Loyihani boshqarish asoslari va konsepsiyasi


Download 1.45 Mb.
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1315260
  1   2   3
Bog'liq
LB. 6-Mavzu

LOYIHANING KAPITAL BYUDJETINI ISHLAB CHIQISH VA MOLIYALASHTIRISH MANBALARINI SHAKILLANTIRISH.

Muhammadiyeva

Mahliyo

Solijonov

Mirfayoz


1-Mashg’ulot

Reja:


1. Kapital tarkibining nazariy asoslari. Kapital qiymatini baholash.
2. Loyihani investitsiyalash imkoniyatlari va kapitalni muqobil ishlatish yo’llari.
3. Loyiha qiymatini boshqarishning asosiy tamoyillari. Loyiha qiymatini boshqarish. Loyiha qiymatini nazorat qilish usullari.

Kapital tarkibining nazariy asoslari. Kapital qiymatini baholash.


Har bir korxona o’z taraqqiyoti uchun va joriy rejalarini amalga oshirish faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag’ manbalariga ehtiyoj sezadi. Kapital, korxona ihtiyoridagi aktiv mablag’lar manbasidir. Ularni qisqa va uzoq muddati aktivlarga bo’lish mumkin. Moliyalashtirishning u yoki bu manbasini jalb qilish kapitalning ma’lum xarajatlari bilan bog’liq: aktsionerlar uchun dividendlar, banklardan olgan ssudalari uchun, investorlar qilingan investitsiyalari uchun foizlardir. Ma’lum hajmdagi moliyaviy resurslarni qo’llaganligi uchun to’lash kerak bo’lgan mablag’larni umumiy summasi foizda umumiy hajmga nisbatan yaratilgan boylikning kapital bahosi deyiladi. Qoida bo’yicha joriy aktivlar qisqa muddatli, uzoq muddatda foydalanishi esa uzoq muddatli mablag’lar manbasi hisobiga moliyalashtiriladi
1-Mashg’ulot
Korxonaning passiv balans tarkibi, uning asosiy ko’rinishi quyidagilardir:
  • ichki manbalar (mulkdorlar va qatnashuvchilarning ustav kapitali ko’rinishidagi mablag’lari;
  • taqsinlanmagan foyda va o’z mablag’lari fondi;
  • uzoq muddatli qarz mablag’lari (ssudalar);
  • banklar yoki boshqa investorlarning qarzlari va uzoq muddatga jalb qilingan mablag’lar (kreditorlar).

  • Rezerv kapitali – bankning umumiy va maxsus maqsadlari uchun, masalan, devalvatsiya uchun zahira, trast operatsiyalari bo’yicha biznes uchun zahira, ko’zda tutilmagan xarajatlar, tabiiy ofatlar natijasidagi zararlar uchun zahira va boshqa maqsadlar uchun, yaratgan zahirasining hisobi 30903-30906 balans hisobvaraqasida olib boriladi. Ushbu zahira bankning taqsimlanmagan foydasi hisobiga tashkil etiladi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langandan so’ng sof foyda hisobiga shakllangan zahiralardir.


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling