Luiza Xey Hayotingizni qanday tiklashingiz mumkin 2023 yil
"Men o'zimdagi hamma narsani ma'qullayman" mashqi
Download 71.1 Kb.
|
как исцелит
"Men o'zimdagi hamma narsani ma'qullayman" mashqi
Men ushbu mashqni yuzlab odamlarga tavsiya qildim va ajoyib natijalarga erishdim. Keyingi oyda doimo o'zingizga "Men o'zimni ma'qullayman" deb ayting. Buni kuniga 300-400 marta ayting. Qanchalik kup bo'lsa, shuncha yaxshi. Bu ibora har doim siz bilan bo'lsin, ibodatingizga aylansin. Bu ibora, sizning ongingiz yuzasiga, unga qarshi bo'lgan hamma narsani olib chiqaradi. Miyangizga “Bunchalik semiz bo‘lsam, qanday qilib o‘zimni ma’qullay olaman?” yoki "Bu menga yordam beradi deb o'ylash ahmoqlikdir" degan salbiy fikr kelganida, bilingki, o'z fikrlaringizni nazorat qilish vaqti keldi. Fikrni qanday bulsa shunday qabul qiling va uni Xudo bilan ketishiga ruxsat bering. Xayrlashuv paytida muloyimlik bilan ayting: "Men sizni Xudo bilan ozod qilaman va sizdan roziman". Ba'zilarimiz bu mashqni ahmoqona, bema'ni va ma'nosiz deb o'ylashadi. Bu fikrlar ham sizning ongingizdan xotirjam o'tib ketsin, ular sizning ustingizdan hech qanday hukmronlikga ega emas, albatta, agar siz ularni o'zingiz uchun tanlamasangiz. Bunday fikrlar - sizning o'zgarishlarga qarshiligingizdir. Nima bo'lishidan qat'iy nazar, siz davom etishingiz kerak. Boshqalar sizga nima deyishiga e'tibor bermang. Agar kimdir siz ma'qullamagan ishni qilganda, o'zingizga bu iborani ayta olsangiz, siz ruhiy rivojlanish jarayonida ekanligingizni ichingizdan bilib olasiz. O'zimizni ularga bo'ysundirmagunimizcha, bizning fikrlarimiz bizni ustimizdan hech qanday hukmronlikga ega emas. Fikrlarning o'zi muhim emas. Biz ularga ma'no beramiz va biz, faqat o'zimiz, ularga berishni xohlagan ma'noni tanlaymiz. O'zingizni qabul qilishingizning bir qismi - bu boshqalarning fikridan voz kechishdir. Agar men sizga doim “binafsha cho‘chqa” ekansiz desam, yo ustimdan kulardingiz, yo meni jinni derdingiz. Siz bunga hech qachon ishonmas edingiz. Biz o'zimizga aytadigan narsalarning aksariyati, xuddi shunday, aql bovar qilmaydigan narsadir. Agar siz uzingizning kadr-qimmatingiz, sizning figurangizga to'g'ridan-to'g'ri bog'lanishi bor deb ishonsangiz, - bu ataylab bema'nilikka ishonishni anglatadi. Ko'pincha biz o'z kamchiliklarimiz deb hisoblaydigan narsa bizning individualligimizning ifodasidir. Bu bizning o'ziga xosligimiz (yagonaligimiz, noyobligimiz). Tabiat hech qachon takrorlanmaydi. Er yuzida hayot mavjudligining boshidanoq ikkita o'xshash qor parchalari yoki yomg'ir tomchilari bo'lmagan. Va har bir romashka bir-biridan farq qiladi. Barmoq izlarimiz ham uzimizday har xil. Tabiat shunday tuzilgan. Agar siz buni qabul qilishga tayyor bo'lsangiz, unda siz doimo o'zingizni boshqalar bilan taqqoslamaysiz. Boshqalar kabi bo'lishga urinish - uzingizning ruhingizni quritishdir. Biz bu sayyoraga o'zimizni ifodalash uchun kelganmiz. Shaxsan men hayotda ruhiy izlanishni boshlamagunimcha kimligimni ham bilmasdim. Shunday ekan, keling, bizni baxtsiz qiladigan fikrlarni quvib chiqaraylik, o'zimizga yoqadigan ishlarni qilaylik, o'zimizni yaxshi his qiladigan odamlar bilan birga bo'laylik. Download 71.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling