgan  nizoli  xonadonning  nikoh 

shartnomasiga asosan mulkdori bo‘lganini,  hozirgi kunda o‘ziga tegishli bo‘lgan nizoli 

xonadonlarni oldi-sotdi qilish uchun Mirobod tumani 6-sonli davlat notarial idorasiga 

murojaat  qilganida,  ular  unga  asossiz  ravishda  nizoli  xonadonlar  bo‘yicha  oldi-sotdi 

shartnomasini  tasdiqlab  berishni  rad  qilganini  va  bu  haqida  unga  qaror  taqdim 

qilganini, u  notariusning  ushbu  qaroridan norozi  ekanligini,  yuqoridagilarni inobatga 

olib,  Mirobod  tuman  6-sonli  DNI  notariusining  notarial  harakatni  amalga  oshirishni 

rad etganlik haqidagi qarorini g‘ayriqonuniy deb topishni va bekor qilishni, Mirobod 

tuman 6-sonli DNI notariusi zimmasiga Toshkent shahar Mirobod tumani Gospitalniy 

massivi  1-uy  13-14-uylar  bo‘yicha  oldi-sotdi  shartnomasini  rasmiylashtirish 

majburiyatini yuklashni so‘radi. 

Sud  majlisida  3-shaxs  (F.I.O.)ning  ishonchli  vakili  advokat  (F.I.O.)  shikoyat 

arizasini  quvvatlab,  shikoyatda  keltirilgan  vajlarni  tasdiqlab,  uni  qanoatlantirishni 

so‘radi. 

 Sud majlisida mustaqil talab bilan arz qilmaydigan 3-shaxs Mirobod tumani 6-

sonli DNI notariusi (F.I.O.)  shikoyat arizasini tan olmasdan, haqiqatan ham (F.I.O.) 

Mirobod tuman 6-sonli DNIga Toshkent shahar Mirobod tumani Gospitalniy massivi 

1-uy  13-14-uylarni  oldi-sotdi  shartnomasini  rasmiylashtirib  berishni  so‘rab  murojaat 

qilganini,  ariza  beruvchining  taqdim  qilgan  hujjat  nusxalariga  ko‘ra  ushbu  xonadon 

unga nikohni bekor qilish shartlari haqidagi shartnomaga asosan tegishliligini, ushbu 

shartnomaning asl nusxasi yo‘qligini, Toshkent shahar notarial arxividan dublikat olib 

kelish so‘ralganda, notarial arxivda ham ushbu shartnomaning asl nusxasi yo‘qolgani 

va  dublikat  o‘rniga  reestr  kitobidan  ko‘chirma  berilganini,  taqdim  qilingan  ushbu 

shartnomaning  nusxasiga  ko‘ra  shartnoma  Toshkent  shahar  notariusi  (F.I.O.) 

tomonidan  2005-yil  7-iyunda  3390-  reestr  raqam  bilan  tasdiqlangan,  notarial  arxiv 

ko‘chirmasida  esa  “брачний  договор  от  21.06.2005  г”,  ya’ni,  2005-yil  21-iyunda 

tuzilgan nikoh shartnomasi deb berilganini, ya’ni, shartnomaning nomlanishi va sanasi 

2  xil  ekanini,  reestr  kitobida  “брачний  договор”  deb  nomlansa,  shartnomada  esa 

“договор об условиях растожения брака” deb ko‘rsatilganini, shartnomada 2005-yil 

7-iyunda tasdiqlangan deyilsa, reestr kitobida esa, 2005-yil 21-iyun deb ko‘rsatilganini, 

yuqoridagilarga asosan, oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlash rad qilinganini bayon qilib, 

arizachining shikoyat arizasini qonun talablari asosida hal qilishni so‘radi.  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling