Loyihada kompleks tahlil tizimidagi marketing tahlili


Download 16.14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi16.14 Kb.
#1520205
Bog'liq
Mavzu №6 ILT



Loyihada kompleks 
tahlil tizimidagi 
marketing tahlili
6-mavzu


Reja:

Investitsiya loyihalari hayotiyligining har bir bosqichida 
tijorat tahlilining ahamiyati. 

Bozor segmentatsiyasi, turlari. Marketing tadqiqotlari. 

Loyiha bo’yicha ishlab chiqilishi ko’zda tutilgan 
mahsulotlar bahosi va uning tahlili.



Loyihani tijorat jihatlari loyiha uchun sarflanadigan resurs va xizmatlarga 
va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotilishiga (marketingi) tegishli 
tadbirlarni o’z ichiga oladi. 

Loyiha g’oyasi siklni birinchi bosqichdan o’tgandan so’ng (vazifalarini 
aniqlash) g’oyani ko’rib chiqilishini davom ettirish kerakli yoki yo’qligi 
haqida qaror qabul qilishi zarur.



Loyihaning strategik maqsadlari belgilanib olingan bo’lishi kerak va
quyidagi reja asosida tashkil qilinishi kerak:

-maqsadli bozorning tuzilmasini baholanishi 

-sotish kanallarining tahlili

-bozor segmentatsiyasi va iste’molchilarning tahlili

-raqobatchilar tahlili

-ijtimoiy-iqtisodiy muhitning tahlili

-korporativ (ichki) tahlil

-marketing axborotining baholanishi 

-xulosalar, perspektivalar va risklar.



Marketing tadqiqotlari asosida quyidagi ma’lumotga ega bo’ladilar:

umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar, tovarga bo’lgan talabdan kelib chiqiladi. Masalan, aholining soni 
va o’sish ko’rsatkichlari, aholini bir kishiga bo’lgan iste’moli va foydasi, bir kishilik ichki yalpi 
mahsulot va uning yillik o’sishi, foydaning taqsimlanishi:

iste’mol, ishchlab chiqarish, mahsulotlarning import va eksporti, standartlar, cheklashlar, bojxona 
to’lovlari, soliqlar, subsidiyalar va rag’batlashtirishning boshqa shakllariga, kredit nazorati 
hamda valyuta boshqarishiga nisbatan bo’lgan davlat siyosati amaliyoti va qonunchilik

natural va qiymat ko’rinishidagi mavjud importning saviyasi (narxlar va ichki qiymat asosida) 

substitutlar va ularga o’xshashlarning (mahsulot urnida) ishlab chiqarilishi va importi 

iste’mol qilinadigan difitsit resurslar va qismlar

Ko’rilayotgan mahsulotlar substitutlar va ularning tegishli qismlariga aloqador bo’lgan iqtisodiy 
o’sishning milliy rejasi bilan belgilangan ishlab chiqarishning rejadagi ko’rsatkichlari 

mavjud eksportning natural va qiymatdagi ifodasi

iste’molchilar harakatining xususiyatlari-odatda reaktsiya (individual va kollektiv holdagi) hamda 
savdo amaliyoti 


Bozor segmenti

Tahlil butun bozor yoki alohida segment uchun o’tkazilishi mumkin. Lekin
bozorni iste’molchilar harakati asosida ma’lum segmentlarga bo’lish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bozorning segmentatsiyasi-marketing 
vositalarining effektiv ishlatilishining asosiy sharti. Bozor segmenti 3 ta 
talabga javob berishi kerak: 

Segmentdagi iste’molchilar hakatlari iloji boricha o’xshash bo’lishi kerak.

Segment boshqalaridan aniq farq qilinish kerak.

Segment ancha qamrovli ya’ni aniq bir bozor bo’limida faoliyat olib 
borayotgan korxona o’z xarajatlarini qoplay oladigan darajada keng bo’lishi 
kerak.


Segmentatsiya omillari

Segmentatsiya quyidagi omillarga asoslanishi mumkin:

Geografik yoki til mezonlari (millat, regoin, shahar yoki qishloq aholisining 
ko’pligi va boshqalar)

Ijtimoiy demografik mezonlar: shaxsiy (yoshi, jinsi, daromadi, ma’lumoti, 
kasbi, oilaning kattaligi) 

Psixologik omil (yangilikni qabul qilish, hayotdagi maqsadlar va.h.k)


Download 16.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling