M a ‘ ruzalar matni kirish
Download 1.03 Mb.
|
M a ‘ ruzalar matni kirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori boshchilik qiladi, uning Bosh prokuror tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori (rais), uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va prokuratura idoralarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at
tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tasdiqlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida boshqarmalar va bo‘limlar tuziladi. Boshqarma va bo‘limlarning boshliqlari, respublika prokurorining katta yordamchilari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligiga binoan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalariga, ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar boshchilik qiladilar. Ularning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari bo‘ladi. Viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalarida, ularga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalarda prokuraturaga boshchilik qiladigan prokuror (rais), uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va prokuratura idoralarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atlarning shaxsiy tarkibini tegishli prokurorlarning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tasdiqlaydi. Viloyatlar, Toshkent shahri prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalarda boshqarmalar va bo‘limlar tuzilib, ularning boshliqlari, shuningdek, katta yordamchilar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlarining o‘rinbosarlari, yordamchilar, katta prokurorlar, alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar tegishli prokuror tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Shaharlar va tumanlarning prokuraturalariga, shuningdek, ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar boshchilik qiladilar. Ular o‘rinbosarlar, katta yordamchilar, yordamchilarga ega 1 2 Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling