Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Ish ko‘rishni keyinga qoldirish bilan ish yuritishni to‘xtatish tushunchalari va asoslari o‘rtasidagi farqlarni tahlil eting. 2. Hal qiluv qarorining sudning boshqa hujjatlari, ya’ni sud buyrug‘i va ajrimdan qanday farqlari mavjud? 3. Sud majlisi bayonnomasi mazmunida nimalar aks etishi lozim? 4. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sudga qanday hujjatlar taqdim etilishi mumkin?
1. A.Suyunov umumiy mol-mulkni bo‘lish haqida Q.Suyunovaga nisbatan sudga da’vo bilan murojaat qilgan. Sudning hal qiluv qarori bilan da’vo qanoatlantirilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi rayosati quyidagi asoslarga ko‘ra hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan birinchi instansiya sudida ko‘rish uchun yuborgan, ya’ni sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilgan bo‘lsada, fuqarolik ishida sud majlisi bayonnomasi mavjud emas.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Sud majlisi bayonnomasini rasmiylashtiring. 2. Prokuror sudga da’vo bilan murojaat etib, “Angrenko‘mirtextrans” korxonasiga yetkazilgan zararni uning rahbari T.Usmonov va bosh hisobchisi R.Kiselyovalardan to‘liq miqdorda undirishni so‘ragan. ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 71
IV BОB
Sudning hal qiluv qarori bilan da’vo qisman qanoatlantirilib, “Angrenko‘mirtextrans” korxonasi foydasiga T.Usmonovdan 99.135 so‘m, R.Kiselyovadan 42.386 so‘m undirilgan. Mazkur sud ish bo‘yicha arifmetik xatoga yo‘l qo‘yilganligini asos qilib ko‘rsatib, T.Usmonov va R.Kiselyovalardan “Angrenko‘mirtextrans” korxonasi foydasiga solidar tartibda 10.326.049 so‘m undirish haqida qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqargan.
rasmiylashtiring. BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 72
V BОB
ajrimlari quyidagi turlarga ajratiladi: Tayyorlov ajrimlari fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlariga nisbatan tatbiq etilib fuqarolik ishlarining harakatga kelishini va hal etilishini ta’minlaydi. Mazkur toifadagi ajrimlarga misol sifatida ishni sudda ko‘rishga tayyorlash, ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish to‘g‘risidagi ajrimlarni ko‘rsatish mumkin bo‘ladi; Тo‘sqinlik qiluvchi ajrimlar protsess boshlanishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki ishni qo‘zg‘atish yoxud ishni sudda mazmunan ko‘rish uchun qonuniy asos mavjud bo‘lmagan hollarda ish yuritish to‘g‘risidagi ajrimlar tushuniladi. Bu xildagi ajrimlarga misol sifatida da’vo arizasini qabul qilishni rad etish, ish yiritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimlarni keltirish mumkin;
qaratilgan ajrimlar, masalan, kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimlarni kiritish mumkin;
protsessual xatoliklarni bartaraf etishga qaratilgan ajrimlar tushiniladi. Xususan, sud hal qiluv qarorining yozuvidagi xatoliklarni va ochiq ko‘rinib turgan protsessual xatoliklarni bartaraf etib, hal qiluv qaroriga tuzatish kiritish to‘g‘risidagi, hal qiluv qarorini tushuntirish masalasi yuzasidan chiqargan ajrimi shular jumlasidandir.
o‘ziga xos jihatlari Sud ajrimlari hal qiluv qarorlaridan farqli o‘laroq, sud muhokamasi davrida, qaror chiqarilganidan keyin, hatto ijro bosqichidagi turli protsessual masalalarni hal qilish bo‘yicha chiqarilishi mumkin. Shuningdek, chet davlatga nisbatan da’vo taqdim etish, da’vo ta’minlanishi va undiruv (FPKning 389-moddasi), chet davlat sudlarining sudga doir topshiriqlarini ijro etish va O‘zbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlariga topshiriq bilan murojaat qilish (FPKning 390-moddasi), chet davlat sudlari va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini ijro etish (FPKning 391-moddasi) masalalari ham sud ajrimlari bilan hal etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2012-yil 25-maydagi 7-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorida tushuntirish berilishicha, birinchi instansiya sudi ajrimlari, ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish natijasi bo‘yicha chiqariladigan ajrimlardan farqli ravishda, ishni mazmunan hal qilmaydigan sud akti hisoblanadi (FPKning 237- moddasi birinchi qismi). BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 73
V BОB
bo‘ladi: – odil sudlov hujjati sifatida sud ajrimlari ham ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud (sudya) uchun, shuningdek, ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lmagan boshqa shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. Masalan, FPKning 81-moddasiga ko‘ra, ishda ishtirok etmayotgan tashkilotlar va fuqarolar talab qilinayotgan ashyoni taqdim etish yoki sud belgilagan muddatda keltirish imkoniga ega bo‘lmasalar, buni sudga ma’lum qilib, sababini ko‘rsatishlari shart. Sudga ma’lum qilinmagan taqdirda, shuningdek, sudning ashyoni taqdim etish to‘g‘risidagi talabini sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra bajarilmagan taqdirda, bunday holatda aybdor bo‘lgan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga va fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin; – sud hal qiluv qaroridan farqli ravishda ajrimlar rad qilib bo‘lmaslik xususiyatiga ega emas. Boshqacha aytganda, sud o‘z ajrimini bekor qilish vakolatiga ega bo‘ladi; – sud hal qiluv qaroriga xos bo‘lgan yagonalik (mustasnolik) xususiyati ayrim istisno holatlarni e’tiborga olgan holda arizani qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimlargagina xos bo‘ladi. Sud ajrimlari mazmuni, shakli va chiqarish tartibi. FPKning 237–238-moddalari mazmunidan kelib chiqib, birinchi instansiya sudining ajrimlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: -
sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladigan ajrimlar; -
joyida chiqariladigan ajrimlar. Mazkur ajrimlarning turlari bir-biridan mazmuni, shakli, chiqarish tartibi va shikoyat qilish usullari bilan farqlanadi.
BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 74
V BОB
ajrimlar alohida protsessual hujjat shaklida chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2012-yil 25-maydagi 7-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandida berilgan tushuntirishga muvofiq, birinchi instansiya sudi murakkab bo‘lmagan masalalarni hal qilish bo‘yicha alohida xona (maslahatxona)ga kirmagan holda ajrim chiqarishi mumkin va bunday ajrimlar jumlasiga uchinchi shaxslar, vakillar, davlat boshqaruvi organlari xodimlarini ishda ishtirok etishga jalb qilish, prokurorning ishda ishtiroki, guvohlarni chaqirish, boshqa dalillarni chaqirib olish yoki ishga qo‘shish, ishni ko‘rishni keyinga qoldirish yoki davom ettirish, qarshi da’voni qabul qilish, dalillarni tekshirish tartibini belgilash, dalillarni joyida ko‘zdan kechirish, ishni mazmunan ko‘rish tamom bo‘lganligini e’lon qilish va sud muzokaralariga o‘tish, ishni mazmunan ko‘rishni tiklash masalalari bo‘yicha chiqarilgan ajrimlar kiradi.
Professor Sh.Sh.Shoraxmetov ham o‘z darsligida sud majlisini boshqa kunga qoldirish, dalillarni tekshirish tartibi, qo‘shimcha dalillar talab qilib olish va boshqa masalalar to‘g‘risidagi ajrimlar sud tomonidan ishning ahvoliga qarab, yuqorida ko‘rsatilgan tartibda yoki alohida xona (maslahatxona)ga kirmasdan majlisning o‘zidayoq kengashib, ayrim hujjat sifatida emas, balki sud majlisining bayonnomasiga yozish yo‘li bilan chiqarilishini ta’kidlagan. Sud majlisi bayonnomasiga kiritish yo‘li bilan chiqariladigan ajrimlar muhokama etilayotgan masalaning predmetini, sud xulosasiga olib kelgan asoslar va sud qo‘llagan qonun normalarini, sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasini o‘z ichiga olishi lozim (FPK 238-moddasining 4-, 5-, 6-bandlari).
BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 75
V BОB
ta’minlash (FPKning 64-moddasi); sud topshiriqlari (FPKning 65-moddasi); ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish (FPKning 83-moddasi); ekspertiza tayinlash (FPKning 84-moddasi); javobgarni qidirish (FPKning 140-moddasi); ishni sudda ko‘rishga tayinlash (FPKning 161-moddasi); rad qilish talabini qabul qilish yoki qabul qilmaslik (FPKning 29-moddasi); ishni sudning yopiq majlisida ko‘rish (FPKning 10-moddasi); ishni sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rish (FPKning 224-moddasi); ish yuritishni to‘xtatib turish yoki tiklash (FPKning 95–96-moddalari); jarima solish (FPKning 122-moddasi); ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish (FPKning 42-moddasi); taraflar, uchinchi shaxs yoki qonuniy vakilni protsessual huquqiy voris bilan almashtirish (FPKning 43-moddasi); dalillar qabul qilishni yoki talab qilishni rad etish (FPK 58-moddasi); bir turdagi ishlarni birlashtirish (FPKning 156-moddasi); bir necha talabni ajratish (FPKning 157-moddasi); ishni sudda ko‘rishni tiklash (FPKning 205-moddasi); ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish (FPKning 147-moddasi); hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish (FPKning 213-moddasi); hal qiluv qarorini tushuntirish (FPKning 215-moddasi); hal qiluv qarorini darhol ijro etish (FPKning 220-moddasi); hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, uning ijro usuli va tartibini o‘zgartirish (FPKning 216-moddasi); darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash (FPKning 222-moddasi); sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish (FPKning 232-moddasi); arizani ko‘rmasdan qoldirish (FPKning 98-moddasi); ish yuritishni tugatish (FPKning 100–101-moddalari); sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish (FPKning 238 5 -moddasi); sud buyrug‘ini bekor qilish (FPKning 238 10 -moddasi); protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash (FPKning 130-moddasi). Ushbu ajrimlar orqali murakkab masalalar hal qilinadi va ular ustidan shikoyat qilinishi mumkin. Yuridik adabiyotlarda alohida protsessual hujjat shaklida chiqariladigan ajrimlar sud hal qiluv qarorlari kabi quyidagi to‘rt qismdan iborat bo‘lishi haqida fikr-mulohazalar ilgari suriladi: kirish; bayon; asoslantiruvchi va xulosa qismlari.
BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 76
V BОB
Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2012-yil 25-maydagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya ajrimlari to‘g‘risida”gi 7-sonli qarorida alohida protsessual hujjat ko‘rinishida chiqariladigan ajrimlar, odatda, kirish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida tushuntirish beriladi. Vaholanki, FPKning 238-moddasida alohida protsessual hujjat shaklida chiqariladigan ajrimning mazmuni bayon etilgan bo‘lib, ushbu moddaning 4-bandida nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinayotgan masalaning mohiyati haqida sud ajrimida bayon etilishi ko‘rsatilmoqda. Sud ajrimlarining kirish qismida ajrimning chiqarilgan vaqti va joyi, ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisi kotibi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bayon qismida nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinayotgan masalaning mohiyati, ishda ishtirok etayotgan shaxslarning fikrlari ko‘rsatiladi. Ajrimning asoslantiruvchi qismida sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud qo‘llagan qonunlar bayon etilishi lozim. Ajrimning xulosa qismida sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi, ajrim ustidan shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddatlari ko‘rsatilishi lozim. Ajrimning xulosa qismi uni ijro etish chog‘ida tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun aniq va tushunarli ifoda etilgan bo‘lishi kerak. Sud tomonidan o‘z joyida chiqariladigan ajrimda yuqoridagi ajrimlardan farqli ravishda kirish qismi va shikoyat qilish tartibi va muddati ko‘rsatilmaydi (FPKning 238-moddasi). Sud ajrimlari shikoyat qilinadigan (protest keltiriladigan) va shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) ajrimlarga ham bo‘linadi. Qonun bo‘yicha qat’iy va shikoyat qilib bo‘lmaydigan (protest keltirilmaydigan) ajrimlar chiqarilishi bilanoq qonuniy kuchga kiradi. Masalan, sudning nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni protsessga jalb etish haqidagi ajrimi ustidan shikoyat qilinmaydi va ular chiqarilishi bilan darhol ijro etiladi. Shuningdek, hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar alimentlar undirish to‘g‘risidagi sudning ajrimi darhol ijro etiladi (FPKning 263-moddasi). FPKning 346-moddasiga ko‘ra, birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan FPKda nazarda tutilgan hollarda hamda sudning ajrimi ishning ilgarilashiga to‘sqinlik qiladigan hollarda, sud tomonidan ajrim topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa
BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 77
V BОB
shaxslar apellyatsiya instansiyasi sudiga sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat berishlari, prokuror esa, protest keltirishi mumkin. Shikoyat qilinadigan (protest keltiriladigan) ajrimlar shikoyat qilish (protest keltirish) uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin yoki shikoyat (protest) yuqori sud tomonidan rad qilingandan keyin qonuniy kuchga kiradi. Boshqa ajrimlar esa, ish yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi. 2-§. Ishni yuritishni to‘xtatish, tugatish, arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimlar va ularni rasmiylashtirish tartibi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ishni ko‘rish vaqtida Fuqarolik protsessual qonunchilikda belgilangan asoslarga ko‘ra ish yuritish to‘xtatib turiladi.
FPKning 92-moddasida sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati belgilangan. Unga ko‘ra, sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishi shart: 1) agar ishda taraf bo‘lgan fuqaro vafot etib, nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa yoki ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilsa; 2) fuqaro (taraf) muomala layoqatini yo‘qotsa; 3) javobgar Qurolli Kuchlarning harakatdagi qismida bo‘lsa yoki Qurolli Kuchlarning harakatdagi qismida bo‘lgan da’vogar iltimos qilsa; 4) fuqaroviy, jinoiy yoki ma’muriy sud ishlarini yuritish tartibida ko‘rilayotgan boshqa ish hal qilinmasdan oldin ko‘rishning imkoni bo‘lmasa. Ish yuritishni to‘xtatib turish turlari
Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati (FPKning 92-moddasi)
Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi (FPKning 93-moddasi)
BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 78
V BОB
FPKning 93-moddasida sudning ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi mustahkamlangan. Unga ko‘ra, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli: 1) taraf Qurolli Kuchlar tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa yoki mazkur shaxslar davlatning birorta majburiyatini bajarish uchun jalb qilingan bo‘lsa; 2) taraf davolash muassasasida bo‘lsa, shuningdek, taraflardan birida sudga kelishga to‘sqinlik qiladigan, tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud bo‘lsa; 3) FPKning 140-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgar qidirilayotgan bo‘lsa; 4) taraf uzoq muddatli xizmat safarida bo‘lsa yoki boshqa uzrli sababga ko‘ra yo‘q bo‘lsa; 5) sud tomonidan ekspertiza tayinlangan bo‘lsa; 6) FPKning 65- va 390-moddalariga muvofiq sud tomonidan sud topshirig‘i yuborilgan bo‘lsa. Yuqoridagi asoslar bo‘yicha sud ish yuritishni to‘xtatib turish haqida ajrim chiqaradi. Mazkur ajrimlar ham FPKning 237–238-moddalarida ko‘rsatilgan talablar asosida rasmiylashtiriladi. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat qilinishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. Arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim va uni rasmiylashtirish tartibi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ishni ko‘rish vaqtida sud hal qiluv qarori chiqarmasdan arizani ko‘rmasdan qoldirish haqida ajrim chiqarib ishni tamomlashi mumkin.
BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 79
V BОB
Ariza ko‘rmasdan qoldirilgan hollarda ish yuritish sudning ajrimiga binoan tamomlanadi. Bu ajrimda sud ishning hal etilishiga to‘sqinlik qilayotgan, FPKning 97-moddasida sanab o‘tilgan holatlarni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishi shart. Agar alohida tartibda ko‘riladigan ishni ko‘rish vaqtida sudga taalluqli huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqsa, sud arizani ko‘rmasdan qoldirib, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga umumiy tartibda da’vo taqdim etishni taklif etadi (FPKning 282-moddasi). Arizani ko‘rmasdan qoldirishga asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin manfaatdor shaxs sudga ariza bilan yana umumiy tartibda murojaat qilishga haqli. Agar taraflar sud majlisiga uzrli sabablarga ko‘ra kela olmaganliklarini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etsalar, da’vogar yoki javobgarning iltimosnomasiga binoan sud FPKning 97-moddasi 4- va 5-bandlariga asosan arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida chiqargan o‘z ajrimini bekor qiladi. Sudning bunday iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi va xususiy protest keltirilishi mumkin. Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling