Loyihada kompleks tahlil tizimidagi marketing tahlili
Download 16.14 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu №6 ILT
Loyihada kompleks tahlil tizimidagi marketing tahlili 6-mavzu Reja: • Investitsiya loyihalari hayotiyligining har bir bosqichida tijorat tahlilining ahamiyati. • Bozor segmentatsiyasi, turlari. Marketing tadqiqotlari. • Loyiha bo’yicha ishlab chiqilishi ko’zda tutilgan mahsulotlar bahosi va uning tahlili. • Loyihani tijorat jihatlari loyiha uchun sarflanadigan resurs va xizmatlarga va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotilishiga (marketingi) tegishli tadbirlarni o’z ichiga oladi. • Loyiha g’oyasi siklni birinchi bosqichdan o’tgandan so’ng (vazifalarini aniqlash) g’oyani ko’rib chiqilishini davom ettirish kerakli yoki yo’qligi haqida qaror qabul qilishi zarur. • Loyihaning strategik maqsadlari belgilanib olingan bo’lishi kerak va quyidagi reja asosida tashkil qilinishi kerak: • -maqsadli bozorning tuzilmasini baholanishi • -sotish kanallarining tahlili • -bozor segmentatsiyasi va iste’molchilarning tahlili • -raqobatchilar tahlili • -ijtimoiy-iqtisodiy muhitning tahlili • -korporativ (ichki) tahlil • -marketing axborotining baholanishi • -xulosalar, perspektivalar va risklar. • Marketing tadqiqotlari asosida quyidagi ma’lumotga ega bo’ladilar: • umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar, tovarga bo’lgan talabdan kelib chiqiladi. Masalan, aholining soni va o’sish ko’rsatkichlari, aholini bir kishiga bo’lgan iste’moli va foydasi, bir kishilik ichki yalpi mahsulot va uning yillik o’sishi, foydaning taqsimlanishi: • iste’mol, ishchlab chiqarish, mahsulotlarning import va eksporti, standartlar, cheklashlar, bojxona to’lovlari, soliqlar, subsidiyalar va rag’batlashtirishning boshqa shakllariga, kredit nazorati hamda valyuta boshqarishiga nisbatan bo’lgan davlat siyosati amaliyoti va qonunchilik • natural va qiymat ko’rinishidagi mavjud importning saviyasi (narxlar va ichki qiymat asosida) • substitutlar va ularga o’xshashlarning (mahsulot urnida) ishlab chiqarilishi va importi • iste’mol qilinadigan difitsit resurslar va qismlar • Ko’rilayotgan mahsulotlar substitutlar va ularning tegishli qismlariga aloqador bo’lgan iqtisodiy o’sishning milliy rejasi bilan belgilangan ishlab chiqarishning rejadagi ko’rsatkichlari • mavjud eksportning natural va qiymatdagi ifodasi • iste’molchilar harakatining xususiyatlari-odatda reaktsiya (individual va kollektiv holdagi) hamda savdo amaliyoti Bozor segmenti • Tahlil butun bozor yoki alohida segment uchun o’tkazilishi mumkin. Lekin bozorni iste’molchilar harakati asosida ma’lum segmentlarga bo’lish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bozorning segmentatsiyasi-marketing vositalarining effektiv ishlatilishining asosiy sharti. Bozor segmenti 3 ta talabga javob berishi kerak: • Segmentdagi iste’molchilar hakatlari iloji boricha o’xshash bo’lishi kerak. • Segment boshqalaridan aniq farq qilinish kerak. • Segment ancha qamrovli ya’ni aniq bir bozor bo’limida faoliyat olib borayotgan korxona o’z xarajatlarini qoplay oladigan darajada keng bo’lishi kerak. Segmentatsiya omillari • Segmentatsiya quyidagi omillarga asoslanishi mumkin: • Geografik yoki til mezonlari (millat, regoin, shahar yoki qishloq aholisining ko’pligi va boshqalar) • Ijtimoiy demografik mezonlar: shaxsiy (yoshi, jinsi, daromadi, ma’lumoti, kasbi, oilaning kattaligi) • Psixologik omil (yangilikni qabul qilish, hayotdagi maqsadlar va.h.k) Download 16.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling