Loyixaning biznes rejasi Rezyume
Biznes-loyiha haqida maʼlumot
Download 34.84 Kb.
|
Бизнес режа
Biznes-loyiha haqida maʼlumot (arizachi amalga oshirishni rejalashtirgan biznes moxiyatining tavsifi, loyihaning birinchi bosqich natijalarini umumlashtirish – biznes yoʻnalishini tanlash).
Mazkur mashina bajaradigan texnologiyaning о‘ziga xos xususiyatlaridan biri, bu tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berish bilan bir vaqtda bir о‘tishda uni ekishga tayyorlashdan iborat. Taklif etilayotgan texnologiyada mashinaning bir о‘tishida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi: ag‘dargichsiz korpuslar ustuni oldidagi о‘simlik qoldiqlari va tuproq qatlami disksimon pichoqlar yordamida tik tekislikda kesiladi. 25-27 sm qalinlikdagi tuproq qatlamiga ag‘dargichsiz korpuslar bilan ag‘darmasdan ishlov berish bilan birga ularga о‘rnatilgan maydalagich pichoqlar yordamida ishlov berilgan qatlamning о‘rta qismi intensiv yumshatiladi. Kesik sferik diskli batareyalar tuproqni qо‘shimcha maydalaydi va tuproqning yuqori qatlamini aralashtiradi hamda о‘simlik qoldiqlaridan mulchlangan qatlamni yaratadi, g‘altakmola esa tuproq yuzasini tekislaydi va zichlaydi. Natijada takroriy ekinlar ekish uchun tuproq ekishga tо‘liq tayyorlanadi. Yuqorida keltirilgan texnologik jarayonlarni kombinatsiyalashgan mashinaning bir о‘tishida bir yо‘la bajarish takroriy ekinlar ekiladigan hudud tuprog‘ining namligini saqlaydi, aeratsiya va infiltratsiya jarayonlarini yaxshilaydi, tuproq eroziyasini rivojlanishiga barham beradi, tuproqni zichlanishini oldini oladi va uni ekishga tayyorlash muddatini keskin qisqartiradi, ekish oldidan tuproqqa ishlov berish va uni ekishga tayyorlashda moddiy va energiya resurslarini tejaydi, ya’ni agregatlarning daladan о‘tishlar soni kamayishi hisobiga tuproqqa minimal ishlov berish ta’minlanadi. Taklif etilgan texnologiyani amalga oshirish uchun ekinlar ekish oldidan tuproqqa ag‘darmasdan ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashinaning konstruktiv sxemasi ishlab chiqildi. Ekish oldidan tuproqqa ag‘darmasdan ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashina takroriy ekinlar ekish uchun tuproqni ekishga tayyorlash texnologiyasiga asosan bir о‘tishda 2,7 m kenglikdagi dalaga ag‘darmasdan ishlov berib, uni ekishga tayyorlaydi. Download 34.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling