Lug‘aviy ma’no, uning tarkibiy qismlari va turlari
Download 81.4 Kb.
|
Ravishning lug‘aviy mano guruhlari tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Vazifa semalari
- Leksemalarda bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik
- Lisoniy ma’no
1. Atash semalari narsa, belgi, harakat, miqdor kabi tushunchalarni nomlaydigan semalardir. Masalan, ruchka, qalam, bo`r, flomaster kabi leksemalar uchun “yozish va chizish quroli “ semasi atash semasi bo`lib hisoblanadi.
2. Ifoda semalari atashdan tashqari tushunchaga munosabatni ifodalaydigan semalardir. Masalan, lab- leksemasidagi “betaraflik” semasi, dudoq leksemasidagi “kitobiylik” semasi ifoda semalariga misol bo`la oladi. 3. Vazifa semalari leksemalarning gapda qanday vazifa bajarishini, ya’ni qanday leksemalar bilan birika olishini belgilaydigan semalardir. Masalan, Bola kitob o`qidi gapidagi leksemalarni tahlil qilib ko`ramiz. Bola- leksemasi sememasida shu gap ichida “harakatni bajaruvchi” semasi bor, shuning uchun bu leksema ega bo`lib kelgan. Kitob- leksemasida “harakat o`tgan narsa” degan sema mavjud, shuning uchun u to`ldiruvchi bo`lib kelgan. O`qi- leksemasida esa “bajarilgan harakat” degan sema bor, shuning uchun u kesim vazifasida kelgan. Leksemalarda bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik Til birligi sifatida tan olingan leksemalarda ham bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik mavjuddir. Boshqacha aytganda, bitta leksema bir sememaga, boshqa leksema esa bir necha sememaga ega bo`lishi mumkin. Til va nutq birliklarini barcha sathlarda farqlay borish lozim. Shunday ekan, bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik hodisalarini ta’riflashda ham shunday yo`l tutish kerak bo`ladi. Tilshunos olimlar bu o`rinda lisoniy ma’no va nutqiy ma’nolarni farqlaydilar.5 Lisoniy ma’no deganda til birliklariga xos bo`lgan ma’no nazarda tutiladi. Nutqiy ma’no esa leksemaning nutqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda ifodalaydigan ma’nosidir. Masalan, Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum (Oybek) gapidagi kumush leksemasi til biligi sifatida “oq-ko`kish rangli yaltiroq, asl metall”6 ma’nosini bildirsa, atoqli adibimiz Oybek bu leksemani “oq rangli” ma’nosida qo`llagan. Shuni ta’kidlash lozimki, nutqiy ma’no leksemaning ko`chma ma’nosi emas, chunki bu ma’no hali til vakillarining barchasi tomonidan tan olinmagan, umumlashmagan ma’nodir. Shunday ekan, biz bu o`rinda leksemadagi lisoniy ma’noning bitta yoki bittadan ortiq ekanligi haqida so`z yuritamiz. Agar leksema bittagina ma’noga ega bo`lsa, bunday leksemalarga bir ma’noli leksemalar deyiladi. Bu hodisa tilshunoslikda monosemiya (yun. mono – bir, sema - belgi) deb ham yuritiladi. Masalan, ko`l leksemasining yagona sememasi quyidagi semalarni qamrab oladi: 1) suvga to`lgan havza; 2) atrofi berk suv havzasi; 3) chuqurlikdan iborat tabiiy suv havzasi; Shu leksemaning gap tarkibidagi hosilasi bo`lgan ko`l so`zida ham shu ma’nolar mavjud: Ko`l juda katta edi. Ko`pincha lmiy atamalar, atoqli otlar, yangilik bo`yog`I o`chmagan leksemalar bir manoli hisoblanadi. Agar leksema birdan ortiq ma’noga ega bo`lsa, bunday leksema ko`p ma’noli leksema deb ataladi. Bu hodisa tilshunoslikda polisemiya (yun. poli – ko`p, sema - belgi) deb ham yuritiladi. Masalan, izohli lug`atda og`ir so`zining jami 17 ta ma’nosi keltirilgan7. Shulardan ba’zilarini quyida keltiramiz: 1) vazni katta bo`lgan, tosh bosadigan, vaznli, vazmin (og`ir yuk); 2) o`zini tuta biladigan, sipo, vazmin, bosiq (og`ir, vazmin yigit); 3) muayyan me’yori buzilgan, talabga javob bermaydigan (og`ir havo); 4) yomon oqibatlarga olib borishi mumkin bo`lgan, jiddiy, xavfli (og`ir dard) va h. Download 81.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling