Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63

 

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

 

1. Ish  ko‘rishni  keyinga  qoldirish  bilan  ish  yuritishni  to‘xtatish 

tushunchalari va asoslari o‘rtasidagi farqlarni tahlil eting. 

2. Hal qiluv qarorining sudning boshqa hujjatlari, ya’ni sud buyrug‘i va 

ajrimdan qanday farqlari mavjud? 

3. Sud majlisi bayonnomasi mazmunida nimalar aks etishi lozim? 

4.  Ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  tomonidan  sudga  qanday  hujjatlar 

taqdim etilishi mumkin? 

 

 

NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 

 

1. A.Suyunov  umumiy  mol-mulkni  bo‘lish  haqida  Q.Suyunovaga 

nisbatan sudga da’vo bilan murojaat qilgan. Sudning hal qiluv qarori bilan 

da’vo qanoatlantirilgan. 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Farg‘ona  viloyat  sudi  rayosati  quyidagi 

asoslarga  ko‘ra  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilib,  ishni  yangidan  birinchi 

instansiya  sudida  ko‘rish  uchun  yuborgan,  ya’ni  sud  tomonidan  hal  qiluv 

qarori  chiqarilgan  bo‘lsada,  fuqarolik  ishida  sud  majlisi  bayonnomasi 

mavjud emas. 

 



Vaziyatga huquqiy baho bering. 

 



Sud majlisi bayonnomasini rasmiylashtiring. 

2.  Prokuror  sudga  da’vo  bilan  murojaat  etib,  “Angrenko‘mirtextrans” 

korxonasiga  yetkazilgan  zararni  uning  rahbari  T.Usmonov  va  bosh 

hisobchisi R.Kiselyovalardan to‘liq miqdorda undirishni so‘ragan. 



ISHNI SUDDA KO‘RISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

 

71 


 

IV BОB

 

Sudning  hal  qiluv  qarori  bilan  da’vo  qisman  qanoatlantirilib, 



“Angrenko‘mirtextrans” korxonasi foydasiga T.Usmonovdan 99.135 so‘m, 

R.Kiselyovadan 42.386 so‘m undirilgan. 

Mazkur  sud  ish  bo‘yicha  arifmetik  xatoga  yo‘l  qo‘yilganligini  asos 

qilib ko‘rsatib, T.Usmonov va R.Kiselyovalardan “Angrenko‘mirtextrans” 

korxonasi  foydasiga  solidar  tartibda  10.326.049  so‘m  undirish  haqida 

qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqargan. 

 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 



 

Ushbu  ish  yuzasidan  sudning  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarorini 



rasmiylashtiring.  

 

BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 

 

72 


 

V BОB

 

Yuridik  adabiyotlarda  qayd  etilishicha  birinchi  instantsiya  sudining 



ajrimlari quyidagi turlarga ajratiladi: 

Tayyorlov  ajrimlari  fuqarolik  sud  ishlarini  yuritishning  barcha  bosqichlariga 

nisbatan tatbiq etilib fuqarolik ishlarining harakatga kelishini va hal etilishini ta’minlaydi. 

Mazkur toifadagi ajrimlarga misol sifatida ishni sudda ko‘rishga tayyorlash, ishga daxldor 

bo‘lmagan tarafni almashtirish to‘g‘risidagi ajrimlarni ko‘rsatish mumkin bo‘ladi; 



Тo‘sqinlik qiluvchi ajrimlar  protsess boshlanishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki ishni 

qo‘zg‘atish yoxud ishni sudda mazmunan ko‘rish uchun qonuniy asos mavjud bo‘lmagan 

hollarda ish yuritish to‘g‘risidagi ajrimlar tushuniladi. Bu xildagi ajrimlarga misol sifatida 

da’vo  arizasini  qabul  qilishni  rad  etish,  ish  yiritishni  tugatish  to‘g‘risidagi  ajrimlarni 

keltirish mumkin; 

Yakunlovchi  ajrimlar  ishni  hal  qiluv  qarorini  chiqarmasdan  yakunlashga 

qaratilgan  ajrimlar,  masalan, kelishuv bitimini  tasdiqlash  to‘g‘risidagi  ajrimlarni kiritish 

mumkin;  

To‘ldiruvchi  ajrimlar  sud  tomonidan  yo‘l  qo‘yilgan  va  ochiq  ko‘rinib  turgan 

protsessual xatoliklarni bartaraf etishga qaratilgan ajrimlar tushiniladi. Xususan, sud hal 

qiluv qarorining yozuvidagi xatoliklarni va ochiq ko‘rinib turgan protsessual xatoliklarni 

bartaraf  etib,  hal  qiluv  qaroriga  tuzatish  kiritish  to‘g‘risidagi,  hal  qiluv  qarorini 

tushuntirish masalasi yuzasidan chiqargan ajrimi shular jumlasidandir. 

V BOB. BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN  

CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 

 

1-§. Birinchi instansiya sudi ajrimlari tushunchasi, turlari va uning 



o‘ziga xos jihatlari 

Sud  ajrimlari  hal  qiluv  qarorlaridan  farqli  o‘laroq,  sud  muhokamasi 

davrida, qaror chiqarilganidan keyin, hatto ijro bosqichidagi turli protsessual 

masalalarni  hal  qilish  bo‘yicha  chiqarilishi  mumkin.  Shuningdek,  chet 

davlatga  nisbatan  da’vo  taqdim  etish,  da’vo  ta’minlanishi  va  undiruv 

(FPKning 389-moddasi), chet davlat sudlarining sudga doir topshiriqlarini 

ijro  etish  va  O‘zbekiston  Respublikasi  sudlarining  chet  davlat  sudlariga 

topshiriq bilan murojaat qilish (FPKning 390-moddasi), chet davlat sudlari 

va  arbitrajlarining  hal  qiluv  qarorlarini  ijro  etish  (FPKning  391-moddasi) 

masalalari  ham  sud  ajrimlari  bilan  hal  etiladi.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Sudi  Plenumining  2012-yil  25-maydagi  7-sonli  “Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha  birinchi  instansiya  ajrimlari  to‘g‘risida”gi  qarorida  tushuntirish 

berilishicha, birinchi instansiya sudi ajrimlari, ishni apellyatsiya, kassatsiya 

tartibida ko‘rish natijasi bo‘yicha chiqariladigan ajrimlardan farqli ravishda, 

ishni  mazmunan  hal  qilmaydigan  sud  akti  hisoblanadi  (FPKning  237-

moddasi birinchi qismi). 



BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 

 

73 


 

V BОB

 

Sud  ajrimlarining  o‘ziga  xos  jihatlari  quyidagilarda  namoyon 



bo‘ladi: 

–  odil  sudlov  hujjati  sifatida  sud  ajrimlari  ham  ishda  ishtirok 

etuvchi  shaxslar  va  sud  (sudya)  uchun,  shuningdek,  ishda  ishtirok 

etuvchi shaxs bo‘lmagan boshqa shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. 

Masalan,  FPKning  81-moddasiga  ko‘ra,  ishda  ishtirok  etmayotgan 

tashkilotlar va fuqarolar talab qilinayotgan ashyoni taqdim etish yoki 

sud  belgilagan  muddatda  keltirish  imkoniga  ega  bo‘lmasalar,  buni 

sudga  ma’lum  qilib,  sababini  ko‘rsatishlari  shart.  Sudga  ma’lum 

qilinmagan  taqdirda,  shuningdek,  sudning  ashyoni  taqdim  etish 

to‘g‘risidagi  talabini  sud  uzrsiz  deb  topgan  sabablarga  ko‘ra 

bajarilmagan 

taqdirda, 

bunday 

holatda 

aybdor 

bo‘lgan 

tashkilotlarning  mansabdor  shaxslariga  va  fuqarolarga  eng  kam  ish 

haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin; 

–  sud  hal  qiluv  qaroridan  farqli  ravishda  ajrimlar  rad  qilib 

bo‘lmaslik  xususiyatiga  ega  emas.  Boshqacha  aytganda,  sud  o‘z 

ajrimini bekor qilish vakolatiga ega bo‘ladi; 

–  sud  hal  qiluv  qaroriga  xos  bo‘lgan  yagonalik  (mustasnolik) 

xususiyati ayrim istisno holatlarni e’tiborga olgan holda arizani qabul 

qilishni  rad  etish  yoki  ish  yuritishni  tugatish  to‘g‘risidagi 

ajrimlargagina xos bo‘ladi. 

Sud  ajrimlari  mazmuni,  shakli  va  chiqarish  tartibi.  FPKning       

237–238-moddalari mazmunidan kelib chiqib, birinchi instansiya sudining 

ajrimlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: 

-

 



sud  tomonidan  alohida  xonada  (maslahatxonada)  chiqariladigan 

ajrimlar; 

-

 

sud  tomonidan  murakkab  bo‘lmagan  masalalar  hal  etilganida  o‘z 



joyida chiqariladigan ajrimlar. 

Mazkur  ajrimlarning  turlari  bir-biridan  mazmuni,  shakli,  chiqarish 

tartibi va shikoyat qilish usullari bilan farqlanadi.  

 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 

 

74 


 

V BОB

 

Sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladigan 



ajrimlar  alohida  protsessual  hujjat  shaklida  chiqariladi.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2012-yil  25-maydagi  7-sonli 

“Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya ajrimlari to‘g‘risida”gi 

qarorining  3-bandida  berilgan  tushuntirishga  muvofiq,  birinchi 

instansiya  sudi murakkab bo‘lmagan masalalarni  hal qilish bo‘yicha 

alohida  xona  (maslahatxona)ga  kirmagan  holda  ajrim  chiqarishi 

mumkin  va  bunday  ajrimlar  jumlasiga  uchinchi  shaxslar,  vakillar, 

davlat  boshqaruvi  organlari  xodimlarini  ishda  ishtirok  etishga  jalb 

qilish,  prokurorning  ishda  ishtiroki,  guvohlarni  chaqirish,  boshqa 

dalillarni  chaqirib  olish  yoki  ishga  qo‘shish,  ishni  ko‘rishni  keyinga 

qoldirish  yoki  davom  ettirish,  qarshi  da’voni  qabul  qilish,  dalillarni 

tekshirish tartibini belgilash, dalillarni joyida ko‘zdan kechirish, ishni 

mazmunan  ko‘rish  tamom  bo‘lganligini  e’lon  qilish  va  sud 

muzokaralariga  o‘tish,  ishni  mazmunan  ko‘rishni  tiklash  masalalari 

bo‘yicha chiqarilgan ajrimlar kiradi.

 

 

Professor Sh.Sh.Shoraxmetov ham o‘z darsligida sud majlisini boshqa 



kunga  qoldirish,  dalillarni  tekshirish  tartibi,  qo‘shimcha  dalillar  talab  qilib 

olish  va  boshqa  masalalar  to‘g‘risidagi  ajrimlar  sud  tomonidan  ishning 

ahvoliga  qarab,  yuqorida  ko‘rsatilgan  tartibda  yoki  alohida  xona 

(maslahatxona)ga kirmasdan majlisning o‘zidayoq kengashib, ayrim hujjat 

sifatida  emas,  balki  sud  majlisining  bayonnomasiga  yozish  yo‘li  bilan 

chiqarilishini ta’kidlagan. 

Sud majlisi bayonnomasiga kiritish yo‘li bilan chiqariladigan ajrimlar 

muhokama etilayotgan masalaning predmetini, sud xulosasiga olib kelgan 

asoslar va sud qo‘llagan qonun normalarini, sudning hal etilayotgan masala 

yuzasidan xulosasini o‘z ichiga olishi lozim (FPK 238-moddasining 4-, 5-, 

6-bandlari). 

Masalan, alohida protsessual hujjat ko‘rinishida chiqarilishi shart 

bo‘lgan  ajrimlarga  quyidagilar  kiradi:  arizani  harakatsiz  qoldirish 

(FPKning  154-moddasi);  arizani  qabul  qilishni  rad  etish  (FPKning 

153-moddasi);  arizani  qabul  qilish  va  ish  qo‘zg‘atish  (FPKning        

151-moddasi);  da’voni  ta’minlash  (FPKning  248-moddasi);  ishni 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 

 

75 


 

V BОB

 

sudda  ko‘rishga  tayyorlash  (FPKning  160-moddasi);  dalillarni 



ta’minlash  (FPKning  64-moddasi);  sud  topshiriqlari  (FPKning          

65-moddasi); ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish (FPKning 

83-moddasi);  ekspertiza  tayinlash  (FPKning  84-moddasi);  javobgarni 

qidirish  (FPKning  140-moddasi);  ishni  sudda  ko‘rishga  tayinlash 

(FPKning  161-moddasi);  rad  qilish  talabini  qabul  qilish  yoki  qabul 

qilmaslik (FPKning 29-moddasi); ishni sudning yopiq majlisida ko‘rish 

(FPKning  10-moddasi);  ishni  sirtdan  ish  yuritish  tartibida  ko‘rish 

(FPKning  224-moddasi);  ish  yuritishni  to‘xtatib  turish  yoki  tiklash 

(FPKning  95–96-moddalari);  jarima  solish  (FPKning  122-moddasi); 

ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish (FPKning 42-moddasi); 

taraflar, uchinchi shaxs yoki qonuniy vakilni protsessual huquqiy voris 

bilan almashtirish (FPKning 43-moddasi); dalillar qabul qilishni yoki 

talab  qilishni  rad  etish  (FPK  58-moddasi);  bir  turdagi  ishlarni 

birlashtirish  (FPKning  156-moddasi);  bir  necha  talabni  ajratish 

(FPKning  157-moddasi);  ishni  sudda  ko‘rishni  tiklash  (FPKning       

205-moddasi);  ishni  bir  suddan  boshqa  sudga  o‘tkazish  (FPKning        

147-moddasi);  hal  qiluv  qarorining  yozuvidagi  xatolar  va  ochiq 

arifmetik  xatolarni  tuzatish  (FPKning  213-moddasi);  hal  qiluv 

qarorini  tushuntirish  (FPKning  215-moddasi);  hal  qiluv  qarorini 

darhol  ijro  etish  (FPKning  220-moddasi);  hal  qiluv  qarori  ijrosini 

kechiktirish va uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, uning ijro usuli va tartibini 

o‘zgartirish (FPKning 216-moddasi); darhol ijro etishga qaratilmagan 

hal  qiluv  qarorining  ijrosini  ta’minlash  (FPKning  222-moddasi); 

sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  qayta  ko‘rish  (FPKning          

232-moddasi);  arizani  ko‘rmasdan  qoldirish  (FPKning  98-moddasi); 

ish yuritishni  tugatish  (FPKning 100–101-moddalari);  sud  buyrug‘ini 

chiqarish  to‘g‘risidagi  arizani  qabul  qilishni  rad  etish  (FPKning         

238

5

-moddasi); sud buyrug‘ini bekor qilish (FPKning 238

10

-moddasi); 

protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash (FPKning 130-moddasi). 

Ushbu ajrimlar orqali murakkab masalalar hal qilinadi va ular ustidan 

shikoyat qilinishi mumkin.   

Yuridik adabiyotlarda alohida protsessual hujjat shaklida chiqariladigan 

ajrimlar sud hal qiluv qarorlari kabi quyidagi to‘rt qismdan iborat bo‘lishi 

haqida  fikr-mulohazalar  ilgari  suriladi:  kirish;  bayon;  asoslantiruvchi  va 

xulosa qismlari. 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 

 

76 


 

V BОB

 

Biroq,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2012-yil     



25-maydagi  “Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  birinchi  instansiya  ajrimlari 

to‘g‘risida”gi  7-sonli  qarorida  alohida  protsessual  hujjat  ko‘rinishida 

chiqariladigan  ajrimlar,  odatda,  kirish,  asoslantiruvchi  va  xulosa 

qismlaridan  iborat  bo‘lishi  kerakligi  to‘g‘risida  tushuntirish  beriladi. 

Vaholanki,  FPKning  238-moddasida  alohida  protsessual  hujjat  shaklida 

chiqariladigan ajrimning mazmuni bayon etilgan bo‘lib, ushbu moddaning 

4-bandida  nizo  predmeti  va  ajrim  bilan  hal  qilinayotgan  masalaning 

mohiyati haqida sud ajrimida bayon etilishi ko‘rsatilmoqda. 

Sud  ajrimlarining  kirish  qismida  ajrimning  chiqarilgan  vaqti  va  joyi, 

ajrim  chiqargan  sudning  nomi,  sudyaning  familiyasi  (sud  tarkibi),  sud 

majlisi  kotibi,  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  haqidagi  ma’lumotlar 

ko‘rsatiladi.  Bayon  qismida  nizo  predmeti  va ajrim bilan  hal  qilinayotgan 

masalaning  mohiyati,  ishda  ishtirok  etayotgan  shaxslarning  fikrlari 

ko‘rsatiladi.  Ajrimning  asoslantiruvchi  qismida  sudning  xulosasiga  olib 

kelgan  asoslar  va  sud  qo‘llagan  qonunlar  bayon  etilishi  lozim.  Ajrimning 

xulosa  qismida  sudning  hal  etilayotgan  masala  yuzasidan  xulosasi,  ajrim 

ustidan shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddatlari ko‘rsatilishi 

lozim.  Ajrimning  xulosa  qismi  uni  ijro  etish  chog‘ida  tushunmovchiliklar 

kelib chiqmasligi uchun aniq va tushunarli ifoda etilgan bo‘lishi kerak. 

Sud  tomonidan  o‘z  joyida  chiqariladigan  ajrimda  yuqoridagi 

ajrimlardan farqli ravishda kirish qismi va shikoyat qilish tartibi va muddati 

ko‘rsatilmaydi (FPKning 238-moddasi). 

Sud  ajrimlari  shikoyat  qilinadigan  (protest  keltiriladigan)  va  shikoyat 

qilinmaydigan  (protest  keltirilmaydigan)  ajrimlarga  ham  bo‘linadi.  Qonun 

bo‘yicha  qat’iy  va  shikoyat  qilib  bo‘lmaydigan  (protest  keltirilmaydigan) 

ajrimlar chiqarilishi bilanoq qonuniy kuchga kiradi. Masalan, sudning nizo 

predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni 

protsessga  jalb  etish  haqidagi  ajrimi  ustidan  shikoyat  qilinmaydi  va  ular 

chiqarilishi  bilan  darhol  ijro  etiladi.  Shuningdek,  hal  qiluv  qarori 

chiqarilguniga qadar alimentlar undirish to‘g‘risidagi sudning ajrimi darhol 

ijro etiladi (FPKning 263-moddasi). 

 FPKning  346-moddasiga  ko‘ra,  birinchi  instansiya  sudining  ajrimlari 

ustidan  FPKda  nazarda  tutilgan  hollarda  hamda  sudning  ajrimi  ishning 

ilgarilashiga to‘sqinlik qiladigan hollarda, sud tomonidan ajrim topshirilgan 

kundan e’tiboran o‘n kun ichida, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 

 

77 


 

V BОB

 

shaxslar apellyatsiya instansiyasi sudiga sudning hal qiluv qaroridan alohida 



shikoyat  berishlari,  prokuror  esa,  protest  keltirishi  mumkin.  Shikoyat 

qilinadigan (protest keltiriladigan) ajrimlar shikoyat qilish (protest keltirish) 

uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin yoki shikoyat (protest) yuqori 

sud  tomonidan  rad  qilingandan  keyin  qonuniy  kuchga  kiradi.  Boshqa 

ajrimlar esa, ish yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori bilan birga qonuniy 

kuchga kiradi. 



 

2-§. Ishni yuritishni to‘xtatish, tugatish, arizani ko‘rmasdan 

qoldirish to‘g‘risidagi ajrimlar va ularni rasmiylashtirish tartibi 

 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sud  tomonidan  ishni  ko‘rish  vaqtida 



Fuqarolik protsessual qonunchilikda belgilangan asoslarga ko‘ra ish yuritish 

to‘xtatib turiladi.  

 

 

 

 

FPKning  92-moddasida  sudning  ish  yuritishni  to‘xtatib  turish 



majburiyati  belgilangan.  Unga  ko‘ra,  sud  quyidagi  hollarda  ish  yuritishni 

to‘xtatib turishi shart: 



1)  agar  ishda  taraf  bo‘lgan  fuqaro  vafot  etib,  nizoli  huquqiy 

munosabat  huquqiy  vorislikka  yo‘l  qo‘ysa  yoki  ishda  taraf  bo‘lgan 

yuridik shaxs qayta tashkil etilsa; 

2) fuqaro (taraf) muomala layoqatini yo‘qotsa; 

3) javobgar Qurolli Kuchlarning harakatdagi qismida bo‘lsa yoki 

Qurolli  Kuchlarning  harakatdagi  qismida  bo‘lgan  da’vogar  iltimos 

qilsa; 

4) fuqaroviy, jinoiy yoki ma’muriy sud ishlarini yuritish tartibida 

ko‘rilayotgan  boshqa  ish  hal  qilinmasdan  oldin  ko‘rishning  imkoni 

bo‘lmasa. 

Ish yuritishni toxtatib turish turlari

 

Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish 



majburiyati (FPKning 92-moddasi)

  

Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish 



huquqi (FPKning 93-moddasi)

  


BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 

 

78 


 

V BОB

 

 



FPKning  93-moddasida  sudning  ish  yuritishni  to‘xtatib  turish 

huquqi  mustahkamlangan.  Unga  ko‘ra,  sud  ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslarning  iltimosi  bo‘yicha  yoki  o‘z  tashabbusi  bilan  quyidagi 

hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli: 

1)  taraf  Qurolli  Kuchlar  tarkibida  muddatli  haqiqiy  harbiy 

xizmatni  o‘tayotgan  bo‘lsa  yoki  mazkur  shaxslar  davlatning  birorta 

majburiyatini bajarish uchun jalb qilingan bo‘lsa; 

2)  taraf  davolash  muassasasida  bo‘lsa,  shuningdek,  taraflardan 

birida  sudga  kelishga  to‘sqinlik  qiladigan,  tibbiyot  muassasasining 

ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud bo‘lsa; 

3)  FPKning  140-moddasida  nazarda  tutilgan  hollarda  javobgar 

qidirilayotgan bo‘lsa; 

4)  taraf  uzoq  muddatli  xizmat  safarida  bo‘lsa  yoki  boshqa  uzrli 

sababga ko‘ra yo‘q bo‘lsa; 

5) sud tomonidan ekspertiza tayinlangan bo‘lsa; 

6) FPKning 65- va 390-moddalariga muvofiq sud tomonidan sud 

topshirig‘i yuborilgan bo‘lsa.

 

Yuqoridagi  asoslar  bo‘yicha  sud  ish  yuritishni  to‘xtatib  turish  haqida 

ajrim  chiqaradi.  Mazkur  ajrimlar  ham  FPKning  237–238-moddalarida 

ko‘rsatilgan  talablar  asosida  rasmiylashtiriladi.  Sudning  ish  yuritishni 

to‘xtatib  turish  to‘g‘risidagi  ajrimi  ustidan  xususiy  shikoyat  qilinishi  yoki 

xususiy protest keltirilishi mumkin. 



Arizani  ko‘rmasdan  qoldirish  to‘g‘risidagi  ajrim  va  uni 

rasmiylashtirish tartibi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ishni 

ko‘rish  vaqtida  sud  hal  qiluv  qarori  chiqarmasdan  arizani  ko‘rmasdan 

qoldirish haqida ajrim chiqarib ishni tamomlashi mumkin.  

 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDI TOMONIDAN CHIQARILADIGAN AJRIMLAR 

 

79 


 

V BОB

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ariza  ko‘rmasdan  qoldirilgan  hollarda  ish  yuritish  sudning  ajrimiga 

binoan  tamomlanadi.  Bu  ajrimda  sud  ishning  hal  etilishiga  to‘sqinlik 

qilayotgan, FPKning 97-moddasida sanab o‘tilgan holatlarni bartaraf etish 

yo‘llarini ko‘rsatishi shart.  

Agar alohida tartibda ko‘riladigan ishni ko‘rish vaqtida sudga taalluqli 

huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqsa, sud arizani ko‘rmasdan qoldirib, ishda 

ishtirok  etuvchi  shaxslarga  umumiy  tartibda  da’vo  taqdim  etishni  taklif 

etadi (FPKning 282-moddasi). 

Arizani  ko‘rmasdan  qoldirishga  asos  bo‘lgan  holatlar  bartaraf 

etilganidan keyin manfaatdor shaxs sudga ariza bilan yana umumiy tartibda 

murojaat  qilishga  haqli.  Agar  taraflar  sud  majlisiga  uzrli  sabablarga  ko‘ra 

kela  olmaganliklarini  tasdiqlovchi  dalillarni  taqdim  etsalar,  da’vogar  yoki 

javobgarning  iltimosnomasiga  binoan  sud  FPKning  97-moddasi  4-  va        

5-bandlariga asosan arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida chiqargan o‘z 

ajrimini bekor qiladi. Sudning bunday iltimosnomani qanoatlantirishni rad 

etish  haqidagi  ajrimi  ustidan  xususiy  shikoyat  berilishi  va  xususiy  protest 

keltirilishi mumkin. 



Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling