Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 62
IV BОB
ko‘rsatiladi. Hal qiluv qarorining bayon qismi da’vo talablarini, javobgar e’tirozlarining qisqacha mazmuni va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirmog‘i lozim. Da’vogarning da’voni o‘zgartirganligi, (da’voning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablarining miqdorini oshirish yoki kamaytirish, da’vodan voz kechish) shu qismda ko‘rsatilmog‘i kerak. Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida sudning ish bo‘yicha chiqargan xulosasining faktik va huquqiy asoslari bayon etilishi lozim. Jumladan, hal qiluv qarorining bu qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, ishning holatlari to‘g‘risidagi sud xulosalariga asos bo‘lgan dalillar, sud u yoki bu dalilni rad qilishda asoslangan xulosalar, shuningdek, nizoli munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq me’yorlari (fuqarolik, oila, yer, mehnat, uy- joy to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar) keltirilmog‘i, qonunning nomi, moddasi, bandi, boshqa qonun hujjatlarining soni va qabul qilingan sanasi hamda protsessual huquqiy me’yorlari ko‘rsatilmog‘i lozim. Zarur holatlarda, sud O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining tegishli qarorlarini ham qo‘llashi lozim. Agar javobgar da’voni tan olsa, asoslantirish qismida faqat da’vo talabining tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi ko‘rsatilishi mumkin. Hal qiluv qarorining xulosa qismida taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi va yuridik shaxsning nomi to‘liq keltirilishi, da’vo talablarining qanoatlantirilganligi (to‘liq yoki qisman) yoki butunlay yoxud qisman rad etish haqidagi sudning xulosasi aniq aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, sud xarajatlarining taqsimlanishi, hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish muddati va tartibi ko‘rsatilishi shart. Hal qiluv qarorining xulosa qismi qarorni ijro etish chog‘ida tushunmovchiliklar va nizolar vujudga kelmasligi uchun tushunarli va aniq tarzda ifoda etilmog‘i kerak. ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 63
IV BОB
Ayrim toifadagi ishlar bo‘yicha chiqariladigan hal qiluv qarorlarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud: Sud tashkilotlardan pul summalarini undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorida undiriladigan pul summasining turi, shuningdek, undiriladigan summa javobgarning bankdagi qaysi hisobidan olinishi kerakligi ko‘rsatadi; Sud mol-mulkni natura tarzida undirish to‘g‘risida chiqargan hal qiluv qarorida, agar hal qiluv qarorini ijro etish vaqtida mazkur mulk naqd bo‘lmasa, javobgardan undirib olinishi lozim bo‘lgan mulk qiymati ko‘rsatadi; Sud javobgar zimmasiga mol-mulk yoki pul berish bilan bog‘liq bo‘lmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan hal qiluv qarorida, agar javobgar hal qiluv qarorini belgilangan muddatda bajarmasa, da’vogar bu harakatlarni javobgarning hisobidan bajarib, qilgan xarajatlarini keyinchalik javobgardan undirib olishga haqlidir, deb ko‘rsatishi mumkin. Agar mazkur harakatlar faqat javobgar tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lsa, sud hal qiluv qarorida uni bajarish lozim bo‘lgan muddatni belgilab qo‘yadi. FPKning 212-moddasida ish bo‘yicha hal qiluv qarori o‘qib eshittirilganidan keyin, shu qarorni chiqargan sudning o‘zi uni bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli emas, sirtdan chiqarilgan qaror bundan mustasno ekanligi belgilangan. Lekin yangi ochilgan holatlar bo‘yicha va fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki fuqaroni o‘lgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorlarini, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki o‘lgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turar joyi aniqlangan taqdirda ham sudyaning o‘zi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Shuningdek, sud hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolarni va ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni o‘z tashabbusi bilan yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra tuzatishi mumkin. Tuzatish kiritish masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmasligi tuzatish kiritish masalasini ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 64
IV BОB
Hal qiluv qaroriga tuzatish kiritish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. Chiqarilgan hal qiluv qarori tushunarsiz bo‘lgan taqdirda, ishni hal qilgan sud o‘z tashabbusi bilan yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda FPKning 215-moddasida belgilangan qoidalarga ko‘ra tushuntirishi mumkin. Agar hal qiluv qarori ijro qilinmagan va uni majburiy ijro qildirish mumkin bo‘lgan muddat o‘tmagan bo‘lsa, uni tushuntirishga yo‘l qo‘yiladi. Hal qiluv qarorining tushunish qiyin bo‘lgan qismlarini to‘liqroq va tushunarli bayon etishda, sud uning mazmunini o‘zgartirishga va hal qiluv qarorida bayon etilmagan masalalarni hal qilishga haqli emas. Hal qiluv qarorining mazmunini aks ettiruvchi masalalar FPKning 206–211-moddalarida belgilangan. Shuning uchun ham, da’vo talablarining mazmunan qaror qabul qilinmagan qismi bo‘yicha sudning xulosasi, hal qiluv
qarorining xulosa
qismiga kiritilishi mumkin emas (FPKning 92-, 93-, 97-, 99-, 100-moddalari). Bu xulosalar ajrim shaklida ifodalanib (FPKning 237–238-moddalari), hal qiluv qaroridan alohida holda chiqariladi.
Sudning hal qiluv qarorida arz qilingan da’vo talablariga to‘liq va asoslantirilgan javob berilishi kerak hamda sud xarajatlari masalalari hal etilishi lozim. Agar bunday talablar qondirilmagan bo‘lsa, sud qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish orqali ushbu kamchiliklarni bartaraf etadi (FPKning 214-moddasi). Ish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqargan sud ishda ishtirok etayotgan shaxslarning arizalariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin: a) huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, topshirilishi lozim bo‘lgan mulkni yoki javobgar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa; ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 65
IV BОB
qarorida umumiy mol-mulk teng miqdorlarda bo‘linishi ko‘rsatilgan, lekin, aynan, qaysi mol-mulk da’vogarga, qaysinisi javobgarga ajratilishi belgilanmagan, vaholanki, da’vogar nafaqat o‘zining egalik huquqidagi qismini aniqlashni, balki aynan qaysi mol-mulk uning egaligiga o‘tishini belgilashni so‘ragan. Taraflar o‘rtasida bo‘linadigan mol-mulkning aniq ro‘yxati qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish orqali hal etiladi. b) arz qilingan talablarning birortasi bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar keltirgan va tushuntirishlar bergan bo‘lsalar-u, lekin bu xususda hal qiluv qarori chiqarilmagan bo‘lsa; Masalan, otalikni belgilash va aliment undirish haqida da’vo qo‘zg‘atilgan. Sud hal qiluv qarorida otalikni belgiladi, lekin aliment undirish masalasi hal etilmay qoldi. Bunday holatda aliment undirish to‘g‘risida qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilinishi mumkin. Ammo bunday qarorni qabul qilish uchun taraflar tomonidan aliment undirish masalasida dalillar keltirilishi va tushuntirishlar berilgan bo‘lishi kerak. d) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmagan bo‘lsa. Sud, agar hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash masalalariga oydinlik kiritilmagan bo‘lsa, qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqaradi. Ish bo‘yicha qo‘shimcha hal qiluv qarori FPKning 214-moddasida belgilangan holatlardagina va faqat ishni ko‘rish chog‘ida aniqlangan haqiqiy holatlar asosida chiqarilishi mumkin. Qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasi hal qiluv qarori chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechikmay qo‘zg‘atilishi mumkin. Agar sudning hal qiluv qaroriga apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berilgan yoki protest keltirilgan va shu bilan bir vaqtda qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasi ham qo‘yilgan bo‘lsa, sud avval qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasini hal qilib, keyin ishni kassatsiya bosqich sudiga ko‘rish uchun yuboradi. Qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasini qo‘yish bilan bog‘liq muddat uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan holda, u FPKning 130-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan tiklanishi mumkin. ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 66
IV BОB
Qo‘shimcha hal qiluv qarori ish yuzasidan hal qiluv qarori chiqargan sudya (sudyalar) tarkibida, hal qiluv qarorlariga nisbatan qo‘yilgan talablar asosida chiqariladi. Sud qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarishi chog‘ida hal qiluv qarorining mazmunini o‘zgartirishga yoki sud majlisida tekshirilmagan yangi masalalarni hal qilishga haqli emas. Qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish to‘g‘risidagi talabni rad etish haqidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. 6-§. Sud majlisi bayonnomasi mazmuni, shakli va uni rasmiylashtirish tartibi Sudning har bir sud majlisi to‘g‘risida, shuningdek, sud majlisidan tashqari qilingan har bir alohida protsessual harakati to‘g‘risida bayonnoma tuziladi (FPKning 20-moddasi). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining bir necha qarorlarida sud majlisining bayonnomasi asosiy protsessual hujjatlardan biri ekanligi, uning ahamiyatini sud amaliyotida yetarlicha baholamaslik holatlari kuzatilayotganligi bayon etiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishga tayyorlash, ularni ko‘rish muddatlari to‘g‘risida”gi qarorining 14-bandiga ko‘ra, sud majlisi bayonnomasining to‘la va o‘z vaqtida tuzilishiga, shuningdek, uning to‘g‘riligiga raislik etuvchi va sud majlisi kotibi mas’ulligini nazarda tutib, sudlar kotiblar malakasi va ishni tashkil qilish darajasini oshirishlari zarur. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Rayosatining 2014-yil 31-martdagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi RS-22-14-sonli qaroriga asosan ish ko‘rilib, sudning hal qiluv qarori yoki ajrimi chiqarilgandan keyin sud majlisi kotibi quyidagi harakatlarni bajaradi: -
bo‘lgan qaror, ajrim va boshqa yozishmalarni, so‘ng sud majlisi davomida qo‘shilgan (muzokarada taqdim etilgan) hujjatlarni, keyin ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 67
IV BОB
bayonnomasini va sudning hal qiluv qarorini yoki ajrimini tikadi; -
fuqarolik ishidagi varaqlarga raqam qo‘yib chiqadi va ishdagi barcha hujjatlarning, shu jumladan, sud majlisi bayonnomasining necha varaqdan iborat ekanligi haqida ro‘yxat tuzib, o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi; -
sud majlisida ko‘rishga tayinlangan ishlarning hisobini olib borish daftariga ishning ko‘rilganlik natijalarini qayd etadi; -
sud qarori darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha ijro varaqalarini yozadi.
muvofiq, ishda sud majlisi bayonnomasi mavjud bo‘lmasa yoki u imzolanmagan bo‘lsa, hal qiluv qarori, ajrim, qaror majburiy tartibda bekor qilinishi shartligi belgilangan.
FPKning 22-moddasiga binoan bayonnoma raislik etuvchi va sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisi tugagach, uch kundan kechiktirmay imzolanishi lozim. Sud majlisi bayonnomasini tuzish va imzolashga muddat belgilanishi sud protsessi ishtirokchilari o‘z vaqtida bayonnoma yuzasidan e’tiroz keltirishlari hamda sud qarori ustidan shikoyat qilishlarida muhim ahamiyatga egadir. Bayonnomada barcha muhim harakatlar to‘liq va aniq aks ettiriladi, chunonchi ularning amalga oshish tartibi qanday bo‘lsa, bayonnomada ham shunday bo‘ladi. Sud majlisining bayonnomasida ishni ko‘rishning yoki alohida protsessual harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi lozim.
ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 68
IV BОB
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga ko‘maklashayotgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 6) sudning taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi; 7) ushbu moddaning 5-bandida ko‘rsatilgan shaxslarga chaqiruv qog‘ozi topshirilganligi to‘g‘risidagi va ular sud majlisiga kelmaganligining sabablari haqidagi ma’lumotlar; 8) raislik qiluvchining barcha farmoyishlari va sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari; 9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari; 10) sudga taqdim etilgan hamma yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 11) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalarini og‘zaki tushuntirishlari, mutaxassislarning fikrlari, ashyoviy va yozma dalillarni ko‘zdan kechirishga taalluqli ma’lumotlar; 12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri; 13) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori o‘qib eshittirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
dekabrdagi “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 7- bandiga ko‘ra, da’vodan voz kechilganligi to‘g‘risidagi, da’voning tan olinganligi to‘g‘risidagi, shuningdek, kelishuv bitimiga erishilganligi to‘g‘risidagi arzlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va tegishincha, da’vogar, javobgar yoki ikkala taraf tomonidan imzolanadi. Agar bunday arzlar yozma shaklda taqdim etilgan bo‘lsa, mazkur arizalar ishga qo‘shib qo‘yilib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi. Sud majlisi bayonnomasiga kiritilgan tushuntirishlar, ko‘rsatuvlar va xulosalar, agar sud zarur deb topsa, sud protsessi ishtirokchilari (taraflar, guvohlar, ekspertlar) tomonidan ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 69
IV BОB
ko‘rilayotganda tan olishi ish yuritishni tugatishga asos bo‘la olmaydi. Sud tan olishni qabul qilsa, arz qilingan talablarni qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori chiqariladi.
Bayonnoma kotib tomonidan sud majlisining o‘zida yoki alohida protsessual harakat amalga oshirilganida majlisdan tashqarida tuziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlari ish uchun ahamiyatli deb hisoblagan holatlarni bayonnomaga kiritish to‘g‘risida iltimosnomalar taqdim etishga haqlidirlar. Taraflarning, uchinchi shaxslarning o‘zlari qo‘ygan talablardan butunlay yoki qisman voz kechganligi, qo‘yilgan talablarga iqrorligi, ishni kelishuv bitimi bilan tamomlash to‘g‘risidagi arizalari bayonnomaga kiritilib, tegishli bo‘lishiga qarab, taraflarning biri yoki ikkalasi tomonidan imzolanadi. Bayonnoma sud majlisi tamom bo‘lganidan yoki alohida protsessual harakat amalga oshirilganidan keyin kechi bilan uch kunda raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanishi kerak. Kiritilgan barcha o‘zgarishlar, tuzatishlar, qo‘shimchalar haqida bayonnomada izoh berilishi lozim. Majlis bayonnomasida sud ishining borishi to‘la va xolis o‘z aksini topishi uchun javobgarlikni qonun sud majlislarida raislik qiluvchilar zimmalariga yuklaydi. Bayonnomaga imzo chekishdan oldin raislik qiluvchi uning mazmuniga e’tibor berib tanishishi va kotibga zarur o‘zgartirishlarni kiritishni taklif qilishi lozim. FPKning 23-moddasida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning bayonnoma bilan tanishishga huquqlari mavjudligi va unda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va kamchiliklarni ko‘rsata olishlari ko‘zda tutilgan. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va u imzolangan kundan e’tiboran besh kun ichida unda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni yoki uning to‘liq emasligini ko‘rsatib, bayonnoma yuzasidan yozma ravishda fikr-mulohaza bildirishga haqlidirlar. Bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko‘rib chiqib, ularga qo‘shilsa, bu fikr-mulohazalarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi va sud majlisining bayonnomasiga qo‘shib qo‘yadi. Raislik qiluvchi bildirilgan fikr-mulohazalarga qo‘shilmasa, ular sud majlisida ko‘rib chiqiladi. ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 70
IV BОB
Bildirilgan fikr-mulohazalar hamma hollarda ham ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak. Bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar ular topshirilgan kundan e’tiboran yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda ko‘rib chiqilishi kerak. Biroq ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmasligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling