Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
26
I BОB
3-§. Protsessual hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Oila kodeksi, Uy-joy kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, fuqarolik sudlari tomonidan chiqariladigan protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qarorlari ham fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 13-sonli qaroriga asosan, zarur holatlarda sud O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining tegishli qarorlarini ham qo‘llashi lozimligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasida ko‘rsatilishicha, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining qarori majlisda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi va qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qo‘llayotgan boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir. Sud qarorlarini qayta tеkshirish bosqichida yuritiladigan protsеssual hujjatlar (apеllyatsiya shikoyati (protesti), kassatsiya shikoyati (protesti), nazorat tartibida protest keltirish haqida ariza, nazorat protesti, apеllyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlarining qarorlari va boshq.)
protsеssual hujjatlar (ishni keyinga qoldirish, ish yuritishni to‘xtatish, ishni tugatish haqidagi sud ajrimlari, sud hal qiluv qarori, sud majlisi bayonnomasi va boshq.)
Sud qarorlarining ijrosi bosqichida yuritiladigan protsеssual hujjatlar (ijro varaqasi, ijro ishini tugatish, to‘xtatish to‘g‘risidagi sud ajrimlari va boshq.)
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 27
I BОB
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 13-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2012-yil 25-maydagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya ajrimlari to‘g‘risida”gi 7-sonli qarorlarining hal qiluv qarori, sud ajrimlarini rasmiylashtirishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, fuqarolik sudlarida ish yuritishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Rayosatining 2014-yil 31-martdagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi RS-22-14-sonli qarori muhim amaliy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
1.
Sud majlisi kotibining maqomi va vazifalari haqida tushuncha bering.
2.
Sud devonxonasida ishlarni tashkil etish tartibi haqida tushuncha bering. Taraflarning tegishli fuqarolik ishi bilan tanishish yoki ish hujjatlaridan nusxalar olish tartibi qanday? 3. Sudga kelgan hujjatlarning yaroqsiz yoki ilovasizligi aniqlanganda qanday harakatlar amalga oshiriladi? 4. Sud arxivida ishlarni tashkil etish tartibi haqida tushuncha bering.
1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisiga arizachi S.Normatov tomonidan yo‘qolgan sud ishini tiklash haqida ariza kelib tushgan. Arizada ko‘rsatilishicha, arizachi S.Normatov bundan 7 oy avval, Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga murojaat qilganligini, merosxo‘r deb topish va meros mol-mulkini bo‘lish haqidagi da’vo talabi shu sudda ko‘rilganligini, ayni paytda Rossiya davlati Xanti-Mantiysk o‘lkasidan
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 28
I BОB
o‘gay ukasi kelganligini, ish materiallaridan nusxa olishi kerakligini, ammo suddan uning fuqarolik ishi topilmayotganligini, shu sababli fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisiga murojaat qilganligi bayon qilingan.
Arizachi S.Normatov talabini qanday hal qilish mumkin. Arizachi S.Normatov talabi qonuniymi?
Yo‘qolgan sud ishini tiklash haqidagi arizani berish tartibini tushuntiring. 2. Satimova Xosiyat sobiq turmush o‘rtog‘i Satimov Xushnudga nisbatan 2014-yil 22-sentabrda bir nafar farzandi ta’minoti uchun aliment undirish haqida Bekobod tumanlararo sudiga murojaat qilgan va ish hali ko‘rib tugallanmagan. 2014-yil 2-noyabrda Satimova Xosiyat sobiq turmush o‘rtog‘i Satimov Xushnudga nisbatan bir nafar farzandi ta’minoti va o‘zining ta’minoti uchun aliment undirish haqida, Bo‘ka tumanlararo sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan va ish bo‘yicha 2014-yil 24- noyabrda hal qiluv qarori chiqarilgan.
diagrammasi asosida tahlil qiling. FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 29
II BОB
BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 1-§. Da’vo arizasining mazmuni, shakli va uni protsessual rasmiylashtirish tartibi Da’vo arizasi sudga yozma shaklda, shuningdek, axborot tizimi orqali elektron shaklda beriladi. Da’vo arizasining mazmuni FPKning 149-moddasida ko‘rsatilgan talablar asosida rasmiylashtiriladi.
Ariza da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki uning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim. Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizalarda, shu moddada sanab o‘tilgan ma’lumotlardan tashqari, ariza kimning manfaatini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) va manzili ko‘rsatilishi lozim. Da’vo аrizаsidа quyidаgilаr ko‘rsаtilishi lоzim АПЕЛЛЯЦИЯ ШИКОЯТИНИНГ (ПРОТЕСТИНИНГ) МАЗМУНИ
аrizа bеrilаyotgаn sudning nоmi ариза берилаётган суднинг номи
dа’vоgаrning nоmi (fаmiliyasi, ismi vа оtаsining ismi) vа yashаsh jоyi, аgаr dа’vоgаr tаshkilоt bo‘lsа, uning qаyеrdа jоylаshgаnligi, shuningdеk, аgаr аrizа vаkil tоmоnidаn bеrilаyotgаn bo‘lsа, vаkilning nоmi (fаmiliyasi, ismi vа оtаsining ismi) vа mаnzili dа’vоgаrning tаlаbi
jаvоbgаrning nоmi (fаmiliyasi, ismi vа оtаsining ismi), yashаsh jоyi yoki аgаr jаvоbgаr tаshkilоt bo’lsа, uning qаyеrdа jоylаshgаnligi
аgаr dа’vоni bаhоlаsh lоzim bo‘lsа, uning bаhоsi dа’vоgаr o‘zining tаlаblаrigа аsоs qilib ko‘rsаtаyotgаn hоlаtlаr vа bu hоlаtlаrni tаsdiqlаydigаn dаlillаr
аrizаgа ilоvа qilingаn hujjаtlаrning ro‘yxаti FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 30
II BОB
Arizada da’vogarning yoki uning vakilining, shuningdek, boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Arizada elektron manzil ko‘rsatilganligi arizachining sud chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining va ajrimlarining nusxalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga bo‘lgan roziligini bildiradi.
Sud amaliyotida asosiy da’vo arizasiga qo‘shimcha da’vo arizasi berish holatlari ham uchraydi. Faqat ushbu qo‘shimcha da’vo arizasi dastlabki da’vo arizasini to‘ldirishi, qonunga zid bo‘lmasligi, dastlabki talab bilan birga ko‘rish mumkin bo‘lgandagina sud tomonidan qabul qilinadi. Qo‘shimcha da’vo arizasi ham FPKning 149-moddasi talablari asosida rasmiylashtirilishi, agar davlat boji to‘lashdan ozod etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘langan holda taqdim etilishi kerak. Da’vogar bir arizada o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha talabni birlashtirishga haqli (FPKning 155-moddasi). Agar arizani qabul qilayotgan sudya talablarni alohida ko‘rishni maqsadga muvofiq deb topsa, birlashtirilgan talablardan birini yoki bir nechasini alohida ish yuritish uchun ajratishga haqli. Bir necha da’vogar tomonidan yoki bir necha javobgarga nisbatan talablar taqdim etilsa, arizani qabul qilayotgan sudya, agar talablarni alohida ko‘rib chiqishni maqsadga muvofiq deb topsa, ulardan biri yoki bir nechasini alohida ish yuritish uchun ajratishga haqli (FPKning 157-moddasi). Shu o‘rinda aytish joizki, FPKning 156-moddasiga ko‘ra, sudya shu sudda aynan bir taraflar ishtirok etayotgan bir turdagi bir necha ish yuritilayotganligini yoxud bir shaxsning turli javobgarlarga yoki bir necha
FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 31
II BОB
da’vogarning aynan bitta javobgarga nisbatan arizalari bo‘yicha bir necha ish yuritilayotganligini aniqlasa, agar bu ishlarni birlashtirish ishning o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilinishiga yordam bersa, ularni birgalikda ko‘rish uchun bitta ishga birlashtirishga haqli. Demak, ushbu modda da’vo talablarini birlashtirishni tartibga solmaydi, aksincha, fuqarolik ishlarini birlashtirishni tartibga soladi.
Javobgar manfaatlarini himoya qilish vositalaridan biri qarshi da’vo arizasi hisoblanadi. FPKning 246-moddasida ko‘rsatilishicha, sud ish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarguniga qadar javobgar dastlabki da’vo bilan birga ko‘rib chiqilishi uchun da’vogarga nisbatan qarshi da’vo taqdim etishga haqli. Qarshi da’vo taqdim etish da’vo taqdim etish to‘g‘risidagi umumiy qoidalarga binoan amalga oshiriladi.
2004-yil 21-maydagi “Fuqarolik ishlarini apellyatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti haqida”gi qarorining 22-bandida ko‘rsatilishicha, birinchi instansiya sudida arz qilinmagan talablar apellyatsiya instansiyasida ko‘rilishi mumkin emas. Shuning uchun apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida arz qilingan qo‘shimcha da’voni, shuningdek, qarshi da’voni apellyatsiya instansiyasi qabul qilishga haqli emas. FPKning 247-moddasida qarshi da’voni qabul qilish shartlari belgilangan. Unga ko‘ra, quyidagi hollarda sudya qarshi da`voni qabul qilishi shart
qarshi da’vo dastlabki da’voni qoplashga qaratilgan bo‘lsa qarshi
da’voning qanoatlantirilishi dastlabki da’vo qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa
bo‘lib, ularni birga ko‘rish nizo tezroq va to‘g‘ri hal qilinishiga yordam bersa
FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 32
II BОB
Qarshi da’vo dastlabki da’voni qoplashga qaratilgan bo‘lishi deganda quyidagi holatlar tushuniladi: Masalan, da’vogar uy ijara haqini undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atgan bo‘lsa, javobgar esa sudda qarshi da’vo keltirib, uyni qo‘shimcha remont qilganligini asos qilib, shu sarflagan puli ijara haqini to‘liq qoplashini ko‘rsatishi mumkin. Qarshi da’voning qanoatlantirilishi dastlabki da’vo qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etishi mumkin. Masalan, aliment undirish to‘g‘risida talab ilgari surilgan bo‘lsa, javobgar da’vogarga qarshi bolani tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan otasi degan yozuvning haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida, qarshi da’vo qo‘zg‘atishi mumkin. Ushbu holatda agar haqiqatan ham otasi degan yozuv haqiqiy emas, deb topilsa, o‘z-o‘zidan aliment undirish to‘g‘risidagi talab to‘liq rad etiladi. Qarshi va dastlabki da’vo o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish mavjud bo‘lib, ularni birga ko‘rish nizoning tezroq va to‘g‘ri hal qilinishiga yordam bersa. Misol qilib, asosiy da’vo yashash uchun uy-joyga kiritib qo‘yish to‘g‘risida bo‘lsa, shu ish bo‘yicha javobgarlar tomonidan uy-joyda yashash huquqini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qarshi da’voni ko‘rsatish mumkin. Qarshi da’vo arizasi uchun umumiy asoslarda davlat boji to‘lanishi kerak. Aks holda, qarshi da’vo arizasi harakatsiz qoldiriladi. Qarshi da’vo arizasi FPKning 149-moddasi talablari asosida rasmiylashtiriladi. Qarshi da’vo arizasi qaytarma (regress) da’vodan o‘zining xususiyatlari bilan ajralib turadi: qarshi da’vo arizasi FPKning 247-moddasida ko‘rsatilgan shartlar bo‘lganda qabul qilinadi, qaytarma da’voni keltirish shartlari fuqarolik protsessual qonunchiligida ko‘rsatilmagan; qarshi da’vo sudning hal qiluv qarori chiqquniga qadar beriladi, qaytarma (regress) da’vo esa sudning hal qiluv qarori chiqqanidan so‘ng beriladi.
FPKning 152-moddasiga ko‘ra, sud quyidagi hollarda arizani qabul qilishni rad etadi, agar: 1) ariza sudda ko‘rishga tegishli bo‘lmasa; 2) sudning aynan o‘sha taraflar o‘rtasida, aynan bir predmet to‘g‘risida va aynan bir asoslar bo‘yicha chiqqan nizo yuzasidan qabul qilinib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoxud da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligini qabul qilish yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;
FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 33
II BОB
3) sud aynan o‘sha taraflar o‘rtasida, aynan bir predmet to‘g‘risida va aynan bir asoslar bo‘yicha chiqqan nizo yuzasidan ish yuritayotgan bo‘lsa; 4) taraflar o‘rtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish haqida hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa; 5) ish shu sudning sudloviga taalluqli bo‘lmasa; 6) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa; 7) manfaatdor shaxs nomidan arizani ish yuritish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs bergan bo‘lsa. Sudyaning ushbu modda 5-, 6- va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani qabul qilishni rad etishi, basharti yo‘l qo‘yilgan xatolar bartaraf etilsa, shu ish bo‘yicha sudga ikkinchi marta ariza bilan murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi. Shu o‘rinda aytish joizki, Oliy Sud Plenumi qarorlarida arizani qabul qilishni rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan asoslaridan tashqari boshqa asoslari ham ko‘rsatilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilishicha, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo arizasini qabul qilishda shuni inobatga olish lozimki, Oila kodeksining 39-moddasiga muvofiq, er xotinining roziligisiz uning homiladorligi vaqtida va bola tug‘ilganidan so‘ng bir yil mobaynida nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga, garchi u tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlar daftarida bolaning otasi sifatida yozilmagan bo‘lsa ham, haqli emas. Mazkur qoida bola o‘lik tug‘ilgan yoki bir yoshga to‘lmay vafot etgan hollarga ham tatbiq etiladi. Xotinning nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga roziligi bo‘lmagan hollarda, sudya da’vo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar u qabul qilingan bo‘lsa, sud ish yuritishni tugatadi. Demak, mazkur holatda sud da’vo arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Esda saqlang! O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni ko‘rishda qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilishicha, Oila kodeksining 72-moddasiga ko‘ra, FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 34
II BОB
holda, ular o‘n olti yoshga to‘lganlaridan so‘ng otalikni belgilash to‘g‘risida mustaqil ravishda talab qo‘yishga haqlidirlar. Shu munosabat bilan sud ularning otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizasini qabul qilishni, FPKning 152-moddasi birinchi qismining 6- bandiga asosan, rad qilishga haqli emas. 4-§. Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim va uni rasmiylashtirish tartibi
Sudya FPKning 152-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra arizani qabul qilishni rad etar ekan, bu haqda ariza tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida asoslantirilgan ajrim chiqaradi (FPKning 153-moddasi). FPKning 108-moddasiga ko‘ra, arizani qabul qilish rad qilinganida to‘langan davlat boji qaytarib beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudi ajrimlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 25-maydagi 7-sonli qaroriga ko‘ra, arizani harakatsiz qoldirish (FPKning 154-moddasi), arizani qabul qilishni rad etish (FPKning 153-moddasi), arizani qabul qilish va ish qo‘zg‘atish (FPKning 151-moddasi) alohida protsessual hujjat ko‘rinishida chiqarilishi shart bo‘lgan ajrimlar toifasiga kiradi. Alohida protsessual hujjat ko‘rinishida chiqariladigan ajrimlar, odatda kirish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘lishi kerak. Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ham kirish, asoslantiruvchi, xulosa qismlaridan iborat bo‘lib,
FPKning 237–238-moddalari talablaridan kelib chiqib rasmiylashtiriladi. Ushbu ajrim fuqarolik ishini qo‘zg‘atish bosqichida chiqarilgani, sud majlisi bo‘lmaganligi sababli ajrimning kirish qismida sud majlisining kotibi yozilmaydi. Masalan, da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimning kirish qismida ajrimning chiqarilgan vaqti va joyi, sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, nizo predmeti ko‘rsatiladi. Asoslantiruvchi qismida sudning arizani qabul qilishni rad etishga olib kelgan asoslar va sud qo‘llagan qonunlar |
ma'muriyatiga murojaat qiling