Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63

 

SO‘RAYMAN: 

 

 “Madaniyat”  mahallasi  qo‘mitasi  raisining  muovini  (F.I.O.)  (manzil  yuqorida 

ko‘rsatilgan); 

guvohlar:  Mirobod  tumani  Qo‘yliq  4-daha  Yangi  Qo‘yliq  ko‘chasi  15-uy  3-

xonadonda yashovchi (F.I.O.), (F.I.O.)larni  chaqirishni. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

459 


 

Ilova: 


(F.I.O.)ning  nojo‘ya  xatti-harakatlarini  “Madaniyat”  mahallasida  muhokama 

qilinganligi  haqidagi  bayonnomadan  ko‘chirma;  (F.I.O.)ni  oilaviy  turmushini 

tekshirilganligi  haqida  dalolatnoma;  “Madaniyat”  mahallasi  qo‘mitasining  bergan 

tavsiyanomasi;  (F.I.O.)ning  oila  a’zolari  haqidagi  ma’lumotnoma;  “Madaniyat” 

mahallasi  qo‘mitasining  (F.I.O.)ni  muomala  layoqatini  cheklash  haqidagi 

iltimosnomasi; tibbiyot hushyorxonasidan olingan ma’lumotnoma. 

 

 

“Madaniyat” MFY raisi:                                                      imzo                                                        



(F.I.O.) 

 

2014-yil 5-noyabr 

 

 

HAL QILUV QARORI  



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN 

 

2014-yil 11-avgustda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 



ochiq  sud  majlisida  sudya  (F.I.O.)  raisligida,  (F.I.O.)  kotibligida,  prokuror 

yordamchisi (F.I.O.) ishtirokida, manfaatdor shaxs (F.I.O.)ning ishi bo‘yicha arizachi 

Mirobod tumani Qo‘yliq 4-daha “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (F.I.O.), 

(F.I.O.)ni  muomalaga  layoqati  cheklangan  deb  topish  to‘g‘risidagi  1-6790/14-sonli 

fuqarolik ishi ko‘rilib, quyidagilar 

 

Aniqlandi: 

 

(F.I.O.)  turmush  o‘rtog‘i  (F.I.O.)  bilan  qonuniy  nikohdan  o‘tgan  holda  oilaviy 



turmush qurganlar, o‘rtalarida 3 nafar maktab yoshidagi farzandlari bo‘lib, u tuman 

kasalxonasida haydovchi bo‘lib ishlab keladi. 

“Madaniyat” mahalla qo‘mitasining sudga bergan arizasida (F.I.O.) bir qancha 

vaqtdan buyon  spirtli  ichimliklar suiiste’mol  qilib  kelganligi  tufayli  oilasini  moddiy 

tomondan  og‘ir  ahvolga  solib  qo‘yganligi,  uning  xatti-harakatlari  farzandlarining 

tarbiyasi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi bayon qilingan. 

(F.I.O.)ga  nisbatan  barcha  tarbiyaviy  ta’sir  choralari  qo‘llanilgan  bo‘lsa-da, 

ijobiy  natija  bermaganligi  sababli  Mirobod  tuman  “Madaniyat”  mahalla  qo‘mitasi 

uning oilasi manfaatini ko‘zlab, muomala layoqatini cheklash haqida iltimos qilgan. 

(F.I.O.)  “Madaniyat”  mahalla  aholisining  arizasida  ko‘rsatilgan  holatlarni 

tasdiqlab,  turmush  o‘rtog‘i  (F.I.O.)ni  spirtli  ichimlik  ichishni  suiiste’mol  qilganligi 

sababli  muomala  layoqatini  cheklashni  so‘raydi.  “Madaniyat”  mahalla  fuqarolar 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

460 


 

yig‘inining arizasi to‘g‘riligini tasdiqlash bilan bir qatorda, (F.I.O.), agar tez-tez spirtli 

ichimlik ichib turmasa, iloji yo‘qligini aytib, shunday kasalga mubtalo bo‘lganligiga 

afsuslanayotganini bayon qiladi.  

Mahalla  qo‘mitasining  raisi  (F.I.O.)  (F.I.O.)ning  harakatlarini  noto‘g‘ri  deb 

hisoblab, uning muomala layoqatini cheklashni so‘raydi. Bunga asos qilib u maoshini 

spirtli  ichimlik  ichishga  xarajat  qilib,  bundan  tashqari  oilasidagi  bor  narsalarni  olib 

chiqib  sotib  yuborayotganligini,  oilasiga  moddiy  yordam  bermayotganligini  bayon 

qildi. 

Prokuror  yordamchisining  arizani  qanoatlantirish  lozimligi  haqidagi  fikrini 



eshitib,  sud  (F.I.O.)ning  muomala  layoqatini  quyidagi  asoslarga  ko‘ra  cheklashni 

zarur deb hisoblaydi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  FKning  31-moddasiga  ko‘ra,  agar  shaxs  spirtli 

ichimliklarni suiiste’mol qilib, o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolda qoldiradigan bo‘lsa, 

uning muomala layoqati sud tomonidan cheklab qo‘yilishi mumkinligi aytilgan. 

Guvoh sifatida so‘roq qilingan (F.I.O.), (F.I.O.)lar haqiqatan ham (F.I.O.) bilan 

qo‘shni ekanliklarini, u kuniga mast holda uyiga kelishini va oilasining notinchligini, 

moddiy tomondan qiynalganligi sababli, qo‘shni sifatida ulardan qarzga tez-tez pul va 

oziq-ovqat  so‘rab  yurishini  aytdilar.  (F.I.O.)  surunkali  ravishda  spirtli  ichimliklar 

ichganligi tufayli hushyorxonada 3 marta bo‘lganligi haqidagi ma’lumotnoma ham bu 

holatlarni tasdiqlaydi. 

Ishdagi 2 ta bayonnoma shulardan dalolat beradiki, (F.I.O.) ning xulqi mahallada 

bir  necha  marotaba  muhokama  qilingani  va  tarbiyaga  qaratilgan  bu  harakatlardan 

tegishli  xulosa  chiqarmasdan,  oila  va  jamoatchilik  oldidagi  vazifalarini  bajarmay 

kelgan.  Sud  tekshiruvi  jarayonida  (F.I.O.)ning  ruhiy  kasalligi  haqida  hech  qanday 

dalillar yo‘qligi aniqlandi. 

Sud  yuqoridagilarga  asoslanib,  O‘zbekiston  Respublikasi  FKning  31-moddasi 

hamda FPKning 203-206-, 291–297-moddalarini qo‘llab 

 

Qaror  qiladi: 

 

Mirobod tumani Qo‘yliq 4-daha “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining 



(F.I.O.)ni  muomalaga  layoqati  cheklangan  deb  topish  to‘g‘risidagi  arizasi 

qanoatlantirilsin. 

(F.I.O.)ning  muomala  layoqati  cheklangan  deb  hisoblansin  hamda  u  mustaqil 

ravishda oylik maoshini tasarruf qilish huquqidan mahrum etilsin.  

(F.I.O.)ga nisbatan homiy etib turmush o‘rtog‘i (F.I.O.) belgilansin. 

(F.I.O.)ning  tomonidan  ayrim  mulkiy  xarakterdagi  muammolar  homiyning 

roziligi bilan amalga oshirilsin. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

461 


 

Hal  qiluv  qarori  ustidan  20  kunlik  muddat  ichida  arizachi  va  ishda  ishtirok 

etishga  jalb  qilingan  boshqa  shaxslar,  shuningdek,  ishda  ishtirok  etishga  jalb 

qilinmagan,  ammo  huquq  va  majburiyatlari  haqidagi  masala  sud  tomonidan  hal 

etilgan  shaxslar  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  shu  sud  orqali 

apellyatsiya tartibida shikoyat yoki prokuror protest keltirishi mumkin. 



 

Sudya:                                     imzo                                (F.I.O.) 

 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha  Toshkent shahar  



Uchtepa tumanlararo sudiga 

 

Toshkent shahar Uchtepa tuman prokurori  (F.I.O.) 



 

Manfaatdor shaxs: (F.I.O.). Uchtepa tumani  

Qani mahallasi 98-xonadonda yashaydi. 

 

ARIZA 

(Muomalaga layoqatsiz deb topish haqida) 

 

Fuqaro  (F.I.O.)  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  Qani  mahallasidagi  98-



xonadonida  doimiy  ro‘yxatida  qayd  qilingan,  1956-yil  8-aprelda  tug‘ilgan  fuqaro 

(F.I.O.)  Toshkent  shahar  1-sonli  ruhiy  asab  kasalliklari  dispanserida  1997-yildan 

buyon bemor sifatida shifokor nazoratida turishini, hozirgi kunda u uy-joysiz bo‘lib, 

begona  shaxslarning  uyida  yashab  kelayotganligini,  doimiy  ravishda  o‘zgalar 

qaroviga muhtojligini bayon qilib, tuman prokuraturasiga murojaat qilgan.  

Uchtepa  tuman  prokuraturasi  tomonidan  berilgan  ariza  o‘rganib  chiqilganida 

haqiqatan ham Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 98-xonadonida doimiy ro‘yxatida 

qayd  qilingan  1956-yil  8-aprelda  Qozog‘iston  Respublikasining  Semipalatinsk 

shahrida tug‘ilgan fuqaro (F.I.O.) o‘z xatti-harakatlarining mohiyatini anglamasligi va 

o‘zini  idora  qila  olmasligi,  u  1992-yildan  buyon  ruhiy  xastalikka  chalingani  va  ilk 

marta  1993-yilda  Toshkent  shahar,  1-sonli  ruhiy-asab  kasalliklari  dispanserining 

kunduzgi  statsionarida  bir  necha  marta  “nevrosteniya”  tashxisi  bilan  davolangani, 

1997-yildan  buyon  2-guruh  nogironi,  ruhiy  asab  kasalliklari  dispanserida 

“shizofreniya” tashxisi bilan hisobda turishi aniqlandi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining 30-moddasida  ruhiy kasalligi 

yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki 

ularni  boshqara  olmaydigan  fuqaroni  sud  qonun  hujjatlarida  belgilab  qo‘yilgan 

tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkinligi ko‘rsatilgan. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

462 


 

FPKning  291-moddasiga  binoan  fuqaroni  ruhiy  holati  buzilganligi  (ruhiy 

kasalligi  yoxud  aqli  zaifligi)  tufayli  muomalaga  layoqatsiz  deb  topish  haqidagi  ish 

prokuror bergan ariza bo‘yicha ham qo‘zg‘atilishi mumkin. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, suddan  

 

SO‘RAYMAN: 

 

Fuqaro (F.I.O.)ni muomalaga layoqatsiz deb topilishini. 

Ilova:  Toshkent  shahar,  1-sonli  ruhiy-asab  kasalliklari  dispanseri  tomonidan 

berilgan  ma’lumotnoma;  tuman  vasiylik  va  homiylik  bo‘limi  tomonidan  berilgan 

ma’lumotnoma,  mahalladan ma’lumotnoma. 

 

Uchtepa tuman prokurori:                                   imzo                                  (F.I.O.) 



 

 

 



 

AJRIM 

 

2014-yil  iyul  oyining  15-kuni  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Uchtepa  tumanlararo 

sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida  sudya  (F.I.O.)  ning  raisligida,  (F.I.O.)ning 

kotibligida, Uchtepa tuman prokurorining yordamchisi (F.I.O.) va vakil (F.I.O.) larning 

ishtirokida Uchtepa tuman prokurorining fuqaro (F.I.O.) manfaatlarini ko‘zlab, fuqaro 

(F.I.O.)ni  muomalaga  layoqatsiz  deb  topish  haqidagi  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-

1486/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilar 

 

Aniqlandi: 



 

Sudga Uchtepa tuman prokurori fuqaro  (F.I.O.) manfaatlarini ko‘zlab Toshkent 

shahar Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 3-uyning 98-xonadonida yashovchi fuqaro 

(F.I.O.)ni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ariza bilan murojaat etgan. 

Sud  majlisida  Uchtepa  tuman  prokurorining  yordamchisi  (F.I.O.)  arizani 

quvvatlab,  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  Qani  mahallasidagi  98-xonadonida 

doimiy ro‘yxatida qayd qilingan 1956-yilda tug‘ilgan  fuqaro (F.I.O.) Toshkent shahar 

1-sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida 1997-yildan buyon bemor sifatida shifokor 

nazoratida  turishligini,  hozirgi  kunda  u  uy-joysiz  bo‘lib,  begona  shaxslarning  uyida 

yashab kelayotganligini, doimiy ravishda  o‘zgalar qaroviga muhtojligini bayon qilib, 

arizani qanoatlantirishni so‘radi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

463 


 

Sud, fuqarolik ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, Toshkent shahar, Uchtepa tumani 

Qani  mahallasidagi  98-xonadonida  doimiy  ro‘yxatida  qayd  qilingan  1956-yilda 

tug‘ilgan   fuqaro (F.I.O.)ga  nisbatan  sud-psixiatriya  ekspertizasi  tayinlash  masalasini 

muhokamaga qo‘ydi. 

Sud  majlisida  Uchtepa  tuman  prokurorining  yordamchisi  (F.I.O.)  ish  yuzasidan 

sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanishiga e’tirozi yo‘qligini bildirdilar. 

Sud  arizachi  vakili,  manfaatdor  shaxsning  bayonotlarini,  Uchtepa  tumani 

homiylik va vasiylik bo‘limi vakili tushuntirishini tinglab, ish hujjatlarini muhokama 

etib,  ish  bo‘yicha  nizoni  to‘g‘ri  hal  qilish  va  arizada  ko‘rsatilgan  vajlarga  oydinlik 

kiritish borasida maxsus sohadagi mutaxassislarning bilimi talab qilinishligini inobatga 

olib, sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish zarur deb hisoblaydi va uni tayinlab, ishni 

ko‘rishni ekspertiza xulosasi olingunga qadar to‘xtatib turishni lozim topdi. 

Yuqoridagilarga asosan, FPKning 84-, 92–94-, 237–238-moddalarini qo‘llab, sud 

 

Ajrim  qiladi: 

 

Mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  sud-psixiatriya  ekspertizasi  tayinlansin  va  uni 



o‘tkazish  Toshkent  shahar  1-sonli  ruhiy-asab  kasalliklari  dispanseri  mutaxassislari 

zimmasiga yuklatilsin. 

Ekspertlar oldiga hal qilish uchun quyidagi savollar qo‘yilsin: 

Toshkent  shahar,  Uchtepa  tumani  Qani  mahallasidagi  3-uyning  98-xonadonida 

yashovchi 1956-yil 13- aprelda tug‘ilgan fuqaro (F.I.O.) ruhiy kasalmi? Agarda ruhiy 

kasal bo‘lsa, u qachondan buyon ushbu xastalik bilan og‘riydi?  

Ayni  vaqtda  (F.I.O.)  o‘z  xatti-harakatlarining  mohiyatini  anglashga  va  ularni 

idrok qilish qobiliyatiga egami? 

(F.I.O.)  muomalaga  layoqatlimi  yoki  layoqatsizmi?  (F.I.O.)  o‘zining  sog‘lig‘i 

holatiga ko‘ra vasiyga muhtojmi?  

Ekspertlar  bila  turib  noto‘g‘ri  xulosa  berganlik  yoki  xulosa  berishdan  bosh 

tortganliklari  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  238–240-

moddalarida ko‘rsatilgan jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilsin. 

Ekspertiza xulosasi olingunga qadar mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish 

to‘xtatilsin. 

Mazkur  ajrimning  ish  yuritishni  to‘xtatib  turish  haqidagi  qismi  ustidan  10  kun 

muddat ichida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. 

  

Sudya:    



                  imzo 

 

            



       (F.I.O.)  

 

 



 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

464 


 

HAL QILUV QARORI 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN 

 

2014-yil  iyul  oyining  25-kuni  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Uchtepa  tumanlararo 



sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida  sudya  (F.I.O.)  ning  raisligida,  (F.I.O.)ning 

kotibligida, Uchtepa tuman prokurorining yordamchisi (F.I.O.) va vakil (F.I.O.) larning 

ishtirokida Uchtepa tuman prokurorining fuqaro (F.I.O.) manfaatlarini ko‘zlab, fuqaro 

(F.I.O.)ni  muomalaga  layoqatsiz  deb  topish  haqidagi  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-

1486/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

ANIQLADI: 

 

Sudga Uchtepa tuman prokurori fuqaro  (F.I.O.) manfaatlarini ko‘zlab Toshkent 



shahar Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 3-uyning 98-xonadonida yashovchi fuqaro 

(F.I.O.)ni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ariza bilan murojaat etgan. 

Sud  majlisida  Uchtepa  tuman  prokurorining  yordamchisi  (F.I.O.)  arizani 

quvvatlab,  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  Qani  mahallasidagi  98-xonadonida 

doimiy ro‘yxatida qayd qilingan 1956-yil 8-aprelda tug‘ilgan  fuqaro (F.I.O.) Toshkent 

shahar 1-sonli ruhiy asab  kasalliklari  dispanserida 1997-yildan  buyon  bemor sifatida 

shifokor nazoratida turishligini, hozirgi kunda u uy-joysiz bo‘lib, begona shaxslarning 

uyida yashab kelayotganligini, doimiy ravishda o‘zgalar qaroviga muhtojligini bayon 

qilib, arizani qanoatlantirishni so‘radi. 

Sud majlisida manfaatdor shaxs (F.I.O.) va Uchtepa tumani homiylik va vasiylik 

bo‘limi  vakili  (F.I.O.)  Uchtepa  tuman  prokurorining  arizasini  quvvatlab,  uni 

qanoatlantirishni so‘radi. 

Sud  majlisida  sud  arizachi  vakili,  manfaatdor  shaxsning  bayonotlarini,  Uchtepa 

tumani homiylik va vasiylik bo‘limi vakili tushuntirishini tinglab, quyidagi asoslarga 

ko‘ra, arizani qanoatlantirish lozim deb hisoblaydi. 

Aniqlangan  holatlarga  ko‘ra,  Toshkent  shahar,  Uchtepa  tumani  Qani 

mahallasidagi  98-xonadonida  doimiy  ro‘yxatda  qayd  qilingan,  1956-yil  8-aprelda 

Qozog‘iston Respublikasining Semipalatinsk shahrida tug‘ilgan fuqaro (F.I.O.) ruhiy 

xasta  bo‘lib,  o‘z  xatti-harakatlarining  mohiyatini  anglamaydi  va  o‘zini  idora  qila 

olmaydi.  U  1992-yildan  buyon  ruhiy  xastalikka  chalingan  va  ilk  marta  1993-yilda 

Toshkent shahar 1-sonli ruhiy-asab kasalliklari dispanserining kunduzgi statsionarida 

bir necha marta “nevrosteniya” tashxisi bilan davolangan. 1997-yildan buyon 2-guruh 

nogironi,  ruhiy  asab  kasalliklari  dispanserida  “shizofreniya”  tashxisi  bilan  hisobda 

turadi. 


Toshkent shahar 1-sonli ruhiy-asab kasalliklari dispanseri tomonidan 2014-yil 16-

iyun  kuni  510-sonli  dalolatnoma  orqali  o‘tkazilgan  ambulatoriya  sud-ruhshunoslik 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

465 


 

ekspertizasi  xulosasida  fuqaro  (F.I.O.)  ning  “шизофрения,  шубообразный, 

галлюцинаторно-параноидный синдром”  shaklidagi surunkali ruhiy xastalik bilan 

og‘rishi,  shu  sababli  ruhiy  holatiga  ko‘ra  o‘z  xatti-harakatlarini  mohiyatini 

tushunmasligi  va  ularni  idrok  qila  olmasligi,  shuning  uchun  vasiy  tayinlanishga 

muhtojligi ko‘rsatilgan.   

O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  30-moddasida  ruhiy  kasalligi 

yoki  aqli  zaifligi  oqibatida  o‘z  harakatlarining  ahamiyatini  tushuna  olmaydigan  yoki 

ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda 

muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkinligi ko‘rsatilgan. 

Bunday  holatda,  sud  Toshkent  shahar,  Uchtepa  tumani  Qani  mahallasidagi  98-

xonadonida  istiqomat  qiluvchi,  1956-yil  8-aprelda  Qozog‘iston  Respublikasining 

Semipalatinsk  shahrida tug‘ilgan fuqaro (F.I.O.) ni muomalaga layoqatsiz deb topish 

lozim deb hisoblaydi. 

Yuqoridagilarga  binoan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  30-

moddasi, FPKning 291–295-, 297-, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud  

 

QAROR  QILADI: 

Uchtepa  tuman  prokurorining  fuqaro  (F.I.O.)ning  manfaatlarini  ko‘zlab  fuqaro 

(F.I.O.) ni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi arizasi qanoatlantirilsin. 

Toshkent shahar, Uchtepa tumani Qani mahallasidagi 98-xonadonida yashovchi 

1956-yil  8-aprelda  Qozog‘iston  Respublikasining  Semipalatinsk  shahrida  tug‘ilgan 

fuqaro (F.I.O.) muomalaga layoqatsiz deb topilsin.  

Hal  qiluv  qarori  ustidan  20  kunlik  muddat  ichida  arizachi  va  ishda  ishtirok 

etishga  jalb  qilingan  boshqa  shaxslar,  shuningdek,  ishda  ishtirok  etishga  jalb 

qilinmagan,  ammo  huquq  va  majburiyatlari  haqidagi  masala  sud  tomonidan  hal 

etilgan  shaxslar  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  shu  sud  orqali 

apellyatsiya tartibida shikoyat yoki prokuror protest keltirishi mumkin. 

 

 

Sudya:          

              imzo            

 

 



(F.I.O.)  

 

 



 

 

 

 

 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

466 


 

Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza, sud hal qiluv 

qaroridan namunalar 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha  Toshkent shahar  

Uchtepa tumanlararo sudiga 

 

Arizachi: Toshkent shahar Uchtepa tuman 



 hokimiyati. Manzili: Toshkent shahar  

Uchtepa tumani Mevazor ko‘chasi  

54-uy. 

 

ARIZA 



(Mol-mulkni egasiz deb topish haqida) 

 

Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  22-mavze  19-uy  15-xonadon  1993-yil  26-



fevraldagi  01-01/9999-sonli  mulk  huquqini  tasdiqlovchi  Davlat  orderiga  asosan 

(F.I.O.) nomiga xususiylashtirilgan. (F.I.O.) 2002-yil 24-may kuni vafot etgan. Nizoli 

xonadonda  (F.I.O.)  ning  bir  o‘zi  doimiy  ro‘yxatda  bo‘lib,  bir  o‘zi  yashagan  bo‘lib, 

xonadonni  xususiylashtirish  davrida  ham  bir  o‘zi  qatnashgan.  Toshkent  shahar 

Yakkasaroy  tumani  1-sonli  Davlat  notarial  idorasining  2011-yil  19-sentabrdagi 

ma’lumotida (F.I.O.) vafotidan keyin meros ishi ochilmagan.  

Toshkent  shahar  Uchtepa  tuman  hokimining  2003-yil  20-iyundagi  675-sonli 

qaroriga asosan nizoli Toshkent shahar Uchtepa tumani 22-mavze 19-uy 15-xonadon 

qonunan egasi yo‘q deb rasmiylashtirilgunga qadar (F.I.O.) ga yashab turishga ruhsat 

berilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga muvofiq, egasi 

bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  1157-moddasiga  ko‘ra,  agar 

qonun  bo‘yicha  ham,  vasiyatnoma  bo‘yicha  ham  merosxo‘rlar  bo‘lmasa  yoxud 

merosxo‘rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo‘lmasa yoxud ularning hammasi 

merosdan voz kechgan bo‘lsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi. 

Meros  mol-mulk  meros  ochilgan  joydagi  mahalliy  davlat  organi  yoki 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organining  arizasi  bo‘yicha  meros  ochilgan 

kundan  e’tiboran bir yil o‘tganidan keyin sudning  qarori  asosida  egasiz deb  topiladi. 

Meros  mol-mulk,  agar  uni  qo‘riqlash  va  boshqarish  bilan  bog‘liq  xarajatlar  uning 

qiymatidan  oshib  ketsa,  ko‘rsatilgan  muddat  o‘tishidan  oldin  egasiz  deb  topilishi 

mumkin. 


Egasiz  mol-mulk  u  turgan  joydagi  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi 

mulkiga o‘tadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga o‘tadi. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

467 


 

  Yuqorida  bayon  etilgan  holatlar  va  ish  bo‘yicha  to‘plangan  barcha  dalillar 

asosida  sud  arizani  qanoatlantirishni,  nizoli  xonadonni  egasiz  qolgan  mol-mulk  deb 

topib, uni davlat tasarrufiga o‘tkazishni lozim deb hisoblaydi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, suddan  

 

SO‘RAYMAN: 

 

Toshkent shahar Uchtepa tumani 22-mavze 19-uy 15-xonadonni egasiz deb topib, 



hokimiyat tasarrufiga o‘tkazishingizni.  

Sud  majlisiga  uchinchi  shaxs  sifatida  Toshkent  shahar  “Nayman”  mahalla 

fuqarolar  yig‘ini  raisi  F.I.O.)ni  jalb  etishingizni,  guvoh  sifatida  Uchtepa  tumani  22-

mavze  19-uy  9-xonadonda  istiqomat  qiluvchi  (F.I.O.),  Toshkent  shahar  Uchtepa 

tumani 22-mavze 19-uy 4-xonadonda istiqomat qiluvchi (F.I.O.)larni chiqarishingizni.   

Ilova:  


1) Toshkent shahar Uchtepa tumani 22-mavze 19-uy 15-xonadon hujjatlari;  

2)  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumani  1-sonli  Davlat  notarial  idorasining 

19.09.2011 yildagi ma’lumoti;  

3) ishonchnoma. 

 

Uchtepa tuman hokimiyati 



    ishonchli vakili:                                     imzo                                            (F.I.O.)  


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling