Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63

 

Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro 

varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza qarzdorlar soniga mutanosib miqdordagi 

nusxalari  bilan  sudga  beriladi,  аxborot  tizimi  orqali  elektron  shaklda 

yuboriladigan ariza bundan mustasno.  

Agar  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun 

ijro  varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  ariza  hakamlik  muhokamasi  tarafining 

vakili  tomonidan  berilgan  bo‘lsa,  arizaga  ishonchnoma  yoki  vakilning 

vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.  

Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro 

varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy 

ijro  etish  muddati  tugagan  kundan  e’tiboran  olti  oydan  kechiktirmay 

berilishi  mumkin.  Mazkur  muddat  sud  tomonidan  uzrli  deb  topilgan 

sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat 

tiklanishi mumkin.  

Agar  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun 

ijro  varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  ariza  FPKning  309

9

-moddasida  nazarda 



tutilgan  talablar,  shuningdek,  ushbu  modda  qoidalari  buzilgan  holda 

berilgan  bo‘lsa,  sud  FPKning  152–154-moddalarida  nazarda  tutilgan 

qoidalarga  binoan  bunday  arizani  qabul  qilishni  rad  etadi  yoki  harakatsiz 

qoldiradi. 



HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORI BILAN BOG‘LIQ ISHLARNI YURITISH  

JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

185 


 

XI BОB

 

4-§. Fuqarolik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy 



ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrimi va 

uni protsessual rasmiylashtirish tartibi  

Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro 

varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  ariza  sudya  tomonidan  yakka  tartibda  ko‘rib 

chiqiladi.  

Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan 

sud  muhokamasiga  tayyorlayotganda  ijro  varaqasi  so‘ralayotgan  ish 

materiallarini  hakamlik  sudidan  FPKda  dalillarni  talab  qilib  olish  uchun 

nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin.  

Sud  hakamlik  muhokamasi  taraflarini  sud  majlisining  vaqti  va  joyi 

to‘g‘risida  xabardor  qiladi.  Sud  majlisining  vaqti  va  joyi  haqida  tegishli 

tarzda  xabardor  qilingan  mazkur  shaxslarning  kelmaganligi  ishni  ko‘rib 

chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.  

Sud  ishni  sud  majlisida  ko‘rib  chiqayotganda  hakamlik  sudining  hal 

qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berishni  rad  etish 

uchun FPKning 309

12

-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki 



mavjud  emasligini  bayon  qilingan  talablar  va  e’tirozlarni  asoslash  uchun 

sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.  

Sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganida hakamlik sudi aniqlagan 

holatlarni  tekshirishga  yoxud  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini 

mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emas. 

Agar  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 

ariza  FPK  309

4

-moddasining  ikkinchi  qismida  ko‘rsatilgan  sudning  ish 



yurituvida bo‘lsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro 

varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  ariza  ko‘rib  chiqilayotgan  sud  hakamlik 

sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish 

to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rib  chiqishni  qarzdorning  iltimosnomasiga  binoan 

keyinga qoldirishi mumkin. 

 

 



HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORI BILAN BOG‘LIQ ISHLARNI YURITISH  

JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

186 


 

XI BОB

 

 



№ 

Sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun 

ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik 

muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha 

taraf quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad 

etadi: 

1  hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emasligini 

2  hakamlik  sudi hal  qiluv  qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan  yoki 

uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligini yoxud unda 

hakamlik  bitimi  doirasidan  chetga  chiquvchi  masalalar  bo‘yicha  xulosalar 

mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan 

qamrab  olinadigan  masalalar  bo‘yicha  xulosalarni  bunday  bitim  bilan  qamrab 

olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalardan ajratib olish mumkin bo‘lsa, sud 

hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorining  faqat  hakamlik  bitimi  bilan  qamrab 

olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalar bo‘lgan qismi uchun ijro varaqasi beradi 

3  hakamlik  sudi  tarkibi  yoki  hakamlik  muhokamasi  “Hakamlik  sudlari 

to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining  14-,  15-,  16-  va  25-

moddalari qoidalariga muvofiq emasligini 

4  hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 

Respublikasi  Qonuni  10-moddasining  birinchi  va  uchinchi  qismlari  talablari 

buzilgan holda chiqarilganligini 

5  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  hakamlik  muhokamasi  taraflaridan  qaysi 

biriga  qarshi  qabul  qilingan  bo‘lsa,  o‘sha  taraf  hakamlik  sudyalarini  saylash 

(tayinlash)  to‘g‘risida  yoki  hakamlik  sudi  majlisining  vaqti  va  joyi  haqida 

tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga 

o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini 

6  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  hakamlik  muhokamasi  taraflari  uchun  hali 

majburiy bo‘lmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi sud yoki 

xo‘jalik sudi tomonidan to‘xtatib turilganligini 

 

Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq 



hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa, sud hakamlik sudining hal 

qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi.  

Sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro 

varaqasi berish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha FPKda 

hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim 

chiqaradi.  



HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORI BILAN BOG‘LIQ ISHLARNI YURITISH  

JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

187 


 

XI BОB

 

Sudning  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish 



uchun  ijro  varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  yoki  hakamlik  sudining  hal 

qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berishni  rad 

etish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ham bo‘lishi kerak:  

1)  hal  qiluv  qarorini  qabul  qilgan  hakamlik  sudining  nomi  va 

tarkibi;  

2)  hakamlik  muhokamasi  taraflarining  nomi  (familiyasi,  ismi, 

otasining ismi);  

3) hakamlik sudining hal qiluv qarori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;  

4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun 

ijro  varaqasini  berish  yoki  ijro  varaqasi  berishni  rad  etish  uchun 

ko‘rsatma.  

 

Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro 



varaqasi  berish  rad  etilganligi  hakamlik  muhokamasi  taraflarining,  agar 

hakamlik  sudiga murojaat  etish  imkoniyati  yo‘qolmagan  bo‘lsa,  hakamlik 

bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki FPKda 

nazarda  tutilgan  qoidalarga  binoan  sudga  murojaat  etishiga  to‘sqinlik 

qilmaydi.  

Agar  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun 

ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal 

qiluv  qarori  hakamlik  bitimida  nazarda  tutilmagan  yoki  uning  shartlariga 

to‘g‘ri  kelmaydigan  nizo  bo‘yicha  chiqarilganligi  yoxud  unda  hakamlik 

bitimida  qamrab  olinmagan  masalalar  bo‘yicha  to‘xtamlar  mavjudligi 

yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lishi mumkin emasligi 

oqibatida  sud  tomonidan  to‘liq  yoki  qisman  rad  etilgan  bo‘lsa,  hakamlik 

muhokamasi  taraflari  bunday  nizoni  hal  qilish  uchun  FPKda  nazarda 

tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishlari mumkin.  

Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro 

varaqasi berish to‘g‘risidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak.  

 


HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORI BILAN BOG‘LIQ ISHLARNI YURITISH  

JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

188 


 

XI BОB

 

 



NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

 

1.  Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 

arizani  ko‘rib  chiqishning  protsessual  tartibi  haqida  nimalarni  bilasiz? 

Fikringizni asoslantiring ? 

2. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro 

varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza va unga qanday hujjatlar ilova qilinadi. 

3. Hakamlik sudlari tomonidan qanday hujjatlar qabul qilinadi ? 

4.  Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  nechta  tarkibiy  qismlarga 

ajratiladi ? 

 

 

NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 

 

1.  “Nafis”  MCHJ  huzuridagi  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik 



sudining  2009-yilning  3-noyabr  kunidagi  128/2009-sonli  hakamlik  ishi 

bo‘yicha  da’vogar  O.Mirzayevning  foydasiga  javobgar  B.Akbarovdan 

2.535.000 so‘m asosiy qarz, Markaziy bankning ma’lumotnomasiga asosan 

7,8 foizlik 197.730 so‘m, hakamlik sudi yig‘imi uchun 253.500 so‘m, sud 

xarajatlari uchun 7000 so‘m, jami 2.993.230 so‘mni undirish belgilangan. 

Javobgar  B.Akbarov  bu  summani  to‘lamaganligi  sababli  da’vogar 

O.Mirzayev hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish 

uchun ijro varaqasi berish haqida sudga murojaat qilgan.  

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Namangan  tumanlararo  sudi  mazkur  ish 

hakamlik sudida ko‘rib chiqilgan degan asos bilan hakamlik sudi hal qiluv 

qarorini  majburiy  ijroga  qaratish  uchun  ijro  varaqasini  berish  masalasi 

ko‘rib  chiqilishida  javobgar  B.Akbarovni  sud  majlisining  vaqti  va  joyi 

to‘g‘risida xabardor qilmagan va 2009-yilning 19-noyabr kunidagi sudning 

ajrimi bilan ariza qanoatlantirilib, O.Mirzayevning foydasiga B.Akbarovdan 

jami 2.993.230 so‘m undirish uchun ijro varaqasi berilgan. 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 


HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORI BILAN BOG‘LIQ ISHLARNI YURITISH  

JARAYONIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

189 


 

XI BОB

 

Ushbu  ish  yuzasidan  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy 



ijroga  qaratish  uchun  ijro  varaqasi  berish  haqidagi  arizani 

rasmiylashtiring? 

2.  2012-yil  17-iyul  fuqarolik  sudi  tomonidan  O‘zbekiston  hakamlik 

sudlari  assotsiatsiyasi  huzuridagi  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  Chilonzor 

tuman  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  asosida  ijro  varaqasi  berilgan. 

Keyinchalik,  2012-yil  20-avgustda  O‘zbekiston  hakamlik  sudlari 

assotsiatsiyasi  huzuridagi  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  Chilonzor  tuman 

hakamlik sudi tomonidan fuqarolik sudi asoslangan hal qiluv qarorida yo‘l 

qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish maqsadida “Yozuvdagi xatolarni tuzatish 

haqida” ajrim chiqarilgan.  

Shunga  ko‘ra,  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  fuqarolik  sudiga  ariza 

bilan murojaat qilib, hakamlik sudining yozuvdagi xatoni tuzatish haqidagi 

ajrimiga asoslanib, ijro varaqasiga o‘zgartirish kiritishni so‘ragan. Sudning 

ajrimi  bilan  arizachining  arizasi  qanoatlantirilgan  va  ijro  varaqasi 

o‘zgartirilgan.  



Vaziyatga huquqiy baho bering. 

Ijro varaqasini rasmiylashtiring. 

BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

190 


 

XII BОB

 

XII BOB. BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV 



QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA 

SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA 

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

1-§.  Apellyatsiya  shikoyati  (protesti)ning  mazmuni  hamda  ularni 



protsessual rasmiylashtirish tartibi 

Fuqarolik sud ishlarida ishtirok etuvchilarning huquqlari faqat birinchi 

instansiya  sudidagina  emas,  balki  ikkinchi  instansiyada  ham  himoya 

qilinadi. Agar  ishning  dastlabki  sudda  ko‘rilishida  qonun  talablariga  rioya 

qilinmagan,  ish  holatlarining  murakkabligi  yoki  boshqa  sabablarga  ko‘ra 

xatolarga  yo‘l  qo‘yilgan  bo‘lsa,  bunday  holatlar  apellyatsiya  tartibida 

ko‘rilib,  aniqlanishi  va  tuzatilishi  mumkin.  Apellyatsiya  tartibida  ish 

yuritishdan maqsad inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini har taraflama 

himoya qilishdan iborat. 

 

Esda  saqlang!  Qonuniy  kuchga  kirmagan  sud  qarorlarining 



qonuniy, asosli va adolatli ekanligini apellyatsiya tartibida tekshirish 

instituti  2000-yil  14-dekabrda  O‘zbekiston  Respublikasining 

Fuqarolik  protsessual  kodeksiga  “Birinchi  instansiya  sudining  hal 

qiluv  qarorlari  va  ajrimlari  ustidan  apellyatsiya  shikoyati  berish 

(protest keltirish)” deb nomlangan 37-bob bilan kiritildi. 

 

FPKning  320-moddasiga  muvofiq,  sud  tomonidan  hal  qiluv  qarori 

chiqarilgan  kundan  e’tiboran  yigirma  kun  ichida  taraflar  va  ishda  ishtirok 

etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb 

qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan 

hal etilgan shaxslar hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat 

berishi, prokuror protest keltirishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan 

keyin  berilgan  shikoyat  (protest)  ko‘rilmaydi  va  shikoyat  (protest)  bergan 

shaxsga  qaytariladi.  O‘tkazib  yuborilgan  muddatni  tiklash  masalasi 

FPKning 130-moddasi qoidalari asosida hal etiladi. 

 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

191 


 

XII BОB

 

O‘zbekiston 



Respublikasining 

2014-yil 

11-dekabrdagi 

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish 

va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida”gi  Qonuni  bilan  Fuqarolik 

protsessual 

kodeksining 

331-moddasiga 

Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Oliy  Sudi,  fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  sudlari,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Harbiy  sudi  apellyatsiya  shikoyati  yoki  protesti 

bo‘yicha tushgan ishni u kelib tushgan kundan e’tiboran endilikda 

bir  oydan  kechiktirmay  ko‘rishi  lozimligi  to‘g‘risidagi  o‘zgartish 

kiritildi. Avvallari bu muddat yigirma kunni tashkil etgan edi.

 

Apellyatsiya  instansiyasi  sudi  birinchi  instansiya  sudining  hal  qiluv 

qarorini  to‘liq  tekshirib  chiqishi  shart.  Apellyatsiya  shikoyatlari  va 

protestlari  apellyatsiya  instansiyasi  nomiga  yoziladi,  lekin  hal  qiluv  qarori 

chiqargan sudga beriladi. Vakil tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga 

ishonchnoma  yoki  vakil  huquqlarini  tasdiqlaydigan  boshqa  hujjat  ilova 

qilinishi  lozim.  Apellyatsiya  shikoyati  yoki  protesti  sudga  ishda  ishtirok 

etuvchi  shaxslarning  soniga  mutanosib  miqdorda  nusxalari  bilan  beriladi. 

Zarur hollarda, sudya, apellyatsiya shikoyati bergan shaxs yoki apellyatsiya 

protesti keltirgan prokuror zimmasiga apellyatsiya shikoyati yoki protestiga 

ilova  qilingan  yozma  hujjatlarning  nusxalarini  ham  ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslar  soniga  mutanosib  miqdorda  topshirish  majburiyatini  yuklashi 

mumkin.  FPKning  323-moddasida  protsessual  hujjat  sifatida  apellyatsiya 

shikoyatining  (protestining)  mazmuniga  qo‘yilgan  talablar  aks  etgan 

bo‘lishi kerak.  

 

 



 

 

 



 

APЕLLYATSIYA SHIKOYATINING (PROTЕSTINING) 

MAZMUNI 

 

shikoyat yoki protеst kеltirayotgan shaxsning nomi 



 

hal qiluv qarorining noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi 

 

shikoyat bеrayotgan yoki protеst kеltirayotgan shaxsning 



iltimosi 

 

shikoyat yoki protеstga ilova qilingan yozma matеriallarning 



ro‘yxati

 

 



shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarori va uni chiqargan sud 

nomi 


 

shikoyat bеrilayotgan yoki protеst kеltirilayotgan sudning 

nomi 

 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

192 


 

XII BОB

 

Apellyatsiya  shikoyati  shikoyat  berayotgan  shaxs  yoki  uning  vakili 



tomonidan  imzolanadi.  Apellyatsiya  protestini  ishda  ishtirok  etgan-

etmaganligidan  qat’iy  nazar,  prokuror  yoki  uning  o‘rinbosari  keltiradi  va 

imzolaydi.  

Apellyatsiya  shikoyatida  yoki  protestida  shikoyat  bergan  shaxs  yoki 

protest  keltirgan  shaxsning  yoxud  uning  vakilining  telefonlari  va  faks 

raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. 

Shikoyat  berilayotgan  yoki  protest  keltirilayotgan  sudning  nomi 

deganda ushbu shikoyat yoki protestni ko‘rib chiquvchi sud tushunilmog‘i 

lozim. Ayrim hollarda apellyatsiya shikoyati yoki protesti hal qiluv qarori 

chiqargan  sudga  berilishi  munosabati  bilan  shu  sudning  nomi  yozilgan 

holatlar  uchraydi  va  bu  xato  hisoblanadi.  Apellyatsiya  shikoyatlari  va 

protestlari apellyatsiya instansiyasi nomiga yozilishi lozim. 

Demak,  bunda  apellyatsiya  shikoyatlarini  (protestlarini)  qaysi  sudlar 

ko‘rishligini bilib olish lozim. 



FPKning 321-moddasiga muvofiq: 

1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy 

Sudi,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

sudlari  -  tegishli  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  tumanlararo,  tuman 

(shahar)  sudlarining  hal  qiluv  qarorlari  ustidan,  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Oliy  Sudining,  fuqarolik 

ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv 

qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini); 

2)  O‘zbekiston  Respublikasi  Harbiy  sudi  -  okrug  va  hududiy 

harbiy sudlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining 

hal  qiluv  qarorlari  ustidan  berilgan  apellyatsiya  shikoyatlarini 

(protestlarini); 

3)  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudining  Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha  sudlov  hay’ati  -  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudining 

hal  qiluv  qarorlari  ustidan  berilgan  apellyatsiya  shikoyatlarini 

(protestlarini); 

4)  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudining  Harbiy  hay’ati  - 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Harbiy  hay’atining  hal  qiluv 

qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) 

ko‘radi.

 

BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

193 


 

XII BОB

 

Shuningdek, apellyatsiya shikoyatlarida (protestlarida) asosiy urg‘u hal 



qiluv  qarorining  noto‘g‘riligi  nimadan  iborat  ekanligiga  va  shikoyat 

berayotgan  yoki  protest  keltirayotgan  shaxsning  iltimosi  nimadan 

iboratligiga  ahamiyat  berish  kerak.  Shikoyat  yoki  protestga  ilova  qilingan 

yozma materiallarning ro‘yxati albatta taqdim etilishi lozim. 

 

2-§.  Apellyatsiya  shikoyatini  (protestini)  harakatsiz  qoldirish 

to‘g‘risidagi ajrim va uni protsessual rasmiylashtirish tartibi 

  FPKning  324-moddasiga  asosan,  agar  apellyatsiya  shikoyati  berish 

yoki  protest  keltirish  paytida,  FPKning  322-moddasi,  ya’ni  apellyatsiya 

shikoyati  berish  (protesti  keltirish)  tartibi  va  323-moddasi  apellyatsiya 

shikoyatining (protestining) mazmuniga qo‘yilgan talablar buzilishiga yo‘l 

qo‘yilgan bo‘lsa yoki davlat boji to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat 

berish  uchun  boj  to‘lamagan  bo‘lsa,  apellyatsiya  shikoyati  yoki  protesti 

harakatsiz qoldiriladi. 

Apellyatsiya  shikoyati  yoki  protestini  harakatsiz  qoldirish  to‘g‘risida 

sudya  bu  shikoyat  yoki  protestning  harakatsiz  qoldirilishiga  asos  bo‘lgan 

kamchiliklarni  va  ularni  tuzatish  uchun  berilgan  muddatni  ko‘rsatib  ajrim 

chiqaradi. 

Shikoyat  bergan  yoki  protest  keltirgan  shaxs  ajrimda  ko‘rsatilgan 

kamchiliklarni belgilangan muddatda tuzatsa, shikoyat yoki protest dastlab 

sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi. Aks holda, shikoyat yoki 

protest  berilmagan  hisoblanib,  shikoyat  bergan  yoki  protest  keltirgan 

shaxsga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. 

 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling