"Loyiha" va "loyihalarni boshqarish" so’zlari turli sohalardagi va hukumat darajasidagi menejerlar tomonidan ishlatiladigan terminologiyada aniq belgilangan
Download 322.03 Kb.
|
Loyiha va loyihalarni boshqarish so’zlari turli sohalardagi -fayllar.org
"Loyiha" va "loyihalarni boshqarish" so’zlari turli sohalardagi va hukumat darajasidagi menejerlar tomonidan ishlatiladigan terminologiyada aniq belgilangan KIRISH "Loyiha" va "loyihalarni boshqarish" so’zlari turli sohalardagi va hukumat darajasidagi menejerlar tomonidan ishlatiladigan terminologiyada aniq belgilangan (mustahkam o’rnashgan). O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga kirishi iqtisodiy va boshqaruv faoliyatining ixtisoslashuv darajasini oshirish, maxsus rejalashtirish usullarini ishlab chiqish, muddatlarni nazorat qilish va ijrochilar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni tashkil qilishni talab etadi. Boshqarish ob’ektiga yangi yondashuv asoslari barcha rivojlangan mamlakatlardan olingan loyihalarni boshqarish konsepsiyasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 28.12.2018 yildagi o’z ma’ruzasida ta’kidlaganidek, ayni paytda mamlakatimizda chet el investitsiyalari hisobidan 23 milliard dollarlik 456 loyiha amalga oshirilmoqda. 2019 yilda barcha manbalar hisobidan 138 trillion so’mlik investitsiyalarni o’zlashtirish rejalashtirilgan, bu 2018 yilga nisbatan 16 foizga ko’pdir. Joriy yil bilan taqqoslaganda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi deyarli 1,5 martaga oshib, 4,2 milliard dollarni tashkil etadi. SHu munosabat bilan 142 zamonaviy korxonani ishga tushirish mo’ljallanmoqda. Bugungi kunda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari etakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilganligi alohida ta’kidlanishi lozim. SHunday qilib, birinchi marta “FitchRatings” va “Standard & Poor” nufuzli reyting agentliklari tomonidan mamlakatimizga suveren kreditning xalqaro reytingi berildi. Ushbu reyting bahosi “Barqaror” prognozini beradi, bu kelgusi 12-18 oy ichida ko’rsatkichlar pasayishi ehtimoli kamligini bildiradi. Davlatimiz rahbari o’z ma’ruzasida oliy o’quv yurtlarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni kengaytirishni eng muhim masala sifatida ko’tarib chiqdi. Zamonaviy kompaniyalar, turli tarmoqlar va hatto butun davlatlar o’zlarini loyihaga yo’naltirilgan bo’lib, natijada loyihalarni qanday qilib samarali va oqilona boshqarishni o’rganish zarurligiga tushunishadi. Qadim zamonlarda amaliy faoliyat sifatida paydo bo’lgan va 20-asrning ikkinchi yarmida ilmiy va uslubiy intizom sifatida shakllanishini boshdan kechirgan loyihalarni boshqarish, xalqaro va milliy professional tashkilotlar va standartlar tizimi bilan bir qatorda o’rnatilgan terminologiya va uslublar hamda vositalar to’plamiga ega bo’lgan eng istiqbolli va eng ko’p talab qilingan boshqaruv metodologiyasiga aylandi. So’nggi yillarda o’zining rivojlanishida loyiha metodikasi bir qator muhim bosqichlarni o’tgan. Ko’rib chiqilayotgan uslublarni ishlab chiqishda 1950-1960 yillarda asosiy vositalar va asosiy metodologik hamda amaliy yondashuvlar yaratilganda muhim natijalarga erishildi. Bundan tashqari, 1970-1990 yillarda professional tashkilotlar tashkil etildi va individual (alohida) loyihalarni boshqarishda ishlab chiqilgan standartlashtirish va amaliyot usullari yaratildi. 1990-yillarda loyihalarni boshqarish (management by projects) yordamida boshqarish tushunchasi paydo bo’ldi va loyihalarni boshqarish bevosita kompaniyaga keldi. Ko’plab korxona va tashkilotlarda loyiha portfellari va dasturlarini boshqarish uchun metodologiyalar paydo bo’ldi, loyihalarni boshqarish bo’yicha korporativ tizimlari (LBKT) yaratildi. Kompaniyalarda loyiha boshqaruvining etukligini o’lchash usullarini ishlab chiqish zarurati paydo bo’ldi va bunday metodlar ishlab chiqildi hamda standartlashtirildi. So’nggi yillarda moslashuvchan loyiha boshqaruvi metodologiyalari mashhurlikka erishmoqda, ular umumlashtirilib, tushunilmoqda va faol ommalashmoqda. Bularning barchasi "Loyihalarni boshqarish" fanini o’rganishning dolzarbligi va o’z vaqtida ekanligini belgilaydi. "Loyihalarni boshqarish” fanini o’rganishdan maqsad talabalarni loyiha boshqaruvining mohiyati va vositalari bilan tanishtirish, loyiha siklining turli bosqichlarida malakali qarorlar qabul qilish, loyiha boshqaruv funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarish, loyiha jamoasini tuzish va loyiha tuzilmasini yaratish hamda loyiha qarorlarini ekspertizadan o’tkazish imkonini beradi. Fanni o’rganish vazifalari quyidagilardir: talabalarni loyiha boshqaruvini rivojlantirish tarixi bilan tanishtirish; loyihalarni boshqarish tizimining ilmiy, nazariy va uslubiy asoslarini tadqiq etish; loyihalarni tasniflash, tadbiq etish va baholashda uslubiy yondashuvlarni o’zlashtirish; loyihaning hayotiy jarayonining turli bosqichlarida asosiy loyiha ishtirokchilarining roli va funksiyalarini o’rganish; tashkiliy shakllar va loyihalarni boshqarish tuzilmalari bilan tanishish; loyihalarni boshqarishning asosiy jarayonlari va funksiyalarini o’rganish; loyihalarni ekspertizadan o’tkazish, baholash va tanlash tartiblari bilan tanishish; loyihalarni moliyalashtirishning asosiy manbalarini tadqiq qilish; biznesni rejalashtirish loyihalarining mahoratini oshirish; loyiha risklarini aniqlash va baholash. Tadqiqot predmeti loyiha boshqarish ob’ektidir. Barcha materiallar mutaxassislik va sohalarda o’qitish uchun ta’lim standartlari talablarini inobatga olgan holda tanlangan. O’quv qo’llanmasini tayyorlashda ko’plab nufuzli manbalar keng qo’llanildi: adabiyotlar, qo’llanmalar, standartlar, loyihalarni boshqarish bilan bevosita yoki bilvosita bog’liqqoidalar. Qo’llanma iqtisodiy va qurilish mutaxassisliklari va oliy o’quv yurtlari hududlarida o’qitishning barcha shakllari, shuningdek, amaliy foydalanish uchun mo’ljallangan. Download 322.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling