Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

10 


 

I BОB

 

sirtdan  ish  yuritish,  da’vo  tartibida,  buyruq  tartibida,  davlat  organlari 



va  boshqa  organlar,  shuningdek,  mansabdor  shaxslarning  xatti-

harakatlari  (qarorlari)  ustidan  berilgan  shikoyat  va  arizalar,  alohida 

tartibda  ish  yuritishdagi  protsessual  hujjatlar,  hakamlik  sudining  hal 

qiluv  qarori  bilan  bog‘liq  ishlarni  yuritish  jarayonidagi  protsessual 

hujjatlar, birinchi instansiya   sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari 

ustidan  apellyatsiya,  kassatsiya  shikoyati  berish  (protesti  keltirish) 

jarayonida rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar, qonuniy kuchga 

kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarning qonuniy, asosli va 

adolatli  ekanligini  tekshirish  jarayonidagi  protsessual  hujjatlar, 

qonuniy  kuchga  kirgan  hal  qiluv  qarorlari,  ajrimlar  va  qarorlarning 

yangi  ochilgan  holatlari  bo‘yicha  qayta  ko‘rishdagi  protsessual 

hujjatlar, sud qarorlarini ijro etish bosqichida yuritiladigan protsessual 

hujjatlarni rasmiylashtirishning protsessual tartib-qoidalari berilgan.   

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2013-yil  28-iyundagi 

“Yuridik  kadrlar  tayyorlash  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-

tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ–1990-sonli  qarorini  amalga  oshirish 

bo‘yicha  tadbirlar  rejasining  16-bandiga  muvofiq  tasdiqlangan 

“Huquqiy  fanlar  va  predmetlar  bo‘yicha  yangi  avlod  darsliklari  va 

o‘quv  qo‘llanmalarini  tayyorlash  Kompleks  dasturi”  asosida 

tayyorlangan  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  protsessual  hujjatlar  nomli 

o‘quv  qo‘llanmasi  huquqshunoslik  yo‘nalishida  tahsil  olayotgan 

talabalar uchun muhim manba vazifasini o‘taydi.  

Shuningdek,  mazkur  o‘quv  qo‘llanmasidan,  fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha 

protsessual 

hujjatlarni 

rasmiylashtirishda, 

malakali 

huquqshunoslar  tayyorlaydigan  oliy  va  o‘rta  maxsus  o‘quv 

yurtlarining talabalari bilan bir qatorda, sud, prokuratura, advokatura, 

notariat, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish hamda notarial 

idoralarning xodimlari, hakamlik sudyalari, sud ijrochilari, qolaversa, 

o‘zlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilmoqchi bo‘lgan 

barcha fuqarolar ham amaliy manba sifatida foydalanishlari mumkin. 

Mazkur o‘quv qo‘llanmada namuna sifatida keltirilgan protsessual 

hujjatlardagi  shaxslarga  doir  barcha  ma’lumotlarning  hayotda  mos 

kelishi  tasodifiydir.  Mualliflar  mazkur  holat  bo‘yicha  javobgarlikni 

o‘z zimmalariga olmaydilar. 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

11 


 

I BОB

 

FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHGA OID ASOSIY 



TUSHUNCHA VA ATAMALAR 

(Mavzular muhimligi hamda tartibi bo‘yicha berilgan)  

 

Da’vo  arizasi  –  fuqaroning  o‘z  huquqini  yoki  qonun  bilan 

qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilishni so‘rab yozilgan, sudga murojaat 

qilingan hujjati. 

Qarshi  da’vo  arizasi  –  javobgarning  o‘z  huquq  va  qonuniy 

manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida,  sud  hal  qiluv  qarori  chiqqunga 

qadar da’vogar talablariga qarshi taqdim etadigan arizasi. 

Fuqarolik ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim – sudga taqdim etilgan 

ariza,  da’vo  arizasi,  shikoyat  asosida  sudya  tomonidan  chiqariladigan 

protsessual hujjat. 

Arizani  harakatsiz  qoldirish  to‘g‘risida  ajrim  –  sudga  taqdim 

etilgan  da’vo  arizasi,  ariza,  shikoyatlar  fuqarolik  protsessual  qonun 

talablariga  rioya  qilinmasdan berilganida,  davlat  boji  to‘lanmaganida  yoki 

tegishli  nusxalarda  berilmaganligi  aniqlanganida  sudya  tomonidan 

chiqariladigan protsessual hujjat. 

Xususiy ajrim – sud fuqarolik ishini ko‘rayotganida ayrim mansabdor 

shaxslar  yoki  fuqarolar  tomonidan  qonuniylik  va  huquq-tartibot 

buzilganligini aniqlaganda chiqaradigan protsessual hujjat. 

Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash – fuqarolik protsessining mustaqil 

bosqichi bo‘lib, fuqarolik ishlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri ko‘rib chiqish va hal 

qilishni  ta’minlash  maqsadida,  sud  va  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 

protsessual harakatlari majmuini o‘zida ifoda etadi. 



Ishni  sudda  ko‘rishga  tayinlash  –  sudya  fuqarolik  ishini  yetarli 

darajada  tayyorlangan  deb  topgach,  uni  sud  majlisida  ko‘rishga  tayinlash 

to‘g‘risida ajrim chiqaradi, taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga 

ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida ma’lum qiladi. 



Ekspertiza  tayinlash    sud  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 

iltimosiga  ko‘ra  yoki  o‘z  tashabbusi  bilan  ishni  ko‘rish  vaqtida  kelib 

chiqqan,  fan,  texnika,  san’at  yoki  hunar  sohasida  maxsus  bilimlarni  talab 

qiladigan masalalarni tushuntirish uchun, ekspertiza tayinlashi mumkin. 



Da’voni  ta’minlash    sud  (sudya)ning  ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslarning arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan, da’voni ta’minlash 

choralarini  ko‘rishi,  ya’ni  sud  hal  qiluv  qarorining  ijrosini  ta’minlash 

maqsadida, sud tomonidan ko‘riladigan tadbirlar. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

12 


 

I BОB

 

Sud  topshirig‘i  –  ishni  ko‘rayotgan  sudning  dalillarni  boshqa  tuman 

yoki  shaharda  to‘plash  zarur  bo‘lgan  taqdirda,  tegishli  sudga  muayyan 

protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirishi. 



Kelishuv  bitimi  –  taraflarning  fuqarolik  ishi  yuzasidan  kelishuvga 

erishganliklari haqidagi yozma bitimi. 



Sudning  hal  qiluv  qarori  –  bu  nizoni  mazmunan  hal  qiluvchi  va 

buzilgan yoki taraflar tomonidan nizolashilayotgan huquqlar yoxud qonun 

bilan  himoya  qilinadigan  manfaatlarni  tiklovchi,  ishni  mazmunan  ko‘rish 

asosida sud tomonidan qonunda nazarda tutilgan protsessual shaklda qabul 

qilinadigan protsessual hujjat. 

Qo‘shimcha  hal  qiluv  qarori  –  birinchi  instansiya  sudi  tomonidan 

O‘zbekiston  Respublikasi  FPKning  214-moddasida  ko‘rsatilgan  asoslarga 

ko‘ra,  ya’ni  huquq  to‘g‘risidagi  masalani  hal  qilib,  undiriladigan  summa 

miqdorini, topshirilishi lozim bo‘lgan mulkni yoki javobgar bajarishi lozim 

bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa, arz qilingan talablarning birortasi 

bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar keltirgan va tushuntirishlar 

bergan bo‘lsalar-u, lekin bu xususida hal qiluv qarori chiqarilmagan bo‘lsa, 

hal  qiluv  qarorida  sud  xarajatlarini  taqsimlash  ko‘rsatilmaganda,  ish 

bo‘yicha hal qiluv qarori chiqargan sud tomonidan ishda ishtirok etayotgan 

shaxslarning arizalariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan chiqariladi. 



Sud hal qiluv qarorining qonuniy kuchi – ish bo‘yicha chiqarilgan 

sud hal qiluv qarorining ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun, shuningdek, 

ishni ko‘rgan sudning o‘zi uchun hamda ishda ishtirok etgan-etmaganidan 

qat’i nazar, fuqaro va korxonalar uchun majburiy ekanligi. 



Sud  majlisi  bayonnomasi  –  sudning  har  bir  sud  majlisi  to‘g‘risida, 

shuningdek,  sud  majlisidan  tashqari  qilingan  har  bir  alohida  protsessual 

harakat  to‘g‘risida  ishni  ko‘rishning  yoki  alohida  protsessual  harakatlarni 

amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettiriladigan, sudya va sud 

kotibi tomonidan imzolanadigan hujjat. 

Prokuror fikri – ishda ishtirok etuvchi prokurorning ishning mohiyati 

bo‘yicha o‘z fikrini bayon etishi. Prokuror fikri og‘zaki yoki yozma shaklda 

bo‘lishi mumkin. Prokurorning boshqa shaxslar huquqlarini va qonun bilan 

qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida  bergan  arizasiga 

binoan qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fikr berilmaydi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

13 


 

I BОB

 

Ajrim – birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qilmaydigan 

qarorlari shaklida qabul qilinadigan protsessual hujjat. 

Tayyorlov  ajrimlari  –  fuqarolik  sud  ishlarini  yuritishning  barcha 

bosqichlariga nisbatan tatbiq etilib, fuqarolik ishlarining harakatga kelishini 

va hal etilishini ta’minlaydigan ajrimlar. 

To‘sqinlik  qiluvchi  ajrimlar  –  protsessning  boshlanishiga  to‘sqinlik 

qiluvchi yoki ishni qo‘zg‘atish yoxud ishni sudda mazmunan ko‘rish uchun 

qonuniy  asos  mavjud  bo‘lmagan  hollarda  ish  yuritishni  tugatish 

to‘g‘risidagi ajrimlar. 



Yakunlovchi  ajrimlar  –  ishni  hal  qiluv  qarorini  chiqarmasdan 

yakunlashga qaratilgan ajrimlar. 



To‘ldiruvchi  ajrimlar  –  sud  tomonidan  yo‘l  qo‘yilgan  va  ochiq 

ko‘rinib turgan protsessual xatoliklarni bartaraf etishga qaratilgan ajrimlar. 



Ishni  sirtdan  ish  yuritish  tartibida  ko‘rish  haqidagi  ajrim  –  bu 

qonunda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda chiqariladigan ajrim bo‘lib, 

sirtdan ish yuritish uchun asos bo‘ladi.  

Sirtdan  hal  qiluv  qarorini  chiqarish  –  bu  sud  majlisining  vaqti  va 

joyi to‘g‘risida tegishlicha xabardor qilingan javobgarning sud protsessiga 

uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  kelmasligi  va  uning  ishtirokisiz,  da’vogarning, 

albatta, roziligi bilan ishni mazmunan ko‘rib chiqish. 



Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori – ish sirtdan ish yuritish tartibida 

ko‘rilganida, sud ishda mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanib, ishda 

ishtirok  etuvchi  shaxslarning  vaj  va  iltimoslarini  e’tiborga  olib,  tegishli 

tartibda  xabardor  qilingan  javobgar  kelmasa  ham,  da’vogarning  roziligi 

asosida ishni ko‘rib chiqaradigan hal qiluv qarori. 

Sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorining  qonuniy  kuchi  –  agar 

uning  ustidan  shikoyat  berilmagan  yoki  protest  keltirilmagan  bo‘lsa, 

apellyatsiya shikoyatini berish va protest keltirish muddati o‘tganidan keyin 

qonuniy  kuchga  kiradi.  Hal  qiluv  qarori  ustidan  apellyatsiya  shikoyati 

berilgan yoki apellyatsiya protesti keltirilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar 

u bekor qilinmagan bo‘lsa, ishni yuqori instansiya sudi ko‘rib chiqqanidan 

keyin qonuniy kuchga kiradi. 

Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi ariza 

–  sirtdan  hal  qiluv  qarorini  chiqargan  sudga  o‘zida  sud  majlisiga  uzrli 

sabablarga  ko‘ra  kelmaganlikdan  dalolat  beruvchi  holatlar  ro‘yxatini  va 

ularni  tasdiqlovchi  dalillarni,  shuningdek,  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

14 


 

I BОB

 

qarorining mazmuniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dalillar ro‘yxatini 



qamrab olgan, davlat boji to‘lanmasdan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning 

soniga mutanosib miqdorda nusxalari bilan taqdim etiladigan hujjat. 



Sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  qayta  ko‘rish  to‘g‘risidagi 

ajrim – agar sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi 

arizani  ko‘rish  vaqtida,  sud  tarafning  sud  majlisiga  kelmaganligiga  uzrli 

sabablar borligini va bu haqida sudni o‘z vaqtida xabardor qilish imkoniyati 

bo‘lmaganligini  hamda  taraf  sirtdan  qabul  qilingan  hal  qiluv  qarorining 

mazmuniga  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lgan  dalillarni  taqdim 

qilayotganini  aniqlaganda,  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  bekor 

qiluvchi, ishni mazmunan ko‘rishni tiklash to‘g‘risidagi sudning protsessual 

hujjati. 



Nikohdan ajratish – er yoki xotinning arizasiga ko‘ra, sud qarori yoki 

FHDYo  organi  tomonidan  ular  o‘rtasidagi  oilaviy  munosabatlarning 

tugatilishi. 

Nikohni bekor qilish – er yoki xotinning vafot etishi munosabati bilan 

ular o‘rtasidagi oilaviy munosabatlarning tugatilishi. 



Nikohni  haqiqiy  emas  deb  topish  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila 

kodeksining  49-moddasida  ko‘rsatilgan  asoslar  bo‘yicha  sud  tomonidan 

nikohning qonuniy tuzilmagan deb topilishi. 

Aliment  –“alimentium”  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  “oziq-ovqat, 

ta’minot”  degan  ma’nolarni  anglatadi.  Aliment  –  voyaga  yetmagan 

bolalarni  mulkiy  huquqlaridan  biri,  yashash  manbayi,  ta’minot  shakli 

sanaladi.  U  bolalarning  ota-onasi  o‘zaro  nikohda  yoki  nikohda 

turmasligidan,  shuningdek,  nikohning  haqiqiy  emas  deb  topilishidan  qat’i 

nazar  to‘lanadi.  Faqat  bolaning  tug‘ilganligi  to‘g‘risidagi  guvohnomasida 

aliment  to‘lovchi  ota-ona  sifatida  ko‘rsatilgan  yoki  bolaga  nisbatan  otalik 

belgilangan bo‘lishi lozim. 



Aliment to‘lashning ixtiyoriy shakli – aliment to‘lashi shart bo‘lgan 

shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda, shaxsan o‘zi yoki o‘z arizasiga muvofiq, 

ishlab  turgan  joyida  yoxud  pensiya,  nafaqa,  stipendiya  va  boshqa  turdagi 

mablag‘ olayotgan joyida to‘lashi. 



Aliment  to‘lashning  kelishuv  shakli  –  nikoh  shartnomasida  yoki 

alohida kelishuv bitimi asosida ixtiyoriy tarzda vujudga keladi. Kelishuv ota 

– onalarning o‘zaro nikohda yoki nikohdan ajrashganliklaridan qat’i nazar 

tuzilishi mumkin. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

15 


 

I BОB

 

Aliment  undirishning  majburiy  shakli  –  sud  tomonidan  amalga 

oshiriladigan harakat bo‘lib, qonunda ko‘rsatilgan aliment majburiyatlariga 

doir  normalar  buzilganda  yoki  o‘sha  majburiyatlar  aliment  to‘lovchi 

tomonidan  bajarilmaganda,  tegishli  mablag‘ning  sud  tartibida  aliment 

to‘lovchidan majburiy tartibda undirilishi. 



Otalikni  sud  tartibida  belgilash  –  1968-yilning  1-oktabridan  keyin 

tug‘ilgan  bolalarga  nisbatan  otasi  deb  taxmin  qilinayotgan  shaxs  hayot 

bo‘lgandagina yo‘l qo‘yilishi tushuniladi va bunday talablar da’vo yuritish 

tartibida hal etiladi. 



Otalik  faktini  belgilash  –  1968-yilning  1-oktabridan  keyin  tug‘ilgan 

bolalarga nisbatan bolaning otasi, deb taxmin qilinadigan shaxs vafot etgan 

taqdirda manfaatdor shaxsning arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ish tushuniladi va 

bunday talab alohida ish yurituv tartibida ko‘riladi. 



Otalikni tan olganlik faktini belgilash – O‘zini bolaning otasi deb tan 

olgan, biroq bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan shaxs vafot etgan 

taqdirda,  sud  uning  otalikni  tan  olganligi  faktini  belgilashga  haqli 

(1968-yil 1-oktabrga qadar  tug‘ilgan bolalarga nisbatan bunday fakt faqat 

bola  marhum  vafot  etgan  paytda  yoki  oldinroq  uning  qaramog‘ida 

bo‘lgan holdagina yo‘l qo‘yiladi). 



Mehnat  nizolari  –  subyektiv  mehnat  huquqlarini  amalga  oshirish 

yuzasidan kelib chiqadigan hamda vakolatli organlar tomonidan ko‘rib hal 

qilish uchun qabul qilingan kelishmovchiliklar. 

Mehnat  nizolari  turlari  –  yakka  tartibdagi  va  mehnat  shartlarini 

o‘zgartirish bilan bog‘liq nizolar. 



Uy-joy  nizolarining  turlari  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy 

qonunchiligidan  kelib  chiqib,  uy-joy  fondi  bilan  bog‘liq  nizolarning 

turlariga davlat uy-joy fondidan foydalanish bilan bog‘liq nizolar va xususiy 

uy-joy fondi bilan bog‘liq nizolar kiradi. 



Xususiy uy-joy fondi – fuqarolar mulki bo‘lgan uy-joy fondi (yakka 

tartibda  qurilgan  uylar,  xususiylashtirilgan,  qurilgan  hamda  olingan 

kvartiralar  va uylar,  uy-joy  qurish  hamda  uy-joy  kooperativlariga  qarashli 

uylardagi  pay  badallari  to‘liq  to‘langan  kvartiralar,  fuqarolar  tomonidan 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

16 


 

I BОB

 

qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  asoslarda  mulk  qilib  olingan 



kvartiralar va uylar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat 

birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning 

mulki  bo‘lgan  va  ularning  mablag‘lari  hisobidan  qurilgan  yoki  auksionda 

yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan uy-joy 

fondlari). 

Davlat uy-joy fondi – mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida 

bo‘lgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar, 

shuningdek,  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  asoslar  bo‘yicha  boshqa 

tushumlar  hisobidan  barpo  etilgan  uy-joylar  fondi,  mahalliy  davlat 

hokimiyati  organlari  ixtiyorida  bo‘lgan,  mahalliy  budjet  mablag‘lari 

hisobidan barpo etilgan, xususiy, munitsipal uy-joy fondidan olib ularning 

balansiga  berilgan  fuqarolarning  ijtimoiy  jihatdan  himoyalanmagan,  kam 

ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartnomalari 

asosida  foydalanilayotgan  aniq  maqsadli  kommunal  uy-joy  fondi,  davlat 

korxonalari,  muassasa  va  tashkilotlarning  to‘la  xo‘jalik  yurituvida  yoki 

operativ boshqaruvi idorasiga qarashli bo‘lgan uy-joy fondlari. 

Alohida tartibda ish yuritish – fuqarolik sud ishlarini yuritishning bir 

turi sifatida huquq to‘g‘risida nizo bo‘lmagan va manfaatdor shaxslarning 

arizasi bo‘yicha ish yuritish. 

Alohida  tartibda  ko‘riladigan  ishlarning  turlari  –  O‘zbekiston 

Respublikasi  Fuqarolik  protsessual  kodeksining  279-moddasiga  ko‘ra, 

yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash, sil kasalligining yuqumli 

shakliga  chalingan  shaxsni  sil  kasalligiga  qarshi  kurash  muassasasining 

ixtisoslashtirilgan  bo‘limiga  g‘ayriixtiyoriy  tartibda  yotqizish,  bolani 

farzandlikka  olish,  fuqaroni  bedarak  yo‘qolgan  deb  topish  va  fuqaroni 

o‘lgan  deb  e’lon  qilish,  shaxsni  g‘ayriixtiyoriy  tartibda  psixiatriya 

statsionariga  yotqizish  to‘g‘risidagi  yoki  uning  ushbu  muassasada  yotishi 

muddatini  uzaytirish,  fuqaroni  muomala  layoqati  cheklangan  yoki 

muomalaga layoqatsiz deb topish, mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish, 

taqdim  etuvchiga  deb  berilgan  hujjatlar  yo‘qolgan  taqdirda,  ular  bo‘yicha 

huquqlarni tiklash to‘g‘risidagi ishlar (chaqirib ish yuritish).  



Yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  faktlar  –  fuqarolar  yoki 

tashkilotlarning  shaxsiy  yoki  mulkiy  huquqlarini  bevosita  keltirib 

chiqaradigan, o‘zgartiradigan yoki tugatadigan harakatlar yoki hodisalar. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI

 

 

17 


 

I BОB

 

Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish – O‘zbekiston Respublikasi 

Fuqarolik  kodeksining  33-moddasiga  ko‘ra,  agar  fuqaroning  qayerdaligi 

haqida  uning  yashash  joyida  bir  yil  davomida  ma’lumotlar  bo‘lmasa, 

manfaatdor  shaxslarning  arizasiga  muvofiq,  sudning  bu  fuqaroni  bedarak 

yo‘qolgan deb topishi. 



Fuqaroni  o‘lgan  deb  e’lon  qilish  –  O‘zbekiston  Respublikasi 

Fuqarolik  kodeksining  36-moddasiga  ko‘ra,  agar  fuqaroning  qayerda 

turganligi  haqida  uning  yashash  joyida  uch  yil  mobaynida  ma’lumot 

bo‘lmasa,  basharti  u  o‘lim  xavf  solib  turgan  yoki  muayyan  baxtsiz 

hodisadan  halok  bo‘lgan  deb  taxmin  qilish  uchun  asos  bo‘ladigan 

vaziyatlarda  bedarak  yo‘qolgan  bo‘lib,  uning  qayerdaligi  haqida  olti  oy 

mobaynida  ma’lumotlar  bo‘lmasa,  manfaatdor  shaxslarning  arizasiga 

muvofiq, sudning uni vafot etgan deb e’lon qilishi. 



Fuqaroning  muomala  layoqatini  cheklash  –  O‘zbekiston 

Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  31-moddasiga  ko‘ra,  spirtli 

ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o‘z 

oilasini  og‘ir  moddiy  ahvolga  solib  qo‘yayotgan  fuqaroning  muomala 

layoqatining  sud  tomonidan  fuqarolik  protsessual  qonun  hujjatlarida 

belgilangan  tartibda  cheklab  qo‘yilishi.  Bunday  shaxslarga  homiylik 

belgilanadi.  

Fuqaroni  muomalaga  layoqatsiz  deb  topish  –  O‘zbekiston 

Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  30-moddasiga  ko‘ra,  ruhiy  kasalligi 

yoki  aqli  zaifligi  oqibatida  o‘z  harakatlarining  ahamiyatini  tushuna 

olmaydigan  yoki  ularni  boshqara  olmaydigan  fuqaroning  sud  tomonidan 

qonun  hujjatlarida  belgilab  qo‘yilgan  tartibda  muomalaga  layoqatsiz  deb 

topilishi. Bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. 



Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish – O‘zbekiston Respublikasi 

Fuqarolik  kodeksining  191-moddasiga  ko‘ra,  egasi  bo‘lmagan  yoki  egasi 

noma’lum  bo‘lgan  ashyo  egasiz  ashyo  hisoblanadi.  Egasiz  ko‘chmas 

ashyolar  tegishli  davlat  organining  yoki  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organining  arizasiga  muvofiq  ko‘chmas  mol-mulkni  davlat  ro‘yxatiga 

oluvchi organ tomonidan hisobga olinadi. Egasiz ko‘chmas ashyo, hisobga 

olinganidan keyin uch yil muddat o‘tgach, davlat mol-mulkini boshqarishga 

vakolati bo‘lgan organ yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bu 

ashyoni  davlat  mulkiga  yoki  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi 

mulkiga kirgan deb hisoblash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etishi 

mumkin. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling