Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63

 

435 


 

Sud majlisida mustaqil talab bilan arz qilmaydigan 3-shaxs sifatida jalb qilingan 

Toshkent  shahar  “Yer  tuzish  va  ko‘chmas  mulk  kadastri  xizmati”  DUK  Mirobod 

tuman  xizmati  vakili  (F.I.O.)  nizoli  Toshkent  shahar  Mirobod  tumani  Gospitalniy 

massivi  1-uy  13-14-xonadonlari  arizachi  (F.I.O.)ga  2005-yil  7-iyun  kuni  tuzilgan  

nikohni  bekor  qilish  va  mol-mulkni  taqsimlash  shartnomasiga  asosan  tegishli 

ekanligini, ushbu shartnoma kadastr xizmatida 2007-yil 10-iyul kuni davlat ro‘yxatidan 

o‘tkazilganini,  bugungi  kunda  kadastr  hujjatlariga  asosan  nizoli  xonadonlar  egasi 

arizachi  (F.I.O.)  hisoblanishini  bildirib,  nizoni  qonuniy  hal  qilishni  va  keyingi  sud 

majlislarni  o‘zining  ishtirokisiz  ko‘rishni  so‘raganligi  sababli  sud  mazkur  fuqarolik 

ishini FPKning 174-moddasi talablariga asosan, kadastr xizmati vakilining ishtirokisiz 

ko‘rib chiqishni lozim deb topadi.  

Sud  taraflar  ko‘rsatmalarini  va  Toshkent  shahar  Mirobod  tuman  prokurorining 

yordamchisi  (F.I.O.)  ning  shikoyatni  qanoatlantirish  haqidagi  fikrini  tinglab,  ish 

hujjatlarini  muhokama  qilib  va  to‘plangan  dalillarga  huquqiy  baho  berib,  quyidagi 

xulosaga keladi. 

FPKning  269-moddasiga  binoan,  fuqaro  o‘zining  huquqlari  va  erkinliklarini 

buzadigan  xatti-harakatlar  (qarorlar) ustidan  bevosita  sudga  yoki  bo‘ysunuv  tartibida 

yuqori organga, mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli. 

Mazkur kodeksning 273-moddasiga binoan, manfaatdor shaxs bajarilgan notarial 

harakatlarni yoki notarial harakatni bajarish rad etilganligini noto‘g‘ri deb hisoblasa, bu 

haqda u notarial idora joylashgan hududdagi sudga shikoyat berishga haqlidir. 

FPKning  271-moddasi  2-qismiga  asosan,  sud  shikoyatning  asosli  ekanligini 

aniqlasa, shikoyatga sabab bo‘lgan xatti-harakatni (qarorni) g‘ayriqonuniy deb topadi, 

fuqaroning  talabini  qanoatlantirish  vazifasini  yuklaydi,  unga  nisbatan  qo‘llangan 

javobgarlik  choralarini  bekor  qiladi  yoki  uning  buzilgan  huquqlari  va  erkinliklarini 

boshqa yo‘llar bilan tiklaydi. 

Aniqlanishicha, (F.I.O.) va (F.I.O.)lar o‘rtasida nikoh shartnomasi tuzilgan bo‘lib, 

ushbu shartnoma Toshkent shahar notariusi (F.I.O.) tomonidan 2005-yil 21-iyun kuni 

reestr kitobiga 3390-son bilan qayd etilgan. 

Mazkur shartnoma bugungi kunda bekor qilinmagan, o‘zgartirilmagan. 

Taraflar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar    o‘rtasidagi  nikoh  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

Mirobod  tumanlararo  sudining  2005-yil  13-iyuldagi  hal  qiluv  qarori  bilan  bekor 

qilingan. 

Nikoh  shartnomasi  Toshkent  shahar  “Yer  tuzish  va  ko‘chmas  mulk  kadastri 

xizmati”  DUK  Mirobod  tuman  xizmatida  10-iyul  2007-yil  kuni  davlat  ro‘yxatidan 

o‘tkazilgan. 

Bugungi kunda (F.I.O.) Toshkent shahar Mirobod tumani Gospitalniy massivi 1-

uy 13-14-xonadonlarni oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlashni so‘rab, Mirobod tuman 6-

sonli DNIga murojaat qilgan. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

436 


 

Biroq Mirobod tuman 6-sonli DNI notariusining 2013-yil 5-yanvardagi notarial 

harakatni amalga oshirishni rad etish haqidagi qaroriga asosan, (F.I.O.)ning  arizasi rad 

qilingan. 

Mirobod  tuman  6-sonli  DNI  notariusining  2013-yil  5-yanvardagi  notarial 

harakatni amalga oshirishni rad etish haqidagi qarorining chiqarilishiga shartnomaning 

asl nusxasi yo‘qolgani va dublikat o‘rniga reestr kitobidan ko‘chirma berilgani, taqdim 

qilingan  ushbu  shartnomaning  nusxasiga  ko‘ra  shartnoma  Toshkent  shahar  notariusi 

(F.I.O.)  tomonidan  2005-yil  7-iyulda  3390-  reestr  raqam  bilan  tasdiqlangan,  notarial 

arxiv ko‘chirmasida esa “брачний договор от 21.06.2005г”, ya’ni 2005-yil 21-iyunda 

tuzilgan nikoh shartnomasi deb berilgani, ya’ni, shartnomaning nomlanishi va sanasi 2 

xil  ekanini,  reestr  kitobida  “брачний  договор”  deb  nomlansa,  shartnomada  esa 

“договор об условиях растожения брака” “deb ko‘rsatilgani, shartnomada 2005-yil 

7-iyulda  tasdiqlangan  deyilsa,  reestr  kitobida  esa  2005-yil  21-iyul  deb  ko‘rsatilgani 

kabi holatlar asos qilib keltirilgan.  

Natijada 

arizachi 

(F.I.O.) 

notariusning 

yuqoridagi 

xatti-harakatlarini 

g‘ayriqonuniy deb hisoblab, sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasiga 

asosan, notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar: 

– bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa; 

– bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lsa; 

– muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil notarial 

harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa; 

–  yuridik  shaxs  nomidan  amalga  oshiriladigan  bitim  uning  ustavida  yoki 

nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa; 

– bitim qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa; 

–  notarial  harakatni  amalga  oshirish  uchun  taqdim  etilayotgan  hujjatlar  qonun 

hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa. 

Ish  hujjatlari  va  to‘plangan  dalillardan  aniqlanishicha,  (F.I.O.)ning  Toshkent 

shahar  Mirobod  tumani  Gospitalniy  massivi  1-uy  13-14-xonadonlar  bo‘yicha  oldi-

sotdi  shartnomasini  rasmiylashtirish  haqidagi  arizasini  rad  qilish  uchun  yuqorida 

keltirilgan qonun moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud emas. 

Sud  muhokamasi  davomida  3-shaxs  (F.I.O.)  tomonidan  Toshkent  shahar 

Mirobod tumani Gospitalniy massivi 1-uy 13-14-uylarga nisbatan (F.I.O.)ning  mulk 

huquqini tasdiqlovchi nikoh shartnomasining asl nusxasi taqdim qilindi. 

Bundan  tashqari,  notarial  arxivda  ushbu  shartnomaning  asl  nusxasi  yo‘qolgani 

arizani  qanoatlantirmaslik  uchun  asos  bo‘la  olmaydi.  Chunki  taraflar  o‘rtasida 

haqiqatdan  ham  nikoh  shartnomasi  tuzilgani  Toshkent  shahar  notariusi  (F.I.O.) 

tomonidan 2005-yil iyun oyining 21-kuni 3390-reestr raqami bilan nikoh shartnomasi 

(F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  o‘rtasida  “брачний  договор  от  21.06.2005  г”  tasdiqlangani 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

437 


 

haqidagi  Toshkent  shahar  notarial  arxiv  tomonidan  berilgan  reestr  kitobidan  olingan 

ko‘chirma bilan ham o‘z tasdig‘ini topadi. 

Shuningdek,  sud  notariusning  shartnomasi  sanasi  haqidagi  vajiga  baho  berar 

ekan, shartnoma sanasi u notarial tasdiqlangan kun hisoblanishini, shartnoma tuzilish 

sanasi  tomonlar  tarafidan  2005-yil  7-iyun  kuni  ko‘rsatilgan  bo‘lsa-da,  notariusning 

tasdiq yozuvida ko‘rsatilgan sanasi bilan u reestr kitobida qayd etilgan sana bilan bir 

kunda bo‘lgani sababli ushbu vajni ham shartnomani rasmiylashtirmaslik uchun asos 

bo‘la olmaydi deb hisoblaydi. 

Bunday  holatda,  sud  shikoyat  arizasini  qanoatlantirib,  FPKning  275-moddasiga 

asosan,  Toshkent shahar Mirobod tumani 6-sonli DNI notariusi (F.I.O.)ning 2013-yil 

5-yanvar  kunidagi  notarial  harakatni  bajarish  rad  etilganlik  haqidagi  qarorini 

g‘ayriqonuniy  deb  topishni,  Mirobod  tumani  6-sonli  DNI  notariusi  (F.I.O.)ning 

zimmasiga  (F.I.O.)ning  Toshkent  shahar  Mirobod  tumani  Gospitalniy  massivi  1-uy 

13-14-uylar bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish majburiyatini yuklashni 

lozim deb hisoblaydi.  

Yuqoridagilarga  ko‘ra  va  FPKning  174-,  203–206-,  269–271-moddalarini 

qo‘llab, sud 

 

Qaror   qiladi: 

Arizachi (F.I.O.)ning mansabdor shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan 

shikoyati qanoatlantirilsin. 

Mirobod  tumani  6-sonli  DNI  notariusi  (F.I.O.)ning  2013-yil  5-yanvar  kunidagi 

(F.I.O.)ning  xonadonni  oldi-sotdi  shartnomasini  tasdiqlashni  rad  etilganlik  haqidagi 

qarori g‘ayriqonuniy deb topilsin va bekor qilinsin.  

Toshkent shahar Mirobod tumani 6-sonli DNI zimmasiga (F.I.O.)ning Toshkent 

shahar  Mirobod  tumani  Gospitalniy  massivi  1-uy  13–14-uylar  bo‘yicha  oldi-sotdi 

shartnomasini  rasmiylashtirish  haqidagi  arizasini  ko‘rib  chiqish  va  shartnomani 

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish majburiyati yuklatilsin. 

Hal qiluv qaroridan norozi taraflar  ustidan 20 kun muddat ichida shu sud orqali 

fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  apellyatsiya  tartibida  shikoyat 

berilishi yoki prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin. 

Sudya:                           (imzo) 

 

              



(F.I.O.)  

 

 

 

 

 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

438 


 

Ariza va sud hal qiluv qarori namunasi 

 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

PROKURATURASI 

TOShKENT SHAHAR MIROBOD 

TUMAN PROKURATURASI 

Toshkent shahar Mirobod 

tumani 2-mavze 5-uy 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha  



Mirobod tumanlararo sudiga 

 

Mirobod tuman prokurori    



(F.I.O.)dan  

 

2011-yil 5-avgust 



09/314 

ARIZA 

(huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topish haqida) 

Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan (F.I.O.)ning arizasi bo‘yicha Mirobod 

tumani DSI tomonidan 498 163 so‘m miqdorida daromad solig‘ini undirish haqidagi 

2011-yil  10-maydagi  09-34-sonli  qarori  o‘rganib  chiqilganda,  ushbu  qarorning 

normativ-huquqiy hujjatlarga zid ekanligi aniqlandi.  

Mirobod  tumani  prokuraturasi  tomonidan  Mirobod  tumani  DSIda  o‘tkazilgan 

tekshiruvlar natijasida  2012-yil  17-dekabr  holatiga  DSI tomonidan xususiy  tadbirkor 

(F.I.O.)dan  daromad  solig‘i  bo‘yicha  498  163  so‘m  miqdorida  ortiqcha  to‘lovlar 

undirilganligi, xususiy tadbirkor (F.I.O.) o‘zining arizasiga asosan 2011-yil 4-avgustda 

tadbirkor  sifatida  davlat  reestridan  chiqarilganligi  aniqlandi.  Biroq  Mirobod  tumani 

DSI tomonidan 498 163 so‘m miqdorida ortiqcha undirilgan daromad solig‘i mavjud 

bo‘lsa-da,  bugungi  kunga  qadar  ortiqcha  undirilgan  mablag‘larni  qaytarish  choralari 

ko‘rilmagan. 

O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasiga 

ko‘ra, qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul 

qilgan  organga  yoki  yuqori  turuvchi  organga  keltiradi.  Mansabdor  shaxsning 

noqonuniy  qaroriga  nisbatan  ham    xuddi  shunday  tartibda  protest  keltiriladi.  Protest 

kelib  tushgan  vaqtdan  boshlab  o‘n  kunlik  muddatdan  kechiktirmay  ko‘rib  chiqilishi 

shart. Qonunbuzarlikni  darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror 

protestni ko‘rib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni ko‘rib 

chiqish  natijalari  to‘g‘risida  uch  kunlik  muddat  ichida  prokurorga  yozma  ravishda 

ma’lum qilinadi. 

2011-yil 25-iyulda Mirobod tumani DSIga ushbu qarorni bekor qilish to‘g‘risida 

protest  keltirilgan.  Biroq  shu  kunga  qadar,  protest  ko‘rib  chiqilganligi  yoki  rad 

etilganligi haqida ma’lumot taqdim etilmadi.  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

439 


 

 O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasiga 

ko‘ra, protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi 

organ  (mansabdor  shaxs)  tomonidan  rad  etilganda,  shuningdek,  protest  qonunda 

belgilangan  muddat  ichida  ko‘rib  chiqilmagan  taqdirda,  prokuror  ana  shu  hujjatni 

g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.  

FPKning  276-moddasiga  ko‘ra,  prokuror  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 

asoslarga  ko‘ra  huquqiy  hujjatni  g‘ayriqonuniy  deb  topish  haqida  ariza  bilan  sudga 

murojaat qilishga haqli. Prokurorning sudga ariza berishi ish sudda ko‘rib chiqilgunga 

qadar huquqiy hujjatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yadi. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra  va  O‘zbekiston  Respublikasi  “Prokuratura  to‘g‘risida”gi 

Qonunining 38-moddasi, FPKning 276-moddasiga asosan, 



SO‘RAYMAN: 

Mirobod tumani DSIning  (F.I.O.)dan 498 163 so‘m miqdorida daromad solig‘ini 

undirish  haqidagi  2011-yil  10-maydagi  09-34-sonli  qarorini  g‘ayriqonuniy  deb 

topishingizni. 

Ish  sudda  ko‘rib  chiqilgunga  qadar  huquqiy  hujjatning  amal  qilishini  to‘xtatib 

qo‘yishingizni. 

Ilova:  

1)

 



Mirobod tuman DSIga yuborilgan protest nushasi; 

2)

 



Mirobod tuman DSI qarori; 

3)

 



Arizadan nusxa.  

 

Mirobod tuman prokurori:                                       imzo 



                  (F.I.O.)    

 

HAL QILUV QARORI 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN 

 

Fukarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi 2011-



yil 

avgust 


oyining  

15-  kuni  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida  sudya  (F.I.O.)ning  raisligida,  (F.I.O.)ning 

kotibligida  Mirobod  tumani  prokurori  (F.I.O.)ning  Mirobod  tumani  DSIning 

(F.I.O.)dan 498 163 so‘m miqdorida daromad solig‘ini undirish haqidagi 2011-yil 10-

maydagi  09-34-sonli  qarorini  g‘ayriqonuniy  deb  topish  haqidagi  arizasi  yuzasidan 

yuritilgan 1-567/11-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

ANIQLADI : 

Sudga  Mirobod  tumani  prokurori  (F.I.O.)  (F.I.O.)ga  nisbatan  Mirobod  tumani 

DSI tomonidan 498 163 so‘m miqdorida daromad solig‘ini undirish haqidagi 2011-yil 

10-maydagi  09-34-sonli  qarori  o‘rganib  chiqilganda,  ushbu  qarorning  normativ-



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

440 


 

huquqiy  hujjatlarga  zid  ekanligi  aniqlanganligini,  Mirobod  tumani  prokuraturasi 

tomonidan  Mirobod  tumani  DSIda  o‘tkazilgan  tekshiruvlar  natijasida  2012-yil  17-

dekabr holatiga DSI tomonidan xususiy tadbirkor (F.I.O.)dan daromad solig‘i bo‘yicha 

498 163 so‘m miqdorida ortiqcha to‘lovlar undirilganligini, xususiy tadbirkor (F.I.O.)  

o‘zining  arizasiga  asosan  2011-yil  4-avgustda  tadbirkor  sifatida  davlat  reestridan 

chiqarilganligini,  biroq  Mirobod  tumani  DSI  tomonidan  498 163  so‘m  miqdorida 

ortiqcha undirilgan daromad solig‘i mavjud bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar ortiqcha 

undirilgan 

mablag‘larni 

qaytarish 

choralari 

ko‘rilmaganligini, 

O‘zbekiston 

Respublikasi  “Prokuratura  to‘g‘risida”gi  Qonunining  38-moddasiga  ko‘ra,  2011-yil 

25-iyulda  Mirobod  tumani  DSIga  ushbu  qarorni  bekor  qilish  to‘g‘risida  protest 

keltirilganligini, biroq shu kunga qadar protest ko‘rib chiqilganligi yoki rad etilganligi 

haqida  ma’lumot  taqdim  etilmaganligini  ta’kidlab,  Mirobod  tumani  DSIning 

(F.I.O.)dan 498 163 so‘m miqdorida daromad solig‘ini undirish haqidagi 2011-yil 10-

maydagi 09-34-sonli qarorini g‘ayriqonuniy deb topishni so‘radi.  

Sud  majlisida  Mirobod  tumani  DSI  vakili  (F.I.O.)  da’vo  talablarini  tan  olib, 

prokuratura  tomonidan  o‘tkazilgan  tekshiruv  natijasida  qayd  etilgan  kamchilik 

aniqlanganligini,  qonunga  zid  ravishda  498 163  so‘m  miqdoridagi  daromad  solig‘i 

undirish  haqida  qaror  chiqarilganligini,  ushbu  pul  summalarini    qaytarishga  rozi 

ekanliklarini bildirib, suddan da’voni qanoatlantirishni so‘radi. 

Sud  taraflarning  ko‘rgazmalarini  tinglab,  ish  hujjatlarini  o‘rganib,  quyidagi 

xulosaga keladi. 

Aniqlanishicha Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan Mirobod tumani DSIda 

tekshiruv  o‘tkazilgan.  Tekshiruv  natijalariga  ko‘ra  Mirobod  tumani  DSI  tomonidan 

xususiy tadbirkor (F.I.O.)ga 498 163 so‘m miqdorida daromad solig‘i undirish haqida 

2011-yil 10-maydagi 09-34-sonli qaror chiqarilganligi aniqlangan. 

Xususiy tadbirkor (F.I.O.) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-

apreldagi  630-sonli  “Tadbirkorlik  subyektlarini  ixtiyoriy  tugatish  va  ularning 

faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2011-yil 

4-avgustda tadbirkor sifatida davlat reestridan chiqarilgan. 

Fuqarolik ishidagi mavjud Mirobod tumani DSI tomonidan 2012-yil 17-dekabrda 

berilgan  07/1-39815  sonli  ma’lumotnomaga  ko‘ra,  (F.I.O.)ning  2012-yil  17-dekabr 

kun  holatiga  daromad  solig‘i  uchun  amalga  oshirilgan  to‘lovdan  498 163  so‘m 

miqdorida ortiqcha to‘lov summasi mavjud. 

O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasiga 

ko‘ra, qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul 

qilgan  organga  yoki  yuqori  turuvchi  organga  keltiradi.  Mansabdor  shaxsning 

noqonuniy  qaroriga  nisbatan  ham    xuddi  shunday  tartibda  protest  keltiriladi.  Protest 

kelib  tushgan  vaqtdan  boshlab  o‘n  kunlik  muddatdan  kechiktirmay  ko‘rib  chiqilishi 

shart. Qonunbuzarlikni  darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

441 


 

protestni ko‘rib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni ko‘rib 

chiqish  natijalari  to‘g‘risida  uch  kunlik  muddat  ichida  prokurorga  yozma  ravishda 

ma’lum qilinadi. 

 2011-yil 25-iyulda Mirobod tumani DSIga ushbu qarorni bekor qilish to‘g‘risida 

protest  keltirilgan.  Biroq  shu  kunga  qadar  protest  ko‘rib  chiqilganligi  yoki  rad 

etilganligi haqida ma’lumot taqdim etilmagan.  

 O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasiga 

ko‘ra, protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi 

organ  (mansabdor  shaxs)  tomonidan  rad  etilganda,  shuningdek,  protest  qonunda 

belgilangan  muddat  ichida  ko‘rib  chiqilmagan  taqdirda,  prokuror  ana  shu  hujjatni 

g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.  

FPKning  276-moddasiga  ko‘ra,  prokuror  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 

asoslarga  ko‘ra,  huquqiy  hujjatni  g‘ayriqonuniy  deb  topish  haqida  ariza  bilan  sudga 

murojaat qilishga haqli. 

FPKning  278-moddasiga  ko‘ra,  sud  prokurorning  arizasi  asosli  ekanligini 

aniqlasa, arizani qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori chiqaradi va huquqiy hujjatni 

g‘ayriqonuniy deb topadi. 

Ushbu holatlar sud majlisida Mirobod  tumani DSI vakili tomonidan ham inkor 

etilmadi. 

Sud  davlat  boji  undirish  masalasini  muhokama  qilib,  Mirobod  tumani  DSIni 

davlat boji to‘lovidan ozod qilishni lozim topdi. 

Yuqoridagilarga asosan va FPKning 278-, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud  

 

Qaror  qiladi: 

 

Mirobod  tumani  prokurori  (F.I.O.)ning  Mirobod  tumani  DSIning  (F.I.O.)dan 



498 163 so‘m miqdorida daromad solig‘ini undirish haqidagi 2011-yil 10-maydagi 09-

34-sonli qarori g‘ayriqonuniy deb topilsin. 

Hal qiluv qaroridan nusxa Mirobod tumani DSIga yuborilsin. 

Hal  qiluv  qarordan  norozi  tomonlar  20  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali 

Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga apellyatsiya shikoyati  yoki prokuror 

protest keltirishga haqlidirlar. 

 

Raislik etuvchi sudya:                                                           imzo              (F.I.O.)   



 

 

 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

442 


 

X BOB BO‘YICHA ILOVALAR 

Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan fakt bo‘yicha ariza, sud hal qiluv qaroridan 

namunalar 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha  

 Mirobod tumanlararo sudiga 

 

Arizachi: (F.I.O.), y/j.: Yangi Qo‘yliq 



 MFY, 13-uy, 23-xonadon 

 

ARIZA 

(qaramog‘ida bo‘lganlik faktni belgilash haqida) 

 

Men  turmush  o‘rtog‘im  (F.I.O.)    bilan  1991-yil  may  oyidan  boshlab  turmush 



qurib birga yashab kelaman. Turmush o‘rtog‘im (F.I.O.)ning birinchi xotini (F.I.O.) 

1990-yilda  vafot  etgan.  Ularning  4  nafar  farzandi  bo‘lgan.  Shundan  1988-yil  23-

oktabrda 

tug‘ilgan 

(F.I.O.) 

va 


(F.I.O.) 

 

ismli 



egizak 

farzandlar  

1991-yil  maydan  mening  qaramog‘imda  bo‘lgan.  1992-yil  8-yanvarda  men  ushbu 

bolalarning otasi bilan qonuniy nikohdan o‘tganman. Ushbu holatlardan kelib chiqib, 

imtiyozli nafaqa rasmiylashtirish uchun hujjatlarni Mirobod tuman budjetdan tashqari 

pensiya  jamg‘armasiga  olib  borganimda,  ular  menga  ushbu  egizak  farzandlarning 

mening  qaramog‘imda  bo‘lganligi  sud  tomonidan  belgilangan  taqdirda,  inobatga 

olinishini aytib, hujjatlarimni qaytardi.   

Bundan  tashqari,  imtiyozli  pensiyaga  chiqish  maqsadida  Budjetdan  tashqari 

pensiya  jamg‘armasi  Mirobod  tuman  bo‘limi  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi 

“Fuqarolarning  davlat  pensiya  ta’minoti  to‘g‘risida”gi  Qonunining 12-moddasi “z” 

bandiga  asosan,  besh  va  undan  ortiq  farzand  tug‘gan  va  ularni  sakkiz  yoshgacha 

tarbiyalagan  ayollar  ish  staji  kamida  15  yil  bo‘lganda  imtiyozli  tarzda  nafaqaga 

chiqishlari mumkinligini, agar ayol o‘gay o‘g‘il yoki o‘gay qizni ular sakkiz yoshga 

to‘lgunga  qadar  kamida  5  yil  tarbiyalagan  bo‘lsa,  pensiya  tayinlashda  ular  haqiqiy 

farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinishi tushuntirilib, qaramog‘ida bo‘lganlik 

faktini  belgilash  uchun  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudga  murojaat  qilish  huquqi 

tushuntirildi. 

Yuqoridagilarga hamda FPKning 283-moddasiga asosan,  

 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling