Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63

ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

 

62 


 

IV BОB

 

ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslar,  shuningdek,  nizo  predmeti 



ko‘rsatiladi. 

Hal  qiluv  qarorining  bayon  qismi  da’vo  talablarini,  javobgar 

e’tirozlarining qisqacha mazmuni va ishda ishtirok etuvchi boshqa 

shaxslarning  tushuntirishlarini  aks  ettirmog‘i  lozim.  Da’vogarning 

da’voni  o‘zgartirganligi,  (da’voning  asosini  yoki  predmetini 

o‘zgartirish,  da’vo  talablarining  miqdorini  oshirish  yoki 

kamaytirish,  da’vodan  voz  kechish)  shu  qismda  ko‘rsatilmog‘i 

kerak. 

Hal  qiluv  qarorining  asoslantiruvchi  qismida  sudning  ish 

bo‘yicha  chiqargan  xulosasining  faktik  va  huquqiy  asoslari  bayon 

etilishi lozim. Jumladan, hal qiluv qarorining bu qismida ishning sud 

tomonidan  aniqlangan  holatlari,  ishning  holatlari  to‘g‘risidagi  sud 

xulosalariga asos bo‘lgan dalillar, sud u yoki bu dalilni rad qilishda 

asoslangan  xulosalar,  shuningdek,  nizoli  munosabatni  tartibga 

soluvchi moddiy huquq me’yorlari (fuqarolik, oila, yer, mehnat, uy-

joy to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar) keltirilmog‘i, qonunning nomi, 

moddasi, bandi, boshqa qonun hujjatlarining soni va qabul qilingan 

sanasi  hamda  protsessual huquqiy  me’yorlari  ko‘rsatilmog‘i  lozim. 

Zarur  holatlarda,  sud  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi 

Plenumining tegishli qarorlarini ham qo‘llashi lozim. Agar javobgar 

da’voni  tan  olsa,  asoslantirish  qismida  faqat  da’vo  talabining  tan 

olinganligi  va  uning  sud  tomonidan  qabul  qilinganligi  ko‘rsatilishi 

mumkin. 

Hal  qiluv  qarorining  xulosa  qismida  taraflarning  familiyasi, 

ismi,  otasining  ismi  va  yuridik  shaxsning  nomi  to‘liq  keltirilishi, 

da’vo  talablarining  qanoatlantirilganligi  (to‘liq  yoki  qisman)  yoki 

butunlay yoxud qisman rad etish haqidagi sudning xulosasi aniq aks 

ettirilgan 

bo‘lishi 

lozim. 

Shuningdek, 

sud 

xarajatlarining 

taqsimlanishi,  hal  qiluv  qarori  ustidan  shikoyat  berish  muddati  va 

tartibi ko‘rsatilishi shart. Hal qiluv qarorining xulosa qismi qarorni 

ijro etish chog‘ida tushunmovchiliklar va nizolar vujudga kelmasligi 

uchun tushunarli va aniq tarzda ifoda etilmog‘i kerak.

 

ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

 

63 


 

IV BОB

 

Ayrim  toifadagi  ishlar  bo‘yicha  chiqariladigan  hal  qiluv  qarorlarining 



o‘ziga xos xususiyatlari mavjud: 

Sud  tashkilotlardan  pul  summalarini  undirish  to‘g‘risidagi  hal 

qiluv  qarorida  undiriladigan  pul  summasining  turi,  shuningdek, 

undiriladigan summa javobgarning bankdagi qaysi hisobidan olinishi 

kerakligi ko‘rsatadi; 

Sud mol-mulkni natura tarzida undirish to‘g‘risida chiqargan hal 

qiluv qarorida, agar hal qiluv qarorini ijro etish vaqtida mazkur mulk 

naqd  bo‘lmasa,  javobgardan  undirib  olinishi  lozim  bo‘lgan  mulk 

qiymati ko‘rsatadi; 

Sud  javobgar  zimmasiga  mol-mulk  yoki  pul  berish  bilan  bog‘liq 

bo‘lmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan 

hal  qiluv  qarorida,  agar  javobgar  hal  qiluv  qarorini  belgilangan 

muddatda  bajarmasa,  da’vogar  bu  harakatlarni  javobgarning 

hisobidan  bajarib,  qilgan  xarajatlarini  keyinchalik  javobgardan 

undirib  olishga  haqlidir,  deb  ko‘rsatishi  mumkin.  Agar  mazkur 

harakatlar  faqat  javobgar  tomonidan  bajarilishi  mumkin  bo‘lsa,  sud 

hal  qiluv  qarorida  uni  bajarish  lozim  bo‘lgan  muddatni  belgilab 

qo‘yadi. 

 FPKning  212-moddasida  ish  bo‘yicha  hal  qiluv  qarori  o‘qib 

eshittirilganidan  keyin,  shu  qarorni  chiqargan  sudning  o‘zi  uni  bekor 

qilishga  yoki  o‘zgartirishga  haqli  emas,  sirtdan  chiqarilgan  qaror  bundan 

mustasno  ekanligi  belgilangan.  Lekin  yangi  ochilgan  holatlar  bo‘yicha  va 

fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki fuqaroni o‘lgan deb e’lon qilish 

to‘g‘risidagi  hal  qiluv  qarorlarini,  bedarak  yo‘qolgan  deb  topilgan  yoki 

o‘lgan  deb  e’lon  qilingan  fuqaro  qaytib  kelgan  yoki  uning  turar  joyi 

aniqlangan  taqdirda  ham  sudyaning  o‘zi  tomonidan  bekor  qilinishi 

mumkin. 


Shuningdek,  sud  hal  qiluv  qarorining  yozuvidagi  xatolarni  va  ochiq 

ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni o‘z tashabbusi bilan yoki ishda ishtirok 

etuvchi  shaxslarning  arizasiga  ko‘ra  tuzatishi  mumkin.  Tuzatish  kiritish 

masalasi  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  xabardor  qilingan  holda  sud 

majlisida  hal  etiladi.  Biroq,  bu  shaxslarning  kelmasligi  tuzatish  kiritish 

masalasini ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. 



ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

 

64 


 

IV BОB

 

Hal qiluv qaroriga tuzatish kiritish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan 



xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. 

Chiqarilgan  hal  qiluv  qarori  tushunarsiz  bo‘lgan  taqdirda,  ishni  hal 

qilgan  sud  o‘z  tashabbusi  bilan  yoki  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 

arizasiga  ko‘ra  hal  qiluv  qarorini  uning  mazmunini  o‘zgartirmagan  holda 

FPKning  215-moddasida  belgilangan  qoidalarga  ko‘ra  tushuntirishi 

mumkin. Agar hal qiluv qarori ijro qilinmagan va uni majburiy ijro qildirish 

mumkin bo‘lgan muddat o‘tmagan bo‘lsa, uni tushuntirishga yo‘l qo‘yiladi. 

Hal  qiluv  qarorining  tushunish  qiyin  bo‘lgan  qismlarini  to‘liqroq  va 

tushunarli bayon etishda, sud uning mazmunini o‘zgartirishga va hal qiluv 

qarorida bayon etilmagan masalalarni hal qilishga haqli emas. 

Hal  qiluv  qarorining  mazmunini  aks  ettiruvchi  masalalar  FPKning 

206–211-moddalarida belgilangan. Shuning uchun ham, da’vo talablarining 

mazmunan  qaror  qabul  qilinmagan  qismi  bo‘yicha  sudning  xulosasi,  hal 

qiluv 


qarorining 

xulosa 


qismiga 

kiritilishi 

mumkin 

emas                       



(FPKning  92-,  93-,  97-,  99-,  100-moddalari).  Bu  xulosalar  ajrim  shaklida 

ifodalanib (FPKning 237–238-moddalari), hal qiluv qaroridan alohida holda 

chiqariladi. 

 

5-§. Qo‘shimcha hal qiluv qarori va uni rasmiylashtirishning 

protsessual tartibi 

 

Sudning  hal  qiluv  qarorida  arz  qilingan  da’vo  talablariga  to‘liq  va 



asoslantirilgan  javob  berilishi  kerak  hamda  sud  xarajatlari  masalalari  hal 

etilishi lozim. Agar bunday talablar qondirilmagan bo‘lsa, sud qo‘shimcha 

hal  qiluv  qarori  qabul  qilish  orqali  ushbu  kamchiliklarni  bartaraf  etadi 

(FPKning 214-moddasi). 

Ish  bo‘yicha  hal  qiluv  qarori  chiqargan  sud  ishda  ishtirok  etayotgan 

shaxslarning  arizalariga  ko‘ra  yoki  o‘z  tashabbusi  bilan  quyidagi  hollarda 

qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin: 

a)  huquq  to‘g‘risidagi  masalani  hal  qilib,  undiriladigan  summa 

miqdorini, topshirilishi lozim bo‘lgan mulkni yoki javobgar bajarishi lozim 

bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa; 



ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

 

65 


 

IV BОB

 

Masalan, er-xotinning umumiy mulkini bo‘lish haqidagi hal qiluv 



qarorida umumiy mol-mulk teng miqdorlarda bo‘linishi ko‘rsatilgan, 

lekin,  aynan,  qaysi  mol-mulk  da’vogarga,  qaysinisi  javobgarga 

ajratilishi belgilanmagan, vaholanki, da’vogar nafaqat o‘zining egalik 

huquqidagi  qismini  aniqlashni,  balki  aynan  qaysi  mol-mulk  uning 

egaligiga o‘tishini belgilashni so‘ragan. Taraflar o‘rtasida bo‘linadigan 

mol-mulkning  aniq  ro‘yxati  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarori  chiqarish 

orqali hal etiladi.   

b)  arz  qilingan  talablarning  birortasi  bo‘yicha  ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslar  dalillar  keltirgan  va  tushuntirishlar  bergan  bo‘lsalar-u,  lekin  bu 

xususda hal qiluv qarori chiqarilmagan bo‘lsa; 



Masalan,  otalikni  belgilash  va  aliment  undirish  haqida  da’vo 

qo‘zg‘atilgan.  Sud hal qiluv qarorida otalikni belgiladi, lekin aliment 

undirish masalasi hal etilmay qoldi. Bunday holatda aliment undirish 

to‘g‘risida qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilinishi mumkin. Ammo 

bunday  qarorni  qabul  qilish  uchun  taraflar  tomonidan  aliment 

undirish  masalasida  dalillar  keltirilishi  va  tushuntirishlar  berilgan 

bo‘lishi kerak. 

d) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmagan bo‘lsa. 

Sud,  agar  hal  qiluv  qarorida  sud  xarajatlarini  taqsimlash  masalalariga 

oydinlik kiritilmagan bo‘lsa, qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqaradi. 

Ish  bo‘yicha  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarori  FPKning  214-moddasida 

belgilangan  holatlardagina  va  faqat  ishni  ko‘rish  chog‘ida  aniqlangan 

haqiqiy holatlar asosida chiqarilishi mumkin. Qo‘shimcha hal qiluv qarori 

chiqarish masalasi hal qiluv qarori chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kundan 

kechikmay  qo‘zg‘atilishi  mumkin.  Agar  sudning  hal  qiluv  qaroriga 

apellyatsiya,  kassatsiya  shikoyati  berilgan  yoki  protest  keltirilgan  va  shu 

bilan  bir  vaqtda  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarori  chiqarish  masalasi  ham 

qo‘yilgan bo‘lsa, sud avval qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasini 

hal qilib, keyin ishni kassatsiya bosqich sudiga ko‘rish uchun yuboradi. 

Qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasini qo‘yish bilan bog‘liq 

muddat  uzrli  sabablarga  ko‘ra  o‘tkazib  yuborilgan  holda,  u  FPKning        

130-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan tiklanishi mumkin. 



ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

 

66 


 

IV BОB

 

Qo‘shimcha  hal qiluv  qarori  ish yuzasidan hal qiluv qarori  chiqargan 



sudya (sudyalar) tarkibida, hal qiluv qarorlariga nisbatan qo‘yilgan talablar 

asosida chiqariladi.  Sud qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarishi chog‘ida 

hal  qiluv  qarorining  mazmunini  o‘zgartirishga  yoki  sud  majlisida 

tekshirilmagan yangi masalalarni hal qilishga haqli emas. 

Qo‘shimcha  hal  qiluv  qarori  ustidan  apellyatsiya  tartibida  shikoyat 

berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish 

to‘g‘risidagi  talabni  rad  etish  haqidagi  sudning  ajrimi  ustidan  xususiy 

shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. 



 

6-§. Sud majlisi bayonnomasi mazmuni, shakli va uni 

rasmiylashtirish tartibi 

Sudning  har  bir  sud  majlisi  to‘g‘risida,  shuningdek,  sud  majlisidan 

tashqari qilingan har bir alohida protsessual harakati to‘g‘risida bayonnoma 

tuziladi (FPKning 20-moddasi). 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining bir necha qarorlarida 

sud  majlisining  bayonnomasi  asosiy  protsessual  hujjatlardan  biri  ekanligi, 

uning  ahamiyatini  sud  amaliyotida  yetarlicha  baholamaslik  holatlari 

kuzatilayotganligi  bayon  etiladi.  Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Sudi  Plenumining  1999-yil  24-sentabrdagi  “Fuqarolik  ishlarini  sudda 

ko‘rishga  tayyorlash,  ularni  ko‘rish  muddatlari  to‘g‘risida”gi  qarorining    

14-bandiga  ko‘ra,  sud  majlisi  bayonnomasining  to‘la  va  o‘z  vaqtida 

tuzilishiga,  shuningdek,  uning  to‘g‘riligiga  raislik  etuvchi  va  sud  majlisi 

kotibi  mas’ulligini  nazarda  tutib,  sudlar  kotiblar  malakasi  va  ishni  tashkil 

qilish darajasini oshirishlari zarur.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Rayosatining  2014-yil                

31-martdagi  “Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  tumanlararo,  tuman  (shahar) 

sudlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 

RS-22-14-sonli qaroriga asosan ish ko‘rilib, sudning hal qiluv qarori yoki 

ajrimi  chiqarilgandan  keyin  sud  majlisi  kotibi  quyidagi  harakatlarni 

bajaradi: 

-

 

 ishga  barcha  hujjatlarni  bir  tartibda,  oldin  sud  majlisigacha 



bo‘lgan  qaror,  ajrim  va  boshqa  yozishmalarni,  so‘ng  sud  majlisi 

davomida  qo‘shilgan  (muzokarada  taqdim  etilgan)  hujjatlarni,  keyin 

ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

 

67 


 

IV BОB

 

sud  majlisi  kotibi  va  sudya  tomonidan  imzolangan  sud  majlisining 



bayonnomasini va sudning hal qiluv qarorini yoki ajrimini tikadi; 

-

 



 fuqarolik  ishidagi  varaqlarga  raqam  qo‘yib  chiqadi  va  ishdagi 

barcha  hujjatlarning,  shu  jumladan,  sud  majlisi  bayonnomasining 

necha varaqdan iborat ekanligi haqida ro‘yxat tuzib, o‘z imzosi bilan 

tasdiqlaydi; 

-

 



 sud  majlisida  ko‘rishga  tayinlangan  ishlarning  hisobini  olib 

borish daftariga ishning ko‘rilganlik natijalarini qayd etadi; 

-

 



 sud qarori darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha ijro 

varaqalarini yozadi. 

 

Eslab  qoling!  FPKning  314-moddasi  2-qismi  8-bandi  talabiga 

muvofiq,  ishda  sud  majlisi  bayonnomasi  mavjud  bo‘lmasa  yoki  u 

imzolanmagan bo‘lsa, hal qiluv qarori, ajrim, qaror majburiy tartibda bekor 

qilinishi shartligi belgilangan. 

  

FPKning  22-moddasiga  binoan  bayonnoma  raislik  etuvchi  va  sud 



majlisi  kotibi  tomonidan  sud  majlisi  tugagach,  uch  kundan  kechiktirmay 

imzolanishi  lozim.  Sud  majlisi  bayonnomasini  tuzish  va  imzolashga 

muddat  belgilanishi  sud  protsessi  ishtirokchilari  o‘z  vaqtida  bayonnoma 

yuzasidan e’tiroz keltirishlari hamda sud qarori ustidan shikoyat qilishlarida 

muhim ahamiyatga egadir. 

Bayonnomada  barcha  muhim  harakatlar  to‘liq  va  aniq  aks  ettiriladi, 

chunonchi ularning amalga oshish tartibi qanday bo‘lsa, bayonnomada ham 

shunday bo‘ladi. 

Sud  majlisining  bayonnomasida  ishni  ko‘rishning  yoki  alohida 

protsessual  harakatlarni  amalga  oshirishning  barcha  muhim  jihatlari  aks 

ettirilishi lozim.  

Sud 

majlisining 

bayonnomasida, 

xususan, 

quyidagilar 

ko‘rsatiladi: 

1) sud majlisi bo‘lib o‘tgan yil oy, kun va joy; 

2) sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt; 

3) ishni ko‘rayotgan sudning nomi, sud tarkibi va sud majlisining 

kotibi; 


ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

 

68 


 

IV BОB

 

4) ishning nomi; 



5)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  va  odil  sudlovga 

ko‘maklashayotgan  shaxslarning  kelgan-kelmaganligi  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlar; 

6)  sudning  taraflar  va  protsessning  boshqa  ishtirokchilariga 

ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi; 

7)  ushbu  moddaning  5-bandida  ko‘rsatilgan  shaxslarga  chaqiruv 

qog‘ozi 

topshirilganligi 

to‘g‘risidagi 

va 

ular 

sud 

majlisiga 

kelmaganligining sabablari haqidagi ma’lumotlar; 

8)  raislik  qiluvchining  barcha  farmoyishlari  va  sudning  alohida 

xonaga (maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari; 

9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari; 

10)  sudga  taqdim  etilgan  hamma  yozma  va  ashyoviy  dalillar, 

ekspertlarning yozma xulosalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

11)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  tushuntirishlari, 

guvohlarning  ko‘rsatuvlari,  ekspertlarning  o‘z  xulosalarini  og‘zaki 

tushuntirishlari,  mutaxassislarning  fikrlari,  ashyoviy  va  yozma 

dalillarni ko‘zdan kechirishga taalluqli ma’lumotlar; 

12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri; 

13)  sudning  hal  qiluv  qarori,  ajrimi  yoki  qarori  o‘qib 

eshittirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2003-yil  19-



dekabrdagi  “Fuqarolik  protsessual  qonun  hujjatlari  ayrim 

normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 7-

bandiga ko‘ra, da’vodan voz kechilganligi to‘g‘risidagi, da’voning tan 

olinganligi  to‘g‘risidagi,  shuningdek,  kelishuv  bitimiga  erishilganligi 

to‘g‘risidagi  arzlar  sud  majlisi  bayonnomasiga  kiritiladi  va 

tegishincha,  da’vogar,  javobgar  yoki  ikkala  taraf  tomonidan 

imzolanadi. Agar bunday arzlar yozma shaklda taqdim etilgan bo‘lsa, 

mazkur  arizalar  ishga  qo‘shib  qo‘yilib,  bu  haqda  sud  majlisi 

bayonnomasida  ko‘rsatiladi.  Sud  majlisi  bayonnomasiga  kiritilgan 

tushuntirishlar,  ko‘rsatuvlar  va  xulosalar,  agar  sud  zarur  deb  topsa, 

sud protsessi ishtirokchilari (taraflar, guvohlar, ekspertlar) tomonidan 

ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

 

69 


 

IV BОB

 

imzolanishi  mumkin.  Javobgar  arz  qilingan  talablarni  sudda  ish 



ko‘rilayotganda tan olishi ish yuritishni tugatishga asos bo‘la olmaydi. 

Sud  tan  olishni  qabul  qilsa,  arz  qilingan  talablarni  qanoatlantirish 

haqida hal qiluv qarori chiqariladi. 

 

Bayonnoma  kotib  tomonidan  sud  majlisining  o‘zida  yoki  alohida 



protsessual  harakat  amalga  oshirilganida  majlisdan  tashqarida  tuziladi. 

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlari ish uchun ahamiyatli deb hisoblagan 

holatlarni  bayonnomaga  kiritish  to‘g‘risida  iltimosnomalar  taqdim  etishga 

haqlidirlar. Taraflarning, uchinchi shaxslarning o‘zlari qo‘ygan talablardan 

butunlay yoki qisman voz kechganligi, qo‘yilgan talablarga iqrorligi, ishni 

kelishuv  bitimi  bilan  tamomlash  to‘g‘risidagi  arizalari  bayonnomaga 

kiritilib, tegishli bo‘lishiga qarab, taraflarning biri yoki ikkalasi tomonidan 

imzolanadi.  Bayonnoma  sud  majlisi  tamom  bo‘lganidan  yoki  alohida 

protsessual  harakat  amalga  oshirilganidan  keyin  kechi  bilan  uch  kunda 

raislik  qiluvchi  va  sud  majlisining  kotibi  tomonidan  imzolanishi  kerak. 

Kiritilgan  barcha  o‘zgarishlar,  tuzatishlar,  qo‘shimchalar  haqida 

bayonnomada izoh berilishi lozim. 

Majlis  bayonnomasida  sud  ishining  borishi  to‘la  va  xolis  o‘z  aksini 

topishi  uchun  javobgarlikni  qonun  sud  majlislarida  raislik  qiluvchilar 

zimmalariga  yuklaydi.  Bayonnomaga  imzo  chekishdan  oldin  raislik 

qiluvchi  uning  mazmuniga  e’tibor  berib  tanishishi  va  kotibga  zarur 

o‘zgartirishlarni kiritishni taklif qilishi lozim. 

FPKning 23-moddasida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning bayonnoma 

bilan tanishishga huquqlari mavjudligi va unda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va 

kamchiliklarni  ko‘rsata  olishlari  ko‘zda  tutilgan.  Ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslar  sud  majlisining  bayonnomasi  bilan  tanishib  chiqishga  va  u 

imzolangan  kundan  e’tiboran  besh  kun  ichida  unda  yo‘l  qo‘yilgan 

kamchiliklarni yoki uning to‘liq emasligini ko‘rsatib, bayonnoma yuzasidan 

yozma  ravishda  fikr-mulohaza  bildirishga  haqlidirlar.  Bayonnoma 

yuzasidan  bildirilgan  fikr-mulohazalarni  raislik  qiluvchi  ko‘rib  chiqib, 

ularga  qo‘shilsa,  bu  fikr-mulohazalarning  to‘g‘riligini  tasdiqlaydi  va  sud 

majlisining  bayonnomasiga  qo‘shib  qo‘yadi.  Raislik  qiluvchi  bildirilgan 

fikr-mulohazalarga  qo‘shilmasa,  ular  sud  majlisida  ko‘rib  chiqiladi. 



ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

 

70 


 

IV BОB

 

Bildirilgan fikr-mulohazalar hamma hollarda ham ishga qo‘shib qo‘yilishi 



kerak. Bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar ular topshirilgan 

kundan e’tiboran yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor 

qilgan  holda  ko‘rib  chiqilishi  kerak.  Biroq  ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslarning kelmasligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar 

to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.  


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling