Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

Da’voni ta’minlash – sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning 

arizasiga  binoan  yoki  o‘z  tashabbusi  bilan  da’voni  ta’minlash  choralarini 

ko‘rishi  mumkin,  ya’ni  sud  hal  qiluv  qarorining  ijrosini  ta’minlash 

maqsadida, sud tomonidan ko‘riladigan tadbirlardan iborat. 

Hakamlik  sudida  ko‘rib  chiqilayotgan  da’voni  ta’minlash  choralari 

hakamlik muhokamasi tarafining da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizasiga 

binoan  hakamlik  sudi  joylashgan  yerdagi  yoxud  javobgar  joylashgan 

yerdagi  yoki  yashaydigan  joydagi  yoinki  javobgarning  mol-mulki  turgan 

joydagi sud tomonidan ko‘rilishi mumkin. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi 

arizaga da’voning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar 

ilova qilinadi. 

Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi 

arizani  sud  tomonidan  ko‘rib  chiqish  va  da’voni  ta’minlash  haqida  ajrim 

chiqarish FPKning 249 – 258-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga 

oshiriladi. 

 

3-§. Ishni sudda ko‘rishga tayinlash to‘g‘risidagi ajrim va uni 

rasmiylashtirish tartibi 

Sudya  ishni  yetarli  darajada  tayyorlangan  deb  topgach,  uni  sud 

majlisida  ko‘rishga  tayinlash  to‘g‘risida  ajrim  chiqaradi,  taraflar  va 

protsessning  boshqa  ishtirokchilariga  ishni  ko‘rish  vaqti  va  joyi  haqida 

ma’lum qiladi. Ishni sudda ko‘rishga tayinlash masalasi sudya tomonidan 

yakka hal qilinadi, FPKning 131-moddasida belgilangan muddatlarga rioya 

qilgan holda sud majlisining kuni va vaqti belgilanadi.  


ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

45 


 

III BОB

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2012-yil  



25-maydagi  “Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  birinchi  instansiya  sudi 

ajrimlari  to‘g‘risida”gi  7-sonli  qarorida  sudda  ishni  ko‘rishga 

tayinlash 

to‘g‘risidagi 

ajrim 

alohida 

protsessual 

hujjat 

ko‘rinishida  chiqarilishi  shart  bo‘lgan  ajrimlar  ro‘yxatiga 

kiritilgan.  Shu  sababli,  ishni  sudda  ko‘rishga  tayinlash 

to‘g‘risidagi  ajrimda  quyidagilar  ko‘rsatilishi  lozim:  ajrimning 

chiqarilgan  vaqti  va  joyi;  sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud 

tarkibi),  sud  majlisining  kotibi;  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar;  nizo 

predmeti  va  ajrim  bilan  hal  qilinayotgan  masalaning  mohiyati; 

sudning xulosasiga olib kelgan asoslar  va  sud  qo‘llagan  qonunlar; 

sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi; ajrim ustidan 

shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddati.

 

Sudning o‘z joyida chiqaradigan ajrimida nizo predmeti va ajrim bilan 

hal  qilinayotgan  masalaning  mohiyati,  sudning  xulosasiga  olib  kelgan 

asoslar  va  sud  qo‘llagan  qonunlar  hamda  sudning  hal  etilayotgan  masala 

yuzasidan xulosasi aks ettirilgan bo‘lishi lozim.  

Ishni sudda ko‘rishga tayinlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan sudning hal 

qiluv qaroridan ajratilgan holda shikoyat va protest berilmaydi. 

 

4-§. Sud chaqiruv qog‘ozi va uni rasmiylashtirish tartibi 

Fuqarolik  ishi  sudda  ko‘rishga  tayinlanganidan  so‘ng  ishda  ishtirok 

etuvchi  shaxslar,  shuningdek,  guvohlar,  ekspertlar,  mutaxassislar  va 

tarjimonlar 

sudga 

chaqiruv 



qog‘ozlari, 

zarur 


hollarda 

esa 


telefonogrammalar,  telegrammalar  va  boshqa  aloqa  vositalari  orqali 

chaqiriladilar  hamda  sudning  ayrim  protsessual  harakatlari  to‘g‘risida 

xabardor qilinadilar.  

Telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd 

etilishini  ta’minlaydigan  boshqa  aloqa  vositalari  orqali  sudga  chaqirilgan 

yoki  sudning  ayrim  protsessual  harakatlari  to‘g‘risida  xabardor  qilingan 

hollarda  telefonogrammalar,  telegrammalar,  axborot  tizimi  orqali  elektron 

shaklda  yuborilgan  sud  chaqiruv  qog‘ozining  nusxasi  ish  materiallariga 

qo‘shib qo‘yiladi. 


ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

46 


 

III BОB

 

Sudya  chaqiruv  qog‘ozi  bilan  bir  vaqtda  javobgarga  arizaning  va 



arizaga  ilova  qilingan  hujjatlarning  nusxalarini  ham  yuborishi  mumkin. 

Shuningdek,  agar  javobgar  sudga  yozma  tushuntirish  yoki  e’tiroz  bergan 

bo‘lsa, sudya sudga murojaat qilgan shaxsga chaqiruv qog‘ozi bilan birga 

ana  shu  tushuntirish  xati  yoki  e’tiroznomaning  nusxasini  ham  yuborishi 

lozim. 

 

Sudning chaqiruv qog‘ozida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: 



 

sudning nomi aniq manzili, telefon raqami, elektron manzili; 

 

borish joyi va vaqti; 



 

shaxs qanday ish yuzasidan chaqirilayotganligi; 

 

shaxsning kim tariqasida chaqirilayotganligi; 



 

ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarga  ish  bo‘yicha  o‘zlari  ega 



bo‘lgan hamma dalillarni taqdim etish to‘g‘risida taklif; 

 



chaqiriluvchining  shaxsan  o‘zi  yo‘qligi  sababli  chaqiruv 

qog‘ozini qabul qilib olgan shaxsning imkoniyat bo‘lishi bilanoq uni 

darhol chaqiriluvchiga topshirishga majburligi; 

 



sudga  kelmaslikning  oqibatlari  (FPKning  86-,  174-,  175-  va 

176-moddalari).

 

Chaqiruv  qog‘ozi  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarga  va  protsessning 

boshqa  ishtirokchilariga  sudga  o‘z  vaqtida  kelish  va  ishga  tayyorlanish 

uchun  yetarli  vaqtga  ega  bo‘lishlarini  mo‘ljallab  topshirilishi  kerak. 

Chaqiruv qog‘ozi chaqirilayotgan shaxsga taraf yoki ishda ishtirok etuvchi 

boshqa  shaxs  tomonidan  ko‘rsatilgan  manzil  bo‘yicha  yetkazib  beriladi. 

Agar fuqaro sudga ma’lum qilingan manzilda amalda yashamasa, chaqiruv 

qog‘ozi  uning  ish  joyiga  yuborilishi  mumkin.  Chaqiruv  qog‘ozi  aloqa 

tashkiloti orqali topshirilganligi to‘g‘risida tilxat olish yo‘li bilan yoki xat-

hujjat  tashuvchi  orqali  yuboriladi.  Sudya  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxsning 

roziligi bilan unga ish bo‘yicha chaqirilayotgan boshqa shaxsga topshirish 

uchun  chaqiruv  qog‘ozi  berishi  mumkin.  Sudya  chaqiruv  qog‘ozini 

yetkazib  berish  vazifasini  topshirgan  shaxs  chaqiruv  qog‘ozining  ikkinchi 

nusxasini  chaqiriluvchining  chaqiruv  qog‘ozini  olganligi  to‘g‘risidagi 

imzosi  bilan  sudga  qaytarishi  shart.  Chaqiruv  qog‘ozi  fuqaroga 

topshirilganida,  u  chaqiruv  qog‘ozining  sudga  qaytariladigan  ikkinchi 



ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

47 


 

III BОB

 

nusxasiga qog‘ozni olgan vaqtini ko‘rsatib, imzo chekadi. Tashkilot nomiga 



yozilgan  chaqiruv  qog‘ozi  tegishli  mansabdor  shaxsga  topshiriladi,  u 

chaqiruv  qog‘ozining  ikkinchi  nusxasiga  imzo  chekadi.  Agar  chaqiruv 

qog‘ozini  keltirgan  shaxs  ish  bo‘yicha  chaqirilayotgan  fuqaroni  yashash 

yoki ish joyida topmasa, chaqiruv qog‘ozi u bilan birga yashaydigan katta 

yoshdagi  oila  a’zolarining  biriga,  ular  ham  bo‘lmasa,  fuqarolarning  o‘zini 

o‘zi  boshqarish  organiga  yoki  ish  beruvchiga  (ish  joyi  ma’muriyatining 

mansabdor  shaxsiga)  topshiriladi.  Bunday  hollarda,  chaqiruv  qog‘ozini 

qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida  o‘zining familiyasi, ismi 

va  otasining  ismini,  shuningdek,  chaqiruv  qog‘ozi  yuborilgan  shaxsning 

kimi  ekanligini  (eri  yoki  xotini,  otasi,  onasi,  o‘g‘li,  qizi  va  hokazo)  yoki 

egallab turgan lavozimini ko‘rsatishi shart. Chaqiruv qog‘ozini qabul qilib 

olgan shaxs uni imkoniyat bo‘lishi bilan darhol chaqiriluvchiga topshirishi 

shart. Chaqiriluvchi vaqtincha biror joyga ketgan bo‘lsa, chaqiruv qog‘ozini 

keltirgan  shaxs  uning  ikkinchi  nusxasiga  chaqiriluvchi  qayerga  ketganligi 

va  qachon  kelishi  kutilayotganligi  to‘g‘risida  yozib  qo‘yadi.  Bu 

ma’lumotlar  tegishli  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari 

tomonidan  yoki  ish  beruvchi  vakilining  imzosi  bilan  tasdiqlanishi  va 

guvohlantirilishi lozim. 

Chaqiriluvchi o‘z nomiga yuborilgan sudning chaqiruv qog‘ozini qabul 

qilishdan  bosh  tortsa,  chaqiruv  qog‘ozini  keltirgan  shaxs  buni  chaqiruv 

qog‘ozida qayd qilib, uni sudga qaytarib topshiradi. Chaqiriluvchi chaqiruv 

qog‘ozini qabul qilib olishdan bosh tortganligi haqidagi qayd fuqarolarning 

o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi  yoki  chaqiriluvchining  ish  beruvchisi 

(ma’muriyatning  mansabdor  shaxsi)  tomonidan  yoxud  kamida  ikki  nafar 

fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi. Chaqiriluvchining chaqiruv qog‘ozini 

qabul qilishdan bosh tortishi ishni ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi. 

Ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  ish  yuritilayotgan  vaqtda  o‘z  manzili 

o‘zgargani  haqida  sudga  ma’lum  qilishlari  shart.  Aks  holda,  chaqiruv 

qog‘ozi  sudga  ma’lum  bo‘lgan  oxirgi  manzil  bo‘yicha  yuboriladi  va 

chaqiriluvchi  bu  manzilda  yashamayotgan  bo‘lsa  ham  chaqiruv  qog‘ozi 

unga topshirilgan hisoblanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va 

fakslarining raqamlarini, elektron manzilini sudga ma’lum qilgan taqdirda, 

ish  yuritilayotgan  vaqtda,  ularning  o‘zgarganligi  haqida  sudni  xabardor 

qilishi kerak.  



ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

48 


 

III BОB

 

Javobgarning  amaldagi  yashash  joyi  noma’lum  bo‘lgan  taqdirda, 



javobgarning oxirgi yashash joyidagi aloqa tashkiloti, fuqarolarning  o‘zini 

o‘zi  boshqarish  organi  yoxud  oxirgi  ish  joyidagi  ish  beruvchi 

(ma’muriyatning  mansabdor  shaxsi)  chaqiruv  qog‘ozining  ikkinchi 

nusxasiga  chaqiruv  qog‘ozi  olinganligi  va  chaqiriluvchining  qayerdaligi 

ma’lum  emasligi  sababli  uni  topshirishning  imkoni  bo‘lmaganligi  haqida 

yozib  yuborgan  ma’lumot  sudga  kelib  tushgach,  sud  ishni  ko‘rishga 

kirishadi. 

Aliment  undirish  haqidagi,  mayib  bo‘lish  yoki  sog‘liqqa  boshqacha 

tarzda  shikast  yetganligi,  shuningdek,  boquvchisining  o‘limi  natijasida 

ko‘rilgan  zararning  o‘rnini  qoplash  haqidagi  da’volar  bo‘yicha 

javobgarning  (qarzdorning)  amaldagi  yashash  joyi  noma’lum  bo‘lsa, 

javobgar  (qarzdor)  qidirilishi  shart.  Bunday  hollarda  sud  ichki  ishlar 

organlari javobgarni (qarzdorni) qidirishi to‘g‘risida ajrim chiqaradi.  

Taraflar sudga o‘zlari shaxsan kelganlarida, ularga sud majlisining kuni 

va  vaqti  haqida  ma’lum  qilib,  ulardan  tilxat  olinadi.  Tilxat  shakli 

tasdiqlanmagan  bo‘lsa  ham  tilxatda  sud  majlisi  vaqti  va  kuni  haqida  aniq 

ma’lumot berilgan bo‘lishi lozim. 

 

 

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

 

1. Fuqarolik  ishini  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  bosqichida  sudyaning 

protsessual harakatlarini tahlil eting. 

2.  Ishni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  bosqichida  qaysi  holatlarda  sud 

boshqa sudlarga sud topshiriqlarini yuboradi va ushbu protsessual harakat 

qanday rasmiylashtiriladi ? 

3.  Ishni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  bosqichida  qanday  holatlarda 

ekspertiza  tayinlashga  yo‘l  qo‘yiladi  va  ushbu  protsessual  harakat  qanday 

rasmiylashtiriladi ? 

4.  Ishni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  haqidagi  ajrim  mazmunini  tahlil 

qiling. 

 


ISHNI SUDDA KO‘RISHGA TAYYORLASH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

49 


 

III BОB

 

 



NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 

 

1.  Sudga  fuqarolar  J.Alimov  va  L.Alimovalar  ariza  bilan  murojaat 

qilib,  voyaga  yetmagan  2013-yil  18-yanvarda  tug‘ilgan  S.Olimovaning 

qizini farzandlikka olishga ruhsat berishni so‘ragan. 

Sud  fuqarolar  J.Alimov  va  L.Alimovalarning  arizasini  ish  yurituvga 

qabul qilib, fuqarolik ishini qo‘zg‘atgan. 

 

Sud  mazkur  fuqarolik  ishi  yuzasidan  ishni  sudda  ko‘rishga 



tayyorlash  bosqichida  amalga  oshirishi  lozim  bo‘lgan  protsessual 

harakatlarni  tahlil  qiling,  rasmiylashtirilishi  lozim  bo‘lgan  protsessual 

hujjatlarning loyihalarini tuzing. 

2.  Fuqaro  J.Alimov  sudga  da’vo  ariza  bilan  murojaat  qilib,  unda 

“Novosti Uzbekistana” gazetasiga xat yozib, ma’muriy ishlardagi vakillik 

to‘g‘risida  ma’lumot  berishni  iltimos  qilganligini  va  shu  bilan  birgalikda 

xatda  o‘zi  haqida  qisqacha  ma’lumot  berganligini,  gazeta  ma’muriyati 

xatining mazmuniga munosabat bildirish o‘rniga u haqidagi ma’lumotlarni 

teskari talqin qilib, “Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin” maqolasi ostida 

uni  butun  O‘zbekistonga  qoralaganligini,  maqolani  ism-familiyasi 

qandaydir  D.J.  harflaridan  boshlanuvchi  pensioner  yozganligini,  qanday 

qilib  uning  xati  uning  qo‘liga  tushib  qolganligini  bilmasligini,  gazeta 

tomonidan  ushbu  maqola  orqali  uning  sha’ni  va  qadr-qimmati  poymol 

qilinganligini,  unga  ma’naviy  zarar  yetkazilganligini  ko‘rsatib,  “Novosti 

Uzbekistana”  gazetasi  ma’muriyatiga  Chumchuq  so‘ysa  ham  qassob 

so‘ysin nomli maqola yuzasidan raddiya berish majburiyatini yuklatishni va 

uning  foydasiga  50.000.000  so‘m  miqdorida  ma’naviy  zarar  undirib 

berishni so‘ragan. 

 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 



 

Rasmiylashtirilishi 



lozim 

bo‘lgan 

protsessual 

hujjatlarning 

loyihalarini tuzing. 

ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

 

50 


 

IV BОB

 

IV BOB. ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA 



YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

1-§.  Ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risidagi ajrim va uni 



rasmiylashtirish tartibi 

FPKning 161-moddasiga ko‘ra, sudya taraflar va protsessning boshqa 

ishtirokchilariga ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida ma’lum qiladi. Demak, 

ishni  protsessual  huquqiy  munosabatlarning  barcha  subyektlari  ishtirokida 

ko‘rib  chiqishlari  kerak.  Biroq  sud  protsessida  barcha  shaxslarning  ham 

ishtirokini  to‘la  ta’minlashning  har  doim  iloji  bo‘lmaganligi  sababli, 

fuqarolik  protsessual  qonunchilik  ularning  sud  majlisiga  kelmaganliklari 

oqibatini nazarda tutadi.  

 

Unga ko‘ra, FPKning 177-moddasiga asosan, sud quyidagi ikki 

holatda ishni ko‘rishni keyinga qoldiradi:  

-- Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollarda; 

--  muayyan  sud  majlisida  ishni  ko‘rishning  imkoni  bo‘lmagan 

boshqa hollarda.

 

Ishni  ko‘rishni keyinga  qoldirish  FPKning  237-moddasining  uchinchi 

qismiga muvofiq, birinchi instansiya sudi murakkab bo‘lmagan masalalarni 

hal  qilish  bo‘yicha  alohida  xona  (maslahatxona)ga  kirmagan  holda  ajrim 

chiqarishi mumkin. Ushbu holatda, ajrim matni sud majlisi bayonnomasiga 

kiritish yo‘li bilan (alohida xona (maslahatxona)ga kirmasdan) chiqariladi. 

Ajrimlar chiqarilishi bilan darhol e’lon qilinadi. Shuningdek, ish ko‘rishni 

keyinga  qoldirish  to‘g‘risidagi  ajrim  quyidagi  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga 

olishi  lozim:  nizo  predmeti  va  ajrim  bilan  hal  qilinayotgan  masalaning 

mohiyati; sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud qo‘llagan qonunlar; 

sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi. Shunday ekan, bunday 

turkumdagi  ajrimlarda  uning  ustidan  shikoyat  berish  (protest  keltirish) 

tartibi va muddati ko‘rsatilishi nazarda tutilmagan (FPKning 237-moddasi). 

Er-xotinni  yarashtirish  maqsadida  muhlat  belgilash  va  ish  ko‘rilishini 

boshqa vaqtga qoldirish haqidagi ajrim alohida hujjat sifatida chiqariladi. 

 


ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

 

51 


 

IV BОB

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2004-yil         



21-maydagi  “Fuqarolik  ishlarini  apellyatsiya  tartibida  ko‘rish 

amaliyoti  haqida”gi  5-sonli  qaroriga  asosan,  birinchi  instansiya   

sudlarining  FPK  normalarida  ustidan  shikoyat  berish  nazarda 

tutilmagan  yoki  ishni  davom  ettirishga  to‘sqinlik  qilmaydigan 

ajrimlari  ustidan,  shuningdek,  ish  ko‘rishni  keyinga  qoldirish 

to‘g‘risida,  shu  jumladan,  nikohdan  ajratish  haqidagi  ishlar 

bo‘yicha  er-xotinga  yarashish  uchun  muddat  belgilanganligi 

munosabati  bilan  ish  ko‘rishni  keyinga  qoldirish  to‘g‘risida 

chiqarilgan  ajrimlar  ustidan  apellyatsiya  tartibida  shikoyat 

berilmasligi (protest keltirilmasligi) qayd etilgan. 

 

Sud ishni ko‘rishni keyinga qoldirar ekan, navbatdagi sud majlisining 

vaqtini belgilaydi va bu haqda hozir bo‘lgan shaxslarga e’lon qilib, ularning 

imzosini  qo‘ydirib  oladi.  Sudga  kelmagan  va  protsessda  ishtirok  etishga 

yangi jalb qilinadigan shaxslar navbatdagi sud majlisining vaqti to‘g‘risida 

chaqiruv qog‘ozi orqali xabardor qilinadilar. 

Keyinga  qoldirilgan  ishni  ko‘rish  qolgan  joyidan  davom  ettiriladi. 

Biroq, agar ish FPKning 33-moddasida sanab o‘tilgan yangi shaxslarni jalb 

qilish uchun keyinga qoldirilgan bo‘lsa, ishni ko‘rish yangidan boshlanadi. 

Shuningdek, ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasi sud majlisiga 

kelmagan  taqdirda,  unga  chaqiruv  qog‘ozi  topshirilganligi  to‘g‘risida 

ma’lumot bo‘lmasa, sud ishni ko‘rishni keyinga qoldiradi. 

Agar  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  tegishli  tartibda  sud  majlisining 

vaqti  va  joyi  to‘g‘risida  xabardor  qilingan  bo‘lib,  sud  uzrli  deb  topgan 

sabablarga  ko‘ra  sud  majlisiga  kelmagan  bo‘lsalar,  sud  ishni  ko‘rishni 

keyinga qoldiradi. 

Taraflar  sudga  kelmaslik  sabablari  haqida  ma’lumot  berishlari  va  bu 

sabablarning uzrliligiga dalillar taqdim etishlari shart. Basharti javobgarning 

kelmaganlik  sabablari  haqida  ma’lumot  bo‘lmasa  yoki  sud  kelmaganlik 

sabablarini  uzrsiz  deb  topsa  yoxud  javobgar  ish  yuritilishini  qasddan 

cho‘zayotgan  bo‘lsa,  sud  ishni  ko‘rishga  haqli.  Taraflar  ishni  o‘zlarining 

ishtiroklarisiz  ko‘rishni  va  o‘zlariga  sudning  hal  qiluv  qaroridan  nusxa 

yuborishni  iltimos  qilishga  haqli.  Agar  ishning  holatlari  bo‘yicha  zarur 

bo‘lsa,  sud  taraflarning  sud  majlisida  ishtirok  etishini  shart  deb  topishi 



ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

 

52 


 

IV BОB

 

mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili ishni sudda ko‘rish vaqti va 



joyi  to‘g‘risida  xabardor  qilingan  bo‘lishiga  qaramay,  sudga  kelmaganligi 

ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi. 

Prokuror  yoki  advokatning  uzrsiz  sabablar  bilan  kelmaganligi 

to‘g‘risida sud xususiy ajrim chiqaradi va bu haqda tegishli yuqori turuvchi 

prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy 

boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga ma’lum qiladi.  

FPKning  175-moddasiga  asosan  agar  taraflar  (da’vogar  va  javobgar) 

uzrsiz sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmasa yoxud ularning birortasidan 

ham  ishni  o‘zining  ishtirokisiz  ko‘rish  to‘g‘risida  ariza  tushmagan  bo‘lsa, 

sud  ishni  ko‘rishni  keyinga  qoldiradi.  Taraflar  ikkinchi  chaqiruv  bo‘yicha 

ham uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasalar, sud arizani ko‘rmasdan qoldirishga 

haqli.  Faqat  da’vogar  ikkinchi  chaqiruv  bo‘yicha  ham  uzrsiz  sabablarga 

ko‘ra  kelmasa,  sud  javobgarning  roziligi  bilan  arizani  ko‘rmasdan 

qoldirishga haqlidir. 

Ishni  ko‘rish  keyinga  qoldirilganida,  agar  ishda  ishtirok  etayotgan 

hamma shaxslar sud majlisiga kelgan bo‘lib, guvohlarning ikkinchi marta 

kelishi  qiyin  bo‘lsa,  sud  kelgan  guvohlarni  so‘roq  qilishi  mumkin.  Bu 

guvohlar  keyingi  sud  majlisiga  faqat  zarur  hollardagina  qaytadan 

chaqiriladi. 

Sud  majlisining  vaqti  va  joyi  to‘g‘risida  tegishli  tartibda  xabardor 

qilingan  javobgar  sud  majlisiga  kelmagan  taqdirda,  da’vogar  e’tiroz 

bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin. Ishni bunday 

tartibda  ko‘rish  haqida  sud  ajrim  chiqaradi.  Javobgar  tegishli  tartibda 

xabardor qilinganligi haqida ishda ma’lumot bo‘lishi lozim. 

Agar sud majlisiga kelgan da’vogar ishni javobgar ishtirokisiz sirtdan 

ish  yuritish  tartibida  ko‘rishga  rozi  bo‘lmasa,  sud  ishni  ko‘rishni  keyinga 

qoldiradi  va  kelmagan  javobgarga  sudda  takror  ko‘riladigan  vaqt  va  joy 

haqida qayta xabar yuboradi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2003-yil                 

19-dekabrdagi “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining 

sudlar  tomonidan  qo‘llanilishi  haqida”gi  19-sonli  qarorining  16-bandida 

quyidagicha  tushuntirishlar  beriladi:  “Ishni  ko‘rish  keyinga  qoldirilgan 

taqdirda, keyinga qoldirilgan ishni ko‘rish qolgan joyidan davom ettiriladi”. 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling