Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63

Aniqladi:  

Da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larga nisbatan 

uy-joyga  nisbatan  egalik  huquqini  belgilash,  umumiy  mulkdan  ulushni  pul  shaklida 

ajratish,  umumiy  egalikni  tugatish  va  foydalanish  huquqini  yo‘qotgan  deb  topish 

haqidagi da’vo ariza bilan sudga murojaat etgan. 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  2010-yil  15-iyun 

kunidagi hal qiluv qaroriga asosan, da’vogarning da’vo talablari rad etilgan. Da’vogar 

(F.I.O.)dan davlat foydasiga 1.891.400 so‘m miqdorida davlat boji undirilgan. 

Mazkur  hal  qiluv  qaroriga  nisbatan  da’vogar  (F.I.O.)  tomonidan  apellyatsiya 

shikoyati keltirilib, unda birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik ishi atroflicha va 

xolisona  ko‘rilmaganligi,  ishni  ko‘rish  jarayonida  nizoli  bo‘lmish  Mirzo  Ulug‘bek 

tumani Qodirova ko‘chasi 6-uy 6-xonadonning bahosini aniqlash maqsadida ekspertiza 

o‘tkazish  tayinlanmaganligi,  uning  da’vosi  asossiz  ravishda  rad  etilganligi,  shunga 

ko‘ra,  ish  bo‘yicha  qabul  qilingan  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  va  uning  da’vo 

talablarini to‘liq qanoatlantirish haqida yangi hal qiluv qarori qabul qilish so‘ralgan. 

FPKning  84-moddasiga  asosan,  ishni  ko‘rish  vaqtida  kelib  chiqqan  fan,  san’at, 

texnika  yoki  hunar  sohasida  maxsus  bilim  talab  qiladigan  masalalarni  tushuntirish 

uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan 

ekspertiza tayinlashi mumkin. 

Apellyatsiya  instansiyasi  fuqarolik  ishi  hujjatlari  bilan  tanishib,  ularni  to‘liq 

o‘rganib chiqib, mazkur fuqarolik ishini har tomonlama, atroflicha ko‘rilishini hamda 

ish  yuzasidan  qonuniy  qaror  qabul  qilinishini  ta’minlash  maqsadida  fuqarolik  ishi 

yuzasidan  sud  qurilish-texnik  ekspertizasi  tayinlanishi  maqsadga  muvofiq  degan 

xulosaga keladi. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra  va  FPKning  84-,  93-,  237-,  238-moddalariga  asosan, 

sudlov hay’ati 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

485 


 

Ajrim  qiladi:  

 

Mazkur  fuqarolik  ishi  yuzasidan  sud  qurilish-texnik  ekspertizasi  tayinlansin  va 



ekspertlar oldiga quyidagi savollar qo‘yilsin: 

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Qodirova ko‘chasi 6-uy 6-xonadonning 

bugungi kundagi pul miqdoridagi qiymati aniqlansin. 

Toshkent  shahar  Mirzo  Ulug‘bek  tumani  Qodirova  ko‘chasi  6-uy  6-xonadonni 

1/2 ulushining pul miqdoridagi qiymati aniqlansin. 

Sud  qurilish-texnik  ekspertizasini  o‘tkazish  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya 

vazirligiga  qarashli  X.Sulaymonova  nomidagi  Respublika  sud  ekspertiza  markaziga 

yuklatilsin. 

Ekspertlar O‘zbekiston Respublikasi JKning 238-, 240-moddalariga asosan, jinoiy 

javobgarlikka tortilishlari haqida ogohlantirilsin. 

Mazkur  fuqarolik  ishi  ekspertlar  ixtiyoriga  yuborilsin  va  fuqarolik  ishi 

vaqtinchalik yuritishdan to‘xtatib turilsin. 

Sud  qurilish-texnik  ekspertizasini  o‘tkazish  yuzasidan  to‘lanadigan  xarajatlar 

da’vogar (F.I.O.)ga yuklatilsin. 

Ajrimning  fuqarolik  ishini  vaqtinchalik  yuritishdan  to‘xtatib  turish  qismidan 

norozi tomon 10 kun muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga 

xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishi mumkin. 

 

Raislik etuvchi:                                              imzo 



 

                (F.I.O.)  

 

Hay’at a’zolari:  



 

                           imzo 

 

 

                (F.I.O.)  



                                                                         imzo                                                  

(F.I.O.)  



 

Apellyatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim nusxasi 

AJRIM 

2011-yil  avgust  oyining  27-kuni  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 

sudining  apellyatsiya  instansiyasi  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  (F.I.O.),  hay’at 

a’zolari  (F.I.O.),  (F.I.O.)lardan  iborat  tarkibda,  (F.I.O.)ning  kotibligida,  Toshkent 

shahar  prokurori  yordamchisi  (F.I.O.)ning  ishtirokida  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

Yakkasaroy tumanlararo sudining 2011-yil 17-avgustdagi da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), 

(F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)larning  javobgar  Toshkent  viloyat  pedagog  kadrlarni  qayta 

tayyorlash  va  malakasini  oshirish  institutiga  nisbatan  ishga  tiklash  haqidagi  da’vo 

arizasi bo‘yicha yuritilgan 1-7027/11-sonli fuqarolik ishi yuzasidan qabul qilingan hal 

qiluv  qaroriga  nisbatan  da’vogarlar  tomonidan  keltirilgan  apellyatsiya  shikoyatini 

ko‘rib chiqib, quyidagilarni 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

486 


 

Aniqladi:  

Da’vogarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)lar  sudga  javobgar 

Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga 

nisbatan ishga tiklash haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilganlar.  

Da’vogar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)  larning  javobgar  Toshkent 

viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga nisbatan 

ishga tiklash haqidagi da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilgan. 

Mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  apellyatsiya  shikoyatini  ko‘rish  jarayonida 

da’vogarlar  apellyatsiya  instansiyasida  da’vodan  voz  kechishlarini  yozma  taqdim 

etdilar va javobgar Toshkent viloyat pedagog kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan 

da’vogarlarning ishga tiklanganliklari haqidagi buyruq nusxasi sudga taqdim qildilar. 

FPKning  330-moddasiga  asosan,  apellyatsiya  shikoyati  berilgan  yoki  protest 

keltirilgandan  keyin  da’vogarning  arz  qilgan  talablaridan  voz  kechishi,  javobgarning 

da’vogar  talablarini  tan  olishi  va  taraflarning  kelishuv  bitimi  tuzishi  yozma  shaklda 

bayon  etilib,  apellyatsiya  instansiyasi  sudiga  topshirilishi  lozim.  Agar  ishni  ko‘rish 

vaqtida da’vogar arz qilgan talablaridan voz kechsa, javobgar arz qilingan talablarni tan 

olsa  yoki  taraflar  kelishuv  bitimi  tuzsalar,  bu  haqda  sud  majlisining  bayonnomasiga 

yozib  qo‘yiladi  va  bayonnomani  tegishincha  da’vogar,  javobgar  yoki  har  ikki  taraf 

imzolaydi. 

Sud da’vodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan 

oldin  da’vogarga  yoki  taraflarga  bunday  protsessual  harakatlarning  oqibatlarini 

tushuntiradi. 

Apellyatsiya instansiya   sudi da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishini 

qabul qilganida yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlaganida chiqarilgan hal qiluv 

qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi. 

Agar da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv 

bitimi qonunga zid bo‘lsa yoxud birovning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan 

manfaatlariga xilof bo‘lsa, sud voz kechishni rad qilib yoki tuzilgan kelishuv bitimini 

tasdiqlamay, ishni apellyatsiya tartibida ko‘radi. 

Sudlov  hay’ati  ish  hujjatlarini  o‘rganib,  da’vogarlar    (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.), 

(F.I.O.), (F.I.O.)lar Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini 

oshirish  institutining  2011-yil  14-iyuldagi  161-sonli  buyrug‘i  bilan  o‘z  lavozimlariga 

tiklanganliklarini  inobatga  olib  hamda  da’vogarlarning  da’vodan  voz  kechganlari 

sababli  mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  apellyatsiya  instansiyasida  ish  yuritishni 

tugatishni lozim topadi. 

FPKning  102-moddasiga  muvofiq,  ish  yuritish  tugatilgan  taqdirda,  ayni  bir 

taraflar  o‘rtasidagi,  ayni  bir  predmet  to‘g‘risidagi  va  ayni  bir  asoslar  bo‘yicha  nizo 

yuzasidan  sudga  ikkinchi  marta  murojaat  qilishga  yo‘l  qo‘yilmasligi  taraflarga 

tushuntirib o‘tiladi. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra  va  FPKning  100-,  330-,  342-,  343-moddasi  4-bandiga 

asoslanib, apellyatsiya sudlov hay’ati 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

487 


 

Ajrim  qiladi:  

Da’vogarlarning arz qilgan talablaridan voz kechishi qabul qilinsin. 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  2011-yil  17-

avgustdagi  da’vogarlar(F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)larning  javobgar 

Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga 

nisbatan  ishga  tiklash  haqidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-7027/11-sonli 

fuqarolik ishi yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinsin. 

Da’vogar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)larning  javobgar  Toshkent 

viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga nisbatan 

ishga tiklash haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi apellyatsiya instansiyasida 

ish yuritish tugatilsin. 

 

Raislik etuvchi:                                         imzo                                 



 (F.I.O.)  

Hay’at a’zolari:  

 

                      imzo   



 

                      (F.I.O.)  

                                                                    imzo   

 

                      (F.I.O.)  



 

 

 



Apellyatsiya instansiyasining ajrimi nusxasi 

 

Ma’ruzachi: sudya  (F.I.O.)  



 

AJRIM  

2014-yil avgust oyining 21-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 

apellyatsiya  instansiyasi  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  (F.I.O.),  hay’at  a’zolari 

(F.I.O.),  (F.I.O.)lardan  iborat  tarkibda,  (F.I.O.)ning  kotibligida,  Toshkent  shahar 

prokurori  yordamchisi  (F.I.O.)  va  advokat  (F.I.O.)  ishtirokida  da’vogar  (F.I.O.)  ning 

javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  nikohdan  ajratish  haqidagi  da’vo  arizasi  yuzasidan 

fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2014-yil 20-iyuldagi hal qiluv 

qaroriga  nisbatan  da’vogar  tomonidan  keltirilgan  apellyatsiya  shikoyatini  ko‘rib, 

sudlov hay’ati 

 

Aniqladi: 

Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo 

arizasi bilan sudga murojaat qilgan. 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2014-yil 20-iyuldagi hal 

qiluv qaroriga asosan, da’vo arizani qanoatlantirish rad qilingan. 

Mazkur  hal  qiluv  qaroriga  nisbatan  da’vogar  (F.I.O.)  tomonidan  apellyatsiya 

shikoyati keltirilib, unda hal qiluv qarorini bekor qilish talabi qo‘yilgan. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

488 


 

Apellyatsiya  instansiya  sudi  ish  bo‘yicha  ma’ruzani,  prokurorning  hal  qiluv 

qarorini  o‘zgarishsiz  qoldirish  haqidagi  fikrini  va  taraflar  bayonotini  tinglab, 

shikoyatda  keltirilgan  vajlarni  ish  materiallari  asosida  ko‘rib  chiqib,  quyidagi 

to‘xtamga keladi. 

FPKning  332-moddasiga  ko‘ra,  sud  ishni  apellyatsiya  tartibida  ko‘rayotganida 

birinchi instansiya   sudining hal qiluv qarori qay darajada qonuniy, asosli va adolatli  

ekanligini  tekshiradi. U yangi  dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi 

mumkin.   

Birinchi instansiya sudi tomonidan aniqlanishicha, (F.I.O.) va (F.I.O.)lar 2010-yil 

13-avgustda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganlar. 

O‘zaro turmushlaridan ikki nafar  2010-yilning 16-martida tug‘ilgan (F.I.O.) va 

2011-yilning  24-mayida  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli  farzandlari  bor.  Oiladagi 

kelishmovchiliklar  natijasida  taraflar  2014-yil  mart  oyidan  boshlab  birga 

yashamaydilar. 

O‘zbekistan Respublikasi Oila kodeksining 41-moddasiga ko‘ra, agar sud er va 

xotinning  bundan  buyon  birgalikda  yashashiga  va  oilani  saqlab  qolishga  imkoniyat 

yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2011-yil  20-iyuldagi  “Sudlar 

tomonidan  nikohdan  ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha  qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti 

to‘g‘risida”gi  06-sonli  qarorining  16-bandi  2-qismida  tushuntirilishicha,  turmushda 

kechadigan  vaqtinchalik  kelishmovchiliklar  va  tasodifiy  sabablarga  ko‘ra,  er-xotin 

o‘rtasida  kelib  chiqqan  ixtiloflar,  shuningdek,  er-xotindan  biri  yoki  har  ikkalasining 

jiddiy  vajlar  keltirmagan  holda  nikoh  munosabatlarini  davom  ettirishni  xohlamasligi 

nikohdan  ajratish  uchun  yetarli  asos  bo‘la  olmaydi.  Nikohdan  ajratishga  asoslar 

bo‘lmaganda, sud da’voni rad etadi. 

Birinchi  instansiya      sudi  taraflarning  2014-yil  mart  oyiga  qadar  birga 

yashaganlarini,  munosabatlari  yaxshi  bo‘lganligini,  oilaning  barbod  bo‘lganligini 

tasdiqlovchi holatlar mavjud emasligini, ikki nafar farzandlari borligini, oilani saqlab 

qolishning  imkoniyati  bor  ekanligiga  huquqiy  baho  bergan  holda,  da’vo  arizani  rad 

qilishni lozim topgan.  

Apellyatsiya  shikoyati  vajlarini  muhokama  qilgan  sudlov  hay’ati  ularni  asossiz 

deb hisoblaydi va hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishni lozim topadi.  

FPK  343-moddasining  1-bandiga  ko‘ra,  sud  ishni  apellyatsiya  tartibida  ko‘rib 

chiqqach,  o‘z  ajrimi  bilan  hal  qiluv  qarorini  o‘zgarishsiz  qoldirishga,  shikoyat  yoki 

protestni qanoatlantirmaslikka haqli. 

Binobarin, FPKning 343-moddasi 1-bandini qo‘llab, sudlov hay’ati  

 

 



 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

489 


 

Ajrim  qiladi: 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Mirobod  tumanlararo  sudining  2014-yil  20-iyuldagi 

mazkur fuqarolik ishi yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya 

shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin.   

 

Raislik  etuvchi:                                              imzo                                    (F.I.O.)  



 

Hay’at a’zolari:  

 

                            imzo                                    (F.I.O.)  



 

 

 



 

 

 



 

 

imzo                               (F.I.O.)  



 

 

Ma’ruzachi: sudya (F.I.O.)  

 

AJRIM   

2014-yil avgust oyining 25-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 

apellyatsiya  instansiyasi  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  (F.I.O.),  hay’at  a’zolari 

(F.I.O.)  va  (F.I.O.)lardan  iborat  tarkibda,  (F.I.O.)ning  kotibligida,  Toshkent  shahar 

prokurori yordamchisi (F.I.O.), advokat (F.I.O.)ning ishtirokida da’vogar (F.I.O.)ning 

javobgar (F.I.O.)ga nisbatan moddiy va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi 

yuzasidan  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Mirzo  Ulug‘bek  tumanlararo  sudining  2014-yil 

30-iyuldagi hal qiluv qaroriga nisbatan da’vogar (F.I.O.)ning ishonchli vakili (F.I.O.) 

tomonidan  keltirilgan  apellyatsiya  shikoyatini  va  Yunusobod  tuman  prokurori 

tomonidan keltirilgan apellyatsiya protestini ko‘rib chiqib, quyidagilarni  

 

Aniqladi: 

Da’vogar  (F.I.O.)  sudga  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  yong‘in  oqibatida 

yetkazilgan  moddiy  va  ma’naviy  zarar  summalarini  undirish  haqidagi  davo  arizasi 

bilan murojaat qilgan. 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Mirzo  Ulug‘bek  tumanlararo  sudining  2014-yil  30-

iyuldagi hal qiluv qaroriga asosan, da’vo ariza qisman qanoatlantirilgan. 

Javobgar  (F.I.O.)dan  da’vogar  (F.I.O.)ning  foydasiga  4.000.000  so‘m  moddiy 

zarar va 200.000 so‘m ma’naviy zarar undirilgan. 

Javobgar (F.I.O.)dan davlat foydasiga 100.000 so‘m davlat boji undirilgan. 

Mazkur hal qiluv qaroriga nisbatan da’vogar (F.I.O.)ning ishonchli vakili (F.I.O.) 

tomonidan  apellyatsiya  shikoyati  va  Yunusobod  tuman  prokurori  tomonidan 

apellyatsiya protesti keltirilib, unda hal qiluv qarorini bekor qilish talabi qo‘yilgan. 

Sudlov  hay’ati  ish  bo‘yicha  ma’ruzachi,  taraflarning  bayonotini,  prokuror 

yordamchisining  protestni  quvvatlashi  haqidagi  fikrini  tinglab,  shikoyat  va  protestda 

keltirilgan vajlarni ish materiallari asosida muhokama qilib, quyidagi to‘xtamga keladi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

490 


 

FPKning  332-moddasiga  ko‘ra,  sud  ishni  apellyatsiya  tartibida  ko‘rayotganida 

sud birinchi intsansiya  sudi hal qiluv qarori qay darajada qonuniy, asosli va adolatli  

ekanligini  tekshiradi. U yangi  dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi 

mumkin.   

Fuqarolik  ishidagi  hujjatlarga  qaraganda,  2010-yil  8-avgust  kuni  javobgar 

(F.I.O.)ga  tegishli  Yunusobod  tumani  Mirza  Yusuf  3-tor  ko‘chasi  (2-proyezd 

Kurortnaya)  4-uyda  vaqtinchalik  qurilgan  imoratning  ichida  uning  farzandlari  olov 

bilan o‘ynaganligi oqibatida yong‘in chiqqan va bu yong‘in da’vogarga tegishli Mirza 

Yusuf 3-tor ko‘chasi 16-uydagi imoratlarga ham o‘tgan.  

Yong‘inni  bartaraf  qilish  va  o‘chirish  uchun  yong‘in  xavfsizligi  xizmatidan 

yordam chaqirtirilgan, lekin olov tez alanga olganligi sababli uyidagi, xonalar ichidaga 

mol-mulklar hamda uy-joy butkul yonib ketgan.  

Shu munosabat bilan da’vogar (F.I.O.) sudga mazkur da’vo arizasi bilan murojat 

qilib, yong‘in natijasida zarar ko‘rgan turar joyni tiklash qiymati 35.042.590,20 so‘mni, 

10.000.000  so‘mlik  mol-mulklar  qiymatini,  shuningdek,  ma’naviy  zarar  uchun 

2.000.000 so‘m undirishni so‘ragan.  

Birinchi instansiya sudi da’vogarning turar joyi hozirda qayta qurilganligi sababli, 

yetkazilgan  zarar  summasini  aniqlash  uchun  smeta  tuzuvchi  “ZAMIN  QURILISH 

TEHNOLIGIYA”  MChJning  baholash  vakolati  yo‘qligi  va  natijada  da’vogar 

tomonidan  smeta  taqdim  qilinmaganligi  va  javobgarning  ixtiyoriy  4.000.000  sum 

to‘lashga roziligi inobatga olinib, shu miqdor undirish bilan cheklanilgan.  

Sudlov  hay’ati  birinchi  instansiya      sudi  shoshma-shosharlik  bilan  va  ish 

holatlarini to‘liq o‘rganmasdan turib yakuniy xulosaga kelgan deb hisoblaydi.  

Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasi  FKning  985-moddasida  g‘ayriqonuniy 

harakat  yoki  harakatsizlik oqibatida  zarar yetkazgan shaxs  zararni qoplashi lozimligi 

qayd  qilingan  bo‘lsa-da,  yong‘in  kelib  chiqishiga  javobgarning  farzandlari  sabab 

bo‘lganligi  va  shuning  natijasida  zararni  aynan  javobgar  qoplashi  lozimligi 

aniqlanmagan. 

Bu  o‘rinda  yong‘in  xavfsizligi  bo‘limi  vakili  ishga  jalb  qilinib,  sodir  bo‘lgan 

yong‘in tafsilotlari tinglanmagan. Ushbu xodisa yuzasidan yuritilgan ish hujjatlari talab 

qilib olinib o‘rganilmagan, yakuniy xulosa  va yong‘in borasida tuzilgan hujjatlardan 

kelib chiqib, ish holatiga baho berilmagan.  

“ZAMIN  QURILISH  TEHNOLIGIYA”  MChJ  tomonidan  taqdim  qilingan 

hujjatlarga tegishli baho berilmagan. Chunki bu tashkilotning baholash vakolati yo‘q 

deyilgan bo‘lsa-da, bu xulosani tasdiqlovchi dalillar ishga ilova qilinmagan. Aksincha, 

“TO‘LIQ  QURILISH  SERVIS”  sho‘ba  korxonasining  davlat  ro‘yxatidan  o‘tganlik 

guvohnomasi  ishga  qo‘shilgan  bo‘lib,  bu  korxonaning  nizoga  qay  darajada 

aloqadorligi bayon qilinmagan va aniqlanmagan.  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

491 


 

Bundan  tashqari,  to‘plangan  hujjatlar  asosida  qurilish  yoki  boshqa  ekspertiza 

harakatlarini  amalga  oshirish  imkoni  bor-yo‘qligi  aniqlanmagan  va  bu  masala 

muhokama qilinmagan. 

Zero,  FPKning  57-moddasida  sud  taraflarga  dalillar  to‘plashda  yordam  berishi 

lozimligi qayd qilingan.  

Javobgar (F.I.O.) fuqarolik ishi hujjatlarida mavjud bo‘lgan arizasida yetkazilgan 

zarar  miqdorini  4.000.000  so‘m  deb  hisoblashini  va  bu  miqdorni  oylik  ish  haqidan 

to‘lashga roziligini bildirgan. 

Birinchi  instansiya  sudi  shu  arizani  inobatga  olib,  4.000.000  so‘m  uchun 

undirishni  lozim  topgan  bo‘lsada,  bu  summa  qaysi  mol-mulk  uchun  ekanligini 

aniqlamagan. 

Da’vogar da’vo talabida  yonib ketgan mol-mulk, uy jihozlari 10.000.000 so‘mda 

undirib  berishni  so‘ragan  bo‘lsa-da,  birinchi  instansiya  sudi  bu  talabni  muhokama 

qilmagan,  aynan  qanday  mol-mulklar  ekanligini,  shunday  mol-mulklar  amalda 

bo‘lganbo‘lmaganligi va yong‘in natijasida zarar yetgan-yetmaganligini aniqlamagan, 

aniqlangan  holatlardan  kelib  chiqib,  ularning  qiymatini  aniqlashga  qaratilgan 

choralarni ko‘rmagan, bu mol-mulklar bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilmagan.  

Da’vogar  tomonidan  sudga  da’vo  ariza  rus  tilida  kiritilgan.  Dastlabki  sud 

majlislari  rus  tilida  olib  borilgan  va  rus  tilida  sirtdan  hal  qiluv  qarori  chiqarilgan. 

Sirtdan  hal  qiluv  qarori  bekor  qilingandan  keyin  esa  fuqarolik  ishi  o‘zbek  tilida 

yuritilgan. Garchi, da’vogar vakili ishni o‘zbek tilida yuritishga qarshilik bildirmagan 

va  sud  ishni  o‘zbek  tilida  ko‘rgan  bo‘lsa-da,  vakil  tarjimon  xizmati  bilan 

ta’minlanmagan.  Apellyatsiya  shikoyatida  ham,  apellyatsiya  protestida  ham  aynan 

ushbu holatga e’tiroz bildirilgan.  

FPKning  312-moddasiga  ko‘ra,  sudning  qarorini  apellyatsiya,  kassatsiya  va 

nazorat  tartibida  bekor  qilishga  quyidagilar  asos  bo‘ladi:  ish  uchun  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan  holatlar  to‘liq  aniqlanmaganligi;  sud  aniqlangan  deb  hisoblagan,  ish  uchun 

ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi; moddiy huquq normalari yoki 

protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi. 

Shu  kodeksning  314-moddasiga  ko‘ra,  protsessual  huquq  normalarining 

buzilganligi  yoki  noto‘g‘ri  qo‘llanilganligi  ishning  noto‘g‘ri  hal  etilishiga  sabab 

bo‘lgan yoki sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirdagina, hal qiluv qarori, ajrim yoki 

qarorning bekor qilinishiga asos bo‘ladi. 

Agar ish ko‘rilayotganida ish yuritiladigan tilga doir qoidalar buzilgan bo‘lsa. 

FPKning 343-moddasini 3-bandiga ko‘ra, sud ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib 

chiqqach,  o‘z  ajrimi  bilan  FPK  314-moddasining  ikkinchi  qismida  nazarda  tutilgan 

asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga 

va ishni birinchi instansiya sudiga yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborishga haqli.  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling