Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

 

527 


 

Qayd etilgan holatlarga huquqiy baho berar ekan, sud arizadagi vajlar hal qiluv 

qarorini yangi ochilgan holat bo‘yicha bekor qilishga asos bo‘la olmasligini e’tiborga 

olgan holda, arizani rad etish to‘g‘risida xulosaga keladi. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra  hamda  FPKning  362-,  364-,  237–238-moddalari 

qo‘llanilib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  “Fuqarolik  protsessual 

qonun  hujjatlari  ayrim  normalarining  sudlar  tomonidan  qo‘llanilishi  haqida”gi 

(O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2003-yil  19-dekabrdagi  19-sonli 

qarori, Oliy Sud Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli, 2010-yil 14-may 5-sonli 

qaroriga  asosan  kiritilgan  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  bilan)  qarorida 

ko‘rsatilganlardan kelib chiqib, sud 

 

Ajrim  qiladi: 

 

(F.I.O.)  va  (F.I.O.)larning  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.)  va 



(F.I.O.)larga  nisbatan  turar-joydan  ko‘chirish,  uyga  kiritish  va  foydalanish  huquqini 

yo‘qotgan deb topish haqidagi fuqarolik ishi bo‘yicha sudning 2010-yil 21-sentabrdagi 

hal  qiluv  qarorini  yangi  ochilgan  holat  bo‘yicha  qayta  ko‘rish  haqidagi  arizasini 

qanoatlantirish rad qilinsin. 

Ajrimdan  norozi  tomon  10  kunlik  muddat  ichida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

Toshkent shahar sudiga shu sud orqali xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishi 

mumkin. 

 

Raislik etuvchi:                            imzo                                                 (F.I.O.)  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

528 


 

XVI BOB BO‘YICHA ILOVALAR 

Ijro varaqasi namunasi 

 

1-1492/14-sonli  



I J R O  V A R A Q A S I 

2014-yil 14-iyun 

 

                                        1-155/09-sonli ish yurituvda 



 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi 2014-

yil  iyun  oyining  14-kuni  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  qarz 

summasi, bank foizi, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo 

arizasi yuzasidan yuritilgan fuqarolik ishini ko‘rib chiqib,  

 

Qaror   qiladi:  

Javobgar  (F.I.O.)  dan  da’vogar  (F.I.O.)    foydasiga  930.982  so‘m  bank  foizi 

undirilsin. 

Qarzdor to‘g‘risidagi ma’lumotlar: (F.I.O.) 1963-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, 

millati  o‘zbek,  ma’lumoti  o‘rta,  ishlamaydi,  Toshkent  shahri  Yakkasaroy  tumani 

Qushbegi mavzesi 1-uy 88-xonadonda istiqomat qiladi.  

Undiruvchi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar:  (F.I.O.)  1951-yilda  tug‘ilgan,  millati 

ozarbayjon, ma’lumoti o‘rta, ishlamaydi, Toshkent shahri Uchtepa tumani Chilonzor 

26-mavzesi 3-uy 69-xonadonda istiqomat qiladi.  

 

 Hal qiluv qarori 2014-yil 4-iyul kuni qonuniy kuchga kirdi. 



 Ijro varaqasi 2014-yil 9-iyulda berildi.  

 

Sudya:                                               imzo                                                      F.I.O 



 

Ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror namunasi 

QAROR 

Ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish haqida 

 

     2014-yil 17-mart                                                                         Toshkent shahri 



 

Toshkent  shahar  Mirzo  Ulug‘bek  tuman  sud  ijrochilar  bo‘limi  sud  ijrochisi 

(F.I.O.)  M.Ulug‘bek  DSIning  2014-yil  19-fevraldagi  qaroriga  asosan  qarzdor 

(F.I.O.)dan  davlat  foydasiga  481.000  so‘m  jarima  undirish  haqidagi  2014-yil  17-

martda ish yurituviga kelib tushgan 10873/7-sonli ijro hujjatlari bilan tanishib chiqib, 

quyidagilarni 



 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

529 


 

Aniqladi: 

Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar 

hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi talablariga javob beradi va 

ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o‘tmagan. Shunga ko‘ra, ijro hujjatini ijro ishi 

yuritishni qo‘zg‘atmasdan qaytarish uchun asoslar mavjud emas. 

Bayon  etilganlarga  asosan  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  “Sud  hujjatlari  va 

boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish  to‘g‘risida”gi  Qonunining  23-,  30-,  53-,  86-

moddalarini qo‘llab, 

 

Qaror  qildi: 

Qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan 10873/7-sonli ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilsin. 

Ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan kundan boshlab ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni 

ixtiyoriy ravishda bajarish uchun qarzdorga 5 kunlik  muddat belgilansin. 

Ushbu  belgilangan  ixtiyoriy  muddatda  ijro  hujjati  bo‘yicha  undirilishi  lozim 

bo‘lgan 481.000 so‘m undiruvchiga to‘lansin va sud ijrochisiga taqdim qilinsin. 

Qarzdor ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun sud ijrochisi tomonidan 

belgilangan  muddatda  ijro  etmagan  taqdirda,  undan  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2007-yil  1-noyabrdagi  PQ-722-son  qaroriga  asosan  undirilishi  lozim 

bo‘lgan  summaning  1%    miqdorida  ijro  yig‘imi  undirilishi  hamda  O‘zbekiston 

Respublikasi  “Sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish  to‘g‘risida”gi 

Qonunining  75-77-moddalariga  asosan  ijro  harakatlarini  amalga  oshirish  xarajatlari 

uning  hisobidan  qoplanib,  unga  nisbatan  O‘zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy 

javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 198

1

 -moddasiga asosan (fuqarolarga  eng kam 



oylik ish haqining besh baravari – 480.505 so‘mdan o‘n baravari – 961.050 so‘mgacha 

miqdorda)  jarima  solinishi,  ularni  undirish  uchun  majburiy  ijro  etish  choralari 

qo‘llanishi,  jumladan,  qarzdor  jismoniy  shaxsning  O‘zbekiston  Respublikasidan 

chiqish huquqlari vaqtincha cheklanishi to‘g‘risida  ogohlantirilsin.  

Qarzdor muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish 

majburiyatini  yuklovchi  sud  hujjatini  bajarishdan  bo‘yin  tovlashni  ma’muriy  jazo 

qo‘llanilgandan  keyin  davom  ettirsa,  shuningdek,  sud  hujjatining  ijro  etilishiga 

to‘sqinlik  qilgan  taqdirda,  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  232-

moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilsin. 

Qaror nusxasi qarzdorga topshirilishi bilan bir vaqtda uning hisob raqamidagi pul 

mablag‘lari va mol-mulklari xatlansin. 

Qaror nusxasi qarzdorga ijro etish uchun, undiruvchi va ijro hujjatini chiqargan 

organga ma’lumot uchun yuborilsin. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

530 


 

Qaror  ustidan  qaror  chiqarilgan  kundan  e’tiboran  o‘n  kunlik      muddat  ichida 

sudga,  bo‘ysunuv  tartibida  yuqori  turuvchi  organga,  mansabdor  shaxsga  shikoyat 

berish  yoki  qonunda  belgilangan  tartibda  prokuror  tomonidan  protest  keltirilishi 

mumkin. 

 

 



Toshkent shahar Mirzo Ulugbek 

tuman sud ijrochilar bo‘limi sud ijrochisi:                      imzo                      (F.I.O.)  



 

Ijro harakatlarini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi qaror namunasi 

 

QAROR 

ijro harakatlarini keyinga qoldirish to‘g‘risida 

 

         2014-yil 15-dekabr   



 

 

                         Toshkent shahri   



 

Mirobod  tuman  sud  ijrochilari  bo‘limi  sud  ijrochisi  (F.I.O.)  Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining  2014-yil 15-noyabrdagi 1568-sonli qarzdor 

(F.I.O.)dan  undiruvchi  (F.I.O.)  foydasiga    qarz  undirish  to‘g‘risidagi  ijro  hujjati 

yuzasidan  2014-yil  10-dekabrda    qo‘zg‘atilgan  10873/7-sonli  ijro  ishi  bilan  tanishib, 

quyidagilarni 

 

Aniqladim: 

Ijro  hujjati  bo‘yicha  2014-yil  14-dekabrda  qarzdor  (F.I.O.)  otasi  vafot  etganligi 

sababli ijro hujjati ijrosini 10 kunga keyinga qoldirib turishni so‘ragan. 

Ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan holatlar mavjud bo‘lgan 

taqdirda,  sud  ijrochisi  ijro  harakatlarini  qarzdorning  arizasiga  binoan  yoki  o‘z 

tashabbusi bilan ko‘pi bilan 10 kun muddatga keyinga qoldirishi mumkin. 

Sud  ijrochisi  tomonidan  ushbu  holat  ijro  harakatlarini  keyinga  qoldirish  uchun 

yetarli asos deb topildi.  

Bayon  etilganlarga  asosan  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  “Sud  hujjatlari  va 

boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunining 33- va 86-moddalarini 

qo‘llab,  

 

Qaror  qildim: 

Ijro  harakatlari  2014-yil  15-dekabrdan  10  kunga  –  2014-yil  25-dekabrga  qadar 

keyinga qoldirilsin. 

Qaror  nusxasi  undiruvchiga,  qarzdorga  va  ijro  hujjatini  chiqargan  organga 

yuborilsin. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

531 


 

  Qaror  ustidan  qaror  chiqarilgan  kundan  e’tiboran  o‘n  kunlik  muddat  ichida 

sudga shikoyat yoki protest bildirish mumkin. 

 

Sud ijrochisi:                                             imzo                                            (F.I.O.)  



 

Ijro harakatlarini to‘xtatib turish haqidagi ariza namunasi 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod  

 tumanlararo sudi raisi (F.I.O.)ga 

 

ARIZA 

(ijro harakatlarini to‘xtatib turish haqida)  

 

Bektemir  tuman  sud  ijrochilari  bo‘limi  sud  ijrochisi  (F.I.O.)  jinoyat  ishlari 



bo‘yicha  Bektemir  tuman  sudining  2008-yil  25-fevraldagi  qarzdor  (F.I.O.)dan 

undiruvchi (F.I.O.) foydasiga 235000 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 

2008-yil 10-mayda qo‘zg‘atilgan 130-sonli ijro ishi yuritish ishi bo‘yicha olib borilgan 

majburiy ijro harakatlari amalga oshirilishi jarayonida qarzdorning yashash manzili va 

uning mol-mulklari joylashgan joyini aniqlash imkoni bo‘lmadi. 

Toshkent  shahar  IIBB  YHXBning  2008-yil  27-mart  kungi  ma’lumotnomasiga 

ko‘ra,  qarzdor  (F.I.O.)    nomida  2001-yilda  ishlab  chiqarilgan,  VAZ  2106  rusumli 

davlat  raqami  10  A  1777  bo‘lgan,  oq  rangli  yengil  avtotransport  vositasi  mavjudligi 

ma’lum qilingan. 

Sud ijrochisining 2008-yil 3-apreldagi qarori bilan qarzdor (F.I.O.) hamda uning 

nomida  bo‘lgan  VAZ-2106  rusumli  avtotransport  vositasiga  nisbatan  qidiruv  e’lon 

qilingan. 

O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro 

etish to‘g‘risida”gi Qonuni 35-moddasi 5-bandida qarzdor, uning mol-mulki yoki olib 

qo‘yilishi  lozim  bo‘lgan  bola  qidirilayotganida  ijro  ishi  yuritish  to‘xtatib  turilishi 

belgilangan. 

Shuningdek, mazkur Qonunning 38-moddasida ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish 

sud ijrochisi joylashgan sud tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Sirg‘ali  tumanlararo  sudining 

2008-yil  12-yanvardagi  1-16095/08-sonli  qarzdor  (F.I.O.)dan  undiruvchi  (F.I.O.) 

foydasiga  2.765.000  so‘m  undirish  to‘g‘risidagi  ijro  hujjati  ijrosini  qarzdor  yoxud 

uning  mol-mulki  topilguniga  qadar  to‘xtatib  turish  masalasini  hal  qilib  berishingizni 

so‘rayman. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

532 


 

Ilova:  


1) Ijro varaqasi nusxasi; 

2) ijro ishi yuritish haqidagi qaror nusxasi;  

3)  qarzdor  va  uning  mol-mulkiga  nisbatan  qidiruv  e’lon  qilish  haqidagi  qaror 

nusxasi. 

 

Bektemir tuman sud ijrochilari bo‘limi  



katta sud ijrochisi:    

                   imzo                                 (F.I.O.)  

 

 

Sudning ijro harakatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi ajrimi namunasi 



 

AJRIM 

 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudining 

sudyasi  (F.I.O.)  2014-yil  avgust  oyining  24-kuni  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar 

(F.I.O.)ga  nisbatan  mol-mulkni ro‘yxatdan  chiqarish  haqidagi da’vo  arizasi  bo‘yicha 

yuritilgan fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni  

 

Aniqladim: 

Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) ga nisbatan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish 

haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy 

tuman sudining 2011-yil 16-maydagi hukmi bilan davlat foydasiga o‘tkazilgan davlat 

raqami 01 Y 869 CA bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashinani ro‘yxatdan chiqarishni 

so‘ragan. 

FPKning  249-moddasi,  1-qismining  4-bandida,  sud  mol-mulkni  xatlashdan 

chiqarish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atilgan taqdirda, uni sotish to‘xtatilishi ko‘rsatilgan. 

Ish  hujjatlarini  o‘rganib  chiqib,  mazkur  fuqarolik  ishi  mazmunan  ko‘rib 

chiqilguniga  qadar  yuqorida  ko‘rsatilgan  sudning  2014-yil  16-maydagi  hukmiga 

asosan,  davlat  foydasiga  qaratilgan  davlat  raqami  01  Y  869  CA  bo‘lgan  “Neksiya” 

rusumli avtomashina yuzasidan ijro harakatlarini to‘xtatib turishni lozim topaman. 

Yuqoridagilarga asosan va FPKning 249-, 237–238-moddalarini qo‘llab, sud  

 

Ajrim  qilaman: 

Da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  mol-mulkni  ro‘yxatdan 

chiqarish  haqidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  fuqarolik  ishi  mazmunan  ko‘rib 

chiqilguniga  qadar  jinoyat  ishlari bo‘yicha  Yakkasaroy  tuman  sudining 2011-yil  16-

maydagi hukmi bilan davlat foydasiga qaratilgan davlat raqami 01 Y 869 CA bo‘lgan 

“Neksiya” rusumli avtomashina yuzasidan ijro harakatlari to‘xtatilsin. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

533 


 

Ajrim  nusxasi  ijro  qilish  uchun  Yakkasaroy  tuman  sud  ijrochilari  bo‘limiga 

yuborilsin. 

Ajrim ustidan 10 kun muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar 

sudiga shu sud orqali xususiy shikoyat berish yoki xususiy protest keltirish mumkin. 

 

Sudya:   



 

 

imzo   



 

 

(F.I.O.)  



 

Sudning ijro ishini yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi namunasi 

 

AJRIM 

 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudining 



sudyasi  (F.I.O.)    2014-yil  noyabr  oyining  5-kuni  Yakkasaroy  tuman  sud  ijrochilari 

bo‘limi sud ijrochisi (F.I.O.)ning ijro ishini tugatish masalasini hal qilib berish haqidagi 

arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni  

 

Aniqladi: 

 

Undiruvchi  “Toshissiqquvvati”  IChB  qarzdor  (F.I.O.)ga  nisbatan  kommunal 



to‘lovlari  uchun  qarzdorlikni  undirish  to‘g‘risida  sud  buyrug‘i  chiqarish  haqidagi 

arizasi bilan sudga murojaat qilgan. 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  2012-yil  23-

apreldagi  sud  buyrug‘i  bilan  qarzdor  (F.I.O.)dan  234 197  so‘m  miqdorida  qarz 

summasi undirilgan. 

Yuqorida  ko‘rsatilgan  sud  buyrug‘iga  asosan  Yakkasaroy  tuman  sud  ijrochilari 

bo‘limi  tomonidan  ijro  ishi  qo‘zg‘atilgan.  Ijro  harakatlari  vaqtida  qarzdor  (F.I.O.) 

2011-yil 18-aprelda vafot etganligi aniqlangan. 

Shu sababli, Yakkasaroy tuman sud ijrochilari bo‘limi sud ijrochisi (F.I.O.) sudga 

ariza  bilan  murojaat  qilib,  suddan  ijro  ishini  tugatish  masalasini  hal  qilib  berishni 

so‘ragan. 

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish 

to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasiga ko‘ra, undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, 

u vafot etgan deb e’lon qilinganda, bedarak yo‘qolgan deb topilganda, agar sud hujjati 

yoxud  boshqa  organning  hujjatida  qo‘yilgan  talablar  yoki  majburiyatlar  huquqiy 

vorisga yoki bedarak yo‘qolganning mol-mulkini ishonchli boshqarib turgan shaxsga 

o‘tishi mumkin bo‘lmasa, ijro ishini yuritish sud tomonidan tugatiladi. 

Yuqorida  ko‘rsatilgan  qonun  talabidan  kelib  chiqib,  sud  ijrochisi  (F.I.O.)ning 

arizasini qanoatlantirishni lozim topaman. 

Yuqoridagilarga asosan va FPKning 237–238-moddalarini qo‘llab, sud  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

534 


 

Ajrim  qiladi: 

Yakkasaroy  tuman  sud  ijrochilari  bo‘limi  sud  ijrochisi  (F.I.O.)ning  arizasi 

qanoatlantirilsin. 

Undiruvchi “Toshissiqquvvati” IChBning qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan kommunal 

to‘lovlari uchun qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i chiqarib berish haqidagi 

arizasiga  asosan  chiqarilgan  S-2-I-12522/12-sonli  sud  buyrug‘i  yuzasidan  ijro  ishi 

tugatilsin.   

  Ajrim ustidan 10 kun muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar 

sudiga shu sud orqali shikoyat berish yoki protest keltirish mumkin. 

 

Sudya:   



 

 

imzo   



 

 

   (F.I.O.)  



 

QAROR 

(avtomototransport vositasiga taqiq solish to‘g‘risida) 

 

2014-yil 8-yanvar   



 

                                    Toshkent shahri 

 

Toshkent  shahar  Mirzo  Ulug‘bek  tuman  sud  ijrochilari  bo‘limi  sud  ijrochisi 



(F.I.O.), fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2012-yil 15-

iyuldagi SB35078/11-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor (F.I.O.)dan undiruvchi UP 

PO  “Toshissiqquvvati”  foydasiga  167.299  so‘m  undirish  to‘g‘risidagi  ijro  hujjati 

yuzasidan  2012-yil  26-oktabrda  qo‘zg‘atilgan  32662/2-sonli  ijro  ishi  bilan  tanishib, 

quyidagilarni  

 

Aniqladi: 

    Majburiy  ijro  harakatlari  jarayonida  Toshkent  shahar  IIBB  YXXB  RIB 

ma’lumoti bilan qarzdor (F.I.O.) dan Toshkent shahar IIB YXXB RIBning 2012-yil 

19-noyabrdagi ma’lumotnomasiga binoan AAS2247256-sonli avtotransport vositasini 

qayd  etish  guvohnomasiga  asosan  tegishli  bo‘lgan  2009-yilda  ishlab  chiqarilgan, 

kuzov  raqami  207203,  dvigatel  raqami  084162  va  davlat  raqam  belgisi  01Y781AA 

bo‘lgan Matiz rusumli avtomashina ro‘yxatga olingan. 

Mazkur  avtomototransport  vositasiga  taqiq  solib,  taqiq  solish  qarori  va 

avtomototransport  vositasini  ro‘yxatga  olish  dalolatnomasini  ma’lumotlar  bankini 

yurituvchi  notarial  idoraga  yuborishni  hamda  bu  haqda  avtomototransport  vositasi 

qayd etilgan tegishli IIB YHXB RIBga xabar berishni lozim deb hisoblaydi. 

     Bayon etilganlarga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va 

boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish  to‘g‘risida”gi  Qonunining  21-,  86-moddasini 

qo‘llab,  

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

535 


 

Qaror  qildi: 

1.  Qarzdor  Mirzo  Ulugbek  tumani  Qodirova  ko‘chasi,  2-uy  4-xonadonda 

yashovchi  (F.I.O.)ga  Toshkent  shahar  IIB  YXXB  RIBning  2011-yil  19-noyabrdagi 

ma’lumotnomasiga  binoan  AAS2247256-sonli  avtotransport  vositasini  qayd  etish 

guvohnomasiga  ko‘ra  tegishli  bo‘lgan  2009-yilda  ishlab  chiqarilgan,  kuzov  raqami 

207203,  dvigatel  raqami  084162  va  davlat  raqam  belgisi  01Y781AA  bo‘lgan  Matiz 

rusumli avtomashinaga taqiq solinsin. 

2.  Mazkur  qaror  va  avtomototransport  vositasini  ro‘yxatga  olish  dalolatnomasi 

ma’lumotlar  bankini  yurituvchi  Mirzo  Ulugbek  tumanidagi  1-sonli  davlat  notarial 

idorasiga yuborilsin. 

3. Avtomototransport vositasiga taqiq solinganligi to‘g‘risida Toshkent shahar IIB 

YXXB RIBga xabar berilsin.  

4. Qaror nusxasi qarzdor va undiruvchiga ma’lumot uchun yuborilsin. 

5.  Qaror  ustidan  ushbu  qaror  chiqarilgan  kundan  e’tiboran  o‘n  kunlik  muddat 

ichida  sudga,  bo‘ysunuv  tartibida  yuqori  turuvchi  organga,  mansabdor  shaxsga 

shikoyat  berish  yoki  qonunda  belgilangan  tartibda  prokuror  tomonidan  protest 

keltirilishi mumkin. 

 

Mirzo Ulug‘bek tuman sud ijrochilari  

bo‘limi sud ijrochisi:                           imzo                                       (F.I.O.)  

 

 



 

                                        «TASDIQLAYMAN» 

                                               Mirzo Ulugbek tuman sud ijrochilari bo‘limi boshlig‘i 

                                                                       __________ (F.I.O.)  

 

QAROR 

(Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida) 

 

    2014-yil  6-avgust 



 

                             Toshkent shahri 

 

Mirzo  Ulug‘bek  tuman  sud  ijrochilar  bo‘limi  sud  ijrochisi  (F.I.O.),  fuqarolik 



ishlari  bo‘yicha  Mirzo  Ulug‘bek  tumanlararo  sudining  2012-yil  15-iyundagi  ijro 

varaqasiga asosan qarzdorlar (F.I.O.)dan undiruvchi (F.I.O.) foydasiga 1/4 aliment va 

davlat  foydasiga  62.920  so‘m  davlat  boji  undirish  to‘g‘risidagi  ijro  hujjati  yuzasidan 

21497-98/08- sonli ijro ishi bilan  tanishib, quyidagilarni 

 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

536 


 

Aniqladi: 

Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi 

talablar  belgilangan  muddatda  qarzdor  jismoniy  shaxs  tomonidan  uzrsiz  sabablarga 

ko‘ra  ijro  etilmaganda,  sud  ijrochisi  hamda  undiruvchining  arizasi  bo‘yicha  yoki o‘z 

tashabbusi  bilan  qarzdor  jismoniy  shaxsning  O‘zbekiston  Respublikasidan  chiqishini 

vaqtincha cheklashi lozim.  

Ijro  hujjati  yuzasidan  qarzdor  sud  ijrochisi  tomonidan  ijro  hujjatini  ixtiyoriy 

ravishda  ijro  etish  yuzasidan  ogohlantirilgan  bo‘lsa-da,  uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  ijro 

hujjatining 

ijrosini 

ta’minlamagan. 

Shu  sababli  qarzdorning 

O‘zbekiston 

Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash lozim deb hisoblanadi. 

Bayon  etilganlarga  asosan  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  “Sud  hujjatlari  va 

boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish  to‘g‘risida”gi  Qonunining  21-,  42

1

-,  86-


moddalarini qo‘llab,  

 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling