Loyihaning maqsadi
Loyihalash masalalari va quritgich tipini tanlash
Download 1.41 Mb.
|
Иссиқлик технологик жараенлари ва курилмалари
Loyihalash masalalari va quritgich tipini tanlash.
Loyihalashning bu bosqichida, konkret quritgich tipi aniqlangandan keyin tiplashgan loyihalardan birortasi ham to‘g‘ri kelmasa, quyidagilarni bajarish zarur bo‘ladi: a) materialni quritishning harorat, namlik va quritish agentining materialga nisbatan tezligining qiymatlari bilan belgilanadigan optimal rejimini aniqlash yoki tanlash; b) quritish agentining turini tanlash – havo, yonish gazlari yoki inert gazlar; d) ventilyatorlarning tipi va sonini tanlash (o‘qli yoki markazdan qochma) va ularni quritish kamerasiga joylashtirish (pastdan, yuqoridan, yon tomondan, aralash va hokazolar) yoki ularni kameradan tashqarida joylashtirish; e) havo bilan quritishda kalorifer tipini tanlash (ixcham (plastinkali, qovurg‘ali yoki silliq trubalardan ishlangan) yoki yonish gazlari bilan quritishda yoqish kamerasining turini uning barcha yordamchi asbob-uskunalari bilan birgalikda tanlash; f) transport qurilmalarining tipini tanlash — lentali transporter, konveyer, vagonetkalar yoki tirkamalar (telejkalar); g) datchiklar va nazorat-o‘lchash priborlarining soni va joylashish o‘rnini aniqlash va quritish jarayonini rostlash tizimini tanlash. Bundan tashqari, quritgich issiqlik va energiya ta’minoti, transport sharoitlarini hisobga olish bilan korxonaning umumiy texnologik oqimiga singib ketishi lozim; bundan tashqari qo‘shimcha muammolar – quritgichni qayerga – sexga yoki ochiq havoga joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar vujudga kelishi mumkin. Uni turlicha usullar bilan va turlicha tipdagi quritgichlarda quritish mumkin bo‘lgan (masalan kichik donli materialni quritish truba-quritgich, barabanli yoki trubkali quritgichlar, qaynaydigan qatlam, vibro-quritgichlar va hokazolarda amalga oshirilishi mumkin) qandaydir-bir material uchun quritish qurilmasining optimal tipini tanlash o‘zida murakkab texnik-iqtisodiy masalani taqdim qiladi va faqat raqobat qiluvchi quritgichlar tiplarining turli variantlarining hisob-kitoblarini texnik-iqtisodiy solishtirishgina berilgan material uchun optimal quritgich tipini aniqlash imkonini berishi mumkin. Biroq o‘zining mehnattalabligi tufayli bu masalalar yoki diplom loyihalashining mavzusi bo‘lishi mumkin, yoki kurs loyihalashida bir nechta talabalar tomonidan yechilishi mumkin. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling