Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63

 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

476 


 

Ariza namunasi 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur  

tumanlararo sudiga 

 

Arizachi: (F.I.O.) Toshkent shahar Shayxontohur  



tumani Tinchlik ko‘chasi 2-uyda yashaydi. 

 

Javobgar: (F.I.O.) Toshkent shahar Shayxontohur  



tumani Gulzor ko‘chasi 15-uyda yashaydi. 

 

ARIZA 

(Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqa berish 

to‘g‘risida) 

 

O‘zHSA  Toshkent  shahar  huzuridagi  Shayxontohur  tumanida  doimiy  faoliyat 



ko‘rsatuvchi sudi tomonidan javobgar (F.I.O.) dan mening foydamga 3.000.000 so‘m 

asosiy qarz, 300.000  so‘m hakamlik yig‘imi va 5.000 so‘m pochta xarajatlari undirish 

to‘g‘risidagi  da’vo  arizasi  yuzasidan  10-7/10-07-0087-sonli  hakamlik  ishi  bo‘yicha 

2012-yil 29-mart kuni bilan hal qiluv qarori qabul qilindi. Hakamlik sudining hal qiluv 

qarorini  javobgar  ham  olgan.  Javobgar  ko‘rsatilgan  muddatda  va  men  tomondan  bir 

necha bor qilgan murojaatlarimni ham inobatga olmay paysalga solib kelyapti.  

Sizdan  “Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida”gi  Qonunining  50-moddasiga  asosan 

hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqa berishni va 

javobgar (F.I.O.) dan  hakamlik  sudining hal  qiluv qarorini  majburiy ijro  etish uchun 

ijro  varaqasi  berish  haqidagi  ariza  bilan  murojaat  qilinganda  to‘lagan  144.710  so‘m 

miqdoridagi davlat bojini undirib berishingizni so‘rayman. 

Ilova: 


1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi;  

2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;  

3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.  

 

2014-yil 12-may                              imzo                                                       (F.I.O.)  



 

 

 

 

 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

477 


 

Ajrim namunasi 

AJRIM 

2012-yil  oktabr  oyining  15-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 

Mirobod  tumanlararo  sudi  o‘z  binosida,  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)  ning  kotibligida,  arizachi  (F.I.O.)  ning  hakamlik  sudining  hal  qiluv 

qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi arizasini ko‘rib chiqib, 

sud quyidagilarni 



 

Aniqladi: 

Sudga (F.I.O.) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro 

varaqasi berish haqidagi arizasi bilan sudga murojaat qilgan. 

Sud  majlisida  (F.I.O.)  arizasini  qo‘llab-quvvatlab,  O‘zHSA  Toshkent  shahar 

huzuridagi  Hamza  tumani  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  sudi  tomonidan  javobgar 

(F.I.O.)dan o‘zining foydasiga 3.000.000 so‘m asosiy qarz, 300.000   so‘m hakamlik 

yig‘imi va 5.000 so‘m pochta xarajatlari undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi yuzasidan 

10-7/10-07-0087-sonli  hakamlik  ishi  bo‘yicha  2012-yil  29-mart  kuni  bilan  hal  qiluv 

qarori  qabul  qilinganligini,  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  javobgar  ham 

olganligini, javobgar ko‘rsatilgan muddatda va uning tomonidan bir necha bor qilgan 

murojaatlarini  inobatga  olinmay  paysalga  solib  kelayotganini  bayon  qilib,  arizasini 

qanoatlantirishni  hamda  “Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida”gi  Qonunining  50-moddasiga 

asosan  Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqa 

berishni so‘radi.  

Sudga  javobgar  (F.I.O.)  tegishli  tartibda  ogohlantirilgan  bo‘lishiga  qaramasdan 

noma’lum  sabablarga  ko‘ra  kelmaganligi  va  kelmaslik  sabablarini  sudga  ma’lum 

qilmaganligi sud mazkur ishni javobgar (F.I.O.) ning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim 

deb topadi.  

Sud  arizachi  (F.I.O.)  ning  ko‘rsatmalarini  tinglab,  ish  hujjatlari  bilan  tanishib 

chiqib va ularga huquqiy baho bergan holda quyidagi xulosaga keladi.  

Aniqlanishicha,  O‘zbekiston  HSA  Toshkent  shahar  filiali  huzuridagi  Hamza 

tuman  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  tomonidan  ko‘rilgan  hakamlik 

sudining  2012-yil  29-mart  kungi  hal  qiluv  qaroriga  asosan,  javobgar  (F.I.O.)  dan 

da’vogar (F.I.O.) ning foydasiga jami 3.305.000 so‘m undirilgan.  

FPKning 309

9

-moddasiga asosan, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy 



ijro  etish  uchun  ijro  varaqa  berish  to‘g‘risidagi  masala  hakamlik  sudining  hal  qiluv 

qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, 

o‘sha tarafning arizasiga binoan sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqa berish 

to‘g‘risidagi  ariza  qarzdor  yashaydigan  joydagi  yoki joylashgan  yerdagi  yoxud,  agar 

qarzdor  yashaydigan  joy  yoki  joylashgan  yer  noma’lum  bo‘lsa,  uning  mol-mulki 

turgan joydagi sudga beriladi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

478 


 

FPKning  309

11

-moddasiga  muvofiq,  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini 



majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza FPKda nazarda tutilgan 

qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. 

Sud  hakamlik  muhokamasi  taraflarini  sud  majlisining  vaqti  va  joyi  to‘g‘risida 

xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan 

mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. 

Sud,  da’vogarning  arizasi  va  taqdim  etilgan  materiallarni  o‘rganib  chiqib, 

shuningdek,  hakamlik  sudining  qarori  amaldagi  fuqarolik  protsessual  qonunchilik 

talablariga  muvofiq  chiqarilganligini  inobatga  olib,  arizani  qanoatlantirib,  hal  qiluv 

qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni lozim deb hisoblaydi. 

Shuningdek,  FPKning  116-moddasi  hal  qiluv  qarori  qaysi  tarafning  foydasiga 

chiqarilgan bo‘lsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga 

tushadigan  sud  xarajatlarini  to‘lashdan  ozod  etilgan  bo‘lsa-da,  ish  bo‘yicha  qilingan 

hamma xarajatlarni undirib beradi. 

Bunday holatda sud javobgar (F.I.O.)dan da’vogar (F.I.O.)ning foydasiga sudga 

hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish 

haqidagi  ariza  bilan  murojaat  qilganligi  uchun  to‘langan  144.710  so‘m  miqdoridagi 

davlat bojini undirishni lozim deb topadi.  

Yuqoridagilarga  binoan,

  FPKning  116-,  309

9

–309



11

-,  237-238-moddalarini 

qo‘llab, sud   

 

Ajrim  qiladi: 

(F.I.O.)ning hakamlik  sudining hal qiluv qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun ijro 

varaqasi berish haqidagi arizasi qanoatlantirilsin. 

O‘zbekiston  HSA  Toshkent  shahar  filiali  huzuridagi,  Hamza  tumanida  doimiy 

faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudining  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga 

nisbatan qarz undirish haqidagi 2012-yil 29- martdagi 10-7/10-07-0087-sonli hal qiluv 

qaroriga asosan ijro varaqasi berilsin.  

Javobgar  (F.I.O.)dan  javobgar  (F.I.O.)ning  foydasiga  sudga  hakamlik  sudining 

hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish  haqidagi  ariza  bilan 

murojaat  qilganlik  uchun  to‘langan  125.840  (bir  yuz  yigirma  besh  ming  sakkiz  yuz 

qirq) so‘m miqdoridagi davlat boji undirilsin.  

Ajrimdan  norozi  tomonlar  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish 

to‘g‘risidagi  ushbu  ajrim  ustidan  shu  sud  orqali  Toshkent  shahar  sudiga  xususiy 

shikoyat berishi yoki prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin.  

Raislik etuvchi sudya: 

                                    imzo                                              

(F.I.O.)  



 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

479 


 

XII BOB BO‘YICHA ILOVALAR 

Apellyatsiya shikoyati namunasi 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga 

 

                                                                                        Da’vogar: (F.I.O.). Manzil: 



Toshkent shahar  

Shayxontohur tumani Tinchlik ko‘chasi 23-uy. 

 

Javobgar: Chilonzor tuman davlat soliq inspeksiyasi,  



Manzil: Toshkent shahar Chilonzor tumani  

Abay ko‘chasi 89-uy 25-xonadon. 



 

APELLYATSIYA  SHIKOYATI 

(Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi 2014-yil 15-oktabrdagi hal 

qiluv qaroriga nisbatan) 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Uchtepa  tumanlararo  sudi  2014-yil  15-oktabrda 

mening  javobgar  Chilonzor  tuman  davlat  soliq  inspeksiyasidan  ishga  tiklash  va 

majburiy progul uchun yetkazilgan moddiy zararlarni undirishni so‘rab yozgan da’vo 

talablarimni rad qilish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qildi. 

Ushbu qaror quyidagilarga ko‘ra asossiz va noqonuniydir: 

Sud bir tomonlama, ya’ni javobgarning manfaatlarini hisobga olib ish olib bordi, 

sud ishni ko‘rib chiqishda uning foydasiga hal bo‘lmaydigan va mening e’tirozlarimni 

inkor etadigan holatlarni hisobga oldi va oqibatda asossiz ravishda da’vo arizani rad 

etish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqardi. 

Ma’muriyat  tomonidan  ishdan  bo‘shatish  buyrug‘ini  chiqarish  vaqtida  mening 

mehnat  ta’tili  va  kasallik  varaqam  bor  edi,  sud  ishni  ko‘rishda  O‘zbekiston 

Respublikasi  Mehnat  kodeksining  100-moddasi  2-qismi  4-bandi  talablariga  zid 

holatda  ishdan  bo‘shatishga  baho  bermadi,  ishdan  bo‘shatishda  kasaba 

uyushmasining  roziligi  olinmagan,  sudning  hal  qiluv  qarori  FPKning  bir  qator 

moddalari talabi buzilgan holda chiqarilgan. 

Yuqoridagilarga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 

2008  yil  15  oktabrdagi  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilib,  yangi  hal  qiluv  qarori 

chiqarishingizni so‘rayman.  

Ilova:  


1) apellyatsiya shikoyatining nusxasi; 

2) davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya; 

3) 2014-yil 15-oktabrdagi sudning hal qiluv qarori nusxasi. 

2014-yil 20-oktabr   

 

imzo   


 

         (F.I.O.)  



 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

480 


 

Apellyatsiya protesti namunasi 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

PROKURATURASI 

TOSHKENT SHAHAR MIROBOD 

TUMAN PROKURATURASI 

Toshkent shahar Mirobod 

tumani 2-mavze 5-uy 

 

 



 

 

 



 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha  



Toshkent shahar sudiga 

 

2014-yil 5-avgust 



09/314 

APELLYATSIYA PROTESTI 

(Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2014-yil 20-iyuldagi 

da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.) ni Mirobod tumani Nukus ko‘chasi 15-uy 80-

xonadondan ko‘chirish to‘g‘risidagi hal qiluv qaroriga nisbatan) 

 

Da’vogar  (F.I.O.)  (F.I.O.)  bilan  2004-yil  25-may  kuni  qonuniy  nikohdan  o‘tib, 



turmush  qurganlar  va  Toshkent  shahar  Mirobod  tumani  Nukus  ko‘chasi  15-uy  80-

xonadonda yashab kelishgan. 2007-yilda ular o‘rtasida nikoh bekor qilingan. 

Ish bo‘yicha da’vogar (F.I.O.) sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, (F.I.O.)ni 

Toshkent shahar Mirobod tumani Nukus ko‘chasi 15-uy 80-xonadondan ko‘chirishni 

so‘ragan. 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2011-yil 15-iyuldagi hal 

qiluv  qaroriga  muvofiq,  da’vogarning  talablari  qanoatlantirilib,  javobgar  (F.I.O.) 

bolalari  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  bilan  Mirobod  tumani  Nukus  ko‘chasi  65-uy  80-

xonadondan boshqa turar joy berilmagan holda ko‘chirilgan. 

Sudning  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilib,  uni  quyidagi  asoslarga  ko‘ra,  yangidan 

ko‘rish uchun yuborish lozim deb hisoblayman: 

Ish  materiallariga  ko‘ra,  sud  javobgar  (F.I.O.)ga  bir  necha  marotaba  chaqiruv 

xatlari  jo‘natilgan deyilgan  bo‘lsa-da,  ammo  chaqiruv xatlarini  javobgar  (F.I.O.)ning 

olganligi haqida biror-bir ma’lumot ko‘rsatilmagan. 

Sud  esa  fuqarolik  ishini  javobgar  (F.I.O.)ning  ishtirokisiz  ko‘rib,  FPKning  34-

moddasida  ko‘rsatilgan  huquq  va  majburiyatlarini  qo‘pol  ravishda  buzganligi 

aniqlandi. 

Bundan  tashqari,  sud  hal  qiluv  qarorida  fuqarolik  ishini  FPKning  175-moddasi 

asosida, javobgarning ishtirokisiz ko‘radi deb ko‘rsatilgan, holbuki, ushbu moddaning 

talablariga  ko‘ra,  agar  taraflar  uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  sud  majlisiga  kelmasa  yoxud 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

481 


 

ularning birortasidan ham ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risida ariza tushmagan 

bo‘lsa, sud ishni ko‘rishni keyinga qoldiradi. Taraflar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham 

uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  ham  kelmasalar,  sud  arizani  ko‘rmasdan  qoldirishga  haqli. 

Faqat da’vogar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa, sud 

javobgarning roziligi bilan arizani ko‘rmasdan qoldirishga haqligi ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek,  da’vogar  (F.I.O.)  arizasida  javobgar  (F.I.O.)ni  Mirobod  tumani 

Nukus ko‘chasi 15-uy 80-xonadondan ko‘chirish to‘g‘risida so‘ragan bo‘lsa-da, lekin 

sudning hal qiluv qarorida (F.I.O.) bolalari bilan Mirobod tumani Nukus ko‘chasi 15-

uy 80-xonadondan ko‘chirilsin”, deb yozilgan. 

Ishni  yangidan  ko‘rishda  sud  yuqorida  ko‘rsatilgan  kamchiliklarni  bartaraf  etib, 

qonun talablari asosida hal etishi lozimdir. 

Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 310-, 323-moddalariga asosan 

 

SO‘RAYMAN: 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2011-yil 15-iyuldagi hal 

qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishni. 

Ilova:  

1) fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2011-yil 15-iyuldagi 

hal qiluv qaroridan nusxa; 

2) keltirilgan protestdan ikki nusxa. 

 

Mirobod tuman prokurori  : 



 

imzo                                            (F.I.O.)  



 

AJRIM 

2013-yil  20-fevral  kuni  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy 

tumanlararo  sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida  sudya  (F.I.O.)ning  raisligida, 

(F.I.O.)ning  kotibligida,  Sirg‘ali  tuman  prokurorining  apellyatsiya  tartibida  keltirgan 

protestini  va  javobgar  (F.I.O.)  tomonidan  berilgan  apellyatsiya  shikoyatini  berishda 

apelltsiya muddatini tiklash masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) va (F.I.O.)larga nisbatan bolani olish haqidagi 

da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  2013-yil  21-

yanvardagi hal qiluv qarori bilan da’vogarning da’vo talablari qisman qanoatlantirilgan. 

Sudning  yuqorida  ko‘rsatilgan  hal  qiluv  qaroridan  norozi  bo‘lgan  javobgar 

(F.I.O.)  va  Sirg‘ali  tuman  prokurori  unga  nisbatan  apellyatsiya  shikoyati  va  protest 

keltirganlar. Shu bilan birga, sudga ariza bilan murojaat qilib, unda sudning hal qiluv 

qaroriga shikoyat berishda apellyatsiya muddatini tiklashni so‘raganlar. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

482 


 

FPKning  130-moddasiga  ko‘ra,  sud  tayinlagan  muddatlar  sud  tomonidan 

kechiktirilishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar qonunda belgilangan muddatni 

sud  uzrli  deb  topgan  sabablarga  ko‘ra  o‘tkazib  yuborgan  bo‘lsalar,  mazkur  muddat 

tiklanadi. 

Yuqorida ko‘rsatilgan qonun talabidan kelib chiqib, sud apellyatsiya shikoyatini 

va protestini berishda apellyatsiya muddatini tiklashni lozim topadi. 

  Yuqoridagilarga asosan va FPKning 130-, 237-238-moddalarini qo‘llab, sud 

 

Ajrim  qiladi: 

 

Sirg‘ali tuman prokurori va (F.I.O.)larning apellyatsiya muddatini tiklash haqidagi 

arizalari qanoatlantirilsin. 

  Mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  qabul  qilingan  sudning  hal  qiluv  qaroriga 

nisbatan shikoyat va protest keltirishda apellyatsiya muddati tiklansin. 

Ajrim ustidan 10 kun muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar 

sudiga shu sud orqali shikoyat berish va protest keltirish mumkin. 

 

Sudya:   



 

imzo   


 

  (F.I.O.)  



 

 

Apellyatsiya shikoyati (protesti) harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi ajrim 

 

AJRIM 

(apellyatsiya shikoyatini harakatsiz qoldirish haqida) 

 

2014-yil  6-avgust  kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Shayxontohur tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.)ning javobgarlar 

(F.I.O.)  va  (F.I.O.)larga  nisbatan  avtoto‘qnashuv  natijasida  yetkazilgan  moddiy  va 

ma’naviy  zararni  undirish  to‘g‘risidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  qo‘zg‘atilgan  

1-3854/14-sonli fuqarolik ishi bo‘yicha javobgar (F.I.O.)ning apellyatsiya shikoyatini 

ko‘rib chiqib, quyidagilar 

 

Aniqladi: 

Da’vogar  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  avtoto‘qnashuv  natijasida 

yetkazilgan  moddiy  va  ma’naviy  zararni  undirish  to‘g‘risidagi  da’vo  arizasi  bilan 

sudga murojaat qilgan.  

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Shayxontohur  tumanlararo  sudining 

2014-yil 17-iyuldagi hal qiluv qarori bilan  da’vogar (F.I.O.)ning javobgarlar (F.I.O.) 

va  (F.I.O.)larga  nisbatan  avtoto‘qnashuv  natijasida  yetkazilgan  moddiy  va  ma’naviy 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

483 


 

zararni  undirish  to‘g‘risidagi  da’vo  arizasi  qisman    qanoatlantirilgan.  Javobgarlar 

(F.I.O.)  va  (F.I.O.)lardan  da’vogar  (F.I.O.)ning  foydasiga  1.340.000  so‘m  moddiy 

zarar,  60.000  so‘m  baholash  xarajatlari  va  48.100  so‘m  sudga  da’vo  arizasi  bilan 

murojaat qilishda to‘langan davlat boji, 400.000 so‘m miqdorida yetkazilgan ma’naviy 

zarar  jami 1.848.100 so‘m undirilgan.  

Javobgarlar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lardan  davlat  foydasiga  70.000  so‘m  miqdorida 

davlat boji undirish belgilangan.  

Sudning mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib javobgar (F.I.O.) apellyatsiya 

shikoyati  bilan  murojaat  qilgan,  lekin  apellyatsiya  shikoyatiga  belgilangan  tartibda 

59.050 so‘m davlat boji to‘lashi lozim bo‘lsa-da, javobgar tomonidan davlat boji kam, 

ya’ni 48100 so‘m to‘langan.  

Bundan tashqari, apellyatsiya shikoyati taraflar soniga mutanosib ravishda taqdim 

qilinmagan.   

FPKning 324-moddasi 1-qismiga asosan, agar apellyatsiya shikoyati berish yoki 

protest keltirish paytida FPKning 322- va 323-moddalarining talablari buzilishiga yo‘l 

qo‘yilgan  bo‘lsa  yoki  davlat  boji  to‘lashdan  ozod  qilinmagan  shaxs  shikoyat  berish 

uchun boj to‘lamagan bo‘lsa, apellyatsiya shikoyati yoki protesti harakatsiz qoldiriladi. 

Sud  ushbu  holatda  javobgar  (F.I.O.)    tomonidan  yuqorida  qayd  qilingan 

protsessual  huquq  normasining  talablariga  rioya  qilinmaganligi,  qayd  qilingan 

kamchiliklarni bartaraf  etilmasligi  mazkur  apellyatsiya  shikoyatini  rasmiylashtirishga 

jiddiy to‘sqinlik qiladi deb hisoblaydi va apellyatsiya shikoyatini harakatsiz qoldirishni, 

kamchiliklarni bartaraf etish uchun javobgarga muddat berishni lozim topadi. 

Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning  237-238, 324-modda 1-qismiga rioya qilib,  



 

Ajrim  qiladi: 

 

Javobgar (F.I.O.)ning apellyatsiya shikoyati harakatsiz qoldirilsin. 



Ushbu  ajrimning  bir  nusxasi  javobgar  (F.I.O.)ga  yuborilsin  va  ko‘rsatilgan 

kamchiliklarni bartaraf etish uchun 2014-yil 26-avgust kuniga qadar muhlat berilsin.  

Agar kamchiliklar bartaraf etilsa hamda javobgar (F.I.O.) tomonidan 10950 so‘m 

davlat boji to‘lansa, apellyatsiya shikoyati sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan 

hisoblanadi.  Aks  holda,  apellyatsiya  shikoyati  berilmagan  hisoblanib  da’vogarga 

qaytariladi. 

 

Sudya:                                          imzo                                                    (F.I.O.)  



 

 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

484 


 

Apellyatsiya instansiyasi ish yuritishni to‘xtatish to‘g‘risidagi ajrimi nusxasi 

AJRIM 

2010-yil  avgust  oyining  27-kuni  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 

sudining  apellyatsiya  instansiyasi  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  (F.I.O.),  hay’at 

a’zolari  (F.I.O.),  (F.I.O.)lardan  iborat  tarkibda,  (F.I.O.)ning  kotibaligida,  Toshkent 

shahar  prokurori  yordamchisi  (F.I.O.)ning  ishtirokida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  2010-yil  15-iyun  kunidagi  da’vogar  (F.I.O.)ning 

javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)larga  nisbatan  uy-joyga  nisbatan  egalik 

huquqini belgilash, umumiy  mulkdan ulushni  pul  shaklida  ajratish,  umumiy  egalikni 

tugatish va foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha 

yuritilgan fuqarolik ishi yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qaroriga nisbatan da’vogar 

(F.I.O.) tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling