Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63

 

HAL QILUV QARORI 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN  

 

2014-yil dekar oyining 25-kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo 



sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida sudya (F.I.O.) ning raisligida, (F.I.O.) ning 

kotibligida, Uchtepa tuman prokurorining yordamchisi (F.I.O.) ishtirokida, Uchtepa 

tuman hokimiyatining mol-mulkni egasiz deb topish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha 

yuritilgan 1-1598/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

Arizachi  Uchtepa  tuman  hokimiyati  Uchtepa  tuman  22-mavze  19-uy  15-

xonadonni egasiz qolgan mulk deb topish va davlat tasarrufiga o‘tkazish haqidagi ariza 

bilan murojaat etgan. 

Sud  majlisida  Uchtepa  tuman  hokimiyati  ishonchli  vakili  (F.I.O.)  arizani  to‘liq 

quvvatlab, nizoli Toshkent shahar Uchtepa tumani 22-mavze 19-uy 15-xonadon 1993-

yil 26-fevraldagi 01-01/9999-sonli mulk huquqini tasdiqlovchi Davlat orderiga asosan 

(F.I.O.) nomiga xususiylashtirilganligi, (F.I.O.) 2002-yil 24- may kuni vafot etganligi, 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

468 


 

nizoli xonadonda (F.I.O.)ning bir o‘zi doimiy ro‘yxatda bo‘lib, bir o‘zi yashaganligi, 

xonadonni  xususiylashtirish  davrida  ham  bir  o‘zi  qatnashganligi,  Toshkent  shahar 

Yakkasaroy  tumani  1-sonli  Davlat  notarial  idorasining  2011-yil  19-sentabrdagi 

ma’lumotida  (F.I.O.)  vafotidan  keyin  meros  ishi  ochilmaganligi  ko‘rsatilganligi, 

hozirda  nizoli  xonadon  qarovsiz,  egasiz  qolganligi  haqida  ko‘rsatuv  berib,  Toshkent 

shahar  Uchtepa  tumani  22-mavze  19-uy  15-xonadonni  egasiz  qolgan  mol-mulk  deb 

topib, hokimiyat tasarrufiga o‘tkazishni so‘radi. 

Sud  majlisida  uchinchi  shaxs  sifatida  so‘ralgan  Toshkent  shahar  “Nayman” 

mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (F.I.O.) arizachining da’vo talablarini quvvatlab, 2007-

yil 2-yanvardan buyon mahalla raisi ekanligi, nizoli Toshkent shahar Uchtepa tumani 

22-mavze 19-uy 15-xonadon marhum (F.I.O.)ga tegishli bo‘lganligi, nizoli xonadonda 

(F.I.O.)ning  bir  o‘zi  istiqomat  qilganligi,  fuqaro  (F.I.O.)  2002-yil  24-may  kuni  vafot 

etganligi,  nizoli  xonadon  egalarining  qarindoshlari  bo‘lmaganligi,  2003-yilda  nizoli 

xonadon fuqaro (F.I.O.)ga hokim qaroriga asosan xizmat uyi qilib berilganligi, 2003-

yildan buyon nizoli xonadonda (F.I.O.) turmush o‘rtog‘i (F.I.O.) va ikki nafar voyaga 

yetmagan farzandlari bilan istiqomat qilishi, ushbu nizoli xonadon egasiz qolgan mulk 

deb topilishiga va davlat tasarrufiga o‘tkazilishiga qarshiligi yo‘qligi haqida ko‘rgazma 

berib, arizani qanoatlantirishni so‘radi. 

Sud  majlisida  uchinchi  shaxs  sifatida  jalb  qilingan  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar 

da’vogarning  da’vo  talablarini  quvvatlab,  2003-yildan  buyon  nizoli  Toshkent  shahar 

Uchtepa  tumani  22-mavze  19-uy  15-xonadonda  istiqomat  qilishi,  Uchtepa  tuman 

hokimining  675-sonli  qaroriga  asosan  nizoli  xonadon  ularga  xizmat  uyi  qilib 

ajratilganligi,  xonadon  egasi  (F.I.O.)  2002-yil  24-may  kuni  vafot  etganligi,  ular 

istiqomat qilish davrida hech kim nizoli xonadon yuzasidan kelmaganligi, (F.I.O.)ning 

qarindoshlari bo‘lmaganligi, ushbu nizoli xonadon egasiz qolgan mulk deb topilishiga 

va davlat tasarrufiga o‘tkazilishiga qarshiligi yo‘qligi haqida ko‘rgazma berib, arizani 

qanoatlantirishni so‘radilar.    

Sud  majlisida  guvoh  sifatida  so‘ralgan  (F.I.O.)  2005-yildan  buyon  Toshkent 

shahar Uchtepa tumani 22-mavze 19-uy 4-xonadonda istiqomat qilishi, nizoli xonadon 

egasi (F.I.O.)ni tanimasligi, nizoli xonadonda u ko‘chib kelganidan buyon (F.I.O.)lar 

oilasi  istiqomat  qilishi,  nizoli  xonadon  yuzasidan  biror  bir  shaxs  kelib,  uy  unga 

tegishliligi  yoki  nizoli  xonadonning  sobiq  egasini  qarindoshi  ekanligi  to‘g‘risida 

eshitmaganligi, xonadon yuzasidan biror bir nizo eshitmaganligini bildirdi. 

Sud  majlisida  guvoh  sifatida  so‘ralgan  (F.I.O.)  tug‘ilganidan  buyon  Toshkent 

shahar  Uchtepa  tumani      22-mavze  19-uy  9-xonadonda  istiqomat  qilishi,  nizoli 

xonadonning  egasi  (F.I.O.)ni  yaxshi  taniganligi,  (F.I.O.)    nizoli  xonadonda  bir  o‘zi 

yashaganligi, qarindoshlari bo‘lmaganligi, (F.I.O.) vafotidan so‘ng xonadon yuzasidan 

hech kim kelib qiziqmaganligi, 2003-yildan buyon nizoli xonadonda (F.I.O.)lar oilasi 

istiqomat qilib kelayotganligini bildirdi. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

469 


 

Sud taraflarning hamda guvohlarning ko‘rsatmalarini eshitib, Uchtepa prokurori 

yordamchisi  fikrini  tinglab,  fuqarolik  ishi  hujjatlarini  o‘rganib  chiqib,  quyidagi 

xulosaga keladi. 

Sud tomonidan aniqlangan holatlarga ko‘ra, Toshkent shahar Uchtepa tumani 22-

mavze  19-uy  15-xonadon  1993-yil  26-fevraldagi  01-01/9999-sonli  mulk  huquqini 

tasdiqlovchi Davlat orderiga asosan (F.I.O.)  nomiga xususiylashtirilgan. (F.I.O.) 2002-

yil 24-may kuni vafot etgan. 

Nizoli xonadonda (F.I.O.)ning bir o‘zi doimiy ro‘yxatda bo‘lib, bir o‘zi yashagan, 

xonadonni xususiylashtirish davrida ham bir o‘zi qatnashgan. 

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 1-sonli Davlat notarial idorasining 2011-yil 

19-sentabrdagi  ma’lumotida  (F.I.O.)  vafotidan  keyin  meros  ishi  ochilmaganligi 

ko‘rsatilgan. 

Nizoli xonadon egasining vafotidan keyin xonadonga nisbatan nizo chiqmagan va  

hech kim da’vo qilib sudga yoki notarial idoraga murojaat etmagan. 

Toshkent  shahar  Uchtepa  tuman  hokimining  2003-yil  20-iyundagi  675-sonli 

qaroriga asosan nizoli Toshkent shahar Uchtepa tumani 22-mavze 19-uy 15-xonadon 

qonunan  egasi  yo‘q deb rasmiylashtirilgunga qadar  (F.I.O.)ga yashab turishga  ruhsat 

berilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga muvofiq, egasi 

bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  1157-moddasiga  ko‘ra,  agar 

qonun  bo‘yicha  ham,  vasiyatnoma  bo‘yicha  ham  merosxo‘rlar  bo‘lmasa  yoxud 

merosxo‘rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo‘lmasa yoxud ularning hammasi 

merosdan voz kechgan bo‘lsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi. 

Meros  mol-mulk  meros  ochilgan  joydagi  mahalliy  davlat  organi  yoki 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organining  arizasi  bo‘yicha  meros  ochilgan 

kundan  e’tiboran bir yil o‘tganidan keyin sudning  qarori  asosida  egasiz deb  topiladi. 

Meros  mol-mulk,  agar  uni  qo‘riqlash  va  boshqarish  bilan  bog‘liq  xarajatlar  uning 

qiymatidan  oshib  ketsa,  ko‘rsatilgan  muddat  o‘tishidan  oldin  egasiz  deb  topilishi 

mumkin. 

Egasiz  mol-mulk  u  turgan  joydagi  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi 

mulkiga o‘tadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga o‘tadi. 

  Yuqorida  bayon  etilgan  holatlar  va  ish  bo‘yicha  to‘plangan  barcha  dalillar 

asosida  sud  arizani  qanoatlantirishni,  nizoli  xonadonni  egasiz  qolgan  mol-mulk  deb 

topib, uni davlat tasarrufiga o‘tkazishni lozim deb hisoblaydi. 

  Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi FKning 191-, 1157-moddasi va FPKning 

203206-moddalariga ko‘ra, sud 

 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

470 


 

Qaror  qiladi: 

Arizachi  Uchtepa  tuman  hokimiyatining  Uchtepa  tumani  22-mavze  19-uy  15-

xonadonni egasiz qolgan mol-mulk deb topish haqidagi arizasi qanoatlantirilsin. 

Toshkent shahar Uchtepa tumani 22-mavze 19-uyning 15-xonadoni egasiz qolgan 

mulk deb topilsin va davlat tasarrufiga o‘tkazilsin. 

Hal  qiluv  qaroridan  norozi  taraflar  20  kunlik  muddat  ichida  shu  sud  orqali 

fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  apellyatsiya  tartibida  shikoyat 

keltirishiga, prokuror shu muddat ichida apellyatsiya protesti kiritishga haqlidirlar.   

Sudya:   

 

 



imzo   

                                         (F.I.O.)  



 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent  shahar  



Mirobod tumanlararo sudiga 

 

Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi  



14-uy 78-xonadonda yashovchi (F.I.O.)dan 

 

ARIZA 

(Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjat yo‘qolgan taqdirda ularga bo‘lgan huquqni 

tiklash haqida) 

 

Men  Mirobod  tumanidagi  Ipoteka  bankiga  omonat  qo‘ydim.  Bank  tomonidan 



taqdim  etuvchiga  deb  berilgan  3457-raqamli  jamg‘arma  daftarchasi  berildi.  Omonat 

daftarchasini  ishga  ketayotgan  vaqtda  yo‘qotib  qo‘ydim.  Bu  haqda  Mirobod 

tumanidagi  Ipoteka  bankiga  murojaat  qilganimda  ular  tomonidan  omonat  daftachasi 

berish rad qilindi.  

FPKning  301-moddasiga  ko‘ra,  shaxs  pul  mablag‘lari qo‘yilganligi  haqida  yoki 

qimmatli narsalar yoxud davlat zayomi obligatsiyalarini saqlash uchun topshirilganligi 

to‘g‘risida  bank  tomonidan  taqdim  etuvchiga  berilgan  qiymatli  hujjatni  yo‘qotgan 

taqdirda,  shuningdek,  qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  hollarda,  suddan  yo‘qolgan 

hujjatni  haqiqiy  emas  deb  topish  va  yo‘qolgan  hujjat  bo‘yicha  huquqlarini  tiklash 

to‘g‘risida iltimos qilishi mumkin. 

FPKning 301- va 302-moddalariga asosan 

 

SO‘RAYMAN: 

Mirobod  tuman  Ipoteka  bankining  34/780-raqamli  omonat  banki  tomonidan 

taqdim  etuvchiga  deb  berilgan  3457-raqamli  jamg‘arma  daftarchasi  yo‘qolganligi 

sababli  uni  haqiqiy  emas  deb  topishni  va  yuqoridagi  jamg‘arma  bankining  20370-

hisobidagi pul jamg‘armasiga mening huquqimni tiklashingizni. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

471 


 

Ilova:  


1. Jamg‘arma daftarchasining nazorat varaqasi. 

2. 11 800 so‘m davlat boji to‘langanligi haqida chipta. 

 

2014-yil 13-noyabr   



 

imzo   


 

 

(F.I.O.)  



 

 

Matbuotda chiqariladigan e’lonning namunasi 

 

AJRIM 

(arizani ko‘rmasdan qoldirish haqida) 

 

2014-yil  13-dekabrda  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Mirobod 



tumanlararo  sudining  binosida  ochiq  sud  majlisida  sudya  (F.I.O.)  raisligida,  (F.I.O.) 

kotibligida  (F.I.O.)  ning  taqdim  etuvchiga  deb  berilgan  jamg‘arma  daftarchasini 

haqiqiy emas deb topish haqidagi fuqarolik ishi ko‘rilib, quyidagilar 

 

Aniqlandi: 

 

(F.I.O.) ning arizasida Mirobod tumanidagi Ipoteka bankiga omonat qo‘yganligi 



uchun  3457-raqamli  jamg‘arma  daftarchasi  berilganligi,  bu  daftarchani  2014-yil  25-

avgust  kuni  shahar  avtotransportida  ketayotganida  yo‘qotib  qo‘yganligi  bayon 

qilingan.  

Arizachi o‘z arizasida va sud majlisida suddan bu daftarchani haqiqiy emas deb 

topishni va pul jamg‘armasiga bo‘lgan huquqini tiklashni so‘raydi. 

Sud  majlisida  arizachining  o‘rtog‘i  (F.I.O.)  jamg‘arma  daftarchani  topib 

olganligini  va  jamg‘arma  pulda  uning  ham  hissasi  borligini,  arizachining  2  yil 

muqaddam  qarz  olib  qaytarib  bermayotganligini  aytib  ushbu  puldan  qarzni  undirib 

berishni so‘radi.  

Toshkent  shahar,  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Mirobod  tumanlararo  sudiga, 

Mirobod  tumani,  Farg‘ona  yo‘li  ko‘chasi  14-uy  78-xonadonda  yashovchi  (F.I.O.) 

tomonidan  ariza  berilib,  unda  Mirobod  tuman  Ipoteka  bankining  34/780-raqamli 

omonat  banki  tomonidan  taqdim  etuvchiga  deb  berilgan  3457-raqamli  jamg‘arma 

daftarchasini haqiqiy emas deb topish haqida ko‘rsatilgan. 

Yuqoridagi  jamg‘arma  daftarchasini  egallab  turuvchiga  shu  hujjatga  nisbatan 

qanchalik huquqqa egaligi haqida ushbu e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy muddat 

ichida sudga ariza bilan murojaat etish tavsiya qilinadi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

472 


 

Ish  yuzasidan  har  ikki  taraf  o‘rtasida  huquq haqida  fuqarolik  nizosi  chiqqanligi 

sababli bu ish da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan sudda ko‘rilishi lozim. Shuning uchun sud 

arizachi (F.I.O.) ning bergan arizasini ko‘rmasdan qoldirishni lozim topadi. 

Sud yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 97-, 237-238- va 305-moddalariga asosan 

 

Ajrim  qiladi: 

 

(F.I.O.)ni  Mirobod  tumanidagi  Ipoteka  banki  tomonidan  taqdim  etuvchiga  deb 



berilgan  3457-raqamli  jamg‘arma  daftarchasini  haqiqiy  emas  deb  topish  haqidagi 

arizasi ko‘rmasdan qoldirilsin. 

(F.I.O.)ning  (F.I.O.)ga  nisbatan  da’vo  qo‘zg‘atish  yo‘li  bilan  jamg‘arma 

daftarchasini talab qilish haqidagi huquqi tushuntirilsin. 

Sudyaning  2014-yil  15-noyabrdagi  ajrimi  bilan  man  etish  haqidagi  choralari 

bekor qilinsin. 

Ajrimdan  norozi  tomon  10  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha Toshkent viloyati sudiga shikoyat qilishga prokuror protest keltirishga haqli. 

 

Sudya:                                                 imzo                                               (F.I.O.)  



 

 

II BOB BO‘YICHA ILOVALAR 

 

Ariza namunasi 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayhontohur  

tumanlararo sudiga 

 

Arizachi: (F.I.O.) Toshkent shahar Shayxontohur  



tumani Tinchlik ko‘chasi 2-uyda yashaydi.  

 

Javobgar: (F.I.O.) Toshkent shahar Shayxontohur  



tumani Gulzor ko‘chasi 15-uyda yashaydi. 

 

ARIZA 

(Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida) 

Toshkent  shahar  Shayxontohur  tumanida  joylashgan  “New  Century”  MChJ 

huzuridagi  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudining  2014-yil  15-sentabrdagi 

405-sonli hal qiluv qarori bilan (F.I.O.) ning da’vo talablari qanoatlantirilib, mendan, 

ya’ni (F.I.O.) dan 5.457.445 so‘m asosiy qarz va 10% qo‘shimcha bilan jami 6.003.189 

so‘m pul mablag‘i, 209.236 so‘m hakamlik yig‘imi undirilgan. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

473 


 

Mazkur  qabul  qilingan  hal  qiluv  qaroridan  noroziman.  “New  Century”  MChJ 

huzuridagi  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudining  2014-yil  15-sentabrdagi 

405-sonli ish bo‘yicha chiqargan hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘rayman. 

Tuzilgan hakamlik bitimi sobiq turmush o‘rtog‘im tomonidan imzolangan, ushbu 

bitimni  imzolash  vaqtida  u  bilan  nikohda  bo‘lmaganmiz,  hakamlik  sudyalarini 

saylashda  ishtirok  etmaganman,  ishni  ko‘rish  vaqti  va  joyi  to‘g‘risida  xabardor 

bo‘lmaganman. 

Yuqoridagilarga asosan, javobgar (F.I.O.)dan mening foydamga sudga hakamlik 

sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi ariza bilan murojaat qilish  bo‘yicha 

to‘langan 215.270 so‘m miqdoridagi davlat boji undirilishini va “New Century” MChJ 

huzuridagi  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  tomonidan  2014-  yil  15-

sentabrda  405-sonli  hakamlik  ishi  bo‘yicha  chiqarilgan  hal  qiluv  qarori  bekor 

qilishingizni so‘rayman. 

 

Ilova: 


1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi;  

2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;  

3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat; 

4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talabni asoslash 

uchun boshqa hujjatlar. 

 

2014-yil 20-sentabr                                        imzo                                               



(F.I.O.)  

 

 

 

 

Ajrim numunasi 

AJRIM 

2014-yil  oktabr  oyining  15-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 

Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida, ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  arizachi  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan 

hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi arizasini ko‘rib chiqib, sud 

quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

Toshkent  shahar  Shayxontohur  tumanida  joylashgan  “New  Century”  MChJ 

huzuridagi  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudining  2014-yil  15-sentabrdagi 

405-sonli hal qiluv qarori bilan  (F.I.O.) ning da’vo talablari qanoatlantirilib, (F.I.O.) 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

474 


 

dan  5.457.445  so‘m  asosiy  qarz  va  10%  qo‘shimcha  bilan  jami  6.003.189 so‘m  pul 

mablag‘i, 209.236 so‘m hakamlik yig‘imi undirilgan. 

Mazkur qabul qilingan hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, (F.I.O.) sudga ariza bilan 

murojaat  qilib,  “New  Century”  MChJ  huzuridagi  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi 

hakamlik sudining 2014-yil 15-sentabrdagi 405-sonli ish bo‘yicha chiqargan hal qiluv 

qarorini bekor qilishni so‘ragan. 

Sud  majlisida  arizachi  hakamlik  bitimi  sobiq  turmush  o‘rtog‘i  tomonidan 

imzolanganligini,  ushbu  bitimni  imzolash  vaqtida  u  nikohda  bo‘lmaganligini, 

hakamlik sudyalarini saylashda arizachi ishtirok etmaganliklarini, ishni ko‘rish vaqti va 

joyi  to‘g‘risida  xabardor  bo‘lmaganliklarini  bildirib,  arizani  to‘liq  qanoatlantirib 

berishni so‘radi. 

Javobgar arizachi talablariga e’tiroz bildirib, arizani rad etishni so‘radi. 

Sud,  taraf  vakillarining  tushuntirishlarini  tinglab,  ish  materiallarini  o‘rganib 

chiqib, quyidagi asoslarga ko‘ra ariza talablarini to‘liq qanoatlantirishni lozim topdi: 

Ish  hujjatlaridan  aniqlanishicha,  2014-yil  13-iyun  kuni  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)  ning 

sobiq  turmush  o‘rtog‘i  (F.I.O.)  o‘rtasida  nizoni  “New  Century”  MChJ  huzuridagi 

doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudida  ko‘rishga  topshirish  to‘g‘risida  bitim 

tuzilgan.    Bundan  ko‘rinadiki,  hakamlik  bitimi  tuzilgan  vaqtda  (F.I.O.)    xabardor 

bo‘lmagan va u ushbu bitimni (F.I.O.) imzolash huquqiga ega bo‘lmagan. 

Bundan  tashqari,  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qaroridan  ko‘rinishicha,  sud 

majlisida javobgar (F.I.O.)  ishtirok etib, qarzdorlikni qisman tan olgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  “Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida”gi  Qonunining  11-

moddasiga  ko‘ra,  hakamlik  bitimi  mavjud  bo‘lgan  taqdirda,  nizo  hakamlik  sudining 

hal qiluviga topshirilishi mumkin. 

Ushbu qonunning 12-moddasiga ko‘ra, hakamlik bitimi yozma shaklda tuziladi. 

Hakamlik bitimi shartnomaning tarkibiy qismi bo‘lgan shartnoma sharti yoki alohida 

bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 107-moddasiga asosan, yozma 

shaklda  tuzilgan  bitimni,  agar  ish  muomalasi  odatlaridan  boshqacha  tartib  kelib 

chiqmasa, taraflar yoki ularning vakillari imzolashi kerak. 

FPKning 309

7

-moddasiga muvofiq, hakamlik sudining qarori quyidagi asoslarga 



ko‘ra  bekor  qilinishi  mumkin:  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori,  hakamlik  bitimi 

qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emasligini; hakamlik sudi hal qiluv 

qarorining  hakamlik  bitimida  nazarda  tutilmagan  yoki  uning  shartlariga  to‘g‘ri 

kelmaydigan  nizo  bo‘yicha  chiqarilganligini  yoxud  unda  hakamlik  bitimi  doirasidan 

chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining 

hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarini bunday bitim 

bilan  qamrab  olinmaydigan  masalalar  bo‘yicha  xulosalaridan  ajratib  olish  mumkin 

bo‘lsa,  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorining  faqat  hakamlik  bitimi  bilan  qamrab 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

475 


 

olinmaydigan  masalalar  bo‘yicha  xulosalari  bo‘lgan  qismi  bekor  qilinishi  mumkin; 

hakamlik  sudi  tarkibi  yoki  hakamlik  muhokamasi  “Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida”gi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining  14-,  15-,  16-  va  25-moddalari  qoidalariga 

muvofiq  emasligini;  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  “Hakamlik  sudlari 

to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuni  10-moddasi  talablari  buzilgan  holda 

chiqarilganligini;  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  hakamlik  muhokamasi 

taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik sudyalarini 

saylash  (tayinlash)  to‘g‘risida  yoki  hakamlik  sudi  majlisining  vaqti  va  joyi  haqida 

tegishli  tarzda  xabardor  qilinmaganligini  hamda  shu  sababli  u  hakamlik  sudiga  o‘z 

tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini.  

Sud  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  ishni  ko‘rib 

chiqish natijalari bo‘yicha FPKda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan 

qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.  

Sud,  (F.I.O.)  ning  tegishli  vakolatga  ega  bo‘lmasdan  hakamlik  bitimini 

imzolaganligini,  hakamlik  sudida  javobgar  sifatida  ishtirok  etganligini,  (F.I.O.)  ning 

sudda  ishtirok  etmaganligini  e’tiborga  olib,  arizachi  (F.I.O.)      ning  arizasini 

qanoatlantirishni  va  “New  Century”  MChJ  huzuridagi  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi 

hakamlik sudining 2014-yil 15-sentabrdagi hal qiluv qarorini bekor qilishni lozim deb 

topadi. 


FPKning  237-238-,  309

4

309

-moddalarini,  O‘zbekiston  Respublikasi 



“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-, 12-, 14–16-, 25-moddalarini qo‘llab 

sud, 



Ajrim qiladi:  

Arizachi  (F.I.O.)ning  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish 

to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirilsin. 

“New  Century”  MChJ  huzuridagi  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi 

tomonidan  2014-yil  15-  sentabrda  405-sonli  hakamlik  ishi  bo‘yicha  chiqarilgan  hal 

qiluv qarori bekor qilinsin. 

Javobgar  (F.I.O.)  dan  arizachi  (F.I.O.)    foydasiga  sudga  hakamlik  sudining  hal 

qiluv  qarorini  bekor  qilish  haqidagi  ariza  bo‘yicha  to‘langan  215.270  so‘m 

miqdoridagi davlat boji undirilsin.  

Ajrimdan  norozi  tomonlar  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish 

to‘g‘risidagi  ushbu  ajrim  ustidan  shu  sud  orqali  Toshkent  shahar  sudiga  xususiy 

shikoyat berishi yoki prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin.  

 

Raislik etuvchi sudya:                                           



 imzo                      (F.I.O.)  


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling