Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

 

501 


 

Ajrim  qilaman: 

 

  Javobgar  (F.I.O.)ning  apellyatsiya  shikoyati  harakatsiz  qoldirilsin  va 



kamchiliklarni bartaraf etish uchun javobgarga 10 kunlik muddat berilsin. 

 

Sudya:   



                         

imzo   


                       

(F.I.O.)  



 

Birinchi instansiya sudining sud qarori ijrosini (agar u ijro etilmagan bo‘lsa) 

ish  kassatsiya  tartibida  ko‘rilguniga  qadar  to‘xtatib  qo‘yishi  to‘g‘risida  ajrimi 

namunasi 

 

AJRIM 

(hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risida) 



 

2014-yil  20-noyabr  kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 

Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya 

(F.I.O.), (F.I.O.) ning kotibligida, da’vogar (F.I.O.) ning javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.) 

va  (F.I.O.)  ga  nisbatan  uyga  kiritish,  turar  joyga  nisbatan  foydalanish  huquqi  va 

tartibini belgilash haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan 1-3927/14-sonli fuqarolik 

ishi  bo‘yicha  (F.I.O.)ning  kassatsiya  shikoyati  va  u  yuzasidan  hal  qiluv  qarorining 

ijrosini to‘xtatib turish masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

 

Sudga da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan uyga 

kiritish, turar joyga nisbatan foydalanish huquqi va tartibini belgilash haqidagi da’vo 

arizasi bilan murojaat qilgan. 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Shayxontohur  tumanlararo  sudining  2014-yil  23-

sentabr kunidagi hal qiluv qarori bilan (F.I.O.) ning da’vo arizasi qanoatlantirilgan. 

Mazkur  hal  qiluv  qarori  ustidan  (F.I.O.)  tomonidan  kassatsiya  shikoyati 

keltirilgan. 

FPKning 348

6

-moddasi 1-qismi 3-bandiga ko‘ra, sudya  yoki sud raisi sud qarori 



ijrosini (agar u ijro etilmagan bo‘lsa) ish kassatsiya tartibida ko‘rilgunga qadar to‘xtatib 

qo‘yishi va bu xususda manfaatdor shaxslar, tashkilotlarni xabardor etishi shart. 

  Qayd etilganlardan kelib chiqib, sud hal qiluv qarorining ijrosini ish kassatsiya 

tartibida  ko‘rilgunga  qadar  to‘xtatib  turishni  va  bu  xususda  manfaatdor  shaxslar, 

tashkilotlarni xabardor etishni lozim deb topadi. 

Yuqoridagilarga ko‘ra, FPKning 348

-, 237–238-moddalariga asosan, sud 



 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

502 


 

Ajrim  qiladi: 

 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)ga  nisbatan  uyga 

kiritish, turar joyga nisbatan foydalanish huquqi va tartibini belgilash haqidagi da’vo 

arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-3927/14-sonli  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  sudning  2014-yil 

23-sentabrdagi  hal  qiluv  qarorining  ijrosi  ish  kassatsiya  tartibida  ko‘rilgunga  qadar 

to‘xtatib turilsin va bu xususda manfaatdor shaxslar, tashkilotlar xabardor etilsin. 

Ajrimdan  norozi  tomon  10  kunlik  muddat  ichida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

Toshkent shahar sudiga shu sud orqali xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishi 

mumkin. 

 

Raislik etuvchi:                                        imzo                                       (F.I.O.)  



 

Kassatsiya instansiyasi ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi nusxasi 

 

AJRIM 

2010-yil  avgust  oyining  27-kuni  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 

sudining  apellyatsiya  instansiyasi  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  (F.I.O.),  hay’at 

a’zolari  (F.I.O.)  ,  (F.I.O.)lardan  iborat  tarkibda,  (F.I.O.)ning  kotibaligida,  Toshkent 

shahar  prokurori  yordamchisi  (F.I.O.)ning  ishtirokida,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

Yakkasaroy tumanlararo sudining 2008-yil 10-sentabr kunidagi da’vogar (F.I.O.)ning 

javobgarlar (F.I.O.)ga nisbatan qarz shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi 1-

2921/08-sonli  fuqarolik  ishi  yuzasidan  kassatsiya  shikoyatini  ko‘rib  chiqib, 

quyidagilarni 

 

Aniqladi:  

 

Sudga  da’vogar  (F.I.O.)  javobgarlar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  qarz  shartnomasini 



haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat etgan. 

Birinchi  instansiya      sudi  tomonidan  da’vo  talablari  to‘liq  qanoatlantirilgan  va 

qarz shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan. 

Mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, javobgar (F.I.O.) kassatsiya shikoyati 

bilan murojaat qilgan. 

Kassatsiya sudi majlisida javobgar (F.I.O.) haqiqatan ham da’vogarga 10.000.000 

so‘m qarz berganligini, lekin bugun qarzning qolgan qismi ham to‘langanligi sababali 

kassatsiya shikoyatidan voz kechishini yozma ma’lum qildi. 

FPKning  348

10

-  moddasiga  asosan  kassatsiya  shikoyati  bergan  shaxs  uni 



to‘ldirish, o‘zgartirish yoki undan voz kechishga haqli. 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

503 


 

Shuningdek,  agar  hal  qiluv  qarori  ustidan  boshqa  shaxslar  shikoyat  bermagan 

bo‘lsa,  shikoyatdan  voz  kechish  qabul  qilinganligi  to‘g‘risida  va  protest  qaytarib 

olingan  taqdirda,  kassatsiya  instansiyasi  sudi  ajrim  chiqarib,  kassatsiya  tartibida  ish 

yuritishni tugatishi belgilangan. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra,  FPKning  348

10 

-,348


15

-moddalarini  qo‘llab,  kassatsiya 

sudlov hay’ati 

 

Ajrim  qiladi: 

Javobgar (F.I.O.)ning kassatsiya shikoyatidan voz kechishi qabul qilinsin. 

Javobgar  (F.I.O.)ning  kassatsiya  shikoyatidan  voz  kechishi  munosabati  bilan 

kassatsiya instansiyasida ish yuritish tugatilsin. 

 

Raislik etuvchi:                                         imzo   



                                (F.I.O.)  

 

Hay’at a’zolari:  



 

                     imzo   

 

                      (F.I.O.)  



 

                                                                  imzo   

 

                      (F.I.O.)  



 

Kassatsiya instansiyasining ajrimi nusxasi 

 

Ma’ruzachi: sudya (F.I.O.)   



 

AJRIM   4-61/14 

 

  2014-yil yanvar oyining 27-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 



kassatsiya  instansiyasi,  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  (F.I.O.),  hay’at  a’zolari 

(F.I.O.), (F.I.O.)lardan iborat tarkibda, (F.I.O.)ning kotibligida, tomonlardan Toshkent 

shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.), advokat (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)lar ishtirokida 

da’vogar  (F.I.O.),  (F.I.O.)  ,  (F.I.O.),  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  uyga 

kiritish va foydalanish tartibini belgilash haqidagi da’vo arizasi, da’vogar (F.I.O.)ning 

javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  umumiy  mol-mulkning  ½  qismiga  egalik  huquqini  va 

foydalanish tartibini belgilash haqidagi qo‘shimcha da’vo arizasi, da’vogar (F.I.O.)ning 

javobgar (F.I.O.)ga nisbatan umumiy mol-mulkni bo‘lish haqidagi hamda javobgarlar 

(F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)  o‘g‘liga  nisbatan  uy-joydan  foydalanish  huquqini 

yo‘qotgan deb topish haqidagi qarshi da’vo arizalari bo‘yicha yuritilgan fuqarolik ishi 

yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2013-yil 21-

oktabr  kunidagi  hal  qiluv  qaroriga  nisbatan  javobgar  (F.I.O.)  tomonidan  keltirilgan 

kassatsiya shikoyatini ko‘rib chiqib, quyidagilarni  

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

504 


 

Aniqladi: 

 

Da’vogar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)lar javobgar (F.I.O.)ga nisbatan uyga 



kiritish va foydalanish tartibini belgilash haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat 

qilganlar.  

Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan umumiy mol-mulkning ½ qismiga 

egalik  huquqini  va  foydalanish  tartibini  belgilash  haqidagi  qo‘shimcha  da’vo  arizasi 

bilan sudga murojaat qilgan.  

Da’vogar  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  umumiy  mol-mulkni  bo‘lish 

haqidagi,  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)ga  nisbatan  uy-joydan 

foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi qarshi da’vo arizasi bilan sudga 

murojaat qilgan.  

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Shayxontohur  tumanlararo  sudining  2011-yil  21-

oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)ning 

uyga  kiritish  va  foydalanish  tartibini  belgilash  haqidagi  da’vo  arizasi  qisman 

qanoatlantirilgan. 

Da’vogarlar  (F.I.O.)  olti  nafar  farzandlari  –  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.), 

(F.I.O.), (F.I.O.)lar bilan birgalikda Toshkent shahar Olmazor tumani Tansiqboyeva 1-

mavze 5-uy 4-xonadonga kiritib qo‘yilganlar va uy-joydan umumiy foydalanish tartibi 

belgilangan. 

Da’vo  arizaning  kamida  uchta  xonani  foydalanish  uchun  biriktirish  qismi  rad 

qilingan. 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)ga  nisbatan 

uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi qarshi da’vo arizasini 

qanoatlantirish rad qilingan.  

Mazkur  hal  qiluv  qaroriga  nisbatan  javobgar  (F.I.O.)  tomonidan  kassatsiya 

shikoyati keltirilib, shikoyatda hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni yangitdan ko‘rish 

uchun qaytarishni so‘ragan. 

Kassatsiya sudlov hay’ati majlisida da’vogar (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larning 

ishonchli vakili (F.I.O.)  kassatsiya shikoyatini tan olmasdan, uni rad qilishni so‘radi.  

Kassatsiya  sudlov  hay’ati  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  kassatsiya  shikoyatini 

quvvatlab, uni qanoatlantirishni so‘radi. 

Kassatsiya  sudlov  hay’ati  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  kassatsiya  shikoyatini 

quvvatlab, uni qanoatlantirishni so‘radi. 

Kassatsiya  sudlov  hay’ati  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  kassatsiya  shikoyatini 

quvvatlab, uni qanoatlantirishni so‘radi. 

Sudlov  hay’ati  mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  ma’ruzachi  sudya  (F.I.O.)ning 

ma’ruzasini, Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.)ning kassatsiya protestini 

quvvatlab  bergan  fikrini  va  advokatlar  fikrini  tinglab,  ish  hujjatlarini  tahlil  qilib 

quyidagi xulosaga keladi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

505 


 

FPKning 348-13-moddasiga asosan ishni kassatsiya tartibida ko‘rayotganida sud 

birinchi  instansiya      sudi  hal  qiluv  qarorining  qonuniy,  asosli  va  adolatli  ekanligini 

kassatsiya  shikoyati  yoki  protestining  vajlari  hamda  ular  yuzasidan  bildirilgan 

e’tirozlar  doirasida  tekshiradi.  U  yangi  dalillarni  o‘rganib  chiqishi  va  yangi  faktlarni 

aniqlashi mumkin. 

Aniqlangan  holatlarga  ko‘ra,  da’vogar  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)  bilan  1989-yil 

10-iyunda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurishgan.  Ularning  birgalikdagi 

turmushlaridan olti nafar farzandlari bor: 1990-y.t. (F.I.O.), 1992-y.t. (F.I.O.), 1993-y.t. 

(F.I.O.), 1996-y.t. (F.I.O.), 2006-y.t. (F.I.O.) va 2008-y.t. (F.I.O.).  

Taraflar turmushlari davomida Toshkent shahar Olmazor tumani Tansiqboyev 1-

mavze  5-uy  4-xonadonda  yashaganlar.  Mazkur  turar  joy  2002-yil  7-martda 

tasdiqlangan  vasiyatnoma  bo‘yicha  vorislik  haqidagi  guvohnomaga  asosan  javobgar 

(F.I.O.)ga tegishli. 

Oilada  kelib  chiqqan  kelishmovchiliklar  natijasida  da’vogar  (F.I.O.)  farzandlari 

bilan 2010-yilning iyun oyida nizoli uydan chiqib ketishga majbur bo‘lgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga asosan uy, kvartira 

mulkdorining  oila  a’zolari,  shuningdek,  u  bilan  doimiy  yashayotgan  fuqarolar,  agar 

ularni  ko‘chirib  kelgan  paytda  yozma  ravishda  boshqa  hol  qayd  etilgan  bo‘lmasa, 

uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga  haqlidirlar.  

Turar joy mulkdorining oila a’zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini 

(eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek, mulkdor 

bilan  doimiy  yashayotgan  oilali  farzandlari,  agar  ilgari  bu  huquqqa  ega  bo‘lmagan 

bo‘lsalar,  faqat  o‘zaro  kelishuvga  binoan  mulkdorning  oila  a’zosi  deb  tan  olinishlari 

mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi “Uy-

joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 22-sonli qarorining 5-bandi uchinchi va 

to‘rtinchi  qismlariga  ko‘ra,  uyga  yashash  uchun  kiritish  hamda  turar  joydan 

foydalanishga  bo‘lgan  huquqini  yo‘qotgan  deb  topish  to‘g‘risidagi  da’volarni  hal 

etishda  sud  turar  joyga  da’vo  qiluvchi  shaxs  O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy 

kodeksining  32-moddasi 2- va  3-qismlarida  qayd  etilgan  shaxslar  safiga  kirishi  yoki 

boshqa asos bo‘yicha uyda yashashga bo‘lgan huquqiy holatlarini, qanday sabablarga 

ko‘ra yashamayotganligini va da’voni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan 

boshqa holatlarni aniqlashlari lozim. 

Da’vogar  (F.I.O.)  ushbu  turar  joyda  1990-yil  10-apreldan  beri  doimiy  ravishda 

farzandlari  bilan  ro‘yxatdan  o‘tgan  holda  mulkdor  (F.I.O.)ning  oila  a’zosi  sifatida 

yashab, foydalanib kelgan.  

Birinchi  instansiya  sudi  mazkur  holatlarga  huquqiy  baho  bergan  holda 

da’vogarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)larning  uyga  kiritish  haqidagi  talablari 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

506 


 

asosli degan xulosaga kelib, uni qanoatlantirishni lozim topgan va turar joyni umumiy 

foydalanishga qoldirgan. Apellyatsiya instansiyasi ushbu xulosalar bilan kelishadi.  

Da’vogarlarning  uy-joyning  kamida  uchta  xonasini  biriktirish  haqidagi  da’vo 

talablarini muhokama qilgan birinchi instansiya sudi bu talablar bilan kelishmagan va 

uni rad qilgan. Apellyatsiya sudlov hay’ati ushbu xulosalar bilan kelishgan holda turar 

joy  ulushli  mulk  bo‘lmaganligi  sababli  uchta  xonasini  biriktirib  foydalanish  tartibi 

belgilanishi mulkdorning huquq va manfaatlariga zid bo‘lishini ta’kidlaydi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  52-moddasiga  muvofiq, 

munitsipial,  idoraviy  uy-joy  fondi  va  aniq  maqsadli  kommunal  uy-joy  fondining 

uylaridagi  turar  joyni  ijaraga  oluvchi,  uning  oila  a’zolari  yoki  ijaraga  oluvchi  bilan 

doimiy  yashayotgan  fuqarolar  vaqtincha  bo‘lmaganida  turar  joy  olti  oy  muddat 

davomida ularning hisobida saqlanib turadi.  

Javobgar  (F.I.O.)  farzandlari  bilan  nizoli  turar  joy  ro‘yxatiga  mulkdorining 

roziligi  bilan  kiritilgan.  Mulkdorning  oila  a’zosi  hisoblanadilar.  Mazkur  holatlardan 

kelib  chiqqan  birinchi  instansiya  sudi  da’vogar  (F.I.O.)  ning  uy-joydan  foydalanish 

huquqini  yo‘qotgan  deb  topish  haqidagi  qarshi  da’vo  talablarini  rad  qilishini  lozim 

topgan.  

Kassatsiya  sudlov  hay’ati  tomonidan  nizoli  turar  joyning  xususiylashtirish 

hujjatlari olib o‘rganilganda, turar joyni xususiylashtirishda da’vogar (F.I.O.) ishtirok 

etganligi,  uning  farzandi  (F.I.O.)  esa  doimiy  ro‘yxatda  turganligi  aniqlandi.  Garchi 

turar joyga nisbatan vorislik guvohnomasi rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, kadastr xizmati 

ma’lumotiga  qaraganda  ushbu  guvohnoma  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilmagan.  Ya’ni 

turar joyga to‘liq mulk huquqi vujudga kelmagan.  

Mazkur  holatni  ham  inobatga  olgan  sudlov  hay’ati  birinchi  instansiya  sudining 

xulosalari bilan kelishadi.  

FPKning 348

15

-moddasiga asosan, sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, 



o‘z ajrimi bilan: hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa 

qanoatlantirmaslikka haqli.  

Yuqoridagilarga asosan va FPKning 348

15

 -moddasiga amal qilib sudlov hay’ati  



 

Ajrim  qiladi:  

Mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Shayxontohur  tumanlararo 

sudining 2011-yil 21-oktabr kunidagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyati 

qanoatlantirilmasdan qoldirilsin.  

Raislik etuvchi:  

 

             imzo  



 

 

(F.I.O.)  



 

Hay’at a’zolari:  

 

              imzo 



 

 

 



(F.I.O.)   

 

   



 

 

 



imzo   

 

 



(F.I.O.)  

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

507 


 

Kassatsiya instansiya  si sud majlisi bayonnomasi namunasi 

 

SUDLOV HAY’ATI MAJLISI BAYONNOMASI 

 

2014-yil  noyabr oyining 1-kuni, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 



o‘z binosida, ochiq sud majlisida raislik etuvchi: (F.I.O.), hay’at a’zolari: (F.I.O.) va 

(F.I.O.)lardan iborat tarkibda, (F.I.O.)ning kotibligida, Toshkent shahar prokurorining 

yordamchisi  (F.I.O.)  ishtirokida  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Shayxontohur  tumanlararo 

sudining  da’vogar  O‘zbekiston  kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  Kengashining 

(F.I.O.)ning  manfaatini  ko‘zlab  javobgar  “Toshkent  metropoliteni”  davlat  unitar 

korxonasiga  nisbatan  ish  haqini  undirish  haqidagi  fuqarolik  ishi    yuzasidan  2014-yil 

29-sentabr kungi qabul qilingan hal qiluv qaroriga Shayhontohur tuman prokuraturasi 

tomonidan  keltirilgan  kassatsiya  protestini  fuqarolik  ishi  hujjatlariga  qo‘shib  ko‘rib 

chiqdi. 

Raislik etuvchi sudlov hay’ati majlisini  ochib, qanday fuqarolik ishi ko‘rilishini 

e’lon qildi. 

Kotib sud majlisiga taraflar kelganligini ma’lum qildi. 

Taraflar shaxsi aniqlandi. 

Da’vogar vakillari: (F.I.O.) Andijon shahar 1983 y.t., millati – o‘zbek, ma’lumoti 

oliy,  i/j.:  O‘zbekiston    kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  Kengashida  -  bosh 

yuriskonsult, manzil: Toshkent shahar Buxoro ko‘chasi 24-uy.  

Shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q. 

(F.I.O.)  Toshkent  viloyatida  1986  y.t.,  millati–o‘zbek,  ma’lumoti  oliy,  i/j.: 

O‘zbekiston  kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  Kengashida  yetakchi  yuriskonsult, 

manzil: Toshkent shahar Buxoro ko‘chasi 24-uy.  

Shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q. 

Da’vogar: (F.I.O.), Toshkent shahrida 1956 y.t., millati–o‘zbek, ma’lumoti oliy, 

i/j.:  “Toshkent  metropoliteni”  davlat  unitar  korxonasida  mexanik,  Toshkent  shahar 

Hamza tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 4-uy 23-xonadonda va Toshkent shahar Hamza 

tumani Zangori 2- tor ko‘cha 11-uyda yashaydi.  

Shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q. 

Javobgar  vakillari:  (F.I.O.)  Toshkent  shahrida  1955  y.t.,  millati–o‘zbek, 

malumoti–oliy,  i/j.:  “Toshkent  metropoliteni”  davlat  unitar  korxonasida  bo‘lim 

boshlig‘i, ya/j: Toshkent shahar Uchtepa tumani Tinchlik 2-tor ko‘cha 24-uy.  

Shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q. 

(F.I.O.)  Toshkent  shahar,  1962  y.t.,  millati–o‘zbek,  ma’lumoti–oliy,  i/j.: 

“Toshkent  metropoliteni“  davlat  unitar  korxonasida  yurist,  ya/j.:  Toshkent  shahar 

Mirzo Ulugbek tumani Qorasuv-1 35-uy 17-xonadon. 

Shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

508 


 

(F.I.O.) Buxoro shahrida, 1965 y.t., millati–o‘zbek, ma’lumoti–oliy, i/j.: “Mehnat 

va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish”  Toshkent  sh.  boshqarmasi  inspektori,  ya/j.: 

Toshkent shahar Sirg‘ali tumani 8-a mavze       21- uy 51-xonadon. 

Shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q. 

Arizalar bo‘lmadi. 

Iltimosnomalar bo‘lmadi. 

Raislik  etuvchi  tomonidan  sudlov  hay’atining  tarkibi,  kotib  va  prokuror  e’lon 

qilindi. 

Sudlov hay’ati tarkibiga, prokurorga, sud majlisi kotibiga nisbatan raddiyalar va 

e’tirozlar bildirilmadi. 

Raislik  etuvchi  tomonidan    FPKning  34-,  40-moddasida  nazarda  tutilgan 

protsessual huquqlari hamda majburiyatlari tushuntirildi. 

protsessual huquqlar hamda majburiyatlar tushunarli. 

Sudya (F.I.O.) fuqarolik ishi bo‘yicha ma’ruza qildi. 

Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.) fikri: 

-Protestni quvvatlayman, uni qanoatlantirishingizni so‘rayman. 

Raislik etuvchi savoliga 

(F.I.O.) : 

Protest bilan kelishaman, hal qiluv qarorini bekor qilishingizni so‘rayman. 

Da’vogar  bizga  ariza  bilan  murojaat  qilgan.  Bu  ish  8  oydan  buyon  davom 

qilmoqda,  agar  biz  bir  kishining  huquqi  buzilayotganligini  isbotlasak  boshqa 

ishchilarning manfaatida ham sudga murojaat qilamiz. 

Savollar bo‘lmadi. 

Raislik etuvchi savoliga 

(F.I.O.): 

Protest bilan kelishaman, hal qiluv qarorini bekor qilishingizni so‘rayman. 

Savollar bo‘lmadi. 

Raislik etuvchi savoliga 

(F.I.O.): 

Protest  bilan  kelishaman,  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilishingizni  so‘rayman.  Ish 

haqqimning  kam  berilishini  20  yil  oldin  bilganman.  Besh  yildan  buyon  o‘z  haq-

huquqlarimni himoya qilmoqdaman. Butun korxona ishchilariga oylik kam to‘lanadi. 

Kasaba  uyushmasi  ariza  yozganligim  sababli,  ular  mening  haq  huquqimni  himoya 

qilishmoqda, boshqa ishchilar menga qo‘shilishmadi.  

Savollar bo‘lmadi. 

Raislik etuvchi savoliga 

(F.I.O.): 

Protest bilan kelishaman, hal qiluv qarorini bekor qilishingizni so‘rayman. 

Savollar bo‘lmadi. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

509 


 

Raislik etuvchi savoliga 

(F.I.O.): 

Protest  bilan  kelishmayman,  hal  qiluv  qarorini  o‘z  kuchida  qoldirishiningizni 

so‘rayman.  Bizning  korxonamizda  oylik  maosh  mehnat  kodeksiga  asosan  to‘lanadi. 

Bizda 3000 dan ortiq ishchi bor.  Hammaga davlat belgilagan maosh beriladi. Bizda 

xo‘jalik hisobidan maosh to‘lanadi. Da’vogar ishga kirganidan keyin 1992-1995-yillar 

maosh oshgan, keyinchalik ham har yili oylik oshib kelmoqda. 

Savollar bo‘lmadi. 

Raislik etuvchi savoliga: 

(F.I.O.): 

Protest  bilan  kelishmayman,  hal  qiluv  qarorini  o‘z  kuchida  qoldirishiningizni 

so‘rayman.  Biz  budjet  tashkiloti  hisoblanmaymiz.  Bizning  korxonamiz  har  yili 

nazoratdan o‘tadi. Oxirgi marta 2012-yilda tekshirish bo‘lgan, biz natijalarini taqdim 

qilishimiz mumkin. 

Savollar bo‘lmadi. 

Sudlov  hay’ati  maslahatlashib,  o‘z  joyida  ajrim  qildi,  ish  bo‘yicha  korxona 

ustavi, tekshirish bo‘yicha ma’lumotnoma, va boshqa hujjatlar zarurligi tufayli, ishni 

ko‘rish 2014-yil 14-noyabr soat 09-00 ga qadar qoldirilsin. 

2014-yil  14-noyabr  kuni  sudlov  hay’ati  o‘zgarmagan  tarkibda  ish  ko‘rishni 

boshlaydi. 

Kotib sud majlisiga taraflar kelganligini ma’lum qildi. 

Raislik etuvchi savoliga: 

(F.I.O.): 

E’tiroznoma  taqdim  qilaman.  Bizga  hech  qanaqa  mukofot  berilmagan,  faqat  

Navro‘z va temiryo‘lchilar kuniga mukofot berilgan. Men ishga kirganimda oyligimga 

30% qo‘shimcha foiz qo‘shilgan. Injenerlar bilan bir qatorda ishlaymiz, lekin bizning 

otpuskamiz  21  kun,  ularniki  31  kun.  Ish  bo‘yicha  korxona  taqdim  qilgan  jadval 

bo‘yicha ham bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan. 

Savollar bo‘lmadi. 

Raislik etuvchi savoliga 

(F.I.O.): 

Korxona  ustavini  taqdim  qilaman,  tekshirish  bo‘yicha  ishga  aloqador  hujjatlar 

mavjud emas.  

Savollar bo‘lmadi. 

Arizalar bo‘lmadi. 

Qo‘shimchalar taqdim etilmadi. 

Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.) fikri: 

Protestni quvvatlayman, uni qanoatlantirishingizni so‘rayman. 

Sudlov hay’ati maslahat xonasida qoldi. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling