Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 35
II BОB
ko‘rsatiladi. Xulosa qismida da’vo arizasini qabul qilishni rad etilgani, ajrim ustidan shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddati, agar ish sudga taalluqli bo‘lmasa, arizachi qaysi organga murojaat qilishi kerakligini yoki ish qo‘zg‘atishga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni qanday bartaraf etishni ko‘rsatishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudi ajrimlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 25-maydagi 7-sonli qarorida ko‘rsatilishicha, arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat va protest keltiriladi. 5-§. Arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi ajrim va uni rasmiylashtirish tartibi FPKning 154-moddasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha sud arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
1) ariza FPKning 149–150-moddalarida bayon etilgan talablarga rioya qilinmay berilgan bo‘lsa, ya’ni ariza mazmuni talab darajasida rasmiylashtirilmagan bo‘lsa yoki ariza javobgarlar soniga nomutanosib taqdim etilgan bo‘lsa; 2) davlat boji to‘lanmagan bo‘lsa.
Yuqoridagi asoslar mavjud bo‘lganida, sud arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarib, bundan da’vogarni xabardor qiladi va kamchiliklarni tuzatish uchun unga muhlat beradi. Аjrim imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi. Agar da’vogar belgilangan muddatda sudyaning ko‘rsatmalariga muvofiq FPKning 149–150-moddalaridagi talablarni bajarsa va davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Аriza va ajrim imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 36
II BОB
Esda saqlang! Mazkur ajrimning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudi ajrimlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 25-maydagi 7-sonli qaroriga ko‘ra, arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat yoki xususiy protest berilmaydi.
Demak, arizani harakatsiz qoldirish haqidagi ajrimning xulosa qismida shikoyat va protest keltirish muddati va tartibi yozilmaydi. Shuningdek, ushbu ajrimning xulosa qismida sud tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish muddati, mazkur muddatda bartaraf etilmasa arizani qaytarish haqidagi qoidalar yoziladi. 6-§. Arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrim va uni rasmiylashtirish tartibi FPKning 154-moddasiga ko‘ra, agar da’vogar belgilangan muddatda sudyaning ko‘rsatmalariga muvofiq, FPKning 149- va 150-moddalaridagi talablarni bajarsa va davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Ushbu qoidadan kelib chiqib aytish mumkinki, arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirdagina sud arizani qaytarish haqida ajrim chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudi ajrimlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 25-maydagi 7-sonli qarorida ko‘rsatilishicha, harakatsiz qoldirilgan arizani arizachiga qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat va protest keltiriladi. 7-§. Fuqarolik ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrim va uni protsessual rasmiylashtirish tartibi Fuqarolik ishini qo‘zg‘atish fuqarolik protsessining birinchi va asosiy bosqichlaridan biri sanaladi. Sud fuqarolik ishini quyidagi hollarda qo‘zg‘atadi: FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 37
II BОB
1) o‘zining huquqi yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasi bo‘yicha; 2) prokurorning arizasi bo‘yicha; 3) agar davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunga muvofiq boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etishga haqli bo‘lsalar, ularning bergan arizalari bo‘yicha (FPKning 5-moddasi). Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarning sudga bergan da’vo arizasi yoki shikoyat arizasi bo‘yicha sudda fuqarolik ishi qo‘zg‘atiladi. Sud da’vo arizasi O‘zbekiston Respublikasi FPKning 149-moddasi talablariga javob bersa, shuningdek, arizani qabul qilishni rad etish uchun asoslar bo‘lmasa arizani qabul qilish va fuqarolik ishini qo‘zg‘atish haqida ajrim chiqaradi.
1. Fuqarolik ishlarini qo‘zg‘atish bosqichida qanday protsessual hujjatlar chiqariladi? Fikringizni asoslantiring. 2. Arizani harakatsiz qoldirish va qabul qilishni rad etish asoslarini misollar yordamida tushuntiring. 3. Da’vo arizasini rasmiylashtirish tartibini tushuntiring. 4. Qarshi da’vo arizasi bilan e’tirozning o‘xshash va farqli jihatlarini tahlil qiling. NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 1. R.Latipov mansabdor shaxs V.Berdiyevning xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish haqida shikoyat bilan sudga murojaat qilgan. Sud FPKning 152-moddasi 2-bandini qo‘llab, ya’ni muqaddam R.Latipovni ishga tiklash, yetkazilgan zararlarni undirish haqidagi fuqarolik ishi sudda ko‘rilib, ushbu nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjudligini ko‘rsatib, arizani qabul qilishni rad etish haqida ajrim chiqargan. Oliy Sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati 2002-yil 17-may kuni sud ajrimini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun yubordi.
FUQAROLIK ISHLARINI QO‘ZG‘ATISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 38
II BОB
O‘zbekiston Respublikasi FPKning 152-moddasi 2-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim loyihasini tayyorlang. 2. 14 yoshli F.Lutfullayev ismli shaxs ish haqi undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sud FPKning 152-moddasining 6-bandiga ko‘ra, ya’ni ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilganligi asosida, da’vo arizasini qabul qilishni rad etish haqida ajrim chiqargan.
ajrimning xulosa qismida nimalar ko‘rsatilishi kerak? ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 39
III BОB
BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 1-§. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risida ajrim va uni protsessual rasmiylashtirish tartibi Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 4-moddasida belgilab berilgan bo‘lib, unga ko‘ra fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etishdan iboratdir. Fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy maqsadini amalga oshirish uchun fuqarolik protsessi har bir bosqichining o‘z mustaqil vazifalari bor. Sudya arizani qabul qilib, fuqarolik ishi qo‘zg‘atganidan so‘ng, ishni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqish hamda hal qilish maqsadida, uni sudda ko‘rishga tayyorlaydi.
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni ko‘rishda amal qilinishi lozim bo‘lgan qonunni aniqlash taraflarning talab va e’tirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek, nizoni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni aniqlash ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan dalillar doirasini aniqlash va ularning o‘z vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini ta’minlash ishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan shaxslar tarkibi masalasini hal etish
Fuqarolik ishini sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichi fuqarolik sud ishlarini yuritishning oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishdagi muhim bosqich hisoblanadi. Ushbu bosqichdagi protsessual harakatlarni amalga oshirishning samaradorligi - ish yuritishni to‘g‘ri tashkil etish, fuqarolik ishlarini protsessual muddatlarga rioya qilgan holda ko‘rib chiqish imkonini beradi. Sudya fuqarolik ishini sudda ko‘rishga tayyorlash vaqtida yozma va ashyoviy dalillardan qaysi birini qabul qilish, ishga uchinchi shaxslarni jalb qilish, taraflarni yoki jalb qilingan shaxslarni FPKning 159-
ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 40
III BОB
moddasi tartibida so‘roq qilish, vakillar ishtiroki masalalarini hal qiladi, ishda prokurorning ishtirok etishi to‘g‘risidagi va tegishli davlat boshqaruvi organini sud protsessida qatnashishga jalb etish haqidagi masalani, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan tashkilot yoki fuqaroning ish yakunidan manfaatdorligini aniqlasa, ularga, shuningdek, prokurorga yuritilayotgan ishni va uni ko‘rish vaqtini ma’lum qiladi, guvohlarni sud majlisiga chaqirish yoki ularni FPKning 72-moddasida nazarda tutilgan tartibda so‘roq qilish masalasini hal qiladi, tashkilotlar yoki fuqarolardan yozma va ashyoviy dalillarni talab qilib oladi yoki bu dalillarni olib, sudga taqdim etish uchun ishda ishtirok etuvchi shaxslarga talabnoma beradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini hisobga olib, ekspertiza tayinlash va mutaxassis jalb qilish masalasini hal qiladi, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilib, joyda ko‘zdan kechirish o‘tkazadi, boshqa sudlarga sud topshiriqlari yuboradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va
majburiyatlarini tushuntiradi hamda ushbu protsessual harakatlarni sudya yakka o‘zi hal qilib, ajrim bilan rasmiylashtiradi. 2012-yil 25-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudi ajrimlari to‘g‘risida”gi 7-sonli qaroriga ko‘ra, fuqarolik ishini sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim alohida protsessual hujjat ko‘rinishida chiqarilishi shart bo‘lgan ajrimlar toifasiga kirib, ushbu ajrim FPKning 237–238-moddalari talablaridan kelib chiqib rasmiylashtiriladi. 2-§. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida sudya tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar bo‘yicha rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishga tayyorlash va ularni ko‘rish muddatlari to‘g‘risida”gi 18-sonli qarorida ishni sudda ko‘rishga tayyorlash jarayonida sudya: -
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning FPKning 34-moddasida belgilangan huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; -
da’vogardan da’volarni ajratish (FPKning 159-moddasi) yoxud ularni birlashtirish va birgalikda ko‘rish (FPKning 155-, 156- ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 41
III BОB
bilan bog‘liq boshqa talablari bor-yo‘qligini aniqlashi; -
javobgardan da’vogarning talablariga qanday e’tirozlari borligini va bu e’tirozlar qanday dalillar bilan isbotlanishi mumkinligini aniqlashi, FPKning 246-, 247-moddalari qoidalari bo‘yicha unga qarshi da’vo talablari taqdim etish huquqini tushuntirishi; -
FPKning 180-moddasi talablariga binoan sud majlisida amalga oshgan holda hal qilish uchun taraflardan kelishuv bitimi tuzish ehtimolini aniqlashi lozimligi belgilangan. Shuningdek, ishga tiklash haqidagi ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlashda qonunni ochiq-oydin buzib, g‘ayriqonuniy tarzda mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni noqonuniy boshqa ishga o‘tkazishni farmoyishi bilan amalga oshirgan mansabdor shaxsni aniqlash va uni javobgar tarafdan uchinchi shaxs sifatida g‘ayriqonuniy ishdan ozod etilganda yoki asossiz boshqa ishga o‘tkazilganda to‘langan ish haqini qoplash maqsadidagina emas, balki qonunlarning buzilishini oldini olish uchun, ishga jalb qilish masalasini hal qilish kerak. Agar da’voni ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rmaslik, hal qiluv qarorining ijrosini qiyinlashtiradigan yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yadigan bo‘lsa, sudya FPKning 248-moddasiga muvofiq, ishni sudda ko‘rishga tayyorlash davomida da’voni ta’minlash bo‘yicha choralar qo‘llashga haqli. O‘zlari uchun zarur bo‘lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi deyishga asosi bo‘lgan shaxslar ariza berishdan oldin ham, keyin ham sudyadan bu dalillarni ta’minlashni iltimos qilishlari mumkin. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bo‘yicha barcha harakatlar qilinib, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning da’vo talablari va e’tirozlari aniqlanib, barcha hujjatlar to‘planib bo‘lingach, FPKning 161-moddasiga binoan, sudya ajrimga asosan, sudda ishni ko‘rishga tayinlaydi. FPKning 131-moddasida ko‘rsatilgan fuqarolik ishlarini ko‘rish muddatlari (o‘n kundan, yigirma kundan, bir oydan yoki ikki oydan kechiktirmay) ishni sudda ko‘rishga tayyorlash tugatilgan kundan boshlab hisoblanadi. ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 42
III BОB
kelishuvga erishganliklari haqidagi yozma bitimi kelishuv bitimi shaklida tuziladi. Kelishuv bitimiga yagona ta’rif keltirilmagan, ammo taraflarning nizoni kelishuv orqali tugatish yoki ushbu nizoni o‘zaro kelishishga asoslangan, da’vo talabi (talablari)ga nisbatan aniqlikka erishishga qaratilgan, nizoni hal qilish to‘g‘risidagi taraflarning yozma kelishuvi tushuniladi.
Kelishuv bitimi sud jarayonida tuzilganda sud kelishuv bitimini tasdiqlashi yoki tasdiqlashni rad etishi lozim bo‘ladi, kelishuv bitimi mazmunan va shaklan qonun hujjatlari talablari doirasida bo‘lsa, fuqarolik ishi yuzasidan ish yuritish tugatiladi. Kelishuv bitimining sud tomonidan tasdiqlanishi natijasida FPKning 100-moddasi birinchi qismi 4-bandi tartibida ish yuritishni tugatish uchun asos bo‘ladi, sud ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganda kelishuv bitimining shartlari va tartibi sudning ajrimini xulosa qismida batafsil ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
to‘plash zarur bo‘lgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshiradi. Sud topshirig‘i ajrim bilan rasmiylashtirilib, unda ko‘rilayotgan ishning mohiyati, aniqlanishi zarur bo‘lgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud to‘plashi lozim bo‘lgan dalillar ko‘rsatiladi. Bu ajrim qaysi sud nomiga yozilgan bo‘lsa, o‘sha sud uchun majburiy bo‘lib, o‘n besh kunlik muddat ichida bajarilishi lozim.
Sud topshirig‘ini bajarish tartibi FPKda belgilangan qoidalarga binoan amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslarga sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida ma’lum qilinadi, biroq ularning kelmasligi topshiriqni bajarishga to‘sqinlik qilmaydi. Sud topshirig‘i tartibida taraflar va uchinchi shaxslar yoxud ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish hamda tekshirish orqali aniqlanadigan faktik ma’lumotlar to‘planishi mumkin. Bayonnomalar va topshiriqni bajarish vaqtida to‘plangan materiallar ishni ko‘rib chiqayotgan sudga darhol yuboriladi. ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 43
III BОB
Agar topshiriqni bajarayotgan sudga tushuntirishlar yoxud ko‘rsatuvlar bergan ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar ishni ko‘rayotgan sudga kelsalar, ular umumiy tartibda tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar beradilar.
Xorijiy davlatlarning organlarida ish yuritish uchun zarur dalillar bilan ta’minlash davlat notarial idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Dalillarni ta’minlash tartibi. Dalillarni ta’minlash Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan dalillarni to‘plash va tekshirish qoidalari bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga dalillarni ta’minlash vaqti va joyi haqida ma’lum qilinadi, biroq ularning kelmasligi dalillarni ta’minlash haqidagi ariza ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Kechiktirish, shuningdek, keyinchalik arizachi bilan kimning o‘rtasida nizo kelib chiqishini aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda, dalillarni ta’minlash faqat birgina arizachining o‘zini xabardor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Dalillarni ta’minlash tartibida taraflarning, uchinchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi, guvohlar so‘roq qilinadi, ekspertiza tayinlanadi, yozma va ashyoviy dalillar talab qilib olinadi yoki ko‘zdan kechiriladi, joyga borib ko‘zdan kechirish o‘tkaziladi. Dalillarni ta’minlash tartibida to‘plangan barcha materiallar ishni ko‘rayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi. Dalillarni ta’minlash masalalari bo‘yicha chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat qilish – dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat qilish mumkin emas. Dalillarni ta’minlashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish yoki unga nisbatan xususiy protest keltirish mumkin. Ekspertiza tayinlash – sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan ishni ko‘rish vaqtida kelib chiqqan, fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun ekspertiza tayinlashi mumkin. ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 44
III BОB
Ekspertiza sudda o‘tkaziladi yoki tekshirishning xususiyati taqozo etsa yoxud tekshiriladigan buyumni sudga keltirishning imkoni bo‘lmasa yoki keltirish qiyin bo‘lsa, suddan tashqarida o‘tkaziladi. Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda qanday masalalar bo‘yicha ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza o‘tkazish kimga topshirilayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Ekspertlarni tayinlashda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini e’tiborga oladi. Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling