Lyuminessensiya


Download 408.77 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi408.77 Kb.
#1586345
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eshmamatova Umida

Biolyuminessensiya
Biolyuminessensiya- (bio..., yun. lumen — yorugʻlik, escent — kuchsiz, sust maʼnosini anglatadigan qoʻshimcha), funksional xemolyuminessensiya— tirik organizmlarning kuchsiz nur hosil qilish xususiyati. Bakteriyalar, zamburugʻlar, radiolariyalar, bulutsimonlar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar,baliqlarorasida uchraydi dengiz hayvonlari orasida koʻproq qayd etiladi. Biolyuminessensiya asosida fermentative oksidlanish reaksiyalari yotadi, koʻp hollarda reaksiya natijasida elektron qoʻzgʻalgan holatdagi mahsulotlar hosil boʻladi. Mahsulotdagi qoʻzgʻalish energiyasi
mahsulotning asosiy holatga kvant utishi davomida nur kvantlari tarzida sochiladi. Nur hosil qiladigan oksidlanuvchi modda lyutsiferin, jarayonda ishtirok etadigan fermentesalyutsiferaza deyiladi. Lyutsiferin va lyutsiferazalar kimyoviy tabiati jihatidan har xil boʻlganligi danorganizmlar tarqatadigan lyuminessentnurlar ham turlicha boʻladi. Baʼzan biolyuminessensiya lyutsiferaza ishtirokisiz ham amalga oshadi. Bakteriyalarda biolyuminessensiya biologic oksidlanish bilan bogʻliq boʻlib, reaksiyada lyutsiferin sifatida flavinmononukleotid va har xil organik kislotalarning aldegidlari namoyon boʻladi. Jarayon bakterial lyutsiferaza ishtirokida amalga oshadi. Bakteriyalar birsekundda 100 ta kvant jratadi. Meduzalardagi Biolyuminesseniyada kislorod sarf etilmaydi va lyuminessensiya maxsus oqsil—ekvarinning kalsiy ionlar bilan taʼsirlashishi natijasida sodir boʻladi. Hasharotlar (yaltiroqqoʻngʻiz) biolyuminessensiya lyutsiferin, ATF, magniy ionlari va kislorod ishtirokida maxsus ferment—lyutsiferaza taʼsirida amalga oshadi. Radioelektronika erishgan muvaffaqiyatlar tufayli biolyuminessensiyaning bioxemilyuminessensiya tipi — oʻta zaif nur tarqatish hodisasi kashf etildi. Bioxemilyuminessensiya odatda toʻqimalarda toʻyinmagan yogʻ kislotalarining pereksli oksidlanish jarayonida spontan tarzida yuzaga keladi. Biolyuminessensiya hosil qiluvchi moddalarning joylashgan oʻrniga binoan
biolyuminessensiya ham hujayra ichida yoki undan tashqarida yuzaga keladi. Biolyuminessensiya baʼzi organizmlar uchun signal, oʻljani jalb qilish yoki dushman koʻzini qamashtirish vositasi, bakteriyalarda oksidlanish orqali kechadigan fosforlanish jarayoni tezligini boshqaruvchi omil sifatida ahamiyatga ega.
Baʼzi bir olimlarning fikricha, lyuminessensiya anaerob bakteriyalarda kislorodning zaharlash taʼsiridan xalos boʻlish vositasi hisoblanadi. Biolyuminessensiya ishlarida biolyuminessensiyani qayd etishga asoslangan metodlar uning tarkibiy qismlari (masalan,ATF,FMN,NADN, kalsiy ionlari va boshqalarning eritmalardagi konsentratsiyasi)ni aniqlashda oʻta sezgir metod sifatida ish beradi.

Download 408.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling