- Лойиҳаларни техник-иқтисодий асослаш
- Мавзу: Лойиҳани жорий режалаштириш ва календарь тармоқли графигини ишлаб чиқиш
INVESTITSIYA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYA MUHITINING O‘RNI - Rejalashtirishdan asosiy maqsad – loyihaning pirovard natijalariga erishishni ta’minlaydigan ishlar majmuasini bajarish uchun loyihaning barcha ishtirokchilarning integratsiyasini (yig’ilishi) ta’minlash. Rejalashtirish – bu ishtirokchi-tashkilotlar hamda ishlar o’rtasidagi munosabatning maqsad va parametrlarini aniqlashni, loyiha oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan boshqa tashkiliy texnologik va iqtisodiy yechimlarni tanlash va resurlarni taqsimlashni ko’zda tutuvchi harakatlar majmui.
An’anaviy ravishda quyidagi rejalar tizimi vujudga keldi. Investitsiyalashdan oldingi bosqichda TIA va investitsiyalarning tarkib topishida - birlashtirilgan loyihani amalga oshirish rejasi, resurslarning asosiy ko’rinishlariga bo’lgan ehtiyojni hisobga olgan holda loyihani hujjatlashtirishni ishlab chiqish bosqichida qurilishni tashkillashtirish loyihasining tarkibida (QTL): - loyihaning aniq rejasi butunligicha;
- qurilish sohasidagi loyihaning kalendar rejasi;
- tayyorlanish davrining kalendar rejasi;
- yiriklashtirilgan grafigi (mukammal loyiha uchun):
- qurilishning asosiy rejasi;
- ob’ektlarni joylashtirish va qurishning tashkiliy-texnologik sxemalari;
- asosiy ishlarning qaydnomasi;
- material-texnik resurslarga ehtiyoj;
- qurilish mashinalariga ehtiyoj.
- Tashkiliy-texnologik tadbirlar hamda ishlarni ishlab chiqish loyihasining tarkibi yaratilishi bosqichida:
- ishlar majmuasi yoki ob’ekt bo’yicha bajariladigan ishlarni ishlab chiqishning 156 kalendar rejasi;
- majmuaviy grafigi;
- qurilish ob’ektining asosiy rejasi;
- qurilish ob’ektiga kiritilgan materiallar grafigi;
- ishchi kadrlar harakati grafigi;
- soatbay grafiklarni hisobga olgan holda texnologik kartalar;
- ishlarning har xil turlarini bajarish bo’yicha tadbirlar;
- operativlik-dispetcherlikni boshqarish bo’yicha takliflar.
Reja turlari Loyihalarni boshqarish uslubiyatida quyidagilar rejalar tizimi shakllangan. Loyiha to’rtta asosiy darajada boshqariladi: - kontseptual;
- strategik;
- taktik,
- u o’z navbatida quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- joriy
- operativ
- Har bir daraja uchun mos reja ishlab chiqarish kerak. Kontseptual darajada loyiha maqsadlari, vazifalari aniqlanadi, belgilangan natijalarga erishish bo’yicha xarakatlarning salbiy va ijobiy qirralarining bahosi bilan ko’rib chiqiladi, fan sohasi ishlar va ularning rivojlanishi yiriklashtirilgan tuzilmasining tasvirlanishi, resurslarga bo’lgan ehtiyoj, ularning bahosi va davomiyligini dastlabki baholashni qo’shgan holda loyihani amalga oshirishning kontseptual yo’nalishlari belgilanadi.
Strategik reja quyidagilarini aniqlaydi: - maqsadli ob’ektlarni ishga solish muddatlari bilan xarakterlanadigan maqsadli bosqichlar va asosiy davrni, mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan ishlab chiqarish quvvatlarini ishlar majmuasi (boshlang’ich sikl, karkas montaji va 157 boshqalar) ni tugatish muddatlari, mahsulotni yetkazib berish muddatlari, ish joyini tayyorlash muddatlari bilan xarakterlanadigan loyiha jarayonlarini bajaruvchi tashkilotlarining kooperatsiyalashuvi, yil, kvartal bo’yicha taqsimot bilan material, texnika va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni. Bu darajada rejaning asosiy maqsadi (vazifasi) ni amalga oshirishning oraliq bosqichlari qay tarzda loyihaning so’nggi maqsadi yo’nalishi bo’yicha bajarilishini ko’rsatishdan iborat, Strategik reja ichki va tashqi muhitni, loyiha komandasi uchun maqsadlarni belgilab beradi va loyihaning umumiy ko’rinishining ta’minlaydi. Loyiha menejeri alohida bosqichlarni investor bilan loyihaning yagona bir strategiyasida birlashtiradi.
Shuningdek bu darajada komandaning bo’limlari bo’yicha ishlarni taqsimlashga yordam beradigan oraliq bosqichlarga e’tibor jamlanadi, bo’limlari bosqichlarni bajarish bo’yicha vazifalar oladi va loyiha komandasining boshqa a’zolariga qaramay o’z ishini rejalashtiradi. Ular loyihaning bosqichlarini ma’lum bir muddatda bajarishlari lozimligini bilishadi. - Taktik darajada: - joriy reja - ishlar majmuasining bajarilish muddatlarini resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlaydi, bajaruvchi tashkilotlar javob beradigan ishlar o’rtasidagi chegaralarni yil va kvartallar bo’yicha aniq belgilaydi. operativ reja - ishlar majmuasi bo’yicha ishtirokchilarga vazifalarni oy, xafta, sutkaga detallashtirib beradi. Rejalar boshqarish funksiyalari bo’yicha detallashtirilishi mumkin. Funksional reja (tayyorlov ishlari. Material va uskunalarni keltirish, qurilish boshlanish davri va ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirish) har bir yoki bir tashkilot tomonidan bajariladigan ishlarni majmuasiga ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |