Lyumbal punksiya qilish. Kerakli jihozlar


Download 1.78 Mb.
Sana11.03.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1259837
Bog'liq
LYUMBAL PUNKSIYA QILISH


LYUMBAL PUNKSIYA QILISH.
Kerakli jihozlar: Zararsizlantirilgan mandrenli igna, orqa miya suyuqligini o‘lchaydigan monometr, buyrak simon lotok, multibiks, probirka.
Kerakli xom ash’yolar va materiallar: Suyuq sovun, o‘ramli salfetka, paxta sharchalar, etil spirti (70%), yod, steril qo‘lqop, 0,5 % li novokain eritmasi, bir martalik shpris, niqob.
Harakat algoritmi:
Bemorni punksiya qilishdan oldin ovqatlantirish mumkin emas, siydik pufagi va ichaklari bo‘shatilgan bo‘lishi kerak.
Punksiyada bemor o‘tirgan yoki o‘ng tomon bilan yotgan holatda, uning oyoqlari qorniga yaqinlashgan, boshi oldinga egilgan bo‘lishi kerak.
Umurtqa pog‘onasining pastki ko‘krak qismi, bel va dumg‘aza sohalarini yod-spirt-yod bilan artiladi.
Punksiya qilinadigan joy aniqlanib, 0,5 % li 2 ml novokain eritmasi yuboriladi.
Mandrenli igna bilan III—IV yoki IV-V bel umurtqasi oralig‘iga sanchiladi.
Bunda orqa miya suyuqligini o‘lchaydigan monometr yordamida orqa miya suyuqlik bosimi o‘lchanadi.
Tashxis maqsadida 6-9 ml orqa miya suyuqligi olinadi.
Muolajalardan keyin bemorni xonasiga olib borib, ikki soat turmasdan, yon bosh qilib, yostiqsiz yotqiziladi.
Ikki kungacha to‘shakda turmasdan yotishi lozim.
Ikki soatdan keyin ovqatlantirishga ruxsat etiladi.
Urotropinni 0,5 g dan kuniga 3 marta ichishga ruxsat etiladi.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling