Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63

BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

203 


 

XII BОB

 

Hal  qiluv qarorida  arz  qilingan va  birinchi  instansiya  sudi  tomonidan 



tekshirilgan  ba’zi  talablar  bo‘yicha  xulosalarning  mavjud  emasligi 

aniqlangan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini mazkur 

talablarga oid xulosalar bilan to‘ldirishga haqli. 

Apellyatsiya  instansiyasi  sudiga  FPKning  213-  va  215-moddalari 

talabiga muvofiq, aniqlangan ish holatlaridan kelib chiqib hal qiluv qarorini 

o‘zgartirish  yoki  yangi  hal  qiluv  qarori  chiqarish  haqidagi  ajrimda  yo‘l 

qo‘yilgan  arifmetik  xatoni  tuzatish,  shuningdek,  ushbu  ajrim  tushunarli 

bo‘lmasa, uni qo‘shimcha ajrimda tushuntirish huquqi berilgan. 

Ushbu  masalalar  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  sud  majlisining 

o‘tkazilish  vaqti  va  joyi  haqida  xabardor  qilingan  holda  sud  majlisida 

ko‘riladi.  Biroq  mazkur  shaxslarning  kelmasligi  bu  masalalarni  hal  etish 

uchun to‘sqinlik qilmaydi. 

Apellyatsiya  instansiyasi  sudi  hal  qiluv  qarorini  o‘zgartirar  yoki  uni 

butunlay yoxud qisman bekor qilar hamda yangi hal qiluv qarori chiqarar 

ekan, FPKning 214-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar 

mavjud bo‘lsa, protsessual qonun mazkur normasining ikkinchi va uchinchi 

qismlarida  belgilangan  tartibda  va  muddatlarda  qo‘shimcha  ajrim 

chiqarishga haqli. 

Protsessual  huquq  normalarini  FPK  314-moddasining  ikkinchi  qismi, 

1–8-bandlarida  ko‘rsatib  o‘tilgan  tarzda  buzish  hollarining  istalgan  birini 

apellyatsiya  instansiyasi  sudi  aniqlagan  taqdirdagina,  birinchi  instansiya 

sudining hal qiluv qarori albatta bekor qilinishi, ish esa birinchi instansiya 

sudiga yangidan ko‘rish uchun yuborilishi kerak. 

Ish birinchi instansiya sudida ko‘rilayotganda FPKning 92-moddasida 

nazarda tutilgan ish yuritishni to‘xtatib turish uchun asoslar bo‘lgani holda 

ish  birinchi  instansiya  sudi  tomonidan  mazmunan  hal  qilinganligi  (bu 

asoslar  apellyatsiya  shikoyati  yoki  protestini  ko‘rib  chiqish  vaqtida  ham 

saqlanib  turgan  bo‘lsa)  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilishga  va  ish  yuritishni 

to‘xtatib  turish  zarurligi  ko‘rsatilgan  holda  ishni  yangidan  ko‘rish  uchun 

yuborishga asos bo‘lishini sudlar e’tiborda tutmog‘i lozim.  



BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

204 


 

XII BОB

 

Apellyatsiya  instansiyasi  sudi  FPKning  97-  va  100-moddalarida 



ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha, hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor 

qilishga, ish yuritishni tugatishga yoki arizani ko‘rmasdan qoldirishga, agar 

apellyatsiya  instansiyasi  sudida  shunday  qaror  qabul  qilinishiga  sabab 

bo‘luvchi holatlar aniqlangan bo‘lsa, haqlidir.  

Apellyatsiya  instansiyasi  sudi,  agar  u  ishni  ko‘rayotganda  ayrim 

mansabdor shaxslar yoki fuqarolar tomonidan qonuniylik va huquq-tartibot 

buzilganligi faktlarini aniqlasa, FPKning 19-moddasida belgilangan tartibga 

muvofiq xususiy ajrim chiqarib, tegishli organlar va mansabdor shaxslarga 

yuboradi. 

Sudning  har  bir  sud  majlisi  to‘g‘risida,  shuningdek,  sud  majlisidan 

tashqarida  amalga  oshirilgan  har  bir  protsessual  harakat  haqida,  FPKning  

20-moddasi talablariga muvofiq, bayonnoma tuziladi. 

Apellyatsiya  instansiyasi  sudi  majlisining  bayonnomasi  FPKning  21- 

va 22-moddalari talablariga muvofiq ravishda yuritiladi.  

Belgilangan muddatda yoki o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanganidan 

so‘ng  berilgan  apellyatsiya  shikoyati  yoki  protesti  apellyatsiya 

instansiyasiga  ish  boshqa  shikoyat  yoki  protest  bo‘yicha  ko‘rib 

chiqilganidan  keyin  kelib  tushsa,  FPKning  345-moddasiga  muvofiq  sud 

ularni qabul qilishi va ko‘rib chiqishi shart.  

Apellyatsiya  instansiya  sudi  bunday  shikoyat  yoki  protestni  ko‘rib 

chiqib,  shikoyat  yoki  protest  bo‘yicha  chiqariladigan  ajrim  muqaddam 

chiqarilgan ajrimning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib kelishi lozim 

degan  xulosaga  kelsa,  ajrim  chiqarib,  ishni  taqdimnoma  bilan  sud  raisiga 

yuboradi,  sud  raisi  bir  yoxud  har  ikkala  ajrim  ustidan  nazorat  tartibida 

protest keltirish masalasini hal qiladi. 

“Sudlar  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining  33-

moddasiga  muvofiq,  ish  bo‘yicha  apellyatsiya  tartibida  ish  yuritish 

kassatsiya  tartibida  ish  yuritishni  istisno  qiladi.  Apellyatsiya  tartibida 

shikoyat  berilgan  (protest  keltirilgan)  hal  qiluv  qarori  ustidan  berilgan 

kassatsiya shikoyati (protesti) ko‘rilmasdan qoldirilishi lozim. 

Agar  ish  apellyatsiya  shikoyati  (protesti)  bo‘yicha  apellyatsiya 

instansiyasi  sudi  tomonidan  ko‘rilmagan  bo‘lsa,  kassatsiya  shikoyati 

(protesti)  bergan  shaxsga  apellyatsiya  instansiyasi  sudi  majlisida 

tushuntirishlar (e’tirozlar) berish huquqi tushuntiriladi.  



BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

205 


 

XII BОB

 

Quyidagilar  ustidan  apellyatsiya  tartibida  shikoyat  berilmaydi 



(protest keltirilmaydi): 

1) sud buyruqlari ustidan;  

2) saylovlar 

va 

referendumlarda 

ishtirok 

etayotgan 

fuqarolarning saylov huquqi buzilganligini aniqlagan sudlarning hal 

qiluv qarorlari ustidan;  

3) birinchi  instansiya  sudlarining  FPK  normalari  ustidan 

shikoyat  berish  nazarda  tutilmagan  yoki  ishni  davom  ettirishga 

to‘sqinlik  qilmaydigan  ajrimlari  ustidan,  shuningdek,  ish  ko‘rishni 

keyinga  qoldirish  to‘g‘risida,  shu  jumladan,  nikohdan  ajratish 

haqidagi  ishlar  bo‘yicha  er-xotinga  yarashish  uchun  muddat 

belgilanganligi  munosabati  bilan  ish  ko‘rishni  keyinga  qoldirish 

to‘g‘risida chiqarilgan ajrimlar ustidan. 

 

O‘zbekiston Respublikasi FPKning 219-moddasiga asosan, darhol ijro 

etilishi  lozim  bo‘lgan  hal  qiluv  qarorlari  ustidan  apellyatsiya  tartibida 

shikoyat berish ularning ijrosini to‘xtatmaydi. 

Hal qiluv qarorining bir qismi yoki qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan 

shikoyat  berilganda,  butun  hal  qiluv  qarori  qonuniy  kuchga  kirmaydi, 

chunki  apellyatsiya  instansiyasi  sudi  FPKning  332-moddasiga  asosan 

birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘liq tekshirishga haqli.  



 

5-§. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya 

shikoyati (protesti) berish va uni  protsessual rasmiylashtirish tartibi  

Fuqarolik  protsessual  kodeksining  346-moddasiga  asosan,  birinchi 

instansiya  sudining  ajrimlari  ustidan  sud  tomonidan  ajrim  topshirilgan 

kundan  e’tiboran  o‘n  kun  ichida  taraflar  va  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa 

shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq 

va  majburiyatlari  haqidagi  masala  sud  tomonidan  hal  etilgan  shaxslar 

apellyatsiya  instansiyasi  sudiga  quyidagi  hollarda  sudning  hal  qiluv 

qaroridan alohida shikoyat berishi, prokuror esa protest keltirishi mumkin: 

1) FPKda nazarda tutilgan hollarda; 

2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan 

hollarda. 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

206 


 

XII BОB

 

Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat 



berilmaydi  va  protest  keltirilmaydi,  biroq  bunday  ajrimlarga  qarshi 

e’tirozlar apellyatsiya shikoyati yoki protestiga kiritilishi mumkin.  

Birinchi  instansiya  sudining  ajrimlari  ustidan  shikoyat  berishning 

(protest  keltirishning)  FPK  346-moddasining birinchi qismida  belgilangan 

o‘n kunlik muddat sud tomonidan ajrim taraflar va ishda ishtirok etuvchi 

boshqa shaxslarga topshirilgan kundan e’tiboran hisoblanadi. 

Birinchi  instansiya  sudining  ajrimlari  ustidan  berilgan  shikoyatlar 

xususiy shikoyatlar, protestlar esa xususiy protestlar deb ataladi. 



 

Birinchi  instansiya  sudining  ajrimi  ustidan  shikoyat  berilganligi 

(protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni ko‘radigan apellyatsiya 

instansiyasi xususiy shikoyat yoki xususiy protestni ko‘rib chiqib: 

1) ajrimni  o‘zgarishsiz  qoldirishga,  shikoyat  yoki  protestni  esa 

qanoatlantirmaslikka; 

2) ajrimni  bekor  qilishga  va  ishni  mazmunan  ko‘rish  uchun 

birinchi instansiya sudiga yuborishga; 

3) ajrimni  butunlay  yoki  qisman  o‘zgartirishga  yoxud  bekor 

qilishga va masalani mazmunan hal qilishga haqli. 

 

Quyidagi  jadval  orqali  ayrim  ajrimlar  ustidan  shikoyat  qilinishi 



mumkinligi  va  ayrimlari  ustidan  shikoyat  va  protest  keltirilmasligini 

ko‘rishimiz mumkin. 



 

Birinchi instansiya sudining alohida protsessual hujjat shaklida 

chiqarilgan quyidagi ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan 

ajratilgan holda shikoyat va protest berilmaydi: 

 

№ 



Ajrimlar 

FPKning 

tegishli moddasi  

 1  arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi 

FPK 154-moddasi 

 2  arizani qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi 

FPK 151-moddasi 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

207 


 

XII BОB

 

 3  ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi 



FPK 160-moddasi 

 4  dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi 

FPK 64-moddasi 

 5  sud topshirig‘i to‘g‘risidagi 

FPK 65-moddasi 

 6  javobgarni qidirish to‘g‘risidagi 

FPK 140-moddasi 

 7  ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarish to‘g‘risidagi 

FPK 83-moddasi 

 8  ishni sudda ko‘rishga tayinlash to‘g‘risidagi 

FPK 161-moddasi 

 9  ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risidagi 

FPK 10-moddasi 

10  rad qilish talabini qabul qilish yoki qabul qilmaslik 

to‘g‘risidagi 

FPK 29-moddasi 

11  ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish 

to‘g‘risidagi 

FPK 42-moddasi 

12  huquqiy vorisning protsessga kirishi to‘g‘risidagi 

FPK 43-moddasi 

13  shaxsning sudda vakil sifatida qatnashishiga ruhsat 

berish to‘g‘risidagi 

FPK 52-moddasi 

14  ishni mazmunan ko‘rishni tiklash to‘g‘risidagi 

FPK 96-moddasi 

15  bir necha talabni birlashtirish va bir necha talabni ajratish 

to‘g‘risidagi 

FPK 156, 157-

moddalari 

16  jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish 

to‘g‘risidagi 

FPK 125-moddasi 

17  sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish 

haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi 

FPK 232-moddasi 

18  yo‘qolgan ishni tiklash masalasi bo‘yicha 

FPK 24-moddasi 

19  bayonnoma yuzasidan bildirilgan yozma fikrlarga 

qo‘shilmaslik to‘g‘risidagi 

FPK 23-moddasi 

20  protsessual muddatlarni kechiktirish va tiklash 

to‘g‘risidagi 

FPK 130-moddasi 

21  sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi 

FPK 238


10

-

moddasi 



 

 

 

 

 

BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

208 


 

XII BОB

 

Sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda, jumladan, quyidagi 



ajrimlar ustidan shikoyat yoki protest berilishi mumkin: 

 

№ 



Ajrimlar 

FPKning 

tegishli moddasi 

 1  arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi 

FPK 153-moddasi 

 2  harakatsiz qoldirilgan arizani arizachiga qaytarish 

to‘g‘risidagi 

FPK 154-moddasi 

 3  dalillarni ta’minlashni rad etish to‘g‘risidagi 

FPK 64-moddasi 

 4  da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi 

FPK 248-moddasi 

 5  ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi 

FPK 95-moddasi 

 6  jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini 

kamaytirishni rad etish to‘g‘risidagi 

FPK 125-moddasi 

 7  ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi 

FPK 147-moddasi 

 8  xususiy ajrim 

FPK 19-moddasi 

 9  hal qiluv qarorini darhol ijro etish masalalari bo‘yicha 

FPK 220-moddasi 

10  sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish 

haqidagi arizani rad etish to‘g‘risidagi 

FPK 232-moddasi 

11  hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq 

arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi 

FPK 213-moddasi 

12  qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishni rad etish 

to‘g‘risidagi 

FPK 214-moddasi 

13  hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi 

FPK 215-moddasi 

14  hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uni bo‘lib-bo‘lib 

ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish 

to‘g‘risidagi 

FPK 216-moddasi 

15  hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan 

holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani rad 

etish to‘g‘risidagi 

FPK 368-moddasi 

16  arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi 

FPK 98-moddasi 

17  ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi 

FPK 100, 101-

moddalari 

18  hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala 

bo‘yicha 

FPK 383-moddasi 

19  protsessual muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi 

FPK 130-moddasi 

20  sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni 

rad etish to‘g‘risidagi 

FPK 238

5

-



moddasi 

BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

209 


 

XII BОB

 

21  ijro varaqasini ijroga topshirishning o‘tkazib yuborilgan 



muddatini tiklashni rad etish to‘g‘risidagi 

FPK 379-moddasi 

22  hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan 

holatlarga ko‘ra qayta ko‘rish haqidagi arizani 

qanoatlantirish to‘g‘risidagi 

FPK 368-moddasi 

 

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

 

1. Apellyatsiya  instansiya  sudida  yuritiladigan  protsessual  hujjatlarni 

tahlil eting.  

2. Moddiy  va  protsessual  huquq  normalarining  buzilishini  misollar 

yordamida tahlil eting.  

3. Moddiy huquq normalarining buzilishi deganda nimani tushunasiz?  

4.  Protsessual  huquq  normalarining  buzilishi  deganda  nimani 

tushunasiz?  

 

 

NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 

 

1. M.Surayev shahar ijroiya qo‘mitasi tomonidan 1990-yilda berilgan  



325-sonli  orderga  asosan  A.Fitrat    ko‘chasi,  2-uyning  13-xonadonida  oila 

a’zolari  bilan  yashab  kelgan.  Ushbu  orderda  uydan  foydalanuvchilar  

sifatida  M.Suyraev,  xotini  M.Surayeva  va  qaynonasi  M.Alimovalar 

ko‘rsatilganlar. 

Nizoli  xonadon  shahar  hokimining  1993-yil  5-fevraldagi  qarori  bilan 

M.Surayev  nomiga  xususiylashtirilgan.  1999-yilda  M.Surayev  bilan 

M.Surayeva sud orqali nikohdan ajrashgan.  

M.Surayeva va M.Alimovalar sudga da’vo bilan murojaat qilib, nizoli 

xonadonni  ularning  tasarrufida    qoldirib,  javobgar  M.Surayevga  uydagi 

hissasini  pul  hisobida  undirib  berishni  so‘raganlar.  Sud  da’voni 

qanoatlantirgan. 

Javobgar  M.Surayeva  tomonidan  apellyatsiya  shikoyati  keltirilgan. 

Apellyatsiya  instansiyasi  sudida  javobgar  tomonidan  apellyatsiya 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN  

APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

 

210 


 

XII BОB

 

shikoyatidan  voz  kechildi.  Shu  sababli  apellyatsiya  instansiyasi  birinchi 



instansiya sudi hal qiluv qarorini bekor qilib ish yuritishni tugatdi. 

 



Vaziyatga huquqiy baho bering. 

 



Apellyatsiya instansiyasida shikoyatdan voz kechish va da’vodan voz 

kechish oqibatlarini tahlil eting. 

2.  M.Dustova  2001-yilda  sudga  da’vo  bilan  murojaat  qilib  X.Jalilov 

bilan  nikoh  davrida  1990-yilda  VAZ-2107  rusumli  avtomashinani  sotib 

olganliklarini,  X.  Jalilov  2007-yil  21-avgustda  uning  roziligini  olmasdan 

avtomashinani  akasi  E.Jalilovga  hadya  qilganligini  ko‘rsatib,  hadya 

shartnomasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. 

Sud  M.Dustovaning  da’vosini  rad  qilish  haqida,  xususan,  da’vo 

muddatini  uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  o‘tkazib  yuborganligi  haqida  xulosaga 

kelgan. 

Fuqaro M.Dustova esa apellyatsiya instansiyasi sudiga murojaat qilib,  

2012-  yil  19-aprelda  taraflar  sud  qaror  chiqargunicha  da’vo  muddatini 

qo‘llash haqida ariza bilan murojaat qilmaganliklarini ta’kidlamoqda. 

 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 



 

Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimini yozing. 



 

 

BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN 

KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

211 


 

XIII BОB

 

XIII BOB. BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV 



QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN KASSATSIYA 

SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA 

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

1-§.  Kassatsiya  shikoyati  (protesti)ning  mazmuni  hamda  ularni 

protsessual rasmiylashtirish tartibi 

Qonuniy  kuchga  kirgan,  apellyatsiya  tartibida  ko‘rilmagan  hal  qiluv 

qarorlari ustidan sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan e’tiboran bir yil 

ichida  taraflar  va  ishda  ishtirok  etishga  jalb  qilingan  shaxslar  tomonidan 

kassatsiya  shikoyati  berilishi  va  prokuror  tomonidan  protest  keltirilishi 

mumkin. 


FPKning “Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari 

ustidan kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish)” deb nomlangan 38-

bobi  2000-yil  14-dekabrdagi  O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik 

protsessual  kodeksiga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  haqidagi 

qonunga muvofiq kiritilgan bob sanaladi. 

FPKning 348

2

-moddasiga asosan, quyidagilar: 



1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy Sudi, 

fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  sudlari  –  tegishli 

fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv 

qarorlari ustidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha 

Oliy  Sudining,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

sudlarining  hal  qiluv  qarorlari  ustidan  berilgan  kassatsiya  shikoyatlarini 

(protestlarini). 

2.  O‘zbekiston  Respublikasi  Harbiy  sudi  –  okrug  va  hududiy  harbiy 

sudlarning  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Harbiy  sudining  hal  qiluv 

qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini). 

3. O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha 

sudlov hay’ati – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining hal qiluv qarorlari 

ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini). 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN 

KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

212 


 

XIII BОB

 

4.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudining  Harbiy  hay’ati  – 



O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Harbiy hay’atining hal qiluv qarorlari 

ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘radi. 

FPKning  348

3

-moddasiga  ko‘ra,  kassatsiya  shikoyatlari  va  protestlari 



kassatsiya  instansiyasi  sudi  nomiga  yoziladi,  lekin  hal  qiluv  qarori 

chiqargan sudga beriladi. 

Vakil  tomonidan  berilgan  kassatsiya  shikoyatiga  ishonchnoma  yoki 

vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ilova qilinishi lozim. 

Kassatsiya  shikoyati  yoki  protesti  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 

soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga taqdim etiladi, axborot 

tizimi  orqali  elektron  shaklda  yuboriladigan  kassatsiya  shikoyati  yoki 

protesti bundan mustasnodir.  

Sudya,  zarur  hollarda,  kassatsiya  shikoyati  bergan  shaxs  yoki 

kassatsiya protesti keltirgan prokuror zimmasiga kassatsiya shikoyati yoki 

protestiga  ilova  qilingan  yozma  materiallarning  nusxalarini  ishda  ishtirok 

etuvchi  shaxslar  soniga  mutanosib  miqdorda  taqdim  etish  majburiyatini 

yuklashi mumkin. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling